BIOGEN ELEMENTLARNING TIBBIYOTDAGI BIOLOGIK ROLI VA KLINIK AHAMIYATI
Sodiqova Umida Bakhtiyorovna1, Karimjonova Gulsanam Sherali qizi22025
- 1University of Business and Science Umumkasbiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
- 2UBS Davolash ishi yo‘nalishi 1 - kurs talabasi
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 215–221
Annotatsiya
Biogen elementlar organizmning hayotiy faoliyatini ta‘minlaydigan asosiy kimyoviyelementlar bo‘lib, ular oqsillar, fermentlar, gormonlar va vitaminlarning tarkibiga kiradi. Ularorganizmning fiziologik holatini saqlash, modda almashinuvini boshqarish hamda immun tizimini qo‘llabquvvatlashda muhim ahamiyatga ega. Kalsiy, magniy, temir, rux, yod, natriy va kaliy kabi makro vamikroelementlar qon hosil bo‘lishi, nerv impulslarini o‘tkazish, suyak tizimini mustahkamlash va yurakqon tomir faoliyatini boshqarishda faol ishtirok etadi. Biogen elementlarning tanqisligi yoki ortiqchato‘planishi turli klinik holatlarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi, masalan, anemiya, osteoporoz, gipotireozyoki yurak aritmiyalari. Shuning uchun tibbiyotda ushbu elementlarning me‘yorini aniqlash diagnostika vadavolashning muhim qismi hisoblanadi. Ularning biokimyoviy roli va klinik ahamiyatini chuqur o‘rganishprofilaktik tibbiyot va parhez terapiyasida katta imkoniyatlar yaratadi.
Boshqa tillarda
ruschaБИОЛОГИЧЕСКАЯ РОЛЬ И КЛИНИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ БИОГЕННЫХ ЭЛЕМЕНТОВ В МЕДИЦИНЕ
Биогенные элементы — это основные химические элементы, обеспечивающие жизнедеятельность организма; они входят в состав белков, ферментов, гормонов и витаминов. Они важны для поддержания физиологического состояния организма, регулирования обмена веществ и поддержки иммунной системы. Макро- и микроэлементы, такие как кальций, магний, железо, цинк, йод, натрий и калий, активно участвуют в кроветворении, проведении нервных импульсов, укреплении костной системы и регулировании сердечно-сосудистой деятельности. Дефицит или избыточное накопление биогенных элементов приводит к развитию различных клинических состояний, таких как анемия, остеопороз, гипотиреоз или сердечные аритмии. Поэтому определение нормы этих элементов в медицине является важной частью диагностики и лечения. Углубленное изучение их биохимической роли и клинического значения открывает большие возможности в профилактической медицине и диетотерапии.
inglizchaBIOLOGICAL ROLE AND CLINICAL SIGNIFICANCE OF BIOGENIC ELEMENTS IN MEDICINE
Biogenic elements are the main chemical elements that ensure the vital activity of the organism, they are part of proteins, enzymes, hormones and vitamins. They are important in maintaining the physiological state of the organism, regulating metabolism and supporting the immune system. Macro and microelements such as calcium, magnesium, iron, zinc, iodine, sodium and potassium are actively involved in blood formation, conduction of nerve impulses, strengthening the bone system and regulating cardiovascular activity. Deficiency or excess accumulation of biogenic elements causes the development of various clinical conditions, such as anemia, osteoporosis, hypothyroidism or cardiac arrhythmias. Therefore, determining the norm of these elements in medicine is an important part of diagnostics and treatment. In-depth study of their biochemical role and clinical significance creates great opportunities in preventive medicine and dietary therapy.
Kalit so‘zlar
- biogen elementlar
- mikroelementlar
- makroelementlar
- biologik rol
- klinik ahamiyat
- metabolizm
- homeostaz
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
BIOGEN ELEMENTLARNING TIBBIYOTDAGI BIOLOGIK ROLI VA KLINIK AHAMIYATI
Ilmiy rahbar: Sodiqova Umida Baxtiyorovna University of Business and Science Umumkasbiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Email:umidasodikova1244@gmail.com Karimjonova Gulsanam Sherali qizi UBS Davolash ishi yo'nalishi 1 - kurs talabasi
Annotatsiya. Biogen elementlar organizmning hayotiy faoliyatini ta’minlaydigan asosiy kimyoviy elementlar bo‘lib, ular oqsillar, fermentlar, gormonlar va vitaminlarning tarkibiga kiradi. Ular organizmning fiziologik holatini saqlash, modda almashinuvini boshqarish hamda immun tizimini qo‘llabquvvatlashda muhim ahamiyatga ega. Kalsiy, magniy, temir, rux, yod, natriy va kaliy kabi makro va mikroelementlar qon hosil bo‘lishi, nerv impulslarini o‘tkazish, suyak tizimini mustahkamlash va yurakqon tomir faoliyatini boshqarishda faol ishtirok etadi. Biogen elementlarning tanqisligi yoki ortiqcha to‘planishi turli klinik holatlarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi, masalan, anemiya, osteoporoz, gipotireoz yoki yurak aritmiyalari. Shuning uchun tibbiyotda ushbu elementlarning me’yorini aniqlash diagnostika va davolashning muhim qismi hisoblanadi. Ularning biokimyoviy roli va klinik ahamiyatini chuqur o‘rganish profilaktik tibbiyot va parhez terapiyasida katta imkoniyatlar yaratadi. Kalit so‘zlar: biogen elementlar, mikroelementlar, makroelementlar, biologik rol, klinik ahamiyat, metabolizm, homeostaz.
БИОЛОГИЧЕСКАЯ РОЛЬ И КЛИНИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ БИОГЕННЫХ ЭЛЕМЕНТОВ В МЕДИЦИНЕ
Научный руководитель: Садыкова Умида Бахтияровна Преподаватель кафедры общепрофессиональных наук Университета бизнеса и науки Email:umidasodikova1244@gmail.com Каримжонова Гульсанам Шералиевна Студент курса лечения UBS
Аннотация. Биогенные элементы являются неотъемлемой частью клеток и тканей организма и выполняют важнейшие физиологические функции. К макро- и микроэлементам относятся кальций, калий, натрий, магний, железо, цинк, йод и другие элементы, обеспечивающие нормальное течение обменных процессов, поддержание кислотно-щелочного равновесия, передачу нервных импульсов и работу сердечно-сосудистой системы. Дефицит или избыток этих элементов приводит к развитию патологических состояний: железодефицитной анемии, остеопороза, гипотиреоза, иммунодефицита, нарушений ритма сердца. В клинической медицине определение уровня биогенных элементов в крови, моче или тканях является важным диагностическим инструментом. Применение микроэлементов в качестве лечебных и профилактических средств особенно актуально в диетологии и нутрициологии. Изучение их биологической роли позволяет глубже понять молекулярные механизмы физиологических процессов и разработать эффективные методы терапии. Ключевые слова: биогенные элементы, микроэлементы, макроэлементы, клиническое значение, обмен веществ, диагностика.
BIOLOGICAL ROLE AND CLINICAL SIGNIFICANCE OF BIOGENIC ELEMENTS IN MEDICINE
Scientific leader: Sodiqova Umida Bakhtiyorovna University of Business and Science Department of General Sciences lecturer Email:umidasodikova1244@gmail.com Karimjonova Gulsanam Sherali's daughter UBS treatment work direction student
Annotation. Biogenic elements are fundamental chemical components essential for maintaining vital biological functions in the human body. They participate in the structure of proteins, nucleic acids, enzymes, and hormones and regulate metabolic pathways. Macro- and microelements such as calcium, potassium, sodium, magnesium, iron, zinc, and iodine play a critical role in blood formation, neuromuscular regulation, enzyme activation, and maintenance of osmotic balance. Deficiency or excess of these elements may lead to clinical disorders such as anemia, osteoporosis, thyroid dysfunction, muscle weakness, cardiovascular diseases, or immune impairment. Therefore, monitoring their concentration is an important part of medical diagnostics and treatment strategies. Biogenic elements are also widely used in clinical nutrition, preventive medicine, and rehabilitation therapies. Understanding their biological role provides new insights into cellular processes and supports the development of evidence-based therapeutic approaches. Keywords: biogenic elements, trace elements, metabolism, clinical significance, homeostasis, diagnostics.
KIRISH. Inson organizmi murakkab biologik tizim sifatida o‘zining hayotiy faoliyatini saqlab qolish va tashqi muhit omillariga moslashish uchun turli kimyoviy elementlarga ehtiyoj sezadi. Ushbu elementlar ichida biogen elementlar alohida o‘rin tutadi. Chunki ular tirik hujayralar tuzilishining asosiy komponentlari bo‘lib, moddalar almashinuvi jarayonlarida bevosita qatnashadi, oqsillar, fermentlar, gormonlar, vitaminlar va nuklein kislotalarning tarkibiga kiradi. Biogen elementlar yetarli miqdorda bo‘lmaganda yoki ortiqcha to‘planganda organizmda funksional buzilishlar yuzaga keladi. Shu sababli ularning tibbiyotdagi biologik roli va klinik ahamiyatini o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Biogen elementlar kimyoviy xususiyatlariga ko‘ra ikki katta guruhga bo‘linadi: makroelementlar va mikroelementlar. Makroelementlar — kalsiy, fosfor, kaliy, natriy, magniy, xlor kabi elementlar organizmda nisbatan katta miqdorda uchraydi va suyak tizimini mustahkamlash, suv-tuz balansini saqlash, mushaklarning qisqaruvchanligi hamda asab impulslarini uzatishni ta’minlaydi. Mikroelementlar esa temir, rux, yod, mis, marganes, kobalt, selen kabi elementlardan iborat bo‘lib, kichik miqdorda bo‘lsa-da, juda muhim fiziologik vazifalarni bajaradi. Masalan, temir gemoglobinning tarkibiy qismi bo‘lib, to‘qimalarning kislorod bilan ta’minlanishida ishtirok etadi, yod qalqonsimon bez gormonlari sintezi uchun zarur, rux esa immun tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va ko‘plab fermentlar tarkibida mavjud.[1; 214] Tibbiyot fanida biogen elementlarning ahamiyati ayniqsa klinik amaliyotda namoyon bo‘ladi. Organizmdagi ushbu elementlarning miqdori laborator tahlillar yordamida aniqlanib, diagnostika, profilaktika va davolash maqsadlarida qo‘llaniladi. Masalan, temir tanqisligi anemiyasida gemoglobin darajasini oshirish uchun temir preparatlari buyuriladi, osteoporozda kalsiy preparatlari tavsiya etiladi, yod yetishmovchiligida esa yodlangan tuz yoki maxsus bioqo‘shimchalardan foydalaniladi. Shu bilan birga, mikroelementlarning ortiqcha to‘planishi ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, misning ko‘pligi Uilson kasalligiga sabab bo‘lsa, yodning me’yordan ortiq iste’moli qalqonsimon bez faoliyatining buzilishiga olib keladi. Hozirgi kunda ekologik omillar, noto‘g‘ri ovqatlanish, stress, texnogen ta’sirlar, dori vositalarining noto‘g‘ri qo‘llanishi tufayli biogen elementlar muvozanatining buzilishi keng tarqalgan. Shu sababli tibbiyotda parhez terapiya, mineral moddalar bilan boyitilgan ovqat mahsulotlaridan foydalanish va mikroelementlarni nazorat qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Biogen elementlarning biologik rolini chuqur o‘rganish nafaqat metabolik jarayonlarni tushunishda, balki turli kasalliklarning etiologiyasi va patogenezini tahlil qilishda ham muhimdir. Ular antioksidant himoya tizimini mustahkamlaydi, hujayra ichki biokimyoviy muvozanatini saqlaydi hamda immunobiologik jarayonlarning faolligini belgilaydi. Shunday qilib, biogen elementlar organizmning normal hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan asosiy omillardan biridir. Ularning fiziologik funksiyalarini tahlil qilish, yetishmovchiligi va ortiqchaligi oqibatlarini o‘rganish, klinik ahamiyatini aniqlash hamda tibbiy amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash zamonaviy tibbiyotning dolzarb yo‘nalishi hisoblanadi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODOLOGIYASI Biogen elementlarning organizmdagi biologik roli, ularning almashinuv mexanizmlari va klinik ahamiyatini o‘rganish bugungi kunda tibbiyot, biologiya, biokimyo va oziqlanish fiziologiyasi fanlarining dolzarb ilmiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur mavzu bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, biogen elementlar inson sog‘lig‘ini saqlashda hal qiluvchi omil bo‘lib, ularning yetishmovchiligi yoki me’yordan ortiqcha bo‘lishi ko‘plab kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ushbu fikr yetakchi olimlar — Verxoturov, Rozanov, Sultonov, Xodjayeva, Nazarov kabi tadqiqotchilar tomonidan ham o‘z ilmiy izlanishlarida tasdiqlangan. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, biogen elementlar haqidagi ilmiy qarashlar tarixiy jihatdan shakllanib kelgan. Avvaliga ular faqatgina organizm tarkibiy qismi sifatida talqin qilingan bo‘lsa, keyingi davrlarda ularning biokimyoviy jarayonlarda bevosita katalitik rol o‘ynashi isbotlangan. So‘nggi yillarda olib borilgan klinik tadqiqotlar esa biogen elementlarning immunomodulyator sifatida faol ishtirok etishi, DNK sintezi, hujayra bo‘linishi va oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarishi aniqlangan. Xususan, Xalqaro biokimyo uyushmasi (IUBMB) ma’lumotlariga ko‘ra, inson organizmidagi 300 dan ortiq fermentlar rux, mis, marganes yoki magniy kabi mikroelementlar ishtirokida faollashadi. Yurtimiz olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarda ham biogen elementlarning tibbiy ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Akademik A. Abduqodirov, professor M. Mirzayev va dotsent Z. Eshonqulovlarning ishlari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston sharoitida aholining yod, rux va temir tanqisligiga uchrashi keng tarqalgan bo‘lib, bu endokrin kasalliklar, gematologik buzilishlar va bolalar o‘sishida orqada qolish kabi muammolarni keltirib chiqaradi.[3; 189] Mazkur tadqiqotning metodologik asosi sifatida tizimli yondashuv, ilmiy tahlil, taqqoslash, statistik tahlil va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot davomida mavjud ilmiy manbalar, monografiyalar, xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, amaliy klinik tadqiqot natijalari va sog‘liqni saqlash sohasiga oid normativ hujjatlar o‘rganildi. Shuningdek, tibbiyot klinikalari tomonidan taqdim etilgan laborator ma’lumotlar ham solishtirildi. Tadqiqot uch bosqichda olib borildi: birinchi bosqichda mavzu bo‘yicha nazariy manbalar yig‘ildi; ikkinchi bosqichda biogen elementlarning fiziologik roli va metabolik mexanizmlari tahlil qilindi; uchinchi bosqichda klinik ahamiyatini yorituvchi amaliy misollar, diagnostika usullari va davolash strategiyalari
o‘rganildi. Statistik ma’lumotlar Microsoft Excel dasturi yordamida qayta ishlanib, diagrammalar orqali ifodalangan holda tizimlashtirildi. Ushbu tadqiqotda asosiy e’tibor mikroelementlar yetishmovchiligi bilan bog‘liq kasalliklar etiologiyasi va profilaktikasiga qaratildi. Shuningdek, tadqiqot natijalari asosida biogen elementlarning organizmdagi balansini saqlashda parhez terapiya, vitamin-mineral komplekslar va funksional ovqatlanishning o‘rni ham asoslab berildi. TAHLIL VA NATIJALAR Ushbu tadqiqotda biogen elementlarning organizmdagi biologik ahamiyati, ularning fiziologik vazifalari, yetishmovchiligi yoki ortiqchaligi bilan bog‘liq klinik muammolar va tibbiyotdagi qo‘llanish yo‘nalishlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida to‘plangan ilmiy manbalar va amaliy tahlillar shuni ko‘rsatdiki, biogen elementlar organizm homeostazini saqlashda, hujayra energetikasini tartibga solishda, fermentativ jarayonlarni faollashtirishda va immunobiologik tizimni qo‘llab-quvvatlashda asosiy omil hisoblanadi. Biogen elementlar organizmdagi biologik jarayonlarga ta’siriga ko‘ra uch guruhga ajratildi: Makroelementlar: kalsiy (Ca), fosfor (P), magniy (Mg), natriy (Na), kaliy (K) va xlor (Cl). Ular hujayra tuzilishi va fiziologik jarayonlarning asoschisi. Mikroelementlar: temir (Fe), rux (Zn), yod (I), mis (Cu), marganes (Mn), kobalt (Co), selen (Se) – fermentlar va gormonlar tarkibida bo‘lib, modda almashinuvida ishtirok etadi. Ultramiroelementlar: molibden (Mo), nikel (Ni), vanadiy (Va), ftor (F) – asosan katalitik jarayonlarda ishtirok etadi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ushbu elementlarning kamchilik yoki ortiqchaligi hujayra darajasida metabolik disbalansga olib keladi. Masalan: T/r Element Yetishmovchiligi oqibati Ortiqchaligi oqibati 1 Kalsiy Osteoporoz, raxit Buyrak toshlari 2 Temir Anemiya Gemoxromatoz 3 Yod Gipotireoz Tireotoksikoz 4 Rux Immun tanqisligi Oqsil sintezining pasayishi 5 Kaliy Aritmiya Yurak to‘xtashi xavfi
6 Mis Kamqonlik Gepatotoksiklik 1- Jadval Tahlillar ko‘rsatadiki, biogen elementlar organizmdagi deyarli barcha fiziologik jarayonlarga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladi. Ular nafaqat moddalar almashinuvida, balki genetik axborot uzatish, hujayra bo‘linishi, nerv impulslarini o‘tkazishda ham ishtirok etadi. Tadqiqot davomida statistik ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki: Aholining 35–40%ida temir tanqisligi kuzatiladi. Yod tanqisligi kasalliklari bilan 20%dan ortiq bolalar va ayollar duch keladi. Rux yetishmovchiligi tufayli immunitet pasayishi va yaralarning sekin bitishi 10–15% holatlarda uchraydi. Kalsiy tanqisligi esa ayniqsa menopauza davridagi ayollarda suyak mo‘rtlashishiga olib kelmoqda.[4; 275] Tadqiqot jarayonida klinik kuzatuvlar o‘tkazildi. Shundan ma’lum bo‘ldiki, mikroelementlar yetishmovchiligi bilan bog‘liq kasalliklar ko‘pincha yashirin kechadi va kech tashxislanadi. Muntazam laborator diagnostika bu borada muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalarining amaliy tibbiyotda qo‘llanilishi Biogen elementlar muvozanatini tiklash diyetoterapiya, farmakoterapiya va profilaktika orqali amalga oshiriladi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, to‘g‘ri ovqatlanish mikroelement yetishmovchiligining 50%ini oldini oladi. Masalan: Temir manbalari: go‘sht, jigar, ismaloq Yod manbalari: dengiz mahsulotlari, yodlangan tuz Rux manbalari: pista, loviya, tuxum Biogen elementlar yetishmovchiligi dori vositalari bilan muvaffaqiyatli bartaraf etilishi isbotlandi: Temir preparatlari: Ferroplex, Sorbifer Kalsiy preparatlari: Calcium-D3 Nycomed
Yod preparatlari: Iodomarin Rux preparatlari: Zinc sulfate Tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, ushbu preparatlarni shifokor nazoratisiz qabul qilish toksik ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Profilaktik choralar: • Homilador ayollar uchun yod va temir qo‘shimchalari • Bolalar uchun kalsiy va D vitamini • Keksalarda magniy preparatlari Shuningdek, mineral suv va bioqo‘shimchalarning foydaliligi isbotlangan. Tahlillar quyidagilarni tasdiqladi: ✓ Biogen elementlar hayot faoliyatining ajralmas qismi. ✓ Ularning tanqisligi yoki ortiqchaligi kasalliklarning kelib chiqishida muhim omil. ✓ Ularni diagnostika qilish uchun laborator aniqlik zarur. ✓ Klinik amaliyotda biogen elementlar asosida davolash samarali. ✓ Profilaktika tadbirlari kasalliklarning oldini olishda juda muhim.[5; 301] Shuningdek, tadqiqot ko‘rsatdiki, O‘zbekiston sharoitida yod va temir tanqisligi sog‘liqni saqlash tizimida ustuvor muammo bo‘lib qolmoqda. B1 vitamini (tiamin) asab tizimi, yurak va modda almashinuviga juda muhim. Uning organizmda ortishi uchun magniy elementiga boy mahsulotlarni iste’mol qilish kerak, chunki B1 vitaminining o‘zlashtirilishi magniyga bog‘liq. Magniyga boy mahsulotlar: ➢ Bodom, yong‘oq, pista ➢ Loviya, no‘xat, mosh ➢ Grechka (qarabuğday) ➢ Kepakli non ➢ Kakaoli mahsulotlar, qora shokolad ➢ Ismaloq, ko‘katlar ➢ Bananch ➢ Kungaboqar urug‘i va qovoq urug‘i kabi mahsulotlarni kop iste’mol qilish kerak. Lyugol eritmasi – tarkibida yod (I₂) va kaliy yodid (KI) bo‘lgan antiseptik eritma. Tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Ishlatilishi: ➢ Tomoq shilliq qavatidagi yallig‘lanishlarda (angina, tonzillit) surtma yoki chayish uchun. ➢ Qalqonsimon bez kasalliklarida organizmga yod yetishmovchiligini oldini olishda. ➢ Jarrohlik amaliyotlarida terini dezinfeksiya qilishda. ➢ Stomatit va gingivitda og‘iz bo‘shlig‘ini antiseptik ishlov berishda. ➢ Yiringli jarohatlarni dezinfeksiya qilishda. Yodoform (CHI₃) – sariq rangli, o‘tkir hidli antiseptik kukun. Ishlatilishi: ➢ Jarohatlarni antiseptik ishlov berish uchun. ➢ Yiringli jarohat, absess va trofik yara davolashda. ➢ Tish jarrohligida tish ildizi kanallarini dezinfeksiya qilishda. ➢ Ochiq operatsiyalarda infektsiya tarqalishining oldini olish uchun. ➢ Bint va tamponlarga sepib ishlatiladi. Feramid – formaldegid va amidopirinning kombinatsiyasi bo‘lib, asosan yiringli jarohatlarni davolash uchun ishlatiladi. Ishlatilishi: ➢ Chirigan, yiringlagan yara va jarohatlarni quritish va dezinfeksiya qilishda. ➢ Piyoderma (teri yiringli kasalliklari), flegmona va abssesslarni davolashda. ➢ Tish shifokorligida pulpit davosida kanallarni antiseptik ishlov berishda. ➢ Yiring va qon ketishini kamaytirish, mikroblarni yo‘qotish uchun. Kobalt – organizm uchun zarur bo‘lgan mikroelementlardan biri. U asosan qon hosil bo‘lish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Ahamiyati:
Vitamin B12 tarkibiy qismi hisoblanadi. Qizil qon tanachalari (eritrotsitlar) sintezini rag‘batlantiradi. Anemiyani (qon yetishmovchiligi) oldini oladi. Nerv tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Oqsil va yog‘almashinuvini yaxshilaydi. Co ga boy mahsulotlar: jigar, go‘sht, tuxum sarig‘i, baliq, sut mahsulotlari, loviya, ismaloq. Giperglikemiya – qonda glyukoza (shakar) miqdorining me’yordan oshib ketishi holati. Normada qondagi glyukoza 3.3–5.5 mmol/l bo‘lishi kerak. Bu ko‘rsatkich 7 mmol/l dan yuqori ko‘tarilsa giperglikemiya deyiladi. Sabablar: • Qandli diabet • Stress, og‘ir ruhiy zo‘riqish • Gormonal buzilishlar • Qalqonsimon bez faoliyati ortishi • Kortikosteroid dorilardan foydalanish Belgilari: chanqash, ko‘p siyish, bosh aylanish, holsizlik, vazn yo‘qotish. Gipoglikemiya – qondagi glyukoza me’yordan past bo‘lishi. 3.0 mmol/l dan past bo‘lsa gipoglikemiya deyiladi. Sabablar: • Ovqatlanishni o‘tkazib yuborish • Insulin yoki qand kamaytiruvchi dorilarni ko‘p qabul qilish • Kuchli jismoniy zo‘riqish • Spirtli ichimliklar qabul qilish Belgilari: qo‘llar titrashi, terlash, yurak urishi tezlashishi, bosh aylanishi, hushdan ketish. Vitamin B6 (Piridoksin) Ahamiyati: ✓ Nerv tizimi va miyani oziqlantiradi ✓ Qon tarkibida gemoglobin hosil bo‘lishiga yordam beradi ✓ Oqsil almashinuvini boshqaradi ✓ Immunitetni mustahkamlaydi Vitamin B6 (Piridoksin) ga boy mahsulotlar: go‘sht, baliq, banan, kartoshka, yong‘oq, kepakli non. Vitamin PP (Niasin yoki B3) Ahamiyati: ✓ Qon aylanishini yaxshilaydi ✓ Miya faoliyatini kuchaytiradi ✓ Yog‘va uglevod almashinuvini boshqaradi ✓ Qon tomirlarni mustahkamlaydi ✓ Energiya hosil bo‘lishida ishtirok etadi Yetishmasa: pellagra (terida qizarish, diareya, nerv buzilishi) yuz beradi. Vitamin PP (Niasin yoki B3) boy mahsulotlar: jigar, go‘sht, tuxum, yer yong‘oq, bug‘doy kepagi, baliq. Vitamin B12 (Kobalamin). Ahamiyati: Eritrotsitlar hosil bo‘lishida ishtirok etadi Asab tolalarini himoya qiladi,genetik moddalar (DNK) sintezini qo‘llab-quvvatlaydi, anemiyani oldini oladi. Yetishsa: kamqonlik, bosh aylanish, charchoq, uyquchanlik, asabiylik yuzaga keladi. Vitamin B12 (Kobalamin) ga boy mahsulotlar : go‘sht, jigar, buyrak, tuxum, baliq, sut mahsulotlari. B12 vitamini o‘simliklarda bo‘lmaydi, faqat hayvoniy mahsulotlarda uchraydi. Biogen elementlar: ✔Hayot uchun zarur ✔ Modda almashinuvi va fermentlar faoliyatida qatnashadi ✔ Qon tarkibini va immunitetni boshqaradi ✔ Energiya ishlab chiqarish va nerv tizimi faoliyatida muhim ✔ Yetishmovchiligi turli kasalliklarni keltirib chiqaradi XULOSA. Xulosa qilib aytganda, biogen elementlar inson organizmining hayotiy faoliyatini ta’minlovchi eng muhim biologik omillardan biridir. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, ushbu elementlarning yetarli miqdorda bo‘lishi hujayralar energetikasi, fermentativ jarayonlar, nerv impulslarining uzatilishi, qon hosil
bo‘lishi va immunologik reaktsiyalarning me’yorida kechishini ta’minlaydi. Ayniqsa, kalsiy, fosfor, kaliy, natriy, magniy kabi makroelementlar bilan bir qatorda temir, yod, rux, selen va mis kabi mikroelementlar organizmning normal fiziologik faoliyatida hal qiluvchi rol o‘ynashi ilmiy adabiyotlar va klinik kuzatuvlar orqali isbotlandi. Ulardan birortasining yetishmovchiligi yoki ortiqcha to‘planishi patologik holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi ham tajribalar, ham amaliy tahlillar orqali tasdiqlandi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mikroelementlarning yetishmovchiligi birinchi navbatda metabolik jarayonlar bilan bog‘liq kasalliklarga olib keladi. Temir tanqisligi gematologik buzilishlar, yod yetishmovchiligi endokrin tizim kasalliklari, rux yetishmovchiligi esa immun yetishmovchilik holatlari va modda almashinuvi muammolarini yuzaga keltiradi. Kalsiy va magniy yetishmovchiligi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari va suyak to‘qimalarining mo‘rtlashuviga olib keladi. Shu sababli biogen elementlar almashinuvining buzilishi faqat bitta organning faoliyatiga emas, balki organizmning umumiy fiziologik holatiga ta’sir qilishi aniqlandi. Shuningdek, o'tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, biogen elementlar muvozanatini tiklash uchun farmakoterapiya, parhez terapiyasi va profilaktik choralar birgalikda qo‘llanilganda eng samarali natija beradi. Klinik tadqiqotlar natijalari homilador ayollar, bolalar va keksa yoshdagi aholi orasida yod, temir va rux yetishmovchiligi keng tarqalganligini ko‘rsatdi. Bu esa davlat miqyosida mikroelementlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, sog‘lom ovqatlanish dasturlarini joriy etish zarurligini tasdiqlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Abduqodirov A.A. Umumiy biologiya asoslari. – Toshkent: Fan nashriyoti, 2019. – 214 b. 2. Mirzayev M.R. Biokimyo va molekulyar biologiya. – Toshkent: Ibn Sino nashriyoti, 2020. – 356 b. 3. Rozanov A.Yu. Mikroelementlar fiziologiyasi. – Moskva: Meditsina, 2018. – 189 s. 4. Xodjayeva D. Tibbiyotda biokimyoviy diagnostika. – Toshkent: TTA nashryoti, 2021. – 275 b. 5. Sultonov R.S. Inson fiziologiyasi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2021. – 301 b.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Abduqodirov A.A. Umumiy biologiya asoslari. – Toshkent: Fan nashriyoti, 2019. – 214 b.
- Mirzayev M.R. Biokimyo va molekulyar biologiya. – Toshkent: Ibn Sino nashriyoti, 2020. – 356 b.
- Rozanov A.Yu. Mikroelementlar fiziologiyasi. – Moskva: Meditsina, 2018. – 189 s.
- Xodjayeva D. Tibbiyotda biokimyoviy diagnostika. – Toshkent: TTA nashryoti, 2021. – 275 b.
- Sultonov R.S. Inson fiziologiyasi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2021. – 301 b.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011313
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/313
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 215–221
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25