MUQIMIYNING “SAYOHATNOMA” ASARIDA ONOMASTIKA
Ravshanova Madina Zafarjon qiziUniversity of Business and Science Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti, O‘zbek tili va adabiyoti2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 12Sahifa 60–62
Annotatsiya
Milliy adabiyotimizning yirik vakili, Qo‘qon adabiy muhitinining yirik shaxslardan biri Muqimiydir. Ushbu maqolada Muqimiyning mashhur asarlaridan biri “Sayohatnoma” asaridagi joylar va nomlar onomastikasi so‘z yuritiladi. Toponimlar bu joylarga, hududlarga atab qo‘yilgan nomlardir. Muqimiyning bu “Sayohatnoma”sida juda ko‘p toponimlar uchraydi. Bu toponimlarni Muqimiy Farg‘ona vodiysini sayohat qilib yurganda yig‘adi va jamlab shu asarini yozadi. Muqimiyning “Sayohatnoma” asari bizga XX asr o‘zbek qishloqlari onomastikasi haqida bilishimizga juda katta imkon yaratib beradi
Boshqa tillarda
ruschaОНОМАСТИКА В ПРОИЗВЕДЕНИИ МУКИМИ «САЁХАТНОМА»
Крупный представитель нашей национальной литературы, одна из крупнейших фигур в Кокандской литературной среде -Мукими. В этой статье рассматривается ономастика мест и названий в одном из самых известных произведений Мукими, “путеводителе”. Топонимы-это названия, по которым названы места, территории. В этом "путеводителе" Мукими много топонимов. Эти топонимы Мукими собирает, путешествуя по Ферганской долине, и в итоге пишет эту работу. Работа Мукими “Саякатнома” дает нам огромную возможность узнать о ономастике узбекских деревень XX века.
inglizchaONOMASTICS IN MUQIMIY‘S WORK "SAYOHATNOMA"
Muqimiy is a major representative of our national literature and one of the leading figures of the Kokand literary milieu. This article discusses the onomastics of places and names in "Sayohatnoma", one of Muqimiy‘s famous works. Toponyms are the names given to places and territories. A great many toponyms occur in this "Sayohatnoma" of Muqimiy. He collected these toponyms while travelling through the Fergana Valley and, bringing them together, wrote this work. Muqimiy‘s "Sayohatnoma" gives us a great opportunity to learn about the onomastics of Uzbek villages of the 20th century.
Kalit so‘zlar
- Onomastika
- Sayohatnoma
- toponimlar
- antroponimlar
- Muqimiy
- Farg‘ona vodiysi
- joy
- etnonimiya
- migratsiya
- til
- Qo‘qon
- Shohimardon
- Isfara
- O‘ltarma
- Do‘rmancha
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
MUQIMIYNING “SAYOHATNOMA” ASARIDA ONOMASTIKA Ravshanova Madina Zafarjon qizi University of Business and Science Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.14532328 Annotatsiya: Milliy adabiyotimizning yirik vakili, Qo‘qon adabiy muhitinining yirik shaxslardan biri Muqimiydir. Ushbu maqolada Muqimiyning mashhur asarlaridan biri “Sayohatnoma” asaridagi joylar va nomlar onomastikasi so‘z yuritiladi. Toponimlar bu joylarga, hududlarga atab qo’yilgan nomlardir. Muqimiyning bu “Sayohatnoma”sida juda ko‘p toponimlar uchraydi. Bu toponimlarni Muqimiy Farg‘ona vodiysini sayohat qilib yurganda yig‘adi va jamlab shu asarini yozadi. Muqimiyning “Sayohatnoma” asari bizga XX asr o‘zbek qishloqlari onomastikasi haqida bilishimizga juda katta imkon yaratib beradi. Kalit so‘zlari: Onomastika, Sayohatnoma, toponimlar, antroponimlar, Muqimiy, Farg‘ona vodiysi, joy, etnonimiya, migratsiya, til, Qo‘qon, Shohimardon, Isfara, O‘ltarma, Do‘rmancha.
ОНОМАСТИКА В «SAYOHATNOMA» МУКИМИ. Аннотация: Крупный представитель нашей национальной литературы, одна из крупнейших фигур в Кокандской литературной среде-Мукими. В этой статье рассматривается ономастика мест и названий в одном из самых известных произведений Мукими, “путеводителе”. Топонимы-это названия, по которым названы места, территории. В этом "путеводителе" Мукими много топонимов. Эти топонимы Мукими собирает, путешествуя по Ферганской долине, и в итоге пишет эту работу. Работа Мукими “Саякатнома” дает нам огромную возможность узнать о ономастике узбекских деревень XX века. Ключевые слова: Ономастика, Травелог, топонимы, антропонимы, Мукими, Ферганская долина, место, этноним, миграция, язык, Кокан, Шахимардан, Исфара, Олтарма, Дорманча.
ONOMASTICS IN MUKIMI'S " SAYOHATNOMA " Annotation: Mukimi is a prominent representative of our national literature, one of the prominent figures of the Kokand literary environment. This article discusses the onomastics of places and names in one of Mukimi's famous works, "Travelogue". Toponyms are names given to these places and territories. There are many toponyms in Mukimi's "Travelogue". Mukimi collected these toponyms while traveling in the Fergana Valley and compiled this work. Mukimi's "Travelogue" gives us a great opportunity to learn about the onomastics of Uzbek villages in the 20th century. Keywords: Onomastics, Travelogue, toponyms, anthroponyms, Mukimiy, Fergana Valley, place, ethnonymy, migration, language, Kokand, Shahimardan, Isfara, Oltarma, Dormancha.
KIRISH Onomastika – Nomlar, ularning turlari, nomlanish sabablari bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslik bo‘limi. Onomastika turli xos nomlarga [antroponimiya, toponimika, etnonimiya va boshqalar] bo‘linadi.[1.103] O‘zbek xalqining oldingi joylashuvi, migratsiyasi, til va madaniy aloqalari, tillarning qadimiy holatini bilishga yordam beradi. Sayohatnoma janridagi asar-sayohat
taassurotlari va tavsilotlari tasviriga bag‘ishlangan asardir. Sayohatnomalarning tarixiy-badiiy qimmati muallif maqsadi, uslubi va mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. XIX-XX asrlarda sayohatnoma janrida ijod qilgan yozuvchilar, misol uchun:Zavqiy, Muhsiniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy. Muqimiyning “Sayohatnoma” asarida bizga yurtimizdagi turli xil toponimlar haqida ma’lumot beradi. Muqimiy bu ma’lumotlarni yurtimizning Farg‘ona vodiysi bo‘ylab qilgan sayohatlarini yozib oladi va jamlaydi. Xalqimizning ijtimoiy-tafakkuri, adabiy-madaniy taraqqiyotimizning tarixida beqiyos rol o‘ynagan ulug‘shaxslar nomi va sha’ni o‘zining chin ma’nodagi qadr-qimmatini topmoqda. Markaziy Osiyoda mashhur Mavlono Muqimiy tarix sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib kelayotgan, abadiyatga doir mana shunday namoyondalaridan biridir. ASOSIY QISM. Muqimiyning “Sayohatnoma” asari oddiygina bu sayohat taassurotlari emas, balki o‘sha davrdagi hududning tuzilishi, holati va u yerda yashovchi aholining ahvoli, faryodlarini tushunarli tarzda qalam bilan o’z sayohatnoma asarida shu hududlarini huddi rasmini chizganday bo‘ladi. Muqimiyning bu asarining qiziqarliligi shundaki, asar kichik to‘rtlik shaklida, qofiyalari bir-biriga mos qilib bitilgan va joy tasvirlari mahorat bilan o‘ynoqi satrlardan tashkil topgan. Muqimiy o’z sayohatnomasini sayohatga chiqish sabablari bilan boshlaydi. Faryodkim, garduni dun Aylar yurak-bag‘rimni xun Ko‘rdiki, bir ahli funun – Charx anga kajraftor ekan.[3] Ushbu misralar Qo‘qondon Shohimardongacha bo‘limida yozilgan. Muqimiy bu misralarida o‘zining hayotida bo‘layotgan qiyinchiliklarni ifodalamoqchi bo‘ladi. O‘sha paytlarda Muqimiy moddiy jihatdan juda qiynalib yurgan paytlari edi. Muqimiy o‘z sayohatnomasi to‘rt qismdan ibora edi. Lekin bizgacha Sayohatnomaning Qo‘qondan Shohimardonga; Qo‘qondan Farg‘onaga; Qo‘qondan Isfaraga kabi variantlari ketib keldi. Muqimiyning “Sayohatnoma” asarida onomastikaga oid quyidagi toponimlar uchraydi. Avvalo, toponim tushunchasiga to‘xtaladigan bo‘lsak. Toponimlar- ma’lum hududga yoki joyga atab qo‘yilgan joy-nomlari [2.131]. “Sayohatnoma” asaridagi toponimlar: O‘ltarma, Do‘rmancha, Oq yer, Bo‘rbaliq, Roshidon, Oltiariq, Roshidon, Zohidon, Chimyon, Qudash, Beshariq, Rafqon, Konibodom, Yakkatut, Yayfan kabilar. Muqimiy sayohatnomasida har bitta qishloqqa va undagi insonlarning hayotiga alohida to‘xtalib o‘tadi. Masalan, bulardan biri: Ammo nazarda “Roshidon” Firdavs bog‘idin nishon, O‘ynab oqar obiravon, Sahni gul-u gulzor ekan, Muqimiy bu misrasi orqali Roshidon qishlog‘ini atrof-muhitlari va u yerdagi bog‘larni maqtaydi va u yerdagi bog‘larni Jannatdagi betakror va go‘zal bog‘larga qiyoslaydi. Muqimiy ba’zi qishloqdagi insonlarni va u yerdagi joylarni maqtasa, aksincha, ba’zi joylarni va o‘sha yerda yashovchi insonlarni qilayotgan ishlari xato ekanligini ta’kidlaydi. Jumladan, sayohatnomaning Qo‘qondan Isfaragacha qismidan Yakkatut qishlog‘iga alohida to‘xtalib o‘tadi. Bordim shahardin “Yakkatut” Baqqoli duzdi badburut, Bir tanga sotgay bir qurut, Insofi yo‘q, tarror ekan.
Muqimiy bu misrasi orqali Yakkatut qishlog‘idagi baqqolning qilayotgan ishlarida o‘g‘rilik bor ekanligini haqida yozadi. Muqimiy bu misralari orqali o‘sha paytdagi zahmatkash xalqning og‘ir ahvoliga qaramasdan baqqolning qilayotgan ishlarini mohirona tasvirlaydi.Muqimiy bu asarida toponimlardan tashqari, antroponimlardan ham ajoyib tarzda foydalanadi. Antroponimlar- shaxs va ularga qo‘yilgan nomlar[2. 130]. Muqimiyning sayohatnomasida quyidagi antroponimlar uchraydi: Eshdavlat, Mirza Umar, Burhon, Mingboshi Xol, Hoji Zuhur, Hofiz Umar, Qahhor va boshqalar. Misol uchun: Mingboshi Eshdavlat akam, Ammo quruq savlat akam, Qilsa chiqim gar bir diram, Uyqu qochib, bedor ekan. Muqimiy bu misralari orqali o‘zining davridagi ba’zi mingboshilarning qanchalik vijdonsiz ekanligini va bu vijdonsizliklar yurtimizning ham bir joyida uchrab turishini aytadi. Muqimiy yashab ijod qilgan davr adabiyoti hayoti juda murakkab edi. Mana shunday muhit Muqimiy ijodiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik unsurlari, san’atpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin tezda bu xil an’analardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar bilan qaraydi. Hoji Zuhur ham o‘rdada, Sarhavzalar, oliy sada, Borsa agar bir g‘amzada, Jonig‘acha esor ekan [3]. XULOSA Muqimiy o‘zining turmush nochorligi, oilaviy ishlari yurishmaganligi, sog‘ligining yomonligi, qolaversa, zamonasidagi mataasibona qarashlar iqtidorli insonlar parvoziga to‘g‘anoq bo‘layotgani bois, o‘z jiyani va o‘g‘lidan umidvor edi. Ularning kamolini ko‘rib, armonga aylangan orzulari ular orqali ushalishini, “Sayohatnoma” turkumiga kiruvchi she’rlarini olis Moskva-yu Peterburgga borib ham yozishni istardi. O‘g‘li Akbarning hali bola bo‘lganligi sababli, jiyani Ro‘zimuhammaddan ko‘proq umid qilar, jiyani ortidan ergashib, o‘g‘lining ham olis Moskvaga borib yashashi, o‘qishini orzu qilardi. Axir bu manaman degan boyvachchaga ham nasib qilavermasdi-da [4]. Muqimiyning “Sayohatnoma” asari o‘zbek mumtoz adabiyotimizning nodir namunalaridan bo‘lib, mazkur asar o‘sha davr voqeligi, muhiti va kishilari haqida bizga to‘liq ma’lumot beradi. Muqimiyning “Sayohatnoma” asari bizga XX asr Farg‘ona vadiysi va uning atrofidagi qishloqlarning nomlari haqida juda ko‘p ma’lumotlar beradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi. O‘quv qo‘llanma.- Toshkent, 2019.192 b.
- Erkaboyeva N. O‘zbek tilidan ma’ruzalar to‘plami.- Toshkent, 2016.400 b.
- Ahmedov.S, Qosimov.B, Qo‘chqorov.R, Rizayev.Sh. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5- sinfi uchun darslik. –Toshkent, 2020.-272 .
- Qodirov M. O‘zbek shoirlari ijodida ozodliknmotivlari.- Toshkent,1977.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012698
- Nashr sanasi
- 2025-01-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 3
- Son
- 12
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v3i12.1210
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 60–62
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11