METAFORIK ANGLASH JARAYONIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING SEMANTIK TRANSFORMATSIYASI
Nishonova Adiba Adxamjon qiziNamangan davlat universiteti 2-bosqich tayanch-doktoranti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 208–210
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning semantik transformatsiyasi vaqayta anglanish jarayoni tadqiq qilinadi. Frazeologizmlar o‘zining birlamchi nominativ ma‘nosidan chiqib,kontekstda yangi metaforik, ekspressiv va lingvomadaniy qirralarga ega bo‘lishi ilmiy jihatdan asoslabberiladi. Shuningdek, frazeologizmlarning badiiy matnlarda mazmuniy yukini kengaytirishi, ijtimoiyaxloqiy va estetik funksiyalarni bajarishi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari frazeologik birliklarningnafaqat til tizimidagi, balki madaniy-ma‘naviy jarayonlardagi muhim o‘rnini ochib beradi.
Boshqa tillarda
ruschaСемантическая трансформация фразеологических единиц в процессе метафорического понимания
В статье исследуется процесс семантической трансформации и переосмысления фразеологических единиц в узбекском языке. Научно обосновано, что фразеологические единицы, отступив от своего первоначального именительного значения, приобретают в контексте новые метафорические, выразительные и лингвокультурные аспекты. Также показано расширение семантической нагрузки фразеологических единиц в литературных текстах, их выполнение социально-этических и эстетических функций. Результаты исследования раскрывают важное место фразеологических единиц не только в языковой системе, но и в культурных и духовных процессах.
inglizchaSEMANTIC TRANSFORMATION OF PHRASEOLOGICAL UNITS IN THE PROCESS OF METAPHORICAL UNDERSTANDING
The article studies the process of semantic transformation and reinterpretation of phraseological units in the Uzbek language. It is scientifically substantiated that phraseological units, having departed from their primary nominative meaning, acquire new metaphorical, expressive and linguocultural aspects in the context. It also shows the expansion of the semantic load of phraseological units in literary texts, their performance of socio-ethical and aesthetic functions. The results of the study reveal the important place of phraseological units not only in the language system, but also in cultural and spiritual processes.
Kalit so‘zlar
- frazeologik birlik
- integratsiya
- tranformatsiya
- frazeologiya
- konnotatsiya
- semantika
- sema
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
METAFORIK ANGLASH JARAYONIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING SEMANTIK TRANSFORMATSIYASI
Nishonova Adiba Adxamjon qizi Namangan davlat universiteti 2-bosqich tayanch-doktoranti @adibanishonova97gmail.com
Annotatsiya: Maqolada o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning semantik transformatsiyasi va qayta anglanish jarayoni tadqiq qilinadi. Frazeologizmlar o‘zining birlamchi nominativ ma’nosidan chiqib, kontekstda yangi metaforik, ekspressiv va lingvomadaniy qirralarga ega bo‘lishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, frazeologizmlarning badiiy matnlarda mazmuniy yukini kengaytirishi, ijtimoiy-axloqiy va estetik funksiyalarni bajarishi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari frazeologik birliklarning nafaqat til tizimidagi, balki madaniy-ma’naviy jarayonlardagi muhim o‘rnini ochib beradi. Kalit soʻzlar: frazeologik birlik, integratsiya, tranformatsiya, frazeologiya, konnotatsiya, semantika, sema.
СЕМАНТИЧЕСКАЯ ТРАНСФОРМАЦИЯ ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ В ПРОЦЕССЕ МЕТАФОРИЧЕСКОГО ВОСПРИЯТИЯ
Нишонова Адиба Адхамжон кизи Наманганский государственный университет, соискатель второго года обучения E-mail: adibanishonova97@gmail.com
Аннотация: В статье исследуется процесс семантической трансформации и переосмысления фразеологических единиц в узбекском языке. Показано, что фразеологизмы выходят за рамки своего исходного номинативного значения и в контексте приобретают новые метафорические, экспрессивные и лингвокультурные оттенки. Особое внимание уделяется их роли в художественных текстах, где они расширяют смысловую нагрузку и выполняют социальнонравственные и эстетические функции. Результаты исследования подчеркивают значимость фразеологических единиц не только в языковой системе, но и в культурно-духовной жизни общества. Ключевые слова: фразеологическая единица, фразеология, коннотация, семантика, сема.
SEMANTIC TRANSFORMATION OF PHRASEOLOGICAL UNITS IN THE PROCESS OF METAPHORICAL PERCEPTION
Adiba Adxamjon qizi Nishonova Namangan State University, 2nd-year PhD student E-mail: adibanishonova97@gmail.com
Annotation: The article explores the process of semantic transformation and reinterpretation of phraseological units in the Uzbek language. It demonstrates how phraseologisms transcend their primary nominative meaning and acquire new metaphorical, expressive, and linguocultural dimensions in context. Particular emphasis is placed on their function in literary texts, where they expand semantic load and fulfill socio-ethical as well as aesthetic roles. The findings highlight the importance of phraseological units not only within the linguistic system but also in broader cultural and spiritual contexts. Key words: phraseological unit, phraseology, connotation, semantics, sema.
KIRISH Frazeologik birliklar tilshunoslik fanining muhim tadqiqot sohalaridan biri boʻlib, ularning semantik xususiyatlarini o‘rganish tilning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur anglashga xizmat qiladi. Tilning oʻziga xosligi, milliy xususiyatlarini aks ettiruvchi frazeologizmlar insoniyatning turli madaniyatlari, dunyoqarashlari va tarixiy tajribalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Shu bois frazeologik birliklarning semantik xususiyatlarini oʻrganish nafaqat lingvistik, balki madaniy, psixologik va sotsiologik jihatdan ham ahamiyat kasb etadi. Olamning lisoniy manzarasini yaratishda frazeologizmlar alohida rol o‘ynaydi. Aniqrog‘i, olam lisoniy manzarasining bo‘lagidir. Frazeologik birliklar “Xalq hayotining ko‘zgusi”dir. Frazeologik birliklarning tabiati til egasining bilimlari, hayotiy tajribasi va mazkur tilda so‘zlovchi xalqning madaniy-tarixiy an’analari bilan chambarchas bog‘liqdir. Frazeologik birliklarning semantikasi inson va uning faoliyatini tavsiflashga qaratiladi. [1] Frazeologik birliklarning semantik xususiyatlarini tadqiq etish orqali ularning lugʻaviy ma’nosi, strukturasi va funksional jihatlari aniqroq ochib beriladi. Ushbu mavzuni tadqiq qilish tilning semantik tizimida frazeologizmlarning oʻrni va rolini belgilashga yordam beradi. Jumladan, frazeologik birliklarning metaforik, metonimik, sinonimik va antonimik munosabatlarini tahlil qilish orqali ularning semantik o‘zgaruvchanligi va turli ma’nodorlik darajalari aniqlanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Frazeologizmlar semantikasi til va tafakkur oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni ko‘rsatish bilan birga, milliy o’zlikni anglash va asrab-avaylashning muhim vositasi hisoblanadi. Shu bois, ushbu tadqiqotning amaliy ahamiyati nafaqat tilshunoslik, balki tarjimashunoslik, madaniyatshunoslik, pedagogika kabi sohalar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Frazeologik birliklarning semantik xususiyatlarini chuqur tahlil qilish, ularning tarkibiy tuzilishini va mantiqiy bogʻlanishini aniqlash orqali ilmiy hamjamiyatga yangi nazariy va amaliy malanishini aniqlash orqali ilmiy hamjamiyatga yangi nazariy va amaliy ma’lumotlar taqdim etiladi. Shuningdek, madaniy-milliy o‘ziga xoslikni aniqlashda madaniy-milliy konnotatsiyani ochish juda muhimdir.[2] Frazeologik semantika leksik semantikaga juda yaqin bo‘lsa-da, u mustaqil va o‘ziga xos bir qator xususiyatlarga ega. Frazeologik birliklar (FЕ) o‘z tuzilishi va semantik xususiyatlari bilan so‘zlardan farq qiladi. Frazeologiyaning semantik sohasini o‘rganishda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar quyidagilardan iborat: frazeologik ma’no turlari, frazeologik qayta anglash jarayoni, frazeologik abstraksiya, frazeologizmlarning ichki shakli va frazeologik ma’noning turli jihatlari.[3] Masalan, frazeologik ma’no turlari turli omillar bilan belgilanadi. Frazeologik birliklar odatda so‘zma-so‘z anglashilmay, ularga ma’lum darajada qayta ma’no yuklanadi. Misol uchun, “til uchida turmoq” iborasi, so‘zma-so‘z olganda, tilning bir qismida biror narsa borligini anglatadi. Biroq bu frazeologik birlikni ma’nosiga ko‘ra “eslay olmayotgan yoki xotirada turgan, ammo aniq ifodalana olmayotgan narsa” deb tushunamiz. Bu yerda frazeologik qayta anglash jarayoni ro‘y beradi, ya’ni iboraning asl ma’nosi semantik jihatdan o‘zgaradi va boshqa ma’no yuklanadi.
NATIJALAR Frazeologik qayta anglash jarayoni deganda frazeologizmlar tarkibidagi so‘zlarning o‘z ma’nosidan chetlashib, yangi ma’no hosil qilishi nazarda tutiladi. Masalan, “ko‘pni ko‘rgan” iborasi bevosita ko‘z bilan ko‘rishga ishora qilmaydi, balki hayotiy tajribaga ega bo‘lgan shaxsni anglatadi. Bu jarayon natijasida frazeologik birlik o‘ziga xos yangi semantik yuk bilan boyitiladi. Sen men uchun bir pillapoya boʻlding, doʻst. Senga oyoq qoʻyib, oʻzimning rutbalarim sari ketdim, doʻst. Abadiyan alvido, ey doʻst! (I.Sulton. Do’st). “Oyoq qo‘yish” birlamchi ma’noda jismoniy harakatni bildiradi: odamning oyoq qismini yerga, zinaga yoki biror narsaga qo‘yishi. Bu sof nominativ, real harakatni ifodalovchi birikmadir. Matnda esa “senga oyoq qo‘yib” ifodasi o‘zining bevosita denotativ ma’nosidan chiqib, ko‘chma – metaforik ma’noda ishlatilgan. U yerda “do‘st” oddiy inson emas, balki “pillapoya”ga tenglashtirilmoqda. Demak, “oyoq qo‘yib” bu yerda “bir narsadan tayanch sifatida foydalanish, uni vosita qilish, undan yuqoriga ko‘tarilish” ma’nosiga ega. Frazeologik qayta anglashda birikma real harakatdan ajralib, abstrakt, ruhiy-ijtimoiy ma’noga ko‘chadi. Matndagi qayta anglash orqali “do‘stdan foydalanib, unga tayanib, o‘z maqom va rutbaga ko‘tarilish” ma’nosi hosil bo‘ladi. “Oyoq qo‘yib” iborasi ushbu parcha kontekstida frazeologik qayta anglash orqali “tayanch sifatida foydalanish, unga suyanib yuqoriga ko‘tarilish” ma’nosini kasb etgan. Denotativ harakat semasi (oyoqni yerga qo‘yish) abstraktlashtirilib, ijtimoiy-ruhiy mazmunga ko‘chirilgan. Bu esa matnga keskin, achchiq, xiyonat ohangini olib kiradi. Frazeologik abstraksiya esa frazeologizmlar ma’nosida ko‘p hollarda umumlashma tushunchalarning ifodalanishini bildiradi. Misol uchun, “cho‘ntagi quruq” iborasi ma’lum bir shaxsning moliyaviy ahvolini ifodalash uchun ishlatiladi. Bu iborada moliyaviy qashshoqlik umumiy tushuncha sifatida aks etadi va shu orqali ibora semantik jihatdan abstrakt ma’noga ega bo‘ladi. Frazeologik birliklarning semantik tahlilida muhim kategoriyalardan biri bu — ichki shakldir. Tilshunoslikda frazeologik birliklarning ichki shakli deganda, ibora tarkibidagi so‘zlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosi asosida yuzaga kelgan obrazli tasavvur, ya’ni iboraning tashqi ifodasi orqali anglash mumkin bo‘lgan metaforik asos tushuniladi. Bu ichki shakl ko‘pincha iboraning yuzaki tuzilmasidan farqli holda, uning haqiqiy semantik ma’nosiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mos kelmaydi, balki ko‘chma, obrazli yoki konnotativ ma’noni bildiradi.
XULOSA Frazeologik birliklarning semantik transformatsiyasi va qayta anglanishi tilshunoslikda muhim hodisalardan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida ko‘rindiki, frazeologizmlar o‘zining nominativ ma’nosidan tashqariga chiqib, kontekstda yangi ma’no qirralarini hosil qiladi. Ularning metaforik, ekspressiv va lingvomadaniy funksiyalari badiiy matn mazmunini boyitadi, ijtimoiy-axloqiy mazmunni chuqurlashtiradi va estetik ta’sir kuchini oshiradi.
Frazeologizmlar xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari va milliy tafakkurining ifodasi sifatida ham xizmat qiladi. Ularning qayta anglanishi jarayonida umumxalq tajribasi, ma’naviy meros va zamonaviy ijtimoiy munosabatlar o‘zaro uyg‘unlashadi. Shuning uchun frazeologik birliklar nafaqat til tizimining unsuri, balki lingvomadaniyatning ajralmas bo‘lagi sifatida baholanishi lozim.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, frazeologik birliklarning semantik kengayishi va qayta anglanishi o‘zbek tilshunosligida alohida yo‘nalish sifatida izchil o‘rganilishi zarur. Bu jarayon nafaqat nazariy tilshunoslik, balki tarjimashunoslik, stilistika, madaniyatshunoslik va badiiy adabiyot tadqiqotlari uchun ham muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Фразеологический словарь русского литературного языка/под ред. А.И.Федорова.–М., 1996; Образные средства русского языка/под ред. В.Н.Телия.-М.,1995
- В.А.Маслова Лингвокультурология. Учеб. Пособие для студ. Высш. Учебный заведений.-М.: Издательский центр «Академия», 2001.-с.82
- Н.Ф.Алифиренко, Н.Н.Семененко Фразеологиа и паремиологиа. Учеб. Пособие для студ. Высш. Учебный заведений.-М.: Флинта. 2009. – с.45
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011310
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/310
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 208–210
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25