Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

10-14 YOSHLI OG‘IR ATLETIKACHILARDA MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJASINI OSHIRISH MASALALARI

Zokirov Ravshanbek To‘lqinboy o‘g‘liO‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi, Chirchiq, O‘zbekiston2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 10Sahifa 148–151

Annotatsiya

Mazkur maqolada 10-14 yoshli og‘ir atletikachilarda maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish masalalariga oid kuzatuv natijalari muhokamasi hamda tadqiqotga asoslanib ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar bayon etilgan.

Boshqa tillarda

ruschaВОПРОСЫ ПОВЫШЕНИЯ УРОВНЯ СПЕЦИАЛЬНОЙ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВЛЕННОСТИ ТЯЖЕЛОАТЛЕТОВ 10-14 ЛЕТ

В данной статье рассмотрены результаты наблюдений, касающиеся вопросов повышения уровня специальной физической подготовки у тяжелоатлетов в возрасте 10–14 лет. На основе проведённых исследований изложены предложения и рекомендации по совершенствованию данного процесса.

inglizchaISSUES OF INCREASING THE LEVEL OF SPECIAL PHYSICAL FITNESS IN 10-14 YEAR-OLD WEIGHTLIFTERS

This article discusses the results of observations concerning the issues of increasing the level of special physical fitness in 10-14 year-old weightlifters, and sets out the proposals and recommendations developed on the basis of the research.

Kalit so‘zlar

  • Maxsus jismoniy tayyorgarlik
  • portlovchi kuch
  • kuch chidamlilik
  • tayyorgarlik tomonlari

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

10-14 YOSHLI OGʻIR ATLETIKACHILARDA MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJASINI OSHIRISH MASALALARI Zokirov Ravshanbek To‘lqinboy o‘g‘li O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi Chirchiq, O‘zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.17503844 Annotatsiya: Mazkur maqolada 10-14 yoshli ogʻir atletikachilarda maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish masalalariga oid kuzatuv natijalari muhokamasi hamda tadqiqotga asoslanib ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar bayon etilgan. Kalit so’zlar: Maxsus jismoniy tayyorgarlik, portlovchi kuch, kuch chidamlilik, tayyorgarlik tomonlari.

ВОПРОСЫ ПОВЫШЕНИЯ УРОВНЯ СПЕЦИАЛЬНОЙ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ У ТЯЖЕЛОАТЛЕТОВ В ВОЗРАСТЕ 10–14 ЛЕТ Зокиров Равшанбек Тулқинбой угли Преподаватель кафедры теории и методики физического воспитания и спорта Узбекский государственный университет физической культуры и спорта Чирчик, Узбекистан E-mail: Ravzok24@gmail.com Аннотация: В данной статье рассмотрены результаты наблюдений, касающиеся вопросов повышения уровня специальной физической подготовки у тяжелоатлетов в возрасте 10–14 лет. На основе проведённых исследований изложены предложения и рекомендации по совершенствованию данного процесса. Ключевые слова: специальная физическая подготовка, взрывная сила, силовая выносливость, стороны подготовки.

ISSUES OF IMPROVING THE LEVEL OF SPECIAL PHYSICAL TRAINING IN WEIGHTLIFTERS AGED 10–14 Zokirov Ravshanbek To‘lqinboy o‘g‘li Teacher, Department of Theory and Methodology of Physical Education and Sports Uzbek State University of Physical education and Sports Chirchik, Uzbekistan E-mail: Ravzok24@gmail.com Abstract: This article discusses the results of observations related to improving the level of special physical training in weightlifters aged 10–14. Based on the conducted research, proposals and recommendations for enhancing this process are presented. Keywords: special physical training, explosive strength, strength endurance, aspects of training.

KIRISH Soʻnggi oʻn yillikda zamonaviy sportning murakkablashish jarayoni kuzatilmoqda. Yosh sportchilarni mashgʻulot jarayoniga jalb etish sport murabbiylariga katta mas’uliyat yuklaydi va yosh sportchilarni tayyorlashning ilmiy-uslubiy ta’minotiga yuqori talablar qoʻyadi. Ayniqsa, kuch yuklamalari bilan bogʻliq hollarda bu 10 yoshdan boshlab tavsiya etiladi. Maktab oʻquvchilarining jismoniy tayyorgarligida me’yorlangan ogʻirliklarning asosiy roli hamda ogʻir atletika sportida yosh sportchilarni tayyorlashning katta ilmiy-uslubiy tajribasi

mavjudligini hisobga olsak, bizningcha, ogʻir atletikaning mavjud va sinovdan oʻtgan vositalaridan foydalanish bolalar va oʻsmirlarda nafaqat kuchni, balki har tomonlama tayyorgarlik darajasini oshirishda eng samarali usul hisoblanadi. Ogʻir atletika guruhlarida mashgʻulotlarni endi boshlayotganlar turli yosh guruhlariga mansub boʻlishi mumkin. Ular turli jismoniy va funksional darajalarga ega boʻlib, bunga muvofiq turli moslashuv imkoniyatlariga ega boʻlishadi. Yosh ogʻir atletikachilarni tayyorlashning an’anaviy uslubida mashgʻulot yuklamalarini rejalashtirish va me’yorlash odatda koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlariga asoslanadi, shugʻullanuvchining yoshi va jismoniy koʻrsatkichlari nuqtai nazaridan esa umumiy yondashuv ustunlik qiladi. Bu koʻpchilik yosh sportchilar uchun mashgʻulot ta’sirlarining haddan tashqari yuqori yoki past boʻlishiga olib kelishi mumkin. Soʻnggi 10-15 yil ichida mahalliy va xorijiy adabiyotlarda 10 yoshdan boshlab alohida yosh guruhidagi ogʻir atletikachilarni mashq qilish uslubi haqida toʻliq ma’lumotlar mavjud bular: R.M.Matkarimov, A.Z.Xadjayev, А.I.Lukyanov, B.E.Podskotskiy, L.S.Dvorkin va boshqalarning bir qator ilmiy-uslubiy ishlari zamonaviy bolalar va oʻsmirlarni qamrab olishga imkon bermaydi, chunki ular alohida yoshni emas, balki 13-15 va 16-18 yoshdagi davrni qamrab oladi. Shu sababli ushbu dissertatsiya ishi dolzarb boʻlib, u 10 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlarni ogʻir atletik boʻyicha boshlangʻich tayyorgarligining uslubiy yondashuvlarini ilmiy tarafdan yoritib beradi. Tadqiqotning maqsadi 10-14 yoshli yosh ogʻir atletikachilarni tayyorgarlikning boshlangʻich bosqichida oʻquv-mashgʻulot jarayonining samaradorligini oshirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot vazifalari quydagilardan iborat: 1. 10-14 yoshli ogʻir atletikachilarning boshlangʻich tayyorgarlik bosqichida asosiy parametrlarning hajmini va mashgʻulot yuklamalarini rejalashtirish xususiyatlarini aniqlash; 2. 10-14 yoshli bolalar va oʻsmirlarning jismoniy rivojlanishiga, asosiy harakat sifatlarini rivojlantirishga va funksional imkoniyatlariga ogʻirlik bilan shugʻullanishning ta’sirini aniqlash; TADQIQOTNI USULLARI VA TASHKIL ETILISHI Tadqiqotlar 2025 yil sentyabridan 2026 yil mayigacha rejalashtirilgan bo’lib, Chirchiq shaxar sport maktabining ogʻir atletika toʻgaragi yosh sportchilari bilan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bazasida oʻtkazish rejalashtirilgan. 10-11 yoshli maktab oʻquvchilarini bir yosh guruhiga birlashtirish ularning dastlabki test natijalari oʻrtasida ishonchli farqlar yoʻqligi tufayli amalga oshirildi. Bundan tashqari, 10 va 11 yoshli sportchilar taxminan ikkinchi bolalik davrining oʻrtasida (oʻgʻil bolalar uchun) va bir-biriga nisbatan aniq morfologik va funksional farqlarning yoʻqligi bilan tavsiflanadi. Tadqiqotning muhokamasi va samaradorligi. Yuklama taqsimoti va shiddat zonalari (13 yosh) yillik siklda asosiy mashqlardagi yuklama hajmi SHKS boʻyicha kichik va oʻrtacha ogʻirliklar tomon siljigan, kichik ogʻirliklar ulushi biroz kamaygan (mos ravishda 26%, 35%, 26%, 11% 2-2,5% SHKS). Toʻrtinchi mashgʻulot, UJTga asosiy e’tiborni qaratishdan tashqari, bitta ogʻir atletika mashqini ham oʻz ichiga olgan, bu yosh guruhidagi umumiy mashgʻulot yuklamasining oshishiga hissa qoʻshgan. 14 yoshli sportchilar uchun yuklama hajmi asosan asosiy mashgʻulot qismida toʻrtinchi mashqni doimiy kiritish orqali oshgan.

Oylik tsikldagi SHKSning oʻzgarish chegarasi avvalgi yosh guruhidagidek boʻlgan: 720 — 1152. Yillik hajm 9000 SHKS ga etgan. Bu har bir yondashuvda 4 SHKS, har bir mashqda 5- 6 yondashuv, har bir mashgʻulotda 4 mashq, haftasiga 3 asosiy mashgʻulotlardan iborat. 90-100% yuklamalar dekabrdan boshlab foydalanila boshlangan. Ularning soni oyiga 10-20 ni tashkil etgan. Dast koʻtarish va siltab koʻtarish mashqlarida oʻrtacha nisbiy shiddat 65% ni tashkil etgan. Yuklama taqsimoti va shiddat zonalari (14 yosh) Yillik siklda asosiy mashqlardagi yuklama hajmi SHKS boʻyicha quyidagi koʻrinishda boʻlgan: 26% — kichik ogʻirliklar; 26% — oz ogʻirliklar, 35% — oʻrtacha ogʻirliklar, 11% — katta, 2% — submaksimal va maksimal ogʻirliklar. Ya’ni, yuklama oʻrtacha ogʻirliklar zonasiga siljigan. Bunday shiddat koʻrsatkichlari 14 yoshli oʻsmirlarning kuch va tezkor-kuch yuklamalariga yuqori moslashuvchanligini hisobga olib tanlangan. Quyida tajriba boshida olingan ko’rsatkichlar keltirilgan (1-jadvalga qarang). 1-jadval. 10-14 yoshli boshlang‘ich bosqichidagi ogʻir atletikachilarni dastlabki test sinovlari ko‘rsatkichlari Qatnashchilar yoshi 10-11 yosh 12-yosh 13-yosh 14-yosh Testlar/ tajrib nazora tajrib nazora tajrib nazora tajrib T/r nazorat guruhlar a t a t a t a 1 Uzunlikga sakrash 134 132 140 143 152 155 162 160 2 Balandlikga sakrash 26 27 33 32 41 42 47 45 Qoʻllarni bukib 3 7 6 9 10 12 13 17 16 yozish yot.hol. Yotib shtangani 4 20% 20% 20% 20% 20% 20% 20% 20% koʻtarish Shtanga bilan 20% 20% 20% 5 20% 7 20% 8 20% 8 20% 12 20% 15 oʻtirib turish 10 14 15 Tik tur.tortish 6 30% 30% 30% 30% 30% 30% 30% 30% dinamometriya 7 yugurish 30m 6.2 6.0 5,6 5,5 5,2 5,1 4,8 4,9 8 Vaznsiz oʻtirib turish 18 17 21 20 22 21 20 22 9 Turnikda tortinish 5 6 6 7 8 8 9 8 Qoʻllarni bukib 10 11 13 15 17 21 23 25 24 osilib turish 11 Klassik dast koʻtarish 20% 20% 20% 20% 20% 20% 20% 20% Klassik siltab 12 30% 30% 30% 30% 30% 30% 30% 30% koʻtarish Izoh: Mazkur jadvalda har bir yoshdagi bolalarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligining tajribadan oldingi natijalari keltirilgan. XULOSA Mazkur holat maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) va umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) o‘rtasidagi nisbatda, shuningdek, UJT bo‘limida atletik tayyorgarlikning ulushini oshirish orqali o‘z ifodasini topdi. Shu bilan birga, odatda bolalar uchun kamroq qiziqarli deb hisoblanadigan umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari mazkur yoshdagi sportchilar tomonidan yetarlicha

bardoshlilik bilan qabul qilinishi kuzatildi. Haftalik sikldagi mashg‘ulotlar soni hamda bajariladigan mashqlar hajmi ko‘pchilik murabbiylarning metodik tavsiyalariga mos keldi. Biroq, og‘ir atletika bilan endigina shug‘ullanishni boshlagan yosh sportchilarda tez charchash holatlari va 8–12 martadan so‘ng shtangani ko‘tarish samaradorligining pasayishi kuzatilgani bois, dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish mashqlarida SHKS (shartli ko‘tarish sikllari) yondashuvlari soni 3–5 martagacha qisqartirildi. Shu bilan birga, boshqa turdagi mashqlarda yondashuvlar soni 5–6 martagacha oshirilib, bu ko‘rsatkich murabbiylar tomonidan ilgari tavsiya etilgan 4 ta yondashuv me’yoridan yuqori bo‘ldi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Маткаримов Р.М., Ходжаев А.З., Умирзаков Ф.У., Қаюмов Б.У., ва б.қ. Оғир атлетика назарияси ва услубияти/ Дарслик., 2018. Б. 57-77.
  2. Маткаримов Р.М, Юнусов С.А, Ходжаев А.З. Технология применения дополнительных упражнений на этапе становления спортивного мастерства. Педагогик таълим (илмий-назарий ва услубиятк журнал) №2 Тошкент 2003 й. С. 51-53.
  3. Арзикулов М.У. Спорт такомиллашуви босқичидаги оғир атлетикачиларнинг машғулот юкламаларини оқилона режалаштириш услубияти: монография. Т.: “OʻZKITOBSAVDO” нашриёти, 2020. 136 с.
  4. Арутюнян Г.М. Определение оптимальной тренировочной нагрузки тяжелоатлетов на основе характеристики динамических параметров темповых упражнений / В кн: Научные основы физического воспитания ис порта. М., 1968, С. 394-395.
  5. Алактатная тренировка как фактор повышения эффектив-ности подготовки элитных тяжелоатлетов / И.П.Сивохин, А.И.Федоров, М.Тапсир и др. // Человек. Спорт. Медицина. 2016. Т. 16, № 4. С. 75–86.10.14529/hsm160408
  6. Айрапетьянц Л.Р., Пўлатов А.А., Исроилов Ш.Х. Волейбол ЎзДЖТИ нашриёт бўлими. 2009. 43 б.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013132
Nashr sanasi
2025-11-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
10
DOI
10.66073/researchfocus.v4i10.1816
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
148–151
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06