SHAHAR EKOLOGIK XAVFSIZLIGINI TA‘MINLASHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI
Madaminova Zarnigor Bakhtiyor kiziFarg‘ona Davlat Universiteti “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 495–498
Annotatsiya
Mazkur maqolada shahar ekologik xavfsizligini ta‘minlashda raqamlitexnologiyalarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Aholi sonining ortishi va sanoatlashuv jarayoniningtezlashuvi natijasida yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etishda raqamli yechimlar muhimahamiyat kasb etadi. Shuningdek, O‘zbekiston shaharlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishningafzalliklari va istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
Boshqa tillarda
ruschaРОЛЬ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ ГОРОДОВ
В данной статье рассматривается роль и значение цифровых технологий в обеспечении экологической безопасности городов. Цифровые решения имеют большое значение в решении экологических проблем, возникающих в связи с ростом населения и ускоренной индустриализацией. Также рассматриваются преимущества и перспективы внедрения цифровых технологий в городах Узбекистана.
inglizchaTHE ROLE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN ENSURING URBAN ECOLOGICAL SAFETY
This article discusses the role and importance of digital technologies in ensuring urban ecological safety. Digital solutions are of great importance in solving environmental problems arising from population growth and accelerated industrialization. The advantages and prospects of introducing digital technologies in the cities of Uzbekistan are also considered.
Kalit so‘zlar
- Raqamli texnologiyalar
- ekologik xavfsizlik
- aqlli shahar
- sun‘iy intellekt
- monitoring tizimi
- barqaror rivojlanish
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
SHAHAR EKOLOGIK XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O’RNI
Madaminova Zarnigor Baxtiyor qizi Farg’ona Davlat Universiteti “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” yo’nalishi 3-bosqich talabasi madaminovazarnigor139@gmail.com [telefon raqami yashirilgan] ORCID ID 0009-0002-4447-9431
Annotatsiya. Mazkur maqolada shahar ekologik xavfsizligini ta’minlashda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Aholi sonining ortishi va sanoatlashuv jarayonining tezlashuvi natijasida yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etishda raqamli yechimlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, O‘zbekiston shaharlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishning afzalliklari va istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: Raqamli texnologiyalar, ekologik xavfsizlik, aqlli shahar, sun’iy intellekt, monitoring tizimi, barqaror rivojlanish.
THE ROLE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN ENSURING URBAN ECOLOGICAL SAFETY
Annotation. This article discusses the role and importance of digital technologies in ensuring urban ecological safety. Digital solutions are of great importance in solving environmental problems arising as a
result of population growth and the acceleration of industrialization. The advantages and prospects of introducing digital technologies in the cities of Uzbekistan are also considered. Key words: Digital technologies, ecological safety, smart city, artificial intelligence, monitoring system, sustainable development.
РОЛЬ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ ГОРОДОВ
Аннотация. В данной статье рассматриваются роль и значение цифровых технологий в обеспечении экологической безопасности городов. Цифровые решения играют важную роль в решении экологических проблем, возникающих в связи с ростом населения и ускоренной индустриализацией. Также рассматриваются преимущества и перспективы внедрения цифровых технологий в городах Узбекистана. Ключевые слова: Цифровые технологии, экологическая безопасность, «умный город», искусственный интеллект, система мониторинга, устойчивое развитие.
KIRISH Bugungi kunda shaharlarning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, sanoat korxonalarining ko‘payishi va transport vositalaridan chiqayotgan chiqindilarning ortishi natijasida ekologik muammolar global darajada dolzarb masalaga aylanmoqda. Shahar ekologik xavfsizligini ta’minlash — nafaqat aholi salomatligini muhofaza qilish, balki barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash uchun ham muhim omildir. Raqamli texnologiyalar zamonaviy jamiyat hayotining barcha sohalariga chuqur kirib bormoqda. Ayniqsa, ekologik nazorat va monitoring tizimlarida raqamli yechimlardan foydalanish muhit holatini real vaqt rejimida kuzatish, tahlil qilish va oldindan prognozlash imkonini bermoqda. “Aqlli shahar” konsepsiyasi, sun’iy intellekt (AI) kabi texnologiyalar ekologik xavfsizlikni oshirishda, ifloslanish manbalarini aniqlash va ularni bartaraf etishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur tadqiqotda shahar ekologik xavfsizligini ta’minlashda raqamli texnologiyalarning o‘rni, ularning afzalliklari hamda O‘zbekiston shaharlarida joriy etish istiqbollari tahlil qilinadi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Hozirgi zamonda shaharlashtirish jarayoni misli ko‘rilmagan darajada tezlashmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2050-yilga kelib dunyo aholining qariyb 68 foizi shahar hududlarida istiqomat qilishi prognoz qilinmoqda. Ushbu jarayon iqtisodiy o‘sish va innovatsiyalarni rag‘batlantiruvchi omil sifatida ijobiy ta’sir ko‘rsatsa-da, atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy bosim o‘tkazmoqda. Bugungi kunda shaharlar global miqyosdagi issiqxona gazlari chiqindilarining 70 foizini ishlab chiqaradi hamda umumiy energiya iste’molining 60 foizini tashkil etadi. Natijada havo ifloslanishi, chiqindi muammolari, yashil maydonlarning qisqarishi va infratuzilmaning ortiqcha yuklanishi kabi holatlar shahar aholisi hayot sifatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sharoitda shaharlarni ekologik jihatdan barqaror, toza va yashash uchun qulay hududlarga aylantirish masalasi global miqyosda dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu nafaqat atrof-muhitni asrash, balki iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikni ta’minlash uchun ham muhim ahamiyatga ega. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari orasida, ayniqsa, 11-maqsad — “Barqaror shaharlar va jamoalar” ushbu masalaning ustuvorligini ifodalaydi So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarni ekologiya sohasiga joriy etish orqali shaharlarning ekologik xavfsizligini ta’minlashda sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Jahon miqyosida “aqlli shahar” konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan ekologik monitoring tizimlari atmosfera havosining sifati, suv resurslarining holati, chiqindilarni qayta ishlash darajasi va yashil hududlarning saqlanishini doimiy nazorat ostida ushlab turishga imkon bermoqda. Masalan, ayrim rivojlangan mamlakatlarda IoT texnologiyalari asosida o‘rnatilgan datchiklar havo tarkibini real vaqt rejimida o‘lchab, markaziy ma’lumotlar bazasiga uzatadi. Ushbu ma’lumotlar asosida sun’iy intellekt yordamida tahlillar olib boriladi va ekologik xavfsizlikka tahdid soluvchi holatlar oldindan aniqlanadi. O‘zbekiston shaharlarida ham so‘nggi yillarda ekologik monitoring tizimlarini raqamlashtirish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilmoqda. “Yashil makon” dasturi doirasida ekologik nazoratni kuchaytirish, chiqindilarni boshqarish tizimini optimallashtirish va avtomatik ma’lumot to‘plash qurilmalarini joriy etish ishlari boshlab yuborilgan. Shuningdek, raqamli xaritalar va GIS texnologiyalaridan foydalanish orqali
ekologik xavf darajasi yuqori bo‘lgan hududlarni aniqlash va ularda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish samaradorligi oshmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish ekologik boshqaruv tizimining shaffofligini ta’minlaydi, inson omilidan kelib chiqadigan xatoliklarni kamaytiradi hamda ekologik ma’lumotlarni tezkor va aniq tarzda tahlil qilish imkonini beradi. Bu esa shahar aholisi hayot sifatini yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishga erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy shaharlar duch kelayotgan ekologik muammolar soni va miqyosi ortib borayotganini ko‘rsatdi. Eng dolzarb muammolarga havo ifloslanishi, chiqindilar hajmining ortishi, iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi va biologik xilma-xillikning yo‘qolishi kiradi. Yashil infratuzilma shahar ekologik tizimini yaxshilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani aniqlandi. Yashil maydonlar nafaqat ekologik muvozanatni tiklaydi, balki aholining jismoniy hamda ruhiy salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish CO₂ chiqindilarini kamaytirish, energiya xavfsizligini mustahkamlash va iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlanishni ta’minlashda katta imkoniyatlar yaratadi. So‘nggi yillarda ushbu texnologiyalarning arzonlashuvi ularning joriy etilishini yanada rag‘batlantirmoqda. Aqlli transport tizimlari shahar transport emissiyalarini kamaytirish, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish hamda yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratishda o‘z samaradorligini isbotlamoqda. Shu bilan birga, aqlli shahar texnologiyalari — aqlli binolar, suv boshqaruvi tizimlari va energiya monitoringi — resurslardan samarali foydalanish va hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Olingan natijalar shaharlarni ekologik jihatdan toza va yashash uchun qulay qilish murakkab, ko‘p tarmoqli jarayon ekanini ko‘rsatadi. Shahar ekologik muammolari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, transport, sanoat va energiya sektorlaridagi o‘zgarishlar bir-birini kuchaytiradi. Shu sababli, kompleks va tizimli yondashuv zarur. Aqlli transport va shahar texnologiyalarining keng joriy etilishi energiya samaradorligini oshiradi, ammo ma’lumotlar xavfsizligi va shaxsiy hayot daxlsizligi masalalariga ham e’tibor qaratilishi lozim. Jamoatchilik ishtiroki barqaror rivojlanishning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, fuqarolarni ekologik qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb etish ekologik madaniyatni yuksaltiradi. Umuman olganda, ekologik xavfsiz shaharlarni shakllantirishda texnologik innovatsiyalar muhim ahamiyatga ega. Har bir shahar o‘zining geografik, iqtisodiy va madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda global tajribalarni moslashtirishi zarur. Masalan, Yevropa shaharlarida velosiped infratuzilmasi va jamoat transportini rivojlantirish orqali avtomobillardan foydalanishni kamaytirish natijasida havo sifati sezilarli darajada yaxshilangan. Ekologik eng qulay, foydalanishda oddiy va ayni paytda sog’liq foydali transport turi velosipeddir. Olimlarning hisoblashlaricha, agar har kuni ishga va o’qqishga avtomobillarning o’rniga velosipedda borilsa, har bir odam o’zining shaxsiy issiqxona gazlari chiqindilarini yiliga 1 t ga kamaytirishi mumkin. Velosipedlarda yurish ayniqsa Niderlandiyada, Daniyada, Norvegiyada, Shvetsiyada va Germaniyada urf bo’lgan. Masalan, Kopengagenda aholining 1/3 qismi ishga velosidedda boradilar. Amsterdamda 40 % aholi velosipeddan foydalanadi, ushbu shaharda velosiped yo’laklarining uzunligi 400 km ni tashkil etadi.. XULOSA Tadqiqot natijalari shaharlarni ekologik jihatdan toza va yashash uchun qulay qilish ko‘p qirrali, kompleks yondashuvni talab qiluvchi jarayon ekanini tasdiqlaydi. Shaharlashtirishning jadal sur’atlari va global ekologik muammolar bu sohada yangi strategiyalar ishlab chiqishni talab etadi. Barqaror rivojlanish uchun yashil infratuzilmani kengaytirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, samarali chiqindi boshqaruvi tizimini joriy etish, aqlli transport va raqamli shahar texnologiyalarini rivojlantirish zarur. O’zbekiston Prezidenti velosiped ishlab chiqarishni, veloyo’laklar sonini ko’paytirishni, veloyurishlarni ommalashtirish zarurligini ta’kidlaydilar. Prezident: “Bu sog’liqni mustahkamlaydi. Odamlarimiz faqat mashinada yurmasdan, ba’zan velosiped hhaydaganlarida ham yaxshi bo’lar edi. Unda yurish yurak faoliyatini yaxshilaydi, hayotni uzaytiradi. Shuning uchun ushbu korxonani ishga tushirishni tezlashtirish lozim”.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- M.Tillaboyeva, Iqlimiy sandiqcha 3.5 bob Toshkent 2019
- N.S.Abduvohidov, A.Z.Ganiyev “Geografiya ta’limi metodikasi” O’quv qo’llanma
- O.Q.Qudratovich “Sanoat Ekologiyasi” Toshkent 2003
- D.U. Isamuxammedova “Shahar va Qishloq rekonstruksiyalari” Toshkent-2018
- S.M.Turobjonov, M.M.Niyazova, T.T.Tursunov, “Sanoat Chiqindilarini Rekuperatsiya qilish texnologiyasi” Toshkent 2011
- O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MOHIYATI, MAQSADI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. (2025). Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 701-710.
- Tursunov Ramziddin Abdixalil-o’g’li. (2025). JAMIYAT HAYOTIDA IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 324-330.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011400
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/408
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 495–498
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25