BOBURNING PANIPAT VA SIKRI JANGLARI HAQIDA XORIJ TARIXCHILARINING AYRIM MULOHAZALARI
Nurov ArslonO‘zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti 2-bosqich magistranti2023
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 1Sahifa 265–268
Annotatsiya
Maqolada buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning harbiy jang san‘ati, ayniqsa uning Hindistonni egallashdagi eng muhim janglari bo‘lgan Panipat va Sikri jangi, ulardagi g‘alaba omillari ochib berilgan. Shuningdek, maqolada ushbu janglar haqida ayrim hind va Yevropa tarixchilarining fikr va mulohazalari ham keltirilgan, manbalar o‘zaro qiyoslangan.
Boshqa tillarda
ruschaНЕКОТОРЫЕ ОТЗЫВЫ ЗАРУБЕЖНЫХ ИСТОРИКОВ О БИТВАХ БАБУРА ПРИ ПАНИПАТЕ И СИКРИ
В статье раскрывается военное искусство великого царя и поэта Захируддина Мухаммада Бабура, особенно факторы его победы в битвах при Панипате и Сикри, явившихся важнейшими сражениями в завоевании Индии. В статье также представлены мнения и комментарии некоторых индийских и европейских историков об этих сражениях, сопоставлены источники.
inglizchaSOME REMARKS OF FOREIGN HISTORIANS ON BABUR‘S BATTLES OF PANIPAT AND SIKRI
The article reveals the military art of combat of the great king and poet Zahiriddin Muhammad Babur, in particular the battles of Panipat and Sikri, which were his most important battles in the conquest of India, and the factors of victory in them. The article also presents the opinions and remarks of some Indian and European historians about these battles, and the sources are compared with each other.
Kalit so‘zlar
- Zahiriddin Muhammad Bobur
- Panipat jangi
- Sikri jangi
- Rano Sango
- Boburnoma
- Ibrohim Lodiy
- Marva qirolligi
- Dehli sultonligi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
BOBURNING PANIPAT VA SIKRI JANGLARI HAQIDA XORIJ TARIXCHILARINING AYRIM MULOHAZALARI Nurov Arslon O’zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7584811 Annotatsiya. Maqolada buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning harbiy jang san’ati, ayniqsa uning Hindistonni egallashdagi eng muhim janglari bo’lgan Panipat va Sikri jangi, ulardagi g’alaba omillari ochib berilgan. Shuningdek, maqolada ushbu janglar haqida ayrim hind va Yevropa tarixchilarining fikr va mulohazalari ham keltirilgan, manbalar o’zaro qiyoslangan. Kalit so’zlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, Panipat jangi, Sikri jangi, Rano Sango, Boburnoma, Ibrohim Lodiy, Marva qirolligi, Dehli sultonligi. НЕКОТОРЫЕ ОТЗЫВЫ ЗАРУБЕЖНЫХ ИСТОРИКОВ О БИТВАХ БАБУРА ПРИ ПАНИПАТЕ И СИКРИ Аннотация. В статье раскрывается военное искусство великого царя и поэта Захируддина Мухаммада Бабура, особенно факторы его победы в битвах при Панипате и Сикри, явившихся важнейшими сражениями в завоевании Индии. В статье также представлены мнения и комментарии некоторых индийских и европейских историков об этих сражениях, сопоставлены источники. Ключевые слова: Захируддин Мухаммад Бабур, битва при Панипате, битва при Сикри, Рано Санго, Бабурнама, Ибрагим Лоди, королевство Марва, Делийский султанат.
KIRISH Bobur tariximizda nafaqat shoh va shoir, balki mohir sarkarda va ulkan imperiya asoschisi hamdir. U umri davomida ko’plab yurishlarni tashkillashtirgan va ularga rahbarlik qilgan. Ular ichida eng yirik janglari uning Hindistonni egallash uchun olib borilgan Panipat va Sikri janglari hisoblanadi. 1504-yilda Bobur Kobulda oʻz hokimiyatini oʻrnatadi. Shundan keyin u koʻp yillar davomida Hindistonga harbiy yurish qilishga tayyorlanadi. Vaqti-vaqti bilan u Hindistonning shimoliy qismiga hujumlar uyushtirib turadi. 1525-yilga kelib Bobur Hindiston yurishini boshlaydi. Barcha tayyorgarliklar koʻrilgach, 1526-yilning 12-aprelida Bobur Mirzoning qoʻshini Panipat qishlogʻi yoniga kelib, uning oʻng qanotiga joylashadi va jang maydonida oʻzi uchun qulay sharoit yaratishga harakat qiladi. Shuni eslatib oʻtishimiz lozimki, Panipat jangining tashkil etilishi, jangovor harakatlar va jang natijasi oʻlaroq olingan jarayonni hech kim diqqat bilan oʻrganib chiqqan emas. Koʻplab tarixchilar Bobur Mirzoning jangda qoʻllagan bu taktikasi mohiyatini qay tarzda ijobiy natijaga olib kelganligini tasavvur ham qila olmaydilar. Tarixchilarning ma’lumotlariga koʻra, Ibrohim Lodiy qoʻshinida yuz mingga yaqin jangchilar va olti mingga yaqin jangovar fillar boʻlgan. Bobur qoʻshini esa 10-12-ming askardan iborat edi, xolos. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 1526-yilning 21-aprelida bo’lib o’tgan jangda Ibrohim Lodiyning qo’shinlari mag’lubiyatga uchradi. Uning janda yengilishining bir qancha sabablari bor edi. Masalan, u hali juda yosh va tajribasiz edi. Bundan tashqari, uning yonidagi amirlari unga xiyonat qila boshladilar va zimdan Boburga yordam beradilar.
Ikkinchidan, Boburning oʻzbek xonlariga qarshi kurashi va Hindistonga uyushtirilgan bir nechta hujumlari uning askarlariga bebaho tajriba berdi. Shuningdek, Bobur armiyasi kuchli oʻtochar qurollarga ega edi. Dehli armiyasi esa faqat qilich va kamon bilan qurollangan edi. Ushbu gʻalabdan keyin Boburning ittifoqchisi boʻlgan rajputlar shahzodasi Ra’no Sangamning Bobur Kobulga qaytadi, degan oʻy-hayollari puchga chiqdi. Bobur Dehli sultonini magʻlub etgach, bu yerda mustahkam oʻranishib, yangi davlat barpo etishni maqsad qilgan edi. 1525-yilda Sangram Singx Ibrohim Lodiyga qarshi Bobur bilan ittifoq tuzadi va shu orqali Dehli sultonligini yoʻq qilishga umid qiladi. Biroq, 1526-yili Panipat jangida Lodiy magʻlubiyatga uchragach, Rajput shahzodasi oʻz xatosini tushunib, Bobur qoʻshinlariga qarshilik koʻrsatadi. Avval Qandar shahrini, keyin Bayanani egallaydi. Hal qiluvchi Xanva jangi 1527-yil 16-martda (Fotihpur Sikri yaqinida) boʻlib oʻtadi. Bu jang Bobur va Rano Sanga oʻrtasida Shimoliy Hindistonda hukmronlik qilish maqsadida olib borildi. Jang oʻrta asrlar Hindiston tarixida katta burilish nuqtasi boʻldi. Garchi, Bobur Panipatda gʻalaba qozongan boʻlsa-da, bu gʻalaba tanazzulga uchragan va parchalana boshlagan davlat ustidan qozonilgan gʻalaba edi. Rano Sanga qoʻl ostidagi Mevar qirolligi Shimoliy Hindistondagi eng kuchli davlatlardan biri edi. Shuning uchun ham bu jangdagi gʻalaba Bobur uchun Shimoliy Hindistonda toʻla humronligini ta’minlagan jang boʻldi [2, B. 6; 3, B. 419; 4, B. 161; 5, B. 4; 6, B. 34]. Bu Shimoliy Hindistondagi eng qadimgi janglardan biri boʻlib, unda porox koʻp ishlatilgan. Jang temuriylar va rajputlar uchun katta talofatlarga olib keldi. Biroq jangning hal qiluvchi pallasida Rana Sangaga oʻq tegib, hushidan ketib yiqildi va amberlik Prithviraj Kachvaxa tomonidan hushsiz holatda jang maydonidan olib chiqib ketiladi. Panipat jangida Rano Sango Boburga yordam taklif qilgan boʻlsa-da, ammo amalda hech qanday harakat qilmaydi. “Boburnoma”da Bobur Rano Sangoni kelishuvni buzganlikda ayblaydi. Biroq, rajput manbalari buning aksini ta’kidlaydi. “Boburnoma”da Rano Sango yordam taklif qilgani aytilsa, Rajput manbalarida esa Bobur Rano Sangoga Dehli sultonligiga qarshi ittifoq tuzishni taklif qilgani aytiladi[6, B. 453]. Tarixchi Satish Chandraning ma’lumotlariga koʻra, Bobur Lodiy ustidan gʻalaba qozongandan keyin, u egallangan shaharlar xazinasiga egalik qiladi va Temur kabi Dehli va Agradan chiqib ketadi, deb oʻylagan. Ammo u Boburning Hindistonga qolish niyati borligini bilishi bilanoq, unga qarshi katta kaolitsiya tuzishga kirishadi. Bu kaolitsiyaning maqsadi Boburni Hindistondan quvib chiqarish edi. 1527-yil boshida Bobur Ra’no Sanganing Agra tomon yurishi haqida xabarlar ola boshlaydi[7, B. 203]. Biroq Mevar hukmdorlari va Boburiylar imperiyasi haqidagi ilmiy asarlari bilan mashhur boʻlgan hindshunos Gopinat Sharma Ra’no Sanga oʻz elchisini Boburga yuborgani haqidagi nazariyani mahorat bilan rad etib, buning turli faktik zamonaviy dalillarini keltirishga harakat qilgan. Sharmaning qoʻshimcha qilishicha: “Sanga oʻsha paytda Shimoliy Hindistonning eng qudratli hindu qiroli sifatida allaqachon oʻzini namoyon qilgan, Bobur esa Hindistonda hali oʻzini koʻrsatmagan. Bunday sharoitda Hindiston shimolidagi, ehtimol, eng katta va eng qudratli dushmani bilan ittifoq izlash Bobur uchun manfaatli edi. Shuningdek, Bobur oʻzining Sanga bilan ittifoqi haqida maʼlumot bermagan boʻlsa, boshqa oʻrinlarda u Daulatxon va Aʼlamxon Lodi bilan kelishuvi haqida batafsil maʼlumot bergan. “Boburnoma”ning oʻzi ishonchli kitob emas edi, chunki u gʻalabasini haddan tashqari madh etish maqsadida Panipatning birinchi jangidagi qoʻshinlar soni toʻgʻrisidagi koʻplab ma’lumotlarni boʻrttirib koʻrsatgan, zamonaviy ilm-fan nuqtai nazaridan haddan tashqari boʻrttirilgan”[8, B. 231].
Boburiylar haqida yozilgan ilk Gʻarb asarlaridan biri boʻlgan Uilyam Erskinning “Temur Bobur va Humoyun xonadonining birinchi ikki hukmdori davrida Hindiston tarixi” asarida shunday ma’lumot keltiradi: “temuriy Bobur rajputlar bilan bir necha bor keskin toʻpnash kelishdi. … ... endi ular afgʻonlardan yoki ular haligacha toʻqnash kelgan Hindistonning har qanday mahalliy aholisidan koʻra kuchliroq dushman bilan kurashishlari kerakligini aniqladilar. Rajputlar... yuzma-yuz uchrashishga tayyor edilar... oʻz sharafi uchun jonini berishga hamisha tayyor edilar”[9, B. 464]. Yana bir tarixchi Eraly Abrahimning yozishicha: “Ra’no Sanga oʻziga qarshi yuborilgan barcha moʻgʻul qoʻshinlarini yoʻq qildi, bu Bobur qoʻshinida katta qoʻrquvga sabab boʻldi, chunki u “majusiylar qoʻshinining shafqatsizligi va mardligi” qoʻshinlarni “tashvish va qoʻrquvga” soldi, deb yozgan edi. Bobur qoʻshinidagi afgʻonlar keta boshladi va turklar oʻzlari yomon koʻrgan yurt himoyasidan shikoyat qila boshladilar, ular Boburdan oʻzlari toʻplagan boy oʻljalar bilan Kobulga joʻnab ketishni soʻradilar”[10, B.256]. Bundan koʻrinib turibdiki, Sikri jangi oldidan Boburning qoʻshin holati havas qiladigan darajada boʻlmagan. Ra’no Sanga Boburga qarshi kuchli harbiy ittifoq tuzdi. Rajastandagi deyarli barcha yetakchi Rajput qirollari, jumladan Xarauti, Jalor, Siroxa, Dungarpur va Dundhardan boʻlganlar unga qoʻshilishdi. Marvarlik Rao Ganga shaxsan qoʻshilmadi, lekin uning nomidan oʻgʻli Maldev Rathor boshchiligidagi kontingentni yubordi. Malvadagi Chanderi shahridan Rao Medini Rai ham ittifoqqa qoʻshildi. Bundan tashqari, afgʻonlar tomonidan oʻzlarining yangi sultoni deb e'lon qilingan Sikandar Lodining kenja oʻgʻli Mahmud Lodi ham u bilan birga afgʻon otliqlari kontingenti bilan ittifoqqa qoʻshildi. Mevat hukmdori Xonzoda Hasan Xon Mevatiy ham oʻz xalqi bilan ittifoqqa qoʻshildi. Chandra shuningdek, Rano Sanga tomonidan toʻqilgan ittifoq rajputlar va afgʻonlar oʻrtasidagi ittifoq boʻlib, Boburni quvib chiqarish va Lodi imperiyasini tiklash vazifasini ilgari surganini taʼkidlaydi[7, B. 34]. Tarixchi Sharma Mahmud Lodiy boshchiligidagi kichik afgʻon guruhlari ham Sangaga qoʻshilganini, leking Sikri jangida ular qochib ketganligini yozadi[11, B. 29-30]. Boburning yozishicha, Ra’no Sanga qoʻshini 200 ming askardan iborat edi. Biroq, Aleksandr Kinlochning soʻzlariga koʻra, bu mubolagʻa, chunki Gujaratdagi yurish paytida Rajput armiyasi 40 000 kishidan oshmagan. Bu raqam boʻrttirilgan boʻlsa ham, Chandraning qayd etishicha, Ra’no Sanga qoʻshini Bobur qoʻshinlaridan ancha koʻp boʻlganligi shubhasizdir[7, B. 125]. Rajputlarning koʻpligi Bobur qoʻshinida qoʻrquv uygʻotdi. Munajjimlar oʻzining ahmoqona bashoratlari bilan umumiy bezovtalikni qoʻshdi. Bobur oʻz askarlarining ma’naviyatini yuksaltirish uchun hindlarga qarshi jangga diniy tus berdi. Bobur kelajakda sharob iste'mol qilishdan bosh torta boshladi, qadahlarini sindirdi, hamma ichimlikni yerga toʻkib tashladi va toʻliq voz kechishga qasamyod qildi. Bobur oʻz tarjimai holida shunday yozadi: “Bu haqiqatan ham yaxshi reja edi va doʻstlar va dushmanlarga ijobiy targʻibot ta'siriga ega edi”[1, B. 276]. TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA Bobur jangda toʻlgʻama usulini qoʻllashga urinib koʻrdi, lekin uning odamlari buni nihoyasiga yetkaza olishmadi, ikki marta rajputlarni quvib chiqarishdi, ammo Rajput otliqlarining shafqatsiz hujumlari tufayli ular oʻz pozitsiyalariga chekinishga majbur boʻldilar. Taxminan, shu paytlarda Rayzenlik Silhodiy Ra’no qoʻshinidan ajralib, Bobur tomoniga oʻtdi. Ba'zi tarixchilarning fikricha, bu xiyonat hech qachon sodir boʻlmagan va bu keyingi davrning “ixtirosi” edi. Bu vaqtda Ra'no Sanga oʻq tegib, xushini yoʻqotdi, bu Rajput qoʻshinida katta sarosimaga sabab boʻldi va janglarda qisqa vaqt sukunat boʻldi. Jangni davom ettirish maqsadida Aja ismli jhala boshligʻi Rana rolini oʻynagan va Rajput qoʻshinini boshqargan. Rana Sanga esa oʻzining
ishonchli odamlari orasida yashiringan. Jala Aja zaif markazini e'tiborsiz qoldirib, dushman qanotlariga hujum qilishni davom ettirar ekan, tajribasiz general ekanligini isbotladi. Rajputlar hujumlarini davom ettirdilar, lekin dushmanning mustahkamlangan markaziga qarshi hech narsa qila olmadi. Bobur rajputlarning zaif markazini payqab, askarlariga hujumga oʻtishni buyurdi, ularning hujumi rajputlarni ortga surdi. Rajputlar endi yetakchisiz edilar, chunki ularning katta qoʻmondonlarining aksariyati oʻlgan va Rana Sanga jangdan maydonidan olib ketilgan edi. Rajputlar dushmanning chap va oʻng qanotlariga umidsiz hujum qildilar, avvalgidek, bu erda ularning eng jasurlari qirib tashlandi va jang ularning tuzatib boʻlmas magʻlubiyati bilan yakunlandi. Rajputlar va ularning ittifoqchilari magʻlubiyatga uchradilar. XULOSA Xulosa qilib aytganda, Xonva jangi rajputlarning jasorati Boburning yuksak harbiy va tashkilotchilik qobiliyatiga qarshi turish uchun yetarli emasligini koʻrsatdi. Hind tarixchilarining taxminlarga koʻra, agarda Boburning artilleriyasi boʻlmaganida, Ra’no Sanga Bobur ustidan tarixiy gʻalaba qozonishi mumkin edi. Lekin, nima bo’lgan taqdirda ham Pradeep Baruaning tabiri bilan aytganda Bobur toʻplari Hindiston urushidagi eskirgan tendensiyalarga chek qo’ydi [12, B. 33-34].
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar12 ta adabiyot
- Z.M.Bobur. Boburnoma. / nashrga tayyorlovchi va lugʻat mualliflari: Xasanov S. Joʻrayev O. – Toshkent: Fan, 2019.
- V.S Bhatnagar. Life and Times of Sawai Jai Singh, 1688–1743 : [англ.]. — Impex India, 1974. — 6 p.
- An Advanced History of India. By R.C. Majumdar ... H.C. Raychaudhuri ... Kalikinkar Datta. (Second Edition.). : [англ.]. — Macmillan & Company, 1950. — 419 p.
- Radheyshyam Chaurasia. History of Medieval India: From 1000 A.D. to 1707 A.D. : [англ.]. — Atlantic Publishers & Dist, 2002. — 161 p.
- Giles Tillotson. Mughal India : [англ.]. — Penguin Books, 1991. — P. 4;
- Hooja, Rima. A History of Rajasthan. — Rupa and company, 2006. — 453 p.
- Chandra, Satish. Medieval India: From Sultanat to the Mughals (1206–1526). — Har-Anand Publications, 2006. – 203 p.
- Gopinath Sharma. Mewar & the Mughal Emperors (1526-1707 A.D.) : — S.L. Agarwala, 1954. – 231 p.
- A history of India under the two first sovereigns of the house of Taimur, Báber and Humáyun. Indian Culture London: Longman, Brown, Green, and Longmans. 1854. – 464 p.
- Eraly, Abrahim. Emperors of the Peacock Throne: The Saga of the Great Moghuls. — Penguin UK, 2007. – 256 p.
- Dasharatha Sharma. Lectures on Rajput History and Culture : — Motilal Banarsidass, 1970. — 29–30 p.
- Barua, Pradeep. The State at War in South Asia. — University of Nebraska Press, 2005. — 33–34 p.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013798
- Nashr sanasi
- 2023-02-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 2
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v2i1.2862
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 265–268
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 42026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11