Asosiy mazmunga o‘tish

UTISTIK SPEKTR BUZILISHI BO‘LGAN BOLALARDA NUTQNI SHAKLLANTIRISH UCHUN ABA TERAPIYASIDAN FOYDALANISH

Istamova Sitora Ne‘mat kiziSamarqand davlat tibbiyot universiteti assistent2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 487–489

Annotatsiya

Ushbu maqolada autistik spektr buzilishi (ASB) bo‘lgan bolalarda nutqnishakllantirish jarayonida ABA terapiyasidan (Applied Behavior Analysis) foydalanishning nazariy vaamaliy asoslari yoritilgan. Maqolada autizmga xos nutqiy rivojlanishdagi kechikish sabablari, xulq-atvortahlili asosidagi o‘qitish tamoyillari hamda ijobiy mustahkamlash texnikalarining ahamiyati tahlil qilingan.Shuningdek, ABA terapiyasi orqali bolalarda muloqotga kirishish, so‘z boyligini oshirish va ijtimoiysignallarga javob berish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy misollar keltirilgan. Tadqiqotnatijalari ABA terapiyasi nutqiy rivojlanishdagi kamchiliklarni kamaytirish, kommunikativkompetensiyani oshirish va autistik bolalarni ijtimoiy muhitga integratsiyalashda samarali metod ekanliginiko‘rsatadi.

Boshqa tillarda

ruschaПрименение АВА-терапии для улучшения речи у детей с расстройствами аутистического спектра

В данной статье рассматриваются теоретические и практические основы применения АВА-терапии (прикладного поведенческого анализа) в процессе развития речи у детей с расстройством аутистического спектра (РАС). Анализируются причины задержек развития речи, характерных для аутизма, принципы обучения на основе поведенческого анализа и важность методов позитивного подкрепления. Также приводятся практические примеры того, как АВА-терапия может помочь детям развить коммуникативные навыки, расширить словарный запас и научиться реагировать на социальные сигналы. Результаты исследования показывают, что АВА-терапия является эффективным методом уменьшения дефицита развития речи, повышения коммуникативной компетентности и интеграции детей с аутизмом в социальную среду.

inglizchaUSING ABA THERAPY TO IMPROVE SPEECH IN CHILDREN WITH AUTISM SPECTRUM DISORDERS

This article discusses the theoretical and practical foundations of using ABA therapy (Applied Behavior Analysis) in the process of speech development in children with autism spectrum disorder (ASD). The article analyzes the causes of speech development delays characteristic of autism, the principles of teaching based on behavior analysis, and the importance of positive reinforcement techniques. It also presents practical examples of how ABA therapy can help children develop communication skills, increase vocabulary, and respond to social cues. The results of the study show that ABA therapy is an effective method for reducing speech development deficits, increasing communicative competence, and integrating autistic children into the social environment.

Kalit so‘zlar

  • autistik spektr buzilishi
  • ABA terapiyasi
  • xulq-atvor tahlili
  • nutqni shakllantirish
  • ijobiy mustahkamlash
  • kommunikativ rivojlanish
  • logopedik korreksiya
  • maxsus pedagogika
  • bolalar reabilitatsiyasi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

AUTISTIK SPEKTR BUZILISHI BO‘LGAN BOLALARDA NUTQNI SHAKLLANTIRISH UCHUN ABA TERAPIYASIDAN FOYDALANISH

Istamova Sitora Ne'mat qizi Samarqand davlat tibbiyot universiteti assistent E-mail: sitor0818@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada autistik spektr buzilishi (ASB) bo‘lgan bolalarda nutqni shakllantirish jarayonida ABA terapiyasidan (Applied Behavior Analysis) foydalanishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Maqolada autizmga xos nutqiy rivojlanishdagi kechikish sabablari, xulq-atvor tahlili asosidagi o‘qitish tamoyillari hamda ijobiy mustahkamlash texnikalarining ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, ABA terapiyasi orqali bolalarda muloqotga kirishish, so‘z boyligini oshirish va ijtimoiy signallarga javob berish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy misollar keltirilgan. Tadqiqot natijalari ABA terapiyasi nutqiy rivojlanishdagi kamchiliklarni kamaytirish, kommunikativ kompetensiyani oshirish va autistik bolalarni ijtimoiy muhitga integratsiyalashda samarali metod ekanligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: autistik spektr buzilishi, ABA terapiyasi, xulq-atvor tahlili, nutqni shakllantirish, ijobiy mustahkamlash, kommunikativ rivojlanish, logopedik korreksiya, maxsus pedagogika, bolalar reabilitatsiyasi.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ABA-ТЕРАПИИ ДЛЯ ФОРМИРОВАНИЯ РЕЧИ У ДЕТЕЙ С РАССТРОЙСТВАМИ АУТИСТИЧЕСКОГО СПЕКТРА

Истамова Ситора Неъмат кизи Ассистент Самаркандского государственного медицинского университета E-mail: sitor0818@gmail.com

Аннотация: В статье рассматриваются теоретические и практические основы применения АВА-терапии (прикладного поведенческого анализа) в процессе формирования речи у детей с расстройствами аутистического спектра (РАС). В статье анализируются причины задержки речевого развития, характерной для аутизма, принципы обучения, основанного на поведенческом анализе, и важность методов позитивного подкрепления. Также приводятся практические примеры того, как АВА-терапия может помочь детям развить коммуникативные навыки, расширить словарный запас и реагировать на социальные сигналы. Результаты исследования показывают, что АВА-терапия является эффективным методом для коррекции дефицитов речевого развития, повышения коммуникативной компетентности и интеграции детей с аутизмом в социальную среду. Ключевые слова: расстройство аутистического спектра, АВА-терапия, поведенческий анализ, формирование речи, позитивное подкрепление, коммуникативное развитие, логопед, коррекционная педагогика, детская реабилитация.

USING ABA THERAPY TO DEVELOP SPEECH IN CHILDREN WITH AUTISM SPECTRUM DISORDERS

Istamova Sitora Ne'mat qizi Assistant, Samarkand State Medical University E-mail: sitor0818@gmail.com

Abstract: This article discusses the theoretical and practical foundations of the use of ABA therapy (Applied Behavior Analysis) in the process of speech formation in children with autism spectrum disorder (ASD). The article analyzes the causes of speech development delays characteristic of autism, the principles of teaching based on behavior analysis, and the importance of positive reinforcement techniques. It also provides practical examples of how ABA therapy can help children develop communication skills, increase vocabulary, and respond to social cues. The results of the study show that ABA therapy is an effective method for reducing speech development deficits, increasing communicative competence, and integrating autistic children into the social environment.

Keywords: autism spectrum disorder, ABA therapy, behavior analysis, speech formation, positive reinforcement, communicative development, speech therapy, special pedagogy, child rehabilitation. Kirish. Zamonaviy ta’lim va reabilitatsiya tizimida autistik spektr buzilishi (ASB) bo‘lgan bolalarning ijtimoiy, emotsional va kommunikativ rivojlanishiga e’tibor kuchayib bormoqda. Autizm sindromi bolaning atrofdagi olam bilan o‘zaro munosabat o‘rnatish qobiliyatiga, nutq faoliyatining rivojlanishiga hamda xulq-atvorini boshqarish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan nutqni shakllantirish va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish autistik bolalar bilan ishlashda eng muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi [1]. Nutq bu inson tafakkurining, ijtimoiy tajriba almashinuvining asosiy vositasi. Autistik bolalarda esa bu jarayonning tabiiy shakllanish mexanizmlari buzilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ular bilan ishlashda an’anaviy logopedik mashg‘ulotlardan tashqari, xulq-atvor tahlili asosidagi maxsus korreksion texnologiyalar, xususan ABA (Applied Behavior Analysis) terapiyasi samarali natijalar beradi. ABA terapiyasi – bu xulq-atvorni tahlil qilish, motivatsiyani oshirish va kerakli ijtimoiy hamda nutqiy ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich o‘rgatish metodologiyasidir. Ushbu yondashuvda asosiy maqsad bolaning mustaqil muloqot qilishini, so‘zlarni maqsadga muvofiq qo‘llashini, ijtimoiy signallarga javob qaytarish qobiliyatini rivojlantirishdir. Terapiya davomida bolaning har bir nutqiy reaksiyasi kuzatilib, ijobiy mustahkamlash (rag‘bat) orqali nutqiy faoliyat rag‘batlantiriladi. Masalan, bola kerakli so‘zni aytganda yoki ishora orqali to‘g‘ri murojaat qilganda, unga maqtov yoki kichik sovg‘a beriladi. Shu tariqa, ABA terapiyasi motivatsion o‘rganish mexanizmlari orqali nutqni bosqichma-bosqich shakllantiradi [2]. O‘zbekiston sharoitida autistik bolalar bilan ishlash so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda sinovdan o‘tgan ABA terapiya elementlari logopedik mashg‘ulotlar, ijtimoiy o‘yinlar va kognitiv rivojlantiruvchi dasturlar bilan integratsiya qilinmoqda. Respublika miqyosida maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari, defektologik markazlar va “Inson” markazlari qoshida ABA asosidagi individual mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa autistik bolalarning kommunikativ rivojlanishini sezilarli darajada yaxshilamoqda. Xorijiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ABA terapiyasi erta bosqichda qo‘llanilganda, autistik spektrdagi bolalarda so‘z boyligi 2–3 baravar ortadi, muloqotga kirishish chastotasi esa 60–70% ga oshadi [1]. Shu boisdan bu uslubni logopedik korreksion dasturlar bilan uyg‘unlashtirish nutq shakllanishini tezlashtiradi va bola ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli integratsiyalashuviga yordam beradi. Shunday qilib, ABA terapiyasi autistik spektr buzilishi bo‘lgan bolalarda nutqiy va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishda ilmiy asoslangan, samarali va individual yondashuvga ega metod hisoblanadi. Maqolada ushbu terapiyaning nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi va O‘zbekiston sharoitida joriy etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Autistik spektr buzilishi (ASB) bo‘lgan bolalarda nutqni shakllantirish masalasi so‘nggi o‘n yilliklarda ko‘plab xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning e’tibor markazida turibdi. Bu yo‘nalishda olib borilgan ilmiy izlanishlar asosan xulqatvor tahlili (ABA – Applied Behavior Analysis) uslubining samaradorligini amaliy dalillar asosida isbotlab bermoqda. Amerikalik olim B. F. Skinner tomonidan asos solingan xulq-atvor tahlili nazariyasi inson harakatlari va nutq shakllanishini stimulus–reaksiya–mustahkamlash zanjiri orqali izohlaydi. Tadqiqotchining ta’kidlashicha, nutqiy reaksiyalar ijobiy mustahkamlash orqali shakllanadi, bu esa autistik bolalar uchun eng tabiiy o‘rganish mexanizmini yaratadi [3]. Lovaas (1987) tomonidan olib borilgan tajriba natijalari ABA terapiyasining samaradorligini amaliy tarzda tasdiqlagan. U o‘tkazgan 40 soatlik intensiv ABA mashg‘ulotlari erta yoshdagi autistik bolalarning 47 foizida nutqiy rivojlanishni sezilarli yaxshilaganini qayd etgan. Bu tadqiqotdan so‘ng ABA terapiyasi butun dunyo bo‘ylab autistik bolalarni o‘qitish va reabilitatsiya qilishning asosiy metodlaridan biriga aylandi [4]. Shuningdek, Smith (2013) o‘z ishlarida ABA terapiyasining ijtimoiy moslashuv, so‘z boyligi va muloqot chastotasini oshirishdagi rolini tahlil qilib, bu metodning individual yondashuvni talab qiluvchi moslashuvchan tizim ekanligini ta’kidlaydi [5]. Uning fikricha, har bir bolaning psixofiziologik holati, qiziqishlari va emotsional ehtiyojlari asosida tuzilgan ABA dasturlari nutqiy rivojlanishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Mahalliy tadqiqotchi Rasulova N. M. (2023) esa O‘zbekiston sharoitida ABA terapiyasini logopedik mashg‘ulotlar bilan integratsiya qilish samaradorligini o‘rgangan. Uning fikricha, autistik bolalar bilan ishlashda ABA elementlarini o‘yin faoliyati, vizual materiallar va emotsional rag‘batlantirish bilan uyg‘unlashtirish ijobiy natijalar beradi. Shuningdek, Rasulova ABA yondashuvini mahalliy psixologik-pedagogik tizimga moslashtirish zarurligini ta’kidlaydi[6]. Umuman olganda, adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ABA terapiyasi autistik spektr buzilishida nutq shakllanishining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Uning samaradorligi ilmiy jihatdan isbotlangan bo‘lib, erta yoshdagi bolalarda intensiv mashg‘ulotlar orqali nutqiy va ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish imkonini beradi. O‘zbekiston olimlari tomonidan olib borilayotgan yangi

tadqiqotlar esa ABA terapiyasini mahalliy sharoitlarga moslashtirish orqali uni yanada samarali qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Autistik spektr buzilishi bo‘lgan bolalarda nutqni shakllantirish murakkab va bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, bunda bolaning individual psixologik va fiziologik xususiyatlarini chuqur tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Autistik bola odatda ijtimoiy muloqotga kam kirishadi, ko‘z aloqasini chetlab o‘tadi va nutqiy muloqotga tabiiy ehtiyojni kam his etadi. Shu sababli, ularning nutqini rivojlantirishda an’anaviy logopedik uslublar ko‘p hollarda yetarli natija bermaydi. Aynan shu nuqtada ABA terapiyasi o‘zining tizimli, motivatsion va individual yondashuvi bilan ajralib turadi. ABA terapiyasining mohiyati shundan iboratki, bola xulq-atvori tahlil qilinadi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi rag‘batlantiruvchi omillar aniqlanadi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan harakat yoki nutqiy reaksiya ijobiy mustahkamlash orqali qo‘llab-quvvatlanadi. Masalan, bola “ber” so‘zini to‘g‘ri ishlatganda, unga maqtov, o‘yinchoq yoki kichik sovg‘a beriladi. Shu tarzda, bola o‘zining harakatlari orqali maqsadga erishishni o‘rganadi va nutqiy faoliyat asta-sekin shakllana boshlaydi. Terapiya jarayonida nutqni rivojlantirish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabki bosqichda bolaning sezgi e’tiborini jalb qilish, tovushlarga javob berish, ishoralar va ko‘z kontakti o‘rnatish ko‘nikmalari mustahkamlanadi. Keyingi bosqichlarda esa oddiy so‘zlar, keyin esa so‘z birikmalari va qisqa gaplar o‘rgatiladi. Har bir bosqichda o‘rgatish jarayoni individual dastur asosida olib boriladi va bola muvaffaqiyat darajasiga qarab keyingi bosqichga o‘tadi. ABA terapiyasining muhim jihatlaridan biri shundaki, u o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashtiriladi. O‘yin jarayonida bola tabiiy muhitda so‘zlash, o‘z fikrini bildirish va ijtimoiy ishoralarga javob qaytarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu yo‘l bilan bola nutqni faqat o‘qitish jarayonida emas, balki kundalik hayotda ham faol qo‘llashni o‘rganadi. Shuningdek, terapiyada vizual materiallar kartochkalar, piktogrammalar, rasmlar va video namunalar keng qo‘llaniladi. Bu materiallar autistik bolalarning vizual idroki kuchli bo‘lgani uchun nutqiy ma’noni yaxshiroq tushunish va bog‘lash imkonini beradi. Masalan, “ichimlik” so‘zi bilan suv rasmi birgalikda qo‘llanilsa, bola so‘zning ma’nosini konkret predmet bilan bog‘laydi va uni oson eslab qoladi. Terapiya jarayonida ota-onalar va pedagoglarning ham faol ishtiroki zarur. Ular bola bilan kunlik muloqotda o‘rganilgan so‘z va iboralarni mustahkamlash, ijobiy muhit yaratish va har bir kichik yutug‘ini rag‘batlantirish orqali jarayonni davom ettiradilar. ABA terapiyasi doimiylikni talab qiladi, chunki bola o‘zlashtirgan nutqiy ko‘nikmalarni muntazam mashq qilish orqali mustahkamlab boradi. Amaliy kuzatuvlarga ko‘ra, ABA terapiyasi bilan erta yoshdan shug‘ullangan bolalarda nutqiy rivojlanishning tezlashuvi, so‘z boyligining ortishi, ko‘z kontakti va ijtimoiy ishoralarning yaxshilanishi kuzatiladi. Ular asta-sekin ijtimoiy muhitga moslasha boshlaydi, o‘z ehtiyojlarini so‘z bilan ifodalashga harakat qiladi. Eng muhimi, bu jarayon bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi va ijtimoiy adaptatsiyasini osonlashtiradi. Xulosa: Xulosa qilib aytganda, ABA terapiyasi autistik spektr buzilishi bo‘lgan bolalarda nutqni shakllantirish uchun ilmiy asoslangan, tizimli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvdir. U bolaning tabiiy o‘rganish mexanizmlarini faollashtirib, ijtimoiy muloqot va nutqiy kompetensiyalarni bosqichma-bosqich rivojlantirishga yordam beradi. Shu sababli, ushbu metodni logopedik mashg‘ulotlar, o‘yin texnologiyalari va ota-onalar bilan hamkorlikda qo‘llash autistik bolalar nutqini samarali rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Cooper, J. O., Heron, T. E., Heward, W. L. Applied Behavior Analysis. – 3rd ed. – Upper Saddle River: Pearson, 2020. – 912 p.
  2. Rasulova, N. M. Autizm sindromiga ega bolalarda nutqni rivojlantirishda xulq-atvor tahlili asosidagi usullar. – Toshkent: Ilm Ziyo nashriyoti, 2023. – 156 b.
  3. Skinner, B. F. Verbal Behavior. – New York: Appleton-Century-Crofts, 1957. – 476 p.
  4. Lovaas, O. I. Behavioral Treatment and Normal Educational and Intellectual Functioning in Young Autistic Children. – Journal of Consulting and Clinical Psychology, 1987, Vol. 55(1), pp. 3–9.
  5. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(1), 470-475.
  6. Ramziddin Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI HAMDA UNING MAZMUN-MOHIYATI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 36-40.
  7. Smith, T. Making Inclusion Work for Students with Autism Spectrum Disorders: An Evidence-Based Guide. – New York: Guilford Press, 2013. – 268 p.
  8. Rasulova, N. M. Autizm sindromiga ega bolalarda nutqni rivojlantirishda xulq-atvor tahlili asosidagi usullar. – Toshkent: Ilm Ziyo nashriyoti, 2023. – 156 b.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011397
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/405
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
487–489
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25