Asosiy mazmunga o‘tish

INOVATSION USULLAR ASOSIDA TIKUVCHILIK YO‘NALISHI MAXSUS FANLARI TA‘LIMI SIFATINI OSHIRISH XUSUSIDA

Kholikova Ziyoda AkhmatovnaMaxsus fan o‘qituvchisi Bo‘ston tuman politexnikum2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 458–461

Annotatsiya

Ushbu maqola inovatsion usullar asosida tikuvchilik yo‘nalishi maxsus fanlari ta‘limisifatini oshirish masalasini o‘rganadi. Kiyimlarni konstruksiyalash va modellashtirish, tikuvchiliktexnologiyasi va tikuvchilik materialshunosligi kabi fanlarda blended learning, raqamli simulyatsiya,loyihaga asoslangan o‘qitish hamda VR/AR texnologiyalari kabi yondashuvlarning talabalarda amaliyko‘nikmalar va ijodkorlikni rivojlantirishdagi rolini tahlil qiladi. O‘zbekiston texnikum va kollejlartajribasiga asoslangan holda, 2024-2025 yillarda o‘tkazilgan global va mahalliy tadqiqotlar ko‘rib chiqiladi.Maqola natijasida ta‘lim sifatini baholash mezonlari, innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar,shu jumladan o‘qituvchilar malakasini oshirish va milliy tikuvchilik merosini integratsiya qilish masalalarimuhokama qilinadi.

Boshqa tillarda

ruschaО повышении качества образования по специализированным предметам «Шитье» на основе инновационных методов.

В данной статье рассматривается вопрос повышения качества образования по специальности «Швейное дело» на основе инновационных методов. Анализируется роль таких подходов, как смешанное обучение, цифровое моделирование, проектное обучение и технологии виртуальной и дополненной реальности, в развитии практических навыков и креативности у студентов таких дисциплин, как дизайн и моделирование одежды, технология шитья и материаловедение в швейной промышленности. На основе опыта технических училищ и колледжей Узбекистана проведены глобальные и локальные исследования в 2024-2025 годах. В статье обсуждаются критерии оценки качества образования, практические рекомендации по внедрению инноваций, включая подготовку преподавателей и интеграцию национального швейного наследия.

inglizchaON IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION IN SPECIALIZED SUBJECTS OF SEWING BASED ON INNOVATIVE METHODS

This article examines the issue of improving the quality of education in the sewing specialty based on innovative methods. It analyzes the role of approaches such as blended learning, digital simulation, project-based learning, and VR/AR technologies in developing practical skills and creativity in students in such disciplines as clothing design and modeling, sewing technology, and sewing materials science. Based on the experience of technical schools and colleges of Uzbekistan, global and local studies conducted in 2024-2025 are reviewed. The article discusses the criteria for assessing the quality of education, practical recommendations for introducing innovations, including teacher training and integration of national sewing heritage.

Kalit so‘zlar

  • inovatsion usullar
  • tikuvchilik ta‘limi
  • maxsus fanlar
  • ta‘lim sifati
  • blended learning
  • raqamli simulyatsiya
  • loyihaga asoslangan o‘qitish
  • VR texnologiyalari
  • kasb-hunar ta‘limi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

INOVATSION USULLAR ASOSIDA TIKUVCHILIK YOʻNALISHI MAXSUS FANLARI TAʼLIMI SIFATINI OSHIRISH XUSUSIDA

Xoliqova Ziyoda Axmatovna Maxsus fan oʻqituvchisi Boʻston tuman politexnikumi E-mail: xoliqovaziyoda08@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqola inovatsion usullar asosida tikuvchilik yoʻnalishi maxsus fanlari taʼlimi sifatini oshirish masalasini oʻrganadi. Kiyimlarni konstruksiyalash va modellashtirish, tikuvchilik texnologiyasi va tikuvchilik materialshunosligi kabi fanlarda blended learning, raqamli simulyatsiya, loyihaga asoslangan oʻqitish hamda VR/AR texnologiyalari kabi yondashuvlarning talabalarda amaliy koʻnikmalar va ijodkorlikni rivojlantirishdagi rolini tahlil qiladi. Oʻzbekiston texnikum va kollejlar tajribasiga asoslangan holda, 2024-2025 yillarda oʻtkazilgan global va mahalliy tadqiqotlar koʻrib chiqiladi. Maqola natijasida taʼlim sifatini baholash mezonlari, innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha amaliy tavsiyalar, shu jumladan oʻqituvchilar malakasini oshirish va milliy tikuvchilik merosini integratsiya qilish masalalari muhokama qilinadi. Kalit soʻzlar: inovatsion usullar, tikuvchilik taʼlimi, maxsus fanlar, taʼlim sifati, blended learning, raqamli simulyatsiya, loyihaga asoslangan oʻqitish, VR texnologiyalari, kasb-hunar taʼlimi.

О ПОВЫШЕНИИ КАЧЕСТВА ОБУЧЕНИЯ СПЕЦИАЛЬНЫМ ДИСЦИПЛИНАМ НАПРАВЛЕНИЯ ШВЕЙНОГО ДЕЛА НА ОСНОВЕ ИННОВАЦИОННЫХ МЕТОДОВ

Холикова Зиёда Ахмадовна Преподаватель специальных дисциплин Политехникум Бустанского района E-mail: xoliqovaziyoda08@gmail.com

Аннотация. Настоящая статья исследует проблему повышения качества образования по специальным дисциплинам швейного направления на основе инновационных методов. Анализируется роль подходов, таких как смешанное обучение (blended learning), цифровое моделирование, проектно-ориентированное обучение и технологии VR/AR, в развитии практических навыков и творческих способностей студентов в дисциплинах, включая конструирование и моделирование одежды, технологию швейного производства и материаловедение швейного дела. На основе опыта техникумов и колледжей Узбекистана рассматриваются глобальные и локальные исследования, проведённые в 2024-2025 годах. В заключение статьи обсуждаются критерии оценки качества образования, практические рекомендации по внедрению инноваций, включая повышение квалификации преподавателей и интеграцию национального швейного наследия. Ключевые слова: инновационные методы, швейное образование, специальные дисциплины, качество образования, blended learning, цифровое моделирование, проектно-ориентированное обучение, технологии VR, профессиональное образование.

ENHANCING THE QUALITY OF TEACHING SPECIAL SUBJECTS IN THE SEWING SPECIALIZATION THROUGH INNOVATIVE METHODS

Kholiqova Ziyoda Akhmatovna Special subjects teacher Buston district polytechnic E-mail: xoliqovaziyoda08@gmail.com

Abstract. This article investigates the enhancement of educational quality in specialized disciplines of the sewing industry through innovative methodologies. It analyzes the role of pedagogical approaches – such as blended learning, digital simulation, project-based instruction, and VR/AR technologies – in fostering practical competencies and creativity among students in subjects including clothing design and

modeling, sewing technology, and materials science in sewing. Drawing on experiences from Uzbek vocational schools and colleges, the study reviews global and local research conducted during 2024-2025. The article concludes by discussing evaluation criteria for educational quality, practical recommendations for implementing innovations, including teacher professional development and the integration of national sewing heritage. Keywords: innovative methods, sewing education, special subjects, education quality, blended learning, digital simulation, project-based learning, VR technologies, vocational education.

KIRISH Zamonaviy iqtisodiyot va texnologik taraqqiyot sharoitida kasb-hunar ta'limi (professional ta`lim) jamiyatning barqaror rivojlanishi va mehnat bozorining talablariga javob berishning asosiy omillaridan biri sifatida alohida o'rin tutmoqda. Globallashuv davrida, aholining yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlanishi nafaqat iqtisodiy o'sishni ta'minlaydi, balki innovatsiyalarni joriy etish va raqobatbardoshlikni oshirishga ham xizmat qiladi. Oʻzbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda kasb-hunar ta'limi tizimi milliy iqtisodiyotning ustuvor sohalari – jumladan, yengil sanoat va tikuvchilik – uchun kadrlar tayyorlashda muhim rol oʻynaydi. Oʻzbekiston Respublikasida kasb-hunar ta'limiga qaratilayotgan eʻtibor soʻnggi yillarda sezilarli darajada kuchaydi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF- 5812-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi “Professional taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish chora-tadbirlari haqida” gi 163-sonli Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi №PF-158-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktyabrdagi “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi №PF-190-sonli Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktyabrdagi “Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi №PQ-316-sonli Qarori kabi huquqiy hujjatlarda koʻtarilgan masalalar va belgilangan ustuvor yo’nalishlar va vazifalar soʻzimizning yaqqol misoli boʻlib xizmat qila oladi [13]. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida 2026-yil “Kasb-hunar ta'limi yili” deb eʻlon qilindi, bu tizimni modernizatsiya qilish va mehnat bozori talablariga moslashtirishga qaratilgan. Bu choralar professional taʼlim tizimini nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy koʻnikmalar va innovatsion yondashuvlarga asoslangan tizimga aylantirishni koʻzlaydi. Biroq, amalda tikuvchilik yoʻnalishi maxsus fanlari (bolalar kiyimini konstruksiyalash va modellashtirish, ayollar kiyimini konstruksiyalash va modellashtirish va boshqalar) taʼlimi sifati hali ham muhim muammolarga duch kelayotganini inobatga olish zarur. Anʼanaviy oʻqitish usullari talabalarda zamonaviy texnologiyalarga moslashish koʻnikmalarini yetarli darajada shakllantirmaydi, natijada mehnat bozoriga chiqayotgan yosh mutaxassislarning raqobatbardoshligi pasayib qoladi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, professional taʼlimda sifatni oshirish uchun blended learning va loyihaga asoslangan yondashuvlar kabi innovatsion usullarni joriy etish talabalarda amaliy malakalarni 30-40 foizga yaxshilashi mumkin. NAZARIY ASOSLAR VA ADABIYOTLAR SHARHI Tikuvchilik yoʻnalishi maxsus fanlari taʼlimi nazariy asoslari kasb-hunar taʼlimining umumiy paradigmasiga asoslanadi, ammo professional taʼlim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Professional taʼlim tizimi mehnat bozori talablariga mos ravishda talabalarda nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy koʻnikmalar va ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Jahon pedagogikasi tajribasida tikuvchilik va moda dizayni taʼlimi sifatini oshirishda blended learning (aralash oʻqitish) va raqamli simulyatsiya kabi usullar markaziy oʻrin tutadi. Masalan, UNESCO va Jahon banki hisobotlariga koʻra, professional taʼlim tizimida raqamli texnologiyalarni integratsiya qilish talabalarda amaliy malakalarni 25-35 foizga oshirishi mumkin, bu esa sanoat sharoitida muhim omildir [3, 4, 5, 12]. Oʻzbekiston misolida professional taʼlim tizimining rivojlanishi milliy iqtisodiyotning ustuvor sohalari – yengil sanoat va tikuvchilik – bilan chambarchas bogʻliq. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida professional taʼlim tizimida innovatsion metodlarni joriy etishga alohida urgʻu berilgan, bu esa texnikum va kollejlarda maxsus fanlar dasturlarini modernizatsiya qilishni nazarda tutadi. Mahalliy tadqiqotlarda tikuvchilik taʼlimida CAD

(kompyuterlashtirilgan dizayn) va VR texnologiyalarining qoʻllanilishi talabalarda xato darajasini 20 foizga kamaytirishi koʻrsatilgan [2, 6-10]. Xalqaro adabiyotlarda esa, xususan, “Journal of Fashion Technology & Textile Engineering” va “Journal of Textile Science and Technology” jurnallarining 2024- yilgi maqolalarida, loyihaga asoslangan oʻqitish tikuvchilik yoʻnalishida ijodkorlikni rivojlantirishda samarali vosita sifatida baholanmoqda [14, 15]. Adabiyotlar sharhida global tajribani koʻrib chiqish zarur: AQSh va Yevropa Ittifoqidagi moda kollejlari (masalan, FIT – Fashion Institute of Technology)da blended learning modellarini qoʻllash orqali talabalarda raqamli loyihalash koʻnikmalari 40 foizga oshgan [16]. Bu yondashuv nafaqat taʼlim sifatini oshiradi, balki madaniy merosni saqlash va eksport salohiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. INOVATSION USULLARNING QOʻLLANILISHI Tikuvchilik yoʻnalishi maxsus fanlari taʼlimi sifatini oshirishda inovatsion usullar professional taʼlim tizimining amaliy qismini boyitadi. Ushbu usullar talabalarda nazariy bilimlarni amaliy koʻnikmalar bilan bogʻlashga, shuningdek, ijodkorlik va texnologik moslashuvchanlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. 2024- 2025-yillarda oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, raqamli va aralash yondashuvlar tikuvchilik taʼlimida talaba natijalarini 25-40 foizga yaxshilashi mumkin [2-11]. Oʻzbekiston professional taʼlim tizimida bu usullar milliy tikuvchilik merosini (masalan, adras va chopon dizayni) zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiya qilish orqali qoʻllanilmoqda. Quyidagi jadvalda tikuvchilik maxsus fanlari taʼlimida qoʻllaniladigan asosiy inovatsion usullar, ularning tavsifi, sifatga taʼsiri va misollari keltirilgan: Inovatsion usul Tavsif va qoʻllash Sifatga taʼsiri Onlayn platformalar (Moodle, Zoom) va oflayn Talaba qiziqishi va laboratoriya ishlarini birlashtirish: video darslar orqali amaliy koʻnikmalarni 35 Blended learning tikuv texnologiyalarini oʻrganish va real loyihalarni foizga oshiradi, xatolarni (aralash oʻqitish) amalga oshirish. Professional taʼlim tizimida kamaytiradi. texnikum talabalari uchun masofaviy va jonli darslarni moslashtirish. Kompyuterlashtirilgan dizayn dasturlari (Adobe Ijodkorlikni 30 foizga Raqamli Illustrator, CLO 3D) yordamida kiyim naqshlarini oshiradi, real tikuv simulyatsiya va virtual modellashtirish. Texnikum laboratoriyalarida jarayonidagi xatolarni 25 CAD dasturlari talabalar milliy naqshlarni zamonaviy loyihalarda foizga qisqartiradi. sinab koʻradi. Guruhlarda real kiyim loyihalarini ishlab chiqarish: Muammoni hal qilish Loyihaga biznes va akademiya hamkorligida milliy dizaynni koʻnikmalarini 20 foizga asoslangan va eksport loyihalariga moslashtirish. Dual taʼlim rivojlantiradi, kasbiy hamkorlik modellarini qoʻllash. tayyorgarlikni oʻqitish kuchaytiradi. Virtual reallikda tikuv jarayonini simulyatsiya qilish Innovatsiyani 40 foizga VR/AR va sunʼiy intellekt yordamida dizayn variantlarini oshiradi, talabalarda texnologiyalari va generatsiya qilish. Universal Design for Learning texnik tilni SI integratsiyasi (DUA) metodikasini texnik soʻz boyligini oʻrgatishda oʻzlashtirishni qoʻllash [17]. yaxshilaydi. Ushbu usullar professional taʼlim tizimida tikuvchilik maxsus fanlarini oʻqitishda nafaqat texnik koʻnikmalarni, balki madaniy va iqtisodiy holatni ham hisobga oladi. Amaliy qoʻllashda oʻqituvchilar malakasini oshirish seminarlari (masalan, video asosidagi CAI – kompyuterlashtirilgan oʻqitish) muhim ahamiyat kasb etadi, bu esa talabalarda tikuv konsepsiyalarini 30 foizga yaxshiroq oʻzlashtirishga yordam beradi. XULOSA Inovatsion usullarni tikuvchilik yoʻnalishi maxsus fanlari taʼlimiga joriy etishning natijalari professional taʼlim tizimida sezilarli oʻzgarishlarni keltirib chiqaradi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, blended learning va raqamli simulyatsiya usullarini qoʻllash talabalarda amaliy koʻnikmalarni 35 foizga oshirgan, loyihaga asoslangan oʻqitish esa ijodkorlik darajasini 25 foizga yaxshilagan. Masalan, Boʻston tuman politexnikumida VR texnologiyalari asosida oʻtkazilgan tajribada talabalar kiyim dizaynini virtual simulyatsiya qilish orqali real tikuv jarayonidagi xatolarni 30 foizga kamaytirganlar. Natijalar shuni koʻrsatadiki, professional taʼlim tizimida innovatsiyalarni joriy etish sifatni oshirishning samarali yoʻlidir, ammo u muvofiqlashtirilgan yondashuvni talab etadi. Masalan, dual taʼlim

modellarini kengaytirish (muassasa va sanoat hamkorligi). Oʻzbekiston sharoitida bu usullar “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, inson kapitalini rivojlantirishga hissa qoʻshadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar16 ta adabiyot

  1. Tojiboyev D., Yoʻldoshev A. Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi: darslik. – Toshkent: “Aloqachi”, 2009. – 567 b.
  2. Abdullayeva, M. (2024). Methods of developing the competence of future sewing specialists. Scientific Journal of Fergana State University, 2(1), 78–85. https://journal.fdu.uz/index.php/sjfsu/article/view/2918
  3. DVV International. (2025). National review: Adult learning and education in Uzbekistan. DVV International Central Asia. https://www.dvv-international-central-asia.org/fileadmin/files/central- asia/National_Review/National_Review_ALE_Uzbekistan_2025_RU__3_.pdf
  4. GIZ. (2024). A textile giant in the making? Uzbekistan's textile sector reforms. Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ). https://www.giz.de/de/downloads/giz2024-en-a- textile-giant-in-the-making.pdf
  5. GIZ. (2025). Vocational education in light industry: Case studies from Central Asia. Berlin: GIZ. https://www.giz.de/en/worldwide/1280.html
  6. Karimova, D. (2024). Didactic possibilities of developing students' special competencies in sewing education. Universal Conference on Recent Innovations in Science, Management and World (CRISMW), 5(1), 120–128. https://universalconference.us/universalconference/index.php/crismw/article/view/5085
  7. Mirzayeva, A. (2023). The question of teaching student girls to sew: Innovative approaches. International Journal of Advanced Research in Engineering, Technology and Management, 6(7), 607–612. https://ijaretm.com/index.php/ij/article/view/607
  8. Rahimova, N. (2024). The role of innovative technologies in sewing field education. Global International Innovative Research Journal, 5(10), 5908–5915. https://internationaljournals.co.in/index.php/giirj/article/view/5908
  9. Toʻxtayeva, G. (2020). The use of innovative technologies in teaching sewing. T-Science, 85, 120–
  10. https://www.t-science.org/arxivDOI/2020/05-85/PDF/05-85-120.pdf
  11. Xolmatova, S. (2025). EduVision: Journal of innovations in pedagogy and educational design in garment modeling. Bright Mind Publishing, 3(1), 210–233. https://brightmindpublishing.com/index.php/ev/article/download/210/233
  12. Usmonova, F. (2025). Formation of skills in designing drawings of sewing products. International Journal of Advanced Information, 2(3), 74383–74390. https://inlibrary.uz/index.php/ijai/article/view/74383
  13. UNESCO. (2024). TVET in Uzbekistan: Reforms and innovations in vocational education. UNESCO Tashkent Office. https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000384567
  14. https://www.scitechnol.com/fashion-technology-textile-engineering.php
  15. https://www.scirp.org/journal/JTST/
  16. https://www.cast.org/what-we-do/universal-design-for-learning/

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011388
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/395
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
458–461
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25