Asosiy mazmunga o‘tish

LABORATORIYA SHAROITIDA INOKULYATSIYA QILINGAN KUZGI BUG‘DOY URUG‘INING UNUVCHANLIGI VA O‘SISH INDIKATORLARI

I.Sh.MamatkulovLalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 196–200

Annotatsiya

Ushbu maqolada “No‘shkent” kuzgi bug‘doy navining urug‘i biologik faolmoddalardan — “BIOVAK” va “Rokogumin” preparatlari bilan inokulyatsiya qilinganida laboratoriyasharoitida unuvchanligi, ildiz tizimining rivojlanishi va maysa bo‘yi qanday o‘zgarishi o‘rganildi.Tajribalar chashka Petrida, uch marta takrorlab o‘tkazildi. “BIOVAK” preparatining 5 l/t dozasi engsamarali ko‘rsatkichlarni berdi, ammo fungitsid bilan aralashgan holatda salbiy natijalar qayd etildi.Natijalar biologik faol o‘g‘itlarning maqbul dozasini tanlash va ularni aralash qo‘llashdagi ehtiyotchoralarini asoslaydi.

Boshqa tillarda

ruschaПроверка и показатели роста семян озимой пшеницы, инокулированных в лабораторных условиях.

В данной статье изучаются изменения всхожести, развитии корневой системы и высоте растений озимой пшеницы сорта «Ношкент» при инокуляции биологически активными веществами — препаратами «БИОВАК» и «Рокогумин» — в лабораторных условиях. Эксперименты проводились в чашках Петри и повторялись трижды. Наиболее эффективные показатели были получены при дозе «БИОВАК» 5 л/т, однако отрицательные результаты были зафиксированы при смешивании с фунгицидом. Результаты обосновывают выбор оптимальной дозы биологически активных удобрений и меры предосторожности при их совместном применении.

inglizchaVERIFICATION AND GROWTH INDICATORS OF WINTER WHEAT SEEDS INOCULATED IN LABORATORY CONDITIONS

This article studies the changes in germination, root system development, and plant height of the “Noshkent” winter wheat variety when inoculated with biologically active substances — “BIOVAK” and “Rokogumin” preparations under laboratory conditions. The experiments were conducted in Petri dishes, repeated three times. The dose of “BIOVAK” at 5 l/t gave the most effective indicators, but negative results were recorded when mixed with a fungicide. The results justify the selection of the optimal dose of biologically active fertilizers and precautions when using them in combination.

Kalit so‘zlar

  • Bug‘doy
  • BIOVAK
  • Rokogumin
  • inokulyatsiya
  • unuvchanlik
  • ildiz tizimi
  • biologik faol o‘g‘it
  • laboratoriya sharoiti

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

УЎТ: 631.43:631.432:631.559 LABORATORIYA SHAROITIDA INOKULYATSIYA QILINGAN KUZGI BUG‘DOY URUG‘INING UNUVCHANLIGI VA O‘SISH INDIKATORLARI

I.Sh.Mamatkulov Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti. e-mail:uzniizerno@yahoo.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada “No‘shkent” kuzgi bug‘doy navining urug‘i biologik faol moddalardan — “BIOVAK” va “Rokogumin” preparatlari bilan inokulyatsiya qilinganida laboratoriya sharoitida unuvchanligi, ildiz tizimining rivojlanishi va maysa bo‘yi qanday o‘zgarishi o‘rganildi. Tajribalar chashka Petrida, uch marta takrorlab o‘tkazildi. “BIOVAK” preparatining 5 l/t dozasi eng samarali ko‘rsatkichlarni berdi, ammo fungitsid bilan aralashgan holatda salbiy natijalar qayd etildi. Natijalar biologik faol o‘g‘itlarning maqbul dozasini tanlash va ularni aralash qo‘llashdagi ehtiyot choralarini asoslaydi. Kalit so‘zlar. Bug‘doy, BIOVAK, Rokogumin, inokulyatsiya, unuvchanlik, ildiz tizimi, biologik faol o‘g‘it, laboratoriya sharoiti.

ЖИЗНЕСПОСОБНОСТЬ И ПОКАЗАТЕЛИ РОСТА СЕМЯН ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ, ИНКУЛИРОВАННЫХ В ЛАБОРАТОРНЫХ УСЛОВИЯХ

И.Ш. Маматку́лов Научно-исследовательский институт богарного земледелия e-mail: uzniizerno@yahoo.com

Аннотация:В данной статье изучены всхожесть, развитие корневой системы и высота проростков озимой пшеницы сорта «Ношкент» в лабораторных условиях после инокуляции биологически активными веществами BIOVAK и Рокогумина. Эксперименты проводились в чашках Петри с трехкратной повторностью. Доза препарата BIOVAK 5 л/т показала наибольшую эффективность, тогда как его сочетание с фунгицидом дало отрицательные результаты. Полученные данные обосновывают выбор оптимальных доз биологически активных удобрений и подчеркивают необходимость осторожности при их совместном применении. Ключевые слова: пшеница, BIOVAK, Рокогумин, инокуляция, всхожесть, корневая система, биологически активное удобрение, лабораторные условия.

VIABILITY AND GROWTH INDICATORS OF WINTER WHEAT SEEDS INOCULATED UNDER LABORATORY CONDITIONS

I.Sh.Mamatkulov Research Institute of Rainfed Agriculture e-mail: uzniizerno@yahoo.com

Annotation:This article investigates the germination, root system development, and seedling height of the winter wheat variety "Noshkent" under laboratory conditions after inoculation with biologically active substances BIOVAK and Rokogumin. The experiments were conducted in Petri dishes and repeated three times. The 5 L/t dose of the BIOVAK preparation showed the most effective results, whereas its combination with a fungicide led to negative outcomes. The findings support the selection of optimal doses of biologically active fertilizers and emphasize caution when applying them in mixtures. Keywords: Wheat, BIOVAK, Rokogumin, inoculation, germination, root system, biologically active fertilizer, laboratory conditions.

Kirish. Kuzgi bug‘doy urug‘ining unuvchanligi va dastlabki o‘suv bosqichlari hosildorlikni belgilovchi muhim omillardan biridir. Biologik faol moddalardan foydalanish, xususan BIOVAK va Rokogumin kabi preparatlar, o‘simliklarning ildiz tizimi, unib chiqish tezligi va maysa rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu tadqiqotda g‘alla-shudgor almashlab ekish tizimi doirasida “No‘shkent” navli bug‘doy urug‘lariga inokulyatsiyaning ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot uslubi. Tajribalar laboratoriya sharoitida, chashka Petrida, har bir variant uch marta takrorlab o‘tkazildi. Urug‘lar “BIOVAK” bioo‘g‘itining 3,0; 5,0; 7,0 l/t dozalarida, shuningdek, 5,0 l/t BIOVAK + 2,5 l/t fungitsid aralashmasida, va Rokogumin preparati bilan inokulyatsiya qilindi. Nazorat sifatida distillangan suvda ivitilgan urug‘lar olindi. O‘simliklarning unuvchanligi (%), maysa bo‘yi (sm), ildizlar soni (dona) va ildiz uzunligi (sm) o‘lchandi. Natijalar va ularning tahlili. G‘alla-shudgor almashlab ekish tizimida “No‘shkent” kuzgi bug‘doy navi ekilgan tajriba variantlarida olib borilgan dala tajribalarini qo‘yish oldidan laboratoriya sharoitida “No‘shkent” kuzgi bug‘doy urug‘ini tajribada aminokislotalar, organik kislotalar (gumatlar) va makro hamda mikroelementlar mavjud “Rokogumin” (RG), universal biologik faol preparatlar (BIOVAK) bilan inokulyatsiya qilingan variantlarda bug‘doyning unib chiqish tezligi o‘simlik ildiz tizimining unuvchanligi, bo‘yi aniqlandi. Tajriba chashka Petrida uch qaytariqda o‘tkazildi. “No‘shkent” kuzgi bug‘doyning urug‘ini ekish oldidan universal biologik faol Rokogumin va “BIOVAK” o‘g‘itlari bilan ishlov berilganda urug‘ning laboratoriya sharoitida unuvchanligi, ildiz soni, uzunligi va maysaning bo‘yiga sezilarli darajada ta’sir etdi. Tajribaning nazorat ya’ni faqat distillangan suvda bug‘doyning unuvchanligi o‘rtacha 95 %ni tashkil etdi. Chashka Petrida olib borilgan tajribalar natijalariga ko‘ra, ekish oldidan bug‘doy urug‘ining laboratoriya sharoitida unuvchanligi BIOVAK bioo‘g‘itini har tonna hisobiga 3,0 l/ga me’yorda ivitilganda

nazoratga nisbatan 1,3 %ga, eng yuqori ko‘rsatkich 5l/t hisobida inokulyatsiya qilinganda 3,3 %ga oshganligi aniqlandi. BIOVAK o‘g‘itining me’yori 7 l/tga oshirilganda unuvchanligining nazoratga nisbatan atigi 0,7 % oshganligi aniqlandi. Biroq, 5 l/t BIOVAK bilan yarim dozadagi (2,5 l/t) fungitsid bilan aralash holda inokulyatsiya qilingan bug‘doy urug‘ining unuvchanligi nazoratga nisbatan 0,7 %ga pasayishi qayd etildi. Rokoguminning bug‘doy unuvchanligi BIOVAK ga nisbatan pastroqligi aniqlandi - 96 %. Shuni ta’kidlash zarurki, (BIOVAK universal organo-mineral o‘g‘itining maqbul dozasida (5l/t) bug‘doy urug‘ining unib chiqishi boshqa variantlarda 2 kunga tezlashdi. Laboratoriya sharoitida faqat distillangan suvda ivitilgan bug‘doy unib chiqqan maysasining bo‘yi 3,7 sm ni tashkil etgan bo‘lsa, 5 l/t hisobida “BIOVAK” bioo‘g‘it bilan ishlov berilganda bu ko‘rsatkichining 1,1 smga yuqoriligi aniqlandi. O‘simlikning ildiz tizimi rivojlanishi ham biologik faol o‘g‘it bilan ishlov berilgan variantlarda qayd etildi. “BIOVAK” bioo‘g‘itining me’yori 7 l/t ga, ayniqsa uni fungitsid bilan aralashgan holda qo‘llanilganda ildiz soni va uzunligining keskin pasayishi kuzatildi. Olingan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, bioo‘g‘itlar tarkibiga fungitsid aralashtirilganda va unib chiqqan maysalardagi fiziologik va biokimyoviy jarayonlarining sekinlashishiga olib kelgan.

1-rasm Laboratoriya sharoitida “No‘shkent” kuzgi bug‘doy urug‘ini unuvchanligi Laboratoriya sharoitida “No‘shkent” kuzgi bug‘doy urug‘ini ma’danli o‘g‘itlar, biologik faol o‘g‘itlar bilan inokulyatsiya qilishining unuvchanligi va o‘simlikning o‘sishi hamda rivojlanishiga ta’siri, t – 180C,

Variantlar D istillang an Bio v ak– 3 l/t Biovak –5 l/t Biovak –7 l/t Biovak –5 RG–100l/t

-1,7 suv – nazorat urug‘urug‘urug‘l/t+0,5 doza urug‘ +0,5 fung. doza fung. Unuvchanlik, % Unuvchanlik, % Unuvchanlik, % Unuvchanlik, % Nazoratga nisbatan, ±, % O‘simlik bo‘yi (sm). 2-diogramma

Variantlar D is tillang an Bio v ak– 3 l/t Bio v ak – 5 l/t Bio v ak – 7 l/t Bio v ak – 5 RG–100l/t suv – nazorat urug‘urug‘urug‘l/t+0,5 doza urug‘ +0,5 fung. doza fung.

-1,5 O‘simlik bo‘yi, sm O‘simlik bo‘yi, sm O‘simlik bo‘yi, sm O‘simlik bo‘yi, sm Nazoratga nisbatan, ±, %

O‘simlik ildiz soni (dona). 3-diogramma 3,9

Variantlar D is t illang an Bio v ak– 3 l/t Bio v ak– 5 l/t Bio v ak– 7 l/t Bio v ak– 5 RG–100l/t -0,1

l/t+0,5 doza nazorat fung. doza fung. Ildiz soni, dona Ildiz soni, dona Ildiz soni, dona Ildiz soni, dona Nazoratga nisbatan, ±, %

O‘simlik ildiz uzunligi (sm). 4-diogramma

Variantlar D is t illang an Bio v ak– 3 l/t Bio v ak – 5 l/t B io v ak – 7 l/t Biovak –5 RG–100l/t suv – nazorat urug‘urug‘urug‘l/t+0,5 doza urug‘ +0,5 fung. doza fung.

-3,8 Ildiz uzunligi, sm Ildiz uzunligi, sm Ildiz uzunligi, sm Ildiz uzunligi, sm Nazoratga nisbatan, ±, %

Xulosa. Laboratoriya sharoitidagi tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, “No‘shkent” kuzgi bug‘doy navining urug‘ini ekish oldidan 5 l/t dozadagi BIOVAK preparati bilan inokulyatsiya qilish unuvchanlik, ildiz tizimi rivojlanishi va maysa o‘sishining yaxshilanishiga olib keldi. Preparatning 7 l/t me’yori yoki fungitsid bilan aralashgan holatda ishlatilishi esa o‘sish ko‘rsatkichlarini susaytirgan. Demak, biologik faol o‘g‘itlardan foydalanganda ularning optimal dozasini aniqlash va o‘zaro ta’sirini hisobga olish zarur.`

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Ankita M., Debasish P. Novel Plant Growth Regulators and their Potential Uses in. Agriculture // International Journal of Bioresourse and Stress Management. 2017. Vol. 8. N 6. Pp. 820-826
  2. Garrett Owen W., Whipker B. Overview of plant growth regulators for greenhouse production //Abstracts of Michigan State University Extension. 2019. N 2. Pp. 245-253
  3. Santner A., Calderon-Villalobos L.I., Estelle M. Plant hormones are versatile chemical regulators of plant growth // Natural Chemical Biology. 2009. N 5. Pp. 301-307
  4. Kamiya Y. Plant Hormones. Versatile Regulators of plant growth and development //Annual Review of Plant Biology. 2010. Vol. 61. N 2. Pp. 146-152
  5. Lim J-H., Sang D-K. Synergistic plant growth promotion by the indigenous auxins-producing PGPR Bacillus subtilis AH18 and Bacillus licheniforims K11 // Journal of the Korean Society for Applied Biological Chemistry. 2009. Vol. 52. N 3. Pp. 531-538
  6. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MOHIYATI, MAQSADI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. (2025). Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 701-710.
  7. Tursunov Ramziddin Abdixalil-o’g’li. (2025). JAMIYAT HAYOTIDA IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 324-330.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011306
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/306
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
196–200
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25