Asosiy mazmunga o‘tish

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KOGNITIV QOBILIYATLARI VA TANQIDIY FIKRLASHINI CHET TILI DARSLARI ORQALI OSHIRISH

Holboyeva Nodirakhon Abdumalik kiziNamangan davlat universitety tayanch-doktoranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 184–187

Annotatsiya

Maqolada boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida neyropedagogik yondashuv asosidao‘quvchilarning tanqidiy fikrlash faoliyatlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotdaneyropedagogikaning asosiy tamoyillari, tanqidiy fikrlashning mohiyati va xususiyatlari tahlil qilingan.Miya faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ingliz tilini o‘rgatishva tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodlari ishlab chiqilgan. Amaliy tajriba natijalari neyropedagogikyondashuvning boshlang‘ich ta‘limda samaradorligini ko‘rsatadi. Maqolada zamonaviy ta‘limtexnologiyalari va interaktiv metodlardan foydalanish yo‘llari tavsiya etilgan.

Boshqa tillarda

ruschaРазвитие когнитивных навыков и критического мышления у учащихся начальной школы посредством уроков иностранного языка.

В статье рассматриваются вопросы развития критического мышления учащихся на основе нейропедагогического подхода в уроках английского языка в начальной школе. Анализируются основные принципы нейропедагогики, сущность и характеристики критического мышления. Разработаны методики обучения английскому языку и развития критического мышления у учащихся начальной школы с учетом особенностей мозговой активности. Результаты практического опыта показывают эффективность нейропедагогического подхода в начальном образовании. В статье предлагаются способы использования современных образовательных технологий и интерактивных методов.

inglizchaIMPROVING THE COGNITIVE SKILLS AND CRITICAL THINKING OF ELEMENTARY STUDENTS THROUGH FOREIGN LANGUAGE LESSONS

The article considers the issues of developing students‘ critical thinking activities based on the neuropedagogical approach in primary English lessons. The study analyzes the basic principles of neuropedagogy, the essence and characteristics of critical thinking. Methods for teaching English and developing critical thinking in primary school students, taking into account the characteristics of brain activity, have been developed. The results of practical experience show the effectiveness of the neuropedagogical approach in primary education. The article recommends ways to use modern educational technologies and interactive methods.

Kalit so‘zlar

  • neyropedagogika
  • tanqidiy fikrlash
  • boshlang‘ich sinf
  • ingliz tili
  • miya faoliyati
  • interaktiv metodlar
  • kognitiv rivojlanish
  • ta‘lim texnologiyalari

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KOGNITIV QOBILIYATLARI VA TANQIDIY FIKRLASHINI CHET TILI DARSLARI ORQALI OSHIRISH

Holboyeva Nodiraxon Abdumalik qizi Namangan davlat universitety tayanch-doktoranti nkholboeva469@gmail.com

Annotatsiya. Maqolada boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida neyropedagogik yondashuv asosida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash faoliyatlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda neyropedagogikaning asosiy tamoyillari, tanqidiy fikrlashning mohiyati va xususiyatlari tahlil qilingan. Miya faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ingliz tilini o‘rgatish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodlari ishlab chiqilgan. Amaliy tajriba natijalari neyropedagogik yondashuvning boshlang‘ich ta‘limda samaradorligini ko‘rsatadi. Maqolada zamonaviy ta‘lim texnologiyalari va interaktiv metodlardan foydalanish yo‘llari tavsiya etilgan. Kalit so‘zlar: neyropedagogika, tanqidiy fikrlash, boshlang‘ich sinf, ingliz tili, miya faoliyati, interaktiv metodlar, kognitiv rivojlanish, ta‘lim texnologiyalari

ENHANCING COGNITIVE ABILITIES AND CRITICAL THINKING OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH FOREIGN LANGUAGE LESSONS

Holboyeva Nodirakhon Abdumalik qizi Doctoral student of Namangan State University nkholboeva469@gmail.com

Abstract. The article examines the issues of developing critical thinking activities of students based on a neuropedagogical approach in primary school English lessons. The study analyzes the basic principles of neuropedagogy, the essence and characteristics of critical thinking. Methods for teaching English and developing critical thinking in primary school students have been developed, taking into account the characteristics of brain activity. The results of practical experience demonstrate the effectiveness of the neuropedagogical approach in primary education. The article recommends ways to use modern educational technologies and interactive methods. Keywords: neuropedagogy, critical thinking, primary school, English language, brain activity, interactive methods, cognitive development, educational technologies.

ПОВЫШЕНИЕ КОГНИТИВНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ И КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ ПОСРЕДСТВОМ УРОКОВ ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА

Холбоева Нодираxон Абдумалик кизи Докторант Наманганского государственного университета nkholboeva469@gmail.com

Аннотация. В статье рассматриваются вопросы развития деятельности критического мышления учащихся на основе нейропедагогического подхода на уроках английского языка в начальной школе. В исследовании проанализированы основные принципы нейропедагогики, сущность и особенности критического мышления. Разработаны методы обучения английскому языку и развития критического мышления у учащихся начальных классов с учетом особенностей деятельности головного мозга. Результаты практического опыта показывают эффективность нейропедагогического подхода в начальном образовании. В статье рекомендованы способы использования современных образовательных технологий и интерактивных методов. Ключевые слова: нейропедагогика, критическое мышление, начальная школа, английский язык, деятельность мозга, интерактивные методы, когнитивное развитие, образовательные технологии.

Kirish. XXI asr zamonaviy ta‘lim paradigmasida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish strategik ustuvor vazifalardan biri sifatida e'tirof etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PQ-4708-son qarori “Ta‘lim sifatini oshirish va iste'dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida” ta‘lim jarayoniga innovatsion yondashuvlar va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarurati alohida ta‘kidlangan [1]. Boshlang‘ich ta‘lim davri bolaning intellektual, kognitiv, ijtimoiy-psixologik va shaxsiy rivojlanishining kritik bosqichi hisoblanadi. Aynan bu ontogenetik davrda bolaning miya tuzilishi va funksional tizimi intensiv morfofunksional transformatsiyaga uchrashi, plastisitesi maksimal darajaga yetishi hamda yangi bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni o‘zlashtirishga optimal neyrofiziologik asoslar yaratilishi ilmiy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan [2].

Neyropedagogika - pedagogika fani, kognitiv psixologiya va zamonavir nevrologiyaning interdistsiplinar sintezi bo‘lib, miya faoliyatining neyrofiziologik va neyrobiologik qonuniyatlarini chuqur o‘rganish asosida evidensga asoslangan samarali ta‘lim metodologiyasini ishlab chiqadigan innovatsion yo‘nalish sifatida e'tirof etilmoqda [3].

Ingliz tili boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fundamental fanlardan biri bo‘lib, u nafaqat lingvistik kompetensiyalar va kommunikativ ko‘nikmalarni, balki yuqori darajadagi kognitiv qobiliyatlar, jumladan, tanqidiy fikrlash, metakognitiv monitoring va kreativ yondashuvni kompleks rivojlantirishga ham sistematik ta‘sir ko‘rsatadi [4].

Tanqidiy fikrlash - bu ma‘lumotlarni ongli ravishda tahlil qilish, kritik baholash, sintez qilish, alternativ yechimlarni generatsiya qilish hamda muammolarni hal qilishning oliy darajadagi metakognitiv ko‘nikmasidir [5]. Adabiyotlar tahlili. Neyropedagogika sohasida T.V. Akhutina, N.M. Pyatibratova, D.A. Farber kabi olimlar asosiy tadqiqotlar olib borgan [6]. Ularning ishlarida bolalar miyasining rivojlanish xususiyatlari, o‘qitishning optimal usullari va kognitiv jarayonlarning neyrofiziologik asoslari yoritilgan. Tanqidiy fikrlash muammolarini D. Halpern, R. Paul, L. Elder, M. Lipman tadqiq etgan [7]. Ular tanqidiy fikrlashning tuzilishi, uni rivojlantirish bosqichlari va ta‘limdagi ahamiyatini ko‘rib chiqqan. Chet tillarini o‘qitishda neyropedagogik yondashuvlar E.I. Passov, I.A. Zimnyaya, G.V. Rogova tomonidan o‘rganilgan [8]. Mahalliy olimlar orasida J.J. Jo‘raev, R.X. Juraev, Sh.S. Sharipov boshlang‘ich ta‘limda chet tillarini o‘qitish masalalarini ko‘rib chiqqan [9]. Ammo boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida neyropedagogik yondashuv asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish masalasi yetarlicha o‘rganilmagan va bu tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi. Neyropedagogika (yoki ta‘limda neyrofan) - bu pedagogika va nevrobiologiyaning integratsiyasi bo‘lib, miya faoliyati qonuniyatlarini ta‘lim jarayoniga qo‘llashni o‘rganadi [10]. Bu yondashuv quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi: Asosiy tamoyillar: Miya plastisitesi - miya hayot davomida o‘zgarishi va yangi neyron aloqalarni yaratishi mumkin. Boshlang‘ich maktab yoshida bu jarayon eng intensiv kechadi [11].

Bashorat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish “Story Prediction” mashqi orqali o‘quvchilarning bashorat qilish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Dars jarayonida hikoyaning boshlanishi o‘qiladi va o‘quvchilar voqealarning davomini taxmin qilishlari so‘raladi. Ular o‘z fikrlarini “I think...”, “Maybe...”, “Probably...” kabi iboralar yordamida ifodalaydilar. Neyropedagogik nuqtai nazardan bu mashq ijodiy fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatlarini faollashtiradi, miya yangi neyron bog‘lanishlarni o‘rnatadi.

Baholash va xulosa chiqarish malakasi “My Opinion” mashqi o‘quvchilarning baholash va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Darsda biror hikoya yoki muayyan vaziyat muhokama qilinadi va o‘quvchilar o‘z shaxsiy fikrini bildirishlari talab etiladi. Ular “In my opinion...”, “I agree/disagree because...” kabi iboralardan foydalanadilar. Neyropedagogik jihatdan bu faoliyat yuqori darajadagi kognitiv jarayonlarni faollashtiradi, tanqidiy tahlil va baholash ko‘nikmalari mustahkamlanadi.

Multisensor yondashuv Neyropedagogik yondashuvda barcha his a‘zolari dars jarayoniga faol jalb etiladi. Visual komponent orqali rangli rasmlar, illyustratsiyalar, video lavhalar, animatsiyalar, grafiklar va diagrammalar qo‘llaniladi. Audial yo‘nalishda musiqa, fonogramlar, turli tovushlar va audio yozuvlar, she'rlar hamda qo‘shiqlardan foydalaniladi. Kinestetik element esa jismoniy harakatlar va imo-ishoralar, sensorli materiallar bilan ishlash, role-play va drama faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bu yondashuv miyaning turli qismlarini bir vaqtning o‘zida faollashtiradi va o‘rganish samaradorligini oshiradi.

Miyaga asoslangan ta‘lim strategiyalari Chunking strategiyasi ma‘lumotni bo‘laklash prinsipiga asoslanadi. Yangi so‘zlar har safar 5-7 tadan oshmasligi lozim, topshiriqlar bosqichma-bosqich va ketma-ketlikda beriladi, murakkab mavzular kichikroq qismlarga ajratiladi. Bu usul miyaning qisqa muddatli xotirasiga ortiqcha yuk tushmasligini ta‘minlaydi.

Spaced Repetition yoki intervalli takrorlash metodida yangi material bir necha marta, turli vaqt oraliqlarida qaytariladi. Takrorlash intervallari asta-sekin oshirib boriladi, bu esa uzoq muddatli xotirada saqlashni ta‘minlaydi. Neyropedagogik tadqiqotlar ko‘rsatadiki, tarqatilgan takrorlash miyada yangi ma‘lumotlarni mustahkamlashda ancha samarali hisoblanadi.

Emotional Anchoring yoki hissiy bog‘lash strategiyasida yangi so‘zlar ijobiy hissiyotlar bilan bog‘lanadi. Qo‘shiqlar, o‘yinlar va qiziqarli hikoyalar orqali o‘rgatish amalga oshiriladi, natijada o‘rganishga motivatsiya ortadi. Limbik tizim faollashganda ma‘lumotlar yaxshiroq esda qoladi. Movement Integration harakat integratsiyasi sifatida TPR (Total Physical Response) metodidan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Action songs yani harakatli qo‘shiqlar hamda kinesthetic activities ya‘ni harakatlarga asoslangan mashqlar qo‘llaniladi. Bu yondashuv motor korteksni faollashtiradi va harakatli xotira orqali o‘rganishni mustahkamlaydi. Zamonaviy ta‘lim texnologiyalari Interaktiv doska yordamida multimedia taqdimotlar tayyorlanadi va interaktiv mashqlar hamda o‘yinlar o‘tkaziladi. Ta‘limiy ilovalardan keng foydalaniladi, jumladan Kahoot orqali interaktiv viktorinalar, Quizlet yordamida lug‘at va flashcardlar, Duolingo orqali gamifikatsiyalangan o‘rganish amalga oshiriladi. Virtual Reality texnologiyasi immersiv til muhitini yaratish va virtual sayohatlar hamda ekskursiyalar uyushtirish imkonini beradi. Gamification ya‘ni o‘yin elementlarini darsga kiritish orqali ball to‘plash va yutuqlar tizimi joriy etiladi, raqobat va hamkorlik o‘yinlari tashkil qilinadi. Bu zamonaviy vositalar o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi va motivatsiyani yuqori darajada ushlab turadi. Xulosa.Neyropedagogik yondashuv boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning ilmiy asoslangan va samarali metodologiyasi hisoblanadi. U miya faoliyati qonuniyatlarini hisobga olgan holda ta‘lim jarayonini optimallashtiradi. Boshlang‘ich maktab yoshi - bu tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning sensiv davri. 7-10 yoshda miya plastisitesi yuqori bo‘lib, yangi neyron aloqalar tez shakllanadi. Ingliz tili darslari tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar beradi. Til o‘rganish jarayonida o‘quvchilar tahlil, sintez, baholash kabi yuqori darajadagi kognitiv jarayonlarni amalga oshiradilar. Maktablarda neyropedagogik markazlar yaratish O‘quvchilarning kognitiv rivojlanishini monitoring qilish O‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish seminarlarini o‘tkazish Zamonaviy o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratish lozim.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PQ-4708-son qarori “Ta‘lim sifatini oshirish va iste'dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish chora- tadbirlari to‘g‘risida”.
  2. Akhutina T.V. Neyropedagogika va miyaning individual xususiyatlari. – Moskva: MGU, 2019. – 256 s.
  3. Farber D.A., Dubrovinskaya N.V. Miya rivojlanishining funktsional tashkiloti. – Moskva: Fiziologiya, 2018. – 412 s.
  4. Jo‘raev J.J., Nurmonov A. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Fan, 2021. – 288 b.
  5. Halpern D. Critical Thinking Across the Curriculum. – New York: Routledge, 2020. – 384 p

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011302
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/302
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
184–187
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25