Asosiy mazmunga o‘tish

ICHKI NUTQ – IJTIMOIY NUTQNING AKS SADOSI

Rakhmonova Marjona Zinaidullo qiziAlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mustaqil izlanuvchisi.2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 581–584

Annotatsiya

Bugungi kunda tilshunoslik fanining eng muammoli sohalaridan biri psixolingvistikayo‘nalishi hisoblanadi. Ushbu maqolada ham insondagi ichki nutq jarayoni psixolingvistik jihatdan tahlilqilingan. Tadqiqot ishida ichki nutqning tashqi nutq uchun asos vazifasini bajarishi, ichki nutqningshakllanish bosqichlari hamda egosentrik nutqdan farqlari haqida fikr yuritilgan. Berilgan ma‘lumotlarbadiiy matnlardan olingan parchalar orqali dalillangan. Bir qator olimlarning tajriba va fikrlari tahlil ostigaolinadi. Shu bilan birga ichki nutqning funksiyalari haqida ham to‘xtalib o‘tiladi.

Boshqa tillarda

ruschaВНУТРЕННЯЯ РЕЧЬ – ЭХО СОЦИАЛЬНОЙ РЕЧИ

Сегодня одной из наиболее проблемных областей лингвистики является направление психолингвистики. В данной статье также анализируется процесс внутренней речи у человека с психолингвистической точки зрения. В исследовательской работе рассматривается роль внутренней речи как основы для внешней речи, этапы формирования внутренней речи и ее отличия от эгоцентрической речи. Представленная информация подкрепляется отрывками из литературных текстов. Анализируются опыт и мнения ряда ученых. Одновременно обсуждаются и функции внутренней речи.

inglizchaINNER SPEECH – AN ECHO OF SOCIAL SPEECH

Today, one of the most problematic areas of linguistics is the direction of psycholinguistics. This article also analyzes the process of inner speech in humans from a psycholinguistic perspective. The research paper discusses the role of inner speech as the basis for outer speech, the stages of formation of inner speech, and its differences from egocentric speech. The information provided is substantiated by excerpts from literary texts. The experiences and opinions of a number of scientists are analyzed. At the same time, the functions of inner speech are also discussed.

Kalit so‘zlar

  • ichki nutq
  • egosentrik nutq
  • ijtimoiy nutq
  • psixolingvistika
  • tafakkur
  • interoretsepsiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

5. FAO. (2020). The State of World Fisheries and Aquaculture 2020: Sustainability in action. Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations.

ICHKI NUTQ – IJTIMOIY NUTQNING AKS SADOSI

Raxmonova Marjona Jinaydullo qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mustaqil izlanuvchisi. mrsrakhmonova@gmail.com [telefon raqami yashirilgan].

Annotatsiya. Bugungi kunda tilshunoslik fanining eng muammoli sohalaridan biri psixolingvistika yo‘nalishi hisoblanadi. Ushbu maqolada ham insondagi ichki nutq jarayoni psixolingvistik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot ishida ichki nutqning tashqi nutq uchun asos vazifasini bajarishi, ichki nutqning shakllanish bosqichlari hamda egosentrik nutqdan farqlari haqida fikr yuritilgan. Berilgan ma’lumotlar badiiy matnlardan olingan parchalar orqali dalillangan. Bir qator olimlarning tajriba va fikrlari tahlil ostiga olinadi. Shu bilan birga ichki nutqning funksiyalari haqida ham to‘xtalib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: ichki nutq, egosentrik nutq, ijtimoiy nutq, psixolingvistika, tafakkur, interoretsepsiya va b. INNER SPEECH – AN ECHO OF SOCIAL SPEECH

Rakhmonova Marjona Zinaydullo qizi is an independent researcher at the Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi. mrsrakhmonova@gmail.com [telefon raqami yashirilgan].

Abstract. Today, one of the most problematic areas of linguistics is the direction of psycholinguistics. This article also analyzes the process of inner speech in humans from a psycholinguistic perspective. The research paper discusses the role of inner speech as the basis for outer speech, the stages of formation of inner speech, and its differences from egocentric speech. The information provided is substantiated by excerpts from literary texts. The experience and ideas of a number of scientists are analyzed. At the same time, the functions of inner speech are also discussed. Keywords: inner speech, egocentric speech, social speech, psycholinguistics, thinking, interoception, etc. ВНУТРЕННЯЯ РЕЧЬ – ОТГЛОК СОЦИАЛЬНОЙ РЕЧИ

Рахмонова Маржона Жинайдулло кизи — независимый исследователь Ташкентского государственного университета узбекского языка и литературы имени Алишера Навои. mrsrakhmonova@gmail.com [telefon raqami yashirilgan].

Аннотация. Психолингвистика является одним из наиболее проблемных направлений лингвистики на сегодняшний день. В данной статье также анализируется процесс внутренней речи человека с психолингвистической точки зрения. В работе рассматривается роль внутренней речи как основы внешней речи, этапы её формирования и её отличия от эгоцентрической речи. Представленная информация подкреплена фрагментами из художественных текстов. Анализируется опыт и идеи ряда учёных. При этом также рассматриваются функции внутренней речи. Ключевые слова: внутренняя речь, эгоцентрическая речь, социальная речь, психолингвистика, мышление, интероцепция и др.

Ichki nutq rus tilshunosligida dastlab, Vigotskiy, Blonskiy, Ananyev hamda Sokolovlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishi sifatida o‘rganilgan. Ular ichki nutqni tashqi nutqning hosilasi sifatida paydo bo‘ladigan nutq ko‘rinishi, yozma va og‘zaki nutqni yaxshiroq o‘zlashtirish uchun so‘z va jumlalarni idrok etish orqali takrorlashdan hosil bo‘ladigan jarayon ekanligini uqtiradilar. Olimlar ichki nutqni til va tafakkurning chambarchas bog‘langan murakkab jarayonlaridan ekanligini ham aytib o‘tadilar. Yana shuni ham unutmasligimiz lozimki, ichki nutq tafakkur uchun qobiq va tashqi nutqqa olib chiquvchi ko‘prik vazifasini ham bajaradi. Ya’ni tafakkurda fikrlar orqali vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlansa, ichki nutq orqali ularni saralashimiz mumkin. Shu o‘rinda ichki nutq sintez vazifasini ham bajarib kelmoqda. Ichki nutqda tafakkur natijasidagi fikrlar tushunchaga aylanadi, tushunchadan hukm chiqarishimiz va oxirida xulosa qilishimiz ham mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy nutq ta’sirida dastlab ongimizda tafakkur natijasida eshitilgan nutq haqidagi fikrlar paydo bo‘ladi. Fikrlar ichki nutq yordamida tushuncha, hukm va xulosalarga aylanishi mumkin. Tashqi nutqqa esa aynan xulosa va hukmlarimizni chiqaramiz xolos. Tushuncha va muhokamalar ichki nutqda qoladi. Vigotskiy ichki nutqni fikr va so‘z o‘rtasidagi dinamik deb ta’riflaydi [4, 110]. Chunki ichki nutq jarayoni fikrlarimizni tashqi nutq uchun tayyorlaydi: ulardan kerakli yoki keraksizlari, to‘gri yoki noto‘g‘rilarini ajratadi. Shu o‘rinda aytib o‘tishimiz joizki, ichki nutq mantiqiy fikrlash uchun ham eng zarur vositalardan biridir. Bolalarda ichki nutqning yaxshi rivojlanishi uchun ham, asosan, mantiqiy fikrlashga undaydigan mashqlar bajarish tavsiya etiladi. Sarah Kim va Wandeltning fikriga ko‘ra inson hayoti davomida ma’lumotlarning 84 %ini ichki nutq orqali dikodlaydi. Qolgan 16% esa yozma yoki og‘zaki nutqda takrorlash bilan dikodlanar ekan [5, 107]. O‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, kichik yoshdagi bolalar she’r yod olish jarayonida matnni ichki nutqida pichirlab takrorlash orqali yod oladilar yoki o‘zimiz biror yoqimli qo‘shiq eshitib qolsak, ichki nutqimizda bir necha kun, hatto bir-ikki hafta davomida ham takrorlab yurishimiz mumkin. Bu esa dikodlanish uchun xizmat qiladi.

Ijtimoiy nutq haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, nutqning bu ko‘rinishi biz uchun tashqi vaziyatdagi bizga va atrofdagilarga qaratilgan hamda psixologiyamizga ta’sir qiladigan har qanday nutq ko‘rinishi ijtimoiy nutqqa misol bo‘la oladi. Chunki ongda fikrlar va undan keyin ichki nutq shakllanishi uchun tashqi ta’sir, ya’ni ijtimoiy nutq mavjud bo‘lishi kerak. Qachonki biz atrofdan ijtimoiy nutqni eshitsak yoki biror tasvir, holat va shunga o‘xshash vaziyatlarni ko‘zimiz bilan ko‘rsak miyada aynan shu mavzuda fikrlar paydo bo‘la boshlaydi. Inson ma’lum bir ma’lumotni eshitadi yoki biror tasvir va hodisaning ko‘rar ekan, ongda uni qayta ishlaydi, unga o‘z dunyoqarashi, saviyasi va boshqa shu kabi individualliklarga tayangan holda munosabatini bildiradi. Aynan ana shu munosabat ichki nutqda akslanadi. Eshitilgan yoki guvoh bo‘lgan ma’lumotlarni idrok etish uchun bolalarda jismoniy va nutqiy eshitish (ayniqsa, fonemalarni ajrata olish), shuningdek, vizual idrok etish rivojlangan bo‘lishi lozim. Bolalar og‘zaki yozma ko‘rsatmalarni tushuna olishi, dialoglar tuzish, iboralar va grammatik qo‘shimchalarni to‘g‘ri qo‘llay olishi, ma’lum bir obyektlarning alohida belgilari va o‘ziga xos harakatlarini erkin tarzda tavsiflashi ularda ichki nutqning yaxshi rivojlsnsyotgsnini anglatadi. Quyida badiiy matnlardan olingan parchalarni tahlil qilib ko‘ramiz:

Bola baxshi ancha vaqtgacha o‘ziga kela olmadi. Uning aqli-hushi, yuragi, butun vujudi chelakli qizning iziga tushib ketgan edi. “Uning boqishlari! Bu qizning noz-karashmasi dengiz suvi singari behisob bo‘lishi kerak. Shu nozlar, o‘sha nazarlar kimga nasib qilar ekan?! Qaysi baxtli inson shu noz-u nazarlarning egasi bo‘larkan? Hoy, peshonasi sho‘r!” deb yigit manglayiga bir shapatiladi-da, egarga qiyshiq o‘tirib, orqasiga o‘girildi [4, 17].

B.Saytaqovning “Bola baxshi” qissasidan olingan parchada qahramonning ichki nutqi orqali uning his-tuyg‘ulari ochib berilgan. Birinchi gapda esa ichki nutqnining shakllanishi uchun sabab bo‘lgan vaziyat tasvirlangan, ya’ni bola baxshi notanish qizni ko‘rib, yoqtirib qoladi va natijada ichki nutqi orqali o‘zining hayajonini ifodalamoqda. Bundan ham ko‘rishimiz mumkinki, ijtimoiy hayotimizdagi vaziyatlar, ijtimoiy nutqlar va boshqa shu kabi holatlar ichki nutq shakllanishi uchun asos vazifasini bajaradi.

Boshini quyi solib, yangasining yonidan chiqar ekan, o‘ylay boshladi. “Aytganlarining hammasi to‘g‘ri. Barchasi oydin. Boshqa yo‘l topish kerak. Boshqa yo‘lni izlashim lozim. Umidni qo‘ldan bermasligim darkor. Men boshqa yo‘lni, albatta, topaman” [4, 18].

Yuqoridagi parchada esa qahramon yana bir qahramonning aytganlarini ichki nutqida tahlil qilmoqda. Aynan shu gapni tahlil qiladigan bo‘lsak, “yanga”ning gaplari bola baxshi uchun ichki nutqni shakllantiruvchi asosa vazifasida kelmoqda.

“Ey xudo, bular kimlar ekan-a? Nima uchun bunday to‘da bo‘lib kelayaptilar. Yoki da’vo-janjal chiqdimikin?” deb, Qudratillaboy o‘yga toldi. Sovchilikka kelishdimikin, degan o‘y uning kallasiga kelmasdi. U yana o‘ylay boshladi: “Odamlarning orasidagi urush-janjallar tugamaydi. Hammasi bir-birini yeyishga tayyor. Bularning boshqa joyga bormay, shu yerga kelib turganlariga ham shukur...” [4,21] Eshitilgan yoki guvoh bo‘lgan ma’lumotlarni idrok etish uchun bolalarda jismoniy va nutqiy eshitish (ayniqsa, fonemalarni ajrata olish), shuningdek, vizual idrok etish rivojlangan bo‘lishi lozim. Bolalar og‘zaki yozma ko‘rsatmalarni tushuna olishi, dialoglar tuzish, iboralar va grammatik qo‘shimchalarni to‘g‘ri qo‘llay olishi, ma’lum bir obyektlarning alohida belgilari va o‘ziga xos harakatlarini erkin tarzda tavsiflashi ularda ichki nutqning yaxshi rivojlanayotganini anglatadi. Fikrlar oqimi ichki nutq orqali so‘zlarda jonlantirilib, saralash jarayoni boshlanadi. Saralash deganda qabul qilingan informatsiyaning ichki nutq orqali qayta ishlanishini tushunishimiz mumkin. Ichki nutqni tasavvur qilishning reallikka asoslangan bir turi desak ham bo‘ladi. Chunki o‘y-xayollar orqali tasavvur qilganimizda amalga oshmaydigan orzularimizni ham o‘ylashimiz mumkin, ammo ichki nutqdagi tasvirlar so‘zlar yordamida jonlantirilib, tashqi nutqqa chiqariladi va vaziyatga shaxsiy baho berish uchun xizmat qiladi. Ichki nutq haqidagi eng dastlabki fikrlar Aflotun (Platon) davridan boshlangan bo‘lib, bu jarayon “ong ichidagi ovoz” deb ham ta’riflanadi [2, 178]. Ichki nutqda mushaklar juda ham sokin harakat qiladi. Bu jarayon interoretsepsiya (interotsepsiya (lot. interior — ichki, receptio — qabul qilish) — ichki aʼzolar (yurak, qon va limfa tomirlari, nafas aʼzolari, ovqat hazm qilish yoʻllari va b.) dagi sezuvchi nerv tolalari (interore-septorlar) ning qoʻzgʻalishi natijasida vujudga keladigan impulslarning markaziy nerv sistemasi tomonidan qabul qilinishi) [ 6] va eshitishning qorishmasidan tashkil topadi. Ko‘pchilik olimlar nutq a’zolari hamda nutq hosil qilish jarayonida ishtirok etadigan mushaklar ichki nutq hosil bo‘lish jarayonida harakatsiz bo‘ladi degan fikrni ma’qullaydilar. Ammo biz bu fikrlarni inkor etamiz, chunki ichki nutq jarayonida ham mushaklar harakat qiladi, faqat juda sokin va bilinar-bilinmas darajada. Chunki ongimizda shunchaki fikrlar emas, nutq shakllanmoqda. Nutq esa o‘z navbatida so‘zlardan, so‘zlar tovushlardan tashkil topadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, nutq a’zolari va mushaklar harakati ham mavjud. Shu o‘rinda oldingi tadqiqotlarimizda ham aytib o‘tilgan fikrlarni aytishni ma’qul deb bildik: Ichki nutqning o‘y – xayoldan farqi ham aynan mushaklar harakatida seziladi, ya’ni ichki nutqda artikulyatsiya uchun xizmat qiluvchi mushaklar harakati mavjud bo‘ladi. O‘y – xayolda esa mushaklar harakatsiz qoladi, ya’ni tafakkurdagi fikrlar ichki nutqda jonlanmaydi.

Ichki nutqni o‘rganish inson ongini, uning tabiatini yanada yaxshiroq o‘rganishga xizmat qiladi. Dastlab e’tibordan chetda qolgan ichki nutqni o‘rganish skeptitsizm (yunoncha skeptomai — „qarash“, „nazar solish“) nisbatan yangi maʼlumotlardan shubhalanib fikrlash hamda shunday fikrlash usulini qoʻllovchi falsafiy oqimdir. Ilmiy skeptitsizm yangi gipotezalarga nisbatan tanqidiy fikr bildirishda namoyon boʻladi) oqimi tarafdorlarini ham qiziqtira boshladi [6]. Ushbu oqim vakillari ichki nutqni falsafiy nuqtai nazardan o‘rganishni boshladilar. Natijada ichki nutqning adabiyot, falsafa, psixologiya, etnologiya, fiziologiya va boshqa shu kabi fanlar doirasida ham tahlil qilish lozimligini o‘rinli deb biladilar. Faylasuflar ichki nutqni nutqning ko‘rinishi emas, uning aqliy ifodasi degan g‘oyani ilgari suradilar [1, 137]. Chunki ular ichki nutqda hech qanday harakatlar bajarilmasligini, bizdan hewch qanday kuch talab qilmasligini hamda u shunchaki sodir bo‘layotgan holat ekanligini ta’kidlaydilar. Tilshunoslar esa ichki nutq ham tashqi nutq singari nutq shakli ekanligni uqtiradilar. Sababi shundaki, ichki nutqda ham tovushlar, so‘zlar mavjud, grammatik bog‘lanishlar, xulosa va hukmlar bor. Tovushlar hosil qilinishi uchun esa o‘z navbatida artikulatsion harakat amalga oshirilishi lozim. Ichki nutq hosil qilish jarayonida uishbu harakat amalga oshadi, faqat juda sekin. Oddiyroq qilib tushuntiradigan bo‘lsak, faylasuflar, yugurishni harakat, sekin yurishni esa shunchaki holat deb ta’riflagandek bo‘lmoqdalar (bunda yugurish – tashqi nutq, sekin yurish esa ichki nutq misolida). Fikrlarimiz taraqqiy etishi, saralanishi hamda hukm va xulosalar ishlab chiqarilishi uchun ham bizda ichki nutq mavjud bo‘lishi lozim. Ichki nutq fikrlarimizni tashqi nutq bilan bog‘lovchi ko‘prik yoki eshik desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki aqliy jihatdan sog‘lom insonlarning barchasida ichki nutq mavjud. Buni sinovdan o‘tkazish esa juda oddiy. Hozir siz o‘zingizga hech narsa haqida fikr yuritmaslikka va o‘zingiz bilan hech narsani muhokama qilmaslikka va’da bering hamda buni bajarib ko‘ring. Albatta, bajar olmaysiz. Chunki sizda ong ishlayaptimi, demak fikrlaysiz, fikrlar esa o‘z navbatida ichki nutqni hosil qiladi. Faylasuflar ham ana shu haqiqatni tasdiqladilar. Bu bilan psixologlar, faylasuflar va tilshunoslarning fikrlari bir umumiy nuqtada birlashdi. Ichki nutq ayniqsa, tushkunlik, depressiya, hayajonli vaziyatlarda juda faol harakatda bo‘ladi. Bunday holatda ichki nutq, asosan, ritorik so‘roqlar, undovlar hamda tahminlar shaklida bo‘ladi.

Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, ichki nutq nutqning aqliy ifodasi emas, balki mustaqil nutq ko‘rinishlaridan biridir. Chunki ichki nutqda ham mushaklar harakati mavjud, unda tuziladigan gaplar ham ma’lum tartibga bo‘ysunadi, ma’lum bir shaklga ega. O‘z navbatida ichki va tashqi nutq bir-biri uchun asos vazifasini ham bajarib keladi, ya’ni kimningdir tashqi nutqi bizning ichki nutqimiz uchun mavzu bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga bizning tashqi nutqimiz ham kimningdir ichki nutqi uchun asos bo‘la oladi. Ichki nutq uchun asos yoki mavzu deganda faqatgina tashqi nutqlarni tushunishimiz kerak emas, biror bir tasvir, biror voqea yoki boshqa tashqi ta’sirlar ham ichki nutq shakllanishi uchun turtki bo‘la oladi. Foydalangan adabiyotlar: 1. Agustin Vicente and Fernando Martinez Manrique. Inner Speech: Nature and Functions. –Granada, 2011.

2. Alderson-Day and Fernyhough, 2015; for an interdisciplinary collection, Langland-Hassan and Vicente, 2018. 3. Saytaqov B. Bola baxshi. – Toshkent, 2013. – 15 b. 4. Vygotsky Lev S. Myshlenie i rech. Translated as Thought and Language, Alex Kozulin (trans.), Cambridge, MA: MIT Press, 1986. 5. Wandelt, Sarah Kim. Grasp, Speech, and Internal Speech Representation in the Human Cortical Grasp Circuit. – Dissertation (Ph.D.), California Institute of Technology. doi:10.7907/0461-g107. 6. Богданов И. К. А. Очерки антропологии молчания. - Москва, 1998. – 350 с. 7. Витгенштейн Л. Философские исследования. – Москва: АСТ. Астрель, 2010. – 42 c. 8. Выготский Л.С. Мысль и слово // Выготский Л.С. Мышление и речь. — Москва, 1996. –352 с. 9. Глухов В.П. Основы психолингвистики: учеб. пособие для студентов педвузов. – Москва, 2005. – 351 с. 10. Груздева Е.Ф. Русский разговор. – Москва, 1993. – 365 c. 11. Колшанский Г.В. Паралингвистика. – Москва, 1974. – 81 c. 12. Леонтьев А.А. Язык, речь, речевая деятельность. — Москва, 1969. – 214 c. 13. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(1), 470-475. 14. Ramziddin Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI HAMDA UNING MAZMUN-MOHIYATI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 36-40. Internet manbalari: 15. https://uz.wikipedia.org/wiki/

BOSHLANG’ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MUSIQAGA JO‘R BO‘LISH FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH

Axmedov Baxodirxon Sayfiddinovich, Namangan davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi Sadriddinova Xurshida Kamoliddin qizi Namangan davlat pedagogika instituti 3 kurs talabasi

Annotatasiya: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hali musiqiy tajribaga ega bo‘lmaganliklari sababli, ularga musiqani tushuntirishdan ko‘ra, uni harakat orqali his etish osonroq kechadi. Shu bois o‘qituvchi o‘quvchilarga musiqaning xarakteriga mos ravishda qarsak chalish, oyoq urish, aylanish, yurish yoki raqsga xos oddiy harakatlarni bajarishni o‘rgatadi. Bu harakatlar orqali bola musiqaning ritmini tanib oladi va uni ichki his bilan anglay boshlaydi. Tayanch iboralar: Musiqaga jo‘r bo‘lish, O‘quvchilar bilan birgalikda kuylash, musiqiy harakat bajarish, musiqa tinglash, hamjihatlikda ishlash, o‘zini jamoaning bir qismi sifatida his etish, ritm, estetik zavq, ijodkorlik.

ФОРМИРОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОГО СОПРОВОЖДЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ Аннотация: Поскольку у учащихся начальной школы ещё нет музыкального опыта, им легче почувствовать музыку через движения, чем объяснить её. Поэтому учитель учит учащихся выполнять простые движения, характерные для хлопков, топания, вращения, ходьбы или танца, в соответствии с характером музыки. Благодаря этим движениям ребёнок распознаёт ритм музыки и начинает воспринимать её внутренним чувством. Ключевые фразы: Музыкальное сопровождение, Совместное пение с учениками, исполнение музыкальных движений, слушание музыки, совместная работа, чувство единства, ритм, эстетическое удовольствие, творчество . FORMATION OF THE ACTIVITY OF ACCOMPANYING MUSIC IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar21 ta adabiyot

  1. Agustin Vicente and Fernando Martinez Manrique. Inner Speech: Nature and Functions. –Granada,
  2. 20112. Alderson-Day and Fernyhough, 2015; for an interdisciplinary collection, Langland-Hassan and
  3. Vicente, 2018.
  4. Saytaqov B. Bola baxshi. – Toshkent, 2013. – 15 b.
  5. Vygotsky Lev S. Myshlenie i rech. Translated as Thought and Language, Alex Kozulin (trans.),
  6. Cambridge, MA: MIT Press, 1986.
  7. Wandelt, Sarah Kim. Grasp, Speech, and Internal Speech Representation in the Human Cortical
  8. Grasp Circuit. – Dissertation (Ph.D.), California Institute of Technology. doi:10.7907/0461-g107.10.7907/0461-g107
  9. Богданов И. К. А. Очерки антропологии молчания. - Москва, 1998. – 350 с.
  10. Витгенштейн Л. Философские исследования. – Москва: АСТ. Астрель, 2010. – 42 c.
  11. Выготский Л.С. Мысль и слово // Выготский Л.С. Мышление и речь. — Москва, 1996. –352
  12. Глухов В.П. Основы психолингвистики: учеб. пособие для студентов педвузов. – Москва,
  13. 2005. – 351 с.
  14. Груздева Е.Ф. Русский разговор. – Москва, 1993. – 365 c.
  15. Колшанский Г.В. Паралингвистика. – Москва, 1974. – 81 c.
  16. Леонтьев А.А. Язык, речь, речевая деятельность. — Москва, 1969. – 214 c.
  17. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI
  18. IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQIY
  19. TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(1), 470-475.
  20. Ramziddin Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI HAMDA
  21. UNING MAZMUN-MOHIYATI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 36-40.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011430
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/438
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
581–584
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25