TILSHUNOSLIK, TARJIMA VA MADANIYATLARARO KOMMUNIKATS
Abdulkhorisova Sayyoraxon Rasuljon qiziNamangan davlat pedagogika instituti magistranti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 469–472
Annotatsiya
Ushbu maqolada tilshunoslik, tarjima jarayoni va madaniyatlararo kommunikatsiyao‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yoritilgan. Tadqiqotda tilning madaniyatdagi o‘rni, tarjimonning madaniyvositachi sifatidagi roli hamda madaniyatlararo muloqot samaradorligini oshirish omillari tahlil qilinadi.
Boshqa tillarda
ruschaЛингвистика, перевод и межкультурная коммуникация
В данной статье исследуется неразрывная связь между лингвистикой, процессом перевода и межкультурной коммуникацией. В исследовании анализируется роль языка в культуре, роль переводчика как культурного посредника, а также факторы, которые могут повысить эффективность межкультурной коммуникации.
inglizchaLINGUISTICS, TRANSLATION AND INTERCULTURAL COMMUNICATION
This article explores the inextricable link between linguistics, the translation process, and intercultural communication. The study analyzes the role of language in culture, the role of the translator as a cultural mediator, and factors that can improve the effectiveness of intercultural communication.
Kalit so‘zlar
- til
- tarjima
- madaniyat
- kommunikatsiya
- lingvokulturologiya
- madaniyatlararo muloqot
- lingvistik tarjima
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
mn G ( x , y ) = S (i , j ) (4) ( i , j ) S бунда G ( x , y ) − чиқувчи тасвир, S ( x , y ) − асл тасвир, филтьр маскасидаги пикселлар сони m n га тенг. Хулоса. Рақамли тасвирларда шовқин пасайтириш мураккаб вазифа ҳисобланади, чунки шовқин пасайтириш фильтрлари самарадорлиги шовқинни ўзига ҳос хусусиятларига ва қайта ишланадиган тасвир турига боғлиқ. Шу сабабдан мазкур ишда тасвирдаги шовқинларни бартараф этишда кўп фойдаланиладиган ва ҳисоблаш йўли қулай бўлган бир нечта фильтрлар ҳақидаги маълумотлар келтирилди. Ушбу кўриб чиқилган фильтрлар тасвирни қайта ишлаш жараёнида тезроқ натижа олиш имкониятини беради. Фойдаланилган адабиётлар рўйхати 1. Mamatov, N. S., Jalelova, M. M., Samijonov, A. N., & Samijonov, B. N. (2025). A method for removing mixed noise in images. In Artificial Intelligence and Information Technologies (pp. 489-495). CRC Press. 2. Маматов, Н., & Джалелова, М. (2023). Tasvir shovqinlari tahlili. Информатика и инженерные технологии, 1(2), 113-115. 3. Bindhya, P & Jegan, Chitra & Raj, V. (2020). A Review on Methods of Enhancement and Denoising in Retinal Fundus Images. INTERNATIONAL JOURNAL OF COMPUTER SCIENCES AND ENGINEERING. 8. 1-9. 10.26438/ijcse/v8i12.19. 4. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(1), 470-475. 5. Ramziddin Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI HAMDA UNING MAZMUN-MOHIYATI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 36-40. 6. Bhonsle D, C.V., Sinha GR: ‘Medical image denoising using bilateral filter’, Int J Image Gr Signal Process 4, 2012, pp. 36–43
TILSHUNOSLIK, TARJIMA VA MADANIYATLARARO KOMMUNIKATSIYA
Abdulxorisova Sayyoraxon Rasuljon qizi Namangan davlat pedagogika instituti magistranti Email: abdulxorisovasayyora74@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada tilshunoslik, tarjima jarayoni va madaniyatlararo kommunikatsiya o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yoritilgan. Tadqiqotda tilning madaniyatdagi o‘rni, tarjimonning madaniy vositachi sifatidagi roli hamda madaniyatlararo muloqot samaradorligini oshirish omillari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: til, tarjima, madaniyat, kommunikatsiya, lingvokulturologiya, madaniyatlararo muloqot, lingvistik tarjima
LINGUISTICS, TRANSLATION AND INTERCULTURAL COMMUNICATION
Abdulkhorisova Sayyorakhon Rasuljon kizi Master's student of Namangan State Pedagogical Institute Email: abdulxorisovasayyora74@gmail.com
Abstract: This article highlights the close connection between linguistics, the translation process, and intercultural communication. The study analyzes the role of language in culture, the role of the translator as a cultural mediator, and the factors of increasing the effectiveness of intercultural communication. Keywords: language, translation, culture, communication, linguoculturology, intercultural communication, linguistic translation
ЛИНГВИСТИКА, ПЕРЕВОД И МЕЖКУЛЬТУРНАЯ КОММУНИКАЦИЯ
Абдулхорисовa Сайёрахон Расулжон кизи Mагистрант Наманганского государственного педагогического института Email: abdulxorisovasayyora74@gmail.com
Аннотация: В данной статье освещается неразрывная связь между лингвистикой, процессом перевода и межкультурной коммуникацией. В исследовании анализируется роль языка в культуре, роль переводчика как культурного посредника и факторы повышения эффективности межкультурной коммуникации. Ключевые слова: язык, перевод, культура, коммуникация, лингвокультурология, межкультурная коммуникация, лингвистический перевод.
KIRISH: zamonaviy dunyoda xalqlar o‘rtasidagi aloqalar, iqtisodiy hamkorlik va axborot almashinuvi jadallashmoqda. Bu esa turli tillar va madaniyat vakillari o‘rtasida o‘zaro tushunish zaruratini kuchaytiradi. Til — inson tafakkuri va madaniyatining ifodasi, tarjima esa shu tafakkurni boshqa madaniyatga yetkazish vositasidir. Shu nuqtai nazardan, tilshunoslik, tarjima va madaniyatlararo kommunikatsiya bugungi global davrda o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan ilmiy yo‘nalishlarga aylandi. Turli xalqlar, tillar va madaniyatlar yaqinlashgan bugungi kunda, xorijiy,zamonaviy tillarni o'rganish bilan birga, boshqa madaniyatlarga ham qiziqish ortib bormoqda. Madaniyatlararo, xalqaro muloqot masalalari umume'tiborni tortmoqda. MAQSAD: ushbu maqola tilshunoslik, tarjima va madaniyatlararo kommunikatsiya o‘rtasidagi o‘zaro aloqani aniqlash, tarjimon faoliyatida lingvistik va madaniy kompetensiyaning o‘rni hamda madaniyatlararo muloqot samaradorligini oshirish yo‘llarini tahlil qilishdir. Shuning bilan birga, tili o'rganilayotgan xalqlarning milliy urf odatlari, dunyoqarashlari, iqtisodiy, siyosiy jarayonlarini to'liq anglash, muloqot jarayonida ijtimoiy madaniy me'yorlani o'miga qo'yishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu maqola quyidagi metodlarga tayanadi: Nazariy tahlil metodi —“til” tushunchasi, tilshunoslik, tarjima va kommunikatsiya haqidagi ilmiy manbalar o‘rganildi; Qiyosiy tahlil metodi —“madaniyat “tushunchasi, turli madaniyatlar va tillarda ifoda uslublarining farqlari solishtirildi; Lingvokulturologik yondashuv — so‘z va ifodalar orqali madaniy ma’nolar tahlil qilindi; Tizimli yondashuv —“kommunikatsiya “tushunchasi, til, madaniyat va kommunikatsiya o‘zaro aloqador tizim sifatida ko‘rib chiqildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari o’zbek tilining tilshunoslikdagi o’rni va tarjimaning madaniyatlararo kommunikatsiya vositasi ekanligini ko’rsatadi. Tahlil nazariy hamda qiyosiy metodlar yordamida aniqlandi. Tadqiqot davomida aniqlanishicha: Til, madaniyat va tafakkur bir-biridan ajralmas tushunchalardir; Tarjima jarayoni madaniyatlararo muloqotni ta’minlovchi muhim vositadir; Samarali kommunikatsiya uchun lingvistik bilim bilan birga madaniy kompetensiya ham zarur; Tarjimon faqat til vositachisi emas, balki madaniyat elchisi hamdir. Tadqiqot davomida tilshunoslik nafaqat til tizimini o‘rganadi, balki inson tafakkuri, jamiyat va madaniyatni ham aks ettiradi. Har bir til o‘z xalqining dunyoqarashi va qadriyatlarini ifodalaydi. Shu bois tilshunoslik tarjimon uchun asosiy nazariy tayanch hisoblanadi. Til real borliq, uning real yashash sharoitlari, balkı xalqning ijtimoiy o'zini o'zi anglashi, uning mentalitetini, milliy xarakteri, hayot tarzi, an'analari, urf-odatlari, axloqi, qadriyatlar yig'indisi va dunyoqarashi ham aks etadi Til madaniyat tashuvchisi bo'lib, u ajdodlardan avlodlarga milliy madaniyat xazinasini meros qilib qoldiradi. Til kishilar oqimini xalqqa aylantiradigan, mazkur nutq jamoasining o'zini o'zi anglashi, madaniyati, an'analarini saqlashi va ularni meros qilishi orqali millatni shakllantiradigan kuchli ijtimoiy vositadir. "Til madaniyatning milliy komponentlari orasida birinchi o'rinda turadi. Til birinchi navbatda, madaniyatga kishilik jamiyatining ham muloqot vositasi, ham ushbu muloqotni uzib qo'yuvchi vosita bo'lishiga yordam beradi. Til uning sohiblarining muayyan jamoaga tegishli ekanını ko'rsatadi. Xalqning o'ziga xos asosiy xususiyati bo'lgan tilga "ichki" va "tashqi" jihatdan yondashish mumkin. Tilga "ichki" jihatdan yondashilganda, u etnik integratsiyaning bosh omili sifatida namoyon bo'lsa, "tashqi" jihatdan yondashilganda, u xalqning etnik farqlarini ko'rsatadi. Bu ikki qarama-qarshi funksiyani o'zida dialektik birlashtirgan til bir tomondan xalqrung o'z-o'zini saqlash vositasi, ikkinchi tomondan uni "o'ziniki" va "begona"ga ajratish vositasi bo'lib xizmat qiladi". [6.26.]
Tarjima — madaniyatlar o‘rtasidagi ko‘prik, Tarjima muayyan tılda og'zaki yoki yozma ravishda bayon qilingan fikrni boshqa til vositalari bilan qayta ifodalash. Tarjima tarjimon so'zidan hosil bo'lgan, tarjimon esa forscha tarzabon so'zidan kelib chiqqan. Ma'lumki, qadimda O'rta Osiyo va Eron xalqları orasida notiqlik san'ati juda rivojlangan. Notiqlarni esa tarzabon deb ataganlar. Tar - fors tilida yangi, shirali, tarovatli, nozik, latif kabi ma'nolarni bildiradi. Zabon-til degani Tarzabon notiq, chiroyli gapiruvchi, so'z ustası, yangi va o'tkir so'zlami aytuvchi demak. Tarzabonlar chuqur bilim, keng dunyoqarash, notıqlık mahoratiga ega bo'lishdan tashqari, bir necha tillami ham bilganlar va o'z nutqlarida ulardan foydalanganlar.Tarjima oddiy so‘zma-so‘z jarayon emas, balki madaniyatlar o‘rtasidagi ma’naviy aloqadir. Har bir so‘z o‘zida milliy ruhni mujassam etadi. Masalan, o‘zbek tilidagi “ko‘ngil”, “taqdir”, “sabr” kabi tushunchalar ingliz tiliga to‘liq ekvivalent tarzda tarjima qilib bo‘lmaydi. Shu sababli tarjimonning vazifasi — mazmunni emas, ma’noni yetkazishdir. Lingvistık tarjimashunoslik bo'yicha yaratilayotgan ko'pchilik tadqiqotlarda tarjima nazariyasi va amaliyotining juz'iy masalalari bilan bir qatorda mazkur soxaning mohiyatini aks ettiradigan umumnazariy muammolar ustida ham keng ko'lamda bosh lingvistik tarjimashunoslikning tadqiqotchilar e'tiborini borgan sari koʻproq o'ziga tortayotganligidan dalolat beradi. Tarjimaga lingvistik tarjimashunoslik nuqtai nazaridan yondashib, quyidagicha ta'rif berish mumkin. Tarjima insoniyat faoliyatining eng qadimiy turlaridan biri bo'lib, u tufayli biz insoniyat taraqqiyoti tarixini barcha tafsilotlari bilan ochiq oydın tasavvur etamiz Tarjima xalqlar o'rtasidagi do'stlik, qardoshlik va hamkorlik manfaatlariga, ular o'rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, ilmiy, madaniy va adabiy aloqalaming kengayishiga xizmat qiluvchi qudratli quroldir. Lingvistik tarjima nazariyasi tarjimani tillararo va madaniyatlararo doirada qamrovli o'rganadi. Tarjima jarayoniga ta'sir qiluvchi omillarni o'rganish bilan bir qatorda tarjimonning tarjima jarayonida bajarauvchi funksiyalarini aniqlashga xarakat xarakat qiladi. Xorijiy mutaxassislaming ilmiy izlanishlari shuni aniqladiki, komunik komunikativ muloqotning xarakteri shakli va uslubi, muloqotning birinchi daqiqasi ba'zan esa soniyalaridanoq ma'lum bo'ladi. Binobarin, kommunikasiyada har qanday vaziyatni yumshatishga qodir bo'lgan murojaat turlari mavjud Masalan,suhbatdoshni ismini ayta turib jilmayish suhbatning doʻstona ohangda davom etishini taʼminlaydi. Kommunikatsiya ilmiy bilim tushunchasi sifatida uzoq tarixga ega bo'lib, uning bir qancha talqinlari mavjud. Masalan, amerikalık psixolog Yu Ryush (Jurgen Ruesch) kommunikatsiya tushunchasini antropologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, psixologiya, tilshunoslik sohalarda qırqdan ortiq talqim mavjud ekanligini qayd qilgan. Demak, kommunikatsiya muammolari bilan inson faoliyatining turli sohalaridagi mutaxassislarning to'qnashishi tabiiy holdır. Bugungi kunda "kommunikatsiya" ijtimoiygumanitar bilimlarning asosiy tushunchalaridan biriga aylangan Sotsiologiyada kommunikatsiyaning obyekti jamiyat va uning tarkibiy qismlari (ommaviy kommunikatsiya), psixologiyada shaxslararo kommunikatsiya, etnografiyada etnik guruhlararo kommunikatsiya tadqiq etiladi. San'at sohasida kommunikatsiya asar yarativchisi rejissor, aktyor, shoir, rassom, bastakor bilan tomoshabin kitobxon, tinglovchi orasida, ta’lim sohasida o'qituvchi va o'quvchi orasida amalga oshadi. Kommunikatsya (lot. communication, communis "umumiy") xabarni uzatish, fikr va ma'lumotlar almashinuvi, ya'ni muloqot qilishdir. Kommunikatsiya muloqot aktı, ikki yoki undan ortiq kishi o'rtasidagi o'zaro hamfikrlikka asoslangan aloqa. Kommunikatsiya biror kishi tomonidan boshqa kishiga yoki kishilar guruhiga beriladigan axborot. Kommunikatsiya - xabar yoki muloqot. Xorijdagi tadqiqotlarda kommunikatsiya quyidagicha tushuniladi: Kommunikatsiya tafakkurdagi ramzlar, ularni zamon va makonda uzatilishini o'z ichiga olgan mexanizm boʻlib, u inson munosabatlarini ta'minlanlashga va rivojlantirishga xizmat qiladi (Ch. Kuli). Kommunikatsiya -boshqalar bilan turli usullarda aniq amalga oshiriladigan hayot, inson turmushining universal sharti. [10.22] Kommunikatsiyaning intrapersonal, shaxslararo.guruhlararo.ommaviy, siyosiy, maishiy, virtual va madaniyatlararo turlari mavjud. Madaniyatlararo kommunikatsiya — turli xalqlar vakillari o‘rtasida o‘zaro tushunish jarayonidir. U faqat til bilimini emas, balki madaniyat, qadriyat va ramzlarni tushunishni ham talab etadi. E. Xollning “kontekst nazariyasi”ga ko‘ra, yuqori kontekstli (masalan, Sharq xalqlari) va past kontekstli (G‘arb xalqlari) madaniyatlar o‘rtasidagi muloqotda tafovutlar tabiiydir. Madaniyatlararo muloqot-muayyan madaniyat va til sohiblarining o'zga madaniyat va til vakillari bilan verbal (nutqlı) va noverbal (nutqsiz) muloqot vositasidagi oʻzaro aloqa jarayonidir. Bunday muloqotning har bir ishtirokchisi o'zining shaxsiy qoidalari tizimiga ega bo'ladi. Madaniyatlararo muloqot - turli madaniyat vakillari orasidagi o'zaro aloqa, muloqot bo'lib, unda kishilar o'rtasidagi bilvosita aloqa, shuningdek, kommunikatsiyaning bilvosita shakli (til, nutq, yozuv, elektron muoqot) nazarda tutiladi. Madaniyatlararo muloqot mohiyatan maxsus vaziyatdagi shaxslararo kommunikatsiya bo'lib, u bır ishtirokchi boshqa ishtirokchining madaniy farqini
sezganda yuzaga chiqadi. Bunday muloqot turli madaniyatlardagi har qanday insonga xos bo'lgan farqli umidlar va ishonchlar bilan bog'liq ko'plab muammolarni keltirib chiqaradi Madaniyatlararo muloqot madaniyat farqları ko'rinib turgan individlar va guruhlar orasidagi ramziy o'zaro munosabat jarayoniga asoslanadi. Ushbu farqlarning qabul qilinishi va ularga munosabat bildirilishi muloqotning ko'rinishi, shakli va natijasiga ta'sir ko'rsatadi. Misol uchun noverbal vositasi hisoblangan jestlar natijasida solishtiradigan bo’lsa, Yevropa va AQSHda bosh barmoqni yuqori ko’tarish – ma’qullik, O’rta Sharqda esa haqorat deb qabul qilinadi. Ishora qilib gapirish ayrim xalqlarda madaniy jihatdan qabul qilinmaydi. Noverbal belgilarning ma’nolari madaniyatlarga qarab farq qiladi, shu sababli turli millat xalqlar bilan muloqotda ularning noverbal signallarini to’g’ri tushunish juda muhim. Xulosa: Tilshunoslik, tarjima va madaniyatlararo kommunikatsiya zamonaviy ilm-fanning o‘zaro bog‘liq uch tarmog‘idir. Ularning birligi xalqlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, tushunish va madaniy integratsiyani kuchaytiradi. Tarjimonlik kasbini egallovchi shaxs uchun til bilimini madaniyat bilan uyg‘unlashtirish, madaniyatlararo tafovutlarni anglash va ularni to‘g‘ri talqin qilish muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, madaniyatlararo kommunikatsiyani rivojlantirish — nafaqat til o‘rganish, balki xalqni, ruhni va qadriyatlarni anglash jarayonidir. ADABIYOTLAR RO’YXATI| СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ| REFERENCES 1. Mahmudov N. Til – Toshkent: Yozuvchi, 1998 2. Ter-Minasova S.G. Язык и межкультурная коммуникация, 2000 3. Mirtojiyev M, Mahmudov N. Til va madaniyat - Toshkent, 1992 4. G.S. Zakirova. Madaniyatlararo kommunikatsiyada salomlashishning pragmatik ro’lini qiyosiy tahlil qilish: o’zbek tilida va Ingliz tilida – Tahlili 5. Karimova Z. Madaniyatlararo kommunikatsiya asoslari. – Toshkent: Innovatsiya, 2017 6. Yusupova, U. (2022). Tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb muammolari: tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb muammolari. Журнал иностранных языков и лингвистики. Internet resurslari 1. http://www.ziyo-net.uz 2. http://www.kutubxona.uz 3. http://en.wikipedia.org/wiki
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- Mahmudov N. Til – Toshkent: Yozuvchi, 1998
- Ter-Minasova S.G. Язык и межкультурная коммуникация, 2000
- Mirtojiyev M, Mahmudov N. Til va madaniyat - Toshkent, 1992
- G.S. Zakirova. Madaniyatlararo kommunikatsiyada salomlashishning pragmatik ro’lini qiyosiy tahlil qilish: o’zbek tilida va Ingliz tilida – Tahlili
- Karimova Z. Madaniyatlararo kommunikatsiya asoslari. – Toshkent: Innovatsiya, 2017
- Yusupova, U. (2022). Tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb muammolari: tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb muammolari. Журнал иностранных языков и лингвистики.
- Internet resurslari
- http://www.ziyo-net.uz
- http://www.kutubxona.uz
- http://en.wikipedia.org/wiki
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011392
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/399
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 469–472
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25