Asosiy mazmunga o‘tish

FIZIKA FANIDAN OLIMPIADA BAHSLARINING UMUMIY O‘RTA TA‘LIM MAKTABLARIDA O‘TKAZILISH TARTIBI

Aslonov Khairullo Shukrullo OgluAndijon davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 213–215

Annotatsiya

Mazkur tezisda fizika fanidan olimpiada bahslarining umumiy o‘rta ta‘limmaktablarida o‘tkazilish tartibi, uning tashkiliy va metodik jihatlari, tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariolimpiada jarayonini yanada takomillashtirish, o‘quvchilarni fizika faniga qiziqtirish va ularning ilmiytafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi

Boshqa tillarda

ruschaПОРЯДОК ПРОВЕДЕНИЯ ОЛИМПИЙСКИХ СОРЕВНОВАНИЙ ПО ФИЗИКЕ В ОБЩЕСТВЕННЫХ СРЕДНИХ ШКОЛАХ

В данной работе анализируется процедура проведения олимпиад по физике в средних школах, ее организационные и методические аспекты. Результаты исследования послужат для дальнейшего совершенствования олимпиадного процесса, повышения интереса учащихся к физике и развития их научного мышления.

inglizchaPROCEDURE FOR CONDUCTING PHYSICS OLYMPIAD COMPETITIONS IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS

This thesis analyzes the procedure for holding Physics Olympiad competitions in secondary schools, its organizational and methodological aspects. The results of the research will serve to further improve the Olympiad process, interest students in physics, and develop their scientific thinking.

Kalit so‘zlar

  • Olimpiada
  • maqsad
  • vazifa
  • tuman
  • viloyat
  • yozma ish
  • labaratoriya
  • test

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

FIZIKA FANIDAN OLIMPIADA BAHSLARINING UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA O‘TKAZILISH TARTIBI

Aslonov Xayrullo Shukrullo O‘g‘li Andijon davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti Email: xayrulloaslonov8@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur tezisda fizika fanidan olimpiada bahslarining umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazilish tartibi, uning tashkiliy va metodik jihatlari, tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari olimpiada jarayonini yanada takomillashtirish, o‘quvchilarni fizika faniga qiziqtirish va ularning ilmiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Olimpiada, maqsad, vazifa, tuman, viloyat, yozma ish, labaratoriya, test.

ПОРЯДОК ПРОВЕДЕНИЯ ОЛИМПИАД ПО ФИЗИКЕ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ

Абстрактный: В данном тезисе анализируется порядок проведения олимпиад по физике в общеобразовательных школах, их организационные и методические аспекты. Результаты исследования послужат дальнейшему совершенствованию процесса олимпиады, повышению интереса учащихся к физике и развитию их научного мышления. Ключевые слова: Олимпиада, цель, задача, район, область, письменная работа, лаборатория, тест.

PROCEDURE FOR CONDUCTING PHYSICS OLYMPIAD COMPETITIONS IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS

Abstract: This thesis analyzes the procedure for conducting physics olympiads in general education schools, its organizational and methodological aspects. The research results will serve to further improve the process of the Olympiad, increase students' interest in physics, and develop their scientific thinking. Keywords: Olympiad, goal, task, district, region, written work, laboratory, test.

Bugungi kunda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy fikrlashini, mantiqiy tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, fizika fani tabiiy-ilmiy tafakkurni shakllantirishda, amaliy muammolarni hal qilishda, kuzatish, tajriba o‘tkazish va nazariy bilimlarni hayotiy vaziyatlarga tadbiq etishda alohida o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, fizika fanidan o‘tkaziladigan olimpiadalar o‘quvchilarning chuqur bilimini sinovdan o‘tkazuvchi, ularning ijodiy salohiyati va mustaqil fikrlash darajasini aniqlovchi muhim ta’limiy jarayon sifatida e’tirof etiladi. O‘zbekiston respublikasida fizika faniga bo‘lgan e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Olimpiada bahslarini tashkil etish — bu nafaqat iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash vositasi, balki fizika fanini o‘qitish sifati va mazmunini takomillashtirish, o‘quvchilarda tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirish imkonini beruvchi samarali metodik yo‘nalishdir. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanidan o‘tkaziladigan olimpiadalar o‘quv dasturining asosiy yo‘nalishlariga tayanadi hamda o‘quvchilarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, tajriba o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini ham baholaydi. O‘quvchi yoshlar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari hisoblanadi: - o‘quvchi yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish; - o‘quvchilarda o‘zlari tanlagan fanlar va ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga qiziqishlarini oshirish; - o‘quvchilarning kelajakdagi kasblarni to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashish. Fan olimpiadalarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari hamda ushbu Nizom talablari asosida ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida bo‘lishini ta’minlash, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash hamda tarbiyalashga qaratilgan ijodiy izlanishlari va mehnatini ro‘yobga chiqarish; 2. Qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash, rag‘batlantirish va kamolotga yetkazish jarayonida ta’lim muassasasi, ota-onalar va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish; 3. Fan olimpiadalarining g‘oliblari orasidan xalqaro fan olimpiadalarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qiladigan o‘quvchilarni aniqlash. Fan olimpiadasining birinchi bosqichida umumta’lim maktablari va akademik litseylar, kasbhunar kollejlarining barcha o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Navbatdagi bosqichlarda esa faqat oldingi bosqichlarda I, II, III o‘rinni egallab, g‘olib bo‘lganlar qatnashadilar. Birinchi bosqichda akademik litseylar va umumta’lim maktablarining chuqurlashtirilgan fanlar bo‘yicha I o‘rinni egallagan o‘quvchilari olimpiadaning II bosqichida qatnashmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 3- bosqichida qatnashadilar. Nizomga ko‘ra, maktab o‘quvchilari o‘rtasida umumta’lim fanlari bo‘yicha quyidagi olimpiadalar tashkil etiladi: asosiy olimpiada; qo‘shimcha respublika olimpiadalari; onlayn olimpiada; nufuzli xalqaro olimpiadalar; mintaqaviy xalqaro olimpiadalar. Jumladan, asosiy olimpiadalar tegishli fanlardan ikki guruhga ajratilgan holda 4 bosqichda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi: 1-bosqich – maktab, akademik lisey va kasb-hunar maktablar miqyosida sentyabr oyida; 2-bosqich – tuman (shahar) miqyosida oktyabr oyida; 3-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida noyabr oyida; 4-bosqich – respublika miqyosida barcha fanlardan aprel-may oylarida. 4-bosqichda maktablarning 11-sinf, kasb-hunar maktablari, akademik liseylarning 2-bosqich o‘quvchilari qatnashadi. Har bir fan yo‘nalishida ballar ketma-ketligida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar g‘olib hisoblanadi. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to‘lanadi[2].

Olimpiadani ochiq, adolatli va shaffof o’tkazilishini ta’minlash maqsadida, auditoriyalarda va olimpiada o’tkaziladigan joylarga kuzatuv kameralarini o’rnatish, har bir auditoriyaga xolis nazoratchi va kuzatuvchilarni jalb etiladi. – asosiy olimpiadaning uchinchi – hududiy bosqichga olis hududlardan keladigan o’quvchilar va o’qituvchilarni hududiy pedagogik mahorat markazlarining yotoqxonasiga joylashtirishni tashkil etiladi. – olimpiadani tashkil etish va o’tkazishga oid tegishli hujjatlar (qaydnoma, qaror, hisobotlar)ning hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan to’g’ri, sifatli rasmiylashtirilishini ta’minlash va natijalari bo’yicha tahliliy ma’lumotnomani Respublika tashkiliy qo’mitasiga taqdim etish vazifalari yuklatilgan[3]. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan olimpiadalarini tashkil etishning metodik jihatlari, eng avvalo, o‘quvchilarda chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni uyg‘un rivojlantirishga qaratilgan. Olimpiada masalalari o‘quv dasturidagi bilimlarni chuqurlashtirish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va ijodiy yondashuvni shakllantirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Metodik jihatlar Metodik jihatdan olimpiadaga tayyorlov jarayoni bosqichma-bosqich olib boriladi: 1. Nazariy tayyorgarlik — o‘quvchilarga murakkab tushunchalar va qonuniyatlarni tahlil qilishni o‘rgatish. 2. Masalalar tahlili va yechish metodikasi— o‘quvchilarga turli darajadagi masalalarni tahlil qilish, fizik modellarni tuzish va ularni matematik ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish. 3. Trening va virtual laboratoriyalar — tajriba asosida nazariy bilimlarni mustahkamlash, tajribaviy masalalarni hal etish. 4. Refleksiya va tahlil — yechim jarayonini baholash, xatolarni aniqlash va umumlashtirish. Bunda o‘qituvchining metodik yondashuvi, o‘quvchilarni individual tayyorlash, muammoli vaziyat yaratish hamda o‘z-o‘zini tahlil qilish usullari muhim ahamiyat kasb etadi[4]. Olimpiada bahslarini metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish — o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ilmiy tahlil qilish va yangicha yondashuvni shakllantirishning asosiy vositasidir. Ushbu metodikalar umumiy va an’anaviy qo‘llaniladi. O‘qituvchi o‘zining salohiyatidan kelib chiqib yangi metodikalar ishlab chiqishi va qo‘llashi maqsadga muvofiq.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar3 ta adabiyot

  1. aniq.uz/uz/yangiliklar/iqtidorli-uquvchilar-urtasida-fan-olimpiadalarini-utkazish-tizimi- takomillashtiriladi?utm_
  2. talimxabarlari.uz/11966/?utm_
  3. Abduqodirov A.A. Fizika ta’limida kompetensiyaviy yondashuv va olimpiadalarga tayyorlash metodikasi. — Toshkent: TDPU nashriyoti, 2022.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011312
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/312
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
213–215
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25