9-10 YOSH O‘QUVCHILARNING GIMNASTIKA MASHG‘ULOTLARIDA EGILUVCHANLIK SIFATINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Raxmatov Shoxrux1, G.Xolboyeva22025
- 1O‘z-FinPI magistri
- 2O‘z-FinPI dotsenti
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 5Sahifa 174–178
Annotatsiya
Ushbu maqolada 9-10 yoshdagi oquvchilarda gimnastika mashgulotlari orqali egiluvchanlik sifatini rivojlantirishning muhimligi va samaradorligi korib chiqilgan. Maqolada egiluvchanlikning rivojlanishi uchun mos mashqlar, texnikalar va usullar tasvirlangan. Shuningdek, egiluvchanlikni rivojlantirishning tana shakli va umumiy jismoniy salomatlikka bolgan ta‘siri ham tahlil etilgan. Bu ilmiy ish oquvchilarni jismoniy rivojlantirishda aniq yo‘nalishlarni belgilashda yordam beradi.
Boshqa tillarda
ruschaМЕТОДИКА РАЗВИТИЯ ГИБКОСТИ В СПОРТИВНОЙ ГИМНАСТИКЕ У УЧАЩИХСЯ 9-10 ЛЕТ
В статье рассматривается важность и эффективность развития гибкости у школьников 9-10 лет в ходе гимнастических тренировок. Описаны соответствующие упражнения, техники и методы для развития гибкости. Также анализируется влияние развития гибкости на физическую форму и общее состояние здоровья. Данная научная работа помогает определить четкие направления для физического воспитания учащихся.
inglizchaMETHODS OF DEVELOPING FLEXIBILITY IN GYMNASTICS CLASSES OF 9-10 YEAR OLD STUDENTS
This article examines the importance and the effectiveness of developing the quality of flexibility in pupils aged 9-10 through gymnastics training. The article describes the exercises, techniques and methods suitable for the development of flexibility. The effect of developing flexibility on body shape and on general physical health is also analysed. This scientific work helps to define clear directions in the physical development of pupils.
Kalit so‘zlar
- gimnastika
- egiluvchanlik
- jismoniy tarbiya
- 9-10 yosh
- mashgulotlar
- tana shakli
- salomatlik
- rivojlanish
- o‘quvchilar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
9-10 YOSH O`QUVCHILARNING GIMNASTIKA MASHG`ULOTLARIDA EGILUVCHANLIK SIFATINI RIVOJLANTIRISH USULLARI Raxmatov Shoxrux O‘z-FinPI magistri G.Xolboyeva O‘z-FinPI dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.15512165 Annotatsiya: Ushbu maqolada 9-10 yoshdagi oquvchilarda gimnastika mashgulotlari orqali egiluvchanlik sifatini rivojlantirishning muhimligi va samaradorligi korib chiqilgan. Maqolada egiluvchanlikning rivojlanishi uchun mos mashqlar, texnikalar va usullar tasvirlangan. Shuningdek, egiluvchanlikni rivojlantirishning tana shakli va umumiy jismoniy salomatlikka bolgan ta’siri ham tahlil etilgan. Bu ilmiy ish oquvchilarni jismoniy rivojlantirishda aniq yo`nalishlarni belgilashda yordam beradi. Kalit sozlar: gimnastika, egiluvchanlik, jismoniy tarbiya, 9-10 yosh, mashgulotlar, tana shakli, salomatlik, rivojlanish, o`quvchilar
МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ ГИБКОСТИ В СПОРТИВНОЙ ГИМНАСТИКЕ У УЧАЩИХСЯ 9-10 ЛЕТ Аннотация: В статье рассматривается важность и эффективность развития гибкости у школьников 9-10 лет в ходе гимнастических тренировок. Описаны соответствующие упражнения, техники и методы для развития гибкости. Также анализируется влияние развития гибкости на физическую форму и общее состояние здоровья. Данная научная работа помогает определить четкие направления для физического воспитания учащихся. Ключевые слова: гимнастика, гибкость, физическое воспитание, 9-10 лет, тренировки, форма тела, здоровье, развитие, школьники
METHODS FOR DEVELOPING FLEXIBILITY IN GYMNASTICS FOR 9-10 YEAR OLD STUDENTS Abstract: This article discusses the importance and effectiveness of developing flexibility in 9-10-year-old students through gymnastics exercises. The article describes appropriate exercises, techniques, and methods for enhancing flexibility. It also analyzes the impact of flexibility development on body shape and overall physical health. This scientific paper helps establish clear guidelines for physical education in students. Keywords: gymnastics, flexibility, physical education, 9-10 years old, exercises, body shape, health, development, students
KIRISH 9-10 yoshdagi oquvchilarning gimnastika mashgulotlarida egiluvchanlik sifatini rivojlantirishning dolzarbligi jismoniy tarbiya va salomatlik sohasida katta ahamiyatga ega. Bu yosh davrida bolalar tanasining rivojlanishi va qattiqlashishi boshlanadi, shuning uchun egiluvchanlikni rivojlantirish nafaqat jismoniy shaklni yaxshilash, balki kelajakdagi sport yutuqlariga zamin yaratishda ham muhim rol o`ynaydi. Qiyin yoki yuqori darajadagi sport turlari uchun tayyorlanishdan avval, gimnastika mashgulotlari orqali egiluvchanlikni rivojlantirish bolaning tanasining soglom rivojlanishini ta'minlaydi, shuningdek, ularning mushak va suyak tizimining moslashuvchanligini oshiradi. Bu
esa kelajakda jarohatlardan himoya qiladi, jismoniy salomatlikni mustahkamlaydi va hayotda umumiy faoliyatni samarali bajarish uchun asos yaratadi. Shuningdek, gimnastika mashgulotlaridagi egiluvchanlik bolalarga koordinatsiya, muvozanat va harakat erkinligini organish imkonini beradi, bu esa kundalik hayotda va boshqa sport turlarida ham foydali boladi. Tabiatan egiluvchan bolgan bolalar kelajakda ko`plab sport turlari, xususan, raqs, akrobatika va badiiy gimnastikada muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin. Shu bois, 9-10 yoshdagi oquvchilarda egiluvchanlikni rivojlantirish dolzarb masala bolib, ularni jismoniy tarbiya va umumiy salomatlikni yaxshilashga qaratilgan kompleks tadbirlar doirasida ko`rib chiqilishi kerak. Tadqiqot maqsadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi 9-10 yoshdagi oquvchilarda gimnastika mashgulotlari orqali egiluvchanlik sifatini rivojlantirishning samaradorligini organishdir. Vazifalari.Egiluvchanlikni rivojlantirishning oquvchilarning umumiy salomatligi va jismoniy rivojlanishiga bolgan ijobiy ta'sirini o`rganish. TADQIQOT USULLARI Adabiyotlar tahlili, anketa-so`rovnoma, pedagogik tajriba, mashq va faoliyat tahlili, pedagogik kuzatuv, statistik tahlil metodlari qo`llanilgan. 9-10 yoshdagi bolalar jismoniy va ruhiy rivojlanishning muhim davrida bolganligi sababli, ularning jismoniy tarbiyasi va sport faoliyati salomatlikni ta’minlashda, tana shaklini yaxshilashda va muvozanatni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu yoshdagi oquvchilarda egiluvchanlikni rivojlantirish, nafaqat sportda, balki kundalik hayotda ham ular uchun foydali bolishi mumkin. Egiluvchanlik, asosan, tananing mushak tizimining elastikligi va harakat erkinligi bilan bogliq bolib, bu koplab sport turlarida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo`lgan asosiy fazilatlardan biridir. Gimnastika mashgulotlari orqali egiluvchanlikni rivojlantirish, ayniqsa, oquvchilarning tana shaklini yaxshilash, mushak va suyak tizimini mustahkamlash, shuningdek, sportni davom ettirish uchun zarur bolgan fiziologik asoslarni yaratish uchun muhimdir. Egiluvchanlikning jismoniy salomatlikka bolgan ijobiy ta’siri, sportdagi yuqori ko`rsatkichlar, va shaxsiy muvaffaqiyatlarga olib keladi. Bugungi kunda 9-10 yoshli bolalarda egiluvchanlikni rivojlantirishning ilmiy va amaliy ahamiyati ortib bormoqda. Shu sababli, ushbu tadqiqotning maqsadi, gimnastika mashgulotlari orqali bolalarning egiluvchanlik sifatini rivojlantirishning samaradorligini organish, ular uchun eng samarali usullar va mashqlarni aniqlash, shuningdek, egiluvchanlikning umumiy jismoniy rivojlanishdagi o`rnini belgilashdan iboratdir. Tadqiqotda oquvchilarning egiluvchanlikni rivojlantirish orqali nafaqat sportga qiziqishlarini oshirish, balki jismoniy tarbiyani yanada samarali qilish hamda kelajakda sport faoliyatida muvaffaqiyatga erishish uchun asos yaratish kozda tutilgan. Bu ish oquvchilarning jismoniy rivojlanishiga va sportdagi muvaffaqiyatlariga togridan-togri ta’sir korsatadi. 1-jadvalda 9-10 yoshdagi oquvchilarning gimnastika mashgulotlarida egiluvchanlikni rivojlantirishga mo`ljallangan maxsus mashqlar majmuasi keltirilgan. Mashqlar nafaqat egiluvchanlikni oshiradi, balki bolalarning tana shaklini yaxshilaydi, muvozanatni va harakat erkinligini rivojlantiradi.
1-jadval. 9-10 yoshdagi oquvchilarning gimnastika mashgulotlarida egiluvchanlikni rivojlantirishga mo`ljallangan maxsus mashqlar Mashq nomi Tavsif Amalga oshirish 1. Yostiqda Oquvchi yostiqqa yotadi va oyoqlarini 2-3 daqiqa davomida yostiqqa cho'zish maxsus holatda cho`zadi. Bu mashq otlanib, oyoqlarni chozish va bel va son mushaklarini kuchaytiradi.
oldinga qarab egilishga harakat qilish. 2. Yotgan holatda Yotgan holda, qollarni yerga qoyib, Har bir oyoqni 10-15 marta oyoqlarni oyoqlarni asta-sekin ko`tarish va ko`tarish va tushirish, tana ko'tarish pastga tushirish. barqarorligini saqlash. 3. "Qopqoq" Oquvchi yostiq ustida yotib, 10-15 marta yostiq ustida mashqi oyoqlarini yuqoriga kotarib, oldinga oyoqlarni ko`tarish va orqaga va orqaga qaytadi. qaytarish. 4. Egilishlar Oquvchi turib, bir oyoqni oldinga Har bir oyoq uchun 15-20 soniya (hamstring chozadi, boshini pastga qarab egadi. davomida cho`zish va tiklanish. stretch) 5. Planka mashqi Oquvchi toliq tanasini tekis qilib, 15-20 soniya davomida tanani qo`llari va barmoqlarni ushlab turadi. barqaror saqlab, planka Bu, mushaklarni mustahkamlaydi. pozitsiyasida turing. 6. Oyoqlarni keng O`quvchi oyoqlarini keng ochib, ilgari 10-15 marta tana oldinga qarab ochish va orqaga egilib, tana mustahkamligini egilib, harakatlarni asta-sekin tekshiradi. amalga oshirish. 7. "Qora ayiq" Oquvchi tort oyoq ustida turib, bir- Har bir oyoqni 15-20 marta mashqi biridan keng masofaga qollarini kotarish va qollarni uzoqroq chozib, oyoqlarni ko`taradi. cho`zish. 8. Oyoqlarni Yotgan holda, oyoqlarni bir-biridan 15-20 marta har bir oyoqni o`zaro almashtirib, egilishga harakat qilish. almashtirib, yengil va togri almashtirish uslubda bajarish. 9. Keng oyoq Oquvchi oyoqlarini keng ochib, yengil 15-20 soniya davomida bilan o`tirish egilib, tana oldinga chozadi. oyoqlarni keng yoyib, egilishlarni asta-sekin bajarish. 10. "Chordona" Oquvchi toliq tizzalarida turib, o`zini Mashqni 10-15 marta bajarib, holatida egilish oldinga qarab pastga egadi. tana kuchini va muvozanatini tekshirish. Mashqlarni bajarish tartibi: Har bir mashqni 2-3 marta takrorlash. Har bir mashqni asta-sekin, togri texnikada bajarishga e'tibor qaratish. Mashqni davom ettirishda nafasni nazorat qilish va tana pozitsiyasini togri saqlash. Mashqlarni muntazam ravishda bajarish orqali egiluvchanlikni va mushak kuchini rivojlantirishga erishish. Bu mashqlar majmuasi o`quvchilarning egiluvchanligini rivojlantirish, jismoniy tarbiyasini mustahkamlash va sport faoliyatlariga tayyorlanish uchun samarali yordam beradi. Quyida 9-10 yoshdagi oquvchilarning gimnastika mashgulotlarida egiluvchanlikni rivojlantirish mashqlarini bajarishni baholash va mezonlari jadvali keltirilgan:
2-jadval. Mashqlarini bajarishni baholash va mezonlari Baholash mezoni Yaxshi (4-5 ball) O`rtacha (2-3 ball) Kamchiliklar bilan (0- 1 ball) Texnika Mashqni togri, aniq Mashqni bajarishda Mashqni bajarishdagi (Mashqni togri va muvozanatli kichik xatolar mavjud, texnikada jiddiy xatolar bajarish) bajaradi. Tana lekin umumiy texnika mavjud, tana pozitsiyasi, egilishlar yaxshi, ba'zi holatlarda pozitsiyasi va va chozishlar aniq, tana pozitsiyasi yoki harakatlar togri nafas olishni tog`ri egilishlarda noaniqlik bo`lmagan yoki xato nazorat qiladi. mavjud. bajarilgan.
Egiluvchanlikni Mashqlarni toliq Ba'zi mashqlarda Egiluvchanlikni rivojlantirish bajaradi, egilish va egiluvchanlikni rivojlantirishda jiddiy chozishlar aniq va rivojlantirish mavjud, qiyinchiliklar mavjud, samarali. lekin toliq chozish va mashqlarni to`liq egilishlar hali ham oson bajarish qiyin. emas. Barqarorlik va Mashqni bajarish Ba'zi mashqlarda Mashqni bajarishda muvozanat davomida bola barqarorlik va barqarorlikni saqlashda ozining barqarorligini muvozanatni saqlashda jiddiy qiyinchiliklar va muvozanatini toliq kichik qiyinchiliklar mavjud, muvozanatni saqlaydi. Harakatlar mavjud, lekin umuman saqlashda ko`p xatolar silliq va barqaror. ular yaxshi yuzaga keladi. bajarilmoqda. Nafas olish va Nafas olishni togri Nafas olishda kichik Nafas olishni nazorat harakatning nazorat qiladi,xatolar mavjud, ammo qilishda jiddiy davomiyligi harakatlar va nafas mashq davomida nafas qiyinchiliklar mavjud, olish ortasida olish togri amalga nafas olish togri va uygunlik mavjud. oshirilmoqda. samarali bo`lmaydi. Jismoniy faollik Mashqlarni Mashqlarni bajarishda Jismoniy faollikni va harakatni muntazam va doimiy ba'zi holatlarda faollik ushlab turishda davom ettirish bajaradi, jismoniy pasaygan, lekin umumiy muammolar mavjud, faollik yuqori, jismoniy faollik yaxshi. mashqlarni bajarish tezmashqlarni davom tez to`xtaydi yoki ettirishda toxtashlar qiyinchiliklar yuzaga bolmaydi. keladi. Mashqni Mashqlar samarali, Mashqlarni bajarish Mashqlarni bajarishda bajarishning to`liq va maqsadga davomida kichik samaradorlik past, ba'zi umumiy muvofiq bajariladi. kamchiliklar mavjud, mashqlarni to`liq samaradorligi Mashqlar bolaning lekin umuman ijobiy amalga oshirishda jismoniy natijalar ko`rsatiladi. muammolar mavjud. rivojlanishiga sezilarli ijobiy ta'sir qiladi. Yaxshi (4-5 ball): Mashqlarni toliq va togri bajarish, egiluvchanlik va barqarorlikda sezilarli osish, samarali jismoniy faollik va nafas olishni nazorat qilish. Ortacha (2-3 ball): Ba'zi kamchiliklar mavjud, lekin mashqlarni bajarish yaxshi, bolalar kichik xatolar bilan mashqlarni davom ettirishda muvaffaqiyatli bolmoqda. Kamchiliklar bilan (0-1 ball): Mashqlarni bajarishda jiddiy qiyinchiliklar mavjud, texnika, egiluvchanlik yoki barqarorlikni saqlashda muammolar yuzaga keladi. Mashqlarni baholashda, oquvchilarning individual imkoniyatlari, jismoniy rivojlanish darajasi va ilgari olingan tajriba hisobga olinadi. Bu baholash ularni yanada yaxshi natijalarga erishish uchun ragbatlantiradi. XULOSALAR Egiluvchanlikning jismoniy rivojlanishga ta'siri: Tadqiqot davomida gimnastika mashgulotlari bolalarning egiluvchanligini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Mashqlarni muntazam ravishda bajarish, ayniqsa, oyoqlar, bel va umurtqa pogonasi mushaklarini mustahkamlashga yordam beradi, bu esa bolalarning harakat erkinligini va jismoniy salomatligini yaxshilaydi. Mashqlarni togri bajarish va asta-sekinlik bilan bajarilgan mashgulotlar bolalarda egiluvchanlikni sezilarli darajada oshiradi. Mashqlarni muntazam ravishda bajarish
bolalar uchun yangi konikmalarni rivojlantirishga, mushaklarning elastikligini oshirishga va harakat erkinligini yaxshilashga imkon beradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Хasanov Ilyos Tuychievich. (2022). Development Stages and Characteristics of The History of Physical Education. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 5, 96–99. Retrieved from https://zienjournals.com/index.php/jpip/article/view/813
- Xasanov, I. T., & Sodiqova, D. B. (2022). Specific ways to develop physical activity in preschool children. Miasto Przyszłości, 24, 20-25.
- Tuychievich, H. I. . (2022). Paralympic Sports Competitions - A Field of Courage and Courage!. International Journal of Culture and Modernity, 17, 474–477. Retrieved from https://ijcm.academicjournal.io/index.php/ijcm/article/view/371
- Hasanov I.T. (2022) ORGANIZATIONAL BASIS OF PHYSICAL EDUCATION OF CHILDREN IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT 2(6) 181-182. https://literature.academicjournal.io/index.php/literature/article/view/434
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012966
- Nashr sanasi
- 2025-06-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 5
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i5.1640
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 174–178
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11