Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola14.00.00Ochiq kirish

AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYA FANINI O‘RGATISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNALOGIYA USULLARIDAN FOYDALANISH

G‘aybullayeva Zarina Zafar qizi1, Toirova Sevinch Rashid qizi1, Jalilova Dildora Murot qizi22025

  1. 1Samarqand davlat tibbiyot universiteti Pediatriya fakulteti 304-guruh talabasi
  2. 2Samarqand davlat tibbiyot universiteti assistenti. Samarqand, O‘zbekiston

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 9Sahifa 136–141

Annotatsiya

Mazkur maqolada tibbiy ta‘lim tizimida akusherlik va ginekologiya fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, xususan mulyajlar va simulyatsion robot-patsientlar orqali o‘rgatishning afzalliklari yoritilgan. Simulyatsion o‘quv texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalar klinik holatlarni xavfsiz muhitda, real hayotga yaqin sharoitda o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.  Shuningdek, bo‘lajak shifokorlarda ijtimoiy moslashuv qobiliyatini rivojlantirish, talabalarning mustaqil ta‘limga bo‘lgan motivatsiyasini kuchaytirish va ularning intellektual hamda shaxsiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda simulyatsion markazlarni tashkil etilganligi ham muhimligi ta‘kidlangan. Tibbiyot pedagogining asosiy vazifasi — talabalarning mustaqil faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, boshqarish va baholashdan iborat ekani ko‘rsatib o‘tilgan.

Boshqa tillarda

ruschaИСПОЛЬЗОВАНИЕ МЕТОДОВ СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ АКУШЕРСТВА И ГИНЕКОЛОГИИ

В данной статье освещаются современные педагогические подходы в системе медицинского образования при преподавании акушерства и гинекологии, в частности, преимущества использования муляжей и симуляционных роботов-пациентов. Применение симуляционных образовательных технологий позволяет студентам осваивать клинические ситуации в безопасной, максимально приближенной к реальной среде. Также подчеркивается важность создания симуляционных центров для развития социальной адаптации будущих врачей, повышения мотивации студентов к самостоятельному обучению, раскрытия их интеллектуального и личностного потенциала. Отмечено, что основная задача преподавателя медицинского вуза — правильно организовать, управлять и оценивать самостоятельную деятельность студентов. /

inglizchaUSING MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGY METHODS IN TEACHING OBSTETRICS AND GYNECOLOGY

This article examines modern pedagogical approaches to teaching obstetrics and gynecology in the system of medical education, in particular the advantages of teaching by means of mannequins and simulation robot-patients. Through the use of simulation-based educational technologies, students gain the opportunity to master clinical situations in a safe environment close to real life. It is also emphasized that the establishment of simulation centres is important for developing the social adaptation ability of future physicians, strengthening students‘ motivation for independent learning and realizing their intellectual and personal potential. It is shown that the main task of the medical teacher consists of properly organizing, managing and assessing students‘ independent activity.

Kalit so‘zlar

  • simulyatsion robot-patsient
  • pedagogik texnologiya
  • mulyaj
  • akusherlik zonasi
  • klinik mahorat

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYA FANINI O`RGATISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNALOGIYA USULLARIDAN FOYDALANISH G`aybullayeva Zarina Zafar qizi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Pediatriya fakulteti 304-guruh talabasi. Toirova Sevinch Rashid qizi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Pediatriya fakulteti 304-guruh talabasi. Ilmiy rahbar: Jalilova Dildora Murot qizi Samarqand davlat tibbiyot universiteti assistenti. Samarqand, O'zbekiston. ORCID: 0009-0007-0174-1416 E-mail: jalilovad7@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.17184022 Annotatsiya: Mazkur maqolada tibbiy ta’lim tizimida akusherlik va ginekologiya fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, xususan mulyajlar va simulyatsion robotpatsientlar orqali o‘rgatishning afzalliklari yoritilgan. Simulyatsion o‘quv texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalar klinik holatlarni xavfsiz muhitda, real hayotga yaqin sharoitda o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, bo‘lajak shifokorlarda ijtimoiy moslashuv qobiliyatini rivojlantirish, talabalarning mustaqil ta’limga bo‘lgan motivatsiyasini kuchaytirish va ularning intellektual hamda shaxsiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda simulyatsion markazlarni tashkil etilganligi ham muhimligi ta’kidlangan. Tibbiyot pedagogining asosiy vazifasi — talabalarning mustaqil faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, boshqarish va baholashdan iborat ekani ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so`zlar: simulyatsion robot-patsient, pedagogik texnologiya, mulyaj, akusherlik zonasi, klinik mahorat.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ МЕТОДОВ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ АКУШЕРСТВА И ГИНЕКОЛОГИИ Гайбуллаева Зарина Зафаровна Студент 304 группы педиатрического факультета Самаркандского государственного медицинского университета. Тоирова Севинч Рашидовна Студент 304 группы педиатрического факультета Самаркандского государственного медицинского университета. Научный руководитель: Жалилова Дилдора Муратовна Ассистент Самаркандского государственного медицинского университета. Самарканд, Узбекистан. Аннотация: В данной статье освещаются современные педагогические подходы в системе медицинского образования при преподавании акушерства и гинекологии, в частности, преимущества использования муляжей и симуляционных роботов-пациентов. Применение симуляционных образовательных технологий позволяет студентам осваивать клинические ситуации в безопасной, максимально приближенной к реальной среде. Также подчеркивается важность создания симуляционных центров для развития социальной адаптации будущих врачей, повышения мотивации студентов к самостоятельному обучению, раскрытия их интеллектуального и личностного потенциала. Отмечено, что основная задача преподавателя медицинского вуза — правильно организовать, управлять и оценивать самостоятельную деятельность студентов.

Ключевые слова: симуляционный робот-пациент, педагогическая технология, муляж, акушерская зона, клиническое мастерство.

USE OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGY METHODS IN TEACHING OBSTETRICS AND GYNECOLOGY G`aybullaeva Zarina Zafarovna Student of group 304, faculty of Pediatrics, Samarkand State Medical University. Toirova Sevinch Rashidovna Student of group 304, faculty of Pediatrics, Samarkand State Medical University. Scientific supervisor: Jalilova Dildora Muratovna Assistant at Samarkand State Medical University. Samarkand, Uzbekistan. Abstract: This article highlights modern pedagogical approaches in the medical education system for teaching obstetrics and gynecology, particularly the advantages of using mannequins and simulation robot-patients. The application of simulation-based educational technologies enables students to master clinical situations in a safe environment that closely mimics real-life conditions. The article also emphasizes the importance of establishing simulation centers to support the social adaptation of future doctors, enhance students’ motivation for independent learning, and develop their intellectual and personal potential. It is noted that the main task of a medical educator is to effectively organize, manage, and evaluate students' independent activities. Keywords: simulation robot-patient, pedagogical technology, mannequin, obstetric zone, clinical skills.

KIRISH XXI asrda tibbiy ta’lim sifati yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Zamonaviy klinik ko‘nikmalarni o‘rgatishda nazariy bilimlar yetarli bo‘lmay, ularni real klinik sharoitga yaqinlashtirish zarurati tug‘iladi. Ayniqsa, akusherlik va ginekologiya sohalarida bu yondashuv yanada dolzarb, chunki bu soha bemor hayoti va homila xavfsizligiga bevosita bog‘liq. Shu sababli, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, mulyajlar va simulyatsion robot-patsientlardan foydalanish o‘quv jarayonining ajralmas qismiga aylanmoqda. Akusherlikda simulyatsion robotpatsientdan foydalanishning avzalliklari: Xavfsiz o‘quv muhiti yaratadi : Talabalar real bemorga zarar yetkazish xavfisiz muhim klinik ko‘nikmalarni mashq qilishlari mumkin. Juda nozik va og‘ir holatlardagi muolajalarni takror-takror bajarish imkonini beradi. Amaliy tajriba orttirish imkonini kengaytiradi. Har xil tug‘ruq holatlari, patologik kechishlar (masalan, bachadon to‘xtab qolishi, yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashuvi va boshqalar) ustida ishlash imkonini beradi. Talabalar favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilishni amaliy o‘rganadilar. Realistik simulyatsiya orqali o‘rgatadi. Robot-patsientlar inson fiziologiyasini, tug‘ruq mexanizmlarini real ko‘rinishda namoyon qilishi bilan o‘quvchilarni tayyorlaydi. Tug‘ruq jarayonining bosqichma-bosqich kechishini interaktiv tarzda kuzatish mumkin. Xatolardan o‘rganish imkonini beradi. Talabalar qilgan xatolarini tahlil qilish orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishadi. Og‘ir klinik holatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga tayyorlanadilar. Jamoaviy ishlashni o‘rgatadi: Simulyatsiya davomida talabalar o‘zaro muloqot qiladi, jamoaviy qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Akusherlikda muhim bo‘lgan shoshilinch holatlardagi jamoaviy muvofiqlik mustahkamlanadi. Baholash va monitoring imkoniyati: Har bir simulyatsion mashg‘ulotdan so‘ng natijalar tahlil qilinadi, pedagoglar tomonidan aniq va asosli fikr-mulohazalar beriladi. Talabaning o‘sishi, xatolari va yutuqlari aniq qayd etiladi. Stressga bardoshlilikni oshiradi : real tug‘ruq

paytidagi bosim va hissiy zo‘riqishlarga nisbatan tayyorlaydi. Favqulodda holatlarda tezkor va sovuqqon qaror qabul qilishni o‘rgatadi. Samarqand davlat tibbiyot universitetida tashkil etilgan Simulyatsiya markazining maqsadlari: Akusherlik va ginekologiya fanidan talabalarda kasbiy mahoratni amalga oshirish. ASOSIY QISM Simulyatsiya markazining vazifalari: akusher-ginekologlarga murojaat qilgan bemorlar bilan ishlashga talabalarning kasbiy malakalarini shakllantirish va psixologik tayyorgarligini oshirish; Talabalarning akusherlik va ginekologiya fanidan olgan nazariy va amaliy bilimlarining mutanosibligini baholash; akusherlik asoratlarida kutilmagan holatlar yuzaga kelganda talaba tomonidan qo‘llaniladigan taktikani baholash; akusher-ginekologlar jamoasida ishlash ko'nikmalarini shakllantirish. Simulyatsiya sinfi 4 ta zonadan iborat: sanitizatsiya va tayyorgarlik zonasi, akusherlik zonasi, yangi tug'ilgan chaqaloqlarni birlamchi davolash va reanimatsiya zonasi, ginekologik zona.

1-rasm. Simulyatsion o‘quv jarayonida reanimatsiya va ginekologik zona

Tаlаbаlаr аmаliyot o‘tаdigаn ko‘plab tibbiyot univеrsitеtlari va yеtakchi klinikalarida simulyatsiоn uskunаlаr vа tехnik хаrаktеristikаlаri хаqiqiy bеmоrgа mаksimаl rаvishdа yaqinlаshtirilgаn rоbоtpаtsiеntlаr o‘rnаtilgаn. Shuningdek Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham talаbаlаr bilim dаrаjаsini bаhоlаsh Simulyatorlar yordamida amaliy ko‘nikmalarni avtomatizm darajasiga yetkazish, bemorlarning salomatligiga zarar yetkazmaslikka erishish mumkin. Simulyatsiya - bu rеal jarayonning bajarilishi yoki tizimning ma’lum vaqt davomida ishlashiga taqlid qilishdir. Simulyatsiya ko‘plab sharoitlarda, masalan, ishlashni optimallashtirish tеxnologiyasini simulyatsiya qilish, xavfsizlikni loyihalash, sinovdan o‘tkazish, o‘qitish, ta’lim va vidеo o‘yinlarda qo‘llaniladi. Tibbiy mutaxassislarni nаzаriy vа klinik tаyyorlаsh jаrаyonidа shахslаrаrо mulоqаt, klinik fikr yuritish vа rеjаlаshtirish kаbi ko‘nikmаlаridаn хаm fоydаlаnilаdi. Tеxnik-psixomotor ko‘nikmalarni va shахslаrаrо mulоqаt qobiliyatlarini o‘zlashtirish va takomillashtirish uchun doimiy ravishda mashq qilish va simulyatsiya zarur, bu tаlаbаlаrgа ushbu ko‘nikmаlаrni bajarish tеxnikasini avtomatizm dаrаjаsiga еtkazishga imkon bеradi. Tibbiy ta’limda simulyatsiya tеxnikasi va usullaridan foydalanish tibbiyotda simulyatsiоn o‘qitish (TSO’) dеb nomlanadi. Simulyatsiya markazlari (SM) yoki Klinik

mahorat laboratoriyalаri (KML) - bu tibbiyot talabalari (institutlаrdа) yoki tibbiyot mutaxassislari (diplоmdаn kеyingi tа’lim) uchun o‘quv markazi bo‘lib, bu yеrdа ko’nikmalar va manipulyatsiyalarni o‘rganish uchun xavfsiz va himoyalangan muhit tаshkil qilinаdi. Bugungi kunga qadar butun dunyoda tibbiyotda innovatsion ta’lim tеxnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha еtаrli tajriba to‘plangan. Virtual shаrоitdа egаllаngаn ko‘nikmalar haqiqiy klinik sharoitga muvaffaqiyatli tаdbiq qilinmоqdа.Simulyatsiоn o‘qitish markazidan tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari (masalan, anatomiya, fiziologik funktsiyalarni o‘rganish, tibbiy ko’rik usullari bilan tanishishda), rеzidеntlar (masalan, manipulyatsiya va tеxnikani bajarish ko‘nikmalarini egallash va takomillashtirish uchun), amaliy imtihonlarga tayyorgarlik jarayonida, malaka oshirish kurslarida, sеrtifikatlashtirish imtihonlarida va hokazo, shifokorlar yoki hamshiralarni doimiy o‘qitish (masalan, amaliy ko‘nikmalarni egallash, jamoadа ishlashni tаkоmillаshtirish) yoki хоdimni ishga qаbul qilishdаn oldin uning malakasini sinab ko‘rishdа fоydаlаnish mumkin. Mulyaj — bu odam tanasining biror a'zosi, tizimi yoki butun organizmning sun'iy (ko‘pincha anatomik yoki funksional) modelidir. Mulyajlar tibbiy ta’limda talabalar va mutaxassislar uchun turli diagnostik va muolajaviy ko‘nikmalarni o‘rganish, mashq qilish maqsadida ishlatiladi. Akusherlik va ginekologiya — nazariy bilim bilan birga yuqori darajadagi amaliy ko‘nikmalarni talab qiladigan sohalardan biridir. Mulyajlar ushbu ko‘nikmalarni xavfsiz va samarali tarzda o‘rgatishda muhim rol o‘ynaydi.

2-rasm. Homiladorlik jarayonini ko‘rsatuvchi anatomik mulyajlar

1. Realistik o‘quv muhiti yaratadi. Homilador ayol organizmining anatomik tuzilishini o‘rganish imkonini beradi. Tug‘ruq jarayonini bosqichma-bosqich tushunish va ko‘rish imkonini beradi. 2. Amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Vaginal tekshiruv (PV), homilaning joylashuvi va holatini aniqlash, bachadon bo‘yni ochilishini baholash kabi muhim amaliyotlar ustida mashq qilish imkonini beradi. Tug‘ruqni boshqarish, yo‘ldoshning chiqishini nazorat qilish, epiziotomiya (kesish) va tikish mashqlari bajariladi. 3. Xatolardan o‘rganish imkonini beradi. Mulyajda o‘quvchi xato qilsa ham real bemorga zarar yetmaydi. Bu esa xatolardan saboq olib, ko‘nikmalarni mukammallashtirish imkonini beradi. 4. Simulyatsion senariylar asosida mashg‘ulotlar. Qiyin tug‘ruqlar (masalan, homilaning noto‘g‘ri joylashuvi, ko‘p suvsizlik, homilaning bachadonda aylanib qolishi va h.k.) holatlari modellashtiriladi. Shoshilinch vaziyatlar (masalan, bachadon qon ketishi, preeklampsiya) ustida jamoaviy ishlash ko‘nikmalari shakllanadi. 5. Talabalarning ishonchini va mustaqilligini oshiradi. Ko‘p marotaba mashq qilish orqali talaba o‘z harakatlariga

ishonch hosil qiladi. Amaliyotga chiqqanda bemor bilan ishlashda o‘zini erkin va tayyor his qiladi. Bunday zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida talabalarga bilim berish ham qiyinchilik tug`dirmaydi.

3-rasm. Akusherlik va ginekologik ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun mulyajlar bilan mashq.

Mulyajlardan foydalanish: Mulyajlar — bu inson organizmining anatomik yoki funksional modelidir. Akusherlik va ginekologiyada quyidagi amaliyotlar mulyajlar yordamida o‘rgatiladi: Vaginal tekshiruv (PV), Bachadon bo‘yni ochilishini baholash, Tug‘ruqni boshqarish (1-, 2-, 3- bosqich), Yo‘ldoshning chiqishini kuzatish, Ginekologik ko‘rik, biopsiya, PAP-test olish, Tashqi tekshiruv (Leopold usullari). Mulyajlar yordamida talabalar takror va takror muolajalarni bajarib, o‘z harakatlariga ishonch hosil qiladi va real klinik amaliyotga tayyorlanadi. Akusherlik va ginekologik ta’limda kompetensiyalarni shakllantirish Kasbiy kompetensiya: Protokollar, klinik algoritmlarni to‘g‘ri qo‘llash. Kognitiv kompetensiya: Qaror qabul qilish, tahlil qilish. Psixomotor kompetensiya: Vaginal tekshiruv, epiziotomiya, ginekologik ko‘rik. Kommunikativ kompetensiya: Bemor bilan muloqot, jamoada ishlash. Emosional-intellektual kompetensiya: Stressga bardoshlilik, empatiya, xavfli holatlarda sovuqqonlik Talabalarni baholashda simulyatsiyaning o‘rni. OSCE (Objective Structured Clinical Examination) – simulyatsion testlardan foydalangan holda talabaning ko‘nikmasini aniq baholash usuli. “Checklist”lar asosida baholash: Har bir bosqichda bajarilgan harakatlar puxta qayd etiladi. Video monitoring va o‘z-o‘zini tahlil qilish imkoniyati mavjud. Samarqand davlat tibbiyot universiteti va boshqa yirik tibbiyot muassasalarida OSCE sinovlari tobora keng joriy etilmoqda. Simulyatsiya asosidagi o‘qitishning global tendensiyalari: AQShda: Har bir tibbiyot talabasi 3-4 yillik ta’lim davomida kamida 150+ simulyatsion mashg‘ulotdan o‘tadi. Kanadada: “CanMEDS” modeli asosida simulyatsion kompetensiyalar rivojlantiriladi. Yevropada: Tibbiyot fakultetlari simulyatsion o‘quv markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazmoqda (SESAM – Society for Simulation in Europe). Osiyo mamlakatlari: Koreya, Yaponiya, Xitoyda AI asosida boshqariluvchi simulyatsiya tizimlari joriy qilinmoqda. XULOSA Zamonaviy tibbiy ta’limda innovatsion yondashuvlar, ayniqsa mulyajlar va simulyatsion robot-patsientlardan foydalanish orqali akusherlik va ginekologiya fanini samarali o‘qitish mumkin. Bu usullar orqali talabalar nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmaga aylantirib, real klinik vaziyatlarda bemalol ishlashga tayyorlanadilar. Simulyatsion ta’lim — bu kelajak tibbiyotining asosiy ustunidir. Ayniqsa, akusherlik va ginekologiya kabi yuqori xavfli va aniqlik talab qilinadigan sohalarda simulyatsion treninglar talabaning nafaqat bilimini, balki professional

mas’uliyatini, jamoada ishlash qobiliyatini, va eng muhimi, inson hayotini asrashga tayyorligini shakllantiradi.Pedagogik texnologiyalarni to‘g‘ri tanlab, ularni tizimli qo‘llash natijasida, yuqori malakali va mas’uliyatli tibbiyot xodimlari tayyorlash imkoniyati ortadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Atabayeva, O. F. (2023). Tibbiy ta’lim sifatini oshirishning samarali yo ‘llari haqida. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 774-780.
  2. Mehmonov, A. Z., Iskandarova, B. B., & Jalilova, D. M. (2025). FARMAKALOGIYA FANINI O’RGATISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH. Inter education & global study, 3(4 (1)), 143-151.
  3. Nasirdiova, N. S. (2025). KREDIT-MODUL TA’LIM TIZIMINING DIDAKTIK RIVOJLANISHI. Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi, 45(3), 121-124.
  4. Rasulovich S. S. OLIY TA’LIMDA MODULLI O ‘QISH TIZIMI JORIY ETILISHINING O O‘ZIGA XOS JIHATLARI //FARS International Journal of Education, Social Science & Humanities. – 2025. – Т. 13. – №. 6. – С. 698-704.
  5. Murodovna, J. D. (2023). Study of the Information System in Uzbekistan.
  6. Jalilova, D., & Shavazi, N. (2025). BENEFITS OF USING SELENIUM-CONTAINING DRUGS IN PREGNANT WOMEN TO PREVENT FETOPLACENTAL INSUFFICIENCY. Экономика и социум, (5-1 (132)), 332-346.
  7. Халимбетов, Ю. М., Юлдашев, С. Ж., & Жалилова, Д. М. (2022). ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ В СИСТЕМЕ ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ. In Биотехнология и биомедицинская инженерия (pp. 236-239).

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013095
Nashr sanasi
2025-10-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
9
DOI
10.66073/researchfocus.v4i9.1777
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
136–141
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06