BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA‘LIM O‘QITUVCHILARIDA TIL KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI
Bakhromova Iroda Iftikhorjon kiziFarg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 176–180
Annotatsiya
Hozirgi rivojlanib borayotgan ta‘lim tizimida o‘qituvchining pedagogik mahoratiuning malakasi, pedagogik qobilyati, pedagogik kompetentsiyasining oshishiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatuvchiusullardan biri bu doimiy kasbiy ta‘lim malakalarini oshirib borishdir. Ushbu maqolada bo‘lajakmutaxasislarda kasbiy kompetensiyalar, metodik kompetentlik, uning tarkibiy qismlari, metodikkompetentsiyaning vazifalari va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ushbu kompetentsiyani qandayshakllantirish mumkinliga haqida so‘z yuritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПЕДАГОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ ЯЗЫКОВОЙ КОМПЕТЕНЦИИ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
В современной развивающейся системе образования одним из методов, существенно влияющих на педагогические навыки учителя, его квалификацию, педагогические способности и педагогическую компетентность, является непрерывное профессиональное развитие. В данной статье рассматриваются профессиональные компетенции будущих специалистов, методическая компетентность, ее компоненты, задачи методической компетентности и способы формирования этой компетентности у учителей начальной школы.
inglizchaPEDAGOGICAL ASPECTS OF FORMING LANGUAGE COMPETENCE IN FUTURE PRIMARY EDUCATION TEACHERS
In the current developing education system, one of the methods that significantly affects the pedagogical skills of a teacher, his qualifications, pedagogical abilities, and pedagogical competence is continuous professional development. This article discusses professional competencies in future specialists, methodological competence, its components, the tasks of methodological competence, and how this competence can be formed in primary school teachers.
Kalit so‘zlar
- ta‘lim
- kompetensiya
- kompetensiyaviy yondashuv
- nutqiy kompetensiya
- morfologik kompetensiya
- lingvistik kompetensiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARIDA TIL KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI
Baxromova Iroda Iftixorjon qizi Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti irodasolizonova@gmail.com [telefon raqami yashirilgan] ORCID ID 0009-0000-8471-1317
Annotatsiya: Hozirgi rivojlanib borayotgan ta’lim tizimida o‘qituvchining pedagogik mahorati uning malakasi, pedagogik qobilyati, pedagogik kompetentsiyasining oshishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi usullardan biri bu doimiy kasbiy ta’lim malakalarini oshirib borishdir. Ushbu maqolada bo‘lajak mutaxasislarda kasbiy kompetensiyalar, metodik kompetentlik, uning tarkibiy qismlari, metodik kompetentsiyaning vazifalari va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ushbu kompetentsiyani qanday shakllantirish mumkinliga haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar: ta’lim, kompetensiya, kompetensiyaviy yondashuv, nutqiy kompetensiya, morfologik kompetensiya, lingvistik kompetensiya.
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ ЯЗЫКОВОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
Бахромова Ирода Ифтихоржон кызы Ферганский государственный университет, базовый докторант irodasolizonova@gmail.com [telefon raqami yashirilgan] ORCID ID 0009-0000-8471-1317
Аннотация: В современной развивающейся системе образования одним из методов, существенно влияющих на педагогическое мастерство учителя, его квалификацию, педагогические способности и педагогическую компетентность, является непрерывное профессиональное развитие. В данной статье рассматриваются профессиональные компетенции, методическая компетентность, её компоненты, задачи методической компетентности и пути формирования данной компетентности у учителей начальной школы. Ключевые слова: образование, компетентность, компетентностный подход, речевая компетентность, морфологическая компетентность, языковая компетентность.
PEDAGOGICAL ASPECTS OF FORMING LANGUAGE COMPETENCE IN FUTURE PRIMARY EDUCATION TEACHERS
Bakhromova Iroda Iftikhorjon kizi Fergana State University, basic doctoral student irodasolizonova@gmail.com [telefon raqami yashirilgan] ORCID ID 0009-0000-8471-1317
Abstract: In the current developing education system, one of the methods that significantly affects the pedagogical skills of a teacher, his qualifications, pedagogical abilities, and pedagogical competence is continuous professional development. This article discusses professional competencies, methodological competence, its components, the tasks of methodological competence, and how to form this competence in primary school teachers. Keywords: education, competence, competency-based approach, speech competence, morphological competence, linguistic competence. KIRISH Zamonaviy ta’lim muhitida tez sur’atlar bilan yuz berayotgan o‘zgarishlar natijasida malakali mutaxassislarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Shuningdek, rivojlanayotgan ta’lim paradigmalari kelajakdagi chet tili o’qituvchilari tayyorlashda yangi talablarni shakllantirmoqda. Shu bilan birgalikda o‘qituvchilarning o‘z ona tilini bilish darajasini aniqlashga bo‘lgan yangi talablar ham ishlab chiqilmoqda. O‘qituvchilarning bilim darajasini baholash uchun umumta’lim fanlari darajasini aniqlash tizimi joriy etilishi, ularning shaxsiy fazilatlari va professional malakalariga katta e’tibor qaratilayotganining fikrimizning yorqin misolidir. Ta‘lim sohasining rivojlanishi pedagogik nazariyalar, texnologik yutuqlar va globallashuvning o‘zgaruvchan talablari asosida davom etmoqda, bu esa pedagoglarning kasbiy mas‘uliyatini sezilarli darajada oshirmoqda. Shu nuqtai nazardan, kelajakda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari orasida pedagogik kompetentsiya muhim markaz sifatida namoyon etadi. Pedagogik kompetentsiya konsepsiyasining o‘zaro ta’siri bugungi kunda til o‘rgatish jarayonida lingvistik, madaniy va ta’lim omillarining muhimligini ta’kidlamoqda. Bu omillar o‘qituvchilarning bilim va malakalarini rivojlantirish, shuningdek, ta’lim sifatini oshirish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratishda asosiy rol o‘ynaydi. Yurtimizda ta’lim-tarbiya sifati, jumladan, boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirish, malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, о‘quv uslubiy ta’minotini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar natijasida boshlang‘ich sinflarda ona tili fanini integrativ yondashuv asosida о‘qitish, ta’lim mazmunini ilmiy tashkil etish va fanlarni o‘zlashtirishda kompetensiyadan foydalanish ta’lim samarasini yuksaltirmoqda. Shu o‘rinda yurtboshimizning quyidagi fikrlarini keltirish o’rinlidir: "Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana
bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz. Darhaqiqat, mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va islohotlar, tabiiyki, ta’limda kompetentli yondashuvni talab etmoqda. Shu o’rinda kompetensiya tushunchasining mazmuniga to’xtalib o’tsak. Kompetensiya – fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim ko‘nikmalarni, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir.[4] Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim – o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetentsiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir. “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.[6] Shuningdek, bunday yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarda mustaqil, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umummadaniy ko‘nikmalarni shakllantiradi. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari mazmunining izchilligini ta’minlash maqsadida tayanch kompetensiyalar hamda har bir o‘quv fani mazmunidan kelib chiqqan holda xususiy kompetentsiyalar belgilandi. Tayanch kompetensiyalar: 1.Kommunikativ kompetensiya; 2.Axborot bilan ishlash kompetensiyasi; 3.Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi; 4.Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi; 5.Umummadaniy kompetensiyalar; 6.Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi. Kompetensiyaga ega bo‘lish shunchaki bilim, ko‘nikmalarni egallab olishnigina anglatmasdan kishining shu bilimlarni hayotda aniq maqsadlar asosida qo‘llay olishini bildiradi. Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishni shakllantirishdan iborat. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): -mavzu doirasida o‘qituvchi nutqini va sodda audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi; -ko‘rgan rasmlari asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan o‘qituvchi yordamida suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi va b. Lingvistik kompetensiya: –o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi, –so‘zlarni talaffuz me’yorlariga rioya qilagan holda bo‘g‘inlab ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi v.b Morfologik kompetensiya – bu grammatika boʻlimining bir qismi boʻlgan va til tizimining bir qismini tashkil etadigan morfologiya tomonidan olingan bilim va koʻnikmalarni qoʻllash qobiliyati. Morfologik kompetensiya oʻquvchilarda shakllanadigan soʻz turkumlari, ularning ma’no xususiyatlari, imlosi, gapdagi vazifasiga oid koʻnikma va malakalar yigʻindisidir. Boshlangʻich ta’lim oʻquv dasturida barcha oʻquv fanlarini, shu jumladan ona tilini toʻliq qamrab oladi. Morfologiya oʻzbek tilining boshlangʻich sinflarda maktabda oʻqitiladigan boʻlimlaridan biri. Ona tili darslarida boshlangʻich sinf
oʻquvchilarining morfologik kompetentsiyasini shakllantirish - maxsus morfologik mashqlar yordamida amalga oshiriladi. Morfologik mashqlar bolalarning morfologiya boʻyicha olgan bilimlarini mustahkamlaydi hamda imlo va punktuatsiya boʻyicha koʻnikma va qobiliyatlarini shakllantirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Darslarda quyidagi morfologik mashqlardan foydalanish mumkin: -morfologik tahlil; - soʻzni toʻliq yoki qisman morfologik tahlil qilish; - soʻzni belgilangan shaklda yozish; - nutqda soʻralgan soʻz turkumlariga oid soʻzlarni topish; - soʻz turkumlari yordamida soʻz birikmalari tuzish; - nutqning turli qismlariga mansub omonim (shakldosh) soʻzlarni farqlash; - berilgan jadval asosida soʻzlarni guruhlarga ajratish; - gapda bajaradigan vazifasini aniqlash v.b Ona tili darslarida ta’lim oluvchilar tayanch hamda fanga oid kompetensiyalardan, imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli va unumli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish; mantiqiy ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish; milliy istiqlol g‘oyasini, sharqona tarbiyani shakllantirish; o‘quvchi shaxsini ma’naviy boyitishdan iborat. Boshlang‘ich sinflarda ona tili fanida o‘quvchilarni og‘zaki va yozma nutqini har jihatdan shakllantirish ta’lim sohasidagi barcha pedagogik fanlar bilan bog‘langan holda amalga oshiriladi va ana shu fanlarni to‘liq o‘rganishga tayyorlaydi. Bu jarayonda o‘quvchilarga kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan holda ta’lim berish o’zining kutilgan samarasini beradi. Tilning barcha jabhalarini (nutq, fonetika, lug‘at, grammatika, so‘z yasash) o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish ona tili o‘qitishning asosiy tamoyili bo‘lib, uni amalga oshirish o‘quvchilarning til haqidagi murakkab, rivojlanib borayotgan tushunchalarining ilmiy asosida o‘zaro bog‘liq hodisa yaratadi. Tilning mohiyatini bunday tushunish hodisalarning rivojlanishi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qismlarning tuzilishini tushunish uchun zamin yaratadi. Shaxs nutqini o‘stirishda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bosqichlari boshlang‘ich davr bo‘lishi inobatga olinsa, ularning takomillashtirilishi, “boshlang‘ich ta’lim mazmunini to‘liq integrallashtirish, mazkur mazmunda ta’lim-tarbiya elementlari uyg‘unligini ta’minlashning naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Maktab tajribasi va maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yuqorida qayd etilgan elementar qoidalarni o‘qitish jarayoniga tatbiq etishda til ijtimoiy hodisa sifatidagi bilimlar majmuasini to‘g‘ri tanlash, asosiy til hodisalarini tushuntirishda o‘qituvchining metodik yo‘lining to‘g‘riligi va turlari, o‘quvchilar tafakkurini faollashtirish, til nazariyasini o‘qitishda asos bo‘lgan til materialini sifatli isbotlash hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shubhasiz, maktab tajribasida har bir omil har xil emas. Aksincha, ularning bir-biriga to‘g‘ri, maqsadli ta’siri ijobiy natija beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son va fe’llarni o‘rganish jarayonida til rivojlanishini va ayrim so‘zlarning ma’nosini asta-sekin o‘rganadilar. Tilning leksik tarkibidagi o‘zgarishlar bo‘yicha o‘qituvchilar va o‘quvchilarning kuzatishlari o‘quvchilarning dunyo bilimlarini idrok etishini shakllantirish uchun tegishli material beradi. Ona tilini o‘rganish jarayonida maktabda ona tilini o‘rgatish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan material o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini hal etishda alohida ahamiyatga ega. Materialning real tomoni, uning g‘oyaviy yo‘nalishi va badiiy ifodaliligi o‘quvchilarning fikr va his-tuyg‘ulariga ta’sir qiladi, ularning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan odamlarga qiziqish uyg‘otadi, o‘quvchilarning umumiy rivojlanish darajasini ko‘taradi, ta’sir qiladi. Ularning shaxsiy fazilatlari va dunyoqarashini shakllantiradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar9 ta adabiyot
- Abdullaeva, Z. (2022). Boshlang‘ich ta’limda ona tili darslarining lingvodidaktik asoslari. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.
- Baxromova Iroda Iftixorjon qizi. (2025). The Role of Adaptive Technologies Based on Artificial Intelligence in Modern Education. International Journal of Pedagogics, 5(06), 98–101 https://doi.org/10.37547/ijp/Volume05Issue06-2810.37547/ijp/volume05issue06-28
- Baxromova Iroda Iftixorjon qizi. (2025). Til kompetentsiyalarini rivojlantirishda adaptiv platformalarning roli . Fergana Methodical School, (2), 49–54. Retrieved from https://ferganamethod.uz/index.php/journal/article/view/2718
- Ikromova M.V. BOSHLANG’ICH SINFLARDA KOMPETENSIYA TUSHUNCHASINING MOHIYATI // Экономика и социум. 2023. №4-1 (107). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/boshlang- ich-sinflarda-kompetensiya-tushunchasining-mohiyati (дата обращения: 18.10.2025).
- Karimova, G’. (2021). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining til kompetentsiyasini shakllantirishda innovatsion yondashuvlar. Ilmiy maqolalar to‘plami. Toshkent: TDPU.
- M.O.Karimova, D.K.Rafikova, B.X.Baydjanov “Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari” o‘quv qo‘llanma. Farg‘ona, 2021 32-bet
- N.Muslimov «Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari” o’quv qo’llanma
- O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MUSIQA TA’LIMDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(3), 607-613.
- Botirova Sevara Mamurovna, Tursunov Ramziddin Abdixalil o‘g‘li. (2025). MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI. MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI, 1(1), 98-102.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011300
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/300
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 176–180
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25