FIZIKADAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI YORDAMIDA O‘QUVCHILARNING TEXNIK KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Madina Murodjon kizi SoliyevaNamPI mustaqil izlanuvchisi2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 472–475
Annotatsiya
Ushbu maqolada fizika fanini o‘qitishda laboratoriya mashg‘ulotlariningo‘quvchilarning texnik va kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan.Tadqiqot davomida laboratoriya mashg‘ulotlari orqali texnik fikrlash, tajriba o‘tkazish, o‘lchov asboblaribilan ishlash, muammoli vaziyatlarni yechish hamda natijalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishimkoniyatlari o‘rganilgan. Maqolada zamonaviy o‘quv jarayonida tajriba asosidagi o‘qitish metodlari,axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash va integratsion yondashuvning samaradorligiyoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaРАЗВИТИЕ ТЕХНИЧЕСКИХ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ СТУДЕНТОВ ПОСРЕДСТВОМ ЛАБОРАТОРНЫХ РАБОТ ПО ФИЗИКЕ
В данной статье анализируется роль и значение лабораторных работ в формировании технических и профессиональных компетенций студентов в преподавании физики. Исследование рассматривает возможности развития технического мышления, проведения экспериментов, работы с измерительными приборами, решения проблемных ситуаций и анализа результатов посредством лабораторных работ. В статье подчеркивается эффективность методов экспериментального обучения, использования информационно-коммуникационных технологий и интегрированного подхода в современном образовательном процессе.
inglizchaDEVELOPMENT OF STUDENTS‘ TECHNICAL PROFESSIONAL COMPETENCES THROUGH PHYSICS LABORATORY WORKSHOPS
This article analyzes the role and importance of laboratory exercises in the formation of students‘ technical and professional competencies in teaching physics. The study explores the possibilities of developing technical thinking, conducting experiments, working with measuring instruments, solving problem situations, and analyzing results through laboratory exercises. The article highlights the effectiveness of experiential learning methods, the use of information and communication technologies, and an integrated approach in the modern educational process.
Kalit so‘zlar
- fizika ta‘limi
- laboratoriya mashg‘ulotlari
- texnik kompetensiya
- kasbiy ko‘nikma
- eksperimental ta‘lim
- o‘lchov texnologiyalari
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
FIZIKADAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI YORDAMIDA O‘QUVCHILARNING TEXNIK KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Soliyeva Madina Murodjon qizi NamPI mustaqil izlanuvchisi madinasoliyeva88@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada fizika fanini o‘qitishda laboratoriya mashg‘ulotlarining o‘quvchilarning texnik va kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida laboratoriya mashg‘ulotlari orqali texnik fikrlash, tajriba o‘tkazish, o‘lchov asboblari bilan ishlash, muammoli vaziyatlarni yechish hamda natijalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganilgan. Maqolada zamonaviy o‘quv jarayonida tajriba asosidagi o‘qitish metodlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash va integratsion yondashuvning samaradorligi yoritilgan. Kalit so‘zlar: fizika ta’limi, laboratoriya mashg‘ulotlari, texnik kompetensiya, kasbiy ko‘nikma, eksperimental ta’lim, o‘lchov texnologiyalari.
РАЗВИТИЕ ТЕХНИЧЕСКИХ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ УЧАЩИХСЯ С ПОМОЩЬЮ ЛАБОРАТОРНЫХ ЗАНЯТИЙ ПО ФИЗИКЕ
Солиева Мадина Муроджон кизи Независимый соискатель Наманганского государственного педагогического института madinasoliyeva88@gmail.com Аннотация. В данной статье проанализирована роль и значение лабораторных занятий по физике в формировании технических и профессиональных компетенций учащихся. В ходе исследования изучены возможности развития технического мышления, навыков проведения экспериментов, работы с измерительными приборами, решения проблемных ситуаций и анализа полученных результатов посредством лабораторных занятий. В статье освещается эффективность экспериментальных методов обучения, использование информационно-коммуникационных технологий и интегративного подхода в современном образовательном процессе. Ключевые слова: обучение физике, лабораторные занятия, техническая компетенция, профессиональные навыки, экспериментальное обучение, измерительные технологии.
DEVELOPING STUDENTS’ TECHNICAL AND PROFESSIONAL COMPETENCIES THROUGH PHYSICS LABORATORY PRACTICES
Soliyeva Madina Murodjon qizi Independent Researcher, Namangan State Pedagogical Institute madinasoliyeva88@gmail.com
Abstract. This article analyzes the role and importance of laboratory activities in teaching physics for the development of students’ technical and professional competencies. The study explores opportunities to enhance technical thinking, experimental skills, the use of measuring instruments, problem-solving abilities, and the analysis of experimental results through laboratory-based learning. The paper also highlights the effectiveness of experimental teaching methods, the use of information and communication technologies, and the integrative approach in modern educational processes. Keywords: physics education, laboratory activities, technical competence, professional skills, experimental learning, measurement technologies.
KIRISH Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning nafaqat nazariy bilimlarini, balki amaliy, texnik va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Ayniqsa, fizika fani tabiiy-ilmiy tafakkurni shakllantirishda, texnologik savodxonlikni oshirishda va o‘quvchilarda kasbiy yo‘nalish motivatsiyasini kuchaytirishda alohida o‘rin tutadi. Fizika laboratoriya mashg‘ulotlari o‘quvchilarni amaliy faoliyatga jalb etadi, ularni tajriba o‘tkazish, o‘lchash, natijani tahlil qilish, xatolikni hisoblash kabi texnik jarayonlarga tayyorlaydi. Bu esa o‘z navbatida texnik tafakkurni, muhandislik yondashuvini va analitik fikrlashni rivojlantiradi. Shu sababli, fizika laboratoriyalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va raqamli texnologiyalarni tatbiq etish ta’lim sifatini oshirish bilan bir qatorda o‘quvchilarning kasbiy salohiyatini ham kengaytiradi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI So‘nggi yillarda ta’lim jarayonida kompetensiya asosidagi yondashuv, ayniqsa texnik va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish yo‘nalishida ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga doir konseptual hujjatlarda (Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-avgustdagi 475-son qarori) [4] amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, nazariya va amaliyotning uzviyligini ta’minlash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Karimov [1] o‘z tadqiqotida fizika ta’limida eksperimental metodlarning o‘quvchilarda tahliliy fikrlash, o‘lchash aniqligi va tajriba o‘tkazish madaniyatini shakllantirishdagi o‘rnini yoritadi. Muallif fikricha, laboratoriya mashg‘ulotlari — bu nafaqat fan o‘zlashtirish vositasi, balki o‘quvchining kasbiy kompetensiyasini rivojlantiruvchi amaliy maydon hamdir. Niyozov va Abdurahmonova [2] tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda esa laboratoriya mashg‘ulotlari STEM ta’limi konsepsiyasi doirasida tahlil qilinib, texnik tafakkurni rivojlantirish, muhandislik fikrini shakllantirish va jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Ular laboratoriya mashg‘ulotlarini loyiha asosida tashkil etish orqali o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini kompleks shakllantirishni taklif etadilar. Abdurahimov [3] raqamli texnologiyalarni fizika darslariga joriy etishning afzalliklarini ko‘rsatib, virtual laboratoriyalar va simulyatsiyalar orqali o‘quvchilarning eksperimental fikrlashini rivojlantirish mumkinligini asoslab bergan. Unga ko‘ra, raqamli o‘lchov vositalari va ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash tizimlari o‘quvchilarning texnik savodxonligini oshiradi va kasbiy faoliyatga tayyorlaydi.
OECD [5] tomonidan taqdim etilgan “Future of Education and Skills 2030” kompetensiyalar modeli ham ta’limda texnik, kognitiv va ijtimoiy kompetensiyalarni integratsiyalash zarurligini asoslaydi. Ushbu yondashuvga ko‘ra, laboratoriya faoliyati o‘quvchilarga muammoni aniqlash, yechim topish, ma’lumotlarni tahlil qilish va qaror qabul qilish kabi universal ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi. Shuningdek, xalqaro tajribalar (Finlyandiya, Janubiy Koreya, Singapur ta’lim tizimlari misolida) shuni ko‘rsatadiki, laboratoriya ishlari ta’limning ajralmas qismi sifatida o‘quvchilarda nafaqat texnik ko‘nikmalar, balki tadqiqot madaniyatini ham shakllantiradi. Bu tajribalar o‘z navbatida O‘zbekiston ta’lim tizimida ham laboratoriya mashg‘ulotlarini modernizatsiya qilish zarurligini ko‘rsatadi. Yuqoridagi adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, laboratoriya mashg‘ulotlari: o‘quvchilarning texnik fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, kasbiy yo‘nalish motivatsiyasini kuchaytiradi, axborot bilan ishlash, tahlil qilish va natijalarni taqdim etish ko‘nikmalarini shakllantiradi, zamonaviy texnologiyalar yordamida innovatsion ta’lim muhitini yaratadi. Demak, mavjud ilmiy manbalarda laboratoriya mashg‘ulotlari texnik kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda asosiy vosita sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa-da, ularning amaliy mexanizmlarini mahalliy ta’lim sharoitida tadbiq etish masalasi hali to‘liq o‘rganilmagan. Shu jihatdan mazkur tadqiqot ushbu yo‘nalishda yangi amaliy yondashuvni taklif etadi. Tadqiqotda sifat va miqdoriy tahlil metodlari uyg‘un qo‘llanildi. Ish davomida 10–11-sinf o‘quvchilari ishtirokida laboratoriya mashg‘ulotlari tashkil etildi. Darslar uch bosqichda olib borildi: 1. Tayyorlov bosqichi – o‘quvchilarga tajribaning maqsadi, asboblar va xavfsizlik qoidalari tushuntirildi. 2. Amaliy bosqich – o‘quvchilar mustaqil tarzda tajribalarni o‘tkazib, o‘lchovlarni amalga oshirdilar. 3. Tahlil bosqichi – o‘quvchilar natijalarni hisoblab, xatoliklarni tahlil qildilar va hisobot yozdilar. Tajribalarda “Nyuton qonunlarini tekshirish”, “Om qonuni”, “Mexanik energiya saqlanishi”, “Issiqlik almashinuvi qonuni” kabi klassik laboratoriya ishlari, shuningdek, raqamli sensorlar yordamida o‘tkazilgan zamonaviy tajribalar ishlatildi. Baholashda kompetensiya asosidagi yondashuv qo‘llanilib, o‘quvchilarning quyidagi ko‘rsatkichlari o‘lchandi: 1. Tajriba o‘tkazish malakasi. 2. Asbob bilan ishlash aniqligi. 3. Ma’lumotlarni tahlil qilish va natija chiqarish qobiliyati. 4. Texnik tafakkur va muhandislik mantiqining shakllanish darajasi. Ma’lumotlar so‘rovnomalar, amaliy topshiriqlar natijalari va o‘quvchilarning reflektiv yozuvlari asosida yig‘ildi. NATIJALAR VA MUHOKAMA Tadqiqot natijalariga ko‘ra, laboratoriya mashg‘ulotlari o‘quvchilarning texnik kompetensiyalarini sezilarli darajada oshirgan. Ayniqsa, o‘lchov asboblari bilan ishlash, o‘lchov xatolarini aniqlash va natijani ilmiy asosda tahlil qilish ko‘nikmalari 35–40% ga yaxshilangan. O‘quvchilarning tajriba asosidagi o‘qitish jarayoniga bo‘lgan qiziqishi ham ortgan. Ularning 78% laboratoriya mashg‘ulotlari kasbiy yo‘nalish tanlashga ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlagan. Muhokamalarda shuningdek quyidagi jihatlar aniqlangan: 1. Amaliy yondashuv o‘quvchilarni faollikka undaydi va mustaqil o‘rganish motivatsiyasini kuchaytiradi. 2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar) texnik tafakkurni rivojlantirishda samarali yordamchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. 3. Integratsion yondashuv – fizika, informatika va texnologiya fanlarining uzviy bog‘lanishi kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda yuqori natija beradi. Bundan tashqari, laboratoriya jarayonida o‘quvchilar orasida jamoaviy ish ko‘nikmalari ham mustahkamlandi. Guruhli ishlar orqali ular texnik muammolarni birgalikda hal qilish, mas’uliyatni bo‘lishish va natijani himoya qilishni o‘rgandilar. XULOSA Fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlari o‘quvchilarning texnik kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda muhim omil bo‘lib, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan bog‘laydi. U o‘quvchilarda o‘lchov madaniyatini, eksperimental fikrlashni, muammoli vaziyatlarni hal etish qobiliyatini va kasbiy yo‘nalishga qiziqishni rivojlantiradi.
Tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, laboratoriya mashg‘ulotlari zamonaviy ta’limda texnik savodxonlikni oshirishning samarali shaklidir. Shuningdek, raqamli texnologiyalar bilan boyitilgan laboratoriya ishlari kelajakda o‘quvchilarni innovatsion fikrlashga, muhandislik faoliyatiga va ilmiy izlanishga tayyorlaydi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Karimov B. R. Fizika ta’limida eksperimental metodlarning o‘rni va ahamiyati. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti, 2022. – B.156.
- Niyozov A. A, Abdurahmonova S. M. STEM ta’limi va texnik kompetensiyalarni rivojlantirishda laboratoriya mashg‘ulotlarining roli // Ta’lim va innovatsiya ilmiy-uslubiy jurnali. – 2021. – №4. – B. 56–
- Abdurahimov J. A. Raqamli texnologiyalar yordamida fizika fanini o‘qitishning samaradorligini oshirish // Ilm va jamiyat ilmiy jurnali. – 2023. – №2. – B. 33–40.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish konsepsiyasi: Qaror №475, 2020-yil 9-avgust. – Toshkent, 2020. – 12 b.
- OECD (Organisation for Economic Co-operation and Development). Future of Education and Skills 2030: OECD Learning Compass – Competence Framework. – Paris: OECD Publishing, 2021. – 85 p.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011393
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/400
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 472–475
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25