Asosiy mazmunga o‘tish

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA BADIIY ASARNI TAHLIL QILISHDA TANQIDIY FIKRLARNI SHAKLLANTIRISH USULLARI

Abdiyeva Koysintash AzadovnaToshkent Amaliy fanlar universiteti, Boshlang‘ich ta‘lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 590–593

Annotatsiya

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining Eng avvalo, ta‘limda biror biro‘zgarishlarni amalga oshirish uchun avval o‘qituvchining kasbiy ongini tubdan o‘zgartirish kerak. Buninguchun har bir talabaning individual shug‘ullanishi, Uztolar bilan hamkorlikda faol ishlashi va kreativliktamoyillarinining hayotdagi ifodasini o‘rganib borish taqozo etiladi.

Boshqa tillarda

ruschaМЕТОДЫ ФОРМИРОВАНИЯ КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ ПРИ АНАЛИЗЕ ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЙ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ

Будущие учителя начальной школы. Прежде всего, для осуществления любых изменений в образовании необходимо коренным образом изменить профессиональное сознание учителя. Это требует индивидуального подхода к каждому ученику, активного сотрудничества со сверстниками и изучения способов выражения принципов творчества в жизни.

inglizchaMETHODS OF FORMING CRITICAL THOUGHT IN ANALYSIS OF ARTISTIC WORKS IN FUTURE PRIMARY TEACHERS

Future primary school teachers First of all, in order to implement any changes in education, it is necessary to fundamentally change the professional consciousness of the teacher. This requires individual engagement of each student, active cooperation with peers, and the study of the expression of the principles of creativity in life.

Kalit so‘zlar

  • 4K ko‘nikmalari
  • kreativlik
  • ta‘lim tizimi
  • ta‘lim sifati
  • pedagogik shart sharoit
  • natijaviy-maqsad
  • funksiyaning yoritilishi
  • tizim
  • mohiyat
  • darslik
  • o‘quv materiallar
  • ta‘lim
  • katta qiziquvchanlik
  • moslashuvchan fikrlash

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA BADIIY ASARNI TAHLIL QILISHDA TANQIDIY FIKRLARNI SHAKLLANTIRISH USULLARI

Abdiyeva Qo‘ysintosh Azadovna Toshkent Аmаliy fаnlаr universiteti, Boshlаng‘ich tа’lim nаzаriyаsi vа medikаsi kаfedrаsi katta o‘qituvchisi. Tel: [telefon raqami yashirilgan] E-mail: tesanov@mail.ru

Annotatsiya. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining Eng avvalo, ta’limda biror bir o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun avval o‘qituvchining kasbiy ongini tubdan o‘zgartirish kerak. Buning uchun har bir talabaning individual shug‘ullanishi, Uztolar bilan hamkorlikda faol ishlashi va kreativlik tamoyillarinining hayotdagi ifodasini o‘rganib borish taqozo etiladi.

Kalit so‘zlar: 4K ko‘nikmalari, kreativlik, ta’lim tizimi, ta’lim sifati, pedagogik shart sharoit, natijaviy-maqsad, funksiyaning yoritilishi, tizim, mohiyat, darslik, o‘quv materiallar, ta’lim, katta qiziquvchanlik, moslashuvchan fikrlash.

МЕТОДЫ ФОРМИРОВАНИЯ КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ ПРИ АНАЛИЗЕ ХУДОЖЕСТВЕННОГО ПРОИЗВЕДЕНИЯ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Абдиева Койсинтош Азадовна Ташкентский университет прикладных наук, Старший преподаватель кафедры теории и медицины начального образования. Тел.: [telefon raqami yashirilgan] E-mail: tesanov@mail.ru

Аннотация. Будущие учителя начальных классов: Для реализации любых изменений в образовании, прежде всего, необходимо коренным образом изменить профессиональное сознание учителя. Это требует индивидуальной вовлеченности каждого ученика, активного взаимодействия со сверстниками, освоения принципов творческого самовыражения в жизни. Ключевые слова: Навыки 4К, креативность, система образования, качество образования, педагогические условия, конечный результат-цель, разъяснение функций, система, сущность, учебник, учебные материалы, образование, большое любопытство, гибкое мышление.

METHODS OF FORMING CRITICAL THOUGHT IN ANALYSIS OF A WORK OF ART IN FUTURE PRIMARY TEACHERS

Abdiyeva Koysintosh Azadovna Tashkent University of Applied Sciences, Senior Lecturer, Department of Theory and Medicine of Primary Education. Tel: [telefon raqami yashirilgan] E-mail: tesanov@mail.ru

Annotation. Future primary school teachers: First of all, in order to implement any changes in education, it is necessary to fundamentally change the professional consciousness of the teacher. This requires individual engagement of each student, active collaboration with peers, and learning the expression of the principles of creativity in life. Key words: Keywords: 4K skills, creativity, education system, quality of education, pedagogical conditions, outcome-goal, function clarification, system, essence, textbook, educational materials, education, great curiosity, flexible thinking.

Hozirgi yosh kelajak avlodning faolligini shakllantirish nafaqat bir mamlakat uchun, balki hamjamiyatimiz uchun ham e’tibor markazida turgan masaladir.Shu jumladan songgi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasida qilinayotgan bir qator yangiliklar ham bunga yaqqol misol bo’la oladi. Umumiy о‘rta ta’lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash; О‘zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash; xalqaro baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish bо‘yicha tizimli monitoring olib borish; ushbu sohadagi ilg‘or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta’lim muassasalari uchun tavsiyalar va qо‘llanmalarni ishlab chiqishda ishtirok etish; о‘qitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda о‘qish; matematika va tabiiy yо‘nalishdagi fanlar bо‘yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish bо‘yicha о‘quv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash kabilar Milliy markazining asosiy vazifalari va faoliyatining yо‘nalishlaridan etib belgilandi. Eng avvalo, ta’limda biror bir o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun avval o‘qituvchining kasbiy ongini tubdan o‘zgartirish kerak. Pedagoglarimiz darslarni yangi takomillashgan standart asosida tashkil etish uchun, avvalo, o‘z faniga oid davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturini sinchiklab o‘rganishi, yangidan nashr etilgan darslik bilan tanishishi, taqdim etilgan o‘quv dasturi asosida taqvim reja tuzib olishi kerak bo‘ladi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan dars ishlanmalarida ham tegishli o‘zgarishlar qilish

lozim. Jumladan: darsning texnologik xaritasida darsning maqsadi, jihozlari, o‘qitish texnologiyasi va hokazalar, o‘zgarishi bilan birgalikda o‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar aniq holda belgilab olinadi.Shu bilan birga pedagog o‘quvchilarda mazkur kompetensiyalar shakllanganligini aniqlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 12 yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishni imzoladilar. Farmoyishda bolalar adabiyotining sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, ta’lim muassasalarida sinfdan tashqari o‘qish uchun tavsiya etilgan o‘zbek va chet el adiblarining mumtoz va zamonaviy asarlarini tanlab, xrestomatiya adabiyotlari ro‘yxatlarini qayta ko‘rib chiqish va o‘quv jarayoniga mutolaa etilgan asarlar asosida insho yozish tizimini joriy etish masalasiga alohida urg‘u berilgan. Bolalar adabiyoti o‘quvchilarni yoshlarni imon-e’tiqodli kishilar sifatida va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mamlakatimiz-ning qudratli qurolidir. Bugungi davrda bu fanga intilish, qiziqish, o‘rganish, o‘zlashtirish yanada oshdi. Shunday ekan, kichkintoylarga atab yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo‘lishi, ular qalbida chuqur o‘y-fikrlar uyg‘otishi, yorqin obrazlar va yuksak g‘oyalarga boy bo‘lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilhomlantirishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda yoritilishi lozim Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni tabiatni sevishga, halol yashashga, ilmfan cho‘qqilarini egallashga, xalq uchun foydali yangi kashfiyotlar qilishga o‘rgatadi. Kitob xalqimizning o‘tmishi, ilg‘or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr tuyg‘ularini o‘stiradi. 1-topshiriq. 1-vazifa. Ertak matnini sekin, yarim ovozda о‘qib chiqing. О‘qituvchining ishorasi bilan о‘qiyotgan joyingizni belgilab qо‘ying. 2-topshiriq. 1-vazifa. Matnning bu qismida sehrli xalq ertagining qanday xususiyatlarini uchratish mumkin: a) sehrgarlik ishlari b) sehrli buyumning mavjudligiv) sehrgarning harakatlari 2-vazifa. Matndan sizning oldingi javoblaringizni tasdiqlovchi gaplarni belgilab chiqing. (– Sen menga maymunjon berding, men senga biron narsa sovg‘a qilaman. Mana senga xurmacha, sen faqat shuni aytishing kerak: Bir, ikki, uch, xurmachada shavla pish.) 3-vazifa. Boshqa ertaklarda ham qahramoni sehrli buyumga ega bо‘lgan shunga о‘xshash voqealar uchraydimi? Qaysi ertaklarda? Javobingizni yozing. («Ur tо‘qmoq!», «Uch og‘ayni botirlar» ertaklari) O‘qish darslarida badiiy asarni tahlil qilish kompeten-siyasini shakllantirish yo‘llari (PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida) boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berishda turli ko‘rinishda va usulda ishlash talab etiladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarini noan’naviy usullardan kichik guruhlarda ishlash, o‘yin shaklida o‘tkazish, yangi texnologiyalar yordamida guruhlar bilan ishlash, yuqorida berilgan ta’limiy – didaktik o‘yin elementlaridan foydalangan holda tashkil etish dars samaradorligini yanada oshirib, o‘quvchilarning faolligi va qiziqishlarini, umuman badiiy, turli janrdagi asarlarni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni o‘sishiga xizmat qiladi.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan asar tahlili ustida turli ko‘rinishda va usulda ishlash talab etiladi. Bunday ish turlari o‘quvchilarni asarni to‘la idrok etish va mazmunini tushunib yetishlarini ta`minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. 2019-yil 8-may 2. Kreativ fikrlashni baholash. A.Ismailov va boshqalar. Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. 2021-yil. 3. 7. Alimova, D. (2024). Boshlang‘ich sinf darslarida STEAM ta’lim texnologiyasini qo‘llashning metodik ahamiyati. Modern Science and Research, 3(1), 1-3.Bellanca, J., & Brandt, R. (2010). «21st Century Skills: Rethinking How Students Learn». Solution Tree Press. 4. X.Ibrаimоv, M.Qurоnоv “ Umumiy pedаgоgikа” Sаhhоf-2023. 5. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING STEAM TA’LIMI ORQALI O‘ZO-O‘ZINI RIVOJLANTIRISH USULLARI A.Q Azadovna, XY Mamatqulovna - Eurasian Journal of Academic Research, 2024

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar15 ta adabiyot

  1. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi.
  2. 2019-yil 8-may
  3. Kreativ fikrlashni baholash. A.Ismailov va boshqalar. Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi.
  4. 7. Alimova, D. (2024). Boshlang‘ich sinf darslarida STEAM ta’lim texnologiyasini qo‘llashning metodik ahamiyati. Modern Science and Research, 3(1), 1-3.Bellanca, J., & Brandt, R. (2010). «21st
  5. Century Skills: Rethinking How Students Learn». Solution Tree Press.
  6. X.Ibrаimоv, M.Qurоnоv “ Umumiy pedаgоgikа” Sаhhоf-2023.
  7. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING STEAM TA’LIMI ORQALI O‘ZO-O‘ZINI
  8. RIVOJLANTIRISH USULLARI A.Q Azadovna, XY Mamatqulovna - Eurasian Journal of Academic
  9. Research, 20246. Развитие компетентности саморазвития учащихся начальных классов К Абдиева - Общество и инновации, 2023 Похожие статьи
  10. Baxromovna, S. U. (2025). BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA RESURSLARNI TO‘G‘RI
  11. BOSHQARISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH. FARS International Journal of Education,
  12. Social Science & Humanities., 13(9), 128-135.
  13. Bakhromovna, S. U. (2025). MODERN MECHANISMS FOR DEVELOPING PRIMARY SCHOOL
  14. STUDENTS’RESOURCE MANAGEMENT SKILLS WITHIN THE EDUCATIONAL
  15. CLUSTER. SHOKH LIBRARY, 503-505

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011433
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/441
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
590–593
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25