Asosiy mazmunga o‘tish

MILLIY QAHRAMONLIK G‘OYALARI ORQALI O‘QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TARBIYASINI AMALGA OSHIRISHNING SAMARALI PEDAGOGIK YO‘LLARI

Nomanova Marifat AbdullayevnaUniversity of Business and Science oliy ta‘lim muassasasi Pedagogika va psixologiya kafedra o‘qituvchisi2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 537–539

Annotatsiya

O‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish o‘quv-tarbiya jarayoniningmuhim jihatlaridan biridir. Ushbu maqolada vatanparvarlikni shakllantirishning pedagogik tamoyillari,uning o‘quvchilarni yuksak ma‘naviy-axloqiy fazilatlar va ijtimoiy mas‘uliyat hissi bilan tarbiyalashdagiahamiyati tahlil etilgan. Pedagogik tamoyillarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning vataniga nisbatan muhabbat,hurmat va sadoqat tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan samarali metodlar va usullar ko‘rib chiqiladi.Maqolada vatanparvarlikni tarbiyalashda milliy madaniyat, an‘analar va tarixiy merosni o‘zlashtirish,shuningdek, zamonaviy ta‘lim texnologiyalarining roli ham alohida e‘tiborga olingan.

Boshqa tillarda

ruschaЭФФЕКТИВНЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ ВНЕДРЕНИЯ ПАТРИОТИЗМА В ОБРАЗОВАНИЕ СТУДЕНТОВ ЧЕРЕЗ ИДЕАЛЫ НАЦИОНАЛЬНОГО ГЕРОИЗМА

Формирование патриотических чувств у учащихся является одним из важных аспектов образовательного процесса. В данной статье анализируются педагогические принципы формирования патриотизма, его значение в воспитании у учащихся высоких духовно-нравственных качеств и чувства социальной ответственности. Рассматриваются эффективные методы и техники, направленные на развитие у учащихся чувства любви, уважения и преданности своей Родине посредством применения педагогических принципов. В статье также уделяется особое внимание роли ассимиляции национальной культуры, традиций и исторического наследия в воспитании патриотизма, а также роли современных образовательных технологий.

inglizchaEFFECTIVE PEDAGOGICAL WAYS TO IMPLEMENT PATRIOTISM EDUCATION IN STUDENTS THROUGH IDEALS OF NATIONAL HEROISM

The formation of patriotic feelings in students is one of the important aspects of the educational process. This article analyzes the pedagogical principles of the formation of patriotism, its importance in educating students with high spiritual and moral qualities and a sense of social responsibility. Effective methods and techniques aimed at developing students‘ feelings of love, respect and loyalty to their homeland through the application of pedagogical principles are considered. The article also pays special attention to the role of the assimilation of national culture, traditions and historical heritage in the upbringing of patriotism, as well as the role of modern educational technologies.

Kalit so‘zlar

  • vatanparvarlik
  • pedagogik tamoyillar
  • o‘quvchilar
  • tarbiya
  • ma‘naviy-axloqiy fazilatlar
  • milliy madaniyat
  • an‘analar
  • ta‘lim texnologiyalari
  • ijtimoiy mas‘uliyat
  • pedagogik metodlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

MILLIY QAHRAMONLIK G‘OYALARI ORQALI O‘QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TARBIYASINI AMALGA OSHIRISHNING SAMARALI PEDAGOGIK YO‘LLARI

Nomanova Ma’rifat Abdullayevna University of Business and Science oliy ta’lim muassasasi Pedagogika va psixologiya kafedra o’qituvchisi marifat0985@gmail.com

Annotatsiya: O'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish o'quv-tarbiya jarayonining muhim jihatlaridan biridir. Ushbu maqolada vatanparvarlikni shakllantirishning pedagogik tamoyillari, uning o'quvchilarni yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlar va ijtimoiy mas'uliyat hissi bilan tarbiyalashdagi ahamiyati tahlil etilgan. Pedagogik tamoyillarni qo'llash orqali o'quvchilarning vataniga nisbatan muhabbat, hurmat va sadoqat tuyg'ularini rivojlantirishga qaratilgan samarali metodlar va usullar ko'rib chiqiladi. Maqolada vatanparvarlikni tarbiyalashda milliy madaniyat, an'analar va tarixiy merosni o'zlashtirish, shuningdek, zamonaviy ta'lim texnologiyalarining roli ham alohida e'tiborga olingan. Kalit so'zlar: vatanparvarlik, pedagogik tamoyillar, o'quvchilar, tarbiya, ma'naviy-axloqiy fazilatlar, milliy madaniyat, an'analar, ta'lim texnologiyalari, ijtimoiy mas'uliyat, pedagogik metodlar.

ЭФФЕКТИВНЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПУТИ РЕАЛИЗАЦИИ ПАТРИОТИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ УЧАЩИХСЯ ЧЕРЕЗ ИДЕИ НАЦИОНАЛЬНОГО ГЕРОИЗМА"

Аннотация: Формирование патриотических чувств у учащихся является одним из важнейших аспектов учебно-воспитательного процесса. В данной статье проанализированы педагогические принципы формирования патриотизма, их значение в воспитании учащихся с высокими духовно-нравственными качествами и чувством социальной ответственности. Рассматриваются эффективные методы и приёмы, направленные на развитие у учащихся любви, уважения и преданности Родине посредством применения педагогических принципов. Особое внимание в статье уделяется роли национальной культуры, традиций и исторического наследия, а также современных образовательных технологий в процессе воспитания патриотизма. Ключевые слова: патриотизм, педагогические принципы, учащиеся, воспитание, духовнонравственные качества, национальная культура, традиции, образовательные технологии, социальная ответственность, педагогические методы.

EFFECTIVE PEDAGOGICAL APPROACHES TO IMPLEMENTING PATRIOTIC EDUCATION OF STUDENTS THROUGH THE IDEAS OF NATIONAL HEROISM

Annotation: The formation of patriotic feelings in students is one of the key aspects of the educational and upbringing process. This article analyzes the pedagogical principles of fostering patriotism and their importance in nurturing students with high moral and ethical values and a sense of social responsibility. Effective methods and approaches aimed at developing students' love, respect, and loyalty to their homeland through the application of pedagogical principles are examined. The article also highlights the role of national culture, traditions, and historical heritage, as well as the use of modern educational technologies in the development of patriotism. Keywords: patriotism, pedagogical principles, students, education, moral and ethical values, national culture, traditions, educational technologies, social responsibility, pedagogical methods.

Vatanparvarlik tuyg'ulari o'quvchilarni nafaqat o'z xalqiga, balki butun insoniyatga sadoqatli, vatanini hurmat qiladigan va uning taraqqiyotiga hissa qo'shadigan fuqarolar sifatida tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi. Shu sababli, o'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish pedagogik jarayonning asosiy maqsadlaridan biridir. Milliy tarbiya orqali o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. [1]. Bu maqsadga erishish uchun o'qituvchilar o'z faoliyatlarida bir qator pedagogik tamoyillarni qo'llashlari zarur.Vatanparvarlikni shakllantirishning birinchi tamoyili – milliy qadriyatlar, an'analar va tarixni o'rgatishdir. O'quvchilarni o'zining tarixiy merosi, milliy madaniyati va tiliga hurmat ko'rsatish va ularga sadoqat tuyg'ularini singdirish orqali vatanparvarlikni shakllantirish mumkin. Bu tamoyil orqali o'quvchilarda o'z yurtiga bo'lgan muhabbat, xalqining tarixi va madaniyatiga

hurmat, shu bilan birga, vataniga bo'lgan g'urur tuyg'usi rivojlanadi. Ta’lim jarayonida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar asosida ishlash samarali metodlar bilan bog‘liq [2]. Vatanparvarlikni shakllantirishning yana bir muhim tamoyili – o'quvchilarda ijtimoiy mas'uliyatni tarbiyalashdir. O'quvchilarga vatan va jamiyat oldidagi mas'uliyatini tushuntirish, ularda faollik, jamiyatga foyda keltirish istagini uyg'otish, ijtimoiy adolat va mehnatga muhabbat hissini rivojlantirish zarur. Ta'lim jarayonida guruhli va jamoaviy ishlarda ishtirok etish, o'zgarishlarga, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarga e'tibor qaratish orqali o'quvchilarni o'zlarining jamiyat oldidagi mas'uliyatlarini anglashga o'rgatish mumkin. Milliy madaniyat va tarixiy meros orqali vatanparvarlikni oshirish ta'limning asosiy vazifasidir [4]. Pedagogik tamoyillardan yana biri – zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanishdir. Kompyuter texnologiyalari, internet resurslari va multimedia vositalari yordamida vatanparvarlikni o'rgatish yanada samarali bo'ladi. O'quvchilar uchun interaktiv materiallar, o'zgaruvchan ta'lim uslublari va multimediali ta'lim metodlari yordamida tarixiy voqealarni tushuntirish, milliy qadriyatlar haqida ma'lumotlar taqdim etish vatanparvarlikni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari pedagogik jarayonlarga katta ta’sir ko‘rsatmoqda [5]. O'quvchilarda mustahkam bilimlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali ularga vatanparvarlikni turli yo'nalishlarda yetkazish mumkin.Vatanparvarlikni shakllantirishda o'quvchilarga mustaqil O'zbekistonning tarixiy yo'lini o'rgatish, uning erishgan yutuqlari va jahon miqyosidagi o'rnini ko'rsatish hamda mustaqillikning qadri va ahamiyatini tushuntirish muhimdir. Ta'lim jarayonida bu mavzularni o'rgatish, o'quvchilarda Vataniga nisbatan muhabbat va sadoqat tuyg'ularini kuchaytiradi. Vatanparvarlikni shakllantirishda o'qituvchining o'z shaxsiy misoli ham katta ahamiyatga ega. O'qituvchi o'z vataniga nisbatan sadoqatini namoyish etib, o'quvchilarni o'zining faoliyati orqali ham vatanparvarlikka o'rgatishi mumkin. O'qituvchining vatanparvarligi va uning shaxsiy mas'uliyatni his etishi, o'quvchilarga o'zining o'rnak sifatida xizmat qiladi. O'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda turli ijtimoiy guruhlarning o'zaro aloqalarini, do'stlikni va jamoaviy ishlarda birgalikda harakat qilishni rag'batlantirish ham muhimdir. Bu o'quvchilarga milliy birlik, hamjihatlik va o'zaro hurmat tuyg'ularini singdiradi, ularni o'z yurtiga xizmat qilishga undaydi. Milliy va ma'naviy qadriyatlar asosida tarbiya berish

Ta'lim jarayonida Vatanparvarlikni targ'ib ijtimoiy mas'uliyatni qilishda zamonaviy pedagogik rivojlantirish texnologiyalarni qo'llash

O'zbekistonning Vatanparvarlikni mustaqilligi va Shaxsiy misol o'quvchilarning turli taraqqiyotiga orqali tarbiya ijtimoiy guruhlari orqali bag'ishlangan shakllantirish tarbiyaviy ishlar Vatanparvarlikni shakllantirish o'quvchilarda nafaqat yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlar, balki ijtimoiy mas'uliyat, bilim va madaniyatga hurmat tuyg'ularini ham rivojlantiradi. Pedagogik tamoyillarni to'g'ri qo'llash orqali o'quvchilarda vatanparvarlikni shakllantirishda muvaffaqiyatga erishish mumkin. Milliy qadriyatlarni o'rgatish, ijtimoiy mas'uliyatni rivojlantirish, zamonaviy ta'lim texnologiyalarini qo'llash va o'qituvchining shaxsiy misolida vatanparvarlikni singdirish – bularning barchasi pedagogik jarayonning ajralmas qismidir. O'quvchilarda vatanparvarlikni shakllantirishning samarali yondashuvlari ta'lim tizimining sifatini oshirishga va jamiyatda yuksak ma'naviy qadriyatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Vatanparvarlikni shakllantirishning birinchi asosiy tamoyili - tarixiy va madaniy merosni o'rgatishdir. O'quvchilarga milliy tariximiz, madaniyatimiz, an'analarimizni o'rgatish orqali ularning vataniga bo'lgan hurmatini kuchaytirish mumkin. Vatanparvarlik, ayniqsa, o'zbek xalqining boy tarixiy merosi va madaniy qadriyatlariga hurmat ko'rsatish orqali shakllanadi. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun o‘quvchilarda ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishda muhim huquqiy asosdir [7]. O'quvchilarga o'z

yurtining muhim tarixiy voqealari, buyuk ajdodlari, va milliy urf-odatlar haqida ma'lumot berish, ularni o'z yurtining qadriyatlariga hurmat qilishga undaydi. O'quvchilarda vatanparvarlikni shakllantirishda ijtimoiy mas'uliyatni tarbiyalash juda muhimdir. O'quvchilarga o'z mamlakatining taraqqiyoti uchun mas'uliyatni his qilish, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga hissa qo'shish, adolat, tenglik va vijdonlilik kabi axloqiy qadriyatlarni o'rgatish zarur. Bu tamoyilni qo'llash, o'quvchilarda ijtimoiy faollikni oshiradi va ularni o'zlarining yurtiga sadoqatli fuqarolar sifatida tarbiyalaydi. O'quvchilarni ko'proq jamoat ishlarida, ijtimoiy faoliyatlarda ishtirok etishga rag'batlantirish ham samarali yondashuv hisoblanadi. Vatanparvarlikni shakllantirishda o'qituvchining o'zining shaxsiy misoli ham katta ahamiyatga ega. O'qituvchi, o'zining vataniga bo'lgan muhabbati, jamiyatga bo'lgan mas'uliyatini namoyish etishi orqali o'quvchilarga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. O'qituvchining o'z mehnatiga, vataniga, madaniyatiga bo'lgan sadoqati va ehtiromi, o'quvchilarga katta ta'sir ko'rsatadi. Shaxsiy misol orqali o'qituvchi o'quvchilarni o'z vataniga sadoqatli, mas'uliyatli va adolatli bo'lishga undaydi. Vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish o'quvchilarda nafaqat yurtiga bo'lgan muhabbat, balki umumbashariy axloqiy qadriyatlarni hurmat qilish hissini rivojlantiradi. Pedagogik tamoyillarni to'g'ri qo'llash orqali o'quvchilarni o'z yurtiga, millatiga, madaniyatiga hurmat va sadoqat bilan tarbiyalash mumkin. Milliy tarix va madaniyatni o'rgatish, ijtimoiy mas'uliyatni rivojlantirish, shaxsiy misol orqali tarbiya berish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va shaxsiy qadriyatlarni hisobga olish – bularning barchasi o'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda samarali yondashuvlar hisoblanadi. Bu tamoyillarni ta'lim jarayonida amalga oshirish, jamiyatda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishga va fuqarolik jamiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. Shonazarov, A. (2012). Milliy tarbiya va vatanparvarlik. Tashkent: O'zbekiston davlat nashriyoti. 2. Raxmonov, M. (2018). Ta'limda ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va ularning shakllantirish usullari. Tashkent: Fan va texnologiya. 3. Jumaniyazov, T. (2016). Pedagogika va vatanparvarlik. Tashkent: O'zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti. 4. Solijonov, S. (2020). Vatanparvarlik tarbiyasining asoslari. Tashkent: O'zbekiston ta'limi. 5. Daminov, F. (2019). Zamonaviy ta'lim texnologiyalarining pedagogik jarayonlarga ta'siri. Tashkent: Ta'lim va texnologiyalar. 6. Sharipov, R. (2014). Milliy o'qitish tizimi va tarbiya metodlari. Tashkent: O'zbekiston Milliy Universiteti. 7. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni. (2021). O'quvchilarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda davlatning roli va qonuniy asoslari. 8. Ma’Rifat Abdillayevna Nomanova (2023). Ta’lim jarayonida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan holda talim jarayonini tashkil etish orqali o’quvchilarda umuminsoniy qadryatlar ko’nikmasini shakilantirsh. Science and Education, 4 (4), 808-813. 9. Bekberdiyeva Gulbaxor Ortig’aliyevna, & Nomanova Ma’rifat Abdullayevna. (2022). Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy odob ko’nikmalarini shakllantirish. Fan, ta’lim, madaniyat va innovatsiya jurnali | journal of science, education, culture and innovation, 1(3), 12–15. Retrieved from https://www.mudarrisziyo.uz/index.php/innovatsiya/article/view/79 10. Ma’rifat, Nomanova & Sports, Nukus. (2024). Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishning nazariy asoslari. 11. Nomanova, M. A. (2023). Ta’lim jarayonida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan holda talim jarayonini tashkil etish orqali o’quvchilarda umuminsoniy qadryatlar ko’nikmasini shakilantirsh. Science and Education, 4(4), 808–813. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/5601

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar15 ta adabiyot

  1. Shonazarov, A. (2012). Milliy tarbiya va vatanparvarlik. Tashkent: O'zbekiston davlat nashriyoti.
  2. Raxmonov, M. (2018). Ta'limda ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va ularning shakllantirish usullari.
  3. Tashkent: Fan va texnologiya.
  4. Jumaniyazov, T. (2016). Pedagogika va vatanparvarlik. Tashkent: O'zbekiston Milliy Universiteti
  5. Solijonov, S. (2020). Vatanparvarlik tarbiyasining asoslari. Tashkent: O'zbekiston ta'limi.
  6. Daminov, F. (2019). Zamonaviy ta'lim texnologiyalarining pedagogik jarayonlarga ta'siri. Tashkent:
  7. Ta'lim va texnologiyalar.
  8. Sharipov, R. (2014). Milliy o'qitish tizimi va tarbiya metodlari. Tashkent: O'zbekiston Milliy
  9. Universiteti.
  10. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni. (2021).
  11. O'quvchilarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda davlatning roli va qonuniy asoslari.
  12. Ma’Rifat Abdillayevna Nomanova (2023). Ta’lim jarayonida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan holda talim jarayonini tashkil etish orqali o’quvchilarda umuminsoniy qadryatlar ko’nikmasini shakilantirsh. Science and Education, 4 (4), 808-813.
  13. Bekberdiyeva Gulbaxor Ortig’aliyevna, & Nomanova Ma’rifat Abdullayevna. (2022). Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy odob ko’nikmalarini shakllantirish. Fan, ta’lim, madaniyat va innovatsiya jurnali | journal of science, education, culture and innovation, 1(3), 12–15. Retrieved from https://www.mudarrisziyo.uz/index.php/innovatsiya/article/view/79
  14. 10.Ma’rifat, Nomanova & Sports, Nukus. (2024). Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishning nazariy asoslari.
  15. 11.Nomanova, M. A. (2023). Ta’lim jarayonida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan holda talim jarayonini tashkil etish orqali o’quvchilarda umuminsoniy qadryatlar ko’nikmasini shakilantirsh. Science and Education, 4(4), 808–813. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/5601

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011414
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/422
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
537–539
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25