Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola19.00.00Ochiq kirish

UNIVERSITETDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN PROFESSOR - O‘QITUVCHILARIDAGI KASBIY SO‘NISH JARAYONINING PSIXOLOGIK XUSUSSIYATLARI

Kurbanova Zilola Alisher qiziKatta o‘qituvchi, Uzluksiz ta‘lim pedagogikasi kafedrasi, Oriental universiteti2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 12Sahifa 204–209

Annotatsiya

Mazkur maqolada pedagoglarning kasblariga nisbatan faolligi va qiziqishini so‘nishi mexanizmlariga e‘tibor qaratilgan, shu bilan birga mazkur xolatdagi shaxslarga qanday yordam berish yo‘llariga to‘xtalib o‘tilgan. Pedagoglarda kasbiy so‘nish jarayonining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini empirik jihatdan o‘rganish hamda kasbiy so‘nish profilaktikasi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Pedagoglarda kasbiy so‘nish jarayonining shakllanishiga ta‘sir etuvchi omillar, mijoz bilan aloqaning chuqurlashuvi, o‘z-o‘zini baholash, o‘zi faoliyat olib borayotgan muassasadagi munosabatlar, nevrotizm (tashvishlanish), mehnat obyektiga nisbatan bo‘lgan munosabat, ekstroversiya kabi ijtimoiy-psixologik omillar empirik tadqiqotlar asosida aniqlangan o‘qituvchilarda kasbiy so‘nish kuzatilish holatlari haqida ma‘lumotlar berilgan. Kasbiy so‘nishning yosh, ish staji bo‘yicha namoyon bo‘lishiga ko‘ra, rezistensiya (qarama-qarshilik), «tanglik darajasi», «charchoq hissi», «hissiy reaksiyaning noadekvatligi», «kasbiy majburiyatlarni bajarish hissining kamayishi» (reduksiya), «tashvishlanish va depressiya» xususiyatlari; erkaklarning voqelikni ichiga yutish, stressogen ta‘sirlarni ayollar singari tezda o‘tkazib yubora olmaslik, erkakning oila boquvchisi, ta‘minotchisi sifatidagi burch va mas‘uliyatini his qilishi kabi gender psixologik xususiyatlari asoslangan xulosalarga yo‘nalgan. /

Boshqa tillarda

ruschaПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПРОЦЕССА ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ВЫГОРАНИЯ У ПРОФЕССОРОВ И ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ УНИВЕРСИТЕТА

В данной статье рассматриваются механизмы угасания активности педагогов и интереса к своей профессии, и в то же время указывается, как помочь людям в этой ситуации. Разработаны эмпирическое исследование социально-психологических особенностей процесса профессионального выгорания и практические рекомендации по профилактике профессионального выгорания. Факторы, влияющие на формирование процесса профессионального угасания педагогов, углубление общения с клиентом, самооценка, отношения в учреждении, где он работает, невротизм (тревожность), отношение к объекту работы, социальные факторы, такие как экстраверсия. - на основе эмпирических исследований определены психологические факторы и приведены сведения о случаях профессионального выгорания среди учителей. По проявлению профессионального выгорания по возрасту, стажу работы, резистентности (противоречивости), «уровню напряженности», «чувству усталости», «неадекватности эмоционального реагирования», «сниженному чувству выполнения профессиональных обязательств» (снижению), особенностям о «тревоге и депрессии»; выводы, основанные на гендерно-психологических характеристиках, таких как способность мужчин воспринимать реальность, неспособность преодолевать стрессоры так же быстро, как женщины, чувство долга и ответственности мужчины как кормильца и кормильца семьи.

inglizchaPSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE PROCESS OF PROFESSIONAL BURNOUT AMONG UNIVERSITY PROFESSORS AND TEACHERS

This article focuses on the mechanisms of pedagogues‘ activity and interest in their profession fading away, and at the same time, it is pointed out how to help people in this situation. Empirical study of the socio-psychological features of the process of professional burnout and practical recommendations on the prevention of professional burnout have been developed. Factors affecting the formation of the process of professional fading in teachers, the deepening of communication with the client, self-evaluation, relations in the institution where he works, neuroticism (anxiety), attitude towards the object of work, social factors such as extroversion - psychological factors are determined on the basis of empirical research, and information is given about cases of professional burnout among teachers. According to the manifestation of professional burnout by age, length of service, resistance (contradiction), "tension level", "feeling of fatigue", "inadequacy of emotional reaction", "reduced feeling of fulfilling professional obligations" ( reduction), features of "anxiety and depression"; conclusions based on gender psychological characteristics, such as men‘s ability to absorb reality, inability to pass stressors as quickly as women, man‘s sense of duty and responsibility as family breadwinner and provider.

Kalit so‘zlar

  • kasbiy so‘nish
  • emotsional so‘nish
  • kasbiy stress
  • kasbiy identiklik
  • kasbiy «Men»
  • kasbiy kompetentlik
  • kasbiy hamkorlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE PROCESS OF PROFESSIONAL BURNOUT AMONG UNIVERSITY PROFESSORS AND TEACHERS Kurbanova Zilola Alisher qizi Senior Lecturer, Department of Continuing Education Pedagogy, Oriental University E-mail: Zilolakhan.kurbanova@.com https://doi.org/10. 5281/zenodo.14611198 Abstract: This article focuses on the mechanisms of pedagogues' activity and interest in their profession fading away, and at the same time, it is pointed out how to help people in this situation. Empirical study of the socio-psychological features of the process of professional burnout and practical recommendations on the prevention of professional burnout have been developed. Factors affecting the formation of the process of professional fading in teachers, the deepening of communication with the client, self-evaluation, relations in the institution where he works, neuroticism (anxiety), attitude towards the object of work, social factors such as extroversion - psychological factors are determined on the basis of empirical research, and information is given about cases of professional burnout among teachers. According to the manifestation of professional burnout by age, length of service, resistance (contradiction), "tension level", "feeling of fatigue", "inadequacy of emotional reaction", "reduced feeling of fulfilling professional obligations" ( reduction), features of "anxiety and depression"; conclusions based on gender psychological characteristics, such as men's ability to absorb reality, inability to pass stressors as quickly as women, man's sense of duty and responsibility as family breadwinner and provider. Keywords: professional burnout, emotional burnout, professional stress, professional identity, professional self, professional competence, professional cooperation, professional competence.

UNIVERSITETDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN PROFESSORO‘QITUVCHILARIDAGI KASBIY SO‘NISH JARAYONINING PSIXOLOGIK XUSUSSIYATLARI Annotatsiya: Mazkur maqolada pedagoglarning kasblariga nisbatan faolligi va qiziqishini so‘nishi mexanizmlariga e’tibor qaratilgan, shu bilan birga mazkur xolatdagi shaxslarga qanday yordam berish yo‘llariga to‘xtalib o‘tilgan. Pedagoglarda kasbiy so‘nish jarayonining ijtimoiypsixologik xususiyatlarini empirik jihatdan o‘rganish hamda kasbiy so‘nish profilaktikasi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Pedagoglarda kasbiy so‘nish jarayonining shakllanishiga taʻsir etuvchi omillar, mijoz bilan aloqaning chuqurlashuvi, o‘z-o‘zini baholash, o‘zi faoliyat olib borayotgan muassasadagi munosabatlar, nevrotizm (tashvishlanish), mehnat obyektiga nisbatan bo‘lgan munosabat, ekstroversiya kabi ijtimoiy-psixologik omillar empirik tadqiqotlar asosida aniqlangan o‘qituvchilarda kasbiy so‘nish kuzatilish holatlari haqida ma`lumotlar berilgan. Kasbiy so‘nishning yosh, ish staji bo‘yicha namoyon bo‘lishiga ko‘ra, rezistensiya (qarama-qarshilik), «tanglik darajasi», «charchoq hissi», «hissiy reaksiyaning noadekvatligi», «kasbiy majburiyatlarni bajarish hissining kamayishi» (reduksiya), «tashvishlanish va depressiya» xususiyatlari; erkaklarning voqelikni ichiga yutish, stressogen taʻsirlarni ayollar singari tezda o‘tkazib yubora olmaslik, erkakning oila boquvchisi, taʻminotchisi sifatidagi burch va masʻuliyatini his qilishi kabi gender psixologik xususiyatlari asoslangan xulosalarga yo‘nalgan.

Kalit so’zlari: Kasbiy rivojlanish, kasbiy so‘nish, psixologik jarayonlar, munosabatlar psixologiyasi.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПРОЦЕССА ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО УГАСАНИЯ ПРОФЕССОРОВ, РАБОТАЮЩИХ В ВУЗЕ Аннотация: В данной статье рассматриваются механизмы угасания активности педагогов и интереса к своей профессии, и в то же время указывается, как помочь людям в этой ситуации. Разработаны эмпирическое исследование социально-психологических особенностей процесса профессионального выгорания и практические рекомендации по профилактике профессионального выгорания. Факторы, влияющие на формирование процесса профессионального угасания педагогов, углубление общения с клиентом, самооценка, отношения в учреждении, где он работает, невротизм (тревожность), отношение к объекту работы, социальные факторы, такие как экстраверсия. - на основе эмпирических исследований определены психологические факторы и приведены сведения о случаях профессионального выгорания среди учителей. По проявлению профессионального выгорания по возрасту, стажу работы, резистентности (противоречивости), «уровню напряженности», «чувству усталости», «неадекватности эмоционального реагирования», «сниженному чувству выполнения профессиональных обязательств» (снижению), особенностям о «тревоге и депрессии»; выводы, основанные на гендерно-психологических характеристиках, таких как способность мужчин воспринимать реальность, неспособность преодолевать стрессоры так же быстро, как женщины, чувство долга и ответственности мужчины как кормильца и кормильца семьи. Ключевые слова: профессиональное выгорание, эмоциональное выгорание, профессиональный стресс, профессиональная идентичность, профессиональное Я, профессиональная компетентность, профессиональное сотрудничество, профессиональная компетентность.

KIRISH Jahon taʻlim va ilmiy markazlari olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda kasbiy faoliyat bilan bog’liq ruhiy charchash holati muammosi ko‘pincha, «yordam berish» turidagi kasblar vakillari bilan bevosita bog’liq ekanligini, ular orasida o‘qituvchilar alohida o‘rin tutishi qayd etiladi. Shunga ko‘ra, o‘qituvchilar faoliyatining umumiy psixologik xususiyatlari, masalan, yuqori darajadagi aks ettirish taʻsirning asosiy «vositasi» sifatidagi shaxslararo muloqot, o‘zini o‘zi boshqarishning yuqori darajasi va boshqalarda kasbiy so‘nish jarayonining kelib chiqishiga olib kelishi hamda ruhiy charchash holatini keltirib chiqarishi o‘rganilmoqda. Ammo, bu masalada taʻkidlash kerakki, hozirgi vaqtda kasbiy muvaffaqiyat sharoitida o‘qituvchilarda ruhiy charchash holatining kelib chiqishi va genezisini o‘rganish muammosi ishlab chiqilmagan, bu mazkur tadqiqotning dolzarbligi va maqsadini belgilaydi. O‘zbekistonda hozirgi kunda taʻlimni modernizatsiyalashga alohida eʻtibor qaratilmoqda, uning asosiy maqsadi taʻlim sifatini oshirishdir. Ushbu muammoning mumkin bo‘lgan yechimlari pedagogik jarayonga innovatsion texnologiyalarni faol joriy etish bilan tavsiflanadi. Davom etayotgan o‘zgarishlar sharoitida nafaqat o‘qituvchining yuqori kasbiy mahoratiga (bilim,

ko‘nikma va malakalarga), balki uning shaxsiy o‘zini o‘zi rivojlantirish darajasiga, psixologik barqarorligiga ham yuqori darajadagi talablarni qo‘yadi. Shundan kelib chiqib, Respublikamizda keyingi yillarda turli taʻlim maskanlarida faoliyat olib borayotgan pedagog va professoro‘qituvchilarning ruhiy salomatligini taʻminlash, psixologiya sohasida kasb psixologiyasi bo‘yicha mutaxasislarni tayyorlash, o‘qituvchilarning kasbiy shakllanishi uchun munosib shartsharoitlarni yaratish, moddiytexnik taʻminotini yaxshilash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Xususan, ... «jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat`iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash» ustuvor vazifa etib belgilandi. Ta`lim tarbiya sohasidagi mazkur islohotlarning asosiy maqsadi, albatta barkamol shaxs tarbiyasi masalasi hisoblanadi va Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev taʻbiri bilan aytganda «...jamiyat hayotini o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo taʻlim tizimidan boshlanganini ko‘ramiz. Taʻlim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o‘qituvchilardirz. Bu, o‘qituvchilik kasbi egalari zimmasiga qator masʻuliyatli vazifalarni yuklash bilan bir qatorda, pedagog va professor o‘qituvchilarning psixosotsial salomatligini saqlash, pedagogik jamoalarda sog’lom ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish, pedagoglarda kasbiy so‘nishning oldini olish, turli psixologik mexanizmlar asosida ularning stressga barqarorligini oshirish zaruratini tug’diradi. ASOSIY QISM Kuzatishlardan maʻlum bo‘lishicha, psixologiyada kasbiy so‘nish muammosiga nisbatan qiziqish yaqin davrlardan boshlab, eʻtibor berila boshlandi. 20-asrning so‘nggi o‘n yilligidan boshlab, jamiyat va insoniyat hayotiga bozor munosabatlarining joriy etilishi hamda jamiyatda inson mehnatining faollashuvi mazkur muammoni ilmiy o‘rganishg zaruriyatini keltirib chiqardi. Yigirmanchi asrning 90-yillari oxirida ruhiy so‘nish odam kasbiy faoliyatining turli sohalarida "emotsioanal so‘nish sindromi" nomi ostida maishiy psixologiyada o‘rganila boshlandi. Xususan, o‘qituvchilar, psixologlar, shifokorlar, ijtimoiy xodimlarning mehnat faoliyati xususiyatlarini o‘rganish orqali ushbu "yordamchi" kasblar vakillarining barchasida kasbiy psixologik so‘nish xavfini oshiradigan stress omillarining mavjudligi bilan birlashganligi aniqlandi. Pedagoglarda kasbiy so‘nish jarayonining ijtimoiy psixologik xususiyatlarini D.Qarshiyeva “Pedagog shaxsida kasbiy stress namoyon bo‘lishiga psixologik determenantlarning taʻsiri” nomli tadqiqotlarida pedagog shaxsida kasbiy stressning kelib chiqishiga taʻsir etuvchi psixologik omillar va ularning o‘qituvchilarda kasbiy so‘nish jarayoniga taʻsiri M.Kaplanova tomonidan “O‘zbek maktablari o‘qituvchisi shaxsining psixologik xususiyatlari” nomli dissertatsiya ishida o‘zbek maktabi o‘qituvchilarining shaxsiy kasbiy sifatlarini shakllanishiga taʻsir etuvchi etnopsixologik, ijtimoiy omillarning o‘rni Sh.G.Saparovning o‘qituvchilarining shaxsiy-kasbiy xususiyatlarini o‘rganishga bag’ishlangan tadqiqotida taʻkidlanishicha, ularning shakllanishi va rivojlanishi kasbiy faoliyatda amalga oshadi. Uning namoyon bo‘lish darajasi va sifati o‘qituvchilarning yoshi va ish staji bilan uzviy bog’liqdir. Shuningdek, muallif kasbiy xususiyatlarning rivojlanishida jins va kasbiy faoliyatning motivatsion asosi kabi omillarni ham ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, “Yutuqqa erishishga bo‘lgan ehtiyojning yuqori darajasi tendensiyasi asosan 10 yilgacha stajga ega bo‘lgan 30-35 yoshgacha o‘qituvchilarda namoyon buladi. Keyin faoliyatda yutuqqa erishish extiyojining barqarorlashib borishi natijasida o‘rtacha qiymatlar tenglashib boradi . Pedagogik ishning aqliy zo‘riqishni talab etishligi uning o‘ziga xosligi bo‘yicha N.V.Kuzmina, Yu. L. Lvova, N.B. Moskvina, A.S. Slastenin, V.E.Orel, A.A. Rukavishnikovlar uchta asosiy tarkibiy tarkibiy qismlarning: pedagogik faoliyat, pedagogik muloqot va o‘qituvchi shaxsiyati xususiyatlari bilan bevosita bog’liqdir Tadqiqotchilar E. Edelvich, A. Brodskiy

so‘nishni umidsizlik jarayoni kontekstida ko‘rib chiqadilar. Kasbiy so‘nishni o‘rganish natijasida idealizm va quvvatni yo‘qotish deb taʻriflanadi. Bunda ideal g’oyalar real vaziyatga to‘g’ri kelmaydi, natijada inson o‘zi xohlagan natijaga erisha olmaydi . Bundan tashqari, kasbiy so‘nish jarayonini o‘rganish bo‘yicha yana bir nechtamodellar mavjud. Masalan, A. Pines-Aronson modeli. Ushbu yondashuvda hissiy so‘nish hissiyotlar bilan to‘yingan voqealarda uzoq vaqt qolish tufayli kognitiv, jismoniy va hissiy charchoqning maxsus holati sifatida taqdim etiladi. Quyidagi tavsiyalar to‘g’ridan-to‘g’ri kasbiy so‘nishni boshdan kechirmayotgan o‘qituvchilar va so‘nishning birinchi bosqichidagi o‘qituvchilarga tavsiya etilishi mumkin- hayotga ijobiy va yaxshi kayfiyatda munosabatda bo‘lish; - oqilona turmush tarzini olib borish; - o‘ziga ehtiyot bo‘lish, tananni tinglashni o‘rganish; - ichki ovozni tinglash; - o‘zizga g’amxo‘rlik qilish: sog’lom turmush tarzini olib borish, muloqot ehtiyojlarini qondirish; - yetarlicha uxlash; - o‘zini sevish; - o‘zining qobiliyatiga ko‘ra, ishni olish; - ishda baxt yoki najot izlashni to‘xtatish; - boshqalar uchun yashashni to‘xtatish, yaʻni ularning hayotini yashashni yig’ishtirish; - o‘zi uchun vaqt topish; - o‘zi uchun biror bir qiziqarli va sevimli mashg’ulotlar, qiziqarli kurslarni topish; - vaqtivaqti bilan hayotiga yangi narsalarni kiritish; - ish bilan bog’liq tajribalardan chalg’itishni o‘rganish; - kun voqeliklarini ehtiyotkorlik bilan tushunishni o‘rganish; - biror kishiga yordam berishni yoki unga biror bir ish qilishni xohlashni o‘ylab ko‘rish: unga kerakmi? ehtimol buni uning o‘zi hal qila oladimi?; - hazil-huzul bilan yashashni o‘rganish; - iloji bo‘lsa, hamma narsani o‘z kuchi bilan qilish; - sog’liqga zarar bermasdan muvaffaqiyatsizlikdan omon qolishga harakat qilish; - keraksiz raqobatdan saqlanish «Pedagoglarda kasbiy so‘nish jarayonining ijtimoiypsixologik xususiyatlari» mavzusida olib borilgan tadqiqot natijasida quyidagi xulosalar ishlab chiqildi: 1.Ko‘pgina tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, psixik so‘nish ko‘proq “odam-odam” sohasidagi kasblar vakillariga xosdir, ularning ishi odamlar bilan intensiv, yaqin aloqada bo‘lish, hissiy haddan tashqari zo‘riqish (shifokorlar, ruhoniylar, o‘qituvchilar, huquqshunoslar, ijtimoiy ishchilar, psixologlar, psixoterapevtlar va boshqalar) bilan bog’liq. “Odam-odam” sohasidagi kasblar xodimlaridan muloqot qilish qobiliyati, empatiya (uning tajribalarida ishtirok etish orqali boshqa odamning ichki dunyosiga kirish), shaxsiy intilishlarni, tashabbuslarni va mijozlarning individual xususiyatlarini qabul qilish, insonparvarlik va rahm-shafqat kabi fazilatlar talab qilinadi. 2. Shuni taʻkidlash kerakki, kasbiy so‘nish haqidagi maqolalar va asarlar mualliflari bu haqda noaniq mulohazalarni ilgari suradilar. Xususan, ayrim hollarda o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatiga salbiy taʻsir ko‘rsatadigan kasbiy deformatsiya sifatida, boshqa bir tadqiqotlarda – psixikani tartibga solish va uni salbiy hissiy taʻsirlardan himoya qilish imkonini beruvchi psixologik himoya mexanizmi sifatida talqin qilinadi. Biz tadqiqotimizda olingan natijalar asosida kasbiy so‘nish - sindromi hayotning aqliy, somatik va ijtimoiy sohalaridagi buzilish belgilarining aniq kombinatsiyasi bilan tavsiflanadigan va muayyan alomatlarning mavjudligi charchashning turi va darajasini belgilaydi. 3. O‘qituvchilarda hissiy charchash - birinchi navbatda, individual va shaxsiy xususiyatlar bilan belgilanadi. Bu, birinchidan, o‘qituvchining qiymat-motivatsion sohasida nomuvofiqlik mavjudligi, xususan, kasbiy faoliyatda hayotning mazmunini shakllantiruvchi qadriyatlarni va muhim shaxsiy xususiyatlarni, xatti-harakatlar turlarini va afzal qilingan harakat yo‘nalishini amalga oshirishning mumkin emasligi. Ikkinchidan, nevrotizmning yuqori darajasi - psixodinamik xususiyat sifatida shaxsiyatning hissiy beqarorligi kabi xususiyatlar o‘qituvchilarning hissiy charchashining paydo bo‘lishi va rivojlanishig taʻsir etuvchi tizimli omillari bo‘lib, ular orasida: hissiy holatni nazorat qila olmaslik, maqsadga erishish uchun ahamiyatli bo‘lgan sharoitlarni modellashtirish ko‘nikmalarining kam rivojlanganligi; ularning harakatlarini dasturlash, o‘z-o‘zini boshqarish moslashuvchanligining yo‘qligi kabilar namoyon

bo‘ladi. 4. Ish staji 21 yildan 30 yilgacha bo‘lgan guruhga kiritilgan o‘qituvchilar hissiy charchash sindromiga ko‘proq moyil ekanlar. To‘rtinchi guruh vakillari esa ushbu sindromga nisbatan eng kam moyil bo‘lib, ular pedagogika sohasida eng ko‘p ishlagan o‘qituvchilar (30 yildan ortiq). Shunga ko‘ra qayd etish mumkinki, tadqiqotimiz boshidagi hissiy charchash sindromi uzoq muddatli kasbiy faoliyat natijasida rivojlanadi degan gipoteza tasdiqlanmadi. 5.“Pedagoglarda kasbiy so‘nishning ijtimoiy-psixologik omillari” ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma orqali qo‘lga kiritilgan empirik natijalar jamoada shaxslararo munosabatni yomonligi va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yilmaganligi o‘qituvchilar orasida kasbiy so‘nish jarayonini tezlashtirish mumkinligini ko‘rsatdi. 6. Ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma natijalariga ko‘ra “maoshning yetarli emasligi”, “jamiyatda o‘qituvchilik kasbi nufuzining pastligi”, “jamoa faoliyatidagi adolatsizliklar” va “jamodagi muhitning nosog’lomligi” kabi omillarni yuqoriligi ham pedagoglarda kasbiy so‘nishini yuzaga keltirayotganiligi aniqlandi. 7.O‘qituvchilarda emotsional so‘nish bosqichining mehnat staji bo‘yicha ifodalanishiga ko‘ra, rezistensiya (qarama-qarshilik) bosqichi 5 yilgacha mehnat stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarda eng yuqori darajani ko‘rsatdi. Keyingi daraja 6-15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarda ifodalandi. “Tanglik” darajasi bo‘yicha esa yuqori daraja 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar zimmasiga to‘g’ri keldi. “Charchoq hissi” bosqichida 16-30 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar eng yuqori darajani namoyon qildi. XULOSA Kasbiy stress darajasining gender xususiyati bo‘yicha ifodalanishiga ko‘ra, Toshkent shahri erkak o‘qituvchilarida yuqori ko‘rsatgichni ko‘rsatdi. Erkaklarda bu ko‘rsatgich birorz pastroq darajani ifodaladi. Demak aytish mumkinki, psixik so‘nish va kasbiy stress darajasi ayollarga nisbatan erkak o‘qituvchilarda bir muncha yuqoriligi kuzatiladi. Buni gender psixologik xususiyatlar yaʻni, voqelikni ichiga yutish, stressogen taʻsirlarni ayollar singari tezda o‘tkazib yubora olmaslik, erkakning oila boquvchisi, taʻminotchisi sifatidagi burch va masʻuliyatini his qilishi va boshqa individual-psixologik xususiyatlar bilan izohlash mumkin. 9. Kasbiy muvaffaqiyat sharoitida oliy taʻlim professor-o‘qituvchilari o‘rtasida hissiy charchoq holati rivojlanishining notekis tabiati uning bosqichlaridagi o‘zgarishlar ketmaketligida kuzatiladi va bu, umumiy va o‘ziga xos xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Yaʻni, oliy taʻlim o‘qituvchilari kasbiy faoliyat davomiyligiga qarab, ruhiy charchoq holatining bosqichlari shakllanishi quyidagi tartibiga ega: kasbiy faoliyat davomiyligi 5 yilgacha bo‘lgan o‘qituvchilarda "hissiy charchoq" – "tashvishlanish va depressiya" – "rezistensiya (qarshilik)" shkalalarida yanada yorqinroq ifodalandi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g’risida”gi PF– 4947-son Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to‘plami. – 6 (766)-son, 2017.- B. 25- 150. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy taʻlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida”gi PF– 5847-son Farmoni // http://lex.uz. 3. Qarshiyeva D.S. Pedagog shaxsida kasbiy stress namoyon bo‘lishiga psixologik determenantlarning taʻsiri” psixol.f.d.dok.disser. T.: 2022 y.. 4. Kaplanova M. “O‘zbek maktablari o‘qituvchisi shaxsining psixologik xususiyatlari. Психологические особенности личности учителя узбекской школы. T. 1993 26 b. 5.

5. Mota A.I., Lopes J., Oliveira C. Burnout in Portuguese Teachers: A Systematic Review // European Journal of Educational Research. 2021. Vol. 10. № 2. Р. 693-703. 6. Кузмина Н.В.Психологическая структура деятельности учителя и формирование его личности: в 3-х томах. - Ленинград, 1964. — 920 с 7. Львова Ю. Л. Социально-педагогические проблемы развития профессиональной и общественной активности учителей/Ю. Л.Львова.–Москва: Сфера, 2012.–220 с 8. Москвина Н.Б. Личностно-профессиональные деформации педагогов // Педагогическое образование и наука, 2004 № 4. – 32-37 с. 9. Edelwich Е., Brodsky А. Stages of Disillusionment in the Helping Professions. N. Y., 1980. 252 p. 10. Мадалиева З.Б. Эмоциональное состояние учителья: особенности проявления и способы регуляции /Автореферат дис.к.пс.н. Т.:2009. – 43 с. 135a

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar10 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g’risida”gi PF– 4947-son Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to‘plami. – 6 (766)-son, 2017.- B. 25- 150.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy taʻlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida”gi PF–5847-son Farmoni // http://lex.uz.
  3. Qarshiyeva D.S. Pedagog shaxsida kasbiy stress namoyon bo‘lishiga psixologik determenantlarning taʻsiri” psixol.f.d.dok.disser. T.: 2022 y..
  4. Kaplanova M. “O‘zbek maktablari o‘qituvchisi shaxsining psixologik xususiyatlari. Психологические особенности личности учителя узбекской школы. T. 1993 26 b. 5.
  5. Mota A.I., Lopes J., Oliveira C. Burnout in Portuguese Teachers: A Systematic Review // European Journal of Educational Research. 2021. Vol. 10. № 2. Р. 693-703.10.12973/eu-jer.10.2.693
  6. Кузмина Н.В.Психологическая структура деятельности учителя и формирование его личности: в 3-х томах. - Ленинград, 1964. — 920 с
  7. Львова Ю. Л. Социально-педагогические проблемы развития профессиональной и общественной активности учителей/Ю. Л.Львова.–Москва: Сфера, 2012.–220 с
  8. Москвина Н.Б. Личностно-профессиональные деформации педагогов // Педагогическое образование и наука, 2004 № 4. – 32-37 с.
  9. Edelwich Е., Brodsky А. Stages of Disillusionment in the Helping Professions. N. Y., 1980. 252 p.
  10. Мадалиева З.Б. Эмоциональное состояние учителья: особенности проявления и способы регуляции /Автореферат дис.к.пс.н. Т.:2009. – 43 с. 135a

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012725
Nashr sanasi
2025-01-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
3
Son
12
DOI
10.66073/researchfocus.v3i12.1237
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
204–209
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11