NOORGANIK VA ORGANIK BOG‘LOVCHI MATERIALLAR BILAN MUSTAXKAMLANGAN YIRIK TOSHLI, QUMLI, GILLI GRUNTLARDAN VA SANOAT CHIQINDILARDAN YO‘L TO‘SHAMASINING ASOSI VA QOPLAMALARINI QURISHNI TADQIQOTLASH.
G‘ulomov Umidjon Baxodir o‘g‘li, Jalolov Zafar Muhammadi o‘g‘li, Narzullayev Xurshid Saydullayevich, Yusupjonov Muxriddinjon Odiljon o‘g‘liO‘qituvchi, Termiz muhandislik-texnologiya instituti, Termiz shahri2024
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 5Sahifa 27–29
Annotatsiya
Ushbu maqolada bog‘lovchi materiallar bilan mustaxkamlangan grunt qatlamlarini zichligini talab darajasiga yetkazish Noorganik bog‘lovchi materiallar bilan mustaxkamlangan asos va qoplamalarni qurishni, havo harorati 50 C dan kam bo‘lmaganda bajarish haqida tahlil qilingan.
Boshqa tillarda
ruschaИССЛЕДОВАНИЯ ПО УСТРОЙСТВУ ОСНОВАНИЙ И ПОКРЫТИЙ ДОРОЖНОГО ПОКРЫТИЯ ИЗ КРУПНЫХ КАМЕНИСТЫХ, ПЕСЧАНЫХ, ГЛИНИСТЫХ ГРУНТОВ И ПРОМЫШЛЕННЫХ ОТХОДОВ, АРМИРОВАННЫХ НЕОРГАНИЧЕСКИМИ И ОРГАНИЧЕСКИМИ ВЯЖУЩИМИ МАТЕРИАЛАМИ.
В данной статье анализируется доведение плотности грунтовых слоев, армированных вяжущими материалами, до требуемого уровня выполнение строительства фундаментов и покрытий, армированных неорганическими вяжущими материалами, при температуре воздуха не менее 50 С.
inglizchaRESEARCH ON THE CONSTRUCTION OF THE BASE AND PAVEMENTS OF THE ROAD SURFACE FROM LARGE STONY, SANDY, CLAY SOILS AND INDUSTRIAL WASTE REINFORCED WITH INORGANIC AND ORGANIC BINDING MATERIALS.
In this article, the density of ground layers reinforced with binding materials is analyzed to the required level.
Kalit so‘zlar
- Grunt
- yo‘l poyi
- zichlash
- maydon
- material
- uskuna
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
NOORGANIK VA ORGANIK BOGʻLOVCHI MATERIALLAR BILAN MUSTAXKAMLANGAN YIRIK TOSHLI, QUMLI, GILLI GRUNTLARDAN VA SANOAT CHIQINDILARDAN YOʻL TOʻSHAMASINING ASOSI VA QOPLAMALARINI QURISHNI TADQIQOTLASH. G'ulomov Umidjon Baxodir o‘g‘li, Jalolov Zafar Muhammadi o‘g‘li, Narzullayev Xurshid Saydullayevich, Yusupjonov Muxriddinjon Odiljon o‘g‘li, O‘qituvchi, Termiz muhandislik-texnologiya instituti, Termiz shahri. E-mail: muxriddinjony@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11364365 Annotasiya: Ushbu maqolada bogʻlovchi materiallar bilan mustaxkamlangan grunt qatlamlarini zichligini talab darajasiga yetkazish Noorganik bogʻlovchi materiallar bilan mustaxkamlangan asos va qoplamalarni qurishni, havo harorati 50 C dan kam boʻlmaganda bajarish haqida tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Grunt, yo’l poyi, zichlash, maydon, material, uskuna.
ИССЛЕДОВАНИЯ ПО УСТРОЙСТВУ ОСНОВАНИЙ И ПОКРЫТИЙ ДОРОЖНОГО ПОКРЫТИЯ ИЗ КРУПНЫХ КАМЕНИСТЫХ, ПЕСЧАНЫХ, ГЛИНИСТЫХ ГРУНТОВ И ПРОМЫШЛЕННЫХ ОТХОДОВ, АРМИРОВАННЫХ НЕОРГАНИЧЕСКИМИ И ОРГАНИЧЕСКИМИ ВЯЖУЩИМИ МАТЕРИАЛАМИ. Аннотация: В данной статье анализируется доведение плотности грунтовых слоев, армированных вяжущими материалами, до требуемого уровня выполнение строительства фундаментов и покрытий, армированных неорганическими вяжущими материалами, при температуре воздуха не менее 50 С. Ключевые слова: Грунт, дорожное полотно, уплотнение, площадь, материал, оборудование.
RESEARCH ON THE CONSTRUCTION OF THE BASE AND PAVEMENTS OF THE ROAD SURFACE FROM LARGE STONY, SANDY, CLAY SOILS AND INDUSTRIAL WASTE REINFORCED WITH INORGANIC AND ORGANIC BINDING MATERIALS. Abstract: In this article, the density of ground layers reinforced with binding materials is analyzed to the required level. Keywords: Soil, road base, compaction, area, material, equipment.
KIRISH Gruntlarni va sanoat chiqindilarini bogʻlovchilar bilan aralashtirish ishlari quyidagicha bajariladi: - yoʻlda, maxsus maydonlarda va karyerlarda yoʻl frezasi va grunt aralashtirgich mashinalar yordamida; - aralashtirgich uskunalarda majburiy tarzda aralashtirish bilan. Katta boʻlakli gruntlar va sanoat chiqindilarni yoki ularning qorishmasini (kamida 20- 30% xajmda) mayda qumlar va bogʻlovchi materiallar bilan aralashtirishni erkin xarakatlantiruvchi uskunalarda aralashtiriladi. Mustaxkamlangan grunt yoʻl toʻshamaga ishlatilganda, ularning bir yoki bir necha qatlam boʻlishi asos yoki qoplamaning qalinligiga, shuningdek qoʻllanilayotgan mashinaga bogʻliq ravishda quriladi[1]. Bunda asosning yoki
qoplamaning yuqori qatlamiga ishlatilayotgan qorishma, odatda, qorishtiruvchi uskunalarda tayyorlangan boʻlishi kerak. Yirik toshli gruntlar bogʻlovchi materiallar bilan qorishma tayyorlovchi uskunalarda aralishtirilganda, gruntlar tarkibida 40 mm dan katta zarralar boʻlmasligi shart (40 mm dan katta zarralar ishlov berishdan oldin saralab olinadi), katta boʻlakli gruntlarda 25 mm dan katta boʻlgan zarralarning boʻlmasligi, unda 2-25 mm gacha boʻlgan zarralarning miqdori grunt umumiy massasining 70% dan koʻp boʻlmasligi kerak. Yirik toshli gruntlarning tarkibiga kirgan 0,5 mm dan kichik boʻlgan mayda donali gruntlarning plastiklik (choʻziluvchanlik) soni 12 dan koʻp boʻlmasligi lozim. Katta boʻlakli gruntlarni bogʻlovchilar bilan yoʻlda aralashtirilganda, gruntlarning katta zarrasi 25 mm dan oshmasligi kerak[2]. 1.1-jadval. Gruntni bogʻlovchi qorishma miqdori
Qoʻshimcha hajmi sement grunt yoki boshqa Qoʻshimchalar qorishma massasiga % hisobida
Gidrofib qiluvchi suyuqlik (GJ 136-41) 0.1-0.2 Sulfit-drojja brajkasi (SBD) 0.05-0.5 Xoʻllovchi OP-7 yoki OP - 10 0.05-0.5 Neytrallovchi gudron (GND) 0.015-0.03
MUHOKAMALAR Gruntning bogʻlovchi bilan qorishmaning yotqizish va zichlashni namligi optimalga yaqin boʻlganda talabga muvofiq bajariladi. Mustaxkamlangan materialning zichligi kamida UzRST 786 boʻyicha 0,96 dan kam boʻlmasligi shart. Agar bogʻlovchi material sifatida sementni organik bogʻlovchi bilan birga, yoki faqkat organik bogʻlovchilar ishlatilsa, unda suvning hajmini qorishmaning optimal namlik talabiga muvofiq, organik bogʻlovchi hajmi, yoki emulsiyadagi suv kamaytiriladi, mobodo organik bogʻlovchi emulgatorlangan boʻlsa. Agar oxak yoki aktiv uchgan kullar bilan mustaxkamlansa, optimaldagidan tashqari qoʻshimcha (2-4%) suv qoʻshiladi. Bogʻlovchi materiallar bilan mustaxkamlangan grunt qatlamlarini zichligini talab darajasiga yetkazish uchun, grunt yotqizuvchi mashinaning vibrobrusi bilan va uziyurar titrovchi yoki pnevma katoklar bilan bajariladi. Noorganik bogʻlovchi materiallar bilan mustaxkamlangan asos va qoplamalarni qurishni, havo harorati 50 C dan kam boʻlmaganda bajarish tavsiya etiladi. Past haroratlarda esa ishlarni talablariga asosan bajarish lozim[3]. Gruntlar noorganik bogʻlovchilar bilan mustaxkamlansa, qorishmaga solinayotgan tuzli va ishqorli suyuqlikdagi suvning hajmini hisobga olish zarur. Yirik boʻlakli, qumli, gilli gruntlar sement bilan bitum emulsiyasi, suyuq bitum, neftdan gudron yoki xom neft ishlatilsa, unda qorishmalarga avval organik bogʻlovchilar qoʻshilib grunt bilan bajariladi, soʻngra ketma-ket qorishmaga sement va suv quyiladi. Gruntlarni, sementga uchuvchan kullar, kul-kuyundi yoki boshqa bogʻlanmagan sochiladigan materiallar bilan qoʻshilib mustaxkamlanganda, qoʻshimchalarni grunt yuzasiga yoyib tarqatiladi, u bilan aralashtiriladi, qorishma tekislanadi, soʻngra ketma-ket suv va sement kiritiladi. Gruntlarni maydalangan soʻndirilmagan oxak qoʻshimchali sement bilan mustaxkamlanganda, grunt sement bilan oxak va suv qoʻshilganda bir sutkadan soʻng aralashtirish lozim[4].
XULOSA Gruntning organik moddalar bilan qorishmasi namligi zichlashdan oldin optimal holatda boʻlishi kerak, lekin ishlab chiqarish paytida havo sharoitiga bogʻliq ravishda quyidagilarga ruxsat etiladi: - yogʻingarchiliksiz, quruq, optimaldan 2-3% koʻp, havo harorati +200 S dan yuqori boʻlganda; - optimaldan 1-2% kam yogʻingarchilik sharoitda, havo harorati +100 S dan past boʻlganda. Havo ning harorati 200 C dan oshganda qorishmalarning qotishini sekinlashtirish va zichlash uchun optimal sharoit tugʻdirish uchun, qorishma SDB qoʻshimcha (suvlik eritma), yoki GJ-136-41 (emulsiya shaklida) sement massasining 0,5%, yoki bitum emulsiyasi holatda organik bogʻlovchilar, suyuq bitum, neftdan gudron yoki xom neft grunt massasining 1-3% hisobidan qorishmalarga qoʻshilishi lozim. Sement gruntli qorishmani maksimal mustahkamlikkacha zichlashda qorishmaga suv yoki tuzli eritma qoʻshilgandan soʻng 3 soat, harorat pasayganda (100S dan kam) 5 soat dan kam boʻlmagan muddatda tugatilishi shart.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Kim iqtibos qilgan1
ReLibrary’da chop etilgan va ushbu yozuvga iqtibos keltirgan ilmiy ishlar, yangisi yuqorida.
- SHAHAR KO‘CHALARI VA YO‘LLARI FANIDAN SHAHAR KO‘CHALARIDA HARAKAT JADALLIGINI AMALGA OSHIRISH JARAYONI
Jalolov Zafar Muhammadi o‘g‘li, Yusupjonov Muxriddinjon Odiljon o‘g‘li, Amanova Nozima Shavkatovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- QMQ 3.06.03-96 "Avtomobil yo‘llari" O‘zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilishqo‘m» T. 1997 g 122 bet.
- MQN 29-2007. Avtomobil yoʻllari koʻtarmalarining zichlanganlik darajasini nazorat qilishning texnologik qoidalari. Toshkent 2007.
- К. Е. Вайс - Транспортно-эксплуататсионные качества автомобилных дорог и городских улис. Москва. 2013 г.
- Е.С.Козин - Транспортно-эксплуататсионные качества автомобилных дорог и городских улис. Тюмен ТюмГНГУ 2015 г.
- В.В.СИЛЯНОВ, Э.Р. ДОМКЕ - Транспортно-эксплуататсионные качества автомобилных дорог и городских улис. Москва Издателский сентр «Академия» 2008 г.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013620
- Nashr sanasi
- 2024-06-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 3
- Son
- 5
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v3i5.2684
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 27–29
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-15 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11