Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

TEXNIKA OTM TALABALARNING GRAFIK LOYIHALASH KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING INTENSIV USULLARI

Qahharov Abduraxim AbdubannaevichNamangan muhandislik-qurilish institute2023

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 1Sahifa 274–279

Annotatsiya

Maqolada oliy ta‘lim tizimida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda grafik fanlarni o‘rni, vazifalari hamda loyihalash ishlarini bajarishdagi zaruriyati keltirilgan. Talabalarda grafik kompetentsiyalarni rivojlantirishning intensiv usullari xaqida tavisiya, takliflar berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaИНТЕНСИВНЫЕ МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ГРАФИЧЕСКИХ ДИЗАЙНЕРСКИХ КОМПЕТЕНЦИЙ СТУДЕНТОВ ИНЖЕНЕРНЫХ ОТМ

В статье представлены роль и задачи изобразительного искусства в подготовке конкурентоспособных кадров в системе высшего образования, а также необходимость проектной работы. Даны рекомендации и предложения по интенсивным методам развития графических компетенций у студентов.

inglizchaINTENSIVE METHODS OF DEVELOPING GRAPHIC DESIGN COMPETENCIES OF ENGINEERING OTM STUDENTS

The article presents the role and tasks of graphic arts in the preparation of competitive personnel in the higher education system, as well as the need for design work. Recommendations and suggestions about intensive methods of development of graphic competences in students are given.

Kalit so‘zlar

  • darajali grafik topshiriq
  • ko‘rgazmalilik
  • virtual detal modellarini yaratish
  • plakatlar tayyorlash
  • tarqatma material
  • multimediali dars ishlanmalari
  • videodars

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

TEXNIKA OTM TALABALARNING GRAFIK LOYIHALASH KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING INTENSIV USULLARI Qahharov Abduraxim Abdubannaevich Namangan muhandislik-qurilish institute, e-mail:a.a.qahharov@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.7584966 Annotatsiya: Maqolada oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda grafik fanlarni oʻrni, vazifalari hamda loyihalash ishlarini bajarishdagi zaruriyati keltirilgan. Talabalarda grafik kompetentsiyalarni rivojlantirishning intensiv usullari xaqida tavisiya, takliflar berilgan. Kalit soʻzlar: darajali grafik topshiriq, koʻrgazmalilik, virtual detal modellarini yaratish, plakatlar tayyorlash, tarqatma material, multimediali dars ishlanmalari, videodars ИНТЕНСИВНЫЕ МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ГРАФИЧЕСКИХ ДИЗАЙНЕРСКИХ КОМПЕТЕНЦИЙ СТУДЕНТОВ ИНЖЕНЕРНЫХ ОТМ Аннотация: В статье представлены роль и задачи изобразительного искусства в подготовке конкурентоспособных кадров в системе высшего образования, а также необходимость проектной работы. Даны рекомендации и предложения по интенсивным методам развития графических компетенций у студентов. Ключевые слова: градуированное графическое задание, демонстрация, создание виртуальных детализированных моделей, изготовление плакатов, раздаточный материал, мультимедийная разработка урока, видеоурок. INTENSIVE METHODS OF DEVELOPING GRAPHIC DESIGN COMPETENCIES OF ENGINEERING OTM STUDENTS Abstract: The article presents the role and tasks of graphic arts in the preparation of competitive personnel in the higher education system, as well as the need for design work. Recommendations and suggestions about intensive methods of development of graphic competences in students are given. Key words: graded graphic assignment, demonstration, creation of virtual detailed models, making posters, handout, multimedia lesson development, video lesson

KIRISH Jahon ta’lim taraqqiyotida davlatning ravnaqi va uning ijtimoiy-iqtisodiy, hamda istiqbollarini belgilashda mustaqil, mantiqiy fikrlash, tasavvur qila olish koʻnikmalarini rivojlantirishning ahamiyati beqiyos. Rivojlangan davlatlar oliy ta’lim tizimi (AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Korea, Xindiston, Xitoy, Rossiya, Ukraina va boshqalar) muvaffaqiyatlarining asosi tayyorlanayotgan kadrlarda mustaqil ishlay olishi, grafik savodxonligi, chizmalarni oʻqish-chizish, loyihalash (detal-buyum, bino-inshoot, lanshaft dizayni va boshqalar) kompetentsiyasini rivojlantirish bilan belgilanadi. Grafik fanlarni jumladan, “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanidan masofadan mustaqil ta’lim olish, multimediali vositalar yordamida grafik bilimlarni oʻzlashtirish kompetentsiyasi talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirishiga, grafik ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanini oʻqitishda talabalar fazoviy tasavvurini rivojlantirishda multimediali kompyuter texnologiyalarni qoʻllash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda Raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda ularning kasbiy kompetentsiyachlarining muhim komponentlaridan biri sifatida texnika fanlarini mukammal oʻzlashtirilishini tahminlash zarur. Texnika fanlarini oʻzlashtirishda grafik fanlarni oʻzlashtirish muhim, yani “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanini oʻqitish lozim.

Evropa va AQSHda M.Sroka, B.Radovan, T.Jelena, H.Stachel va boshqalar, MDX davlatlarida V.V.Kondratova, J.J.Djanabaev, S.V.Panyukova va boshqalar, Oʻzbekistonda A.K.Xamraqulov, CH.T.Shokirova, N.D.Yadgarov, D.S.Saidaxmedova va boshqalar oʻzlarining ilmiy tadqiqot ishlarida “CHizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanidan oliy va kasb-hunar ta’limning turli bosqichlarida multimediali kompyuter texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha ilmiy tavsiyalar berishgan. Bu tavsiyalar ichida koʻrgazmalilik printsipiga alohida e’tibor qaratilgan. Koʻrgazmalilik – bu dars jarayonida foydalaniladigan plakatlar, tarqatma materiallar, elektron materiallar va boshqalarni talabalar fazoviy tasavvurini rivojlantirish hamda tushunish va oʻzlashtirishga yordam beradigan materiallar jamlanmasi. Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fani boʻyicha quyidagilar:  A.K.Hamraqulovning “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fani boʻyicha elektron uslubiy qoʻllanmasida faqat tayanch masalalar boʻyicha dasturiy-pedagogik vosita yaratilgan;  CH.T.SHokirovaning “Chizma geometriya” fanidan faqat 1-darajali test topshiriqlari ishlab chiqilgan;  D.S.Saidaxmedovaning KHKlar uchun “Texnik chizmachilik” fanidan multimediali elektron oʻquv qoʻllanmasida oʻzlashtirilishi qiyin boʻlgan mavzular tanlab olingan va ular animatsiyalashtirilgan; A.Xolmurzaev va boshqalar tomonidan “Chizma geometriya” fanidan elektron darslik yaratilgan. Qayd etilgan ishlarning mazmunidan ayon boʻladiki, oliy ta’lim muassasalarida “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanini oʻqitishda grafik ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri – ta’limning elektron resurslaridan, xususan, multimediali kompyuter texnologiyadan foydalanish masalasi tadqiq etilmagan. Shu bois bu borada metodik manbalar, jumladan elektron didaktik vositalarni tayyorlash hamda grafik ta’lim jarayonida ulardan foydalanish metodikasiga oid ilmiy asoslangan hamda samaradorlik darajasi eksperemental tarzda tasdiqlangan tavsiyalar mavjud emas. Multimediali kompyuter dasturiy vositalarida turli hildagi didaktik materiallar-virtual detal modeli, oʻquv plakatlari, tarqatma materiallar, multimediali dars ishlanmalari tayyorlash koʻrsatilgan. Biroq koʻrsatilgan materiallar fan boʻyicha toʻliq mahlumotlarni, yahni bilimlar bazasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Oʻquv jarayonini koʻrgazmali tashkil etish ham eshitish, ham koʻrsatish oʻquv materiallarini idrok qilish, ularni ongli va puxta oʻzlashtirishga olib keladi hamda diqqatni barqarorlashtiradi. Dars turi va mavzusiga mos ravishda koʻrgazmali materiallar tayyorlash, ularni talabaning yoshi va bilish darajasiga muvofiqlashgan boʻlishi, hamda ulardan foydalanishning samarali usul va vositalar yordamida tashkil etiishi lozim. “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanida koʻrgazmali materiallar dars turi va mavzuga qarab turli-tuman boʻlishi mumkin. Jumladan:  bosma shakldagi materiallar (plakat, tarqatma materiallar va boshqalar).  elektron koʻrinishdagi materiallar (taqdimotlar, shakllar, rasmlar va boshqalar).  animatsion koʻrinishdagi materiallar (multimediali elektron kitob, elektron darslik va boshqalar).  vitrual modellar (detallar, uy maketlar, mashina mexanizmlari va modellari).

“Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanidan koʻrgazmali materiallarini zamonaviy koʻrinishda yaratish uchun berilgan kompyuter dasturlaridan foydalanish mumkin. Talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish koʻrgazmalilik darajasiga bevosita bogʻliq. Koʻrgazmalilik darajasi yuqori boʻlsa, talabalarning fan boʻyicha oʻzlashtirayotgan bilimi samarali boʻladi. Virtual detal modellarini yaratishda AutoCAD, Compas, 3ds Max dasturlaridan foydalanish mumkin. Chunki bu dasturlar aynan kompyuterda virutal modellashtirish ishlari uchun moʻljallangan. “CHizma geometriya va muhandislik grafikasi” fani oʻqituvchilari uchun, asosan AutoCAD dasturida yaratish tavsiya etiladi. Birinchidan, AutoCAD dasturi xalqaro standartlarga moslashtirilgan boʻlib, oʻqituvchi uchun har tomonlama qulaylik yaratadi. Ikkinchidan, bu dastur aynan chizma geometriya va muhandislik grafikasi qonun-qoidalari asosida ishlash uchun moʻljallangan. Yaratilgan virtual detal modelini koʻrgazmalilik darajasini, yahni dizayn jihatdan Autodesk Inventor Fusion dastur imkoniyatlari keng berilgan boʻlib, unda detalga material va rang berish AutoCAD grafik dasturiga nisbatan anchagina qulay. Autodesk Inventor Fusion dasturida virtual detalg’modellariga ishlov berishda har tomonlama afzalliklari mavjud boʻlib, foydalanuvchi uchun qiziqarli va tushunarli boʻlishida katta yordam beradi. Plakatlar tayyorlash uchun MS Word, PhotoShop, CorelDraw dasturlaridan foydalanish mumkin. Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fani oʻqituvchilari MS Word va PhotoShop dasturlari imkoniyatlaridan foydalanishi tavsiya etiladi. Matnlarni MS Word dasturi yordamida kiritish va unga dizayn berish oʻqituvchilar uchun qulay hisoblanadi. PhotoShop dasturida tasvirlarni qayta ishlash va dizayn berish imkoniyatlariga ega. Tarqatma material tayyorlashda MS Word, AutoCAD, Paint NET dasturlaridan foydalanish mumkin. Bu dasturlar yordamida oʻqituvchilar tarqatma material uchun kerakli boʻlgan matn, grafik topshiriq va chizmalarni dizayni, sifatini zamon talabi asosida tayyorlash imkoniyatlari mavjud. Multimediali dars ishlanmalari tayyorlashda MS PowerPoint, AutoCAD, Snagit dasturlari yordamida yaratish mumkin. MS PowerPoint dasturi chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanidagi turli xil chizmalar va topshiriqlarni animatsiyali koʻrinishga oʻtkazish uchun eng qulay dasturlar turkumiga kiradi. AutoCAD dasturida sirtlarni oʻzaro kesishishi, detal modellarini yaratish va ularni turli tomonlardan koʻrish, qirqim berish, rang berish va hokazolarni bajarishda yordam beradi. Snagit dasturi esa kompyuter ekranida bajarilayotgan jarayonlarni video shaklga oʻtkazishga moʻljallangan. AutoCAD grafik dasturida bajarilayotgan barcha amallarni Snagit dasturi yordamida video shaklda saqlash va uni ta’lim jarayonining barcha turlarida keng foydalanish natijasida talabalarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini birmuncha yuqori darajalar bilan belgilash mumkin. Bundan tashqari animasion video rolik koʻrinishidagi qurilish binolari inshotalari, texnikaga oid mexanizmlarni virtual modellarini yaratishda Lumion dasturidan foydalanish mumkin. Bugungi kunda elektron kitob, oʻquv qoʻllanma, uslubiy koʻrsatma va shu kabilar mavjud. Ular asosan verbal (matn) koʻrinishda boʻlib, foydalanuvchilar uchun axborot manbai sifatida xizmat qilmoqda. Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fani boʻyicha multimediali elektron kitob yaratish zaruriyati paydo boʻldi. Bunda fan mavzular boʻyicha nazariy mahlumotlarni oʻrganishi undagi grafik chizmalarni animatsion tarzida koʻrishi natijasida talabalarda aniq tasavvur hosil boʻladi. Shuning asosida grafik topshiriqlarni bajarish jarayonida

shu bilimlarga tayanib topshiriqlarni toʻgʻri bajarishga erishish mumkin. Agarda grafik topshiriqni bajarish jarayonida muammoga duch kelinsa, multimediali elektron kitobning topshiriqlar toʻplami boʻlimidagi mavzular boʻyicha yechish namunalaridan foydalanishi mumkin. Buning afzalligi shundaki, bajarilish ketma-ketligida muammoga duch kelganda, orqaga qaytarish orqali aniq tushunchaga ega boʻlishi mumkin. Elektron darslik barcha oʻquv jarayonining didaktik tsikli: nazariy mahlumotlar, masalalarni yechish ketma-ketliklarini animatsion koʻrinishda boʻlishi, ta’lim jarayonida foydalanishi, olingan bilim darajasini nazorat qilish hamda mahlumotlarni qidirish tizimining mavjudligi kabi koʻrsatkichlariga koʻra boshqa darsliklardan ajralib turadi. Rangli kompyuter animatsiyasidan foydalanish, yuqori sifatli grafika, videofragmentlar, sxemalar, formulalar, oʻrganilayotgan predmet mavzulari ketma-ket taqdimot koʻrinishida gavdalanishi yoki tarmoqlanuvchi dinamik zanjir shaklida bogʻlanganligi, kerakli mahlumotlarni ajratib olish va taqdim etish jarayonlarini boshqarish imkoniyatlarini yaratadi. Multimediali elektron kitob quyidagi dars maqsadlarida foydalaniladi:  Ta’limiy maqsadi: talabalarda oʻrganilayotgan mavzu boʻyicha nazariy mahlumotlarni fazoviy tasavvur qilish orqali oʻrganishi va amaliy dars jarayonida shu bilimlar asosida grafik topshiriqlarni bajarishni tashkil etish.  Tarbiyaviy maqsad: oʻrganilayotgan mavzu boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarni fazoviy tasavvur qilish orqali egallash jarayonida ularning ketma-ketligini aniq tushunib olish hamda real hayotda zaruriy vosita sifatida qoʻllash, mustaqil ishlash koʻnikmasi va ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish.  Rivojlantiruvchi maqsad: oʻrganilayotgan mavzu boʻyicha rivojlangan fazoviy tasavvur asosida bilimni koʻnikmaga, koʻnikmani esa malakaga aylantirish va mustaqil ishlay olish qobiliyatlarini rivojlantirish. Talabalarning konstruktorlik-texnologik ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda kompyuterdan didaktik vosita sifatida foydalanish samarali natija beradi. CHunki zamonaviy kompyuter vositasi nazariy bilimlarni amalda qoʻllay olishi va oʻzlashtirilayotgan bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirish darajasini tez va obhektiv aniqlashda qulay vosita boʻlib xizmat qiladi [8, 57 b]. Animashion videodars – ma’lum bir bilim va koʻnikmalarni video shaklda ham tasvirli, ham ovozli boʻlib, foydalanuvchi (talaba, mutaxassis va boshqalar) tomonidan kerakli bilimlarni koʻrib, eshitib oʻrganishiga yordam beruvchi dars ishlanmasi hisoblanadi. Videodarslar quyidagi turlarda boʻladi: 1-dars jarayonini bevosita kuzatish va unda bilim beruvchi (mahruzachi-oʻqituvchi) ishtirok etadi, unda mahlumotlarni koʻrish, eshitish, oʻrganish hamda oʻzlashtirish imkoniyatlari mavjud boʻladi. 2-berilayotgan bilim beruvchi ishtirokisiz ovozli yoki ovozsiz faqat bajariladigan jarayon tasvirlanadi. 3-real xayotdagi kabi video koʻrinishda bino inshoatlar, mexanizmkar va boshqalari koʻrsatish. Dars jarayonini yorituvchi boʻlimida malakali professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻtilgan darslarni video shaklda yozib foydalanuvchilarga taqdim etish boʻlimi hisoblanadi. Bu boʻlim koʻproq mahruza darslariga toʻgʻri keladi. Ular agar talaba mahruza darsida tushunmagan joyi yoki mahlumoti boʻlsa, uni bemalol oʻqituvchi yordamisiz oʻzlashtirish imkoniyatini yaratadi. Natijada

oʻzlashtirilayotgan bilimning koʻnikmaga aylanishi va mustahkamlanishiga yordam beradi. Biz aytayotgan videodars “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fani boʻyicha yaratilgan boʻlib, unda tanlab olingan mavzular boʻyicha bajarilgan. Ayni shu muammolarni ijobiy yechimi sifatida videodarslarni koʻrsatish mumkin. Bunda talabalar videodarslarni kompyuterda, planshet, smartfon telefonlarga koʻchirib olib koʻrishlari mumkin. Bunda talabalar kerakli darsni xohlagancha (yahni oʻzlashtirguncha) takror-takror koʻrishi mumkin. Bu talabaning oʻzlashtirilayotgan dars mashgʻulotini talab darajasida boʻlishiga olib keladi. Talabalar texnika fanlarini oʻqishida, eng avvalo chizmalar, grafiklar, shakllarni chizish va ularni oʻqiy olishi lozim. Buning uchun topshiriqlar toʻplami sifatli boʻlishi talab etiladi. Sifatli grafik topshiriqlar toʻplamini yangidan ishlab chiqish zarurligi oʻzining yechimini kutmoqda. Bu muammoni maqbul yechimini topish uchun fan boʻyicha darajali grafik topshiriqlar toʻplamini elektron versiyasini yaratish lozim. Darajali grafik topshiriq – talabalarga beriladigan grafik topshiriqlarni oddiydan murakkablikka tamoyiliga koʻra ishlab chiqish. Bugungi kunda chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanining bir boʻlagi sifatida oʻrganilayotgan kompyuter grafikasi fanida shunday imkoniyatlar mavjudki, tuzilayotgan topshiriqlar toʻplamining qisqa vaqt oraligʻida sifatli boʻlishiga katta yordam beradi. Kompyuter grafikasida oʻrganilayotgan AutoCAD grafik dasturidan foydalanish eng maqbul yoʻl hisoblanadi. Bu dasturda fan mavzulari boʻyicha beriladigan topshiriqlarni ishlab chiqish boshqa dasturlarga nisbatan qulayroqdir. Masalan, AutoCAD grafik dasturi yordamida ikki koʻrinishga qarab uchinchi koʻrinishni topish, tutashma, chiziq turlari, aksonometrik proektsiyalar, sirtlar, qirqimlar va kesimlar va boshqa mavzular boʻyicha ishlanmalar yaratish mumkin. Darajali grafik topshiriqlarni ishlab chiqishda turli xildagi dasturlardan foydalanish mumkin, lekin ularning imkoniyatlarini solishtirganda AutoCAD grafik dasturi har tomonlama ustunlik qiladi. Bu dastur imkoniyatlari juda keng boʻlib, yaratiladigan topshiriqlarni 2D oʻlchamda yaratilsa, uni 3D oʻlchamga oʻtkazish, qisqa kerakli amallarni bajarib yaratish mumkin. Yaratilgan modelga oʻlcham qoʻyish, rang berish va shu kabi amallarni hech qanday qiyinchiliksiz bajarish mumkin. “CHizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanidan tuziladigan darajali topshiriqlarni yaratishda bu dasturdan foydalanish har tomonlama samarali hisoblanadi. XULOSA Tadqiqotlar va kuzatishlar shuni koʻrsatdiki, aksariyat talabalarning grafik topshiriqlarni bajarishida yoʻl qoʻyayotgan xatoliklari bir xil. Bu talabalarda fazoviy tasavvurni yetarli darajada rivojlanmaganligini koʻrsatadi. Bu muammoning maqbul yechimi kompyuterlashtirilgan oʻqitish tizimini tashkil etishdir. Yahni talabalar fazoviy tasavvurini rivojlantirish uchun imitatsion model orqali mavjud muammoni bartaraf etishdir. Bundan tashqari talabalar fazoviy tasavvurini rivojlantirishdagi imitatsion model rangli kompyuter grafikasi, animatsion ketma-ketlik, bajariladigan topshiriqlar fan qonun qoidalari asosida bosqichma-bosqich bajarilishi kabi talablarni oʻz ichiga olishi zarur. Imitatsion modelni ta’lim jarayoniga qoʻllash natijasida fan oʻqituvchisi talabalarga berilayotgan grafik topshiriqlarni oʻzlashtirilishi nazorat qilish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari talaba olayotgan bilimlarini samarali oʻzlashtirish, mustaxkamlash, qoʻllay olish koʻnikmalariga ega boʻladi.

Iqtiboslar dinamikasi

ReLibrary iqtiboslari

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Kim iqtibos qilgan1

ReLibrary’da chop etilgan va ushbu yozuvga iqtibos keltirgan ilmiy ishlar, yangisi yuqorida.

  1. MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISHNING INTENSIV USULLARI

    Eshmatova Mavjuda Maxammadjanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2024

Adabiyotlar17 ta adabiyot

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2019 yil 8 oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5847 sonli farmoni.
  2. Kahharov A.A Developing students' spatial imagination in the teaching the subject of “descriptive geometry and engineering graphics” with the help of modern computer graphics. International congress on modern education and integration. Vol.5 Special Issue. http://iejrd.com/index.php/%20/article/view/1178
  3. A.A.Kahharov. Intensive Methods of Developing Students' Spatial Imagination in the Teaching of Graphic Sciences. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2021, ISSN:1583-6258, Vol. 25, Issue 4, 2021, Pages. 11885 - 11892
  4. Острожков П.А. Технология организации самостоятельной работы студентов технических вузов в процессе графической подготовки.Автореф...дис.кан.пед.наук. Тамбов 2009. 26 с.
  5. Волкова Ю.А. Интегративный подход к формированию и развитию пространственных представлений у младших школьников. Автореф...дис.кан.пед.наук. Москва 2004. 20 с.
  6. Русинова Л.П. Формирование системно-пространственного мышления студентов технических вузов (на примере преподавания начертательной геометрии). Автореф...дис.кан.пед.наук. Ижевск 2007. 22 с.
  7. Занфирова Л.В. Формирование технического мышления в процессе подготовки студентов агроинженерных вузов. Автореф...дис.кан.пед.наук. Москва 2008. 24 с.
  8. Neda Bokan, Marko Ljucovi´c, Srdjan Vukmirovi´c. Computer-Aided Teaching of Descriptive Geometry. Journal for Geometry and Graphics Volume 13 (2009), No. 2, 221–229.
  9. Ramo´n Rubio Garcı´a, Javier Sua´rez Quiro´s, Ramo´n Gallego Santos, Santiago Martı´n Gonza´lez, Samuel Mora´n Fernanz. Interactive multimedia animation with Macromedia Flashin Descriptive Geometry teaching. Computers & Education 49 (2007) 615–639.
  10. Қаҳҳаров А.А. Интеллектуал ўйинларни компьютер ёрдамида ташкил этиш йўли билан таълим самарадорлигини ошириш //Замонавий таълим. –Тошкент: 2018. –№2. 56–61-б.
  11. Хамракулов А. К. Внедрение компьютерной технологии в обучение графическим дисциплинам. Научный журнал «Universum: психология и образование». 11- 14 с. №6 (72) 2020. http://7universum.com/ru/psy/archive/category/6-73
  12. Хамракулов А.К., Жамалов Б.И. Организация эффективного использования традиционных и компьютерных технологий в обучении начертательной геометрии // Universum: психология и образование: электрон. научн. журн. 2020. № 12(78). URL: https://7universum.com/ru/psy/archive/item/11016
  13. Saydaliev S.S. SHarqona mehmoriy anhanalar asosida talabalarda fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish (badiiy yoʻnalishdagi mutaxassislar misolida). Diss.... ped.fan. nom. – T., 2010. –132 b.
  14. Kahharov A. A., qizi Rahimova G. E. Intensive Methods of Developing Students' Graphic Competencies in the Training of Competitive Personnel //European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630). – 2021. – Т. 7. – С. 38-44.
  15. Khamrakulov A. Organization of effective use of the AutoCAD feature in teaching descriptive geometry //Journal of Pharmaceutical Negative Results. – 2022. – С. 2644-2648.
  16. Каххаров А., Джураева Д. ЗНАЧЕНИЕ ХИМИИ В ПОДГОТОВКЕ КАДРОВ В ОБЛАС��И СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА //Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 6. – С. 88-91.
  17. Tursunov S. S. EFFECTIVE USE OF DECORATIVE LIGHTING IN A MODERN URBAN ENVIRONMENT.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013800
Nashr sanasi
2023-02-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
1
DOI
10.66073/researchfocus.v2i1.2864
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
274–279
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
42026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11