Asosiy mazmunga o‘tish

PERSUAZIVLIKNING KOMMUNIKATIV VA PRAGMATIK MAZMUNI

Yigitalieva Zilola MuratovnaFarg‘ona davlat universiteti dotsenti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 539–542

Annotatsiya

Mazkur maqolada persuazivlik hodisasining kommunikativ va pragmatik mazmunitahlil qilinadi. Persuazivlik nutqning ta‘sirchanlik darajasi sifatida talqin qilinib, u so‘zlovchining Mazkur maqolada persuazivlik hodisasining kommunikativ va pragmatik mazmunitahlil qilinadi. Persuazivlik nutqning ta‘sirchanlik darajasi sifatida talqin qilinib, u so‘zlovchining

Boshqa tillarda

ruschaКОММУНИКАТИВНОЕ И ПРАГМАТИЧЕСКОЕ СОДЕРЖАНИЕ УБЕДИТЕЛЬНОСТИ

В данной статье анализируется коммуникативное и прагматическое содержание феномена убеждения. Убеждение понимается как степень эффективности речи, то есть способность говорящего убеждать. В данной статье анализируется коммуникативное и прагматическое содержание феномена убеждения. Убеждение понимается как степень эффективности речи, то есть способность говорящего убеждать.

inglizchaCOMMUNICATIVE AND PRAGMATIC CONTENT OF PERSUASIVENESS

This article analyzes the communicative and pragmatic content of the phenomenon of persuasion. Persuasion is interpreted as the degree of effectiveness of speech, which is the speaker‘s ability to persuade. This article analyzes the communicative and pragmatic content of the phenomenon of persuasion. Persuasion is interpreted as the degree of effectiveness of speech, which is the speaker‘s ability to persuade.

Kalit so‘zlar

  • persuazivlik
  • kommunikativ-pragmatik yondashuv
  • illokutsional va perlokutsional daraja
  • argumentativlik
  • ritorika
  • ethos
  • pathos
  • logos
  • lingvomadaniy kontekst

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

PERSUAZIVLIKNING KOMMUNIKATIV VA PRAGMATIK MAZMUNI

Yigitaliyeva Zilola Muratovna Farg‘ona davlat universiteti dotsenti E-mail: zilolayigitaliyeva5@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur maqolada persuazivlik hodisasining kommunikativ va pragmatik mazmuni tahlil qilinadi. Persuazivlik nutqning ta’sirchanlik darajasi sifatida talqin qilinib, u so‘zlovchining kommunikativ niyati orqali auditoriyani ma’lum pozitsiyani qabul qilishga yoki maqsadli harakatni amalga oshirishga undash qobiliyatini anglatishi ta’kidlanadi. Tadqiqotda persuazivlikning illokutsional va perlokutsional darajalari o‘rtasidagi farq, uning argumentativlik bilan semantik munosabati, shuningdek, Aristotel tomonidan ilgari surilgan logos, ethos va pathos elementlari asosida persuazivlikning mantiqiy, etik va emotsional turlari yoritilgan. Kommunikativ-pragmatik yondashuv asosida persuazivlikning asosiy xususiyatlari — maqsadlilik, strategik rejalashtirish, baholovchanlik, kontekstga moslashuv va dialogiklik — aniqlanadi. Shuningdek, maqolada o‘zbek va nemis madaniy kontekstlarida persuazivlikning lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinib, persuazivlik universal hodisa sifatida milliy madaniyat bilan uzviy bog‘liq ekani ilmiy asosda isbotlanadi. Kalit so‘zlar: persuazivlik, kommunikativ-pragmatik yondashuv, illokutsional va perlokutsional daraja, argumentativlik, ritorika, ethos, pathos, logos, lingvomadaniy kontekst.

COMMUNICATIVE AND PRAGMATIC CONTENT OF PERSUASION

Yigitaliyeva Zilola Muratovna Associate Professor, Ferghana state university

Abstract: This article analyzes the communicative and pragmatic essence of persuasiveness. Persuasiveness is interpreted as the degree of speech impact, reflecting the speaker’s ability to influence the listener through communicative intention, encouraging them to accept a certain position or perform a specific action. The study examines the distinction between illocutionary and perlocutionary levels of speech acts, the semantic relationship between persuasiveness and argumentation, and the logical, ethical, and emotional dimensions of persuasion based on Aristotle’s concepts of logos, ethos, and pathos. From a communicative-pragmatic perspective, the key features of persuasiveness — purposefulness, strategic planning, evaluativity, contextual adaptability, and dialogicity — are defined. Furthermore, the paper explores the cross-cultural aspects of persuasiveness in Uzbek and German contexts, concluding that while persuasiveness is a universal phenomenon, its realization is closely tied to national linguistic and cultural characteristics. Keywords: persuasiveness, communicative-pragmatic approach, illocutionary and perlocutionary acts, argumentation, rhetoric, ethos, pathos, logos, linguocultural context.

КОММУНИКАТИВНО-ПРАГМАТИЧЕСКОЕ СОДЕРЖАНИЕ ПЕРСУАЗИВНОСТИ

Йигиталиева Зилола Муратовна Доцент, Ферганский государственный университет E-mail: zilolayigitaliyeva5@gmail.com

Аннотация: В статье рассматривается коммуникативное и прагматическое содержание феномена персуазивности. Персуазивность трактуется как степень воздействующей силы речи, выражающая способность говорящего посредством коммуникативного намерения побуждать адресата принять определённую позицию или совершить конкретное действие. Анализируются иллокутивный и перлокутивный уровни речевого акта, соотношение персуазивности и аргументативности, а также логическая, этическая и эмоциональная составляющие персуазивного воздействия на основе концепции логоса, этоса и пафоса Аристотеля. С позиций коммуникативнопрагматического подхода определяются ключевые характеристики персуазивности: целенаправленность, стратегическое планирование, оценочность, адаптация к контексту и диалогичность. В заключение подчёркивается, что, являясь универсальным явлением, персуазивность реализуется по-разному в зависимости от лингвокультурных особенностей, что особенно проявляется при сопоставлении немецкого и узбекского культурных контекстов. Ключевые слова: персуазивность, коммуникативно-прагматический подход, иллокутивный и перлокутивный уровни, аргументативность, риторика, этос, пафос, логос, лингвокультурный контекст.

Persuazivlik zamonaviy tilshunoslikda nutqning ta'sirchanlik darajasini anglatar ekan, u so'zlovchining kommunikativ niyati orqali tinglovchini belgilangan pozitsiyani qabul qilishga yoki ma'lum harakatni amalga oshirishga undash qobiliyatiga ishora qiladi. Ushbu jihati bilan persuazivlik tushunchasi kommunikativ pragmatika, diskurs tahlili, ritorika va kognitiv lingvistika sohalari kesishmasida shakllanadi.

Ayrim ilmiy tadqiqotlarda persuazivlik ishontirish va ta'sir o'tkazishning verbal usuli sifatida baholanadi va u muloqot ishtirokchilarining psixologik, ijtimoiy va madaniy xususiyatlariga asoslanishi, so'zlovchi va auditoriya o'rtasida ma'no, qadriyat va ishonch asosida o'zaro aloqa o'rnatishi ta’kidlanadi [6].

J. Searlening [5] tasnifiga ko'ra, har qanday nutq akti uch darajani o'z ichiga oladi: lokutsion, illokutsion va perlokutsion. Kommunikativ jihatdan persuazivlikning mohiyati nutqning illokutsional xususiyati bilan belgilanadi, ya’ni nutqning illokutsional darajasida so‘zlovchi bajarilishi lozim bo‘lgan harakatni ko‘zlaydi. Perlokutsion ta'sir bosqichida esa persuazivlik namoyon bo'ladi, ya'ni tinglovchida ma'lum hissiy yoki intellektual reaktsiyani hosil qiladi. Shuning uchun persuazivlik faqat til vositalariga emas, balki ularni qabul qilish jarayoniga va auditoriya kontekstiga ham bevosita bog'liqdir.

Pragmatik yondashuvda esa persuazivlik nutqiy niyat bilan chuqur bog‘liqdir. Bu nutq egasining kommunikativ strategiyasini, maqsadga erishish uchun tanlangan vositalar va taktikalardan iborat majmuani ifodalaydi[7]. Persuaziv nutqda so‘zlovchi nafaqat ma'lumotni uzatadi, balki o‘quvchi yoki tinglovchining ongida yangi baho va e'tiqodlar shakllantirishga intiladi. Bu nuqtai nazardan, persuazivlik illokutsional niyat va perlokutsional natijaning uyg‘unligi sifatida ko‘riladi [4].

Zamonaviy tilshunoslikda persuazivlik tushunchasiga semantik jihatdan yaqin tushunchalardan biri sifatida argumentativlik tushunchasi ko‘riladi. Yu.V.Ivlev va A.N.Baranovlar persuazivlik hamda argumentativlikning aloqasi haqida so‘z yuritar ekanlar, ular argumentativlikning muloqotdagi vazifasi sifsatida axborotning haqqoniyligi (ishonchliligi)ni dallilashdan iborat deb biladilar. Shu bois, persuazivlikni argumentativlikdan farqlash muhim ahamiyatga ega. Argumentatsiya mantiqiy asosga tayanadi, persuazivlik esa emotsional, baholovchi va konnotativ vositalar yordamida auditoriyani ishontirishga qaratilgan kommunikativ faoliyat hisoblanadi [3]. Shuningdek, argumentativ akt tezislar, dalillar va xulosalar ketma-ketligidan iborat bo'lgan o'ziga xos tuzilishi bilan ajralib turadi hamda argumentativ aktning illokutiv maqsadi adresatning qaror qabul qilish jarayonida uning tanloviga ta'sir qilishdan iborat” [1].

Persuazivlikda mantiqiy, emotsional va etik ma’lumotlarning uyg‘unligi ko‘zga tashlanadi. Bu Aristotel ilgari surgan nutqning logos, ethos va pathos elementlaridir [3]. Nutqiy ta’sir ilmining asoschisi deb tan olingan olim Aristotel o‘zining “Ritorika” asarida notiqlik, notiq nutqi va uning qonuniyatlari haqida ilk ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Unda olim ethos, pathos va logos atamalariga asoslangan va "ritorik uchburchak" g'oyasini ilgari surgan. Ushbu atamalar yunon tilidan olingan bo‘lib, ethos “xarakter” degan ma’noni anglatadi. Bunda notiqning ishonchliligi va uning obro‘si asosiy omil hisoblanadi. Pathos so‘zi esa “hissiyot yoki azob” degan ma’noni anglatadi. Insonni harakatga undovchi har qanday tuyg‘u nutqda pathos vazifasini bajarishi mumkin. “So‘z yoki sabab”, deb nomlanuvchi logos atamasi faktlar, raqamlar va mantiqiy fikrlarni anglatadi. Aristotelning ta'kidlashicha, ushbu uchala omildan nutqda foydalanish uzatilayotgan xabarni ta’sirchanligini oshiradi.

Olimning ushbu tasnifi xozirda ham dolzarb hisoblanadi. Mazkur atamalarni persuazivlik bilan bog‘lansa, ularni etik persuazivlik, mantiqiy (logik) persuazivlik va emotional persuazivlik, deb nomlash mumkin. Etik persuazivlik haqida so‘z borganida, ishonchni matn yoki so‘zlovchiga nisbatan shakllanishi nazarda tutiladi. Bunda uning obro‘si va kompetentligi (salohiyati), ya’ni uning tajriba va malakasi, adolat, haqqoniylik kabi ma’naviy qadriyatlarga chorlovlar hamda va’da va majburiyatlar kabi omillarni e’tiborga olish lozim. M.: Men o‘zimning 20 yillik tajribamga asoslanib ayta olamanki, ushbu usul ishonchli.

Mantiqiy persuazivlikda esa auditoriyani ishontirish uchun dalillar, isbot va mantiqiy mulohazalardan foydalaniladi. Statistik ma’lumot va dalillar so‘zlar kuchini yanada oshirish maqsadida qo‘llanilsa, mantiiqiy mulohazalar ishonchli argumentlar, fikrlardagi sabab-oqibat munosabatidagi mantiqiy aloqani saqlab qolish uchun zarur hisoblanadi. M.: Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mazkur usuldan foydalanish samaradorlikni 30% oshiradi.

Auditoriyadan emotional javob olish maqsadida tildan vosita sifatida foydalanilsa, emotiional persuazivlik vujudga keladi. Bunday holatda qo‘rquv, quvonch, hamdarlik, g‘azab kabi tuyg‘ularni uyg‘otish uchun turli emotional so‘z va ifodalardan foydilaniladi. Hissiyotlarga boy aloqani shakllantirish uchun, shuningdek, turli hangoma va hikoyalar ham so‘zlansa, emotional ta’sir uchun esa obraz va metaforalar qo‘llaniladi. M.: Shunday qarordan azob chekayotgan bolalarni bir tasavvur qilinglar! Biz ularni yordamsiz qoldira olamizmi?

Shunday qilib, persuazivlik kommunikativ-pragmatik tizimda so‘zlovchi va auditoriya o‘rtasida ma’no, ishonch va hissiy aloqani o‘rnatish jarayonini anglatadi. U lingvistik vositalarning maqsadli tanlovi, baholovchanlik, emosional kuchaytirish va ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab pragmatik mexanizmdir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar14 ta adabiyot

  1. Баранов А. Н. Лингвистическая теория аргументации (когнитивный подход). Автореф. дис.
  2. … док.филол.наук. - Москва, 1990. – с. 48
  3. Amossy, R. L’argumentation dans le discours. Paris: Nathan, 2000.
  4. Aristotel, Ritorika. - М., 1978.
  5. Austin, J. L. How to Do Things with Words. Oxford: Clarendon Press, 1962.
  6. Searle, J. R. Expression and Meaning: Studies in the Theory of Speech Acts. Cambridge University
  7. Perelman, Ch.; Olbrechts-Tyteca, L. The New Rhetoric: A Treatise on Argumentation. University of Notre Dame Press, Columbia, U.S.A., 1958;
  8. van Dijk, T. A. Discourse and Power. Palgrave Macmillan. 200810.1007/978-1-137-07299-3
  9. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA
  10. MUSIQA SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHDA MULTIMODAL YONDASHUVNING
  11. PEDAGOGIK IMKONIYATLARI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 380-388.
  12. R.A.Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYGʻUNLIGINING IJTIMOIY
  13. MUHITGA TA’SIRI. ZAMONAVIY FAN: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA YOSH
  14. TADQIQOTCHILARNING DOLZARB IZLANISHLARI, 1(1), 16-19.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011415
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/423
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
539–542
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25