Asosiy mazmunga o‘tish

GLOBALLASHUV DAVRIDA SUN‘IY INTELLEKT VA AYOL OBRAZINING HUQUQIY TALQINI

Mamadaliyeva Mukhlisa Ravshanbek qiziAndijon davlat pedagogika instituti magistranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 446–448

Annotatsiya

Ushbu maqolada globallashuv jarayonida sun‘iy intellektning jamiyatdagi ayol obrazigata‘siri va uning huquqiy talqini yoritilgan. Unda sun‘iy intellekt orqali shakllanayotgan gender stereotiplari,ayol huquqlarining himoyasi hamda tenglik masalalari tahlil qilinadi.

Boshqa tillarda

ruschaИскусственный интеллект и правовая интерпретация образа женщины в эпоху глобализации

В данной статье рассматривается влияние искусственного интеллекта на образ женщины в обществе и его правовое толкование в процессе глобализации. Анализируются гендерные стереотипы, защита прав женщин и вопросы равенства, формирующиеся под влиянием искусственного интеллекта.

inglizchaARTIFICIAL INTELLIGENCE AND THE LEGAL INTERPRETATION OF THE WOMAN‘S IMAGE IN THE ERA OF GLOBALISATION

This article examines the impact of artificial intelligence on the image of women in society and its legal interpretation in the process of globalization. It analyzes the gender stereotypes, protection of women‘s rights, and equality issues being formed through artificial intelligence.

Kalit so‘zlar

  • globallashuv
  • sun‘iy intellekt
  • ayol obrazi
  • huquq
  • gender tengligi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

GLOBALLASHUV DAVRIDA SUN'IY INTELLEKT VA AYOL OBRAZINING HUQUQIY TALQINI

Mamadaliyeva Muxlisa Ravshanbek qizi Andijon davlat pedagogika instituti magistranti Email: muhklisasultonova@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada globallashuv jarayonida sun'iy intellektning jamiyatdagi ayol obraziga ta'siri va uning huquqiy talqini yoritilgan. Unda sun'iy intellekt orqali shakllanayotgan gender stereotiplari, ayol huquqlarining himoyasi hamda tenglik masalalari tahlil qilinadi. Kalit so'zlar: globallashuv, sun'iy intellekt, ayol obrazi, huquq, gender tengligi.

ARTIFICIAL INTELLIGENCE AND LEGAL INTERPRETATION OF THE FEMALE IMAGE IN THE ERA OF GLOBALIZATION

Mamadaliyeva Mukhlisa Ravshanbek qizi Master's student at Andijan State Pedagogical Institute Email: muhklisasultonova@gmail.com

Abstract:The article examines the impact of globalization and artificial intelligence on the formation of the image of women in society and its legal interpretation. It analyzes gender stereotypes created by artificial intelligence, as well as issues of women's rights protection and gender equality. Keywords: globalization, artificial intelligence, image of women, law, gender equality.

ИСКУССТВЕННЫЙ ИНТЕЛЛЕКТ И ПРАВОВАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ЖЕНСКОГО ОБРАЗА В ЭПОХУ ГЛОБАЛИЗАЦИИ

Мамадалиева Мухлиса Равшанбек кизи Магистрант Андижанского государственногопедагогического института

Аннотация:В статье рассматривается влияние глобализации и искусственного интеллекта на формирование образа женщины в обществе, а также его правовая интерпретация. Анализируются гендерные стереотипы, возникающие в результате использования искусственного интеллекта, и вопросы защиты прав женщин и обеспечения гендерного равенства. Ключевые слова: глобализация, искусственный интеллект, образ женщины, право, гендерное равенство.

Kirish Bugungi kunda jamiyat globallashuv ataluvchi murakkab, koʻp qirrali jarayon ichida yashamoqda. Texnologik yutuqlar, axborot oqimining tezligi, sun'iy intellektning hayotimizga kirib kelishi jamiyatni inson hayotini yangittan o'zgartirdi. Bunday vaziyatda inson qadriyati, ayniqsa ayolning jamiyatdagi huquqiy maqomi,va shani qadr qimmati yanada muhim ahamiyat kasb etayotgani ma'lum. Globallashuv sharoitida sun'iy intellekt (Al) barcha sohani chuqur qamrab olmoqda,bu faqatgina iqtisodiyot va ta'limda emas,balki madaniyat, axloq va hatto din bilan bog'liq an'analarga ham ta'sir ko'rsatmasdan qolmayotganini koʻrib turibmiz.Ajablanarlisi shuki, ayol obrazining raqamli shaklda talqin qilinishi - "virtual ayollik", "sun'iy go'zallik", "raqamli onalik" kabi tushunchalarni paydo qildi. Shu sababli bugun nafaqat huquqshunoslar, balki dinshunoslar ham yangi savollar oldida turibdi: "Ayolning raqamli davrdagi mohiyati qanday?" va "Sun'iy intellekt axloqiy chegaralarni buzmayaptimi? Ming asrlardan beri ayol obrazi - mehr, sadoqat, oilaparvarlik bilan tilga olingan boʻlsa, hozirgi raqamli davrda u mustaqil, faol, innovatsion fikrlovchi ayol obraziga aylanmoqda.Bu kabi oʻzgarishlar ijobiy natijalar bilan birga, axloqiy va huquqiy muammolarni ham yuzaga chiqaradi. Internetda,turli xil saytlarda ayollarning shaxsiy hayoti oshkor qilinmoqda va shu orqali ayollarga tahdid qilishmoqda; Kiberjinoyatlar koʻpaymoqda; Ijtimoiy tarmoqlarda ayollarning obro'siga putur yetkazuvchi holatlar ortmoqda. Huquqiy jihatdan bu - shaxsiy hayotni himoya qilish, sha'n va qadrni asrash masalasidir. Shuningdek, diniy qadriyatlar ham ayolning hurmatini, onalik va iffatini himoya qilishga qaratiladi.Texnologik taraqqiyot qadriyatlarni inkor etmasdan, balki ularni mustahkamlashi zarur.Ayol obrazi zamon bilan birga yangil va huquq ustuvorligi bildi, ammo u har doim axloq va huquq ustuvorligi boʻlmog'i darkor. Oila institutining mustahkamlanishi ham ayol shaxsining ijtimoiy rolini belgilovchi omillardan biridir. Konstitutsiyaning 63- moddasida "oilani jamiyatning asosiy bo'g'ini sifatida davlat va jamiyat muhofaza qiladi”[1] deb ta'kidlanadi. Shuningdek, sun'iy intellekt texnologiyalari orqali ayol obrazining yaratilishida milliy qadriyatlar, onalik va oilaviy mas'uliyat tamoyillari inobatga olinishi zarur. Hozirda O'zbekiston hukumati tomonidan ayollar huquqini himoya qilish, ularni raqamli sohada faol bo'lishga undash borasida keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda. Bu islohotlar gender tengligi tamoyillariga asoslanib, ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda teng imkoniyatlardan foydalanishini kafolatlamoqda. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ayollar jamiyatdagi o'rniga yuksak baho berib, shunday degan edi:"Ayol - bu hayotning, mehr-muhabbatning, sadoqat va go'zallikning timsoli. Ayollarga hurmat va ehtirom - bu xalqimiz ma'naviyatining yuksak darajasini ifoda etadi."[2] Ushbu fikr ayol obrazining nafaqat madaniy, balki huquqiy talqinini ham belgilaydi. Yurtimiz taraqqiyotining har bir bosqichida ayollarning jamiyatdagi roʻli, huquqi va ularga yaratilayotgan imkoniyatlar davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri boʻlib kelmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida ayollarga nisbatan e'tibor asosan ijtimoiy himoya va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan boʻlsa, O'sha davrda ayollar asosan ko'proq ta'lim, sogʻliqni saqlash va xizmat ko'rsatish sohalarida faoliyat yuritishgan, rahbarlik yoki siyosiy lavozimlarda ularning soni cheklangandi. Hozirgi kunda esa O'zbekistonda ayollar uchun yaratilgan imtiyozlar va imkoniyatlar deyarli yangilanmoqda. 2019-yilda qabul qilingan "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi Qonun ayollar huquqini qonuniy asosda mustahkamladi. Shu bilan birga"Ayollar daftari", "Ayollarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash" dasturlari doirasida minglab xotin-qizlarga ijtimoiy, moddiy va ma'naviy yordamlar ko'rsatilishi ham bu ayollarga boʻlgan e'tibordan dalolat bermoqda. Ta'lim sohasida ham qizlar uchun maxsus davlat grantlari, xorijda o'qish dasturlari va stipendiyalar yo'lga qo'yilmoqda. Ayollar biznes va tadbirkorlikda faol ishtirok etishi uchun imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va grantlar ajratilmoqda. Bundan tashqari, ayollar siyosiy hayotda ham faol ishtirok

etib,hozirda parlament va mahalliy kengashlarda ularning ulushi 30 foizdan oshganligi ham ayollarni erkaklardek har bir sohada ilg'or ekanligini bilish mumkin. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu borada shunday degan edi: "Ayollarning jamiyatdagi o'rni va nufuzini oshirish, ularning manfaatlarini himoya qilish - bu biz olib borayotgan siyosatning eng ustuvor yo'nalishlaridan biridir."[3] Ushbu fikrlar ham sun'iy intellekt sohasida ham dolzarb bo'lib, texnologik jarayonlarda ayollar haqidagi stereotiplarni bartaraf etish, ularning salohiyatini namoyon etish uchun huquqiy asos yaratadi albatta. Farzandli bo'lgandan keyin, ilm-fan sohasida ayollar kamsitishlarga ko'proq duch kelishadi. Uzoq vaqt davomida harakatsizlik uchun ba'zi muassasalar o'z xodimlarini jarimaga tortadi, ularning reytingini pasaytiradi [5]. Britaniya universitetlaridan biri bu masalani o'rganib chiqdi va ma'lum bo'ldiki, jarimaga tortilgan olimlarning 100 foizi kichik bolali onalar edi. Shuni ta'kidlash kerakki, intellektual va ijodiy salohiyatga ega ayollar hamon doimiy tengsizlik yoki noto'g'ri qarashlar qurboni bo'lib kelmoqda. YuNESKO Bosh direktori Odri Azule ta'kidlaganidek: "Tarixda va bugungi kungacha ilm-fan ayollar unutilgan ko'plab sohalardan biridir. Bu holat ayollar va erkaklar o'rtasidagi tengsizlikning davom etishiga olib keladi. Eng avvalo, ta'lim barcha imkoniyatlarning asosi sifatida, qizlar va ayollarga e'tibor qaratish hamda ilm-fan tizimidagi tengsizlikka qarshi kurashish muhim". Shuning uchun YuNESKO ayol olimalar va tadqiqotchilarning karyeralarini faol ravishda targ'ib qiladi, masalan, L'Oreal YuNESKOning ilm-fan sohasida ayollar mukofoti, bu mukofot taniqli olimalarga beriladi [4]. Hozirda sun'iy intellekt sohasida ham gender muvozanatini ta'minlash, ayollarni raqamli texnologiyalar va ilmiy tadqiqotlarga keng jalb etish davr talabi boʻlmoqda. Sababi ayollarning fikri, sezgirligi va ijodiy yondashuvi jamiyatda ijobiy o'zgarishlarning muhim omiliga aylanadi. Shu bois, globallashuv davrida ayollar huquqini himoya qilish, ularning shaxsiy qadr-qimmatini e'zozlash va raqamli sohada faol ishtirokini rag'batlantirish - inson huquqlarini ta'minlash yoʻlidagi eng muhim qadamlardan biridir. XULOSA Globallashuv jarayoni insoniyat hayotining barcha sohalariga,shu jumladan, ayollar hayoti va ularning jamiyatdagi o'rniga ham bevosita ta'sir ko'rsatib kelmoqda. Sun'iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi natijasida ayollar uchun yangi imkoniyatlar, ish o'rinlari va o'zini namoyon etish maydonlari paydo boʻlayotganini koʻrishimiz mumkin. Shu bilan birga, huquqiy jihatdan ayollarni himoya qilish, ularning mehnat, ta'lim va oilaviy hayotdagi manfaatlarini ta'minlash masalalari doimgidek dolzarb bo'lib qolmoqda. O'zbekiston Respublikasida ayollar huquqini kafolatlash bo'yicha Konstitutsiya, qonunlar va prezident qarorlari asosida keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda ayollar siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hayotda faol ishtirok etmoqda, ularning ilm-fan, texnologiya va rahbarlik sohalaridagi yutuqlari jamiyat taraqqiyotiga katta hissa qoʻshmoqda. Shu bois sun'iy intellekt davrida ayol obrazi nafaqat an'anaviy qadriyatlar bilan, balki zamonaviy huquqiy va a axborot texnologiyalari bilan uyg'unlashgan holda shakllanmoqda.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2023.
  2. Karimov I.A. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch." - Toshkent: Ma'naviyat, 2008.
  3. Shavkat Mirziyoyev. "Ayollarni qo'llab-quvvatlash - davlat siyosatining muhim yo'nalishi", Prezident nutqidan, 2021-yil.
  4. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQA SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHDA MULTIMODAL YONDASHUVNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 380-388.
  5. R.A.Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYGʻUNLIGINING IJTIMOIY MUHITGA TA’SIRI. ZAMONAVIY FAN: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA YOSH TADQIQOTCHILARNING DOLZARB IZLANISHLARI, 1(1), 16-19.
  6. https://share.google/E3tDElm9n5R2EMEXw

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011384
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/391
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
446–448
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25