TURIZMDA FOYDALANILADIGAN JISMONIY MASHQLAR KOMPLEKSI.
B.AbdullaevNamDU o‘qituvchisi2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 5Sahifa 115–117
Annotatsiya
Ushbu maqolada, turizmda foydalaniladigan jismoniy mashqlar kompleksining nazariy asoslari, ularning turlari, maqsadi va amaliy ahamiyati yoritilgan. Ishda faol turizm yo‘nalishlari – piyoda sayohat, tog‘ yurishlari, veloturizm kabi turlarda jismoniy mashqlarning o‘rni va zarurligi tahlil qilinadi. Shuningdek, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, mushaklar va yurak-qon tomir tizimini chiniqtirishga qaratilgan mashqlar majmuasining tuzilishi, bosqichlari va gigiyenik talablar asosida tuzilgan dastur namunasi keltirilgan.
Boshqa tillarda
ruschaКОМПЛЕКС ФИЗИЧЕСКИХ УПРАЖНЕНИЙ, ИСПОЛЬЗУЕМЫХ В ТУРИЗМЕ.
В статье рассматриваются теоретические основы комплекса физических упражнений, применяемых в туризме, их виды, назначение и практическое значение. В работе анализируется роль и необходимость физических упражнений в местах активного туризма — пешего туризма, альпинизма и велоспорта. Также представлена примерная программа, основанная на структуре, этапах и гигиенических требованиях комплекса упражнений, направленных на повышение физической подготовленности, укрепление мышц и сердечно-сосудистой системы.
inglizchaA COMPLEX OF PHYSICAL EXERCISES USED IN TOURISM.
This article sets out the theoretical foundations of the complex of physical exercises used in tourism, their types, purpose and practical significance. The work analyses the role and the necessity of physical exercises in such active forms of tourism as hiking, mountain walking and cycle tourism. A sample programme is also presented, drawn up on the basis of the structure and stages of a set of exercises aimed at raising the level of physical fitness and conditioning the muscles and the cardiovascular system, and on the basis of hygienic requirements.
Kalit so‘zlar
- Turizm
- Faol turizm
- Jismoniy tayyorgarlik
- Jismoniy mashqlar kompleksi
- Isinish mashqlari
- Asosiy mashqlar
- Cho‘zilish mashqlari
- Sayohatchi sog‘lig‘i
- Mashq dasturi
- Sog‘lom turmush tarzi
- Turistik xavfsizlik. КОМПЛЕКС ФИЗИЧ ЕСКИХ УПРАЖНЕНИЙ
- ИСПОЛЬЗУЕМЫХ В ТУРИЗМЕ. Б. Абдуллаев преподаватель НамГУ
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
TURIZMDA FOYDALANILADIGAN JISMONIY MASHQLAR KOMPLEKSI. B.Abdullaev NamDU o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.15665467 Annotatsiya: Ushbu maqolada, turizmda foydalaniladigan jismoniy mashqlar kompleksining nazariy asoslari, ularning turlari, maqsadi va amaliy ahamiyati yoritilgan. Ishda faol turizm yo‘nalishlari – piyoda sayohat, tog‘yurishlari, veloturizm kabi turlarda jismoniy mashqlarning o‘rni va zarurligi tahlil qilinadi. Shuningdek, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, mushaklar va yurak-qon tomir tizimini chiniqtirishga qaratilgan mashqlar majmuasining tuzilishi, bosqichlari va gigiyenik talablar asosida tuzilgan dastur namunasi keltirilgan. Kalit so’zlar: Turizm, Faol turizm, Jismoniy tayyorgarlik, Jismoniy mashqlar kompleksi, Isinish mashqlari, Asosiy mashqlar, Cho‘zilish mashqlari, Sayohatchi sog‘lig‘i, Mashq dasturi, Sog‘lom turmush tarzi, Turistik xavfsizlik.
КОМПЛЕКС ФИЗИЧЕСКИХ УПРАЖНЕНИЙ, ИСПОЛЬЗУЕМЫХ В ТУРИЗМЕ. Б. Абдуллаев преподаватель НамГУ Аннотация: В статье рассматриваются теоретические основы комплекса физических упражнений, применяемых в туризме, их виды, назначение и практическое значение. В работе анализируется роль и необходимость физических упражнений в местах активного туризма — пешего туризма, альпинизма и велоспорта. Также представлена примерная программа, основанная на структуре, этапах и гигиенических требованиях комплекса упражнений, направленных на повышение физической подготовленности, укрепление мышц и сердечно-сосудистой системы. Ключевые слова: Туризм, Активный туризм, Физическая подготовка, Комплекс упражнений, Разминочные упражнения, Базовые упражнения, Упражнения на растяжку, Здоровье путешественника, Программа упражнений, Здоровый образ жизни, Безопасность туристов.
COMPLEX OF PHYSICAL EXERCISES USED IN TOURISM. B.Abdullaev Teacher, NamDU Abstract: This article covers the theoretical foundations of the complex of physical exercises used in tourism, their types, purpose and practical significance. The work analyzes the role and necessity of physical exercises in such types of active tourism - hiking, mountaineering, cycling. Also, the structure, stages and a sample program based on hygienic requirements of a complex of exercises aimed at increasing the level of physical fitness, strengthening the muscles and cardiovascular system are presented. Keywords: Tourism, Active tourism, Physical training, Physical exercise complex, Warmup exercises, Basic exercises, Stretching exercises, Traveler's health, Exercise program, Healthy lifestyle, Tourist safety.
KIRISH XXI asrda turizm inson faoliyatining eng tez rivojlanayotgan va ahamiyatli tarmoqlaridan biriga aylandi. Turizm nafaqat dam olish va madaniy boyliklar bilan tanishish vositasi, balki
sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, faol turizm – tog‘yurishlari, velosiped safarlari, ekoturizm va ekstremal yo‘nalishlar – inson organizmidan yuqori jismoniy faollik va tayyorgarlikni talab qiladi. Shu sababli, turizmda jismoniy mashqlar kompleksini to‘g‘ri tashkil etish – sayohatchining sog‘lig‘ini saqlash, jarohatlardan himoya qilish va safardan maksimal foyda olish imkonini beradi. ASOSIY QISM Hozirgi davrda turizm faoliyati faqat dam olish bilan cheklanmaydi. Ko‘pchilik odamlar ekstremal va faol dam olish turlariga qiziqmoqda. Tog‘sayohatlari, trekking, velosiped safari, kajakda suzish kabi faol yo‘nalishlar inson organizmiga katta yuklama beradi. Bunday faoliyatda ishtirok etishdan avval, sayohatchining jismoniy holatini aniqlash, u uchun mos mashqlar kompleksini ishlab chiqish va safar oldidan tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tashkil etish zarur bo‘ladi.Jismoniy mashqlar organizmni chiniqtiradi, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarini yaxshilaydi, mushaklarning chidamliligini oshiradi va sayohat paytida yuzaga keladigan charchoq, mushak zo‘riqishi, muvozanat buzilishi kabi holatlarning oldini oladi. Shuningdek, turistik mashqlar kompleksi orqali quyidagi yutuqlarga erishish mumkin: Sayohat davomida charchoq darajasini pasaytirish; Jarohat olish xavfini kamaytirish; Psixologik tayyorgarlikni mustahkamlash; Guruhiy harakatlar va koordinatsiyalashgan faoliyatga tayyorlash. Shu bois, turizmda jismoniy mashqlar kompleksi – bu nafaqat tayyorgarlik vositasi, balki xavfsizlik va sog‘lom turizm asosidir. Jismoniy mashqlar kompleksining maqsadi Turizmda qo‘llaniladigan mashqlar quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi: Yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash; Mushak va bo‘g‘imlarni harakatga tayyorlash; Nafas olish faoliyatini yaxshilash; Uzok' masofali yurishlarga tayyorgarlik; Zudlik bilan harakat qilish qobiliyatini oshirish; Jarohatlarning oldini olish Mashqlar kompleksining tuzilishi Mashqlar turi quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: 1. Isinish mashqlari (5–10 daqiqa): Isinish mushaklarni harakatga tayyorlab, qon aylanishini faollashtiradi. Bo‘yin aylanmalari; Yelka aylantirish; Qo‘l harakatlari (oldinga va orqaga); Belni aylantirish; Tizza bukish va orqaga egilish 2. Asosiy jismoniy mashqlar (15–20 daqiqa): Bu mashqlar yurish, yugurish yoki tog‘da yurishlarga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi. Yengil yugurish yoki joyida sakrash; Oyoq mushaklarini chiniqtiruvchi mashqlar (cho‘zilish, o'tirish-turish); Tana muvozanatini rivojlantiruvchi mashqlar; Nafas olish mashqlari (chuqur nafas olish va chiqarish) 3. Cho‘zilish (stretching) mashqlari (5–10 daqiqa): Mashqdan so‘ng mushaklarni bo‘shashtirish, charchoq va qattiqlikni kamaytiradi. Orqa, son va bel mushaklari uchun cho‘zilish; Qo‘l va yelka mushaklari uchun mashqlar; Nafasni me’yorga keltirish mashqlari Turistik faoliyat turlari uchun maxsus mashqlar Piyoda yurish (tracking): Oyoq va tizza mushaklarini chiniqtirishga qaratilgan mashqlar. Tog‘yurishlari: Zich nafas olish, yurak urishini me’yorda ushlab turish uchun yurish-yugurish mashqlari. Veloturizm: Oyoq mushaklari, orqa va bel uchun mashqlar. Suv turizmi: Qol mushaklari, suzish harakatlarini imitatsiya qiluvchi mashqlar.
XULOSA Turizm – bu nafaqat yangi joylarni kashf qilish va madaniyatlar bilan tanishish, balki jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlovchi faoliyatdir. Ayniqsa, faol turizm (piyoda sayohat, tog‘yurishlari, velosiped safari, eko-turizm) ko‘p jismoniy kuch talab etadi. Shu sababli, sayohatchilarning tayyorgarligini oshirish va ularning sog‘lig‘ini saqlash uchun maxsus jismoniy mashqlar kompleksi muhim o‘rin tutadi.Turizmda foydalaniladigan jismoniy mashqlar kompleksi – sog‘lom va xavfsiz sayohatning muhim omillaridan biridir. To‘g‘ri tanlangan mashqlar sayohatchilarning jismoniy tayyorgarligini oshiradi, charchoqni kamaytiradi va safardan maksimal zavq olish imkonini yaratadi. Shu bois, har bir turist o‘z sayohati oldidan muntazam ravishda ushbu kompleks asosida mashqlarni bajarib borishi maqsadga muvofiqdir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Karimov, A. "Turizm asoslari", Toshkent, 2020.
- Xolmurodov, B. "Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi", Samarqand, 2019.
- O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ma’lumotnomasi, 2023.
- Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) – "Faol hayot tarzi bo‘yicha tavsiyalar", 2022.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012954
- Nashr sanasi
- 2025-06-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 5
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i5.1627
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 115–117
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11