TIBBIY TA‘LIMDA BIOKIMYO FANINI O‘QITISH USULLARI
Tokhtamatova Shahzoda Sodiqjon qiziImpuls tibbiyot instituti v.b. dotsenti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 221–223
Annotatsiya
Ushbu maqolada tibbiyot oliy ta‘lim muassasalarida biokimyo fanini o‘qitishningzamonaviy metodik yondashuvlari tahlil qilinadi. Biokimyo fani-talabalarda nazariy bilimlar bilan birgaamaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Mazkur tadqiqotda innovatsion pedagogiktexnologiyalarning qo‘llanilishi, fanlararo integratsiya, talaba faolligini oshirish usullari va ta‘limjarayonining samaradorligini ta‘minlash bo‘yicha takliflar keltirilgan. Shuningdek, mualliflar tomonidano‘qitish sifati va o‘zlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan didaktik materiallar tahlil qilingan.
Boshqa tillarda
ruschaМЕТОДЫ ПРЕПОДАВАНИЯ БИОХИМИИ В МЕДИЦИНСКОМ ОБРАЗОВАНИИ
В данной статье анализируются современные методические подходы к преподаванию биохимии в высших медицинских учебных заведениях. Биохимия играет важную роль в формировании практических навыков у студентов наряду с теоретическими знаниями. В исследовании представлены предложения по использованию инновационных педагогических технологий, междисциплинарной интеграции, методов повышения активности студентов и обеспечения эффективности образовательного процесса. Авторы также проанализировали дидактические материалы, направленные на повышение качества преподавания и уровня усвоения материала.
inglizchaMETHODS OF TEACHING BIOCHEMISTRY IN MEDICAL EDUCATION
This article analyzes modern methodological approaches to teaching biochemistry in higher medical education institutions. Biochemistry plays an important role in the formation of practical skills in students along with theoretical knowledge. This study presents proposals for the use of innovative pedagogical technologies, interdisciplinary integration, methods for increasing student activity and ensuring the effectiveness of the educational process. The authors also analyzed didactic materials aimed at improving the quality of teaching and the level of mastery.
Kalit so‘zlar
- biokimyo
- tibbiyot talabalari
- o‘qitish metodikasi
- innovatsion texnologiyalar
- amaliy ko‘nikmalar
- fanlararo integratsiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
TIBBIY TA’LIMDA BIOKIMYO FANINI O‘QITISH USULLARI
Toxtamatova Shahzoda Sodiqjon qizi Impuls tibbiyot instituti v.b. dotsenti toxtamatovashahzoda@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida biokimyo fanini o‘qitishning zamonaviy metodik yondashuvlari tahlil qilinadi. Biokimyo fani-talabalarda nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Mazkur tadqiqotda innovatsion pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi, fanlararo integratsiya, talaba faolligini oshirish usullari va ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash bo‘yicha takliflar keltirilgan. Shuningdek, mualliflar tomonidan o‘qitish sifati va o‘zlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan didaktik materiallar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: biokimyo, tibbiyot talabalari, o‘qitish metodikasi, innovatsion texnologiyalar, amaliy ko‘nikmalar, fanlararo integratsiya
МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ БИОХИМИИ В СИСТЕМЕ МЕДИЦИНСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ
Ш.С. Тохтаматова Институт медицины Импульс, и.о. доцента toxtamatovashahzoda@gmail.com
Аннотация. В данной статье рассматриваются современные методические подходы к преподаванию биохимии в высших медицинских учебных заведениях. Биохимия играет важную роль в формировании как теоретических знаний, так и практических навыков студентов. В работе представлены предложения по применению инновационных педагогических технологий, междисциплинарной интеграции, активизации студентов и повышению эффективности образовательного процесса. Также проанализированы дидактические материалы, направленные на улучшение качества преподавания и усвоения знаний. Ключевые слова: биохимия, студенты-медики, методика преподавания, инновационные технологии, практические навыки, междисциплинарная интеграция
METHODS OF BIOCHEMISTRY INSTRUCTION IN MEDICAL EDUCATION
Sh.S. Toxtamatova Impuls Medical Institute, Acting Associate Professor toxtamatovashahzoda@gmail.com
Annotation. This article explores modern methodological approaches to teaching biochemistry in higher medical educational institutions. Biochemistry plays a key role in developing both theoretical knowledge and practical skills among students. The study presents recommendations on the use of innovative pedagogical technologies, interdisciplinary integration, methods to enhance student engagement, and strategies to increase the effectiveness of the educational process. In addition, didactic materials aimed at improving teaching quality and knowledge retention are analyzed. Keywords: biochemistry, medical students, teaching methodology, innovative technologies, practical skills, interdisciplinary integration
Kirish. Hozirda dunyo ta’lim tizimida tibbiyot sohasidagi ta’limning natijaviy bo‘lishi va yuqori sifati asosiy fanlar o'quv dasturida egallagan o‘rni bilan uzviy ravishda bog'liqdir. Bunday muhim o'quv fanlaridan biri biokimyo hisoblanib, u tibbiyot ta'limining fundamental bazasini yaratadi. Biokimyo tirik tizmlardagi kimyoviy o'zgarishlarni tadqiq etadi va bu jarayonlarni puxta o'zlashtirish orqali kasalliklarning yuzaga kelish mexanizmlarini o'rganish, tashxis qo'yish va davolashda mustahkam ilmiy asos hosil qiladi. Shu sababli mazkur fandan olingan nazariy va amaliy bilimlar talabalar uchun kelajakda klinik fanlarni o'zlashtirishda muhim zamin bo'lib xizmat qiladi [1]. Tibbiyot ta'limida, xususan bakalavr bosqichida o'quv yuklamalarining ko'p hajmda bo'lishi, mavzularning qiyinligi va innovatsion texnologiyalar bilan faol ishlash zaruriyati biokimyo fanini o'qitish uslubiyotini modernizatsiyalashtirishni taqozo etmoqda. An'anaviy ta'lim shakllari (ma'ruzalar, amaliy darslar) ko'pincha talabalar xotirasida chuqur va uzoq muddatli bilim shakllantirish uchun yetarli emas. Bu vaziyat o'qituvchilardan yangicha metodologik yondashuv, ijodiy tafakkur va metodik innovatsiyalarni qo'llashni talab etadi. So'nggi yillarda interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, fanlararo integratsiya, keys-study va muammoga asoslangan ta'lim kabi pedagogik yondashuvlar tibbiy ta'limda faol joriy qilinmoqda. Ayniqsa, talabaning shaxsiga qaratilgan ta'lim jarayonida ularning mustaqil mulohaza yuritish, muammolarni tahlil qilish va ilmiy tadqiqotga qiziqishini rivojlantirish biokimyo fanida ijobiy samaralar bermoqda [2]. Amaliy tajribalar shuni isbotlamoqdaki, dars jarayonida nazariy ma'lumotlarni amaliy mashg'ulotlar bilan integratsiyalash, real hayotiy holatlar asosida topshiriqlar berish orqali talabalarning bilimini yanada puxta qilish mumkin. Jumladan, klinik vaziyatlar asosida metabolik jarayonlarni tahlil qilish, laboratoriya natijalarini talqin qilish, fermentativ reaksiyalarning mexanizmlarini amalda namoyon etish orqali o‘quvchilarda “o‘zlashtirilgan bilimni amaliy faoliyatga tatbiq etish malakasi” rivojlanadi.Shuningdek, biokimyo fanini o‘qitishda vizual materiallar (videodarslar, 3D modellari, simulyatorlar) va elektron ta’lim platformalaridan foydalanish talabalar e’tiborini jalb qilish va fan bo‘yicha motivatsiyani oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu esa fanni o‘zlashtirish darajasini oshirishga xizmat qiladi [3]. Tibbiy ta’limda biokimyo fanini o‘qitish jarayoni doimiy takomillashishni talab qiladigan murakkab va mas’uliyatli pedagogik faoliyatdir. Tadqiqot davomida olib borilgan eksperimentlar va kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, interaktiv metodlarga asoslangan darslar talabalar tomonidan an’anaviy darslarga nisbatan yuqori darajada qiziqish bilan qabul qilinadi. Ayniqsa, keys-stadiy, muammoli vaziyatlar asosida ishlash va laborator tahlillar bilan bog‘liq topshiriqlar talabalarning fanga bo‘lgan motivatsiyasini kuchaytiradi. Darsda fanlararo bog‘liqlikni yaratish, masalan, biokimyoviy jarayonlarni klinik holatlar bilan bog‘lab tushuntirish, o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi. Talabalar mavzuni yaxshiroq tushunish, o‘z fikrini asoslash, ilmiy tahlil qilish ko‘nikmasini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shu bilan birga, o‘qituvchining metodik tayyorgarligi, darsdagi faoliyatni to‘g‘ri tashkil qilishi, darsning dinamikasini saqlab turishi ham o‘zlashtirish darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, an’anaviy dars uslublari ham mutlaqo inkor etilmasligi kerak. Ayrim mavzularni izchil va tizimli tushuntirish uchun klassik ma’ruza, sxemalar asosidagi tushuntirish zarur bo‘lib qoladi. Ammo bu uslublar interaktiv vositalar bilan uyg‘un holda qo‘llanilgandagina maksimal natija beradi. Ya’ni, nazariy bilimlar interaktiv va amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlanishi lozim. Talabalar
bilan olib borilgan so‘rovnomalar shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy texnologiyalar-videodarslar, animatsiyalar, 3D modellash, elektron platformalardan foydalanish-ularning fanga nisbatan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirgan. Aksincha, faqat an’anaviy metodlar qo‘llanilgan guruhlarda bilim sifati pastroq bo‘lgan, talabalar mustaqil ishlashda qiynalgan. Shuningdek, biokimyo fanining o‘rganilishi faqat testlar orqali baholanishi talabalar bilimini chuqurlashuviga xizmat qilmasligi mumkin. O‘quv jarayonida ochiq savollar, laborator topshiriqlar, og‘zaki javoblar va loyiha asosidagi baholash tizimi joriy qilinsa, natijalar yanada barqaror bo‘ladi. Bu esa nafaqat bilish darajasini, balki tahliliy fikrlash, ilmiy mulohaza yuritish ko‘nikmalarini ham shakllantiradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, tibbiy ta’limda biokimyo fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish zamon talabi bo‘lib, pedagogdan yuqori darajadagi professionallik, doimiy izlanish va moslashuvchanlikni talab etadi. Xulosa.Olib borilgan tadqiqotlar va tahlillar shuni ko‘rsatdiki, tibbiy ta’limda biokimyo fanini samarali o‘qitish uchun an’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash zarur. Talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bilimni chuqurlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda keys-stadiy, muammoli ta’lim, loyihaviy topshiriqlar, interaktiv metodlar va AKT vositalarining roli katta. Tajriba guruhlarida kuzatilgan yuqori o‘zlashtirish darajasi shuni tasdiqlaydiki, dars jarayonida o‘quvchi faoliyatini faollashtiruvchi metodlar samarali natija beradi. Ayniqsa, biokimyoviy jarayonlarni klinik misollar bilan bog‘lash, laborator tahlillar orqali amalda ko‘rsatish talabalar bilimining barqaror va chuqur bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, baholash mezonlarini takomillashtirish, fanlararo integratsiyani kuchaytirish va o‘qituvchilarning metodik mahoratini oshirish orqali biokimyo fanining o‘zlashtirilishini yangi bosqichga olib chiqish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Yusupova M.X., O‘rinboyev A.S. Tibbiyotda biokimyo asoslari, Toshkent: O‘qituvchi, 2021. 2. Karimova D.S. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 3. UNESCO. Innovative Teaching Strategies in Medical Education. Paris, 2022. 4. Yusupova M.X., O‘rinboyev A.S. Tibbiyotda biokimyo asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2021. 5. Karimova D.S. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 6. UNESCO. Innovative Teaching Strategies in Medical Education. – Paris, 2022. 7. Karimova D.S. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Yusupova M.X., O‘rinboyev A.S. Tibbiyotda biokimyo asoslari, Toshkent: O‘qituvchi, 2021.
- Karimova D.S. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
- UNESCO. Innovative Teaching Strategies in Medical Education. Paris, 2022.
- Yusupova M.X., O‘rinboyev A.S. Tibbiyotda biokimyo asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2021.
- Karimova D.S. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
- UNESCO. Innovative Teaching Strategies in Medical Education. – Paris, 2022.
- Karimova D.S. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011314
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/314
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 221–223
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25