KASBGA O‘RGATUVCHI MAKTABLARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Bobomurodov Gayrat Ruzi oglu“Shaffof avtomaktab” MCHJ direktori2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 210–213
Annotatsiya
Ushbu maqolada kasbga o‘rgatuvchi maktablarda buxgalteriya hisobini yuritishamaliyoti tahlil qilingan hamda moliyaviy hisobning aniqligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiyamaliy takliflar ishlab chiqilgan. Maqolada kasb ta‘limi muassasalarida xarajatlar klassifikatsiyasinistandartlashtirish va moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, kasbta‘limi tizimida inson kapitali rivojini ta‘minlashda buxgalteriya hisobining o‘rni va ahamiyati ilmiyasoslangan.
Boshqa tillarda
ruschaТеоретические и практические основы совершенствования бухгалтерского учета в профессиональных училищах
В данной статье анализируется практика бухгалтерского учета в профессиональных училищах и разрабатываются научно-практические предложения по повышению точности и эффективности финансового учета. Рассматриваются вопросы стандартизации классификации затрат и совершенствования финансового управления в учреждениях профессионального образования. Также научно обосновывается роль и значение бухгалтерского учета в обеспечении развития человеческого капитала в системе профессионального образования.
inglizchaTHEORETICAL AND PRACTICAL BASES OF IMPROVING ACCOUNTING IN VOCATIONAL SCHOOLS
This article analyzes the practice of accounting in vocational schools and develops scientific and practical proposals to improve the accuracy and efficiency of financial accounting. The article covers the standardization of cost classification and improvement of financial management in vocational education institutions. It also scientifically substantiates the role and importance of accounting in ensuring the development of human capital in the vocational education system.
Kalit so‘zlar
- kasb ta‘limi
- buxgalteriya hisobi
- moliyaviy boshqaruv
- ichki audit
- xarajatlar klassifikatsiyasi
- samaradorlik
- inson kapitali
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
qismini yerga, zinaga yoki biror narsaga qo‘yishi. Bu sof nominativ, real harakatni ifodalovchi birikmadir. Matnda esa “senga oyoq qo‘yib” ifodasi o‘zining bevosita denotativ ma’nosidan chiqib, ko‘chma – metaforik ma’noda ishlatilgan. U yerda “do‘st” oddiy inson emas, balki “pillapoya”ga tenglashtirilmoqda. Demak, “oyoq qo‘yib” bu yerda “bir narsadan tayanch sifatida foydalanish, uni vosita qilish, undan yuqoriga ko‘tarilish” ma’nosiga ega. Frazeologik qayta anglashda birikma real harakatdan ajralib, abstrakt, ruhiy-ijtimoiy ma’noga ko‘chadi. Matndagi qayta anglash orqali “do‘stdan foydalanib, unga tayanib, o‘z maqom va rutbaga ko‘tarilish” ma’nosi hosil bo‘ladi. “Oyoq qo‘yib” iborasi ushbu parcha kontekstida frazeologik qayta anglash orqali “tayanch sifatida foydalanish, unga suyanib yuqoriga ko‘tarilish” ma’nosini kasb etgan. Denotativ harakat semasi (oyoqni yerga qo‘yish) abstraktlashtirilib, ijtimoiy-ruhiy mazmunga ko‘chirilgan. Bu esa matnga keskin, achchiq, xiyonat ohangini olib kiradi. Frazeologik abstraksiya esa frazeologizmlar ma’nosida ko‘p hollarda umumlashma tushunchalarning ifodalanishini bildiradi. Misol uchun, “cho‘ntagi quruq” iborasi ma’lum bir shaxsning moliyaviy ahvolini ifodalash uchun ishlatiladi. Bu iborada moliyaviy qashshoqlik umumiy tushuncha sifatida aks etadi va shu orqali ibora semantik jihatdan abstrakt ma’noga ega bo‘ladi. Frazeologik birliklarning semantik tahlilida muhim kategoriyalardan biri bu — ichki shakldir. Tilshunoslikda frazeologik birliklarning ichki shakli deganda, ibora tarkibidagi so‘zlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosi asosida yuzaga kelgan obrazli tasavvur, ya’ni iboraning tashqi ifodasi orqali anglash mumkin bo‘lgan metaforik asos tushuniladi. Bu ichki shakl ko‘pincha iboraning yuzaki tuzilmasidan farqli holda, uning haqiqiy semantik ma’nosiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mos kelmaydi, balki ko‘chma, obrazli yoki konnotativ ma’noni bildiradi. XULOSA Frazeologik birliklarning semantik transformatsiyasi va qayta anglanishi tilshunoslikda muhim hodisalardan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida ko‘rindiki, frazeologizmlar o‘zining nominativ ma’nosidan tashqariga chiqib, kontekstda yangi ma’no qirralarini hosil qiladi. Ularning metaforik, ekspressiv va lingvomadaniy funksiyalari badiiy matn mazmunini boyitadi, ijtimoiy-axloqiy mazmunni chuqurlashtiradi va estetik ta’sir kuchini oshiradi. Frazeologizmlar xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari va milliy tafakkurining ifodasi sifatida ham xizmat qiladi. Ularning qayta anglanishi jarayonida umumxalq tajribasi, ma’naviy meros va zamonaviy ijtimoiy munosabatlar o‘zaro uyg‘unlashadi. Shuning uchun frazeologik birliklar nafaqat til tizimining unsuri, balki lingvomadaniyatning ajralmas bo‘lagi sifatida baholanishi lozim. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, frazeologik birliklarning semantik kengayishi va qayta anglanishi o‘zbek tilshunosligida alohida yo‘nalish sifatida izchil o‘rganilishi zarur. Bu jarayon nafaqat nazariy tilshunoslik, balki tarjimashunoslik, stilistika, madaniyatshunoslik va badiiy adabiyot tadqiqotlari uchun ham muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Фразеологический словарь русского литературного языка/под ред. А.И.Федорова.–М., 1996; Образные средства русского языка/под ред. В.Н.Телия.-М.,1995 2.В.А.Маслова Лингвокультурология. Учеб. Пособие для студ. Высш. Учебный заведений.-М.: Издательский центр «Академия», 2001.-с.82 3.Н.Ф.Алифиренко, Н.Н.Семененко Фразеологиа и паремиологиа. Учеб. Пособие для студ. Высш. Учебный заведений.-М.: Флинта. 2009. – с.45
KASBGA O‘RGATUVCHI MAKTABLARDA BUXGALTЕRIYA HISOBINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Bobomurodov G‘ayrat Ro‘zi o‘g‘li “Shaffof avtomaktab” MCHJ direktori Email: bobomurodovgayrat1990@gmail.com
Annotatsiya:Ushbu maqolada kasbga o‘rgatuvchi maktablarda buxgalteriya hisobini yuritish amaliyoti tahlil qilingan hamda moliyaviy hisobning aniqligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Maqolada kasb ta’limi muassasalarida xarajatlar klassifikatsiyasini standartlashtirish va moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, kasb ta’limi tizimida inson kapitali rivojini ta’minlashda buxgalteriya hisobining o‘rni va ahamiyati ilmiy asoslangan.
Kalit so‘zlar:kasb ta’limi, buxgalteriya hisobi, moliyaviy boshqaruv, ichki audit, xarajatlar klassifikatsiyasi, samaradorlik, inson kapitali.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И ПРАКТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ БУХГАЛТЕРСКОГО УЧЕТА В ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ
Бобомуродов Гайрат Рузи угли Директор ООО «Шаффоф Автомактаб» Email: bobomurodovgayrat1990@gmail.com
Аннотация: В статье анализируется практика ведения бухгалтерского учета в профессиональных учебных заведениях и разрабатываются научно-практические предложения по повышению точности и эффективности финансового учета. В статье рассматриваются направления стандартизации классификации затрат и совершенствования финансового менеджмента в учреждениях профессионального образования. Также научно обоснованы роль и значение бухгалтерского учета в обеспечении развития человеческого капитала в системе профессионального образования. Ключевые слова: профессиональное образование, бухгалтерский учет, финансовый менеджмент, внутренний аудит, классификация затрат, эффективность, человеческий капитал.
THEORETICAL AND PRACTICAL BASIS OF IMPROVING ACCOUNTING IN VOCATIONAL SCHOOLS
Bobomurodov Gayrat Ruzi oglu Director of “Shaffof Avtomaktab” LLC Email: bobomurodovgayrat1990@gmail.com
Abstract: This article analyzes the practice of accounting in vocational schools and develops scientific and practical suggestions for improving the accuracy and efficiency of financial accounting. The article describes the directions of standardization of cost classification and improvement of financial management in vocational education institutions. Also, the role and importance of accounting in ensuring the development of human capital in the vocational education system is scientifically based. Key words: professional education, accounting, financial management, internal audit, cost classification, efficiency, human capital.
KIRISH Hozirgi global dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish va ta’lim sohalari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bog‘liqlik tobora kuchayib bormoqda. Bu holat jamiyat taraqqiyotining barcha yo‘nalishlariga, ayniqsa, inson omili va intellektual salohiyatning rivojiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ilmiy-texnikaviy inqilob va raqamli iqtisodiyot sharoitida yangi bilimlar, innovatsiya va ilg‘or texnologiyalarning jadal rivojlanishi mehnat bozorida raqobatbardosh, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kasb mutaxassislarni tayyorlashni taqozo etmoqda. Kasb-hunar ta’limi hamda kadrlar tayyorlashni rivojlantirish strategiyasining asososiy yo‘nalishlari kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan. Kasbga o‘rgatuvchi maktablar — bu mehnat bozori ehtiyojlariga mos, amaliy ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalaridir Bu borada kasbga o‘rgatuvchi maktablar moliyaviy xolati taraqqiyotning barcha rivojiga mos va raqobatbardosh kasblarga o‘rgatish uchun barqaror bo‘lish zarur. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda kasb maktablarida mablag‘lardan oqilona va samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar kelib chiqib, kasbga o‘qitish maskanlarini saqlash hamda o‘qish jarayonlarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar buxgalteriya hisobini takomillashtirish borasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishni talab etadi. ADABIYOTLAR TAHLILI Kasbga o‘rgatuvchi maktablarda buxgalteriya hisobini takomillashtirishning nazariy hamda uslubiy asoslarini tadqiq etish hamda uni takomillashtirish yuzasidan qator xorijlik olimlar ilmiy izlanishlar olib borgan. Xususan, Yuriy Bilan, Natalia Samoliuk, Winand Kau, Halyna Mishchuk va boshqalar.
Respublikamizda yetakchi iqtisodsi olimlarimizdan A.K.Ibragimov, A.A.Ostonokulov, K.B.Urozov, S.Toshnazarovlar ilmiy ishlanmalarida ta’lim tashkillotlarida buxgalteriya hisobi, xizmatlar soxasida buxgalteri xisobi, tashkitollarda ichki audit va moliyaviy nazoratlarning nazariy masalalari hamda ularni rivojlantirish yo‘nalishlari o‘rganilgan. METODOLOGIYA Ushbu tadqiqotning metodologiyasi asosi kasbga o‘rgatuvchi maktablarda buxgalteriya hisobini yuritishning meyoriy huquqiy asoslari hisoblanadi, shuningdek ma’lumotlarni tavsiflash, natijalarni qayta ishlash, tahlil qilish, taqqoslash, sintez qilish va umumlashtirish kabi usullardan foydalanildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Professional ta’limni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qilinadi. O‘shbu nizomda “kasb-maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada mehnat faoliyatni amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar majmuasini egallagan, jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va huquqlari ta’minlangan mehnat faoliyati (mashg‘uloti)ning turidir” diyilgan. Jamiyatning ilmiy-texnikaviy taraqqiyot asosida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini jadallashtirish, eng avvalo, inson resurslari bilan barqaror ta’minlashga bog‘liqdir. Kasb-hunar maktab, bu borada bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Hozirgi kunda O‘zbekistonda kasbga o‘rgatuvchi maktablar davlat, nodavlat va xususiy ta’lim muassasalari sifatida faoliyat yuritmoqda (misol: «Monomarkaz»lar, «Ishga marhamat» markazlari va avtomaktablar.). Kasb-hunar maktablarini boshqaruv subyekti sifatida quyidagi uzoq muddatli muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan: -ayrim kasb maktablarida hisob milliy standartlarda emas, ta’lim maktablarini ichki tizimiga asoslanadi. -ta’lim, ta’mirlash, moddiy baza yaratish xarajatlari o‘rtasida chegara aniq belgilanmagan. -hududning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini va umumiy sharoitlarni hisobga olgan holda mutaxassislarni tayyorlashi; -ta’lim va ishlab chiqarish faoliyatini birlashtirmagan; Shu sababli, bo‘lajak mutaxassislarning faqat nazariy bilimga emas, balki amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, mustaqil fikrlay olishi, innovatsion yondashuvni qo‘llay bilishi mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishi va jamiyatning muvozanatli rivojlanishini ta’minlaydi. Shu bois sifatili, bozor talablariga mos tayyorlangan kasb mutaxassislariga talab oshmoqda. Kasb-hunarga yo‘naltirishning qo‘yidagi ikkita asosiy vazifani hal qilishga qaratilgan: -mehnat imkoniyatlarini oqilona taqsimlash va ulardan foydalanish hisobiga mamlakatni iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash; -shaxsni ijtimoiy va iqtisodiy himoyalash, chunki o‘z qiziqishlari, moyilllik va imkoniyatlariga mos kasbni tanlagan inson ham kasbiy, hamda moddiy jihatdantezroq uni uzlashtiradi va sezilarli natijalarga erishadiyu Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida kasb-hunar ta’limining rivojlanish tendensiyalari samarali mehnatga bo‘lgan bozor talablari bilan tartibga solinadi va mutaxassislarning shaxsiy va kasbiy fazilatlari ham ish beruvchilarning ehtiyojlariga, ham shaxs manfaatlariga javob berishi kerak. XULOSA VA TAKLIFLAR Ijtimoiy taraqqiyotni ro‘yobga chiqarish uchun mamlakatda talab yuqori kasblarga tayyorlash va ularni jahon standartlari darajasiga ko‘tarish lozim. Kasb maktablari uchun alohida buxgalteriya hisobining uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqish — ta’lim muassasalarining moliyaviy faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda. Xarajatlar klassifikatsiyasini aniq belgilash— o‘quv jarayoni, moddiy-texnika ta’minot, kadrlar tayyorlash va innovatsion loyihalar bo‘yicha. Kasbga o‘rgatuvchi maktablarda buxgalteriya hisobini takomillashtirish — bu nafaqat moliyaviy shaffoflikni ta’minlaydi, balki iqtisodiy imkoniyatlarini ham kuchaytiradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar14 ta adabiyot
- . O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” (yangi tahriri)gi qonuni. 2016 yil 13 aprel,
- O‘RQ-404-son. https://lex.uz/uz/
- Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida NIZOM. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
- 1999 yil 5 fevraldagi 54-so6n qarori bilan tasdiqlangan. https://lex.uz
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini
- “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37 son Farmoniga 2-ilova. https://lex.uz/uz/docs/6811936
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PF–5313-sonli “ Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF–6108 sonli “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilmfan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. https://lex.uz
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-sonli“Oʻzbekiston
- Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” gi qarori https://lex.uz
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 78-sonli“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitishda tadbirkorlik subyektlarini jalb etish choratadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori https://lex.uz
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari” bo‘yicha yig‘ilish.
- https://lex.uz/
- 10.https://reskkm.uz/
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011311
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/311
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 210–213
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25