TA‘LIM MUASSASALARI TALABALARIDA MA‘NAVIY QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISH - IJTIMOIY PEDAGOGIK ZARURIYAT SIFATIDA.
Malika Uraimjonova Qaxramon qizi1, Gulchehra Ismatova Abdirafikovna22026
- 1O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Pedagogik ta‘lim kafedrasi “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi II kurs magistranti.
- 2Ohangaron shahar texnikumi tarbiya-huquq fani o‘qituvchisi
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 1Sahifa 135–139
Annotatsiya
Maqolada ma‘naviy qadriyatlar talabaning shaxsiyati, ijtimoiy faolligi va kasbiy mas‘uliyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda globalizatsiya, madaniy o‘zgarishlar va axborot maydonining kengayishi natijasida talabalarning ma‘naviy‑axloqiy orientatsiyalari zaiflashishi, asabiylashuv va bo‘shliqqa yo‘nalishi kabi salbiy tendensiyalar yuzaga kelmoqda. Ushbu maqola ta‘lim muassasalarida ma‘naviy tarbiya tizimini ijtimoiy pedagogik zaruriyat nuqtai nazaridan o‘rganishni maqsad qilgan.
Boshqa tillarda
ruschaРАЗВИТИЕ ДУХОВНЫХ ЦЕННОСТЕЙ У УЧАЩИХСЯ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ ЯВЛЯЕТСЯ СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ НЕОБХОДИМОСТЬЮ
В статье подчеркивается, что духовные ценности играют важную роль в формировании личности студента, его социальной активности и профессиональной ответственности. Сегодня, в результате глобализации, культурных изменений и расширения информационного пространства, возникают негативные тенденции, такие как ослабление духовно-нравственной ориентации студентов, нервозность и апатия. Цель данной статьи — изучить систему духовного воспитания в образовательных учреждениях с точки зрения социально-педагогической необходимости.
inglizchaTHE DEVELOPMENT OF SPIRITUAL VALUES IN STUDENTS OF EDUCATIONAL INSTITUTIONS AS A SOCIAL AND PEDAGOGICAL NECESSITY.
The article emphasises that spiritual values occupy an important place in shaping the student‘s personality, social activity and professional responsibility. Today, as a result of globalisation, cultural changes and the expansion of the information space, negative tendencies are arising, such as the weakening of the spiritual and moral orientations of students, nervousness and a drift towards emptiness. The aim of this article is to study the system of spiritual education in educational institutions from the point of view of socio-pedagogical necessity.
Kalit so‘zlar
- ma‘naviyat
- qadriyatlar
- ta‘lim muassasasi
- ijtimoiy pedagogika
- talabalar
- tarbiya
- pedagogik texnologiyalar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA MA’NAVIY QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISH - IJTIMOIY PEDAGOGIK ZARURIYAT SIFATIDA. Malika Uraimjonova Qaxramon qizi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Pedagogik ta’lim kafedrasi “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni” o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi II kurs magistranti. Gulchehra Ismatova Abdirafikovna Ohangaron shahar texnikumi tarbiya-huquq fani o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.18477086 Annotatsiya: Maqolada ma’naviy qadriyatlar talabaning shaxsiyati, ijtimoiy faolligi va kasbiy mas’uliyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda globalizatsiya, madaniy o‘zgarishlar va axborot maydonining kengayishi natijasida talabalarning ma’naviy‑axloqiy orientatsiyalari zaiflashishi, asabiylashuv va bo‘shliqqa yo‘nalishi kabi salbiy tendensiyalar yuzaga kelmoqda. Ushbu maqola ta’lim muassasalarida ma’naviy tarbiya tizimini ijtimoiy pedagogik zaruriyat nuqtai nazaridan o‘rganishni maqsad qilgan. Kalit so‘zlar: ma’naviyat, qadriyatlar, ta’lim muassasasi, ijtimoiy pedagogika, talabalar, tarbiya, pedagogik texnologiyalar.
РАЗВИТИЕ ДУХОВНЫХ ЦЕННОСТЕЙ У УЧАЩИХСЯ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ ЯВЛЯЕТСЯ СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ НЕОБХОДИМОСТЬЮ. Аннотация: В статье подчеркивается, что духовные ценности играют важную роль в формировании личности студента, его социальной активности и профессиональной ответственности. Сегодня, в результате глобализации, культурных изменений и расширения информационного пространства, возникают негативные тенденции, такие как ослабление духовно-нравственной ориентации студентов, нервозность и апатия. Цель данной статьи — изучить систему духовного воспитания в образовательных учреждениях с точки зрения социально-педагогической необходимости. Ключевые слова: духовность, ценности, образовательное учреждение, социальная педагогика, студенты, воспитание, педагогические технологии.
THE DEVELOPMENT OF SPIRITUAL VALUES IN STUDENTS OF EDUCATIONAL INSTITUTIONS IS A SOCIAL AND PEDAGOGICAL NECESSITY. Abstract: The article emphasizes that spiritual values play an important role in the formation of a student's personality, social activity and professional responsibility. Today, as a result of globalization, cultural changes and the expansion of the information space, negative trends are emerging, such as the weakening of students' spiritual and moral orientations, nervousness and apathy. This article aims to study the system of spiritual education in educational institutions from the perspective of social pedagogical necessity. Keywords: spirituality, values, educational institution, social pedagogy, students, upbringing, pedagogical technologies.
KIRISH Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy islohotlar, ta’lim tizimini ham tubdan yangilash, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish ustuvor vazifa etib belgilandi. Chunki ta’lim tizimini o‘zgartirmasdan, uning samaradorligini ta’minlamasdan turib intellektual salohiyatga ega va ma’naviy yuksak barkamol avlodni tarbiyalash mumkin emas.
Zero, chuqur va mustahkam bilimga hamda intellektual qobiliyatga ega, dunyoqarashi keng, ma’naviy-axloqiy kamolga yetgan mutaxassislarni tayyorlash – respublikamizning kelajakda rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishining muhim omillaridan biridir. Jamiyatning rivojlanishi, barqarorligi va kelajagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning a'zolarining ma'naviy-axloqiy kamoloti bilan bog'liq. Ayniqsa, yoshlar, kelajak avlodning ma'naviy dunyosini shakllantirish muhim vazifalardan biridir. Ta’lim muassasalari esa yoshlarning nafaqat intellektual, balki ma’naviy-axloqiy tarbiyasida ham markaziy rol o‘ynaydi. Shuning uchun ta’lim muassasalari talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishni asosiy ijtimoiy-pedagogik zaruriyat sifatida ko‘rib chiqish lozim. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim jarayonida talabalarning ma’naviy olamini shakllantirib, ularda umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirishning eng muhim muammolari ekanligi e’tiborga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Yangi ma’naviy makon nima? Mening nazarimda, u - biz orzu qilayotgan Yangi O‘zbekistonning ma’naviy qiyofasi yaqqol aks etadigan, xalqimiz intilayotgan va el-yurtimiz baxtiyor yashaydigan ma’rifatli jamiyatdir”
Dunyo mutafakkirlari va ulug’ajdodlarimizning bebaho ma’naviyati mahsuli bo‘lmish pand- nasihatlari va dono fikrlari, ibratli so‘zlari yoshlar tarbiyasida naqadar muhim ahamiyat kasb etishini mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘z ma’ruzalarida ‘‘Yuksak ma’naviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash biz uchun eng muhim masalalardan biridir’’ shunday ta’kidlaydi. Bugungi kunda ta’lim standartlariga asosan bakalavriat talabalarining bilimini, tafakkurini, ilmiy dunekarashini oshirishda o‘quv fanlari bo‘yicha beriladigan bilimlarni chuqur va mustahkam egallab olishlari va ular dunyoqarashining shakllanganligi darajasida tizimli bilimlarga ega bo‘lishi, davlat siyosatining dolzarb masalalarini, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi e’tiborga olingan. Shuningdek, tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega ekanligi, umumkasbiy bilimlarni egallashda hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va kasbiy faoliyatida foydalana bilishi, ilmiy tasavvur va etiqodga ega bo‘lishi lozim. Bunda axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullarini egallay bilishi, o‘z kasbiy faoliyatida mustaqil qaror qabul qila olishdir, yangi bilimlarni mustaqil holda egallay bilishi, mustaqil fikr yuritishi, o‘z faoliyatini tashkil eta olishi. Bu talablardan kelib chiqqan holda ‘‘Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari fanlarini o‘qitish metodikasi’’ talim yo‘nalishi bo‘yicha samaradorlikni oshirishda quyidagilar nazarda tutiladi: milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o‘zlashtirishda talaba xar bir mavzuni chuqur va mustahkam bilishi; egallagan bilimlarining izchilligi; mustaqil, erkin, ijodiy fikrlay olishi; qo‘yilgan muammolarni mustaqil hal eta olishi; o‘rgangan bilimlarini amaliyotda qo‘llay bilishi; ta’limda ishonch bilan, mustaqil, erkin, izchil, tezkor qarorlar qabul qila olishi; ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik darajasini shakllantirishda talabalarning burch va vazifalariga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishi. Lekin ma’lum davrda milliy g’oya, ma’naviyat asoslarini o‘qitish metodikasi jarayoni ham totalitar tuzum ta’sirida milliy asoslardan ajralib qolib, buyruqbozlik asosida tuzilgan edi. Faqat mustaqillik sharofati bilan milliy va umuminsoniy qadriyat va ananalar qayta tiklanib, Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari fanlarini o‘qitish metodikasi’’ jarayoni ham milliy va umuminsoniy qadriyatlar to‘grisidagi qarashlar bilan boyitildi.
MATERIALLAR VA METODLAR Pedagogik hodisalarni o‘rganishda milliy va umuminsoniy qadriyat inson hayoti faoliyatining qimmatli-maqsadli ta’sir etuvchi jixatining mazmuni shaxsning insoniyat madaniyatini tashkil etadigan moddiy va ma’naviy qadriyatlarni anglab yetishi, etirof qilishi hamda faollashtirish va yaratuvchanlikka bo‘lgan xarakatini yo‘naltirish bilan belgilanadi. Amaliy va nazariy bilish o‘rtasidagi aloqa mexanizmi rolini milliy va umuminsoniy qadriyat yoki nazariya bilan amaliyot o‘rtasida o‘ziga xos ‘‘ko‘prik’’ sanalgan qadriyatli yondashuv bajaradi. Shu jixatdan adolat, ezgulik, vijdonlilik, insof, hayot, sog‘liq, muxabbat, ta’lim, mehnat, oila, tinchlik, go‘zallik, axloqiylik va ijodkorlik kabi qadriyatlar insonlarni barcha zamonlarda o‘ziga jalb etib kelgan. Pedagogikada milliy va umuminsoniy qadriyatlar muammosi mustaqillikdan keyingi yillarda jiddiy e’tiborga loyiq muammo sifatida etirof etila boshlandi. Jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar yoshlarga yangi, hayot uchun muhim qadriyatlarni izlab topish, ularni xozirgi davr o‘quuv-tarbiya jarayoniga kiritish metodikasini ilmiy asoslash tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan intellektual saloxiyatta ega, jismonan sog‘lom, axloqan pok, ma’naviy yetuk mutaxassislarni tayyorlashni kun tartibiga qo‘ymoqda. Bu dolzarb muammoni hal etishda talim-tarbiya iste’moliga milliy qadriyatlarimizni kiritish orqali vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy yuksaklikni tarbiyalash bugungi kunda kasb maxorati bilan birga intellektual saloxiyatni ham tarkib toptiradi. Shunga k‘ra, milliy vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy, estetik fanlarni o‘qitishda uyg‘unlik muhim ahamiyatga ega.Pedagogik nuqtai nazardan qaraganda yosh avlod uchun uni ma’naviyat sifatida rivojlantirish va shakllantirishga yordam beradigan qadriyatlar foydalidir. Shuning uchun yoshlar ongini ‘‘zaxarlash’’ga qarshi kurashda ular ongiga va o‘quv-tarbiya jarayoniga ana shu qadriyatlar g‘oyalarini singdirish muhim. Zero, yoshlar qadriyatlarni hayot uchun foydali ekanligini anglab yetgandagina ularda qiziqish ortadi. Bu borada ikki muhim masalani nazarda tutmoq lozim: 1. O‘quv-tarbiya jarayoniga ilmiy asoslangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tanlab olish. 2. Ana shu qadriyatlarni ta’lim jarayoniga oqilona kiritish va o‘quvchilar ongiga singdirish. O‘quv rejalar, dasturlar va darsliklarga hayot tajribasidan o‘tgan qadriyatlarni yoki xozirgi davr ta’limi uchun zarurlarini kiritish dasturlarni ilmiy asos bo‘yicha tizimlashtirish va aniq mezonlar asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq.
NATIJALAR Nima uchun bu ijtimoiy-pedagogik zaruriyat deb bilishimiz zarur. Bunga sabablar keltiradigan bo‘lsak. Jamiyatning barqarorligi va rivojlanishi uchun. Ma’naviy qadriyatlarga ega shaxslar jamiyatda nizolar va axloqsizlikning oldini oladi, ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlaydi va iqtisodiy-siyosiy rivojlanishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Shaxsning sog‘lom kamoloti uchun. Ma’naviy komil inson faqat yaxshi mutaxassis bo‘lib qolmaydi, balki jamiyatda o‘z o‘rnini topa oladi, baxtli hayot kechiradi va atrofdagilarga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Milliy o'zlikni saqlash va rivojlantirish uchun. Global dunyoda milliy qadriyatlarning yo‘qolib ketish xavfi mavjud. Ta’lim muassasalari bu qadriyatlarni yoshlarga singdirishda muhim rol o‘ynaydi.
Axloqsizlik va jinoyatchilikning oldini olish uchun. Ma’naviy qadriyatlardan uzoqlashgan shaxslar turli xil yomon illatlarga, jinoyatchilikka moyil bo‘lishi mumkin. Ma’naviy tarbiya esa profilaktika vositasi hisoblanadi.
Yoshlarning turli tahdidlardan himoyasi: G’oyaviy xurujlar, destruktiv oqimlar, axloqsizlik targ’iboti zamonaviy dunyoda keng tarqalgan. Ma’naviy immunitetga ega bo‘lgan yoshlar bu tahdidlarga qarshi turishga qodir bo‘ladi.
Ta’lim muassasalarining roli va vazifalari ham ustuvordir. Tarbiya jarayonini tashkil etish: Sinfdan tashqari tadbirlar, ma'naviyat soatlari, badiiy kechalar, davra suhbatlari, kitobxonlik haftaliklari, madaniyat markazlariga sayohatlar tashkil qilish.
O‘quv dasturlariga ma’naviy-axloqiy mazmunni singdirish: Fanlarni o‘qitish jarayonida o‘zbek xalqining boy ma'naviy merosi, milliy qadriyatlar, buyuk ajdodlar hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar berib borish. Namuna ko‘rsatish: O‘qituvchi-pedagoglarning o‘zlari ma’naviy barkamol bo‘lishlari va o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lishlari. Ota-onalar bilan hamkorlik: Ota-onalarni tarbiya jarayoniga faol jalb etish, ma’naviy qadriyatlarni oilada ham targ‘ib qilishga undash. Ijtimoiy-madaniy muhitni yaratish:O‘quv yurtida ma’naviyatga, madaniyatga, ijodga, sportga e’tibor qaratiladigan ijobiy muhitni shakllantirish. MUHOKAMA Ma’naviy qadriyatlar yosh avlodga hayotni yanada teran anglab yetish, jamiyatning huquqiy me’yorlariga rioya etish, o‘zlarining hayot tarzini xuquqiy-axloqiy me’yorlarga moslashtirishga yordam beradi. Shuning uchun ham umuminsoniyatning qadrlash meyorlari borasida to‘plangan yutuqlarini umumlashtirgan bilim sohalari imkoniyatidan foydalanish ta’lim samaradorligining asosiy mezonlaridan sanaladi. Chunki falsafiy milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mohiyati pedagogik faoliyatning xususiyatlari, uning ijtimoiy roli va shaxsni shakllantirishdagi imkoniyatlari bilan belgilanadigan milliy va umuminsoniy qadriyatlar pedagogikada ham madaniy yondashuvni talab etadi. Ta’lim tizimida inson hayoti uchun milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asoslashga intilish pedagogik bilimlar rivojlanishining barcha bosqichlarida mavjud bo‘ladi. Biroq u inson bilan jamiyat o‘rtasida vujudga kelgan o‘zaro munosabatlarning natijasi o‘laroq ta’limning ham qadriyat maqomini belgilaydi. Tadqiqotchilar bu bilan qadriyatlar, birinchidan, voqelikda mavjud bo‘lgan tabiat va jamiyat ne’matlari, xodisalarini ifodalasa, ikkinchidan ularni qadriyat turkumiga kiritish yoki kiritmaslik kishilarning extiyojlari, manfaatlari, maksadlari, orzu-umidlari bilan belgilanishi, uchinchidan esa, tabiat va jamiyat istaklari, xodisalarini qadriyatlar turkumiga kiritilishining asosiy sababi - kishilar ularni qadrlaydilar, avaylab-asraydilar, chunki kadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi deb tushuntiradilar. Tadqiqotchi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning moxiyatini milliy va umuminsoniy qadriyatlar tamoyillar tizimi orqali yoritish mumkinligini quyidagilarda deb ko‘rsatadi: qadriyatlarning yagona insonparvarlik tizimi doirasida ularning madaniy va epik xususiyatlarining xilma-xilligini saqlangan holda falsafiy qarashlar bilan teng xuquqliligi; an’analar va ijodning teng ahamiyatliligi, o‘tmishdagi ta’limotlar va tadqiqotchilarning ma’naviy kashfiyotlari imkoniyatlarini o‘rganish, foydalanish zarurligi, an’anaviy va zamonaviylikning o‘zaro bir-birini boyituvchi dialoglar zarurligini e’tirof etish; insonlarning hayot kechirishdagi tengligi, qadriyatlarning paydo bo‘lishi to‘grisidagi soxta munozaralar o‘rniga amaliyotda ijtimoiy- madaniy dialog va faollik kursatishdir. XULOSA Xulosa shuki tadqiqitlarimiz ijtimoiy pedagogik zaruriyat sifatida ma’naviy tarbiya integratsiyasining ta’lim muassasalari pedagogik tizimiga ijobiy ta’sirini va uning talabaning ijtimoiy mas’uliyatini, hamjihatligini hamda madaniy identifikatsiyasini mustahkamlashini ko‘rsatadi. Ta’lim muassasalari talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish har qanday jamiyatning kelajagi uchun asosiy shartdir. Bu nafaqat pedagogik vazifa, balki chuqur ijtimoiy zaruriyatdir. Faqat ma’naviy jihatdan barkamol shaxslargina yurtimizni yanada gullashiga, xalqimizning obro‘yini dunyoda yanada oshirishiga hissa qo‘sha oladi. Shu sababli, bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy ravishda puxta o‘ylangan, tizimli va samarali bo‘lishi lozim.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. –Т.: Ўзбекистон, 2021. –Б. 276
- Sobirova M, Zamonov Z, Niyozmatov A, Xo‘jayev M. Milliy g‘oya, ma’naviyatning pedagogik asoslari. –T.: “Nodirabegim” nashriyoti. 2022 y.
- Musaev O. va boshqalar. Ma’naviyat asoslari. O‘quv-qo‘llanma.-T.: Mehnat, 2019. -310 b.
- www.ma’naviyat.uz
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013284
- Nashr sanasi
- 2026-02-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i1.1976
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 135–139
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06