Asosiy mazmunga o‘tish

YOSHLAR O‘RTASIDA SPORT VA MADANIY TADBIRLARNING JAMIYATGA TA‘SIRI

Nishonbayeva Shaydo Nizamjon kizi1, B.A. Tillayev22025

  1. 1Namangan davlat pedagogika insituti Boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
  2. 2Falsafiy va tarixiy fanlar Kafedrasi katta o‘qituvchisi

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 563–565

Annotatsiya

Ushbu maqolada yoshlar o‘rtasida sport va madaniy tadbirlarning jamiyat hayotigako‘rsatadigan ijobiy ta‘siri, ularning ijtimoiy faollik, ma‘naviy barkamollik va sog‘lom turmush tarzinirivojlantirishdagi o‘rnini tahlil qilindi. Sport va madaniy jarayonlar yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzinishallantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hamda jamiyatning ijtimoiy barqarorliginita‘minlashda muhim omil hisoblanadi. Mazkur faoliyatlar yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga vajamiyatning barqaror taroqqiyotiga xizmat qiladi.

Boshqa tillarda

ruschaВлияние спортивных и культурных мероприятий на общество среди молодежи

В данной статье анализируется позитивное влияние спортивных и культурных мероприятий среди молодежи на жизнь общества, их роль в развитии социальной активности, духовного благополучия и здорового образа жизни. Спортивно-культурные процессы являются важным фактором в пропаганде здорового образа жизни среди молодежи, уважении к национальным и универсальным ценностям и обеспечении социальной стабильности в обществе. Эти мероприятия способствуют личностному развитию молодежи и устойчивому развитию общества.

inglizchaTHE IMPACT OF SPORTS AND CULTURAL EVENTS AMONG YOUTH ON SOCIETY

This article analyzes the positive impact of sports and cultural events among young people on the life of society, their role in the development of social activity, spiritual well-being and a healthy lifestyle. Sports and cultural processes are an important factor in promoting a healthy lifestyle among young people, respect for national and universal values, and ensuring social stability in society. These activities serve the personal development of young people and the sustainable development of society.

Kalit so‘zlar

  • yoshlar
  • sport
  • madaniy tadbirlar
  • ijtimoiy ong
  • sog‘lom turmush tarzi
  • ma‘naviyat
  • jamiyat taraqqiyoti
  • liderlik
  • kognitiv salohiyat
  • estetik did
  • ijodkorlik
  • ijtimoiy integratsiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

YOSHLAR O‘RTASIDA SPORT VA MADANIY TADBIRLARNING JAMIYATGA TA’SIRI

Nishonbayeva Shaydo Nizomjon qizi Namangan davlat pedagogika insituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi. Ilmiy rahbar : Falsafiy va tarixiy fanlar Kafedrasi katta o‘qituvchisi: B.A.Tillayev

Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlar o‘rtasida sport va madaniy tadbirlarning jamiyat hayotiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri, ularning ijtimoiy faollik, ma’naviy barkamollik va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishdagi o‘rnini tahlil qilindi. Sport va madaniy jarayonlar yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shallantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hamda jamiyatning ijtimoiy barqarorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Mazkur faoliyatlar yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga va jamiyatning barqaror taroqqiyotiga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: yoshlar, sport, madaniy tadbirlar, ijtimoiy ong, sog‘lom turmush tarzi, ma’naviyat, jamiyat taraqqiyoti, liderlik, kognitiv salohiyat, estetik did, ijodkorlik, ijtimoiy integratsiya

ВЛИЯНИЕ СПОРТИВНЫХ И КУЛЬТУРНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ СРЕДИ МОЛОДЕЖИ НА ОБЩЕСТВО

Аннотация: В статье анализируется положительное влияние спортивных и культурных мероприятий среди молодёжи на жизнь общества, их роль в развитии социальной активности, духовного благополучия и здорового образа жизни. Спортивно-культурные процессы являются важным фактором формирования здорового образа жизни среди молодёжи, уважения к национальным и общечеловеческим ценностям, обеспечения социальной стабильности в обществе. Эти мероприятия служат личностному развитию молодёжи и устойчивому развитию общества. Ключевые слова: молодежь, спорт, культурные мероприятия, общественное сознание, здоровый образ жизни, духовность, социальное развитие, лидерство, познавательный потенциал, эстетический вкус, креативность, социальная интеграция.

THE IMPACT OF SPORTS AND CULTURAL EVENTS AMONG YOUTH ON SOCIETY

Abstract: This article analyzes the positive impact of sports and cultural events on the life of society among young people, their role in the development of social activity, spiritual well-being and a healthy lifestyle. Sports and cultural processes are an important factor in promoting a healthy lifestyle among young people, respect for national and universal values, and ensuring social stability in society.

These activities serve the personal development of young people and the sustainable development of society. Keywords: youth, sports, cultural events, social consciousness, healthy lifestyle, spirituality, social development, leadership, cognitive potential, aesthetic taste, creativity, social integration

Bugungi globallashuv davrida yoshlar jamiyat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Ularning sog‘lig‘i, ma’naviyati va ijtimoiy faolligi mamlakat kelajagiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli yoshlar o‘rtasida sport va madaniy tadbirlarni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. “Yoshlarning jismoniy, intellektual va ma’naviy rivojlanishi uchun zarur shart – sharoitlar yaratish davlatning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi”[1]. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi qonunida yoshlarning jismoniy va ma’naviy rivoji davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida qayd etilgan bo‘lib sport va madaniy tadbirlar uchun keng imkoniyatlar yaratilganligi ta’kidlangan. Xususan, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llabquvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Bulardan ko‘zlangan maqsad esa yoshlarimizni har tomonlama kuchli va sog‘lom, barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishdir. Sport faoliyati yoshlarning jismoniy salomatligini mustahkamlash bilan birga ularning ruhiy barqarorligi, intizomi va ma’suliyatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. O.G‘aniyeva va S.Jo‘rayevalarning “Sport psixologiyasi” kitobida sport faoliyati insonlarning irodasini chiniqtirishi, motivatsiyasini kuchaytirishi va ijtimoiy moslashuvini yaxshilashi borasida so‘z yuritgan. Ayni damda yoshlar o‘rtasida sportning ommalashuvi nafaqat sog‘liqni mustahkamlash, balki ijtimoiy faol va yuksak salohiyatli shaxslarni tayyorlash uchun ham muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, sport bilan muntazam shug‘ullangan yoshlar ijtimoiy muhitga tez moslashadi va jinoyatchilikka moyillik darajasi sezilarli tarzda kamayadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda futbol, kurash, gimnastika, shaxmat va boshqa sport turlari orqali yoshlarning salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha samarali tizim yaratilgan. Sport nafaqat sog‘liqni mustahkamlaydi, balki yoshlar orasida iroda, sabot va jamoada ishlash ishlash ko‘nikmasi kabi fazilatlarni shakllantiradi. Bundan tashqari, sportning yosh avlod uchun iqtisodiy ahamiyati ham sezilarli darajada, chunki kelajakda ish unumdorligi va professional muvaffaqiyatga bevosita ta’sir qiladi. “Mamlakatimiz aholisi o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida jismoniy tarbiya va sportni keng miqyosida rivojlantirish va sportni bugungi istiqbollari ustuvor masalalardan biriga aylanib bormoqda”[2]. Insonning salomatligi har doim uni yangi marralarni zabt etishga, o‘z maqsadlarini amalga oshirishga undovchi kuchdir. Tadqiqotlarga ko‘ra, sport bilan shug‘ullangan yoshlar kelajakda stressga bardoshli, ishda faol va turli vaziyatlarga tez moslashuvchan kadrlar sifatida shakllanadi. Shuning uchun ham jamiyatimizning har bir bo‘g‘inida sport bilan shug‘ullanishga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Madaniy tadbirlar yoshlarning estetik didi, ijodkorligi va dunyoqarashini kengaytiradi. “Konsert tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmalariga asosan barcha xizmatlar yozma shaklda tuziladigan shartnoma asosida haq to’lash evaziga ko’rsatiladi, konsert tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi davlat muassasalari xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bundan mustasno”[3]. Bundan ko’rinib turibdiki, madaniy jarayonlar milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdiradi va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi. Madaniy tadbirlar yosh avlodning kognitiv rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Teatr, muzey ijodiy kechalar va madaniy festivallarda ishtirok etish orqali yoshlarning eslab qolish qobiliyati, tafakkuri, so‘z boyligi rivojlanadi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Ma’naviyat inson qalbini boyitadi. Madaniy tadbirlar esa ana shu ma’naviyatni keng ommaga yetkazishda eng ta’sirchan vositalardan biridir”[4]. Shu boisdan madaniy tadbirlarni tez-tez va ta’sirli tarzda tashkil etish o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun ma’lum manoda ma’naviy ozuqa bo‘ladi. Bunday tadbirlar orqali nafaqat yoshlarga balki jamiyatning har bir a’zosiga ta’sir eta olish mumkin. Uning samaradorligi natijasida insonlarni ma’naviy dunyosini yanada boyishiga erisha olamiz. Sport va madaniy tadbirlarning ommalashuvi jamiyatda sog‘lom hayot tarzi va ma’naviy muhitni mustahkamlaydi. Yoshlarning faol iste’molchi emas balki faol ishtirokchi bo‘lishga olib keladi. “Yosh avlodning kuchli ijtimoiy faolligini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishidir”[5]. Yoshlar o‘rtasida sport va madaniy tadbirlarning ahamiyati faqat jismoniy yoki ma’naviy rivojlanish bilan cheklanmaydi. Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar bunday

faoliyatlarning psixologik barqarorligi, kognitiv salohiyat va ijtimoiy integratsiya jarayonlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatishini isbotlamoqda. Bundan tashqari, sport va madaniy tadbirlar o‘smirlar orasida volontiyorlik madaniyatini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Bunday tadbirlar davomida ko‘plab yoshlar tashkiliy jarayonlarda qatnashib ijtimoiy ma’suliyatni, yetakchilik fazilatlarini va jamoada faol bo‘lish ruhini o‘zida rivojlantiradi. Volontiyorlik tajribasi yoshlarning kelajak kasbiy faoliyatida ham muhim o‘rin tutadi, sababi ularda tashabbuskorlik, muloqot madaniyati va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Xulosa qilib aytganda yoshlar o‘rtasida sport va madaniy tadbirlarni keng targ‘ib qilish jamiyatning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Bunday tadbirlar sog‘lom ma’rifatli, vatanparvar va ijtimoiy faol yosh avlodni tarbiyalashning muhim vositasidir. Shu sababli davlat va jamiyat oldida yoshlarning sport va madaniy hayotini qo‘llab – quvvatlash, imkoniyatlar yaratish hamda ularning salohiyatini yuzaga chiqarish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Bu esa kelajakda o’z qarashiga ega va jamiyat rivojiga hissa qo’shadigan avlodni shakllantirish uchun mustahkam poydevor yaratadi. Foydalanilgam adabiyotlar : 1. O‘zbekiston Respublikasi “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonun. – Toshkent 2016. 2. O’zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 23.02.2021 yildagi VMQ-98-son 3. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(1), 470-475. 4. Ramziddin Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI HAMDA UNING MAZMUN-MOHIYATI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 36-40. 5. X.X.Jabborova, O.R.Avezov, N.Z.Jumaev “Sport psixologiyasi” o’quv qo’llanma. 6. Karimov I.A “Yuksak ma’anaviyat-yengilmas kuch”. – Toshkent, 2008 7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.02.2017 yildagi PF-4947-son. 8. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MUSIQA TA’LIMDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(3), 607-613. 9. Botirova Sevara Mamurovna, Tursunov Ramziddin Abdixalil o‘g‘li. (2025). MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI. MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI, 1(1), 98-102.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar15 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonun. – Toshkent 2016.
  2. O’zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 23.02.2021 yildagi VMQ-98-son
  3. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI
  4. IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQIY
  5. TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(1), 470-475.
  6. Ramziddin Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI HAMDA
  7. UNING MAZMUN-MOHIYATI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 36-40.
  8. X.X.Jabborova, O.R.Avezov, N.Z.Jumaev “Sport psixologiyasi” o’quv qo’llanma.
  9. Karimov I.A “Yuksak ma’anaviyat-yengilmas kuch”. – Toshkent, 2008
  10. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.02.2017 yildagi PF-4947-son.
  11. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MUSIQA
  12. TA’LIMDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(3), 607-613.
  13. Botirova Sevara Mamurovna, Tursunov Ramziddin Abdixalil o‘g‘li. (2025). MAʼNAVIY
  14. BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI. MAʼNAVIY BARKAMOL
  15. YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI, 1(1), 98-102.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011424
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/432
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
563–565
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25