Asosiy mazmunga o‘tish

QO‘QON XONLIGIDA ELCHILARNING DINIY-MA‘NAVIY SALOHIYATI VA TASHQI SIYOSATDAGI ROLI

Abdurakhmonov Zuhriddin Holdorali ogluNamangan Impuls tibbiyot instituti o‘qituvchisi2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 568–570

Annotatsiya

Mazkur tezisda Qo‘qon xonligida elchilarni tayinlashdagi diniy-ma‘naviy mezonlar,elchilarning axloqiy sifati, ulamo va eshonlarning tashqi siyosatdagi faol roli, diniy asoslar va siyosiytopshiriqlarning uyg‘unligi ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Xususan, Dastur ul-muluk, Tarixi Aliquliamirlashkar, va Usmonli arxiv hujjatlari asosida elchilik institutining ijtimoiy-diniy yuki tahlil qilinadi.

Boshqa tillarda

ruschaРелигиозно-духовная власть послов Коканского кханата и их роль во внешней политике.

В данной работе исследуются религиозные и духовные критерии назначения послов в Кокандском ханстве, моральные качества послов, активная роль ученых и эшанов во внешней политике, а также соответствие религиозных основ и политических задач научным источникам. В частности, анализируется социально-религиозная нагрузка на посольский институт на основе «Дастур уль-мулук», «Тарихи Аликули Амирскар» и османских архивных документов.

inglizchaRELIGIOUS-SPIRITUAL AUTHORITY OF AMBASSADORS IN THE KOKAN KHANATE AND THEIR ROLE IN FOREIGN POLICY

This thesis examines the religious and spiritual criteria for appointing ambassadors in the Kokand Khanate, the moral quality of ambassadors, the active role of scholars and eshans in foreign policy, and the harmony of religious foundations and political tasks based on scientific sources. In particular, the socio-religious burden of the embassy institution is analyzed based on Dastur ul-muluk, Tarikhi Aliquli Amirskar, and Ottoman archival documents.

Kalit so‘zlar

  • Qo‘qon xonligi
  • elchilik
  • diniy salohiyat
  • siyosiy topshiriq
  • Dastur ul-muluk
  • eshonlar
  • tashqi siyosat
  • axloqiy mezon

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

QO‘QON XONLIGIDA ELCHILARNING DINIY-MAʼNAVIY SALOHIYATI VA TASHQI SIYOSATDAGI ROLI

Abdurahmonov Zuhriddin Holdorali o‘g‘li Namangan Impuls tibbiyot instituti o‘qituvchisi E-mail: abdurahmonovzuhriddin9495@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur tezisda Qo‘qon xonligida elchilarni tayinlashdagi diniy-maʼnaviy mezonlar, elchilarning axloqiy sifati, ulamo va eshonlarning tashqi siyosatdagi faol roli, diniy asoslar va siyosiy topshiriqlarning uyg‘unligi ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Xususan, Dastur ul-muluk, Tarixi Aliquli amirlashkar, va Usmonli arxiv hujjatlari asosida elchilik institutining ijtimoiy-diniy yuki tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Qo‘qon xonligi, elchilik, diniy salohiyat, siyosiy topshiriq, Dastur ul-muluk, eshonlar, tashqi siyosat, axloqiy mezon.

THE RELIGIOUS AND SPIRITUAL COMPETENCE OF AMBASSADORS IN THE KHANATE OF KOKAND AND THEIR ROLE IN FOREIGN POLICY

Abdurahmonov Zuhriddin Holdorali ogli Lecturer at Namangan Impulse Medical Institute E-mail: abdurahmonovzuhriddin9495@gmail.com

Abstract: This thesis explores the religious and moral criteria for appointing ambassadors in the Kokand Khanate, their ethical qualities, and the active role of scholars (ulama) and spiritual leaders (eshons) in foreign affairs. Based on sources such as Dastur al-Muluk, Tarikh-i Alikulī Amir Lashkar, and Ottoman archival documents, the paper analyzes the socio-religious significance of the embassy institution and the interrelation between religious principles and political missions. Keywords: Kokand Khanate, diplomacy, religious competence, political mission, Dastur alMuluk, eshons, foreign policy, ethical standards.

РЕЛИГИОЗНО-ДУХОВНЫЙ ПОТЕНЦИАЛ ПОСЛОВ В КОКАНДСКОМ ХАНСТВЕ И ИХ РОЛЬ В ВНЕШНЕЙ ПОЛИТИКЕ

Абдурахмонов Зухриддин Холдарали угли Преподаватель Наманганского медицинского института «Импульс» E-mail: abdurahmonovzuhriddin9495@gmail.com

Аннотация: В данной тезисе рассматриваются религиозно-нравственные критерии назначения послов в Кокандском ханстве, их моральные качества, а также активная роль улемов и эшонов во внешней политике. На основе таких источников, как «Дастур ул-мулук», «Тарихи Аликулӣ амирлашкар» и османских архивных документов, анализируется социально-религиозная нагрузка института посольства, взаимосвязь между религиозными основами и политическими поручениями. Ключевые слова: Кокандское ханство, посольство, религиозный потенциал, политическое поручение, Дастур ул-мулук, эшоны, внешняя политика, нравственные критерии.

Kirish Qo‘qon xonligi diplomatiyasi an’anaviy sharqona siyosiy madaniyat va islomiy e’tiqod asosida shakllangan bo‘lib, elchilar nafaqat siyosiy, balki diniy vakillik yukini ham o‘z zimmasiga olganlar. Elchilik lavozimi – xalq oldidagi ishonchli vakil va Alloh huzuridagi javobgar inson sifatida qaralgan. Shu bois, xonlik siyosatida diniy-ma’naviy salohiyatga ega shaxslarning elchilikka tayinlanishi muhim mezon bo‘lgan. Asosiy qism Elchi tanlash mezonlarida diniy fazilatlar ustuvorligi Qo‘qon xonligida elchilikka tayinlanadigan shaxslar bilimli, halol, hushyor va dinga sodiq bo‘lishi kerak edi. Dastur ul-mulukda quyidagicha yoziladi: “Elchi har qanday sharoitda ogoh bo‘lmog‘i, yolg‘on so‘zlamog‘i, el orasida shubha uyg‘otmasligi kerak” [1]. Diniy fazilatlar bilan birga, xalq orasidagi obro‘ham muhim mezon bo‘lgan. Shu bois, ulamo, eshon va madrasa bitiruvchilari elchilikka tanlangan. Diniy lavozimdagi elchilar – ismlar va faoliyati Qo‘qon tarixiy manbalarida diniy shaxslarning elchilik faoliyati aniq ismlar bilan qayd etilgan. Xususan: • Abulqosim eshon – islomiy bilimda yetuk, xalq orasida obro‘li eshon bo‘lib, diplomatik topshiriqlarni ado etish uchun tavsiya etilgan. • Ali Akbar hoji naqib – diniy lavozim egasi, hushyor va vakillik salohiyatiga ega elchi sifatida tanlangan. Bu haqda Muhammad Yunusjon Tarixi Aliquli amirlashkarda yozadi: “Ali Akbar hoji naqib, Abulqosim eshon singari kishilar elchilikka tavsiya etildilar, chunki ular xalq ishonchini qozongan, diniy bilimda yetuk va hushyor edilar” [2]. Usmonli imperiyasiga yuborilgan diniy elchi: Muhammad Zohid xo‘ja Qo‘qon xoni Muhammad Alixon davrida Usmonli imperiyasiga yuborilgan elchi – Muhammad Zohid xo‘ja bo‘lib, u ham diniy shaxslar qatoriga kiradi. U bilan birga Qur’oni karim, shol, ipak, otlar va boshqa peshkashlar yuborilgan [3]. Muhammad Zohid xo‘janing diniy salohiyati, Istanbulda musulmon olimlari bilan muloqoti va peshkash tarkibidagi Qur’on – bu elchilikning diniy-siyosiy yo‘nalishda olib borilganini tasdiqlaydi. Elchilarning siyosiy topshiriqlari va diniy mas’uliyati Qo‘qon elchilari savdo yo‘llarini ochish, musulmon savdogarlar huquqlarini himoya qilish, do‘stona aloqalarni mustahkamlash kabi vazifalar bilan bir qatorda diniy mafkurani ham himoya qilganlar. Tursunxo‘ja Naizaxo‘jin boshchiligidagi Rossiyaga elchilar musulmon savdogarlar manfaatlarini himoya qilish haqida petitisiya taqdim etganlar [4]. Bu elchilarning siyosiy topshiriqlari islomiy qadriyatlar bilan uyg‘un yuritilganini ko‘rsatadi. Elchilikka tayinlashda shayx va eshonlar maslahatining roli Qo‘qon diplomatik an’analarida elchilar tayinlanishidan oldin diniy shaxslarning, jumladan shayx va eshonlarning maslahatlari olinishi mumkin bo‘lgan. Ba’zi holatlarda elchilik oldidan bata yoki duo olinib, elchiga Allohning himoyasi tilangan. Bu esa elchilikning nafaqat siyosiy, balki diniy muqaddas vazifa sifatida qaralganini bildiradi. Xulosa Qo‘qon xonligi diplomatiyasida elchilik diniy-maʼnaviy jihatdan yuksak baholangan lavozim bo‘lib, elchilar davlat tashqi siyosatini nafaqat siyosiy, balki islomiy axloq asosida olib borganlar. Abulqosim eshon, Ali Akbar hoji naqib, Muhammad Zohid xo‘ja kabi diniy shaxslarning elchilikka jalb qilinishi bu institutning islomiy asosda shakllanganidan dalolat beradi. Shunday qilib, Qo‘qon elchilari musulmon davlat sifatida o‘zining diniy siyosiy manfaatlarini uyg‘unlashtirgan.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Termiziy Xoja Samandar. Dastur ul-muluk. – Toshkent: Sharq, 2008. – 128 b. – B. 42–43.
  2. Muhammad Yunusjon. Tarixi Aliquli amirlashkar. – Qo‘qon: 1870 (nashr: 2015). – B. 19.
  3. Topildiev N. Qo‘qon xonligi diplomatiyasi. – Toshkent: Fan, 2021. – B. 92–96.
  4. Murodov A. tarj. Usmonli arxiv hujjatlari. – Istanbul: QKMB, 2019. – B. 49.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011426
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/434
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
568–570
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25