Asosiy mazmunga o‘tish

ERTAK JANRI PAYDO BO‘LISHINING TARIXIY BOSQICHLARINI O‘RGATISH USULLARI (UMUMIY O‘RTA TA‘LIM MAKTABLARI MISOLIDA)

Abdullayeva Mukhlisa Akmaljon qiziNamDPI O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-kurs magistranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 609–611

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek xalq ertaklar kelib chiqishining tarixiy bosqichlari, ularniinterfaol usullar yordamida o‘rgatish va o‘quvchilar uchun ta‘lim-tarbiyasiga oid ma‘lumotlar yoritiladi.

Boshqa tillarda

ruschaМЕТОДЫ ПРЕПОДАВАНИЯ ИСТОРИЧЕСКИХ ЭТАПОВ РАЗВИТИЯ ЖАНРА СКАЗКИ (НА ПРИМЕРЕ ОБЩЕСТВЕННЫХ СРЕДНИХ ШКОЛ)

В данной статье рассматриваются исторические этапы происхождения узбекских народных сказок, методы их преподавания с использованием интерактивных подходов, а также информация об их образовательной ценности для учащихся.

inglizchaMETHODS OF TEACHING THE HISTORICAL STAGES OF THE EMERGENCE OF THE FAIRY TALE GENRE (ON THE EXAMPLE OF GENERAL SECONDARY SCHOOLS)

This article covers the historical stages of the origin of Uzbek folk tales, their teaching using interactive methods, and information on their educational value for students.

Kalit so‘zlar

  • xalq ertaklari
  • M. Koshg‘ariy: Devonu lug‘otit turk
  • masal
  • tadqiqot
  • klaster metodi
  • ibtidoiy
  • realistik
  • totem
  • animizm
  • "Meni tushun" o‘yini
  • "Hammualliflar" o‘yini
  • "Adabiy muzey" o‘yini

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

ERTAK JANRI PAYDO BO‘LISHINING TARIXIY BOSQICHLARINI O‘RGATISH USULLARI (UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI MISOLIDA)

Abdullayeva Muxlisa Akmaljon qizi NamDPI O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-kurs magistranti Email:muxlisadavlatova2@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek xalq ertaklar kelib chiqishining tarixiy bosqichlari, ularni interfaol usullar yordamida o‘rgatish va o‘quvchilar uchun ta’lim-tarbiyasiga oid ma’lumotlar yoritiladi. Kalit so‘zlar: xalq ertaklari, M. Koshg‘ariy: Devonu lug‘otit turk, mesel, tadqiqod, Klaster metodi, ibtidoiy, realistik, totem, animizm, “Meni tushun”, “Hammualliflar”, “Adabiy muzey” o‘yinlari.

METHOD FOR TEACHING THE HISTORICAL STAGES OF THE EMERGENCE OF THE FAIRY TALE GENRE (IN THE CASE OF GENERAL SECONDARY SCHOOLS)

Abdullayeva Mukhlisa Akmaljon’s daughter 1 year master’s student, Uzbek language and literature department, NamDPI st

Abstract:This article covers the historical stages of the origin of Uzbek folk tales,their teaching using interactive methods and information on their educational value for studets. Keywords:folk tales M.Kashgari:Devonu lug‘otit turk,proverbs,research,Claster method,primitive,realistic,totem,animism,games “Understand me”, ”co-authors”, “Literary Museum”.

ОБУЧЕНИЕ ИСТОРИЧЕСКИМ ЭТАПАМ ВОЗНИКНОВЕНИЯ МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ ИСТОРИЧЕСКИХ ЭТАПОВ СТАНОВЛЕНИЯ ЖАНРА СКАЗКИ (НА ПРИМЕРЕ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЪНЫХ ШКОЛ)

Абдуллаева Мухлиса дочъ Акмалжона Имя:ДПИ Узбекиский язык и литература, магистратура 1 курса Email:muxlisadavlatova2@gmail.com

Аннотация: В статъе рассматриваются исторические этапы зарождения узбекских народных сказок, их преподавание с использованием интерактивных методов, а также информация об их образователъной и воспитательной ценности для учащихся. Ключевые слова: народные сказки, М. Кашгари “Девону луготит турк“, пословица, исследование, кластерный метод, примитивный, реалистический, тотем, анимизм, “игры Пойми меня Соавторы Литературный музей”.

Hozirgi kunda o‘zbek adabiyotida xalq ertaklarining o‘rni juda muhim hisoblanadi. Chunki, ularning paydo bo‘lishida qadimiy urf-odatlar, marosimlar, tabiat hodisalari, inson yaralishi bilan bog‘liq fikrlar mavjud. Ushbu atamani birinchi bo‘lib M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida uchratamiz. Qomusiy olim asarida biror maqsadni shohga bildirish, hikoya qilish ma’nosini “etuk” so‘zi anglatishini yozadi. O‘zbeklar qadimgi davrlardagi voqealar tavsifini aytib o‘tishni “ertak” deyishgan. Uning qadimiyliligini qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlarida ham bir xil aytilishidan bilsak bo‘ladi. Turk tili jamiyati vebsaytida “ertak” so‘zi arabcha “mesel” so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘pincha odamlar tomonidan yaratilgan, badiiy tasavvurga asoslangan, og‘zaki tarzda aytiladigan, jodugar, jin, dev kabi odamlar, hayvonlar va mavjudotlar boshidan kechirgan favqulodda voqealarni hikoya qiluvchi adabiy janr sifatida ta’riflanadi. Asosan, o‘zbek xalq ertaklarini o‘rganish borasida tadqiqot olib borgan olimlar shaxslar M.Jo‘rayev, M.Afzalov, K.Beknazarov, S.Jumayev va J.Yusupovlardir. Inson paydo bo‘lgan davrlardan beri o‘zini namoyon qilishga ehtiyoj sezgan. Ular bu ehtiyojni xulq-atvor, turli xil simvollar yoki og‘zaki ifoda orqali qondirishga harakat qilganlar. O‘g‘zaki ifoda tinglovchi va so‘zlovchi ishtirokidagi ikki tomonlama harakatdir. Hikoya an’anasi og‘zaki nutqqa qadar og‘zaki madaniyat davrida muhim bo‘ldi va yozma madaniyat rivojlanib borishi bilan u yozma ifodaga o‘tdi. Shu jihatdan ertaklar tarix davomida jamiyatlarning muhim til va madaniyat elementi sifatida o‘z

vazifasini saqlab kelgan. Ertaklardan xalqlarning ibtidoiy hayotdagi olamni tasavvur qilishdagi totemistik, animistik(olam yaratilishi, odam paydo bo‘lishi, tabiat hodisalari) qarashlardan bilib olish mumkin. O‘zbek xalq ertaklari bo‘yicha izlanishlar olib borgan Mansur Afzalovning “Ilon og‘a” ertagi mazmunidan namoyon bo‘ladiki, hayvonlar insonlarga homiy sifatida gavdalanadi va ularda ilohiy kuchqudrat yashirinligi keltirib o‘tilgan. Ushbu janr paydo bo‘lishida mifologik dunyoqarash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir jonsiz predmet yoki hayvonlarning tilga kirishi ya’ni odamlar tasavvurida ertak ibtidoiy davrdan paydo bo‘lgani buning yorqin dalili. Demak, quyida ertaklar kelib chiqishining tarixiy bosqichini “Klaster” metodi(Ushbu metod ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchidir. “Klaster inglizcha so‘z bo‘lib – bir butun holatda ma’lum mavzu bo‘yicha erkin va ochiq fikrlashning notekis shaklini namoyon etadi) da ko‘rishimiz mumkin.

1-bosqich(ibtidoiy) 3-bosqich(realistic) Ertaklarning paydo bo‘lish 4-bosqich(yangi , bosqichlari adabiylashtirilgan) 2- bosqich(qahramonlik,e

Yuqorida keltirilgan fikrlar va diniy qarashlar, turli xil inonchlar 1-bosqich shakllanishiga asos vazifasini o‘tagan. “Quyosh yerning pahlavoni”, “Bo‘ri bilan tulki” va “Semurg‘” ertaklarini ushbu bosqich misollari. Milloddan avvalgi va qadimiy davrlar kiradi. 2-bosqich(milodiy 1 ming yillik o‘rtalari – o‘rta asrlar)da inson hayot uchun kurashadi, urug‘, qabila va jamiyat qurishga intiladi. Shu orqali bir xalq bo‘lib shakllanishda to‘siq, urushlarga duch keladi. Endilikda ularga ilohiy kuchlar yordam bera olmasligini tushunib, qahramon izlay boshlaydi. Qahramonlar oddiy xalq odamlari ya’ni ehtiyojlarini to‘la ado etgan shaxslardir. Ular yoshlar uchun ham o‘rnak bo‘lgan. Xalq dostonlari og‘izdan og‘izga ertak holida o‘tgan, keyinchalik yozma adabiyot ularni batafsil bayon etgan. “Alpomish” dostoni va “Oysuluv” dostoni buning yorqin dalili. 3-bosqich(XVI-XIX asrlar) realistik qarashlar shakllanishi bilan bog‘liq. Feodalizm davrida insonlar hayotida ijtimoiy tengsizliklar yuzaga keldi, adolatsizliklar, zolim podshohlar, zodagonlar va kambag‘allar tanqid ostiga olinadi. Endilikda ertaklarda ham adolat, aql, mardlik va har bir yomonlik ortidan yaxshilik g‘alabasi fikrlari ilgari suriladi. “Zolim podsho”, “Xasis boy bilan Abdurahmon o‘g‘ri”, “Kambag‘al qiz” kabi ertaklar misolida ushbu muhit shakllanadi. Bu bosqichdagi hikoyalarni o‘quvchilarga singdirish uchun interfaol usullardan biri rolli o‘yinlardan 9 foydalanish. “Meni tushun”, “Hammualliflar”, “Adabiy muzey” o‘yinlarini misol qilib olishimiz mumkin. “ Meni tushun” o‘yinini– o‘quvchilar diqqatini jamlash maqsadida adabiyot darslarida bo‘ladigan dam olish daqiqalarida o‘tkazish tavsiya etiladi. O‘qituvchi badiiy asarlar nomlari yozilgan qog‘ozlar stol ustiga teskari qilib qo‘yadi. O‘quvchilardan biri ulardan birini tanlab oladi va nomni aytmay shu asar ni ta’riflaydi. O‘quvchilar gap qaysi asar haqidaligini topishlari kerak bo‘ladi, shu zaylda metodimiz davom etadi. “Hammualliflar o‘yini – o‘qituvchi matnni o‘qiydi yoki o‘quvchilar asar bilan mustaqil tanishadilar. Topshiriq: matnning davomini o‘ylab ko‘ring, kelgusida qanday voqealar sodir bo‘lishi mumkin. Qahramonlardan qaysi biri voqeaga ko‘proq ta’sir ko‘rsatgan? U ishtirok etmasa asar mazmuni qanday o‘zgaradi? Syujet rivojiga qaysi voqea ta’sir ko‘rsatgan? Shu kabi savollarga javob izlaydilar. “Adabiy muzey” o‘yini Bu o‘yin badiiy asarni tahlil qilish jarayonida juda qo‘l keladi. O‘qituvchi “muzey” zallari bo‘ylab xayolan sayohat uyushtiradi. Har zal asarlarning janriga mos nomlanadi. Masalan, “Ertaklar” zaliga tashrif buyuramiz. Bu zalda yaxshi va yomon illatlar, sehrli buyumlar mavjud. O‘ylab ko‘ringchi, ular kimga tegishli:

1.Ming tilla – boyga(Xasis boy bilan Abdurahmon o‘g‘ri ertagi) 2.Ochil surpa – cholga(Chol bilan kampir ertagi) 4-bosqich(XIX-XX) o‘g‘zaki va yozma adabiyot birlashtirilgan davr hisoblanadi. Yangi ijtimoiy hayot, tarbiyaviy-axloqiy qarashlarlarning rivojlanishi ko‘zga tashlanadi. Asarlarni nashr ettirish keng yo‘lga qo‘qildi. Ilmiy izlanishlar har bir sohada kuchaydi. Adaboyotimizda ham ertaklardan ilhomlangan va asarlar yozgan yozuvchi va adiblarimiz paydo bo‘ldi. G‘afur G‘ulom, Tohir Malik, Xudoyberdi To‘xtaboyev kabilar ijodi yaqqol namuna vazifasini o‘taydi. O‘quvchilar yodidan joy olgan “ Uch og‘a - ini botirlar” ertagi ushbu muhitga xosdir. Otaning o‘g‘illariga bergan pand-nasihati: “To‘g‘ri bo‘ling – bexavotir bo‘lasiz. Maqtanchoq bo‘lmang – xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang – baxtsiz bo‘lmaysiz.” har bir bola yoki ulug‘yoshdagi insonlar uchun ham juda katta tarbiya o‘chog‘i hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, o‘zbek xalq ertaklarining kelib chiqishi, hozirga qadar yetib kelishi ulkan davrlarni o‘z ichiga oladi. Inson yaratilgani, tabiat hodisalari bilan bog‘liqligi va ularning tarbiyaviy jihatlaridagi voqeliklar, turli ajoyibotlarni ana shu matnlarda ko‘rishimiz mumkin. Milliy merosimiz bo‘lgan ertaklarni zamonaviy dars usullari orqali o‘quvchilar ongida saqlashimiz, nafaqat bilim salohiyatini, balki ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborni kuchaytiramiz. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 1.M.Jo‘rayev “Folklorshunoslik asoslari”, o‘quv qo‘llanma, Fan nashriyoti, Toshkent-2009. 2.M.Jo‘rayev, J.Eshonqulov “Folklorshunoslikka kirish”, o‘quv qo‘llanma, Toshkent-2017. 3.M.Jumaboyev “Bolalar adanbiyoti va folklor”, darslik, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiy jamg‘armasi nashriyoti, Toshkent-2006. 4.M.Murodova “Folklor va etnografiya”, o‘quv qo‘llanma, Toshkent-2006. 5.A.Tilavov “Folklorshunoslik nazariyasi”, ma’ruza mashg‘ulotlari, Toshkent-2020. 6. “O‘zbek xalq ertaklari”, yangi asr avlodi nashri,Toshkent-2017. 7.M.Afzalov, X.Rasulov, Z.Husainova “O‘zbek xalq ertaklar” 1-qism, o‘qituvchi nashriyoti, Toshkent- 2007. 8.O.Madayev, T.Sobitova “Xalq og‘zaki ijodi”, darslik, sharq nashriyoti, Toshkent-2010 9.O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MUSIQA TA’LIMDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(3), 607-613. 10. Botirova Sevara Mamurovna, Tursunov Ramziddin Abdixalil o‘g‘li. (2025). MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI. MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI, 1(1), 98-102.

TABIIY FANLARNI O’QITISHDA LOYIHA VA MUOMOGA ASOSLANGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI

Asadova Feruza Uluĝbek qizi Toshkent Kimyo Xalqaro universitining Samarqand filliali magistranti

Annotasiya. Ushbu maqola loyihaviy ta’limning tabiiy fanlarda akademik yutuqqa ta’sirini ko‘rib chiqqan meta-tahlil natijalarini umumlashtiradi. Tahlil an’anaviy o‘qitishga nisbatan yuqori ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, natijalar esa mamlakat, fan bo‘limi, ta’lim bosqichi va qo‘llash shakliga sezilarli darajada bog‘liq emasligini ko‘rsatdi; farq asosan nashr turi bo‘yicha kuzatildi. Loyihaviy ta’limning mexanizmlari – autentik ssenariylar, hamkorlik, dalilga tayangan izlanish va metakognitiv nazorat – o‘quvchilarning kontseptual tushunishi, muammo yechish va motivatsiyasini faollashtiradi. Tavsiyalar sifatida yo‘naltiruvchi savollarni aniqlash, jarayonni bosqichlab loyihalash, shaffof rubrikalar va triangulyatsion baholashdan foydalanish taklif etiladi. Xulosa qilib, loyihaviy yondashuv tabiiy fanlarda bilimning transferi va XXI asr kompetensiyalarini integrallashgan holda rivojlantirish uchun samarali didaktik ramka hisoblanadi. Kalit so‘zlar: loyihaviy ta’lim muammoga asoslangan yondashuv meta-tahlil akademik yutuq tabiiy fanlar autentik ssenariy hamkorlik metakognitsiya baholash rubrikalari transfer

PROJECT- AND PROBLEM-BASED LEARNING TECHNOLOGIES IN SCIENCE EDUCATION

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar13 ta adabiyot

  1. 1.M.Jo‘rayev “Folklorshunoslik asoslari”, o‘quv qo‘llanma, Fan nashriyoti, Toshkent-2009.
  2. 2.M.Jo‘rayev, J.Eshonqulov “Folklorshunoslikka kirish”, o‘quv qo‘llanma, Toshkent-2017.
  3. 3.M.Jumaboyev “Bolalar adanbiyoti va folklor”, darslik, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiy jamg‘armasi nashriyoti, Toshkent-2006.
  4. 4.M.Murodova “Folklor va etnografiya”, o‘quv qo‘llanma, Toshkent-2006.
  5. 5.A.Tilavov “Folklorshunoslik nazariyasi”, ma’ruza mashg‘ulotlari, Toshkent-2020.
  6. “O‘zbek xalq ertaklari”, yangi asr avlodi nashri,Toshkent-2017.
  7. 7.M.Afzalov, X.Rasulov, Z.Husainova “O‘zbek xalq ertaklar” 1-qism, o‘qituvchi nashriyoti, Toshkent-
  8. 8.O.Madayev, T.Sobitova “Xalq og‘zaki ijodi”, darslik, sharq nashriyoti, Toshkent-2010
  9. 9.O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MUSIQA
  10. TA’LIMDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(3), 607-613.
  11. Botirova Sevara Mamurovna, Tursunov Ramziddin Abdixalil o‘g‘li. (2025). MAʼNAVIY
  12. BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI. MAʼNAVIY BARKAMOL
  13. YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI, 1(1), 98-102.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011440
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/448
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
609–611
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25