BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION TA‘LIM TEXNOLOGIYALARINING ROLI
Abdieva Saltanat PatullaevnaAjiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 206–208
Annotatsiya
Ushbu tezisda bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliginishakllantirishda innovatsion ta‘lim texnologiyalarining ahamiyati va ularning o‘qituvchilar tayyorlashtizimidagi roli yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy ta‘limda qo‘llanilayotgan interfaol metodlar, raqamlivositalar va pedagogik yangiliklarning samaradorligi tahlil qilinadi.
Boshqa tillarda
ruschaРОЛЬ ИННОВАЦИОННЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ФОРМИРОВАНИИ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ТЕХНОЛОГИЙ
В данной диссертации подчеркивается важность инновационных образовательных технологий в формировании профессиональной компетентности будущих учителей технологий и их роль в системе подготовки учителей. Также анализируется эффективность интерактивных методов, цифровых инструментов и педагогических инноваций, используемых в современном образовании.
inglizchaTHE ROLE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FORMING THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TECHNOLOGY TEACHERS
This thesis highlights the importance of innovative educational technologies in shaping the professional competence of future technology teachers and their role in the teacher training system. It also analyzes the effectiveness of interactive methods, digital tools, and pedagogical innovations used in modern education.
Kalit so‘zlar
- kasbiy kompetentlik
- texnologiya ta‘limi
- innovatsion texnologiyalar
- kreativlik
- raqamli muhit
- interfaol usullar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING ROLI
Abdieva Saltanat Patullaevna Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti abdievasaltanat68@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu tezisda bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda innovatsion ta’lim texnologiyalarining ahamiyati va ularning o‘qituvchilar tayyorlash tizimidagi roli yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’limda qo‘llanilayotgan interfaol metodlar, raqamli vositalar va pedagogik yangiliklarning samaradorligi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: kasbiy kompetentlik, texnologiya ta’limi, innovatsion texnologiyalar, kreativlik, raqamli muhit, interfaol usullar.
THE ROLE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TECHNOLOGY TEACHERS
Abdiyeva Saltanat Patullayevna basic doctoral student of the Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz abdievasaltanat68@gmail.com
Abstract: This thesis highlights the importance of innovative educational technologies in the formation of future technology teachers' professional competence and their role in the teacher training system. The effectiveness of interactive methods, digital tools, and pedagogical innovations used in modern education is also analyzed. Keywords: professional competence, technological education, innovative technologies, creativity, digital environment, interactive methods.
РОЛЬ ИННОВАЦИОННЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ФОРМИРОВАНИИ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ТЕХНОЛОГИЙ
Абдиева Салтанат Патуллаевна докторанту Нукусского государственного педагогического института имени Ажинияза abdievasaltanat68@gmail.com
Аннотация: В данном тезисе освещается значение инновационных образовательных технологий в формировании профессиональной компетентности будущих учителей технологии и их роль в системе подготовки учителей. Также анализируется эффективность интерактивных методов, цифровых инструментов и педагогических инноваций, используемых в современном образовании. Ключевые слова: профессиональная компетентность, технологическое образование, инновационные технологии, креативность, цифровая среда, интерактивные методы.
Zamonaviy ta’lim tizimi o‘qituvchidan keng qamrovli kasbiy kompetentligini talab etadi. Bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilari nafaqat o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi, balki innovatsion yondashuvlar orqali o‘quvchilarda texnik tafakkur va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga ham qodir bo‘lishi zarur. Shu bois, kasbiy kompetentligini shakllantirishda innovatsion ta’lim texnologiyalarining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. [1] Innovatsion ta’lim texnologiyalari — bu o‘qitish jarayonini takomillashtirish, samaradorligini oshirish va talabalarda mustaqil fikrlash, kreativ yondashuv hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik tizimdir. Bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilari uchun loyiha asosida o‘qitish, muammoli ta’lim, modulli o‘qitish, axborot-kommunikatsion texnologiyalar (AKT) va raqamli vositalardan foydalanish katta ahamiyatga ega. [2] Innovatsion ta’lim texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni va ularning bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Innovatsion ta’lim texnologiyalari o‘qitish jarayonini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish hamda talabalarda mustaqil fikrlash, kreativ yondashuv va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy pedagogik tizim sifatida talqin etiladi. Bizning fikrimizcha o‘qituvchi faqat bilim beruvchi emas, balki o‘quvchilarni yangicha fikrlash, tahlil qilish va amaliy faoliyatga yo‘naltiruvchi shaxs sifatida shakllanishi zarur. Shu bois, bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilari uchun loyiha asosida o‘qitish, muammoli ta’lim, modulli o‘qitish, axborotkommunikatsion texnologiyalar (AKT) va raqamli vositalardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu yondashuvlar ta’lim jarayonini faollashtiradi, talabalarning ijodiy salohiyatini oshiradi va ularni real hayotiy vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qila oladigan shaxs sifatida tarbiyalaydi. Xususan, loyiha asosida o‘qitish metodida talabalar amaliy loyihalarni ishlab chiqish orqali o‘z bilimlarini real vaziyatlarda qo‘llashni o‘rganadi; muammoli ta’lim esa ularni tahlil qilish va yechim topishga o‘rgatadi; modulli o‘qitish talabaning mustaqil o‘rganish qobiliyatini rivojlantiradi. AKT va raqamli vositalar esa o‘qituvchini zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashga o‘rgatadi, ta’limning raqamli muhitda tashkil etilishini ta’minlaydi. Masalan, loyiha texnologiyasi talabalarga real muammolarni yechishda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash imkonini beradi. Shuningdek, muammoli ta’lim metodi orqali talabalarda mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va qaror qabul qilish kompetensiyalari rivojlanadi. [3] Shu tariqa, innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarida pedagogik, axborot-kommunikativ, ijodiy va refleksiv kompetensiyalarni shakllantiradi. Bu esa ularning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini oshiradi va zamonaviy ta’lim tizimida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishiga zamin yaratadi. Xudoyberdiyeva, D. muallifligidagi “Zamonaviy ta’limda o‘qituvchining kasbiy kompetentligi” nomli ilmiy asarida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda quyidagi yo‘nalishlar muhim deb hisoblab o‘tadi: • metodik kompetentlik – dars jarayonini samarali tashkil etish; • axborot-kommunikativ kompetentlik – raqamli texnologiyalardan foydalanish; • ijodiy kompetentlik – yangicha fikrlash va muammolarga noodatiy yondashuvni shakllantirish; • refleksiv kompetentlik – o‘z faoliyatini tahlil qilish va o‘z ustida ishlash. [4]
Innovatsion ta’lim texnologiyalarining qo‘llanilishi o‘quv jarayonini faollashtiradi, talabalar motivatsiyasini oshiradi hamda ularning kasbiy tayyorgarligini kuchaytiradi. Natijada, o‘qituvchi zamonaviy ta’lim muhitida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanadi. [5] Xulosa qilib aytganda, bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda innovatsion ta’lim texnologiyalarining roli beqiyosdir. Ular o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, o‘qituvchilarning ijodkorligini oshirish va ularni zamonaviy pedagogik muammolarni hal etishga tayyorlashda muhim omil sifatida xizmat qiladi. Shu sababli, oliy ta’lim muassasalarida innovatsion yondashuvlarni joriy etish va amaliy mashg‘ulotlarni kuchaytirish zarur.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Jumayev, M. Innovatsion ta’lim texnologiyalari va ularning o‘qituvchilar tayyorlashdagi roli. – Toshkent: 2021. Fan nashriyoti, 45–48-betlar.
- Karimova, N. Kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik asoslari. – Toshkent -2022. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 72–76-betlar.
- G‘aniyeva, S. Pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar. – Toshkent:2020 Iqtisod-Moliya, 55–60- betlar.
- Xudoyberdiyeva, D. Zamonaviy ta’limda o‘qituvchining kasbiy kompetentligi. – Toshkent: 2019. Innovatsiya nashriyoti, 33–37-betlar.
- Rahimov, B. Innovatsion yondashuvlar asosida o‘qituvchilar tayyorlashning samaradorligi. – Toshkent: 2023. Ta’lim bosma uyi, 81–85-betlar.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011309
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/309
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 206–208
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25