BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA INNOVATSION-MOTIVATSION YONDASHUVLARNI O‘RNI
Parmonov A.AQo‘qon Davlat unversiteti katta o‘qituvchisi2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 6Sahifa 177–181
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga motivatsion yondashuvlar va munosabatlar tizimini yaratish va shu asosida akmeologik motivatsiyani shakllantirishning ijtimoiy zarurati, pedagogik asoslari va psixologik omillari tadqiq etilgan.
Boshqa tillarda
ruschaРОЛЬ ИННОВАЦИОННЫХ И МОТИВАЦИОННЫХ ПОДХОДОВ В СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ СИСТЕМЫ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ
В данной статье рассматриваются социальная необходимость, педагогические основы и психологические факторы создания системы мотивационных подходов и установок для будущих учителей физической культуры и, на этой основе, формирование акмеологической мотивации.
inglizchaTHE ROLE OF INNOVATIVE AND MOTIVATIONAL APPROACHES IN IMPROVING THE SYSTEM OF TRAINING FUTURE PHYSICAL EDUCATION TEACHERS
This article examines the social necessity, pedagogical foundations, and psychological factors of creating a system of motivational approaches and attitudes for future physical education teachers and, on this basis, the formation of acmeological motivation.
Kalit so‘zlar
- Jismoniy tarbiya
- sport
- tarbiya
- motivatsiya
- motiv
- innovatsiya
- pedagogika
- psixologiya
- aksiologiya
- akmeologiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
BOʻLAJAK JISMONIY TARBIYA OʻQITUVCHILARNI TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA INNOVATSIONMOTIVATSION YONDASHUVLARNI OʻRNI Parmonov A.A Qoʻqon Davlat unversiteti katta oʻqituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.21722867 Annotatsiya: Mazkur maqolada boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga motivatsion yondashuvlar va munosabatlar tizimini yaratish va shu asosida akmeologik motivatsiyani shakllantirishning ijtimoiy zarurati, pedagogik asoslari va psixologik omillari tadqiq etilgan. Kalit soʻzlar: Jismoniy tarbiya, sport, tarbiya, motivatsiya, motiv, innovatsiya, pedagogika, psixologiya, aksiologiya, akmeologiya
РОЛЬ ИННОВАЦИОННЫХ И МОТИВАЦИОННЫХ ПОДХОДОВ В СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ СИСТЕМЫ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ Пармонов А.А. Старший преподаватель Кокандского государственного университета Аннотация: В данной статье рассматриваются социальная необходимость, педагогические основы и психологические факторы создания системы мотивационных подходов и установок для будущих учителей физической культуры и, на этой основе, формирование акмеологической мотивации. Ключевые слова: физическое воспитание, спорт, образование, мотивация, мотив, инновации, педагогика, психология, аксиология, акмеология.
THE ROLE OF INNOVATIVE AND MOTIVATIONAL APPROACHES IN IMPROVING THE SYSTEM OF TRAINING FUTURE PHYSICAL EDUCATION TEACHERS Parmonov A.A Senior lecturer of Kokand State University Abstract: This article examines the social necessity, pedagogical foundations, and psychological factors of creating a system of motivational approaches and attitudes for future physical education teachers and, on this basis, the formation of acmeological motivation. Keywords: Physical education, sports, education, motivation, motive, innovation, pedagogy, psychology, axiology, acmeology
KIRISH Bugungi kunda boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga motivatsion yondashuvlar va munosabatlar tizimini yaratishning ijtimoiy-pedagogik zarurati ortib bormoqda. Bu esa ularni oʻqitish, kadr sifatida tayyorlash tizimini takomillashtirishni dolzarb vazifaga aylantirmoqda. Shu ma’noda boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini zamon talabalari asosida oʻqitish, kasbiy bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish, ijodiy yondashuv asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash ehtiyojini yuzaga keltirmoqda. Zamonaviy sharoitda jismoniy harakatlar ulushi kamayib borayotganligi bois jismoniy tarbiya sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash ta’limning barcha turlari uchun muhim masalalar sifatida tobora dolzarblashib bormoqda. Zamonaviy jismoniy madaniyat ta’limi ma’lum ma’noda jamiyatning yuqori malakali jismoniy tarbiya mutaxassislariga boʻlgan ob’ektiv ehtiyoji
va bitiruvchilarning amaliy-kasbiy tayyorgarliklari oʻrtasidagi mavjud qarama-qarshiliklar bilan bogʻliq muammoli vaziyat bilan ifodalanadi. Zamonaviy pedagogika boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchisining kasbiy bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish, ularda yangicha dunyoqarash va tafakkurni tarbiyalash hamda jismoniy ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ularning kasbiy kompetentligidan yuqori darajada foydalana olishda motivatsion yondashuvdan foydalanish, motivatsion faoliyatni yuzaga keltirish va shu asosda ijtimoiy oʻzgarishlarga erishish maqsad qilinmoqda. Jismoniy tarbiya – sof sport musobaqalaridan iborat boʻlgan jarayongina emas, balki ushbu tarbiya orqali yoshlarda axloqiy irodaviy xislat va fazilatlar tarkib toptirilishidir. Jismoniy mashqlarni bajarish davomida yoshlarda kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik va egiluvchanlik tarbiyalanadi, ularning sogʻligi mustahkamlanadi, ish qobiliyatlari, aqliy faolligi oshiriladi, jasurlik, halollik, qat’iylik, mustaqillik kabi axloqiy xulq me’yorlari tarkib topadi, yetuklik sari qadam tashlanadi. Boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida oʻz kasbining mohir ustasi boʻlishga, professional faoliyatni yoʻlga qoʻyishga motivatsiyani shakllantirish, ularni ichki motivlarini kasbiy faoliyat samaradorligi uchun yoʻnaltirish dolzarb vazifalardan biri boʻlib qolmoqda. MATERIALLAR VA METODLAR Motivatsiya – motivlarning harakatlanish jarayoni, insonni asosiy faoliyatga undovchi motivlar yigʻindisi. Motiv esa fransuzchadan tarjima qilinganda, undovchi kuch, sabab degan ma’noni bildiradi. Pedagog olimlardan E.Gʻoziyev va R.Asomovalar ta’kidlanganidek, motiv va motivatsiya tizimi shaxsning faoliyati, muomalasi, xatti-harakatining ichki regulyatsiyasi funksiyasini bajarib, ehtiyojini qondirish, xohish-istak, ezgu niyat, orzu-tilak, mayl, his-tuygʻu, ideal, iymon-e’tiqod, vijdon, maqsad qoʻya olish va boshqalarni amaliyotda roʻyobga chiqarishning bosh omili hisoblanadi. Rus olimi A.N.Leontev fikricha, shaxsni motivatsion muhiti butun hayoti davomida rivojlanib boradigan yaxlit tizim hisoblanadi. U oʻz iyerarixiyasiga ega harakatlanuvchi hisoblanib, ehtiyojlar predmetini hamda individ holatini namoyon etadi. Shunday ekan, inson ong ostida turli xil ehtiyojlar mavjud boʻlib, bu ehtiyojlar inson xatti-harakatlarini, uning tashqi faolligini shakllantiradigan motivatsiyaga aylanishini anglatadi. Motiv - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil, vaj. Motiv shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo boʻluvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqa motivlar jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida motiv atamasi sub’ektni faollashtiruvchi turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Xatti-harakat va faoliyat motivlarining majmuasi motivatsiya deyiladi. Demak, boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirishda ularni kasbiy rivojlanish uchun motivlarni shakllantirishga e’tiborni qaratish, innovatsion metodikani ishlab chiqishdir. Motiv ehtiyoj negizida vujudga keladi va shakllanadi. Ehtiyojning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini ta’minlaydi. Harakat faoliyatning tarkibi boʻlganligi tufayli u faoliyatning maqsadi va motivi orqali boshqariladi. Ba’zan «motiv» tushunchasini «emotsiya», «maqsad», «ustanovka» atamalari bilan almashtirish hollari uchraydi. Goho turtki, qoʻzgʻovchi, undovchi tushunchalari bilan aynanlashtiriladi. Shuning uchun ham, boʻlajak jimoniy tarbiya oʻqituvchilarida oʻzining kasbiy faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, undan muvaffaqiyatga erishishga ichki undov, ehtiyojni shakllantirish va shu asosda ularni yoʻnaltirish talab etiladi. Gʻarb psixologiyasida motivatsiyaning ikki xil koʻrinishi va ularning oʻziga xos belgilari chuqur oʻrganilgan. Bular – ekstrensiv (tashqi shart-sharoitlar va holatlarga bogʻliq) va interensiv (shaxs dispozitsiyalari – ehtiyojlar, ustanovkalar, qiziqishlar, mayllar, istaklar bilan bogʻliq boʻlgan holda paydo boʻladigan) motivatsiyalar. Bu yoʻnalishdagi munozaralar X.Xekxauzenning “Motivatsiya va faoliyat” kitobida oʻz aksini topgan.
Olim X.Xekxauzen motivatsiyaning 6 ta tamoyilini yaratdi. Birinchi tamoyil boʻyicha interensiv motivlashgan xatti-harakatlar ochlik, chanqoqlik, ogʻriqdan qochish singari jismoniy ehtiyojlarning qondirilishiga yoʻnalmagan. Bu yoʻnalishda ish olib borgan olimlarning ta’kidlashicha mazkur ehtiyojlar organizm tomonidan buzilgan gomeostazni tiklashga xizmat qilmaydi. Biroq tashqi xatti-harakatlarida ularni tuzatish mumkin boʻladi. Birinchi tamoyil boʻyicha motivlashgan xatti-harakatlar maqsadsiz faollik sifatida talqin qilinadi. Oʻyin faoliyatini tadqiq qilgan olim Ye.Klinger oʻyin faoliyatini interensiv motivatsiya asosida maqsadsiz yoʻnaltirilgan harakat deb ataydi. R.Uayt boʻyicha atrof-muhit bilan oʻzaro ta’sir jarayonida individ tomonidan eng katta faolliklar harakatchanlik motivatsiyasi deb ataladi. Bu fikrga amerikalik olim Mark Rujnes qoʻshiladi va faoliyat dastlabki bosqichlarini interensiv, natijaga yaqin bosqichlarini ekstrensiv deb hisoblaydi. 1. Biror faoliyat motivatsiyasi ham interensiv, ham ekstrensiv motivlashgan xulq-atvordan iboratdir. 2. U yoki bu xatti-harakatlar faoliyatning ba’zi optimal darajasini saqlab turish yoki tayyor holatda tutishga yoʻnalgan motivatsiya deb hisoblanadi. NATIJALAR Boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida akmeologik motivatsiyani shakllantirishda ularda kasbiy faoliyatda muvafaqiyatga erishish motivatsiyasi omilining ahamiyati yuqori hisoblanadi. Oʻtgan asr boshlarida olim D.S.Makklelland muvaffaqiyat motivatsiyasining individual sifat oʻzgarishlarini yuzaga kelish farqlarini aniqlashga qaratilgan Tematik Apperseptiv Test (TAT) metodikasini ishlab chiqadi. U muvaffaqiyat motivatsiyasining ikki turi muvaffaqiyatga erishish va magʻlubiyatdan qochish motivatsiyalarini aniqlagan. Keyinchalik ushbu metodika X.Xekxauzen, V.Mayer, L.Kemmler tomonidan modifikatsiya qilingan. X.Xekxauzen eng muhim darajadagi faol faoliyat va muvaffaqiyat motivatsiyasini oʻzaro bogʻliqlik xarakterini aniqlab, uchta muhim motivatsion vektorni koʻrsatadi: 1. Individ oldida turgan vazifani shaxs uchun muvaffaqiyatliligi va qiyinchiligining ehtimollari toʻgʻrisidagi individual sub’ektiv tasavvur; 2. Sub’ekt uchun vazifaning ahamiyatlilik darajasi, shu bilan birga qoʻllab-quvvatlashga va oʻziga nisbatan bahoni oshirishga boʻlgan intilish kuchi; 3. Shaxsni muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik uchun mas’uliyatni oʻziga, boshqa insonlarga va vaziyatga adekvat bogʻlashga moyilligi. Demak, boʻlajak oʻqituvchilarda ham akmeologik motivatsiyani hosil qilishda mazkur vektorlarni oʻrni yuqori hisoblanadi. Bunda psixologik omillarni aniqlash va ularning yechimini pedagogik asoslarini ishlab chiqish bugungi oliy ta’lim oldidagi dolzarb vazifalardir. MUHOKAMA Boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini innovatsion yondashuvlar asosida akmeologik motivatsion faoliyatga yoʻnaltirishda ulardagi faollik va ta’limiy zoʻriqishni hisobga ham ola bilish lozim. Boshqa bir olimlar P.Fress va J.Piaje fikricha, faoliyatni amalga oshirish uchun, yetarli darajada motivatsiya boʻlishi zarur. Biroq, motivatsiya oʻta yuqori boʻlsa, faollik va zoʻriqish darajasi oshadi va bu oʻz oʻrnida faoliyat, xatti-harakat samaradorligini yomonlashishiga sabab boʻladi. Shu nuqtai nazardan motivatsiyaning oʻta yuqori darajasi faoliyatda salbiy holatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan negativ emotsional ta’sirlar: stress, hayajon, zoʻriqishni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan koʻrinadiki, motivatsiyaning oʻta yuqori darajasi har doim ham eng yaxshi jihat hisoblanmaydi. Boshqa bir olim D.Maklelland muvaffaqiyat motivatsiyasi bilim olish natijasida yetuklik davrida ham rivojlanishi mumkinligini tushuntiradi. U insonlardagi muvaffaqiyat motivatsiyasini namoyon etuvchi quyidagi xislatlarni koʻrsatadi:
- muvaffaqiyat motivatsiyasining maksimal sharoitidagi faoliyat ustuvorligi, ya’ni oʻrtacha darajadagi vazifalarni bajarish; - muvaffaqiyat motivatsiyasi har doim ham yuqori natijalarga olib kelmaydi. Shuningdek, yuqori koʻrsatkichlar doim ham muvaffaqiyat motivatsiyasining faollashgan natijasi hisoblanmaydi; - qandaydir faoliyatni amalga oshirishda oʻziga shaxsiy javobgarlikni olish mas’uliyati. Xavf-xatar darajasi aniq yoki oʻrtacha boʻlgan vaziyatlar, sharoitlar borki, muvaffaqiyatga erishishda tasodiflar roʻl oʻynamaydi. - oʻz faoliyatida erishgan natijalari haqida yetarlicha fikr bildirishni afzal koʻradi; - inson yangiliklarga intiluvchan boʻlganligi uchun vazifalarni bajarishning yangicha, samarali yoʻllarini izlab topishga harakat qiladi. Demak, boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida innovatsion motivatsion faoliyatga yoʻnaltirishda ulardagi muvafaqiyatga erishish istagi, ehtiyoji va shaxsiy mas’uliyatni toʻgʻri muvozanatlay olish koʻnikmalarini shakllantirish ham dolzarb vazifalardan biridir. Tadqiqotchi Ye.M.Rojkov motivatsiya biror bir qiyinchilikni yengib oʻtishdir. Bu insonlar yoki gʻoyalar bilan nazorat qilish, tashkil etish orqali qiyinchiliklarni yengishdir. Uni qanday amalga oshirish mumkinligidan qat’iy nazar oʻta tezkorlik bilan mustaqil bajarishdir. Toʻsiqlarni yengib oʻtish va yuqori natijaga erishish shaxs oʻzini - oʻzi namoyon etishi, atrofdagilar bilan musobaqalashishi, oʻz qobiliyatlarini muvaffaqiyatli qoʻllashi bilan oʻz-oʻziga boʻlgan hurmatni oshirishiga olib keladi deb tushuntiradi. Demak, boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilari uchun motivatsiya oʻz kasbiy faoliyatida yaxshi natijalarga erishish istagi, ijtimoiy talab va ehtiyojga asoslanadi. XULOSA Xulosa qilib aytganda hozirda zaxiradagi kadrlardan oʻz vaqtida foydalanilmasligi, kadrlarni yillab joyida “qotib qolishi”, motivatsiyaning yoʻqligi idora va tashkilotlarda kadrlar qoʻnimsizligiga sabab boʻlmoqda. Kadrlarda tajriba, koʻnikma va malaka mujassam boʻlishi bilan birga, ularni qoʻllab-quvvatlovchi ishonchli “motivator”, ya’ni uning tajribasini ommaga havola etuvchi “hamkor”boʻlishi oʻta muhim hisoblanadi.Insonda muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivatsiyasining dominantligi oʻzini-oʻzi baholashni pasayishiga sabab boʻladi. Qayta-qayta muvaffaqiyatsizlikka uchrash insonni oʻziga boʻlgan ishonchni pasayishiga, tushkunlikka va surunkali qoʻrquvga olib kelishi mumkin. Ana shunday insonlarda asosan muvvafaqiyat motivatsiyasining rivojlanish darajasi ancha past boʻladi. Shunday ekan, boʻlajak oʻqituvchilarda ham motivatsion ta’lim orqali kasbiy faoliyatda muvafaqiyatga erishish, shaxsiy rivojlanish asosida yuqori natijalarni koʻrsatish, oʻquvchilarda jismoniy madaniyatni shakllantirishda jonbozlik koʻrsatishga yoʻnaltirish talab etiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- The role of the acmeologist approach in the development of acmeological motivation in future physical education teachers. Parmonov Akmal Abdupattayevich https://www.gejournal.net/index.php/IJSSIR.2023 y.
- Improving the system of training teachers of future physical education and introducing innovative-motivational approaches to it. Parmonov Akmal Abdupattoyevich. https://www.gejournal.net/index.php/IJSSIR.2023 y
- Abdupattayevich, P. A. (2022). Specific methods and tasks for the physical development of primary school students with the help of games. International journal of social science & interdisciplinary research issn: 2277 -3630 Impact factor: 7.429, 11(10), 331-333.
- Abdupattaevich P. A. Technology of formation of akmeological position in future teachers //World Bulletin of Social Sciences. – 2021. – Т. 5. – С. 112-115. https://www.scholarexpress.net
- Талипджанов А. А., Нурматов Б. Б., Пармонов А. А. Учебно-тренировочный процесс по футболу //International conference: problems and scientific solutions. – 2022. https://doi.org/10.5281/zenodo.733292210.5281/zenodo.7332922
- Improving the effectiveness of the training process of students. Parmonov Akmal Abdupattayevich. ISSN 2277-3630 (online), Published by International journal of Social Sciences & September-2023 https://www.gejournal.net/index.php/IJSSIR
- Methodological doctrine of the organization of the process of physical education through national traditions. Vol 10 Issue 06, June 2021. Nurmatov Bakhrom Bektemirovich Parmonov Akmal Abdupattoevich. https://ijiemr.org/downloads/Volume-10/ISSUE-6
- Improvement of akmeological motivation of future physical education teacher. vol. 2 No. 12, December 2021. ISSN: 2660-5570. https://www.scholarzest.com
- Specific methods and tasks for the physical development of primary school students with the help of games. IJSSIR, Vol. 11, No. 10. October 2022. https://www.gejournal.net/index.php/IJSSIR
- Model for the development of acmeological motivation in future physical education teachers on the basis of an axiological approach. nternational scientific conference " innovative trends in science, practice and education" 2023 Munchen, (Germany)
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013516
- Nashr sanasi
- 2026-07-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i6.2402
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 177–181
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06