TIL O‘RGANISH JARAYONIDA MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Mavluda Kaharova1, Madina Khodjaeva22025
- 1Farg‘ona davlat universiteti, f.f.n, professor
- 2Farg‘ona davlat universiteti doktoranti
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 521–525
Annotatsiya
Maqolada ingliz tilini o‘rganish jarayonida madaniyatlararo muloqotkompetensiyasini shakllantirishning pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Byram, Deardorff va Kramschkonsepsiyalaridan kelib chiqib, kompetensiyaning kognitiv, affektiv, sotsiolingvistik va strategik tarkibiyqismlari izohlanadi. Kommunikativ, sotsiokognitiv va situativ yondashuvlar hamda madaniyatlararo ta‘limtamoyillari integrativ modelda qo‘llanishi ko‘rsatiladi. Autentik materiallar, loyiha va rol o‘yinlari,taqqoslash mashqlari va telekooperatsiya kabi vositalarning amaliy samarasi yoritiladi. O‘qituvchining“madaniyatlararo mediator” sifatidagi roli hamda refleksiv baholash mezonlari ta‘riflanadi. Natijada, globalmuloqotga tayyor, bag‘rikeng va moslashuvchan shaxsni tarbiyalash shartlari asoslanadi
Boshqa tillarda
ruschaПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ КОМПЕТЕНЦИИ В ОБЛАСТИ МЕЖКУЛЬТУРНОЙ КОММУНИКАЦИИ В ПРОЦЕССЕ ИЗУЧЕНИЯ ЯЗЫКА
В статье анализируются педагогические основы формирования межкультурной коммуникативной компетенции в процессе изучения английского языка. На основе концепций Байрама, Деардорфа и Крамша объясняются когнитивная, аффективная, социолингвистическая и стратегическая составляющие компетенции. Показано использование коммуникативного, социокогнитивного и ситуационного подходов и принципов межкультурного образования в интегративной модели. Подчеркивается практическая эффективность таких инструментов, как аутентичные материалы, проекты и ролевые игры, сравнительные упражнения и телесотрудничество. Описана роль учителя как «межкультурного посредника» и критерии рефлексивной оценки. В результате установлены условия для воспитания толерантной и гибкой личности, готовой к глобальной коммуникации.
inglizchaPEDAGOGICAL BASIS OF FORMING INTERCULTURAL COMMUNICATION COMPETENCE IN THE LANGUAGE LEARNING PROCESS
The article analyzes the pedagogical foundations of the formation of intercultural communication competence in the process of learning English. Based on the concepts of Byram, Deardorff and Kramsch, the cognitive, affective, sociolinguistic and strategic components of the competence are explained. The use of communicative, sociocognitive and situational approaches and principles of intercultural education in an integrative model is shown. The practical effectiveness of such tools as authentic materials, projects and role-playing games, comparative exercises and telecooperation is highlighted. The role of the teacher as an “intercultural mediator” and the criteria for reflexive assessment are described. As a result, the conditions for educating a tolerant and flexible person ready for global communication are established.
Kalit so‘zlar
- madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi
- kommunikativ yondashuv
- sotsiokognitiv metod
- madaniyatlararo ta‘lim
- autentik materiallar
- o‘qituvchi roli
- reflektiv tahlil
- global muloqot
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
TIL O‘RGANISH JARAYONIDA MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Mavluda Kaxarova Farg’ona davlat universiteti, f.f.n, professor Madina Xodjayeva Farg‘ona davlat universiteti doktoranti
Annotatsiya: Maqolada ingliz tilini o‘rganish jarayonida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Byram, Deardorff va Kramsch konsepsiyalaridan kelib chiqib, kompetensiyaning kognitiv, affektiv, sotsiolingvistik va strategik tarkibiy qismlari izohlanadi. Kommunikativ, sotsiokognitiv va situativ yondashuvlar hamda madaniyatlararo ta’lim tamoyillari integrativ modelda qo‘llanishi ko‘rsatiladi. Autentik materiallar, loyiha va rol o‘yinlari, taqqoslash mashqlari va telekooperatsiya kabi vositalarning amaliy samarasi yoritiladi. O‘qituvchining “madaniyatlararo mediator” sifatidagi roli hamda refleksiv baholash mezonlari ta’riflanadi. Natijada, global muloqotga tayyor, bag‘rikeng va moslashuvchan shaxsni tarbiyalash shartlari asoslanadi. Kalit so‘zlar: madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi, kommunikativ yondashuv, sotsiokognitiv metod, madaniyatlararo ta’lim, autentik materiallar, o‘qituvchi roli, reflektiv tahlil,global muloqot.
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ МЕЖКУЛЬТУРНОЙ КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ В ПРОЦЕССЕ ИЗУЧЕНИЯ ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА
Аннотация: В статье анализируются педагогические основы формирования межкультурной коммуникативной компетенции при изучении английского языка. Опираясь на подходы Бырама, Дирдорф и Крамш, раскрываются когнитивный, аффективный, социолингвистический и стратегический компоненты компетенции. Показана интеграция коммуникативного, социокогнитивного и ситуативного подходов с принципами межкультурного образования. Описывается эффективность аутентичных материалов, проектной и ролевой работы, сравнительных заданий и телеколлаборации. Подчёркивается роль преподавателя как «межкультурного медиатора» и значимость рефлексивной оценки результатов. Обосновываются условия подготовки толерантной, гибкой и к глобальному взаимодействию готовой личности. Ключевые слова: межкультурная коммуникативная компетенция, коммуникативный подход, социокогнитивный метод, межкультурное образование, аутентичные материалы, роль преподавателя, рефлексивный анализ, глобальная коммуникация.
PEDAGOGICAL FOUNDATIONS FOR DEVELOPING INTERCULTURAL COMMUNICATIVE COMPETENCE IN THE PROCESS OF LANGUAGE LEARNING
Abstract: this article examines the pedagogical foundations for developing intercultural communicative competence in English language learning. Drawing on Byram, Deardorff, and Kramsch, it explicates the competence’s cognitive, affective, sociolinguistic, and strategic components. An integrated model is proposed that combines communicative, sociocognitive, and situational approaches with principles of intercultural education. The paper highlights the efficacy of authentic materials, project- and role-based tasks, contrastive activities, and telecollaboration. It foregrounds the teacher’s role as an intercultural mediator and specifies reflective assessment criteria. The outcome is a rationale for educating tolerant, adaptive learners equipped for effective participation in global communication. Keywords: intercultural communicative competence, communicative approach, sociocognitive method, intercultural education, authentic materials, teacher’s role, reflective analysis, global communication.
Ma’lumki, madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi (intercultural communicative competence) – bu turli madaniyat vakillari bilan samarali va o‘rinli muloqot qila olish qobiliyatidir. Boshqacha aytganda, bu shaxsning o‘z va begona madaniyatlarni anglab, o‘zaro tafovutlarni tushungan holda, muloqot strategiyalarini to‘g‘ri qo‘llashidan iborat ko‘nikmadir. Ingliz tilini o‘rganish jarayonida bunday kompetensiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, ingliz tili bugungi globallashgan dunyoda millatlararo aloqa tiliga aylangan bo‘lib, turli millat vakillari aynan ingliz tilida muloqot yuritadilar. Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, til va madaniyat uzviy bog‘liqdir. Til bu ijtimoiy-semiotik tizimdir, ya’ni til o‘rganuvchi til vositasida o‘sha xalqning dunyoqarashi va qadriyatlarini ham o‘zlashtiradi [4.24]. Byram ilk bor chet tilini o‘qitish doirasida madaniyatlararo kommunikativ kompetensiya tushunchasini joriy qilib, uni chet til o‘rganuvchini “intercultural speaker” – madaniyatlararo muloqotga qodir kishi sifatida tarbiyalash maqsadini ilgari surdi [2.96] Kramsch ham til o‘rganuvchi o‘z ona madaniyati va o‘rganilayotgan til madaniyati o‘rtasida “uchinchi makon” (third place)ni shakllantirish jarayonini bosib o‘tishini ta’kidlaydi [5.105]. Shu bois ingliz tilini o‘rgatishda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish muhim bo‘lib, bu kompetensiya tilni grammatik va leksik jihatdan o‘zlashtirish bilan birga madaniy tafovutlarni tushunish, hurmat qilish va ularga mos ravishda muloqot qilish ko‘nikmalarini ham o‘z ichiga oladi. Deardorff tadqiqotiga ko‘ra, madaniyatlararo kompetensiya shaxsning ma’lum bilim, ko‘nikma va munosabatlarni shakllantirib, ularni xulq va muloqotda samarali hamda to‘g‘ri qo‘llay olishi demakdir [3.241] Demak, ingliz tilini o‘rganishda madaniyatlararo kompetensiyaga ega bo‘lish o‘quvchilarga globallashuv davrida xalqaro muloqotda muvaffaqiyatli qatnashish, madaniy tushunmovchiliklarni yengib o‘tish va bag‘rikenglik ruhida muloqot qilish imkonini beradi. Alptekin ham an’anaviy kommunikativ kompetensiya modelini tanqid qilib, uni ona tilida so‘zlashuvchi idealiga asoslangani uchun “xomxayoliy, haqiqatdan uzoq va cheklovchi” deb baholagan [1.57]. U ingliz tilining xalqaro til sifatidagi o‘rnini inobatga olib, til o‘rganuvchilarni ona tilida so‘zlashuvchi kabi emas, balki madaniyatlararo muloqotga layoqatli shaxslar sifatida tayyorlash zarurligini ta’kidlaydi[1.56] Shuningdek, mahalliy tadqiqotlarda ham globallashuv sharoitida madaniyatlararo integratsiyani rivojlantirish va milliy madaniy o‘zlikni asrash dolzarb masala ekani qayd etilgan.
Kommunikativ yondashuv madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirishning asosiy pedagogik tamal tamoyillaridan biridir. Bu yondashuv tilni o‘rgatishda muloqotga yo‘naltirilgan mazmun va ijtimoiy kontekstga urg‘u beradi. Chet tili faqat grammatik bilim emas, balki ijtimoiy muloqot vositasi ekanini nazarda tutadi. Masalan, darslarda o‘quvchilarni turli kommunikativ vaziyatlarda ingliz tilidan foydalantirish – savol-javoblar, juftlikdagi dialoglar, kichik guruhlarda muhokamalar – tilning haqiqiy hayotdagi qo‘llanilishini o‘rgatadi. Sotsiokognitiv yondashuv esa bu jarayonda ijtimoiy muhit va kognitiv faoliyatni integratsiyalashni nazarda tutadi. Masalan, o‘quvchi tilni muhit bilan o‘zaro ta’sirda, fikrlash va tushunish jarayonida o‘rganadi. Bu yondashuv Vygotskiyning sotsiomadaniy nazariyasiga hamohang bo‘lib, bilimlar ijtimoiy muloqot orqali o‘zlashtirilishini e’tirof etadi. Situativ metod tilni aniq vaziyatlar va kontekstlarda o‘rgatishni taklif qiladi. Ya’ni, o‘qituvchi darsda real hayotga yaqin situatsiyalarni (masalan, do‘konda xarid qilish, mehmonxonada joy band qilish, madaniy tadbirlarda ishtirok etish kabilar) sahnalashtiradi. Bu usul orqali o‘quvchilar nafaqat til birliklarini yod oladi, balki ularning qo‘llanish kontekstini ham his qiladi. Madaniyatlararo ta’lim (intercultural education) yondashuvi yuqoridagi usullarni boyitib, til va madaniyatni bir butun jarayon sifatida qaraydi. Bunda darslik va materiallarda turli madaniy mavzular, qiyosiy madaniyat tahlillari kiritiladi, o‘quvchilarda madaniyatlararo xabardorlik va hurmat tuyg‘usi shakllantiriladi. Masalan, Byram konsepsiyasida chet til o‘qitishning maqsadi – o‘quvchini har ikki madaniyatni chuqur tushunadigan va ular o‘rtasida vositachilik qila oladigan madaniyatlararo kommunikator qilib yetishtirishdir [2.56]. Bu esa o‘qituvchidan ham yuqori madaniyatlararo kompetensiyani talab qiladi. O‘qituvchi darsda turli madaniy hodisalarni tushuntirib, o‘quvchilarning savollariga to‘g‘ri javob bera olishi, nozik mavzularni muhokama qila olishi lozim. Umuman olganda, kommunikativ, sotsiokognitiv, situativ yondashuvlarning sintezi hamda madaniyatlararo ta’lim tamoyillari bu kompetensiyani shakllantirishning mustahkam pedagogik asosini yaratadi. Madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, bir nechta o‘zaro bog‘liq komponentlardan tarkib topadi. Kognitiv komponent avvalo madaniyatlararo bilimlarni anglatadi. Bu orqali o‘quvchi o‘rganilayotgan til mamlakatining tarixi, madaniy an’analari, qadriyatlari, ijtimoiy qoidalari haqida ma’lumotga ega bo‘lishi zarur [2.58]. Shuningdek, o‘z madaniyati va dunyoqarashini ham tahlil qila olishi, kultural o‘zlikni anglash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi muhimdir Affektiv komponent esa munosabat va hissiy kechinmalar bilan bog‘liq bo‘lib, bunda o‘quvchining boshqa madaniyat vakillariga nisbatan ochiqligi, hurmati va qiziquvchanligi nazarda tutiladi. Deardorff ta’kidlaganidek, madaniyatlararo kompetent shaxs boshqalarni hurmat qila olishi, turli madaniyatlarni o‘rganishga qiziquvchanlik bilan yondasha olishi va noaniqliklarga bag‘rikenglik ko‘rsata olishi lozim [3.262]. Ushbu affektiv jihatlar – xususan, etnosentrik fikrlashdan voz kechib, turli qarashlarni o‘rganish imkoniyati sifatida qabul qilish – kompetensiyaning zaminini tashkil etadi. Sotsiolingvistik komponent kompetensiyaning til va jamiyat kesishmasidagi qismidir. Bu o‘quvchining ijtimoiy kontekstga mos ravishda tilni qo‘llay bilish qobiliyatidir. Muayyan vaziyatda qanday so‘z va iboralarni ishlatish joiz, qanday nutq odobiga rioya qilish kerak – bularni bilish sotsiolingvistik mahoratdir. Masalan, ingliz tilida rasmiy va norasmiy muomala, xushmuomalalik formulalari, nutq etiketini bilish va boshqa madaniyat vakillarining imo-ishoralarini to‘g‘ri talqin qilish shu komponentga kiradi. Nihoyat, strategik komponent madaniyatlararo muloqotda yuzaga keladigan qiyinchilik va tushunmovchiliklarni yengib o‘tish, kommunikativ maqsadga erishish uchun strategiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi. Bunga sinonimlardan foydalanish, sekin va ravon gapirish, suhbatdoshingizdan muloyimlik bilan izoh so‘rash, madaniy noaniqliklarni kuzatib, moslashish kabilar kiradi. Strategik komponent, shuningdek, o‘quvchining o‘z-o‘zini o‘rganish strategiyalarini ham qamrab oladi – turli madaniyat haqida ma’lumotni mustaqil izlash, o‘z tajribasini tahlil qilish va xulosa chiqarish. Bularning barchasi birgalikda o‘quvchiga begona madaniyat vakillari bilan muloqotni samarali amalga oshirish imkonini beradi. Byram modelida ham kompetensiyaning aynan shu tarkibiy qismlari – bilim (kognitiv), ko‘nikma (interaksiya va talqin ko‘nikmalari), munosabat (affektiv) va madaniy xabardorlik – bir butunlikda olib qaraladi. Shunday ekan, ingliz tili darslarida ushbu har bir komponentni rivojlantirishga qaratilgan topshiriq va faoliyatlar tizimli tarzda joriy etilishi zarur. Madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish uchun dars jarayonida maxsus metod va vositalardan foydalanish talab etiladi. Autentik materiallar – ya’ni o‘rganilayotgan til sohasidagi haqiqiy, asl manbalar – bunday vositalarning eng samaralilaridandir. Masalan, ingliz tilidagi gazetalar, jurnal maqolalari, adabiy matnlar, filmlar, videoroliklar, hatto blog yozuvlari va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar o‘quvchilarga tilni jonli madaniy kontekstda ko‘rsatadi. Autentik materiallar yordamida o‘quvchilar turli xalq vakillarining dunyoqarashi, turmush tarzi va qadriyatlarini bilib boradi. Bu esa ularda begona madaniyatga qiziqish va hurmatni oshiradi. Madaniy kontekstlarga boy topshiriqlardan foydalanish ham
muhimdir. Masalan, “Madaniyatlararo kundalik” yozdirish (talaba bir hafta davomida o‘z madaniyati va ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar madaniyati o‘rtasidagi farqlarni qayd etadi), case-study usuli (talabalarga madaniyatlar to‘qnashuvi muammosi tasvirlangan vaziyat berilib, undan chiqish yo‘llari muhokama qilinadi) kabi mashqlar. Loyiha ishlari va rol o‘yinlari (role-play) esa o‘quvchilarga o‘zlarini turli madaniy rollarda sinab ko‘rish imkonini beradi. Masalan, “Xalqaro konferensiya” loyihasi doirasida talabalarga turli davlatlardan kelgan delegatlar rolini berib, muayyan muammoni muhokama qilish vazifasi yuklanadi. Yoki rol o‘yinda biri sayyoh, biri gid rolida mashq qildirish orqali ham til, ham madaniyatni qo‘llash malakalari oshadi. Bunday interaktiv metodlar jonli muloqot muhitini yaratadi va o‘quvchilar real vaziyatlarda kommunikativ strategiyalarni qo‘llashga o‘rganadi. Bundan tashqari, taqqoslash va muhokama metodini ham qo‘llash muhimdir. Masalan, guruhda o‘z va ingliz tilidagi madaniy odatlarni solishtirish, o‘xshash va farqli jihatlarini muhokama qilish orqali o‘quvchilar kengroq madaniy tasavvurga ega bo‘ladilar. O‘yinlar va interaktiv mashg‘ulotlar ham yaxshi samara beradi – masalan, madaniy viktorinalar, “kimning madaniyasi?” kabi o‘yinlar o‘quvchilarni faol qatnashishga undaydi. Shuningdek, darsda texnologik vositalar – videokonferensiya, onlayn muloqot platformalari, pen-pal (xabarlashuv do‘sti) loyihalari – yordamida o‘quvchilarni bevosita boshqa mamlakat vakillari bilan bog‘lash ham mumkin. Byram ta’kidlaganidek, elektron pochta, videoanjuman kabi texnologiyalarni sinfga jalb qilish orqali chet elliklar bilan bevosita muloqot qilish imkoni yaratiladi[2.67]. Masalan, xorijiy maktab bilan o‘zaro hamkorlikda onlayn forumlar tashkil etish, biror mavzuda xalqaro guruhda muhokama o‘tkazish talabalarga bebaho tajriba beradi. Dars jarayonida qo‘llaniladigan ana shunday metod va vositalar o‘quvchilarning tilni qo‘llash ko‘nikmalarini chuqurlashtirish bilan birga, ularning turli madaniyat vakillarini tushunish va muloqotga kirisha olish layoqatini ham shakllantiradi. Madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirishda o‘qituvchi kalit figura hisoblanadi. O‘qituvchi nafaqat til bilimini beruvchi, balki madaniyatlararo mediator – madaniyalar o‘rtasida vositachilik qiluvchi shaxs sifatida maydonga tushadi. Bu rol bir necha jihatlarni o‘z ichiga oladi. Avvalo, o‘qituvchi o‘zi yuqori madaniyatlararo kompetensiyaga ega bo‘lishi, turli madaniyatlarni yaxshi bilishi va hurmat qilishi zarur. O‘qituvchi dars davomida turli xalqlar urf-odatlari, madaniy qadriyatlari haqida ishonchli ma’lumot berishi, stereotip va xato tasavvurlarni bartaraf etishga yordam berishi lozim. Masalan, talabalarda biror millat haqida noto‘g‘ri stereotip bo‘lsa, o‘qituvchi uni muhokama qilib, tanqidiy madaniy tafakkurni rivojlantirishi kerak. Shuningdek, o‘qituvchi darsda bag‘rikenglik muhitini yaratadi – turli fikr va madaniy tajribalar erkin almashinadigan, o‘quvchilar fikri hurmat qilinadigan muhit. O‘qituvchi bahsmunozaralarda moderatorlik qilib, tortishuvlarning konstruktiv ruhda o‘tishini ta’minlaydi. U o‘quvchilarga o‘z madaniyatini ifoda etishga ham, o‘rganilayotgan madaniyatni o‘rganishga ham rag‘batlantiradi, shu tariqa o‘quvchilar har ikki madaniyatni kamsitmagan holda, global dunyoda “madaniy ko‘prik” bo‘lishga intiladilar. O‘qituvchi, ayniqsa, nozik madaniy farqlar yoki mojaroli mavzular chiqqanda, ehtiyotkorlik bilan yondashishi, tomonlarni yarashtiruvchi vositachi kabi harakat qilishi muhim. Masalan, milliy yoki diniy mavzulardagi munozarada nojo‘ya hazil yoki begona madaniyatni kamsituvchi fikr bildirilsa, o‘qituvchi zudlik bilan aralashib, bunday xatti-harakatlarning noto‘g‘ri ekanini tushuntirishi, muammoni to‘g‘ri yo‘lga solishi lozim. Shu bilan birga, o‘qituvchi refleksiv mulohaza yuritishni o‘rgatadi. O‘quvchilarga har bir madaniy uchrashuvdan so‘ng o‘z tajribasini tahlil qilish, xulosa chiqara olish ko‘nikmasini shakllantiradi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi o‘zi ham o‘quvchilar bilan birgalikda o‘sib boradi – turli madaniyatlarni o‘rganadi, yangi narsalarni kashf etadi va ularga moslashadi. Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, ingliz tilini o‘qitishda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish o‘quvchilarning global muhitda samarali va oqilona muloqot qila olishlarining asosidir. Yuqorida keltirilgan pedagogik yondashuvlar – kommunikativ, sotsiokognitiv, situativ va madaniyatlararo ta’lim metodlari – integratsiyalangan holda qo‘llangandagina maksimal samara beradi. Ya’ni, dars dizayni shunday tuzilishi lozimki, unda bir vaqtning o‘zida ham til ko‘nikmalari rivojlansa, ham madaniy bilim va munosabatlar shakllansin. Samarali yondashuvlardan biri bu tahliliy va reflektiv yondashuvdir: har bir madaniy mavzuni o‘rganganidan so‘ng o‘quvchilar bilan birgalikda tahlil qilib, ularning fikrlarini eshitish, o‘z madaniy pozitsiyalarini anglashlariga yordam berish kerak. Texnologik vositalardan foydalanish bugungi kunda yanada keng imkoniyatlar ochmoqda – masofaviy muloqot platformalari, virtual sinflar, xalqaro onlayn loyihalar orqali o‘quvchilar sinf xonasidan chiqmasdan turib turli madaniyat vakillari bilan muloqot qilib ko‘rishlari mumkin. Masalan, xalqaro telekooperatsiya (telecollaboration) loyihalari – video muloqot orqali xorijdagi tengdoshlari bilan ma’lum bir mavzuni muhokama qilish – o‘quvchilarga hayotiy tajriba beradi. Shu bilan birga, o‘qituvchilar malakasini oshirish, ularni madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish metodikasiga doimiy ravishda jalb etish ham dolzarbdir. O‘quv dasturlariga madaniyatlararo
muloqot bo‘yicha maxsus mavzular kiritilishi, baholash mezonlarida o‘quvchilarning bu boradagi o‘sishi ham aks ettirilishi lozim. Tavsiya sifatida, chet tilini o‘rganuvchilarni imkon qadar ko‘proq haqiqiy muloqotga jalb qilish, xorijiy hamkor maktab yoki universitetlar bilan talaba almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish muhimdir. Zero, faqat sinfdagi nazariy bilim bilan chegaralanib qolmasdan, real hayotiy muloqotda ishtirok etgan o‘quvchigina o‘zida haqiqiy madaniyatlararo kompetensiyani kamol toptira oladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- Alptekin, C. (2002). Towards intercultural communicative competence in ELT. ELT Journal, 56(1), 57–
- Byram, Teaching and Assessing Intercultural Communicative Competence. Clevedon: Multilingual Matters. 1997. files.eric.ed.gov.
- Deardorff, D. K. Identification and assessment of intercultural competence as a student outcome of internationalization. Journal of Studies in International Education, 10(3), 241–266. 2006. welcomm- europe.eu.
- Halliday, M. A. K., & Matthiessen, C. An Introduction to Functional Grammar (3rd ed.). London: Arnold. 2004.
- Kramsch, C. Language and Culture. Oxford: Oxford University Press.1998
- Otamuratov, S. Globallashuv va madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi. [O‘zbekistonda globallashuv jarayonida ma’rifiy integratsiya masalalariga doir maqola]. 2016.
- O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(1), 470-475.
- Ramziddin Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI HAMDA UNING MAZMUN-MOHIYATI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 36-40.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011409
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/417
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 521–525
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25