Asosiy mazmunga o‘tish

BIODIVERSITYNI SAQLASH VA EKOLOGIK BARQARORLIK

Sobirov Zufarjon Olimjon oglu, Kobiljonov Muhiddinjon Mirzohidjon ogluFarg‘ona Davlat Universiteti talabasi2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 475–479

Annotatsiya

Ushbu maqola biologik xilma-xillik (biodiversity) va uning ekologik barqarorlikdagiahamiyatini o‘rganishga qaratilgan.Unda biodiversityning ekotizimlar va inson faoliyatiga ta‘siri, ungatahdidlar va saqlash choralarining tahlili keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaСОХРАНЕНИЕ БИОРАЗНООБРАЗИЯ И ЭКОЛОГИЧЕСКАЯ УСТОЙЧИВОСТЬ

Данная статья посвящена изучению биоразнообразия и его важности для экологической устойчивости. В ней представлен анализ влияния биоразнообразия на экосистемы и деятельность человека, угроз для него и мер по его сохранению.

inglizchaCONSERVATION OF BIODIVERSITY AND ECOLOGICAL SUSTAINABILITY

This article focuses on the study of biodiversity and its importance in ecological sustainability. It presents an analysis of the impact of biodiversity on ecosystems and human activities, threats to it, and conservation measures.

Kalit so‘zlar

  • biologik xilma-xillik
  • ekotizim
  • ekologik barqarorlik
  • barqaror rivojlanish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, laboratoriya mashg‘ulotlari zamonaviy ta’limda texnik savodxonlikni oshirishning samarali shaklidir. Shuningdek, raqamli texnologiyalar bilan boyitilgan laboratoriya ishlari kelajakda o‘quvchilarni innovatsion fikrlashga, muhandislik faoliyatiga va ilmiy izlanishga tayyorlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimov B. R. Fizika ta’limida eksperimental metodlarning o‘rni va ahamiyati. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti, 2022. – B.156. 2. Niyozov A. A, Abdurahmonova S. M. STEM ta’limi va texnik kompetensiyalarni rivojlantirishda laboratoriya mashg‘ulotlarining roli // Ta’lim va innovatsiya ilmiy-uslubiy jurnali. – 2021. – №4. – B. 56– 62. 3. Abdurahimov J. A. Raqamli texnologiyalar yordamida fizika fanini o‘qitishning samaradorligini oshirish // Ilm va jamiyat ilmiy jurnali. – 2023. – №2. – B. 33–40. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish konsepsiyasi: Qaror №475, 2020-yil 9-avgust. – Toshkent, 2020. – 12 b. 5. OECD (Organisation for Economic Co-operation and Development). Future of Education and Skills 2030: OECD Learning Compass – Competence Framework. – Paris: OECD Publishing, 2021. – 85 p.

BIODIVERSITYNI SAQLASH VA EKOLOGIK BARQARORLIK

Sobirov Zufarjon Olimjon o‘g‘li Farg‘ona Davlat Universiteti talabasi Qobiljonov Muhiddinjon Mirzohidjon o‘g‘li Farg‘ona Davlat Universiteti talabasi

Annotatsiya Ushbu maqola biologik xilma-xillik (biodiversity) va uning ekologik barqarorlikdagi ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan.Unda biodiversityning ekotizimlar va inson faoliyatiga ta’siri, unga tahdidlar va saqlash choralarining tahlili keltirilgan. Kalit so‘zlar: biodiversity,biologik xilma-xillik, ekotizm, ekologik barqarorlik, barqaror rivojlanish.

BIODIVERSITY CONSERVATION AND ENVIRONMENTAL SUSTAINABILITY

Sobirov Zufarjon Olimjon ogli Fergana State University student Kobiljonov Muhiddinjon Mirzohidjon ogli Fergana State University student

Annotation this article focuses on the study of biodiversity (biodiversity) and its ecological significance sustainability.It provides an analysis of the impact of biodiversity on ecosystems and human activities, threats to it and conservation measures. Keywords: biodiversity,biodiversity,ecotism,environmental sustainability, sustainable development.

СОХРАНЕНИЕ БИОРАЗНООБРАЗИЯ И ЭКОЛОГИЧЕСКАЯ УСТОЙЧИВОСТЬ

Собиров Зуфаржон Олимджон оглы Студент Ферганского государственного университета Кабилджанов Мухиддинжон Мирзохиджон оглы Студент Ферганского государственного университета

Аннотация эта статья посвящена изучению биоразнообразия (биоразнообразия) и его важности для экологической устойчивости.В нем представлен анализ влияния биоразнообразия на экосистемы и деятельность человека, угрозы для него и меры по сохранению. Ключевые слова: биоразнообразие, биоразнообразие, экотизм, экологическая устойчивость, устойчивое развитие.

___________________________________________________________________ 475

Biologik xilma-xillik ya’ni (biodiversity)-ekotizmlar va insoniyat uchun, uning hayoti uchun shubxasiz asosiy omillardan biridir.U dunyo miqiyosidadagi barcha turli hayvonlar va o‘simlik turlarini,ularning genetic resurslarini va tabiiy ekotizmlarni o‘z ichiga oladi.Ekologik barqarorlikni ta’minlashda biodiversityning o‘rni beqiyosdir,chunki u oziq zanjiri,oziq-ovqat xavfsizligi va tabiiy resurslarning muvozanatini saqlaydi. Biodiversityning ahamiyati shundan iboratki,biodiversity ekotizmlarning barqarorligini ta’minlaydi,tuproq unumdorligi,suv sifati va havoning tozaligiga ijobiy ta’sir qiladi.Shuningdek, u inson faoliyati,qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida iqtisodiy foyda keltiradi.Shuningdek genetik xilma-xillik esa turlarni kasalliklarga chidamli qilishi va yangi dori vositalarini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Biodiversityga tahdidlarni ham alohida aytib o‘tish zarur.Biologik xilma-xillikga dunyo miqiyosida asosan yirik tahdidlar kuzatiladi.Bunday tahdidlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Iqlim o‘zgarishlari O‘rmonlarning kesilishi Chiqindilar bilan ifloslanish Global isish va ekstremal ob- Daraxtlarning haddan ziyod Suv va tuproq ifloslanishi havo hodisalari turli turlarning ortiqcha kesilishi,u yerdagi o‘simlik va hayvon turlariga yashash uhitini buzadi salbiy ekotizmga ta’sir etadi salbiy ta’sir ko‘rsatadi

Biologik xilma-xillikni saqlash ekotizmlar barqarorligini ta’minlash va insoniyat hayotiy faoliyati uchun muhimdir.Bu sohada bir qator samarali choralar mavjud: • Tabiiy muhofaza qilinadigan hududlarni yaratish va kengaytirish misol uchun milliy parklar,qo‘riqxonalar va biosfera rezervatlari biologik xilma-xillikni himoya qiladi.Bu hududlarda odam faoliyati cheklanishi,turlar yashash muhiti va tabiiy muhit barqarorligi saqlanishi ta’minlanadi. • Qonuniy siyosiy choralar, turlar va ularning yashash muhitini himoya qiluvchi milliy va xalqaro qonunlar,ekotizm monitoringi va ekologik standartlar,himoyya hududlaridagi faoliyatni nazorat qilish. • Barqaror qishloq xo‘jaligi va yashil texnologiyalar. • Restavratsiya va qayta tiklash ishlari. • Ta’lim va jamoatchilik ishtiroki Ushbu choralarning samarali amalga oshirilishi ekotizmlarning barqarorligini saqlash,turlarni to‘qotishdan himoya qilish va insoniyatning ekologik xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Biodiversityni saqlash ekologik barqarorlik va insoniyatning barqaror rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega.Turli turlarning saqlanishi ekotizm muvozanatini,oziq zanjirini va tabiiy resurslarning barqarorligini ta’minlaydi.Shu sababli,qonuniy choralar,eklogik bilimni oshirish va barqaror texnologiyalarni joriy etish zarur.

1.O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. (2023). Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma'ruza: 2. “Ekologik barqarorlikni ta’minlash ustuvor vazifa”. “Xalq so‘zi” 05 iyun 2018 yil soni. 3.Smith J. Climate Change and Ecosystems. London: Earth Press, 2019 4. . Johnson L. Global Warming Effects. New York: Academic Press, 2021. 5. O‘.E.Xo‘janazarov,Sh.T.Yakubjonova Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish. o‘quv qo‘llanma. Toshkent. Barkamok fayz media. 2018 6. https://birunijournal.uz/ internet sayti ma’lumotlari 7.O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MOHIYATI, MAQSADI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. (2025). Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 701-710. 8.Tursunov Ramziddin Abdixalil-o’g’li. (2025). JAMIYAT HAYOTIDA IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 324-330.

___________________________________________________________________ 476

TIL O’RGANISHDA TINGLAB TUSHUNISH KO’NIKMASINI RIVOJLANTIRISHDA MUSIQIY DARSLARNING O’RNI

Xolliyeva Mohichehra Rustam qizi Termiz davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti maktabgacha va boshlang’ich ta’limda ingliz tili yo’nalishi 3-kurs talabasi

Annotatsiya:Ushbu maqolada til o‘rganishda tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda musiqiy darslarning roli o‘rganiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, musiqaning ritm, intonatsiya va tovush naqshlarini idrok etish jarayoni tilni eshitish va tushunish bilan chambarchas bog‘liq. Maqolada musiqiy metodlar orqali tinglab tushunish ko‘nikmasini oshirishning samarali usullari, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari va amaliy tajribalar keltiriladi. Shu bilan birga, musiqiy mashg‘ulotlar motivatsiya, madaniy anglash va ijodkorlikni rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari musiqani til o‘qitishda innovatsion, interaktiv va talaba markazli yondashuv sifatida qo‘llashning samaradorligini tasdiqlaydi. Kalit so‘zlar: musiqiy darslar, til o‘rganish, tinglab tushunish, innovatsion metodlar, zamonaviy texnologiyalar.

THE ROLE OF MUSIC LESSONS IN DEVELOPING LISTENING SKILLS IN LANGUAGE LEARNING

Xolliyeva Mohichehra Rustam qizi Termiz State Pedagogical Institute Faculty of Languages, English Language in Preschool and Primary Education Program 3rd-year Student

Abstract:This article explores the role of music lessons in developing listening skills in language learning. Research indicates that perceiving rhythm, intonation, and sound patterns in music is closely linked to auditory comprehension in language acquisition. The paper examines effective methods for enhancing listening skills through musical approaches, opportunities for using modern technologies, and practical classroom experiences. Additionally, it emphasizes that music lessons contribute to increased motivation, cultural awareness, and creativity among learners. The findings confirm the effectiveness of using music as an innovative, interactive, and student-centered approach in language teaching. Keywords: music lessons, language learning, listening skills, innovative methods, modern technologies.

ИЗУЧЕНИЕ ЯЗЫКА И РАЗВИТИЕ НАВЫКОВ АУДИРОВАНИЯ С ПОМОЩЬЮ МУЗЫКАЛЬНЫХ УРОКОВ

Холлиева Мохичехра Рустам кизи Государственный педагогический институт г. Термиза Факультет языков, направление «Английский язык в дошкольном и начальном образовании» Студентка 3 курса

Аннотация: В данной статье исследуется роль музыкальных занятий в развитии навыков аудирования при изучении иностранного языка. Исследования показывают, что восприятие ритма, интонации и звуковых моделей музыки тесно связано с восприятием и пониманием языка. В статье рассматриваются эффективные методы повышения навыков аудирования с помощью музыкальных подходов, возможности использования современных технологий и практический опыт. Кроме того, подчеркивается, что музыкальные занятия способствуют повышению мотивации, культурного понимания и творческих способностей учащихся. Результаты исследования подтверждают эффективность применения музыки как инновационного, интерактивного и ориентированного на студента подхода к преподаванию языка.

___________________________________________________________________ 477

Ключевые слова: музыкальные занятия, изучение языка, аудирование, инновационные методы, современные технологии. Hozirgi globallashuv davrida xorijiy tillarni o‘rganish inson faoliyatining ajralmas qismiga aylandi. Til o‘rganish jarayonida tinglab tushunish ko‘nikmasi kommunikativ kompetensiyaning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu sababli zamonaviy ta’limda turli innovatsion yondashuvlar, jumladan, musiqiy darslardan foydalanish orqali tinglash qobiliyatini rivojlantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Musiqa o‘quvchini emotsional jihatdan faollashtiradi, tilning ohangdorligini his qilishga yordam beradi va shu orqali so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, intonatsiyani tushunish hamda madaniy kontekstni anglash imkonini yaratadi. Musiqa va til o’rganish o’rtasidagi bog’liqlik Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, musiqani idrok etish va tilni o‘rganish jarayonlari o‘xshash neyron yo‘llar orqali amalga oshadi. Masalan, Patel (2008) ta’kidlaganidek, musiqiy ritm va tildagi intonatsiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tinglovchi miyasida tovushlarni ajratish va tushunish jarayonini faollashtiradi. Shu boisdan, musiqiy mashg‘ulotlar til o‘rganishda tinglab tushunish ko‘nikmasini mustahkamlashda samarali vosita bo‘la oladi. O‘quvchilar qo‘shiqlarni tinglash orqali yangi so‘zlar, grammatik tuzilmalar va talaffuz namunalari bilan tanishadi. Darsliklarga listening ( eshitib tushunish) topshiriqlari berilishi ham bekorga emas. Hatto kichik sinflarda ham bunaqa topshiriqlar bor. Bunaqa topshirqlar kelajakda ularni eshitib tushunish qobiliyatini oshirishda yordam beradi. Musiqa orqali tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish metodlari Til o‘qituvchilari musiqani dars jarayoniga turli shakllarda qo‘shishlari mumkin. Masalan, qo‘shiqlarning matnini tahlil qilish, bo‘sh joylarni to‘ldirish mashqlari, qo‘shiqdagi so‘zlarni tinglab yozish yoki tarjima qilish faoliyatlari tinglab tushunish qobiliyatini sezilarli darajada rivojlantiradi. Harper (2011) fikricha, musiqiy faoliyatlar orqali o‘quvchilarning eshitish e’tibori kuchayadi, bu esa ularning lingvistik idrokini oshiradi. Bundan tashqari, qo‘shiqlar o‘quvchini real nutq tezligiga moslashishga o‘rgatadi. Musiqa va talaffuzni rivojlantirish Musiqa darslari o‘quvchilarga talaffuzni yaxshilashda ham yordam beradi. Qo‘shiqlarni tinglash va qayta-qayta kuylash orqali o‘quvchilar yangi tovushlarni aniq ajratishni o‘rganadi. Shu bilan birga, ritm va intonatsiya ularning nutq ohangini tabiiylashtiradi, bu esa haqiqiy muloqotda samarali bo‘lishini ta’minlaydi.Qo’shiqdagi so’zlar qachon qayerda foydalanganligiga qarab tajriba oshiradilar hamda so’zlarning ma’nosini ham o’rganadilar. Bu so’zlar faol hisoblanadi. Chunki ular qo’shiqni aytgani sayin so’zlar yodida qoladi va uni faol qo’llab gaplar tuza oladi. Bu esa ularni gapirish( gapirish ) mahoratiga yordam beradi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari Raqamli texnologiyalar til o‘rganish jarayonini yanada samarali va interaktiv qiladi. YouTube, Spotify, LyricsTraining yoki Duolingo kabi platformalarda musiqiy materiallardan foydalanish o‘quvchilarga mustaqil tinglab o‘rganish imkonini beradi. Mobil ilovalar yordamida o‘quvchilar qo‘shiqlarni qayta-qayta tinglab, yangi so‘zlarni kontekstda o‘rganadilar. Shuningdek, virtual haqiqat (VR) texnologiyalari orqali o‘quvchilar madaniy muhitni yanada chuqurroq his etishlari mumkin. Bu jarayon o‘rganilayotgan tilga tabiiy ravishda singish imkonini yaratadi. Amaliy tajribalar va o‘quv jarayonidagi natijalar So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar musiqiy darslar yordamida til o‘rganish samaradorligi oshganini ko‘rsatmoqda. Masalan, Mora (2000) tomonidan o‘tkazilgan tajribalarda musiqiy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning tinglab tushunish ko‘nikmasini 20 foizga yaxshilagan. Shuningdek, o‘qituvchilar musiqadan foydalanganda darslarda o‘quvchilarning ishtiroki va motivatsiyasi sezilarli darajada ortgani aniqlangan. Bu esa musiqaning faqat didaktik emas, balki psixologik jihatdan ham ijobiy ta’sirga ega ekanini tasdiqlaydi. Til o‘rganishda tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish jarayonida musiqiy darslarning ahamiyati beqiyosdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, musiqaning ritm, intonatsiya va tovush naqshlarini idrok etish jarayoni tilni eshitish va tushunish bilan bevosita bog‘liq. Musiqa yordamida o‘quvchilar nafaqat yangi so‘z va iboralarni o‘rganadilar, balki talaffuz, intonatsiya va nutq ohangini yanada tabiiylashtiradilar. Shu bilan birga, musiqiy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning emotsional holatini ijobiy ta’sir qiladi, motivatsiyasini oshiradi va o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli qiladi. Zamonaviy ta’limda interaktiv va talaba markazli yondashuvlar juda muhim. Musiqa darslarida zamonaviy texnologiyalar — onlayn platformalar, mobil ilovalar va raqamli resurslardan foydalanish — tinglab tushunish ko‘nikmasini mustahkamlashga yordam beradi. Bu usullar o‘quvchining mustaqil o‘rganish qobiliyatini rivojlantiradi,

___________________________________________________________________ 478

vaqt va joyga bog‘liq bo‘lmagan samarali mashg‘ulotlarni tashkil etishga imkon yaratadi. Shuningdek, musiqiy darslar o‘quvchilarni madaniy jihatdan boyitadi. Qo‘shiqlar va musiqiy asarlar orqali ular til bilan birga ma’lum bir xalqning an’analarini, madaniy qadriyatlarini va hissiy ifodalarini o‘rganadilar. Bu esa til o‘rganish jarayonini yanada mazmunli va chuqur qiladi.Amaliy jihatdan, musiqiy mashg‘ulotlar o‘qituvchilar uchun ham samarali metod hisoblanadi. Qo‘shiqlar, karaoke, interaktiv o‘yinlar va ijodiy mashg‘ulotlar orqali tinglab tushunish ko‘nikmasini mustahkamlash mumkin. O‘quvchilarning faol ishtiroki va ijodkorligi oshadi, ular tilni tabiiy va qiziqarli kontekstda o‘zlashtiradilar.Shu bilan birga, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, musiqiy metodlar nafaqat tilni eshitish va tushunish ko‘nikmasini rivojlantiradi, balki o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini, ijtimoiy muloqot qobiliyatini va madaniy anglashini ham oshiradi. Bu esa ularni global muhitda samarali muloqot qila oladigan shaxslar sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, musiqiy darslar til o‘rganish jarayonining ajralmas qismi bo‘lishi lozim. Ular innovatsion, interaktiv va talaba markazli yondashuvlarni qo‘llash imkonini yaratadi, o‘quvchilarning til o‘rganish motivatsiyasini oshiradi va o‘rganish jarayonini yanada tabiiy va samarali qiladi. Shu boisdan, musiqani til o‘qitish jarayoniga integratsiyalash zamonaviy pedagogikaning talablariga mos keladigan eng samarali usullardan biridir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar11 ta adabiyot

  1. Davronova, Z. B. Q. (2025). Xalq qo‘shiqlaridan ta’lim jarayonida foydalanishning pedagogik imkoniyatlari. Ilmiy maqola.
  2. Abdumannon, M. (2021?). Musiqa madaniyati dars faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish yo‘llari. JDPI Musiqa ta’limi kafedrasi.
  3. “Musiqa o‘qitish metodikasi” (2024). Toshkent: NamDU nashriyoti.
  4. “Musiqa o‘qitish nazariyasi, metodikasi va maktab repertuari” (…). Toshkent: [nashriyot].
  5. “Musiqa madaniyati” darslarida o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari (2023). “Ta’lim Fido-yilari” jurnali, 1, 214‑223
  6. Zamonaviy musiqa o‘qituvchisi ning pedagogik muloqati va uning ta'lim jarayonidagi ahmiyati, Jurakulova N. F. (2024).
  7. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQA SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHDA MULTIMODAL YONDASHUVNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 380-388.
  8. R.A.Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYGʻUNLIGINING IJTIMOIY MUHITGA TA’SIRI. ZAMONAVIY FAN: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA YOSH TADQIQOTCHILARNING DOLZARB IZLANISHLARI, 1(1), 16-19.
  9. Musiqa madaniyati darslarida zamonaviy metodlardan foydalanish usullari, Raimjonov S. (2022).
  10. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘qituvchining pedagogik mahoratini shakllantirishda qo‘llashning samaradorligi, Otajonova D., & Olimova D. (2025).
  11. Pedagogikada “Musiqiy ta’lim metodikasi” kursining o‘rni, Raimjonov S. (2021).

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011394
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/401
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
475–479
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25