HAMID OLIMJON – KO‘P QIRRALI FAOLIYAT SOHIBI
Madina A‘zamjon kizi TurgunpulatovaNamangan viloyati Namangan davlat pedagogika instituti 2-kurs magistranti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 565–568
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri HamidOlimjonning ko‘p qirrali ijodiy faoliyati tahlil etiladi. Unda shoirning adabiyot, dramaturgiya, tarjima vajamoat ishlari sohasidagi xizmatlari yoritiladi. Maqolada Hamid Olimjonning poetik mahorati, xalq og‘zakiijodi an‘analarini san‘atkorona tarzda asarlarida qo‘llay olganligi hamda o‘zbek adabiyotining rivojigaqo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, uning ijodi milliy adabiyotimiz tarixida yangi bosqichboshlab bergan, xalqparvarlik va badiiylik uyg‘unligining yorqin namunasi sifatida baholanadi.
Boshqa tillarda
ruschaХАМИД ОЛИМЧАН – ВЛАДЕЛЕЦ КОМПАНИИ MULTI-DIMENSIONAL ACTIVITY
В данной статье анализируется многогранная творческая деятельность Хамида Олимджона, одной из величайших фигур узбекской литературы. Осветятся достижения поэта в области литературы, драматургии, перевода и общественной деятельности. Рассматриваются поэтическое мастерство Хамида Олимджона, его умение художественно применять в своих произведениях традиции народного устного творчества, а также его вклад в развитие узбекской литературы. Его творчество также рассматривается как яркий пример гармонии патриотизма и искусства, положивший начало новому этапу в истории нашей национальной литературы.
inglizchaHAMID OLIMCHAN – OWNER OF MULTI-DIMENSIONAL ACTIVITY
This article analyzes the multifaceted creative activity of Hamid Olimjon, one of the great figures of Uzbek literature. It highlights the poet‘s achievements in the fields of literature, dramaturgy, translation, and public work. The article discusses Hamid Olimjon‘s poetic skills, his ability to artistically apply the traditions of folk oral creativity in his works, and his contribution to the development of Uzbek literature. His work is also considered a bright example of the harmony of patriotism and artistry, which began a new stage in the history of our national literature.
Kalit so‘zlar
- Hamid Olimjon
- o‘zbek adabiyoti
- she‘riyat
- dramaturgiya
- doston
- tarjima
- adabiy jamoatchilik
- ijtimoiy faoliyat
- badiiyat
- adabiy meros
- ijodkorlik
- adabiy tanqid
- xalq og‘zaki ijodi
- lirika
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
HAMID OLIMJON – KO’P QIRRALI FAOLIYAT SOHIBI
Madina A’zamjon qizi Turg’unpo’latova Namangan viloyati Namangan davlat pedagogika instituti 2-kurs magistranti
Annotatsiya. Ushbu maqolada o’zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Hamid Olimjonning ko’p qirrali ijodiy faoliyati tahlil etiladi. Unda shoirning adabiyot, dramaturgiya, tarjima va jamoat ishlari sohasidagi xizmatlari yoritiladi. Maqolada Hamid Olimjonning poetik mahorati, xalq og’zaki ijodi an’analarini san’atkorona tarzda asarlarida qo’llay olganligi hamda o’zbek adabiyotining rivojiga qo’shgan hissasi haqida so’z yuritiladi. Shuningdek, uning ijodi milliy adabiyotimiz tarixida yangi bosqich boshlab bergan, xalqparvarlik va badiiylik uyg’unligining yorqin namunasi sifatida baholanadi. Kalit so’zlar: Hamid Olimjon, o’zbek adabiyoti, she’riyat, dramaturgiya, doston, tarjima, adabiy jamoatchilik, ijtimoiy faoliyat, badiiyat, adabiy meros, ijodkorlik, adabiy tanqid, xalq og’zaki ijodi, lirika.
HAMID OLIMJON – A MULTIFACETED FIGURE OF CREATIVE ACTIVITY
Annotation. This article analyzes the multifaceted creative activity of one of the leading representatives of Uzbek literature, Hamid Olimjon. The paper highlights the poet’s contribution to various literary fields, including poetry, dramaturgy, translation and public engagement. The article also discusses Hamid Olimjon’s poetic mastery, his role in the devolepment of modern Uzbek literature, and his significant impact on the spiritual and aesthetic formation of national literature. His creative works are evaluated as a new stage in the evolution of Uzbek literary thought and artistic expression.
Keywords: Hamid Olimjon, Uzbek literature, poetry, lyrics, dramaturgy, epic, translation, literary community, social activity, artistic expression, poetics, literary heritage, folklore, creative mastery.
ХАМИД ОЛИМЖОН – МНОГОФАКТОРНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ
Мадина Аъзамжон кызы Тургунпулатова Студентка 2 курса магистратуры Наманганского государственного педагогического института, Наманганская область
Аннотация. В статье анализируется многогранная творческая деятельность Хамида Олимжона, одного из выдающихся деятелей узбекской литературы. Отмечаются заслуги поэта в области литературы, драматургии, перевода и общественной деятельности. В статье рассматривается поэтическое мастерство Хамида Олимжона, его умение мастерски применять традиции устного народного творчества в своих произведениях, а также его вклад в развитие узбекской литературы. Его творчество также рассматривается как яркий пример гармонии патриотизма и артистизма, ознаменовавший новый этап в истории нашей национальной литературы. Ключевые слова: Хамид Олимжон, узбекская литература, поэзия, драматургия, эпос, перевод, литературное сообщество, общественная деятельность, искусство, литературное наследие, творчество, литературная критика, народное устное творчество, лирика.
Kirish She’riyat ummonida dur ko’p, gavhar ko’p. Mana shunday maftunkor durlarni terishda g’avvos bo’lgan shoirlarimizdan biri, baxt kuychisi Hamid Olimjondir. O’zining qisqa muddatli umri davomida barakali ijod bilan mashg’ul bo’lgan Hamid Olimjon she’r, drama, poema, doston va tarjimalar, shular qatorida xalq dostonlarining mohir ustasi sifatida iz qoldirdi. Shoir xoh vatani bo’lsin, xoh ozodlik, xoh muhabbat bo’lsin, mohirona badiiylik bilan so’z marvaridlarini terdiki, bugunki kunda har bir kitobxon bu shoirni “baxt kuychisi”, jo’shqin ijodkor sifatida taniydi. Muallifning turli she’riy yo’nalishlardagi ijodi tadqiqotchilar, adabiyotshunoslar va yosh ijodkorlar uchun ibrat maktabi bo’lib xizmat qilmoqda. Hamid Olimjon she’riyatining asosiy yo’nalishi xalqona ruh, milliylik, sadoqat va beg’uborlikdir. Uning “Zaynab va Omon” dostoni o’zbek dostonchilik an’analarini rivojlantirgan holda yangicha poetik ruhda yozilgan. Shu o’rinda muallifning yana bir mashhur dostoni “Oygul bilan Baxtiyor” haqida ham to’xtalib o’tsak. Ushbu doston o’zbek adabiyotining eng go’zal romantik hamda zamonaviy dostonlari sirasiga kiradi. Bu asar 1930-yilda yozilgan bo’lib, shoirning xalq og’zaki ijodiga chuqur hurmati va xalq dostonlarini zamonaviy adabiy tafakkur bilan tahlil qilib yozgan namunasi deyishimiz mumkin. Doston Oygul va Baxtiyorning pok muhabbati, sadoqati va sinovlar orqali o’tgan hayoti haqida hikoya qilish bilan birga o’sha davrdagi insoniylik, fidoyilik, vatanparvarlik va adolat g’oyalarini kuylaydi. Muallif dostonlarida Vatanga muhabbat, go’zallikni ulug’lash, mehnat kishisiga hurmat kabi g’oyalar yetakchilik qiladi. “Tong nafasi”, “Sevgi haqida qo’shiq”, “O’zbekiston” kabi she’riy to’plamlari o’zining badiiy yuksakligi, obrazlar boyligi va ichki lirizmi bilan ajralib turadi. Hamid Olimjon qalbidan chiqqan jonli satrlari bilan xalqning dardu quvonchini anglay oldi va buni badiiy bo’yoqlarda mohirona aks ettirdi, bu esa uni chinakam xalq shoiri darajasiga olib chiqdi. Hamid Olimjon she’riyati sodda, lekin ohangdor va tasviriy kuchga boy. U xalq tili, maqol, ibora, so’z o’yinlari va poetik metaforalardan mohirona foydalanadi. “Na bo’lg’ay bir nafas men ham yanog’ing uzra xol bo’lsam, Labing yaprog’idan tomgan ki go’yo qatra bol bo’lsam” Ushbu misralar shoirning “G’azal” she’ridan olingan bo’lib, yorga chinakam fidoyilik ruhida yozilgan. Bu baytda muallif yorning yanog’idagi kichik bir xol bo’lishga ham rozi, hattoki labingdan tushib ketadigan bol bo’lsam ham mayli, deyish orqali tashbehning go’zal namunasini keltirgan. “Butog’ingga qo’nib bulbul kabi xonish qilib tunlar, O’pib g’unchangni ochmoqlikka tong chog’i shamol bo’lsam” “Butog’ingga qo’nib bulbul kabi” – bu tashbeh. Shoir bu o’rinda o’zini bulbulga qiyoslaydi. Bulbul Sharq she’riyatida muhabbat va iztirob ramzi bo’lib, u doimo gulga oshiq. By yerda lirik qahramon – oshiq, bulbul – shoirning o’zi, butog’ing – sevgilining qo’li yoki timsoli, xonish – muhabbat izhorini bildiradi.
Tashbeh orqali shoir sevgilining huzurida bo’lish orzusini bulbulning gul bilan bog’liq hayoti orqali ifodalaydi. “Butog’ingga qo’nib” va “o’pib g’unchangni ochmoqlikka” iboralari ko’chma ma’noda ishlatilib, metaforani hosil qilgan. Baytda metafora muhabbatni tabiat manzarasi orqali ifodalagan. Baytda tun va tong brazlari qarama-qarshi holatda ishlatilgan. Tazod muhabbatdagi kechikish – yetishish, iztirob – umid holatlarini badiiy kuchaytirgan. “Shamol bo’lsam” – shamolga insoniy xohish berilgan. Shamol odatda jonli mavjudot emas, lekin shoir uni sevgilining g’unchasini “o’pish”, “ochish” istagiga ega qilib tasvirlaydi. Bu jonlantirish san’ati bo’lib, tabiat hodisasi orqali insoniy tuyg’ularni ifodalash vositasi sifatida keltirilgan. Hamid Olimjon dramaturgiya sohasida ham qalam tebratdi. Uning Zebuniso, Semurg’yoki Parizod va Bunyod kabi sahna asarlari o’sha davrda katta muvaffaqiyat qozongan. Ushbu asarlarda tarixiy obrazlar, yuksak insoniy g’oyalar va dramatik tasvirlar uyg’un holda ifodalangan. Shu o’rinda Zebuniso dramasi o’zbek ayolining kuchli irodasi va intellektual salohiyatini yoritish jihatidan muhim hisoblanadi. Bu drama 1938-yilda yozilgan bo’lib, o’zbek adabiyotidagi tarixiy-dramatik janrlari sirasiga kiradi. Asarda XVII asrda yashab ijod qilgan shoira va olima Zebuniso Begimning hayoti, erkinlik va adolat uchun kurashi badiiy bo’yoqlarda aks ettirilgan. Asar tarixiy shaxs hayoti asosida yozilgan bo’lsa-da, unda zamonaviy g’oyaviy ruh – ayol erkinligi, ijod erkinligi, inson or-nomusi masalalari ilgari suriladi. Zebunisa obrazida Hamid Olimjon o’z zamonasining ma’rifatli, fikri erkin, millatparvar ayol timsolini yaratgan. U jaholat va zolimlikka qarshi, adolat va haqiqat uchun kurashuvchi shaxs sifatida gavdalanadi. Shoir ushbu asaridagi sahna nutqida poetik ohangdan keng foydalangan. Zebunisaning monologlari she’riy ruhi, obrazli ifodasi bilan ajralib turadi: “Meni zanjirga soling, ammo fikrimni emas, So’zimni bo’g’ing, ammo yuragimni emas”. Mana bu satrlarni qarang, o’qish bilanoq har qanday kitobxonda erkinlik, hurlik hislarini uyg’otuvchi misralar. Bu orqali muallif ham o’z ichki kechinmalarini, o’zi yashayotgan davrdagi ayollarning so’zlaguvchi nutqini Zebunisoga yuklagan. Unga shunaqangi kuchli ruhiy jasorat berganki, bu misralarni o’qigan har bir o’quvchiga o’sha jasorat ko’chib o’tadi, shubhasiz! Zebuniso – ham tarixiy, ham zamonaviy ma’naviy-ruhiy kurashning badiiy ifodasidir. Tarjimalar
Hamid Olimjon o’zbek adabiyotini jahon adabiyoti durdonalari bilan bezashda jonbozlik ko’rsatgan. Ayni zamonda, ya’ni Hamid Olimjon yashagan tuzum davrida xalqim, millatim, deb she’r yozish xavfli, erkin fikr bildirish jinoyat hisoblangan bir davrda Hamid Olimjon ijodning boshqa, siyosiy tuzumga ham qarshi bo’lmagan yo’lini topdi. Haqiqiy ijodkor har qanday vaziyatda unga Alloh tomonidan berilgan qobiliyati orqali o’z yo’lini topib keta olarkan. Mahoratli shoir A. S. Pushkinning “Dubroviskiy”, “Kapitan qizi”, “Po’lat chavandoz”, “Ruslan va Lyudmila” kabi asarlaridan parchalar; M. Yu.Lermontovning “Iblis”, “Qo’shiqchi” she’rlarini; N. A. Nekrasovning ijtimoiy mazmundagi she’rlarini tarjima qilib, xalq ruhini o’zbek she’riyatiga olib kirgan. Maksim Gorkiyning esa inqilobiy ruhdagi hikoyalari va she’rlaridan namunalarni ona tilimizga mahorat bilan tarjima qilgan. Hamid Olimjon bu tarjimalarda faqat o’sha tildagi asarni emas, balki asarning poetic ruhi, ritmi va hissiyotini ham o’zbek tili ohangiga moslab ifoda etgan. Hamid Olimjon tarjima jarayonida badiiylikni saqlash, milliy ohangni moslashtirishga alohida e’tibor bergan. U so’zma-so’z tarjimadan ko’ra, mazmuniy va hissiy moslikka urg’u bergan. Shuning uchun uning tarjimalari o’zbek tilida tabiiy, jonli, musiqiy ohangda jaranglaydi. Ayniqsa Pushkinning “Yevgeniy Onegin” asarini o’zbek tiliga olib kirishi tarjimonning til uslub va badiiy so’z qo’llash borasidagi mahoratini ko’rsatib berdi. Hamid Olimjon tarjima orqali o’zbek adabiyotini jahondagi ilg’or badiiy tafakkur bilan bog’lagan, xalqimizning ma’naviy ufqini kengaytirgan serqirra ijodkordir! Adabiy jamoatchilik va ijtimoiy faoliyat Hamid Olimjon 1930 – 1940-yillarda o’zbek adabiy jamoatchilik muhitidagi markaziy shaxslardan biri edi. U shu davrdagi adabiy majlislar, davra suhbatlari va tanqidiy yig’ilishlarning faol qatnashchilaridan edi. Yangi o’zbek adabiy tili, she’riyat janri va badiiy uslubini boyitishda jamoatchilik yetakchisi sifatida ko’zga tashlangan. Hamid Olimjon 1930-yillarda “Sharq yulduzi” jurnalida faoliyat yuritgan. O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining tashkilotchilaridan biri sifatida tanilgan. Uning tashabbusi bilan o’sha yillarda “Yosh gvardiya”, “Guliston”, “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” kabi nashrlarda adabiy tanlovlar tashkil etilgan. Shu bilan bir qatorda jonkuyar shoir yosh ijodkorlarni qo’llab-
quvvatlash, adabiy jarayonni faol yuritish borasida jonbozlik ko’rsatib, o’zbek millatini o’z tilida madh etuvchi ijodkorlarni ko’payishiga yordam berdi. Xulosa Hamid Olimjon ayni ijodining cho’qqisi, umrining eng gullagan davrida erta xazon bo’lgan bo’lsa-da, uning biz avlodlariga qoldirgan ijodiy merosi o’zbek adabiyoti rivojida katta burilish yasadi. U qisqa umri davomida shoir, dramaturg, tarjimon va jamoat arbobi sifatida salmoqli mehnat qildi. Ayniqsa, mustaqillikka erishganimizdan keyin shoir nomi abadiylashtirildi. Uning nomiga ko’chalar, maktablar, adabiy mukofotlar ta’sis etildi. Buni ham o’zbek shoiriga bo’lgan bir ehtirom sifatida ko’rishimiz mumkin. Bu orqali xalqimiz, kelajak yosh avlodlar qalbiga shoir nomi muhrlandi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Hamid Olimjon. Tanlangan asarlari. – Toshkent, 1954.
- Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil. – T.: “O’qituvchi”, 1995.
- Hojiahmedov A. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya. – T.: Sharq, 1998.
- Hojiahmedov A. She’r san’atlarini bilasizmi? – T.: Sharq, 2001.
- O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MOHIYATI, MAQSADI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. (2025). Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 701-710.
- Tursunov Ramziddin Abdixalil-o’g’li. (2025). JAMIYAT HAYOTIDA IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 324-330.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011425
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/433
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 565–568
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25