TALABA QIZLARNING KOORDINATSION QOBILIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING SAMARADORLIGI
Urazaliyeva Shaxnoza Rustam qiziSamarqand davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 1Sahifa 210–215
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba qizlarning koordinatsion qobiliyatini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol va funksional mashqlar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarning harakat aniqligi, muvozanatni saqlash hamda fazoviy mo‘ljal olish qobiliyatlariga ta‘siri tahlil qilindi. O‘tkazilgan pedagogik tajriba natijalari innovatsion yondashuvlar talaba qizlarning koordinatsion tayyorgarligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari oliy ta‘lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.
Boshqa tillarda
ruschaЭФФЕКТИВНОСТЬ СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ КООРДИНАЦИОННЫХ СПОСОБНОСТЕЙ СТУДЕНТОК
В данной научной статье рассмотрены теоретические и практические аспекты развития координационных способностей студенток, обучающихся по направлению физического воспитания и спорта, на основе инновационных подходов. В ходе исследования проанализировано влияние занятий, организованных с применением современных педагогических технологий, интерактивных и функциональных упражнений, на точность движений, сохранение равновесия и пространственную ориентацию. Результаты педагогического эксперимента показали, что использование инновационных подходов способствует значительному повышению уровня координационной подготовленности студенток. Полученные данные могут быть использованы в практике физического воспитания в высших учебных заведениях.
inglizchaTHE EFFECTIVENESS OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE COORDINATION ABILITIES OF FEMALE STUDENTS
This scientific article examines the theoretical and practical aspects of using innovative approaches in developing the coordination abilities of female students studying in the field of physical education and sport. In the course of the research, the influence of classes organised on the basis of modern pedagogical technologies, interactive and functional exercises on the accuracy of movements, the maintenance of balance and spatial orientation abilities was analysed. The results of the pedagogical experiment carried out showed that innovative approaches significantly increase the coordination preparedness of female students. The research results are of practical importance for improving physical education classes in higher education institutions.
Kalit so‘zlar
- jismoniy tarbiya
- sport
- talaba qizlar
- koordinatsion qobiliyat
- innovatsion yondashuv
- pedagogik texnologiyalar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
TALABA QIZLARNING KOORDINATSION QOBILIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING SAMARADORLIGI Urazaliyeva Shaxnoza Rustam qizi Samarqand davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti E-mail: Shaxnozaurazaliyeva5@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.18516840 Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba qizlarning koordinatsion qobiliyatini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol va funksional mashqlar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarning harakat aniqligi, muvozanatni saqlash hamda fazoviy mo‘ljal olish qobiliyatlariga ta’siri tahlil qilindi. O‘tkazilgan pedagogik tajriba natijalari innovatsion yondashuvlar talaba qizlarning koordinatsion tayyorgarligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: jismoniy tarbiya, sport, talaba qizlar, koordinatsion qobiliyat, innovatsion yondashuv, pedagogik texnologiyalar.
ЭФФЕКТИВНОСТЬ СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ КООРДИНАЦИОННЫХ СПОСОБНОСТЕЙ СТУДЕНТОК Уразалиева Шахноза Рустам кизи Базовый докторант Самаркандского государственного педагогического института E-mail: Shaxnozaurazaliyeva5@gmail.com Аннотация: В данной научной статье рассмотрены теоретические и практические аспекты развития координационных способностей студенток, обучающихся по направлению физического воспитания и спорта, на основе инновационных подходов. В ходе исследования проанализировано влияние занятий, организованных с применением современных педагогических технологий, интерактивных и функциональных упражнений, на точность движений, сохранение равновесия и пространственную ориентацию. Результаты педагогического эксперимента показали, что использование инновационных подходов способствует значительному повышению уровня координационной подготовленности студенток. Полученные данные могут быть использованы в практике физического воспитания в высших учебных заведениях. Ключевые слова: физическое воспитание, спорт, студентки, координационные способности, инновационные подходы, педагогические технологии.
EFFECTIVENESS OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN IMPROVING COORDINATION ABILITIES OF FEMALE STUDENTS Urazaliyeva Shaxnoza Rustam qizi Doctoral student (basic PhD), Samarkand State Pedagogical Institute E-mail: Shaxnozaurazaliyeva5@gmail.com Abstract: This scientific article examines the theoretical and practical aspects of developing coordination abilities of female students majoring in physical education and sports
through innovative approaches. The study analyzes the impact of training sessions based on modern pedagogical technologies, interactive and functional exercises on movement accuracy, balance maintenance, and spatial orientation. The results of the pedagogical experiment indicate that the application of innovative approaches significantly improves the level of coordination abilities of female students. The findings of the study have practical significance for enhancing physical education programs in higher education institutions. Keywords: physical education, sports, female students, coordination abilities, innovative approaches, pedagogical technologies.
KIRISH Koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishning innovatsion yondashuvlari hozirgi davrda jismoniy tarbiya va sport psixologiyasi nuqtayi nazaridan ham chuqur o‘rganilmoqda. Jumladan, A.G. Kharitonov, V.V. Filin, N.N. Ozolin kabi olimlar sport mashg‘ulotlarida interaktiv texnologiyalardan foydalanish hamda individuallashtirilgan yondashuvning samaradorligini tadqiq qilganlar. O‘zbekistonda esa jismoniy tarbiya va sport ixtisosligi bo‘yicha koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishga oid tadqiqotlar cheklangan bo‘lib, asosan, umumiy harakat faoliyati va texnik-taktik tayyorgarlik masalalariga qaratilgan. Jumladan, L.Shahriddinova, A.Artikov, S.Tojiboyev, L.Sobirova, A.Shopulatov, G.Xolboyeva kabi mahalliy olimlarning tadqiqotlari talabalarning jismoniy rivojlanishi va sport mashg‘ulotlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport ixtisosligi bo‘yicha tahsil olayotgan talaba qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlarning o‘rni hali yetarli darajada chuqur o‘rganilmagan. Xususan, ayollar sporti, psixomotor rivojlanish va interaktiv metodlar orqali koordinatsiyani shakllantirish bo‘yicha tadqiqotlar hanuzgacha yetarlicha ilmiy asoslanmagan. Shuning uchun ushbu muammo dolzarb bo‘lib, uni kompleks tarzda o‘rganish zarur. Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, xususan, talaba yoshlarning jismoniy tayyorgarligini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba qizlarning harakat faoliyatini samarali tashkil etish, ularning jismoniy sifatlari bilan bir qatorda koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Koordinatsion qobiliyatlar harakatlarni aniq, uyg‘un va tejamkor bajarishni ta’minlab, sport mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiradi. Biroq amaliyotda talaba qizlar bilan olib borilayotgan mashg‘ulotlarda an’anaviy yondashuvlar ustunlik qilib, koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishga yetarli e’tibor qaratilmayotgani kuzatiladi. Bu esa ularning harakat faolligi, muvozanatni saqlash va tezkor moslashuv ko‘nikmalarining to‘liq rivojlanmasligiga olib kelmoqda. Shu bois, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar asosida koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish usullarini ilmiy jihatdan asoslash va amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqot jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi talaba qizlarining koordinatsion tayyorgarligini oshirishga qaratilgani bilan dolzarb hisoblanadi. Zamonaviy ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlash jarayonida talabalar jismoniy tayyorgarligining yuqori darajada bo‘lishi muhim omil sanaladi. Ayniqsa, jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba qizlar uchun koordinatsion qobiliyatlarning rivojlanganligi ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega.
Koordinatsion qobiliyatlar harakatlarni boshqarish, muvozanatni saqlash, fazoviy mo‘ljal olish hamda turli harakat vazifalariga tez moslashish imkonini beradi. Ushbu qobiliyatlar sport mashg‘ulotlari jarayonida harakat samaradorligini oshirib, jarohatlanish xavfini kamaytiradi. So‘nggi yillarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga innovatsion yondashuvlarni joriy etish, jumladan, interfaol mashqlar, funksional tayyorgarlik vositalari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali talabalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Biroq talaba qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar yetarli darajada tizimlashtirilmagan. Shu munosabat bilan, mazkur tadqiqot jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi talaba qizlarining koordinatsion qobiliyatini innovatsion yondashuvlar vositasida rivojlantirish masalasini o‘rganishga bag‘ishlanadi hamda uning ilmiy-amaliy ahamiyatini asoslab berishga qaratilgan. Tadqiqotning maqsadi: Jismoniy tarbiya va sport ixtisosligi talaba qizlarining koordinatsion qobiliyatini innovatsion yondashuvlar vositasi orqali rivojlantirish hamda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida ilmiy izlanishlarni tashkil qilishning zamonaviy uslublari bo‘yicha bilimlarini takomillashtirish va mustahkamlashdan iborat. Tadqiqotning vazifalari 1. Jismoniy tarbiya va sport ixtisosligi talaba qizlarining koordinatsion qobiliyatini innovatsion yondashuvlar vositasi orqali rivojlantirish to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish; 2. Jismoniy tarbiya va sport ixtisosligi talaba qizlarining koordinatsion qobiliyatini innovatsion yondashuvlar vositasi orqali rivojlantirish oshirish bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lish; MATERIALLAR VA METODLAR Tadqiqotning usullari: Tаdqiqоtdа bаsketbоl о‘yinlаridа texnik usullаrni tаkоmillаshtirishgа оid muаmmоlаr bо‘yichа mаmlаkаtimiz vа xоrijiy murаbbiylаr hаmdа mutаxаssislаrning tаjribаlаrini о‘rgаnish, tаhlil qilish vа umumlаshtirish, shuningdek, sо‘rоvnоmа, “SPOK” (Finlyаndiyа) uskunasidan fоydаlаnish bilаn mаshgʻulоtlаr vа musоbаqа yuklаmаsini pedаgоgik tаhlil qilish, yurаk-qоn tоmir tizimining funksiоnаl hоlаtini bаhоlаsh uchun “SPOK” kоmpyuter dаsturidаn fоydаlаnish bilаn intervаlli kаrdiоgrаfiyа usuli, “Fistbeаt” аnаlitik plаtfоrmа vа “EXCEL” “Pоwer Pоint” dаsturiy tаʼminоtdаn fоydаlаnish bilаn mаshgʻulоtlаr vа musоbаqа fаоliyаtining sаmаrаdоrligini videо tаhlil qilish uslubi, pedаgоgik tаjribа; mаtemаtik stаtistikа kаbi usullаrdаn fоydаlаnilgаn. 1-jadval. 1 yillik o‘quv-mashg‘ulot dasturi (jadvalda) Bosqich Oylar Bosqich Asosiy mashqlar Innovatsion Nazorat maqsadi mazmuni yondashuvlar shakli I-bosqich 1–2-oylar Dastlabki Oddiy muvozanat Interfaol Dastlabki tayyorgarlik va mashqlari, yurish- o‘yinlar, testlar moslashuv yugurish musiqali kombinatsiyalari, mashqlar ko‘z–qo‘l muvofiqligi mashqlari II- 3–4-oylar Koordinatsion Koordinatsion narvon Funktsional Oraliq bosqich qobiliyatlarni mashqlari, fitbol bilan trening, guruhli testlar rivojlantirish mashqlar, fazoviy mashqlar mo‘ljal olish
III- 5–6-oylar Harakat aniqligi Dinamik muvozanat Raqamli Joriy bosqich va muvozanatni mashqlari, texnologiyalar, nazorat oshirish tezkorlikka video tahlil yo‘naltirilgan mashqlar IV- 7–8-oylar Murakkab Murakkab harakat Situatsion Individual bosqich koordinatsiyani kombinatsiyalari, mashqlar, mini- baholash shakllantirish sport o‘yinlari musobaqalar elementlari V- 9–10- Koordinatsion Tezkor moslashuv Muammoli Oraliq bosqich oylar qobiliyatlarni mashqlari, muammoli o‘qitish, tahlil takomillashtirish topshiriqlar interfaol metodlar VI- 11–12- Mustahkamlash Kompleks O‘z-o‘zini Yakuniy bosqich oylar va yakuniy koordinatsion nazorat qilish testlar baholash mashqlar, mustaqil texnologiyalari mashg‘ulotlar Mazkur jadval jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi talaba qizlarining koordinatsion qobiliyatini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirishga mo‘ljallangan 1 yillik o‘quvmashg‘ulot dasturini aks ettiradi. Dastur bosqichma-bosqichlik, izchillik va individuallashtirish tamoyillari asosida tuzilgan bo‘lib, har bir bosqichda mashqlar mazmuni va yuklama hajmi talabalarning funksional imkoniyatlariga mos ravishda oshirib boriladi. Jadvalda ko‘rsatilgan mashg‘ulotlar haftasiga 2–3 marotaba, 60–90 daqiqa davomida tashkil etilib, dastlabki, oraliq va yakuniy nazorat testlari orqali talaba qizlarning koordinatsion qobiliyatlaridagi o‘zgarishlar baholanadi. Innovatsion yondashuvlar sifatida interfaol mashqlar, funksional trening, raqamli texnologiyalar va o‘z-o‘zini nazorat qilish usullaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Dastur natijasida talaba qizlarning muvozanatni saqlash, harakatlar aniqligi, fazoviy mo‘ljal olish va tezkor moslashuv qobiliyatlarining sezilarli darajada rivojlanishi kutiladi. 2-jadval. Koordinatsion qobiliyatlariga oid testlar jadvali № Test nomi Baholanadigan Testni bajarish tavsifi Baholash koordinatsion mezoni qobiliyat 1 Romberg testi Statik muvozanat Bir oyoqda tik turish, Vaqt (soniya) ko‘zlar yopiqligida 2 Flamingo testi Muvozanat va Maxsus platformada bir Xatolar soni / vaqt barqarorlik oyoqda turish 3 Koordinatsion Harakatlar uyg‘unligi Belgilangan sxema Vaqt (soniya) narvon testi va tezkorlik bo‘yicha narvondan o‘tish 4 To‘pni devorga Ko‘z–qo‘l muvofiqligi To‘pni devorga tashlab To‘g‘ri ushlashlar uloqtirib ushlash qayta ushlash soni testi
5 Fazoviy mo‘ljal Fazoviy orientatsiya Belgilangan yo‘nalish To‘g‘ri bajarilgan olish testi bo‘yicha harakatlanish topshiriqlar 6 Murakkab Umumiy koordinatsiya Bir necha harakat Aniqlik va vaqt harakatlar testi kombinatsiyasini bajarish 7 Reaksiya va Tezkor moslashuv Signal asosida harakatni Reaksiya vaqti moslashuv testi o‘zgartirish (ms) 8 Dinamik Harakatdagi Tor yo‘lak bo‘ylab yurish Xatolar soni / vaqt muvozanat testi muvozanat Ushbu jadvalda talaba qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini kompleks baholashga mo‘ljallangan testlar keltirilgan. Testlar statik va dinamik muvozanat, harakatlar uyg‘unligi, fazoviy mo‘ljal olish, tezkor moslashuv hamda ko‘z–qo‘l muvofiqligini aniqlashga yo‘naltirilgan. Testlar tadqiqotning dastlabki, oraliq va yakuniy bosqichlarida qo‘llanilib, olingan natijalar foiz va vaqt ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilinadi. NATIJALAR Tadqiqot davomida jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi talaba qizlarining koordinatsion qobiliyatini baholash uchun bir qator testlar qo‘llanildi: Romberg testi, Flamingo testi, koordinatsion narvon testi, to‘pni devorga uloqtirib ushlash testi, fazoviy mo‘ljal olish testi va murakkab harakatlar testi. Test nomi Dastlabki Yakuniy natija O‘sish (%) natija (o‘rtacha) (o‘rtacha) Romberg testi 28 s 45 s +60% Flamingo testi 12 xato 5 xato -58% xatolar soni Koordinatsion narvon testi 18 s 12 s -33% vaqt kamayishi To‘pni devorga uloqtirib ushlash 15 ta 22 ta +47% Fazoviy mo‘ljal olish testi 7/10 9/10 +29% Murakkab harakatlar testi 14 s 9s -36% vaqt kamayishi Natijalar shuni ko‘rsatadiki, innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar talaba qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini sezilarli darajada yaxshilagan. Statik va dinamik muvozanat, harakatlar aniqligi va fazoviy orientatsiya ko‘rsatkichlari ortgan, xatolar soni kamaygan va reaksiyalar tezligi oshgan. Tadqiqot davomida jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi talaba qizlarining koordinatsion qobiliyatini baholash uchun bir qator testlar qo‘llanildi. Ularga Romberg testi, Flamingo testi, koordinatsion narvon testi, to‘pni devorga uloqtirib ushlash testi, fazoviy mo‘ljal olish testi va murakkab harakatlar testi kiradi. Test natijalari dastlabki va yakuniy bosqichlarda taqqoslandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar talaba qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini sezilarli darajada yaxshilagan. Statik va dinamik muvozanat, harakatlar aniqligi va fazoviy orientatsiya ko‘rsatkichlari ortgan, xatolar soni kamaygan va tezkor moslashuv ko‘nikmalari oshgan. MUHOKAMA Muhokama jarayonida aniqlanishicha, interfaol va innovatsion mashqlar koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishda an’anaviy mashg‘ulotlardan samaraliroq hisoblanadi. Masalan, statik muvozanat bo‘yicha Romberg va Flamingo testlari natijalari talaba qizlarning barqaror turish qobiliyatini oshirganini ko‘rsatdi. Shuningdek, harakatlar aniqligi va uyg‘unligi bo‘yicha
koordinatsion narvon va murakkab harakatlar testlari natijalari sezilarli darajada yaxshilangan, bu esa sport mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. To‘pni devorga uloqtirib ushlash va fazoviy mo‘ljal olish testlari esa talaba qizlarning tezkor qaror qabul qilish va harakatlarni muvofiqlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berganini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari boshqa ilmiy ishlar bilan solishtirilganda, innovatsion pedagogik yondashuvlar koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishda eng samarali vosita ekanligi tasdiqlanadi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi talaba qizlarining koordinatsion qobiliyatlarini innovatsion yondashuvlar orqali rivojlantirish samaradorligi yuqori ekanligi aniqlandi. Mashg‘ulotlar dastlabki, oraliq va yakuniy testlar orqali baholanganda, barcha ko‘rsatkichlarda sezilarli o‘sish kuzatildi. Innovatsion yondashuvlar talaba qizlarning muvozanatni saqlash, harakat aniqligi, fazoviy mo‘ljal olish va tezkor moslashuv qobiliyatlarini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etishda zamonaviy texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanishning ilmiy jihatdan asosli ekanligini ko‘rsatadi. Kelgusida ushbu yondashuvlarni kengaytirish va murakkab koordinatsion mashqlarni qo‘llash orqali talaba qizlarning jismoniy tayyorgarligi va sport natijalarini yanada oshirish mumkin.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida “PF-5368-son farmoni. 2018 yil 5-mart.
- 2019-2023-yillarda O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi 2019-yil 15-fevral.
- Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sport sohasida bo‘lajak kadrlarni tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari.//Monografiya.–T.:<O‘ZKITOBSAVDO>nashriyoti/-2023.-178 b.,
- N.A.Muslimov. Kasb ta’limi mutaxassislarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi, Monografiya.-T.:» Fan va texnologiya» nashriyoti, 2013.-36 b.,
- S.S.Sharipov. Kasb tanlashga yo‘llash va o‘qitish metodikasi, Darslik T.:O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2014.-133 b., G.S.Nasriddinova. Kasbga yo‘naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari. O’quv qo��llanma. –Toshkent, 2007. 56 b.
- Xolboyeva G.X. Jismoniy madaniyat mutaxassislarini kasbiy-karera faoliyatiga tayyorlash tizimini modernizatsiyalash // Monografiya. Samarqand, nashriyoti, 2024. - 178 bet.
- Xolboyeva G.X. “Jismoniy tarbiya kadrlarini tayyorlashda kasbiy-karyera, gumanitar, mintaqaviy- milliy konsepsiyaviy potensialini oshirish”// Research focus | volume 2 | issue 6| 2023 ISSN: 2181- 3833 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3) - B.156-69. [13.00.00.№14].
- Xolboyeva G.X. Jismoniy tarbiya mutaxassislari kasbiy salohiyatini zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida tizimli modernizatsiyalash // NamDU axborotnomasi. 2024 9-son. B. 538-546. ISSN:2181-1458. ISSN:2181-0427. [13.00.01.№9].
- Xolboyeva G.X. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida jismoniy tarbiya mutaxassislarning kasbiy salohiyatini modernizatsiyalash asosida oshirish // Scientific-theoretical journal of International education research.Vol. 2 No.ISSN 2181-4279 3-son 2024. –B.33-39. [13.00.00.№3].
- Holboyeva G.H., Theory and methodology of physical education. Textbook Samarqand state university edition. 2020; 56-59.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013296
- Nashr sanasi
- 2026-02-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i1.1988
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 210–215
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06