LOGOPEDIYANING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI
Abdurashidova Dilfuza Akmaljon qizi1, D.D. Oribboyeva22025
- 1NamDPI 1-kurs talabasi
- 2NamDPI
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 194–196
Annotatsiya
Ushbu maqolada logopediyaning mustaqil fan sifatida shakllanish jarayoni, uningilmiy-amaliy asoslari hamda tarixiy rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Logopediya — nutq nuqsonlarinio‘rganuvchi, ularning oldini olish, tashxis qo‘yish va korrektsiya usullarini ishlab chiquvchi pedagogik fanbo‘lib, u psixologiya, tibbiyot va tilshunoslik sohalari bilan chambarchas bog‘liq. Maqolada fanningshakllanishiga ta‘sir qilgan ilmiy izlanishlar, ilk logopedik maktablar va mutaxassislarning hissasiyoritiladi.
Boshqa tillarda
ruschaФОРМИРОВАНИЕ ЛОГОПЕДИИ КАК НАУКИ
В данной статье анализируется процесс формирования логопедии как самостоятельной дисциплины, её научные и практические основы, а также этапы исторического развития. Логопедия — это педагогическая дисциплина, изучающая нарушения речи, разрабатывающая методы их профилактики, диагностики и коррекции, и тесно связанная с областями психологии, медицины и лингвистики. В статье освещаются научные исследования, повлиявшие на формирование дисциплины, вклад первых логопедических школ и специалистов.
inglizchaTHE FORMATION OF LOGOPEDIA AS A SCIENCE
This article analyzes the process of the formation of speech therapy as an independent discipline, its scientific and practical foundations, and the stages of historical development. Speech therapy is a pedagogical discipline that studies speech disorders, develops methods for their prevention, diagnosis, and correction, and is closely related to the fields of psychology, medicine, and linguistics. The article highlights the scientific research that influenced the formation of the discipline, the contribution of the first speech therapy schools, and specialists.
Kalit so‘zlar
- korreksion
- pedagogika
- psixologiya
- nutq
- surdopedagogika
- tiflopedagogika
- oligofreniyapedagogika
- predmet
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Abdurashidova Dilfuza Akmaljon qizi NamDPI 1-kurs talabasi abdurashidovadilfuza4@gmail.com Ilmiy rahbar D.D.Oribboyeva
Annotatsiya: Ushbu maqolada logopediyaning mustaqil fan sifatida shakllanish jarayoni, uning ilmiy-amaliy asoslari hamda tarixiy rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Logopediya — nutq nuqsonlarini oʼrganuvchi, ularning oldini olish, tashxis qoʼyish va korrektsiya usullarini ishlab chiquvchi pedagogik fan boʼlib, u psixologiya, tibbiyot va tilshunoslik sohalari bilan chambarchas bogʼliq. Maqolada fanning shakllanishiga taʼsir qilgan ilmiy izlanishlar, ilk logopedik maktablar va mutaxassislarning hissasi yoritiladi. Kalit so’zlar: korreksion, pedagogika, psixologiya, nutq, surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofreniyapedagogika, predmet.
Абдурашидова Дилфуза Акмалжон кизи Студент 1-го курса НамГПИ abdurashidovadilfuza4@gmail.com
Аннотация: В данной статье анализируется процесс становления логопедии как самостоятельной науки, ее научно-практические основы и этапы исторического развития. Логопедия - педагогическая наука, изучающая речевые нарушения, разрабатывающая методы их профилактики, диагностики и коррекции, тесно связанная с психологией, медициной и лингвистикой. В статье освещаются научные исследования, которые повлияли на формирование науки, вклад ранних логопедических школ и специалистов. Ключевые слова: коррексия, педагогика, психоллгия, речь, сурдопедагогика, тифлопедагогика, олигофренопедгогика, субъект.
THE FORMATION OF SPECH THERAPY AS A SCIENE
Abdurashidova Dilfuza Akmaljon qizi 1st year student of NamSPI abdurashidovadilfuza4@gmail.com
Abstract: This article analyzes the process of formation of speech therapy as an independent science, its scientific and practical foundations, and the stages of its historical development. Speech therapy is a pedagogical science that studies speech defects, develops methods for their prevention, diagnosis, and correction, and is closely related to the fields of psychology, medicine, and linguistics. The article highlights the scientific research that influenced the formation of science, the contribution of the first speech therapy schools and specialists. Keywords correction: correction, pedagogy, psychology, speech, surdopedagogy, typhlopedagogy, oligophreaniapedagogy, subject.
Bugungi kunda ta’lim va tarbiya tizimida shaxsning har tomonlama rivojlanishi, uning ijtimoiy hayotga to‘laqonli moslashuvi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, nutqiy faoliyat inson tafakkuri, muloqoti va o‘z fikrini erkin ifoda etishida asosiy vosita sifatida alohida o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, nutq buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlash va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish zamonaviy jamiyat oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Mazkur ehtiyoj logopediyani mustaqil fan sifatida shakllantirish va uni ilmiy-nazariy jihatdan chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Chunki logopediya nafaqat nutq nuqsonlarini aniqlash va tuzatish, balki insonning psixologik, ijtimoiy va pedagogik rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Logopediya yangi rivojlanayotgan fan sohalardan biri bòlib, asosan maktab va maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqdagi muammolari bilan ishlovchi soha. Logopediya faqatgina nutqida nuqsoni
bòlgan bolalar bilan emas balki, afaziya (tilning yòqligi), disleksiya (til òzgarishi chegaralangan muommolar), kechiktirilgan til ( tilni tòg’ri tarzda ishlashga yordam beradigan xususiyatlar) va boshqa muommolarni bartaraf etishda yordam beradi. Nuqiy nuqsoni bòlgan bolalar har bir talaffuz qilayotgan sòzlarida qiynalishadi yokida ba'zi bir tovushlarni ayta olmaydi. Bu holat ota-ona uchun avvaliga oddiy tuyiladi, biroq bola katta bòlishni boshlaganda rivojlanib, tengqur bolalardan ortda qolayotganini afsuski kech sezishadi. Bunday bolalar boshqalar bilan muloqot qilayotgan vaqtda òzi uchun qiyin hisoblangan sòzlarni talaffuz qilmaydi, yokida insonlar bilan kam muloqotga kirishadi ya'ni ularning ongida gapirsam bu sòzlarni aytgani qiynalaman, bu sòzlarni ayta olmayman degan hayol chulģab olgan bòladi. Bolalarda bunday nuqson hayoti davomida orttirilgan yokida, tuģma holatlari mavjud. Tuģma nuqsondan kòra orttirilgan nuqsonni davolash osonroq va yaxshi samara beradi. Logopediyaning fan sifatida shakillanishi XX asrlarga borib taqaladi, dastlab, nutqdagi nuqsonlarni tuzatish masalalari XVII asrda Yevropa mamlakatlarida Surdopedagogikaga oid ilmiy ishlarda tadbiq etila boshlagan. XIX asr 2-yarmida bu sohaga mustaqil ravishda, ammo tibbiy nuqtayi nazarida yondashilgan bòlib asta- sekin nutq faoliyatining tabiati haqidagi ilmiy tasavvurlarning kengayib borishi va logopediya yònalishini tubdan òzgartirib, pedagogik mazmun birinchi òringa qòyildi va shunday qilib logopediya mustaqil fan sifatida shakillandi. Logopedoyaning maqsadi nutqida, tilida duduqlanishi bòlgan bolalarni aniqlash, korreksiya qilish va davolashdir. Logopediya fanining asosiy tamoyillari va metodlari tahlil natijalariga kòra, zamonaviy logopediya bir qator muhim tamoyillar va ularning amaliy ahamyati aniqlangan. I.P.Pavlov ta’limotiga muvofiq nutq bosh miyaning murakkab psixologik funksiyasi, uning ikinchi singnal tizimini o’zida nomoyon etadi. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari o’zaro bir biri bilan uzviy bog’liq. Ikkinchi singnal tizimi birinchi signal tizimi asosida shakkillanadi. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari orasidagi o’zaro murakkab aloqalarni hisobga olish nutq buzilishini tuzatish, buzulgan nutq va nutqsiz funksiyalarning o’rnini bosish ustida samaraali logopedik ish olib boorish uchun imkoniyat yaratadi va shu bilan birga logopediyaning bir nechta vazifalari ham mavjud, quyidagilar misol bo’la oladi. 1.Nutq buzilishining turli shakillarida nutq faoliyatining ontogonezini o’rganish. 2.Nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini aniqlash. 3.nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning o’-o’zidan va biror maqsadga qaratilgan rivojlanish dinamikasini, shuningdek, nutqiy zaiflikni ularning shaxs sifatida yetishuviga, ruhiy rivojlanishiga, turli ko’rinishdagi faoliyatlarini namoyon qilishga,o’zlarini tutishlariga ta’sirini aniqlash. 4.Rivojlanishda turli xil farqlar bo’lgan bolalarda (eshitish, ko’rish, fikirlash qobilyatining hamda tayanch harakat apparatining buzilishi hollarida) nutqning shakillanishi va nutq buzilishlari xususiyatlarini o’rganish. 5.nutq buzilishining kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, tuzilishi va alomatlarini aniqlash. 6.Nutq buzilishlarining pedagogik tashxisi, metodlarini ishlab chiqish. 7.Nutq buzilishini tartibga solish. 8. Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish. Logopediyaning yuqorida ko’rsatilgan vazifalarida uning ham nazariy, ham amaliy yo’nalishlari belgilab berilgan. Uning nazariy tomoni-nutq buzilishlarini o’rganish hamda ularning oldini olish, aniqlash va tuzatishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Amaliy tomoni-nutq buzilishining oldini olish, aniqlash va bartaraf etishni o’z ichiga oladi.Logopediyaning nazariy va amaliy azifalari birbiriga chambarchas bog’langandir. Birinchidan, sistemli yondashuv tamoyili zamonaviy logopediyaning eng muhim tamoyillaridan biri sifatida eʼtirof etilmoqda. Nutq buzilishlarini kompleks oʻrganish zaruriyati bugungi kunda yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Levina oʻz tadqiqotlarida koʻrsatganidek, nutq faoliyati komponentlar oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlib, bir komponentdagi nuqson boshqa komponentga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi. Masalan: fonematik idrokning buzilishi nafaqat tovush talaffuziga, balki sòz boyligining shakillanishiga ham ta'sir qiladi. Ikkinchidan, rivojlanish tamoyili zamonavir logopedoyaning eng muhim tamoyillaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda. Nutq ontogenezi qonuniyatlarini hisobga olish korreksion ishlarni rovojlantirish va amalga oshirishda muhim ahamyatga ega. Filicheva ta'kidlaganidek normal nutq rivojlanishi bosqichlarini chuqur bilish logopedga nutq buzilishlarini samarali tuzatish imkonini beradi. Bu tamoyil ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda muhim ahamyat kasb etadi. Uchinchidan, kompleks yondashuv tamoyili logopedik ishlar samaradorligini ta’millovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Zamonaviy tadqiotlar shuni kòrsatadiki, logopedning boshqa mutaxasislar-
psixolok, nervopotolik, otodont, defektolog kabi mutaxasislar bilan hamkorlikda ishlashi korreksion ishlar samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Bu yondashuv nutq buzulishlarini kelib chiqish sabablarini aniqlash va bartaraf etishda kompleks choralar kòrish imkonini beradi. Bundan tashqari zamonaviy logopediyada qòllaniladigan metodlar tizimi ham takomillashib bormoqda. Diagnostik metodlar nutq buzulishlarini aniq va tòğri aniqlash imkonini bersa, korreksionrivojlantiruvchi metodlar esa aniqlanga muommolarni samarali bartaraf etish imkonini beradi. Praflaktik metodlar esa nutq buzulishlarini oldini olishga qaratilgan bòlib, bu yònalish bugungi kunda alohida ahamyat kasb etmoqda. Logopediya fanida tashxis qòyish va korreksion ishlarni olib borishda yoshga xos xusudiyatlarni hisobgs olidh tamoyili alohida ahamyat kasb etadi. Har bir yosh davri òzing rivojlanish qonuniyatlariga ega bòlib, bu logopedik ishlarni rejalashtirishda muhim ròl òynaydi. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda òyin metodlaridan foydalanish yuqori samara bersa maktab yoshidagi bolalar bilan ishlashda ta'limiy metodlarga kòproq e'tibor qaratiladi. Xulosa: Logopediya bu- qiziqarli va mas'ulyatli soha bòlib.U juda kòp vaqt talab etadi, oylar hattoki yillar kerak bòladi. Logopediyaning yana bir xusisiyatlaridan juda katta sabr talab etishida chunki bu sohaga soğlom bolalar emas nuqsonli, zaif bolalar kelishidadur. Bunday bolalar logopedlardan òzlari uchun davo istab, boshqalar kabi ravon nutqga ega bòlishni hohlab kelishadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1.F.R.Qodirova, R.M.Qodirova Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi.Toshkent-2006. 2. Мастюкова Е. Е., "Основы логопедии", Москва, 2018 3. Л. С. Волкова, Р. И. Лалаева, Е. М. Мастюкова va boshq. (qarovchi: Л. С. Волкова, С. Н. Шаховская) Логопедия. Учебник для студентов дефектологических факультетов педуниверситетов 1998 4. Д. Д. Ориббоева, М. М. Адашалиева Вопросы внедрения и развития инклюзивного образования в странах центральной азии // «Ёш олимлар ахборотномаси» – «Вестник молодых ученых». 2025. №. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/voprosy-vnedreniya-i-razvitiya-inklyuzivnogo-obrazovaniya-vstranah-tsentralnoy-azii (дата обращения: 13.10.2025). 5.Oribboyeva, D. D., & Assertiv, S. B. Q. G. A. (2024). xulq shakllanishining o’ziga xosligi. Science and Education, 2. 6. Oribboyeva , D. (2024). BULLING O‘SMIRLARDA DOLZARB MUAMMO SIFATIDA. Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 1(12), 115–117. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/universaljurnal/article/view/58095 7.Raximova V S ’’Maxsus pedagogika’’ -T 2005-yil 2.Ayupova M. Logopediya Toshkent, 2007-yil. 8. Dilshoda, I., & Oribboeva, D. D. (2024). AUTIZM NAMOYON BOLISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Journal of new century innovations, 63(3), 74-77. 9. Ramziddin Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI HAMDA UNING MAZMUN-MOHIYATI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 36-40.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar14 ta adabiyot
- F.R.Qodirova, R.M.Qodirova Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi.Toshkent-2006.
- Мастюкова Е. Е., "Основы логопедии", Москва, 2018
- Л. С. Волкова, Р. И. Лалаева, Е. М. Мастюкова va boshq. (qarovchi: Л. С. Волкова, С. Н. Шаховская)
- Логопедия. Учебник для студентов дефектологических факультетов педуниверситетов 1998
- Д. Д. Ориббоева, М. М. Адашалиева Вопросы внедрения и развития инклюзивного образования в странах центральной азии // «Ёш олимлар ахборотномаси» – «Вестник молодых ученых». 2025. №. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/voprosy-vnedreniya-i-razvitiya-inklyuzivnogo-obrazovaniya-vstranah-tsentralnoy-azii (дата обращения: 13.10.2025).
- 5.Oribboyeva, D. D., & Assertiv, S. B. Q. G. A. (2024). xulq shakllanishining o’ziga xosligi. Science and
- Education, 2.
- Oribboyeva , D. (2024). BULLING O‘SMIRLARDA DOLZARB MUAMMO SIFATIDA. Universal
- Xalqaro Ilmiy Jurnal, 1(12), 115–117. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/universaljurnal/article/view/58095
- 7.Raximova V S ’’Maxsus pedagogika’’ -T 2005-yil 2.Ayupova M. Logopediya Toshkent, 2007-yil.
- Dilshoda, I., & Oribboeva, D. D. (2024). AUTIZM NAMOYON BOLISHINING PSIXOLOGIK
- XUSUSIYATLARI. Journal of new century innovations, 63(3), 74-77.
- Ramziddin Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI HAMDA UNING
- MAZMUN-MOHIYATI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 36-40
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011305
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/305
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 194–196
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25