Asosiy mazmunga o‘tish

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Shermukhamedov Rahmatulla Sadikovich1, Fattoyeva Hanifa Rafqat qizi22025

  1. 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti
  2. 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistranti

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 438–440

Annotatsiya

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini integrativyondashuv asosida takomillashtirish masalasi ICLHE (Integrated Content and Language in HigherEducation) modeli misolida tahlil qilinadi. ICLHE yondashuvi – oliy ta‘limda mazmun va tilintegratsiyasiga asoslangan o‘qitish tizimi bo‘lib, o‘qituvchilarning kasbiy, kommunikativ va metodiktayyorgarligini kompleks rivojlantirishni nazarda tutadi. Maqolada mazkur modelning nazariy asoslari,shuningdek, Doiz, natijalar shuni ko‘rsatadiki, integrativ yondashuv o‘qituvchilarda til va fan mazmuniniuyg‘un o‘zlashtirish, dars jarayonini ijodiy tashkil etish va talabalar bilan samarali muloqot o‘rnatishko‘nikmalarini shakllantiradi.

Boshqa tillarda

ruschaСОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НА ОСНОВЕ ИНТЕГРАТИВНОГО ПОДХОДА

В данной статье анализируется вопрос повышения квалификации будущих преподавателей на основе интегративного подхода с использованием модели ICLHE (Интегрированное содержание и язык в высшем образовании). Подход ICLHE представляет собой систему обучения, основанную на интеграции содержания и языка в высшем образовании, которая предполагает всестороннее развитие профессиональной, коммуникативной и методической подготовки преподавателей. В статье представлены теоретические основы данной модели, а также результаты показывают, что интегративный подход формирует у преподавателей навыки гармоничного освоения содержания языка и предмета, творческой организации учебного процесса и установления эффективной коммуникации со студентами.

inglizchaIMPROVING THE PROFESSIONAL TRAINING OF FUTURE TEACHERS BASED ON AN INTEGRATIVE APPROACH

This article analyzes the issue of improving the professional training of future teachers based on an integrative approach using the ICLHE (Integrated Content and Language in Higher Education) model. The ICLHE approach is a teaching system based on the integration of content and language in higher education, which involves the comprehensive development of teachers‘ professional, communicative and methodological training. The article presents the theoretical foundations of this model, as well as the results show that the integrative approach forms the skills of teachers to harmoniously master the content of the language and subject, creatively organize the teaching process, and establish effective communication with students.

Kalit so‘zlar

  • integrativ yondashuv
  • ICLHE
  • EMI
  • kasbiy rivojlanish
  • mazmun va til integratsiyasi
  • o‘qituvchi kompetensiyasi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Shermuxamedov Rahmatulla Sadikovich Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti. Fattoyeva Hanifa Rafqat qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistranti Email: khanifafatttoyeva97@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish masalasi ICLHE (Integrated Content and Language in Higher Education) modeli misolida tahlil qilinadi. ICLHE yondashuvi – oliy ta’limda mazmun va til integratsiyasiga asoslangan o‘qitish tizimi bo‘lib, o‘qituvchilarning kasbiy, kommunikativ va metodik tayyorgarligini kompleks rivojlantirishni nazarda tutadi. Maqolada mazkur modelning nazariy asoslari, shuningdek, Doiz, natijalar shuni ko‘rsatadiki, integrativ yondashuv o‘qituvchilarda til va fan mazmunini uyg‘un o‘zlashtirish, dars jarayonini ijodiy tashkil etish va talabalar bilan samarali muloqot o‘rnatish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Kalit so‘zlar: Integrativ yondashuv, ICLHE, EMI, kasbiy tayyorgarlik, mazmun va til integratsiyasi, o‘qituvchi kompetensiyasi.

IMPROVING THE PROFESSIONAL TRAINING OF FUTURE TEACHERS BASED ON AN INTEGRATIVE APPROACH

Shermukhamedov Rakhmatulla Sadikovich Доцент, Чирчикского государственного педагогического университет Fattoyeva Khanifa Rafqat kizi Master's student at Chirchik State Pedagogical University Email: khanifafatttoyeva97@gmail.com

Abstract This article examines the improvement of pre-service teachers’ professional training through an integrative approach based on the ICLHE (Integrated Content and Language in Higher Education) model. The ICLHE approach represents a system of instruction in higher education that integrates content and language, aiming to develop teachers’ professional, communicative, and methodological competencies in a comprehensive manner. The results show that the integrative approach enables future teachers to effectively combine subject knowledge with language proficiency, organize lessons creatively, and establish productive communication with students. Key words: Keywords: integrative approach, ICLHE, EMI, professional training, content and language integration, teacher competence.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НА ОСНОВЕ ИНТЕГРАТИВНОГО ПОДХОДА

Шермухамедов Рахматулла Садыкович Доцент, Чирчикского государственного педагогического университет Фаттоева Ханифа Рафкат кизи Магистрант Чирчикского государственного педагогического университета Email: khanifafatttoyeva97@gmail.com

Аннотация: В данной статье рассматривается вопрос совершенствования профессиональной подготовки будущих учителей на основе интегративного подхода на примере модели ICLHE (Integrated Content and Language in Higher Education). Подход ICLHE представляет собой систему обучения, основанную на интеграции содержания и языка в высшем образовании, и направлен на комплексное развитие профессиональной, коммуникативной и методической подготовки преподавателей. В статье анализируются теоретические основы данной модели, а также результаты, показывающие, что интегративный подход способствует формированию у учителей навыков гармоничного усвоения языка и предметного содержания, творческой организации учебного процесса и эффективного взаимодействия со студентами. Ключевые слова: интегративный подход, ICLHE, EMI, профессиональная подготовка, интеграция содержания и языка, компетентность преподавателя.

Bugungi kunda ta’lim jarayonida integrativ yondashuv asosida darsni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash faqat fan mazmunini o‘zlashtirish bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda o‘qituvchi ingliz tilida dars o‘ta olish, fan mazmunini chet tilida tushuntirish, xalqaro hamkorlikda ishlash va madaniy kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish kompetensiyalariga ega bo‘lishi kerak. Bu esa ICLHE yondashuvining dolzarbligini belgilaydi. Noeliya Ruiz-Madrid va Izabel Fortanet-Gomes (2024) tomonidan tahrirlangan Teacher Professional Development for the Integration of Content and Language in Higher Education asarida ICLHE modeli orqali o‘qituvchilarning til va metodik tayyorgarligini integratsiyalash zarurligi ta’kidlanadi. Shuningdek, Doiz, Lasagabaster va Sierra (2013) tomonidan tahrirlangan English-Medium Instruction at Universities: Global Challenges kitobida ingliz tilida o‘qitish jarayonida o‘qituvchilarning tilga oid tayyorgarligi, metodik yondashuvi va mazmun bilan til o‘rtasidagi muvozanat masalalari keng tahlil qilingan. Til darajasi muammosi: Ko‘pchilik o‘qituvchilar o‘z fanini chuqur biladi, ammo ingliz tilida dars o‘tishda til kompetensiyasi yetarli emas. Shu bois, ICLHE yondashuvi til va fan mazmunini birgalikda rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Mazmun va til muvozanati: O‘qituvchilar dars jarayonida fanning mazmunini to‘liq yetkazish bilan birga, tilni ham o‘rgatish masalasida muvozanatni saqlashda qiynaladilar. Integrativ o‘qitish bu muammoni hal etadi Til qo‘llab-quvvatlash tizimi: Universitetlarda mavjud bo‘lgan til markazlari ko‘pincha umumiy ingliz tili o‘rgatishga yo‘naltirilgan, ammo EMI va ICLH tizimi uchun maxsus metodik tayyorgarlik talab qilinadi. ICLHE modeli integrativ yondashuvning amaliy ifodasidir. U o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligini bir necha yo‘nalishda – til, mazmun, metodika va madaniyat – rivojlantiradi. ICLHE o‘qitish jarayonida talaba markaziy o‘rinni egallaydi va bilim o‘zlashtirish jarayonida til va mazmunni uyg‘unlashtiradi. Doiz, Lasagabaster va Sierra asarlarida qayd etilganidek, ingliz tilida dars o‘tish (EMI) jarayonida o‘qituvchi nafaqat fan mazmunini yetkazadi, balki talabalar uchun til modeli sifatida ham faol ishtirok etadi. Bu yondashuv o‘qituvchilarda til refleksiyasini, fan bo‘yicha analitik fikrlashni va darsda interaktiv metodlardan foydalanish madaniyatini rivojlantiradi. ICLHE yondashuvi shuningdek, o‘qituvchilarni xalqaro ta’lim standartlariga moslashishga tayyorlaydi. Oliy ta’limda ingliz tili vositasida dars o‘tish, talabalarning akademik tilni egallashi va ilmiy fikrlashni rivojlantirish imkonini beradi. Integrativ yondashuv (ICLHE modeli) bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda samarali vositadir. Bu yondashuv o‘qituvchida fan va til integratsiyasi orqali kompleks kompetensiyalarni rivojlantiradi. Tilni o‘rganish va fanni o‘qitish jarayonining birligi o‘qituvchining ijodiy fikrlashini, kommunikativ madaniyatini va metodik refleksiyasini rivojlantiradi. Kelgusida ICLHE modeli asosida ishlab chiqilgan modulli dasturlarni pedagogik oliygohlarda keng joriy etish, o‘qituvchilarning til-metodik tayyorgarligini oshirish hamda xalqaro tajribalarga asoslangan qo‘llanmalarni yaratish tavsiya etiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar12 ta adabiyot

  1. Ruiz-Madrid, M. N., & Fortanet-Gomes, I. (2024). Teacher Professional Development for the
  2. Integration of Content and Language in Higher Education. Routledge.
  3. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI
  4. IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQIY
  5. TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(1), 470-475.
  6. Ramziddin Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI HAMDA
  7. UNING MAZMUN-MOHIYATI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 36-40.
  8. Doiz, A., Lasagabaster, D., & Sierra, J. (2013). English-Medium Instruction at Universities: Global10.21832/9781847698162
  9. Challenges. Multilingual Matters.
  10. Tiong, N. D. (2024). An integrative conceptual framework for analysing teacher learning. Professional
  11. Development in Education, 1–20.
  12. Fazildjanova, N. (2025). Bo‘lajak pedagog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish. Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali.5. Хамеди, М. А. (2014). Интегративный подход к профессионально-педагогической подготовке будущих учителей. Современные проблемы науки и образования.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011381
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/388
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
438–440
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25