TALABALARNING JISMONIY MASHG‘ULOTLAR VA SOG‘LOM TURMUSH TARZIGA NISBATAN MUNOSABATI SO‘ROVNOMA NATIJALARI TAHLILI
Isabekov Shuhratjon MuhammadjonvichNamangan davlat universiteti Jismoniy tarbiya va amaliy sport turlari kafedrasi dotsent2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 1Sahifa 176–181
Annotatsiya
Maqolada talabalarning jismoniy mashg‘ulotlar va sog‘lom turmush tarziga nisbatan munosabati so‘rovnoma natijalari tahlili ilmiy-pedagogik muammo sifatidagi ahamiyati tadqiq qilingan. Unda xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilgan. talabalarning jismoniy mashg‘ulotlar va sog‘lom turmush tarziga, pedagogik jihatlari ilmiy asoslangan.
Boshqa tillarda
ruschaАНАЛИЗ РЕЗУЛЬТАТОВ ОПРОСА ОБ ОТНОШЕНИИ СТУДЕНТОВ К ФИЗИЧЕСКИМ ЗАНЯТИЯМ И ЗДОРОВОМУ ОБРАЗУ ЖИЗНИ
В статье рассматривается значение анализа результатов анкетирования по отношению студентов к физической культуре и здоровому образу жизни как научно-педагогической проблемы. Обобщены мнения заруб ежных и отечественных исследователей. Научно обоснованы педагогические аспекты отношения студентов к физической культуре и здоровому образу жизни.
inglizchaANALYSIS OF SURVEY RESULTS ON STUDENTS‘ ATTITUDES TOWARDS PHYSICAL EXERCISE AND A HEALTHY LIFESTYLE
The article investigates the significance of the analysis of survey results on students‘ attitudes towards physical exercise and a healthy lifestyle as a scientific and pedagogical problem. It generalises the opinions of foreign and domestic researchers. The pedagogical aspects of students‘ attitudes towards physical exercise and a healthy lifestyle are scientifically substantiated.
Kalit so‘zlar
- ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlanish
- o‘zini o‘zi rivojlantirish
- uzluksiz malaka oshirish
- kasbiy ehtiyoj
- hayot davomida o‘qish” tamoyili
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
TALABALARNING JISMONIY MASHGʻULOTLAR VA SOGʻLOM TURMUSH TARZIGA NISBATAN MUNOSABATI SOʻROVNOMA NATIJALARI TAHLILI Isabekov Shuhratjon Muhammadjonvich Namangan davlat universiteti Jismoniy tarbiya va amaliy sport turlari kafedrasi dotsent E-mail: muhammadjonovibrohim1@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.18441469 Annotatsiya: Maqolada talabalarning jismoniy mashgʻulotlar va sogʻlom turmush tarziga nisbatan munosabati soʻrovnoma natijalari tahlili ilmiy-pedagogik muammo sifatidagi ahamiyati tadqiq qilingan. Unda xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilgan. talabalarning jismoniy mashgʻulotlar va sogʻlom turmush tarziga, pedagogik jihatlari ilmiy asoslangan. Kalit so‘zlar: ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlanish, o‘zini o‘zi rivojlantirish, uzluksiz malaka oshirish, kasbiy ehtiyoj, “hayot davomida o‘qish” tamoyili.
НАУЧНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЗВИТИЯ СОЦИАЛЬНОЛИЧНОСТНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ УЧИТЕЛЕЙ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ Исабеков Шухратжон Мухаммаджонвич Наманганский государственный университет, кафедра физического воспитания и прикладных видов спорта, доцент E-mail: muhammadjonovibrohim1@gmail.com Аннотация: В статье рассматривается значение анализа результатов анкетирования по отношению студентов к физической культуре и здоровому образу жизни как научнопедагогической проблемы. Обобщены мнения зарубежных и отечественных исследователей. Научно обоснованы педагогические аспекты отношения студентов к физической культуре и здоровому образу жизни. Ключевые слова: развитие социально-личностной компетентности, саморазвитие, непрерывное профессиональное развитие, профессиональные потребности, принцип «обучения в течение всей жизни».
АНАЛИЗ РЕЗУЛЬТАТОВ ОПРОСА ОБ ОТНОШЕНИИ СТУДЕНТОВ К ФИЗИЧЕСКИМ УПРАЖНЕНИЯМ И ЗДОРОВОМУ ОБРАЗУ ЖИЗНИ Isabekov Shuhratjon Muhammadjonvich Namangan State University, Associate Professor of the Department of Physical Education and Applied Sports E-mail: muhammadjonovibrohim1@gmail.com Annotation: The article examines the significance of the analysis of the results of the questionnaire on the attitude of students to physical education and a healthy lifestyle as a scientific and pedagogical problem. It summarizes the opinions of foreign and domestic researchers. The pedagogical aspects of students' attitudes to physical education and a healthy lifestyle are scientifically based. Keywords: development of socio-personal competence, self-development, continuous professional development, professional needs, the principle of "lifelong learning".
KIRISH Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, kadrlar tayyorlashning milliy tizimini zamonaviylashtirish, oliy ta’lim muassasalari oʻquv jarayoniga zamonaviy yangi texnologiyalarni joriy etishga yoʻnaltirilgan ishlarni amalga oshirish imkoniyati vujudga keldi. “Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab– quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora–tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora–tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora–tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni mamlakat aholisining salomatligini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarligini oshirib borish boʻyicha chora–tadbirlarni maqsadli amalga oshirishga yordam bermoqda, bunda oliy ta’lim muassasalariga alohida e’tibor qaratilmoqda, zero ularning bitiruvchilari kelgusida mamlakatimiz salohiyatini dunyo hamjamiyati miqyosida oʻstirish imkoniyatiga egadirlar. Ishning maqsadi: Anketa soʻrovi metodi yordamida oʻtkazilgan sotsiologik tadqiqotlar bizni qiziqtirgan koʻpgina savollarga javob olishga imkon berdi. MATERIALLAR VA METODLAR Materiallar va metodlar: "Talaba yoshlarning sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga boʻlgan munosabati" nomli soʻrovnomada Surxondaryo viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalaridan jami 147 nafar talaba, shu jumladan 71 nafar yigitlar va 76 nafar qizlar ishtirok etishdi. Shulardan 16 nafar talaba 1 bosqichda, 38 nafar talaba 2 bosqichda, 42 nafar talaba 3 bosqichda, 51 nafar talaba 4 bosqichda oʻqiydi. Soʻrovnomaning aksariyat ishtirokchilari universitetlarning jismoniy madaniyat va pedagogika ta’lim yoʻnalishi talabalaridir (1–ilovaga qarang). NATIJALAR VA MUHOKAMA Talabalardan “universitetda darslardan keyin toliqishni his etasizmi?” deb soʻralganda, 47% talabalar “ba’zida”, 39% talabalar “kamdan-kam”, 14% talabalar tez-tez yoki doimiy ravishda toliqishini bildirishgan. “Jismoniy tarbiya darslarida (mashgʻulotlarida) xohlab qatnashasizmi?” degan savolga 94% talaba katta xohish yoki xohish bilan qatnashamiz deb javob berishgan. 6% talabalar istaksiz ishtirok etishlarini yoki javob berishga qiynalishini yozishgan. “Jismoniy tarbiya darslariga qatnashib, oʻzingizga qanday vazifalarni qoʻyasiz?” degan savolga 54% talabalar jismoniy sifatlarni tarbiyalash, 21% jismoniy holatni yaxshilash, 19% salomatlikni mustahkamlash vazifalar qoʻyishini aytishgan. Faqatgina 5% talabalar semestr yakunida yaxshi baho olish yoki darsni qoldirganlik uchun muammolarni vujudga keltirmaslik vazifalarini qoʻyishlarini aytishgan. 97% talabalarga jismoniy tarbiya darslari yoqishini, 3% talabalar jismoniy tarbiya darslari yoqmasligi yoki befarqligini aytishgan. “Zamonaviy talaba jismoniy tarbiya va sport bilan barcha bosqichlarda shugʻullanishi lozim deb hisoblaysizmi?” degan savolga 96% talabalar “ha”, 4% talabalar “yoʻq” yoki “bilmayman” deb javob berishgan. “Jismoniy tarbiya dasturidan joy olgan qaysi boʻlimi sizga koʻproq yoqadi?” degan savolga 7% talabalar javob berishga qiynalishini, 15% talabalar engil atletikani, 57% talabalar sport oʻyinlarini, 7% talabalar gimnastikani, 14% talabalar sport kurashini deb javob berganini bildirishgan.
“Jismoniy faoliyat turlaridan qaysi biri bilan shugʻullanishni istaysiz?” degan savolga esa aksariyat talabalar (74%) voleybol, futbol, engil atletika, kurash turlari deb aytishgan. Qolgan talabalar esa aerobika, atletik gimnastika, raqs, qoʻl toʻpi, basketbol, qoʻl jangi yoga, fitness va boshqa sport turlarini (26%) aytib oʻtishgan. Mashgʻulotni samarali tashkil etishda talabalarning 44% jismoniy tarbiya oʻqituvchisining saviyasini, 33% moddiy, texnik ta’minot, sport anjomlari yetarli boʻlishini, 23% mashgʻulotlarda qiziqarli mashqlarni bajarish va mashqlarni tanlashda talabalarning xohish istaklarini inobatga olish lozimligini birlamchi omil deb hisoblashini aytgan. “Oliygoh miqyosida oʻtkaziladigan sport tadbirlarida ishtirok etayapsizmi?” degan savolga 58% talabalar “ha”, 42% talabalar “yoʻq” yoki “kamdan-kam” deb javob berishgan. “Sogʻlom turmush tarzini talabalar hayotiga samarali joriy qilish uchun jismoniy mashgʻulotlar jarayonida nimalar qilish lozim?” degan savolga 54% talabalar mashgʻulotlarga qiziqishni oshirish, 37% talabalar mashgʻulotlarda talabalarga yoqadigan mashqlardan foydalanish, talabalar taklifini inobatga olish, 9% talaba mashgʻulotlarning emotsional fonini yaxshilash lozim deb javob berishgan. “Darslardan tashqari boʻsh vaqtingizni qanday oʻtkazasiz?” degan savolga aksariyat talabalar (41%) sport bilan shugʻullanaman deb javob berishgan. Qolgan talabalar (59%) kitoblar va jurnallar oʻqishini, ijtimoiy tarmoqlarda oʻtirishini, musiqa eshitishini, til va boshqa fan toʻgaraklariga qatnashishini, uyda televizor koʻrishini yoki kompyuter oʻyinlarini oʻynashini, doʻstlari bilan uchrashishini yoki boʻsh vaqtning yoʻqligini bildirishgan. “Siz biron–bir sport turi bilan shugʻullanganmisiz, sport toʻgaragiga tashrif buyurganmisiz?” degan savolga 86% talabalar “ha”, 14% talabalar “yoʻq” deb javob berishgan. “Siz turli xil sport seksiyalari, suzish havzalari va boshqa sport zallariga borib shugʻullanasizmi?” degan savolga 52% talabalar muntazam shugʻullanishini, 45% talabalar vaqt yoki mablagʻyetishmasligi sababli shugʻullana olmayotganini bildirishgan. 3% talabalar bunga ehtiyoj sezmasliklarini aytishgan. Talabalardan “jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish salomatlikni mustahkamlashga ta’sir qiladimi?” deb soʻralganda, 90% talabalar kuchli ta’sir qilishini aytishgan, 10% talabalar biroz ta’sir qiladi yoki umuman ta’sir qilmaydi deb xisoblashini aytishgan. Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarida olingan bilim, malaka va koʻnikmalar keyinchalik hayotlarida kerak boʻlishi soʻralganda, 95% talabalar “albatta ha”, 5% talabalar “ehtimol” deb javob berishgan. “Sport bilan oxirgi marta qachon shugʻullangansiz?” degan savolga 56% talabalar kecha shugʻullanganini, 44% talabalar bir hafta oldin, bir oy oldin yoki eslay olmasligini aytishgan. “Agar hayotingizni yangitdan boshlaganingizda, biron bir sport turi bilan shugʻullanishni xohlarmidingiz?” degan savolga 97% talabalar “ha, albatta” deb javob berishgan. Salomatlikning ahamiyati haqida 98% talabalar muhim va katta ahamiyatga ega deb javob berishgan. Salomatlik birinchi navbatda nima uchun kerakligi soʻralganda 41% talabalar oʻz hayotlaridagi rejalarni amalga oshirishda kasalliklar xalaqit bermasligi uchun kerakligini, 52% talabalar oʻz sohalarida yuqori natijalarga erishish va farovon yashash uchun kerakligini, 5% talabalar sportda yuqori natijalarga erishish uchun kerakligini, 2% talabalar oʻz oilalariga tashvish boʻlmaslik uchun kerakligini bildirishgan.
“Sizning salomatligingiz uchun kim masʻul va javobgar?” degan savolga 90% talabalar “oʻzim” deb javob berishgan. 10% talabalar oilam yoki muhit deb javob berishgan. Sogʻlom turmush tarzi nimaligini bilishi soʻralganda 98% talabalar “ha bilaman” deb javob berishgan. “Siz tez–tez turmush tarzingiz toʻgʻriligi haqida oʻylaysizmi?” degan savolga 77% talabalar buni koʻp tahlil qilishlarini, 23% talabalar esa bu haqida kamdan-kam hollarda oʻylashini yoki umuman oʻylamasligini yoki kasal boʻlib qolganida oʻylashini aytishgan. Talabalardan ularning sogʻlom turmush tarziga munosabati haqida soʻralganda 79% talaba “zoʻr”, 13% talabalar ba’zan sogʻlom turmush tarziga amal qilish kerakligini, 8% talabalar bu haqida oʻylamay yashash mumkinligini yoki javob bera olmasligini bildirishgan. Sogʻlom turmush tarzining asosini nima tashkil etishi haqida soʻralganda talabalarning 52%, jismoniy mashgʻulot, sport bilan shugʻullanish, 20% sogʻlom turmush tarzi toʻgʻrisidagi bilimlarga ega boʻlish, 16% yomon odatlarning yoʻqligi, 12% ilmiy asoslangan tarzda ovqatlanish, diniy amallarga rioya qilish deb javob bergan. Sogʻlom turmush tarziga rioya qilish deganda birinchi navbatda nimani tushunishlari soʻralganda 56% talabalar kun tartibiga rioya qilishni, 23% talabalar sport bilan muntazam shugʻullanishni, 21% talabalar toʻgʻri ovqatlanish, ijobiy kayfiyatda yurishni aytgan. Talabalardan sogʻlom turmush tarziga yetarlicha amal qilishlari soʻralganda 49% talabalar yetarlicha amal qilmayotganini yoki umuman amal qilmasligini, 44% talabalar yetarlicha amal qilishini, 7% talabalar javob berishga qiynalishini bildirishgan. Talabalardan jismoniy mashgʻulotlar va sogʻlom turmush tarzi nima uchun muhimligi soʻralganda, 41% talabalar oʻzlarini yaxshi his qilish uchun, 46% talabalar oʻz maqsadlariga erishish uchun, 10% talabalar oʻz vaqtlarini samarali rejalashtirish va fanlardan oʻzlashtirish samaradorligini oshirishi uchun, 3% talabalar insonlar bilan muloqot samaradorligini oshirish uchun kerakligini bildirishgan. Talabalardan oʻz hayot tarzini sogʻlom turmush tarziga rioya qilgan holda oʻzgartirishni xohlashi haqida soʻralganda 72% talabalar oʻzgartirishni xohlashi va bunga intilayotganini bildirishgan, 16% talabalar oʻzgartirishni istamasligini, 12% talabalar oʻzgartirishni xohlashi, biroq oʻzgartirishga imkoni (vaqt, mablagʻ, iroda) yoʻqligini yoki qanday oʻzgartirishni bilmasligi va shu sabab biron bir narsa qilishi dargumonligini bildirishgan. “Ertalabki badantarbiya bilan shugʻullanasizmi?” deb soʻralganda 47% talabalar muntazam ravishda yoki tez-tez shugʻullanishlarini, 43% talabalar ba’zida shugʻullanishini, 10% talabalar umuman shugʻullanmasliklarini bildirishgan. Talabalardan “tamaki chekasizmi?” deb soʻralganda 93% talabalar “yoʻq”, 7% talabalar “ha” yoki “ba’zida” deb javob berishgan. Talabalardan “spirtli ichimliklarni iste’mol qilasizmi?” deb soʻralganda 96% talabalar “yoʻq”, 6% talabalar “ha” yoki “ba’zida” deb javob berishgan. Talabalardan oʻz harakat faolliklarini baholash soʻralganda, 70% talabalar “a’lo” yoki “yaxshi” baholashini, 30% talabalar “qoniqarli” yoki “yomon” baholashini bildirishgan. Talabalardan oʻz sogʻligʻini qanday baholashlari soʻralganda, 83% talabalar “yaxshi” yoki “a’lo” darajada baholashini, 17% talabalar “qoniqarli” yoki “yomon” baholashini bildirishgan. Qanchalik tez-tez kasal boʻlishlarlari soʻralganda, 33% talabalar deyarli kasal boʻlmasligini, 59% talabalar kamdan-kam hollarda kasal boʻlishini, 8% talabalar tez-tez kasal boʻlishini bildirishgan. Talabalardan sogʻlom va vitaminlarga boy ovqat mahsulotlari xarid qilish uchun qancha mablagʻsarflashlari soʻralganda, 65% talabalar koʻp yoki juda koʻp mablagʻsarflashlarini, 35% talabalar oz yoki deyarli sarflamasligini bildirishgan.
Talabalardan ularning ota–onalari yoshlik chogʻida sport bilan shugʻullanishgani soʻralganda, 64% talabalar “ha”, 19% talabalar “yoʻq” deb javob berishgan. 17% talabalar bilmasliklarini bildirishgan. “Oilangizda jismoniy tarbiyaga e’tibor beriladimi?” deb savol berilganda, 72% talabalar “ha”, 21% talabalar “kamdan-kam”, 7% talabalar “yoʻq” deb javob berishgan. Jismoniy tarbiya, sport yoki sogʻlom turmush tarziga oid kitoblarning talabalar uyida mavjudligi soʻralganda, 75% talabalar borligini, 25% talabalar yoʻqligini bildirishgan. Talabalardan oʻzlari istiqomat qiladigan hududning ekologik holatini baholash soʻralganda, 69% talabalar “qoniqarli”, 31% talabalar “qoniqarsiz” deb baholashini bildirishgan. Soʻrovnomada qatnashgan talabalar sogʻlom hayot tarzini saqlab qolish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarga nisbatan oʻzlarining afzalliklarini bildirdilar. “Ularning javoblarida jismoniy mashqlar, yugurish va yurish, jismoniy mashqlarning noan’anaviy tizimlari, gimnastika, nafas olish mashqlaridan foydalanish usullari, ovqatlanish va oʻz-oʻzini boshqarishni yaxshilash usullari haqidagi ma’lumotlar kerakligini bildirgan”. Qolaversa, dori–darmonlar va vitaminlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, chiniqish, saunadan foydalanish, autogen mashqlar boʻyicha ma’lumotlar kerakligi toʻgʻrisida ham fikrlar bildirilgan. Talabalardan qanchalik tez–tez tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun tibbiyot muassasalariga tashrif buyurishi haqida soʻralganda, 47% talabalar kasal boʻlsagina borishini, 47% talabalar yiliga 1–2 marta yoki 2 martadan koʻproq borishini, 7% talabalar uy sharoitida davolanishini bildirishgan. Oʻz hayotlari davomida surunkali kasalliklar bilan kasallangani haqida soʻralganda, 13% talabalar kasallanganini, 87% talabalar kasallanmaganini bildirishgan. XULOSA Xulosa. Soʻrovnoma natijalari tahlili shuni koʻrsatdiki, talabalarning aksariyati jismoniy tarbiya va sogʻlom hayot tarzining ahamiyati haqida yetarlicha tushunchaga ega emas, bu borada quyidagi muammolar aniqlandi: - jismoniy faollikning past darajasi: Koʻpchilik talabalar vaqtining koʻp qismini kompyuterda yoki muntazam mashgʻulotlarga e’tibor bermay oʻqishda oʻtkazadilar. - sogʻlom ovqatlanish haqida bilimlarning yetishmasligi: Talabalar har doim ham muvozanatli ovqatlanishning ahamiyatini va uning umumiy salomatlikka ta’sirini tushunmaydilar. - motivatsiyaning yetishmasligi: Ba’zi talabalar jismoniy mashqlar va sogʻlom hayot tarzini saqlab qolish uchun yetarli ragʻbat koʻrmaydilar. Ushbu natijalardan kelib chiqib, talabalarning jismoniy faollikka, sogʻlom turmush tarziga qiziqishini oshirishga qaratilgan dasturlarni koʻproq oʻrganish va ishlab chiqish zarurligini xulosa qilish mumkin.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- “Oʻzbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasining kontseptsiyasi”. 29 dekabr, 2018 y. Muhokama uchun materiallar 93. "Buyuk kelajak" xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti. 447.
- “Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab–quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora–tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Toshkent sh., 2018 yil 18 dekabr, PQ–4063–son.
- “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora–tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 2020 yil 24 yanvar, PF–5924–son.
- “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora– tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 2020 yil 30 oktyabr, PF–6099–son.
- Аврамова Т. И. Психологическое сопровождение студентов: поддержка и развитие //Медико-биологические и педагогические основы адаптации, спортивной деятельности и здорового образа жизни. – 2017. – С. 131-133.
- Алексеев, Р. А. Семья как фактор здорового образа жизни личности / Р. А. Алексеев, В. В. Рыжов // Вестник университета. – 2014. – № 5. – С. 183-188. – edn sephvt.
- Андрющенко Ю. В., Шушканова С. Г. Психологический аспект формирования мотивации к занятиям физической культурой у студентов //Педагогика, психология, общество: от теории к практике. – 2023. – С. 207-210.
- Базанов А. Н. Режим двигательной активности, тренировочный ритм //Международный журнал гуманитарных и естественных наук. – 2021. – №. 3-2. – С. 67-70.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013290
- Nashr sanasi
- 2026-02-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i1.1982
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 176–181
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06