Asosiy mazmunga o‘tish

ANTROPONIMLARNI O‘RGANISHDA LINGVOMADANIY YONDASHUV

Melibayeva Sokhibaxon Adxhammirza qiziAlisher Navoiy nomidagi TDO‘TAU tayanch doktoranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 360–363

Annotatsiya

Maqolada antroponimlarni lingvomadaniy nuqtai nazardan o‘rganish masalalariyoritilgan. Unda shaxs ismlarining konnotatsiyalari, ularning madaniy mazmuni, milliy identifikatsiyaniifodalashdagi roli hamda badiiy matndagi funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, pretsedentismlar fenomeni, ularning lingvokultura tizimidagi o‘rni ham yoritilgan. Lingvokulturologik yondashuvantroponimlarning til va madaniyat o‘zaro aloqasini ochib berishda samarali ilmiy yo‘nalish ekanini asoslabberiladi.

Boshqa tillarda

ruschaЛингвистико-культурный подход к изучению антропонимов

В статье рассматриваются вопросы изучения антропонимов с лингвокультурной точки зрения. Анализируются коннотации личных имен, их культурное содержание, роль в выражении национальной идентичности и функциональные особенности в литературном тексте. Также обсуждается феномен предшествующих имен и их роль в лингвокультурной системе. Обосновывается тот факт, что лингвокультурный подход является эффективным научным направлением для выявления взаимосвязи между языком и культурой.

inglizchaLINGUISTOCULTURAL APPROACH TO THE STUDY OF ANTHROPONYMS

The article discusses the issues of studying anthroponyms from a linguocultural perspective. It analyzes the connotations of personal names, their cultural content, their role in expressing national identity, and their functional features in a literary text. It also discusses the phenomenon of precedent names and their role in the linguocultural system. It substantiates the fact that the linguocultural approach is an effective scientific direction in revealing the relationship between language and culture.

Kalit so‘zlar

  • antroponim
  • lingvokulturologiya
  • madaniy konnotatsiya
  • pretsedent ism
  • til va madaniyat
  • badiiy matn

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

ANTROPONIMLARNI O‘RGANISHDA LINGVOMADANIY YONDASHUV

Melibayeva Soxibaxon Adxammirza qizi Alisher Navoiy nomidagi TDO‘TAU tayanch doktoranti melibayevasohiba1893@gmail.com

Annotatsiya: Maqolada antroponimlarni lingvomadaniy nuqtai nazardan o‘rganish masalalari yoritilgan. Unda shaxs ismlarining konnotatsiyalari, ularning madaniy mazmuni, milliy identifikatsiyani ifodalashdagi roli hamda badiiy matndagi funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, pretsedent ismlar fenomeni, ularning lingvokultura tizimidagi o‘rni ham yoritilgan. Lingvokulturologik yondashuv antroponimlarning til va madaniyat o‘zaro aloqasini ochib berishda samarali ilmiy yo‘nalish ekanini asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: antroponim, lingvokulturologiya, madaniy konnotatsiya, pretsedent ism, til va madaniyat, badiiy matn.

LINGUOCULTURAL APPROACH TO THE STUDY OF ANTHROPONYMS

Melibayeva Sohibaxon Adkhammirza qizi TSULLU named after Alisher Navai PhD Researcher melibayevasohiba1893@gmail.com

Abstract: The article explores the study of anthroponyms from a linguocultural perspective. It analyzes the connotations of personal names, their cultural meanings, their role in expressing national identity, and their functional features in literary texts. The phenomenon of precedent names and their place within the linguocultural system are also discussed. The author argues that the linguocultural approach is an effective scientific method for examining the interrelation between language and culture. Keywords: anthroponym, linguoculturology, cultural connotation, precedent name, language and culture, literary text.

ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКИЙ ПОДХОД К ИЗУЧЕНИЮ АНТРОПОНИМОВ

Мелибаева Сохибахон Адхаммирза кызы Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои Соискатель степени PhD melibayevasohiba1893@gmail.com

Аннотация. В статье рассматриваются вопросы изучения антропонимов с лингвокультурологической точки зрения. Анализируются коннотации личных имен, их культурное содержание, роль в выражении национальной идентичности и функциональные особенности в художественном тексте. Также освещается феномен прецедентных имен и их место в системе лингвокультуры. Автор обосновывает, что лингвокультурологический подход является эффективным направлением в исследовании взаимосвязи языка и культуры. Ключевые слова: антропоним, лингвокультурология, культурная коннотация, прецедентное имя, язык и культура, художественный текст.

Lingvokulturologik tadqiqot antroponimlarning konnotatsiyalarini o‘rganishni nazarda tutadi. Bu konnotatsiyalar tilshunoslik va ekstralingvistik omillar bilan belgilanadigan, ko‘p qirrali ijtimoiy-lingvistik hodisadir. Ismlar o‘z konnotatsiyalarini jamiyatda faoliyat yuritish davri davomida orttiradilar. Ismlarning mashhurligi, uslubiy mansubligi va suffiksal shakllarga bo‘lgan afzalliklari vaqt va tarqalish hududiga qarab o‘zgarib boradi.

Zamonaviy tilshunoslikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan lingvokulturologik yondashuv antroponimlarga lingvokulturemalar sifatida qarash imkonini beradi. Ya’ni ular ramziy shaklda milliy madaniyatning o‘ziga xos jihatlarini, uning ma’naviy, axloqiy-ruhiy qadriyatlarini ifodalashga va til jamoasining identifikatsiyasini ta’minlashga qodir bo‘lgan til birliklaridir. Inson jamiyati tuzilmasiga organik tarzda singib ketgan onomastikon jamiyatni belgilash va shakllantirish xususiyatiga ega bo‘lib, bir madaniyatni boshqasidan ajratib turuvchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi [1].

Ismning ma’no tarkibidagi madaniy komponent, uning madaniy konnotatsiyalari, assotsiatsiyalari va madaniy foni alohida e’tiborga olinadi. Aynan lingvokulturologlar barcha antroponimlar orasidan madaniy axborotni saqlovchi til vositalarining yadrosiga kiruvchi va muayyan madaniyatning qadriyatlar tizimini belgilovchi ayrimlarini ajratib ko‘rsatganlar. Bular “pretsedent ismlar” deb ataluvchi nomlardir. Ular madaniyat tashuvchilarining aksariyatiga tanish bo‘lib, ular uchun muhim hissiy va axborot tarkibga ega, shu bilan birga pretsedent ismlarning qo‘llanishi barqarorligi bilan tavsiflanadi.

Bugungi kun tilshunosligida olimlar pretsedent ismlarga katta qiziqish bildirmoqda — bu tabiiy hol, chunki pretsedent ism fenomeni tadqiqotchi uchun katta ilmiy salohiyatga ega. Pretsedent ismlar o‘z tuzilmasi bilan ham e’tiborga loyiq: ularning tarkibiga turli konnotatsiyalar va assotsiatsiyalar kiradi, ular vaqt o‘tishi bilan to‘planib, hatto ismning asosiy ma’nosini siqib chiqara oladi. Pretsedent ismlar yordamida lingvokultura tizimining maydoniy (poliyevi) tuzilmalari shakllanadi [2].

Lingvokulturologiya o‘z tadqiqot vositalari orqali atoqli otlarni o‘rganish sohasida butunlay yangi maqsadlarga erishmoqda. Avval ham antroponimik tizim muayyan xalq madaniyatining axloqiy, diniy va falsafiy qadriyatlarini aks ettirishi ma’lum edi, biroq faqat lingvokulturologiya ushbu tizim buni qanday amalga oshirishi, ya’ni qaysi yo‘l bilan ifodalashini tushuntirib bera oladi. Agar bu savolni yanada aniqroq shaklda qo‘ysak, lingvokulturologiya atoqli otlarning til manzarasidagi (til olamidagi) o‘rnini va ma’nosini izohlaydi.

Lingvokulturologlar ta’kidlashicha, antroponimlarning semantikasi tilshunoslik va madaniyatshunoslik axborotidan tarkib topadi. Bu axborot antroponimlarning til va nutqdagi funksiyalarida, shuningdek, ularning o‘ziga xos maxsus vazifalarida ifodalanadi. Ma’lumki, antroponim tuzilmasi nominativ ma’no, konnotatsiya va pragmatik aspektdan iborat bo‘ladi. Shu boisdan antroponimlar har qanday jamiyat hayotining ajralmas qismi sifatida uning lingvistik va sotsiokultural xususiyatlarini mujassam etadi. Shundan kelib chiqib, tabiiy xulosa shuki, antroponimlarni til va jamiyat, til va madaniyat o‘zaro aloqasi orqali tahlil etish lozim. Boshqacha aytganda, antroponimlarni o‘rganishda lingvokulturologik yondashuvni qo‘llash ilmiy jihatdan eng maqsadga muvofiqdir.

Antroponimning madaniy konnotatsiyasi o‘z ichiga ism egasining millatiga oid ma’lumotni ham oladi. Bunga, masalan, jamiyatda qabul qilingan nomlash modeli misol bo‘la oladi. Bu model ikki, uch yoki undan ortiq komponentdan iborat bo‘lishi mumkin. O‘zbek xalqida hozirgi davrda uch qismdan tashkil topgan model mustahkam o‘rin olgan: familiya, ism va otasining ismi. O‘zbek xalqi jamiyatida ism an’anaviy tarzda gender farqlari bilan bog‘liq holda qaraladi.

Antroponimning madaniy konnotatsiyasi tadqiqotchilar uchun kutilmagan holatlarni ham yuzaga keltirishi mumkin. Masalan, dastlab qaraganda o‘zbek xalqiga eng xos deb hisoblangan ayrim shaxs ismlarining aniqlanishi aslida xalq og‘zaki ijodi — ertaklar, maqollar, matallar, latifalar asosida shakllangan etnos haqidagi stereotiplarga tayanadi. Rus tilshunosi Dergilyova J.I. shu fikr yuzasidan rus xalqi antroponimiyasidan kelib chiqib biroq aslida etnosning mental xususiyatlarini butunlay boshqa shaxs ismlari ifodalashi ham mumkin ekanligini ta’kidlagan[3].

Lingvokulturologik yondashuv antroponimlarning badiiy matndagi rolini anglashga ham imkon beradi. Bu yondashuv aynan shu sohada o‘zining nihoyatda samarali ekanini ko‘rsatadi. Chunki jamiyatdagi kabi badiiy matnda ham antroponim mazmuniy va uslubiy yukni o‘z zimmasiga oladi, insonning ijtimoiy maqomini bildiradi hamda semantik, uslubiy, derivatsion, distributiv va kombinator imkoniyatlarini mujassamlashtiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, antroponimlarni badiiy matn doirasida madaniyatshunoslik yondashuvi asosida tahlil qilishda asarining umuminsiy va tarixiy-madaniy konteksti, shuningdek matnning makro- va mikro-konteksti hisobga olinishi zarur. Shu bois bunday tadqiqot tizimlilik va e’tiborni talab etadi.

Antroponimlar adabiyotda eng qadim zamonlardan to hozirgi kungacha qo‘llanib kelmoqda. Qahramonlar uchun shaxs ismini tanlash — bu har bir muallifning katta va sinchkovlikni talab etuvchi ijodiy ishi, chunki bu orqali asarning mazmuni chuqurroq anglanadi va o‘quvchi tomonidan to‘g‘ri talqin etiladi. Ayniqsa, asosiy qahramonning ismi, muallifning g‘oyaviy niyatini ifodalashda muhim ahamiyatga ega. Adabiyot uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tgan. Har bir davr o‘ziga xos qahramonlarga ism tanlash tamoyillari bilan ajralib turgan. Klassitsizm davrida (klassik an’anada) ism “so‘zlovchi” bo‘lishi, ya’ni nafaqat qahramonning ijtimoiy mavqeini, balki uning xarakter xususiyatlarini ham ifodalashi lozim edi.

O‘zbek adabiyotida bunga ko‘plab misollar mavjud. Masalan, yozuvchi Abdulla Qahhor o‘zining “Og‘ri” hikoyasida bosh qahramonga Qobil ismini berib, shu orqali halol, mehnatkash xalq vakili timsolini yaratadi. Ism uning iymoni, mas’uliyati va xarakterini ochib beradi.

Shunday qilib, badiiy matnlardagi antroponimlar — asar g‘oyaviy mazmunining ajralmas qismi hisoblanadi: ularda qo‘llangan ismlar muallifning asar haqidagi qarashlarini, g‘oyaviy konsepsiyasini aks ettiradi. Antroponimlar yozuvchining badiiy lug‘atining bir qismi bo‘lib, noyob va o‘ziga xos badiiy matn yaratishda muhim vosita vazifasini bajaradi.

Shundan xulosa qilish mumkinki, badiiy asardagi antroponim maxsus madaniy birlik — badiiy antroponim-konseptni ifodalaydi. U ekstralingvistik va sotsiokultural xususiyatlarga ega bo‘lgan, muallifning keng madaniy va hissiy tajribasini o‘zida mujassam etuvchi murakkab tizimli birlikdir. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda aytish mumkinki, tilda xalq madaniyati namoyon bo‘ladi. Lingvokulturologiya esa tahlil va talqin vositasi sifatida tilning asosiy funksiyalaridan biri — madaniyatni yaratish, rivojlantirish, saqlash va uzatish vositasi ekanini aniqlash imkonini beradi [6].

Tilshunoslik va madaniyatshunoslik tutashgan nuqtada paydo bo‘lgan lingvokulturologiya, milliy tilning jonli tizimida mujassam bo‘lgan hamda turli til hodisalari orqali namoyon bo‘ladigan moddiy va ma’naviy madaniyatni o‘rganadi [4].

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar12 ta adabiyot

  1. Агеева Р.А., Бахнян К.В. Социолингвистический аспект имени собственного: науч.-аналит. обзор. М.: ИНИОН, 1984.
  2. Берестнев Г. И., Слово, язык и за их пределами. Калининград, 2007.
  3. Дергилёва, Ж.И. Антропонимы как отражение индивидуально авторской концептосферы /
  4. Ж.И. Дергилёва // Современные тенденции функционирования русского языка и культуры речи вузовскогопреподавателя: Материалы всероссийской научной конференции. В 2 ч. 4.1. -Белгород:
  5. Изд-во БелГУ, 2006.4. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI
  6. IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQIY
  7. TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(1), 470-475.
  8. Ramziddin Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI HAMDA
  9. UNING MAZMUN-MOHIYATI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 36-40.
  10. Дюжева, М. Б. Лингвокультурологические аспекты англоязычных названий музыкальных групп: дис. канд. филол. наук / М. Б. Дюжева. —Владивосток, 2007.
  11. Kenjayeva S.E. O‘zbek antroponimlarining semantik va sotsiolingivistik tadqiqi. nom... diss. avtoreferati. -Toshkent, 2011
  12. Новиков, А. И. Текст и контртекст: две стороны процесса понимания //Вопр. психолингвистики. 2003. No 1.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011358
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/358
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
360–363
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25