Asosiy mazmunga o‘tish

XALQ MAQOLLARINING TARIXIY ASPEKTDA O‘RGANILISHI

Valiyeva Dilnozaxon Kurbanali‘s daughterFarDu talabasi Ilmiy rahbar:D.S.Turdaliyeva,f.f.d.,dotsent2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 519–521

Annotatsiya

Ushbu maqolada maqollar uzbek xalq og‘zaki ijodining ommaviy janrlaridan biriekanligi, ular asrlar davomida to‘plangan hayotiy tajribalar, aql-idrok, urf-odat va qadriyatlarning qisqachava ta‘sirli ifoda uslubi sifatida shakllanganligi o‘rin olgan. Maqollar xalqning dunyoqarashi, ijtimoiymunosabatlari va ma‘naviy qadriyatlari haqida ko‘p narsani aytishi mumkin. Shuning uchun ularni tarixiy nuqtayi nazardan o‘rganish nafaqat tilshunoslik, balki etnografiya, madaniyatshunoslik va tarix sohalariuchun ham muhim ahamiyatga egaligi ham e‘tirof etilgan

Boshqa tillarda

ruschaИЗУЧЕНИЕ НАРОДНЫХ ИСТОРИЙ С ИСТОРИЧЕСКОЙ ТОЧКИ ЗРЕНИЯ

В данной статье подчеркивается, что пословицы являются одним из популярных жанров узбекской народной устной литературы и сформировались как лаконичный и эффективный способ выражения жизненного опыта, мудрости, обычаев и ценностей, накопленных веками. Пословицы могут многое рассказать о мировоззрении, социальных отношениях и духовных ценностях народа. Поэтому признается, что их изучение с исторической точки зрения имеет большое значение не только для лингвистики, но и для этнографии, культурологии и истории.

inglizchaSTUDY OF FOLK STORIES FROM A HISTORICAL ASPECT

This article emphasizes that proverbs are one of the popular genres of Uzbek folk oral literature, and they have been formed as a concise and effective way of expressing life experiences, wisdom, customs and values ​​accumulated over centuries. Proverbs can tell a lot about the worldview, social relations and spiritual values ​​of the people. Therefore, it is recognized that studying them from a historical point of view is of great importance not only for linguistics, but also for the fields of ethnography, cultural studies and history.

Kalit so‘zlar

  • maqol
  • ibora
  • aforizm
  • tajriba
  • o‘tmish
  • qadriyat
  • avlod
  • jamoa
  • saboq
  • adolat

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

2.Innovatsion texnologiyalarni joriy etish – Logopedik terapiyada mobil ilovalar, sun’iy intellekt va virtual reallik texnologiyalaridan keng foydalanish kerak. 3.Ommaviy axborot vositalari orqali logopediya haqida kengroq targ‘ibot olib borish – Otaonalar va pedagoglar orasida nutq buzilishlari haqida tushunchalarni oshirish muhimdir. 4.Onlayn terapiya va telelogopediya xizmatlarini rivojlantirish – Internet orqali logopedik maslahatlar va mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish kerak. 5.Davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish – Logopedik xizmatlarni aholining barcha qatlamlari uchun qulay va arzon qilish maqsadida qo‘shimcha mablag‘ajratish va grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish lozim. Ushbu takliflar logoped kasbining zamonaviy muammolarini hal qilishga yordam berib, sohaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Xulosa. Logoped kasbi bugungi kunda dolzarb va muhim sohalardan biri bo‘lib, u nutq buzilishlarini aniqlash, davolash va oldini olishga qaratilgan. Ammo so‘nggi yillarda bu sohaga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgan bo‘lsa-da, qator muammolar mavjudligi uning rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, logoped mutaxassislarining yetishmovchiligi, zamonaviy usullarning kam qo‘llanilishi, texnologik vositalarning yetarli emasligi va jamiyatning bu sohaga bo‘lgan xabardorlik darajasining pastligi asosiy muammolar qatoriga kiradi. Ushbu muammolarni hal etish uchun bir qancha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Birinchidan, logoped mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish va amaliy mashg‘ulotlarga ko‘proq e’tibor qaratish kerak. Ikkinchidan, innovatsion texnologiyalarni logopedik terapiyaga keng joriy qilish lozim. Masalan, sun’iy intellekt asosidagi diagnostika tizimlari, virtual reallik mashg‘ulotlari va interaktiv mobil ilovalar yordamida nutq terapiyasini yanada samarali qilish mumkin. Shuningdek, jamiyatning logopedik muammolar bo‘yicha xabardorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Bu borada ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va maxsus treninglar orqali ota-onalar va pedagoglarga zarur ma’lumotlar yetkazilishi kerak. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalarida logopedik xizmatlar tizimini kuchaytirish, erta tashxis qo‘yish va davolash jarayonlarini yo‘lga qo‘yish muhimdir. Davlat tomonidan logopedik xizmatlarga ajratiladigan mablag‘larni oshirish va xususiy sektor bilan hamkorlikni rivojlantirish ham ushbu muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llaridan biridir. Raqamli texnologiyalar yordamida onlayn terapiya va telelogopediya xizmatlarini kengaytirish esa mintaqaviy tengsizliklarni kamaytirishga yordam beradi. Umuman olganda, logoped kasbi jamiyat rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ushbu sohaning samarali faoliyat yuritishi uchun davlat, xususiy sektor va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘zaro hamkorlik qilishlari zarur. Zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish va innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish orqali logopedik xizmatlarni takomillashtirish va keng jamoatchilikka yetkazish mumkin. Kelajakda bu sohani rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilsa, nutq buzilishlarining oldini olish va ularni samarali davolash imkoniyatlari sezilarli darajada oshadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: 1.Ayupova .M. ,,Logopediya". 2.Nuraliyeva, M.A. ,,Logopediya asoslari"Toshkent, “Fan va texnologiya”, 2020. 3.To‘xtasinova, G.X. “Nutq buzilishlarini tashxislash va tuzatish usullari”, Toshkent, “O‘qituvchi”, 2021. 4.G‘aniyeva, Z.X. “Nutq nuqsonlari va ularni bartaraf etish usullari”, Toshkent, 2019. 5.Xudoyberganova, D. “Logopedik xizmat ko‘rsatish tizimi va zamonaviy yondashuvlar”, Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari, Toshkent, 2022. 6.Umarova, M. “Logopediya va defektologiya asoslari”, Toshkent, “Fan va ta'lim”, 2023.

XALQ MAQOLLARINING TARIXIY ASPEKTDA O‘RGANILISHI

Valiyeva Dilnozaxon Qurbonali qizi, FarDu talabasi Ilmiy rahbar:D.S.Turdaliyeva,f.f.d.,dotsent. Email:dturdaliyeva79@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada maqollar uzbek xalq og’zaki ijodining ommaviy janrlaridan biri ekanligi, ular asrlar davomida to‘plangan hayotiy tajribalar, aql-idrok, urf-odat va qadriyatlarning qisqacha va ta’sirli ifoda uslubi sifatida shakllanganligi o‘rin olgan. Maqollar xalqning dunyoqarashi, ijtimoiy munosabatlari va ma’naviy qadriyatlari haqida ko‘p narsani aytishi mumkin. Shuning uchun ularni tarixiy

nuqtayi nazardan o‘rganish nafaqat tilshunoslik, balki etnografiya, madaniyatshunoslik va tarix sohalari uchun ham muhim ahamiyatga egaligi ham e’tirof etilgan. Kalit so‘zlar: maqol, ibora, aforizm, tajriba, o‘tmish, qadriyat, avlod, jamoa, saboq, adolat.

ИЗУЧЕНИЕ НАРОДНЫХ ПОСЛОВИЦ С ИСТОРИЧЕСКОЙ ТОЧКИ ЗРЕНИЯ

Аннотация. В этот статье утверждается, что пословицы – один из популярных жанров узбекской народной литературы, сформировавшийся как лаконичный и действенный способ выражения жизненного опыта, мудрости, обычаев и ценностей, накопленных веками. Пословицы могут многое рассказать о мировоззрении, общественных отношениях и духовных ценностях народа. Поэтому признаётся, что их изучение с исторической точки зрения имеет большое значение не только для лингвистики, но и для этнографии, культурологии и истории. Ключевые слова: пословица, выражение, афоризм, опыт, прошлое, ценность, поколение, сообщество, урок, справедливость.

STUDYING FOLK PROVERBS FROM A HISTORICAL PERSPECTIVE

Annotation. This article argues that proverbs are one of the popular genres of Uzbek folk literature, formed as a concise and effective way of expressing life experiences, wisdom, customs and values accumulated over centuries. Proverbs can tell a lot about the worldview, social relations and spiritual values of the people. Therefore, it is recognized that studying them from a historical point of view is of great importance not only for linguistics, but also for the fields of ethnography, cultural studies and history. Keywords: proverb, expression, aphorism, experience, past, value, generation, community, lesson, justice.

Kirish. 1. Xalq maqollarining kelib chiqishi va shakllanishi Maqollar xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy turlaridan biri bo‘lib, ular insonning kundalik turmushi va tajribasi asosida vujudga kelgan. Ilk jamoaviy hayot davrlarida odamlar o‘z kuzatishlari va hayot saboqlarini qisqa, ta’sirli va oson yodda qoladigan iboralar orqali ifoda etganlar. Bu iboralar vaqt o‘tishi bilan xalq orasida keng tarqalib, avloddan avlodga o‘tib kelgan. Misol uchun: «Mehnat qilgan to’yar, mehnat qilmagan kuyаr» — bu so‘zlar orqali xalq mehnatning qadri va ahamiyatini, shuningdek, dehqonchilik madaniyatining jamiyatdagi o‘rnini ta’kidlagan. Maqollar orqali tarixiy tahlil qilsak, xalqning turli davrlardagi hayotiy tajribasi va ijtimoiy munosabatlarini aniq tasavvur qilish mumkin. Ular orqali faqat shaxsiy hayot haqida emas, balki umumiy jamiyat tuzilishi, qishloq va shahar hayotidagi turli holatlar ham aks etadi. Shuningdek, maqollar iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlar haqidagi tushunchalarni ham ochib beradi, masalan, dehqonchilik, savdo-sotik, davlat boshqaruvi va ijtimoiy adolat g‘oyalari haqidagi qadimiy xulosalarni beradi. Demak, maqollarni faqat til yoki adabiyot nuqtai nazaridan emas, balki tarixiy manba sifatida ham o‘rganishimiz mumkin. 2. Tarixiy jarayonlar ta’sirida maqollarning mazmuni.Xalq maqollari turli davrlarda rivojlangan. Qadimgi turkiy davlat, Temuriylar davrida: «Davlat adolat bilan turar» — davlat boshqaruvi va adolat g‘oyasi ahamiyatli ekanligini ta’kidlaydi.Bu maqol xalq orasida shoh va hokimiyatning vazifasi faqat qudrat va boylikni saqlash emas, balki xalqqa adolatli munosabat ko‘rsatish ekanligini ham bildiradi. Shu bois, o‘sha davrda davlatning qonun va qarorlari, mahalliy boshqaruv tizimi xalqning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan edi, deb taxmin qilish mumkin. XI asrning buyuk filolog olimi Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad Qoshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘otit turk» nomli klassik asarida qadimiy urug‘va qabilalar orasida keng tarqalgan maqollardan juda ko‘p namunalar keltiradi. Bu maqollarning bir qanchasi hatto hozir ham xalqimiz orasida turli variantlarda ishlatilib kelinadi. Devonda: «Er so‘zi bir». Hozirda: «Erning so‘zi bitta». Yoki:«Yigit so‘zi bir bo‘lar».(O‘zbek xalq maqollari, 1958, 9-bet). XIX-asrda: Mustamlakachilik davrlarida xalqning ijtimoiy va siyosiy fikri hamda turmush tarzi maqollar orqali o‘z aksini topgan. Mehnatkash xalq o‘zi yaratgan maqol, hikmatli iboralarda din niqobi ostida o‘z shaxsiy manfaati uchun kurashuvchi ruhoniylarning sirlarini ochib tashlaydi: «Domla-imom och qolsa, bozor kezadi.

So‘fi och qolsa, mozоr kezadi». «Eshonning qorni beshdir, Biri hamisha bo‘shdir».(O‘zbek xalq maqollari, 1958, 12-bet). «Yotning qo‘lida bo‘lgan elning tili ham yot bo‘lar» — mustamlakachilik davrida xalqning hayotini ifodalaydi. Shu tariqa, biz uchun maqollar tarixiy voqealar, ijtimoiy jarayonlar va madaniy o‘zgarishlarni aks ettiruvchi qisqacha tarixiy manba sifatida xizmat qiladi. Ular orqali nafaqat o‘tmishdagi hayot tarzi va qadriyatlarni, balki hozirgi kun bilan tarixiy davrlarni taqqoslash imkoniyati ham yaratiladi. Bu orqali kishilarning, ayniqsa, yoshlarning ongini o‘stirish, ularni to‘g‘ri, rostgo‘y, mehnatsevar, mard, jasur, sabotli va matonatli bo‘lishga o‘rgatish mumkin. Maqollar kishidagi eng yaxshi insoniy fazilatlarni targ‘ib etadi. Shuningdek, yozuvchilar, shoirlar va notiqlarning so‘z boyliklarini orttiradi, ularning asarlarini badiiy jihatdan ta’sirli qiladi. 3. Xulosa.Natijada xalq tomonidan yaratilgan va avloddan avlodga o‘tib kelayotgan eng go‘zal maqollar millat donoligining yorqin namunasi sifatida bugungi kunda ham katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bunday maqollar zamonaviy aforizmlar va yangi xalq ijodiyoti bilan bir qatorda, xalqimizning ma’naviy boyligi va bebaho merosining muhim qismi hisoblanadi. Shu bilan birga, ayrim maqollar zamon talablariga mos kelmayotgani sababli asta-sekin o‘z qimmatini yo‘qotib bormoqda. Ammo ko‘plab maqollar, aksincha, bugungi sharoitda yangi mazmun kasb etmoqda. Sovet davrida paydo bo‘lgan maqollar va aforizmlarda esa, o‘sha davr hayoti, xalqning mehnat faoliyati va jamiyat qurilishidagi yutuqlari o‘z ifodasini topgan. Shuni ta’kidlash joizki, hozirgacha o‘zbek xalq maqollarining to‘liq, barcha variantlari bilan qamrab olingan mukammal to‘plami nashr etilmagan. Vaholanki, bugungi kunda bunday nashrga ehtiyoj katta bo‘lib, ularni ilmiy asosda yig‘ish va chop etish vaqti allaqachon yetgan.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Afzalov M., Xudoyberganov S., Ibrohimov S. O‘zbek xalq maqollari. — Toshkent: O‘zSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1958.
  2. Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘atit turk. — Toshkent: Fan, 1960.
  3. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MUSIQA TA’LIMDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(3), 607-613.
  4. Botirova Sevara Mamurovna, Tursunov Ramziddin Abdixalil o‘g‘li. (2025). MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI. MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI, 1(1), 98-102.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011408
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/416
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
519–521
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25