Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola10.00.00Ochiq kirish

TO‘G‘AY MURODNING “OYDINDA YURGAN ODAMLAR” ASARIDAGI XALQ OG‘ZAKI IJODI HAQIDA.

Ravshanova Madina Zafarjon qiziUniversity of Business and Science Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 2Sahifa 66–70

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi, o‘zbek xalqining sevimli farzadi Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” asaridagi xalq og‘zaki ijodining namunalari haqida. To‘g‘ay Murodning bu asari xalqimizning urf-odatlarini, xalq og‘zaki ijodini, bayramlarini, bolalar o‘yinlarini, toponimlarni qisqa va lo‘nda tarzda ifodalab bergan. Ushbu asarga XX asrning eng buyuk yozuvchilaridan biri Said Ahmad shunday ta‘rif beradi: “Sharqning buyuk dostonlari “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”lar, “Tohir va Zuhro”lar necha yuz yillardan beri yashab keladi. Ularda bir-biriga yetisholmay, muhabbat yo‘lida jon bergan baxtsiz oshiq-mashuqlar tasvirlanadi. To‘g‘ay Murod ham doston yozdi. Otini “Oydinda yurgan odamlar” qo‘ydi. Qissa nomini o‘qishingiz bilanoq sizni allaqanday sirli-sehrli oydin kecha bag‘riga oladi. Ichingizga ajib bir nur o‘rmalab kiradi. Dil-dilingizni yoritib yuboradi.

Boshqa tillarda

ruschaО НАРОДНОМ ТВОРЧЕСТВЕ В ПРОИЗВЕДЕНИИ ТОГАЯ МУРАДА «OYDINDA YURGAN ODAMLAR»

В статье рассматриваются образцы устного народного творчества в произведении любимого сына узбекского народа Тогая Мурода «Люди, шагающие по луне». В этом произведении Тогая Мурода кратко и емко описываются традиции, фольклор, праздники, детские игры, топонимы нашего народа. Саид Ахмад, один из величайших писателей XX века, описывает это произведение следующим образом: «Великие эпосы Востока, такие как «Лейли и Меджнун», «Фархад и Ширин» и «Тахир и Зухро», существуют уже сотни лет. На них изображены несчастные влюбленные, которые, не имея возможности достучаться друг до друга, пожертвовали своей жизнью ради любви. Тогай Мурад также написал достан. Он назвал его «Люди, которые ходили по Луне». Как только вы прочитаете название рассказа, вас окутает объятие какой-то таинственной, волшебной лунной ночи. Странный свет проникает в вас. Это просветит ваше сердце.

inglizchaON THE ORAL FOLK ART IN TO‘G‘AY MUROD‘S WORK “OYDINDA YURGAN ODAMLAR”.

This article deals with examples of oral folk art in the work "Oydinda yurgan odamlar" by Tog‘ay Murod, People‘s Writer of Uzbekistan and a beloved son of the Uzbek people. In this work Tog‘ay Murod expressed briefly and concisely the customs of our people, their oral folk art, their festivals, children‘s games and toponyms. Said Ahmad, one of the greatest writers of the 20th century, describes this work as follows: "The great epics of the East, "Layli and Majnun", "Farhod and Shirin" and "Tohir and Zuhro", have lived on for many hundreds of years. They depict unhappy lovers who could not reach one another and gave their lives on the path of love. Tog‘ay Murod also wrote an epic. He named it "Oydinda yurgan odamlar". As soon as you read the title of the story, some mysterious, magical moonlit night takes you into its embrace. A wondrous light creeps into you. It illuminates the very depths of your heart.

Kalit so‘zlar

  • Tog‘ay Murod
  • maqol
  • topishmoq
  • xalq qo‘shiqlari
  • So‘fi Olloyor
  • Oymomo
  • Qoplonbek
  • bolalar o‘yinlari

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

TO‘G‘AY MURODNING “OYDINDA YURGAN ODAMLAR” ASARIDAGI XALQ OG‘ZAKI IJODI HAQIDA. Ravshanova Madina Zafarjon qizi University of Business and Science Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.14955277 Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi, o‘zbek xalqining sevimli farzadi Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” asaridagi xalq og‘zaki ijodining namunalari haqida. To‘g‘ay Murodning bu asari xalqimizning urf-odatlarini, xalq og‘zaki ijodini, bayramlarini, bolalar o‘yinlarini, toponimlarni qisqa va lo‘nda tarzda ifodalab bergan. Ushbu asarga XX asrning eng buyuk yozuvchilaridan biri Said Ahmad shunday ta’rif beradi: “Sharqning buyuk dostonlari “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”lar, “Tohir va Zuhro”lar necha yuz yillardan beri yashab keladi. Ularda bir-biriga yetisholmay, muhabbat yo‘lida jon bergan baxtsiz oshiq-mashuqlar tasvirlanadi. To‘g‘ay Murod ham doston yozdi. Otini “Oydinda yurgan odamlar” qo‘ydi. Qissa nomini o‘qishingiz bilanoq sizni allaqanday sirli-sehrli oydin kecha bag‘riga oladi. Ichingizga ajib bir nur o‘rmalab kiradi. Dil-dilingizni yoritib yuboradi. Kalit so‘zlar: Tog‘ay Murod, maqol, topishmoq, xalq qo‘shiqlari, So‘fi Olloyor, Oymomo, Qoplonbek, bolalar o‘yinlari.

О НАРОДНОМ ТВОРЧЕСТВЕ В ПРОИЗВЕДЕНИИ ТОГАЯ МУРАДА «OYDINDA YURGAN ODAMLAR». Аннотация: В статье рассматриваются образцы устного народного творчества в произведении любимого сына узбекского народа Тогая Мурода «Люди, шагающие по луне». В этом произведении Тогая Мурода кратко и емко описываются традиции, фольклор, праздники, детские игры, топонимы нашего народа. Саид Ахмад, один из величайших писателей XX века, описывает это произведение следующим образом: «Великие эпосы Востока, такие как «Лейли и Меджнун», «Фархад и Ширин» и «Тахир и Зухро», существуют уже сотни лет. На них изображены несчастные влюбленные, которые, не имея возможности достучаться друг до друга, пожертвовали своей жизнью ради любви. Тогай Мурад также написал достан. Он назвал его «Люди, которые ходили по Луне». Как только вы прочитаете название рассказа, вас окутает объятие какой-то таинственной, волшебной лунной ночи. Странный свет проникает в вас. Это просветит ваше сердце. Ключевые слова: Тогай Мурад, пословица, загадка, народные песни, суфий Оллоёр, Оймомо, Коплонбек, детские игры.

ABOUT FOLK POETRY IN THE WORK OF TOGAY MUROD " OYDINDA YURGAN ODAMLAR". Abstract: This article is about examples of folk poetry in the work of Togay Murod, the national writer of Uzbekistan, the beloved son of the Uzbek people. This work of Togay Murod briefly and concisely expresses the traditions of our people, folk poetry, holidays, children's games, toponyms. Said Ahmad, one of the greatest writers of the 20th century, describes this work as follows: "The great epics of the East "Leyli and Majnun", "Farhod and Shirin", "Tohir and Zuhro" have been alive for hundreds of years. They describe unhappy lovers who, unable to reach each other, died for the sake of love. Togay Murod also wrote an epic. He called it "People Walking on

the Moon". As soon as you read the title of the story, you are enveloped in some mysterious, magical moonlit night. A strange light creeps into you. It illuminates your heart. Keywords: Togay Murad, proverb, riddle, folk songs, Sufi Olloyor, Oymomo, Koplonbek, children's games.

KIRISH “...Ko‘zlari kulmish bobomiz, yuzlari kulmish bobomiz, yonoqlari kulmish bobomiz, lablari kulmish bobomiz tantana qildilar. –Bu adirlar bizniki! – dedilar. O‘ksiklar zarbidan yelkalari silkina berdi. –Bu oydinlar bizniki! – dedilar. Ko‘ngillari tinmayin o‘ksimish bobomiz, yelkalari tinmayin silkinmish bobomiz so‘nggi bor, so‘nggi bor oyoq ildilar. Qomatlarini adl tutdilar. Sayrak adirda o‘tirmish o‘g‘il – qizlariga tantana bilan qaradilar. Bobolarim birin – ketin suyak surib o‘tgan yer, Momolarim sochlarini qirqta o‘rib o‘tgan yer… Bobomiz so‘qmoqdagi so‘nggi qadamlarini boso – bosa, oydindagi so‘nggi sozlarini ayta –ayta, yo‘llarida davom etdilar: –Endi ketsak mayli!...” [1.149] ASOSIY QISM O‘zbekiston xalq yozuvchi , O‘zbek xalqining sevimli farzandi, umrini faqat ijod qilishga bag‘ishlagan yozuvchi To‘g‘ay Murod. Yozuvchining har bir asarida o‘zbek xalqining urf-odatlari aks etadi. Uning shunday asarlaridan biri “Oydinda yurgan odamlardir”. Bu asarda xalq o‘g‘zaki ijodining eng yorqin namunalarini ko‘rishimiz mumkin. Asarda bosh qahramonlar Oymomo va Qoplonbekni sof va samimiy muhabbati aks etadi. Asarning bosh qahramonlari umrining so‘nggigacha bir –biriga vafodor bo‘lib, farzand umidida hayotini o‘tkazadi. Asarda xalq o‘g‘zaki ijodining namunalari: maqollar, topishmoqlar, xalq qo‘shiqlari va shevalar haqida o‘ziga xos tasvirlangan. “Maqol — xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli va obrazsiz, grammatik va mantiqiy tugallangan maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli. Muayyan aniq shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassam ekani ifodalangan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan”. [2] Yozuvchi asarida xalqimizga xos bo‘lgan har bitta gapiga maqol qo‘shib aytish san’atini qo‘llaydi. Asarda “Chin gaplar ko‘ngilda bo‘ladi. Tilga chiqsa, yolg‘on bo‘ladi – qoladi”. Yozuvchi bu maqol orqali Qoplonbekni bo‘z bola holatini tasvirlaydi, bo‘z bolalikning mohiyati haqida qalban inkor etadi. Qahramon tasvirida yozuvchi qarashlari mujassamlashgani haqiqat. “Ko‘ngling bilan eshit – quloq aldaydi, aqling bilan ko‘r – ko‘z aldaydi ”, “ Chiroying borida chinoringni top”, “Qirqiga chidagan kuyov, qirq biriga-da chidar”, “Uchdan keyin puch bo‘ladi”, “Yon qo‘shnim – jon qo‘shnim bo‘ldi”, “Bularingda bo‘lib o‘t, bo‘z yo‘rg‘aday yelib o‘t”, “Bolali uy xandon bo‘ldi, bolasiz uy zindon bo‘ladi”, “Ko‘za kunda sinmaydi, kunida sinadi”, “Olisdagi palovdan yaqindagi sho‘rva yaxshi”, “Folchiga ishonma, suvga suyanma”, “Bedana tezotar bo‘lsa, o‘z boshini o‘zi yoradi” kabi maqollarni misol keltirishimiz mumkin. Bu asarda har bir vaziyatga qarab alohida – alohida maqollar keltiradi.

“Oydinda yurgan odamlar” asariga O‘zbek xaqlining eng yuksak yozuvchilaridan biri Odil Yoqubov shunday ta’rif beradi : “To‘g‘ay Murodning birgina “Oydinda yurgan odamlar”qissasida, yanglishmasam, adibga xos bo‘lgan fazilatlar yanada yaqqolroq seziladi. Asar nima haqida? Bir qarashda qissa adabiyotimizda ko‘p aytilgan farzandsizlik muammosiga bag‘ishlangandek tuyuladi. Aslida, unday emas. Aslida, uslub jihatdan xalq dostonlariga o‘xshab ketadigan bu qissani muhabbat haqidagi bir kuy, to‘g‘rirog‘i, muhabbatga suyanib, barcha hayot dovullarini yengib o‘tgan ikki dil, ikki pok inson haqidagi tirik bir qo‘shiq desak yarashadi. Yaxshi qo‘shiq mungli bo‘ladi, biroq bu mung ko‘ngilga g‘ashlik solmaydi, bil’aks, suv ichganday ravshan qiladi”. Odil Yoqubov bu misralari orqali To‘g‘ay Murodni haqida yuksak baho bildirgani haqiqatdir. Har bir inson asarni o‘qish davomida asar ichiga kirib ketadi. Asarning yana bir jihatlaridan biri shuki, asarda ko‘plab xalqimizning urf – odatlari va qadriyatlariga duch kelamiz. Surxon xalqining eng ajoyib urf- odatlaridan biri to‘ydagi urf-odatlar va o‘ziga xos munosabatlar talqinini o‘qishimiz mumkin. Asarni o‘qish davomida o‘quvchi marvariddek tuzilgan fikrlar ketma-ketligini, mantiqiy mazmunlar og‘ushiga singib ketganini sezmay qoladi… Masalan, “it g‘irillatar”, “kampir o‘ldi”, “soch siypatar”, “qo‘l ushlatar” kabilar mintaqaviy urf-odatlardir. Yoki, asarda Navro‘z bayramining yaratilishi haqida shunday deyiladi: “Navro‘z bundan yetti ming yil muqaddam joriy etilmish Quyosh yil-oy kuni bilan barobar bino bo‘ldi. Emishki, Quyosh olamni bir yilda bir bor aylanadi. Shu aylanmish yo‘lda o‘n ikkita burjga ro‘paro‘keladi. Quyosh har burjni bir oy mobaynida aylanib o‘tadi. Zulmat bilan ziyo teng bo‘lmish kunda Hamal deya atalmish burjga yetib keladi. Quyosh ana shu Hamal burjida boshidan chiqmish kunda olam o‘zgacha rang oladi. Olam bir boshqa bo‘ladi. Taxmuraslar sulolasidan bo‘lmish Jamshid podsho ana shu kunni Navro‘z deb atadi.” Navro‘z bahor kelishi bilan barcha davrlarda insonlarning hayotidagi eng quvonchli hodisa bo‘lgan. Insonlar uni tabiatning uyg‘onishi, hayot tantanasi, saxovatli hosildor yilga bo‘lgan umidlar bayrami deb bilganlar. Va ko‘plab insonlar shu yilning barakali o‘tishini ham shunga bog‘lar edilar. Navro‘z qaysi kunga to‘g‘ri kelsa shu kun bilan urf-odatlari bor edi. Masalan, yakshanba kunga to‘g‘ri kelsa o‘lim-yetimlar oz bo‘ladi, dushanba kunga to‘g‘ri kelsa yaxshi bo‘ladi-yu faqat bug‘doy kam bo‘ladi, chorshanba to‘g‘ri kelsa, qimmatchilik bo‘ladi,– deb hijriy yil va uning to‘g‘ri ekani hisoblardagi mazmunlar haqiqatga yaqinligi ko‘rsatilgan. Yana bu asarda yozuvchi Oymomoning farzand hohlayotganini qanchalik umid qilayotgan hislarini bolalarga xos bo‘lgan xalq o‘yinlaridan ham foydalangan holda ko‘rsatib beradi. “Olapar qabatida qizaloqlar davra bo‘lib o‘tirib bosmalim o‘ynar emish. BIr qizaloq gilosday-gilosday beshta tosh, ikkitasini o‘ng, ikkitasini chap tarafga qo‘yarmish. Qo‘lida qolmish bir toshni osmonga otarmish. Kafti bilan yerga bir shapatilarmish-da, osmondan kelmish toshni qo‘li yuzasi bilan ilib olarmish. Qo‘li yuzasidan g‘oyat nafis, g‘oyat epchillik bilan qo‘li kaftiga olarmish… Qizi bosmalim o‘ynay berarmish-o‘ynay berarmish! Bosmalimning yovg‘on turini o‘ynab bo‘lib, dahmana, ulug‘, eshala, eshonqo‘zim, shovdir, kichikqon, kattakon, kultepa, yer shapillatar, qayiruv kelin turlarini o‘ynarmish”. Bu voqealarni Oymomo tushida ko‘radi va farzand ko‘rish uchun bir ishora deb o‘ylaydi. To‘g‘ay Murod asarida faqat o‘yinni qanday o‘ynashni emas, balki u haqida to‘liq ma’lumot berib, o‘ynayotgan bolalardagi do‘stlik, chaqqonlik va beg‘uborlikni aks ettirgan. Bu asarni o‘qigan o‘quvchi har bir tasvir haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishi aniq.

“Oydinda yurgan odamlar” asarida ulug‘shaxslarning obrazlari ham uchraydi. Ular Xazrati Xizr va So‘fi Olloyordir. Oymomo va Qoplonbek So‘fi Olloyordan farzand tilab uning qabriga borishadi. Chunki xalqda shunday urf-odatlar bor edi. Agar So‘fi Olloyorning qabriga farzand talab yoki boylik talab borsa, uni albatta beradi deb o‘ylashadi. “So‘fi Olloyor asli Samarqanddan bo‘ldi. Kattaqo‘rg‘onning Minglar qishlog‘idan bo‘ldi. XVII-XVIII asrlarda yashab o‘tdi. Shayxlar maktabida hamda Buxorodagi Jo‘ybor shayxlari dargohida ta’lim oldi. G‘azallar bitdi. “Murod ul-orifin”, “Tuhfat ul-tolibin”, “Maslak ulmuttaqin”, “Sabot ul-ojizin”, “Musannib alayhi Raxmonni vasiyatlari” deya atalmish mazmiy devonlar tuzdi. Oltmish yoshida uch nafar sodiq xalfalarii bilan Samarqandni tark etdi. Borajak manzilini aytmadi. Kechasi bilan zim-ziyo yo‘q bo‘ldi”. Asarda So‘fi Olloyorning “Sabot ulojizin” nazmiy devonidan ham parchalar keltiradi. Ey bo‘rodar, meni yaxshi demanglar zinhor Zohirim so‘finomadir, botinim kin-niqor, Aning uchun tog‘-u tosh-u, cho‘lni qildim ixtiyor Shumlig‘im, rasvolig‘im, tegdi viloyat xalqiga Shu sababdin muhtamid bo‘ldim g‘ariblar bo‘mig‘a Qaysi holda o‘lganimni bilmasin xesh-tabor… So‘fi Olloyor bu misralari orqali o‘zining so‘fi ekanligini va o‘zining aybi ko‘pligini shuning uchun uni yaxshi demaslik kerak deb yozadi. Bu misralarning asl ma’nosi qanchalik odamlar uni maqtasa ham kamtar bo‘lishi kerakligi haqida yozadi. Xalqimizning yana bir ishonadigan narsalardan biri shu ediki, kim Xazrati Xizrni hayotida uch marta ko‘rsa o‘sha odamning tilagi amalga oshadi deb o‘ylashar edi. Asarning bosh qahramonlaridan biri Qoplonbek ham Xazrati Xizrni uch marta ko‘radi va Xazrati Xizrdan farzand so‘raydi. Qoplonbek umrining oxirigacha Xazrati Xizr farzand berishiga ishonadi. Aslida, har qanday inson “aqida” da mustahkam bo‘lib, (qalbida Allohdan o‘zga narsa bo‘lmasligi) ruhan- botiniy jihatdan insoniylikni faqirlik deb bilishi, uni ming iloh sifatida deb anglashi lozim. Ushbu asarda To‘g‘ay Murod topishmoqlardan ham mohirona foydalanadi. “Topishmoq – bu narsaning nima ekanligini bilishni tinglovchi yoki oʻquvchining ixtiyoriga qoldiradigan oʻyin boʻlib, uning xususiyatlarini ismini tilga olmay, bilvosita aytib beradi.Topishmoqlardagi savollar; U kontseptsiyani tavsiflovchi darajada boʻrttirish, teskari oʻzgartirish va oʻzgartirish orqali yaratilgan Bu ibora " soʻroq gap " boʻlishi shart emas. Topishmoqlar bir necha soʻzdan tashkil topgan gap shaklida ham, juftlik yoki bayt shaklida ham boʻlishi mumkin. Koʻp topishmoqlar qofiya holida keladi”. [3] Xususan, Asarda uchraydigan topishmoqlar: –Bukri momom buk etdi, yugurib uyiga kirib ketdi. –Sichqon. –Anavi tog‘dan qaragan, manavi tog‘dan qaragan, o‘zimga yarashar deb balxi ro‘mol o‘ragan. –Buzoqboshi.. –It emas, irillamas, odam emas, uyga qo‘ymas. –Qulf. –Yilting-yilting chirog‘im, yiltillaydi chirog‘im, gavhardan ko‘p qadri, qadrdonim chirog‘im. –Ko‘z.

Bu topishmoqlarni ayollarimiz “Sumalak” taomini pishirish jarayonida zerikmaslik uchun va bir-birlarini aqllarini sinash uchun aytishardi. Ushbu asarda yozuvchi Surxondaryo viloyatidagi Vaxshivor, Qorabuloq qishloqlari nomining kelib chiqishi haqida rivoyatlarni yozadi. To‘g‘ay Murod Qorabuloq qishlog‘ining nomini qo‘yilishi haqida shunday deydi: “Emishki, Olloyor bunday qaradi, Baxshimorda suv bo‘lmadi. Shunda Olloyor soy yoqalab bordi. Soy ostiga tushdi. Bir yer namlanib turdi, suv yiltirab turdi. Olloyor shu namni tayog‘I bilan turtdi. Yerdan sev sizib-sizib chiqdi. Olloyor xalfasiga: –Shu tayoq bilan yer chizib, Vaxshimorga iz qilib bora ber–dedi. Shunda xalfasi: –Suv pastda bo‘lsa,Vaxshimor yuqorida bo‘lsa, suv qanday qilib chiqadi?–dedi –Sen ilonizi qilib yuqorilab bora ber, suv chiqmasdan qolmaydi, –dedi Olloyor. Chindan-da, suv tayoq izidan yuqorilab bordi, Vaxshimorlab bordi. Suv quyidan yuqorilab oqdi! Olloyor suvni elga ko‘z-ko‘z qildi. –Qara – buloq! – dedi. Shu-shu, buloq Qorabuloq, deya ataldi”. [1.48] Asarda xalq og‘zaki ijodi, toponimlar, ulug‘shaxslar haqidagi ma’lumotlardan tashqari, shevalarga ham urg‘u beradi.Misol uchun, bolalarni Surxon shevasida “bo‘laginam” deb atashardi. Yoki bo‘lmasa yostiqni “bolish” deyishlarini yozadi. “–Men seni bo‘lam deb aytib edim, bo‘laginam deb aytib edim, eb-ey!” [1.74] To‘g‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” asarini yozishda shunday usuldan foydalanadi. Avval asarni voqealikdan boshlaydi-da keyin u narsalar haqida ma’lumot beradi. Masalan, asarnining boshlanishi Qoplonbekni Oymomoga sovchi jo‘natishi bilan boshlab, keyin ular haqida ma’lumot beradi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, To‘g‘ay Murodning bu asari xalqimizning urf-odatlarini, xalq og‘zaki ijodini, bayramlarini, bolalar o‘yinlarini, toponimlarni qisqa va lo‘nda tarzda ifodalab bergan. Ushbu asarga XX asrning eng buyuk yozuvchilaridan biri Said Ahmad shunday ta’rif beradi: “Sharqning buyuk dostonlari “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”lar, “Tohir va Zuhro”lar necha yuz yillardan beri yashab keladi. Ularda bir-biriga yetisholmay, muhabbat yo‘lida jon bergan baxtsiz oshiq-mashuqlar tasvirlanadi. To‘g‘ay Murod ham doston yozdi. Otini “Oydinda yurgan odamlar” qo‘ydi. Qissa nomini o‘qishingiz bilanoq sizni allaqanday sirli-sehrli oydin kecha bag‘riga oladi. Ichingizga ajib bir nur o‘rmalab kiradi. Dil-dilingizni yoritib yuboradi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi To‘g‘ay Murod asarlaridagi mohiyatni anglash shunchaki oddiy emas, balki u moddiylikni latif, ruhning zindoni deb aytish uchun og‘iz, o‘quvchiga moziyni o‘rganmoq–shart, zero u kelajak tamadduni deyotgandek tuyulaveradi, tuyulaveradi…To‘g‘ay Murodning kuyib, yonib, o‘rtanib bitgan, ba’zan faryod urib bitgan “Oydinda yurgan odamlar” qissasini “Muhabbat qo‘shig‘i”, deb atagim keldi”. To‘g‘ay Murod ushbu asari uchun Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotiga laureti bo‘ladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar3 ta adabiyot

  1. To‘g‘ay Murod “Oydinda yurgan odamlar”. Toshkent.–2019.149b.
  2. https://uz.wikiquote.org/wiki/O%CA% O‘zbek_maqollari
  3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Topishmoq

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012807
Nashr sanasi
2025-03-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
2
DOI
10.66073/researchfocus.v4i2.1325
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
66–70
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11