Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

MATNLAR (DARSLIKLAR) USTIDA ISHLASH VA SHU ORQALI NUTQIY MALAKALARNI O‘STIRISH

Umirzakov Qodirjon Toyirjonovich1, Umirzakova Shahzodaxon G‘ofurovna22023

  1. 1ADCHTI ingliz tili va adabiyoti kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi
  2. 2ADCHTI ingliz tili va nazariy aspektlari kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 6Sahifa 154–156

Annotatsiya

Bilamizki, so‘zlashuv tili nutq o‘stirishning dastlabki bosqichi hisoblanib, u asta-sekin takomillashib boradi. So‘zlashuv tili esa o‘qilgan matnlarni og‘zaki hikoya qilishda namoyon bo‘ladi. Maqolada matnlar ustida ishlash orqali tinglab tushunish nutqiy malakalarini shakllantirish usullari tadqiq etilgan.

Boshqa tillarda

ruschaРАБОТА НАД ТЕКСТАМИ (УЧЕБНИКАМИ) И ТЕМ САМЫМ РАЗВИТИЕ РЕЧЕВЫХ НАВЫКОВ

Мы знаем, что разговорный язык-это начальная стадия развития речи, которая постепенно совершенствуется. С другой стороны, разговорный язык проявляется в устном повествовании прочитанных текстов. В статье исследованы методы формирования речевых навыков понимания на слух через работу над текстами.

inglizchaWORKING ON TEXTS (TEXTBOOKS) AND THEREBY DEVELOPING SPEECH SKILLS

As we know, conversational language is considered the initial stage of speech development, and it is gradually perfected. Conversational language, in turn, manifests itself in the oral retelling of texts that have been read. The article examines methods of forming listening comprehension speech skills through work on texts.

Kalit so‘zlar

  • nutqiy malaka
  • og‘zaki va yozma nutq
  • tinglab tushunish
  • audiomatn
  • nutq
  • o‘quvchi
  • tafakkur

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

MATNLAR (DARSLIKLAR) USTIDA ISHLASH VA SHU ORQALI NUTQIY MALAKALARNI O‘STIRISH Umirzakov Qodirjon Toyirjonovich ADCHTI ingliz tili va adabiyoti kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Umirzakova Shahzodaxon G‘ofurovna ADCHTI ingliz tili va nazariy aspektlari kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.8079464 Annotatsiya: Bilamizki, so‘zlashuv tili nutq o‘stirishning dastlabki bosqichi hisoblanib, u asta-sekin takomillashib boradi. So‘zlashuv tili esa o‘qilgan matnlarni og‘zaki hikoya qilishda namoyon bo‘ladi. Maqolada matnlar ustida ishlash orqali tinglab tushunish nutqiy malakalarini shakllantirish usullari tadqiq etilgan. Kalit so‘zlar: nutqiy malaka, og‘zaki va yozma nutq, tinglab tushunish, audiomatn, nutq, o‘quvchi, tafakkur. РАБОТА НАД ТЕКСТАМИ (УЧЕБНИКАМИ) И ТЕМ САМЫМ РАЗВИТИЕ РЕЧЕВЫХ НАВЫКОВ Аннотация: Мы знаем, что разговорный язык-это начальная стадия развития речи, которая постепенно совершенствуется. С другой стороны, разговорный язык проявляется в устном повествовании прочитанных текстов. В статье исследованы методы формирования речевых навыков понимания на слух через работу над текстами. Ключевые слова: речевая компетентность, устная и письменная речь, понимание на слух, аудиоконференция, речь, читатель, мышление. WORK ON TEXTS (TEXTBOOKS) AND THEREBY CULTIVATE SPEECH SKILLS Annotation: We know that colloquial language is considered the initial stage of speech cultivation, and it gradually improves. Colloquial language, on the other hand, manifests itself in the oral narration of the texts read. The article examines the methods of formation of speech skills of listening comprehension through work on texts. Keywords: speech qualification, oral and written speech, listening comprehension, audiomatn, speech, reader, contemplation.

KIRISH O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini me’yorlashda, ularning mutanosibligini ta’minlashda, milliy tilning tabiati va o‘ziga xos xususiyatini belgilashda, ifoda va talaffuz qonuniyatlarini aks ettirishda ohangdorlik, ya’ni qiroat bilan o‘qishning amaliy ahamiyatini o‘stirish, adabiy til me’yori va mezonlariga rioya qilish, o‘qish metodlarini takomillashtirish yo‘llarini izlash va eng qulaylarini amaliyotga tatbiq qilish zarur. O‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish, ularning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish orqali o‘qilayotgsn matinning mazmunini o‘zlashtirish imkoni yaratiladi.1 Badiiy matnlarni tahlil qilish usuli orqali o‘quvchilarning nutqini o‘stirish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, so‘zlashuv tili nutq o‘stirishning dastlabki bosqichi hisoblanib, u astasekin takomillashib boradi. So‘zlashuv tili esa o‘qilgan matnlarni og‘zaki hikoya qilishda namoyon bo‘ladi. So‘zlashuvga o‘rganish barcha darslar jarayonida amalga oshadi, lekin o‘qish darslari yetakchi ahamiyat kasb etishi kerak.

Q.Shodiеva. Nutq o’stirish uslubiyati. Toshkеnt: “O’qituvchi”, 2002. 5- bet.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini me’yorlashda, ularning mutanosibligini ta'minlashda, milliy tilning tabiati va o‘ziga xos xususiyatini belgilashda, ifoda va talaffuz qonuniyatlarini aks ettirishda ohangdorlik, ya'ni qiroat bilan o‘qishning amaliy ahamiyatini o‘stirish, adabiy til me’yori va mezonlariga rioya qilish, o‘qish metodlarini takomillashtirish yo‘llarini izlash va eng qulaylarini amaliyotga tatbiq qilish zarur. Til qonunining ta’limga tatbiqi munosabati bilan bolalarni o‘qishga o‘rgatishdagi usullarni to‘g‘ri qo‘llash (ko‘rgazmalilik, tarqatib beriladigan topshiriqli qog‘ozlar bilan ishlash yo‘llarini bilish) usullari takomillashtiriladi. Bolalarning o‘z fikr-taassurotlarini ifodalashlari uchun savol-javob nutqni egallashlariga ko‘proq o‘rin beriladi. His-tuyg‘uli nutq, fikrni ta’sirli ifoda etish, o‘qish paytidagi nutq, ertak aytib berishdagi ohang va nutq, hazil-mutoyibadagi nutq uyg‘unlashishi, o‘quvchilarga zavq-shavq bag‘ishlashi lozim. Bolalarni faollikka o‘rgatish uchun ma’nodosh so‘zlarni topish o‘yinlarini tashkil etish, bunday so‘zlarni nutqda o‘rinli qo‘llashni gap tuzishda esa so‘zlar orasidagi bog‘lanishga mos turli o‘xshatishlar topish kabi ishlar doimiy ravishda o‘tkaziladi. Rasmlarga yoki tasviriy vositalarga qarab gap tuzishni gapda so‘zlarning tartibiga, ularning bir-biriga bog‘lanishiga, so‘zlar o‘rnini almashtirib, gapni qayta tuzib o‘qishda, izchillikka rioya qilish mashqlarini o‘tkazishga e'tibor beriladi. Bolalarda nutq madaniyatini tarbiyalash uchun og‘zaki nutq namunalaridan foydalanish, ularga taqlid qilish, ko‘proq yod olishga e'tibor berish mashqlarini o‘tkazish tavsiya etiladi. Bolalarga hamisha o‘z nutqiga e'tiborli bo‘lish, o‘rtoqlarining nutqiga odilona baho berishga o‘rgatiladi. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining yod olish qobiliyatlarini rivojlantirish borasida o‘tmishdagi maktablar tarjibasi juda qo‘l keladi. Qadimda maktablarda bolalar o‘qiganlarini yod olish usullarini o‘zlashtirib olganliklari uchun ularning xotiralari yaxshi bo‘lganligi ma'lumdir. Shularni hisobga olib, o‘quv dasturida yodlash uchun 12-14 ta she'r namunalari berildi. Ular ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga egadir. She’rni yoddan aytishda ifodalilikka, nutq odobiga rioya qilish, shoshilmay, yoqimli ovozda o‘qish talab etiladi. TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA Tilimizning lug‘at boyligi tarkibida yorqin, ifodali nutqni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan hamma vositalar mavjud. So‘zlarni ko‘chma ma'noda ishlatish imkoniyati va buning natijasida so‘zlarning ko‘p ma'no kasb etishi lug‘atimizning yanada boyishiga imkon beradi. Nutqning taraqqiyotini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar dastlab so‘zlarning vujudga kelishi va shu asosda dastlabki umumiy tushunchalarning paydo bo‘lib, shakllanishini ko‘rsatadi. Fikrni rejali ifodalash nutq o‘stirish ishlarida, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Reja tuzishni o‘quvchilar birinchi sinfdanoq mashq qilganlari uchun ma’lum ko‘nikmaga ega ekanliklarini hisobga olib, ikkinchi sinfda bu ishni tez-tez takrorlash maqsadga muvofiqdir. Mazkur sinfda ham reja tuzish ishlariga o‘qituvchi rahbarlik qilishi va o‘quvchilarda mas’uliyatni sezish hissini yuzaga keltirishi kerak. Reja darak, so‘roq, ba’zan atov gap shaklida ham tuziladi. Reja asosida bayon qilingan matn tahlili o‘quvchilarga tushunarli bo‘ladi. Kuzatishlarimizdan maʼlum boʻldiki, boshlangʻich sinf ona tili darsliklarida2 nutqiy kompetensiyani shakllantirishga

T.Gʻafforova, E.Shodmonov, X. Gʻulomova. Ona tili. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 1- sinfi uchun darslik. “Sharq” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent – 2017.

doir mashq va topshiriqlarda o‘qish va tushunish yuzasidan topshiriqlar ko‘p. Biroq, tinglab tushunishga oid birorta topshiriq kiritilmagan. Berilgan topshiriqlarning ogʻzaki suhbat, yozma va koʻproq oʻqituvchi bilan muloqotga kirishgan, taʼlimiy diktant turlarida tinglab tushunishga qaratilgan-ku, desak, fikrimiz xato boʻladi. Chunki tinglab tushunish alohida koʻnikma, uni shakllanishi ketma-ket va uzviylikda kechadigan jarayon. Bu koʻnikmani alohida shakllantirish va baholash oʻrinlidir. XULOSA Tinglab tushunish darslari mana shunday yangi yondashuvlar asosida uzviylikni taʼminlagan holda aniq maqsadlar asosida yaratilmogʻi, tinglab tushunish bosqichma-bosqich amalga oshirilmogʻi lozim. Bu tinglash jarayonining oddiydan murakkab narsalarga oʻtishini anglatadi. Bundan tashqari tinglovchilar nimani tinglash kerakligi, qayerda tinglash kerakligi va qanday tinglash kerak ekanliklarini bilishlari lozim. Bu koʻrsatmalar albatta oʻqituvchi tomonidan tushuntiriladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar3 ta adabiyot

  1. Q.Shodiеva. Nutq o‘stirish uslubiyati. Toshkеnt: “O‘qituvchi”, 2002.
  2. T.Gʻafforova, E.Shodmonov, X. Gʻulomova. Ona tili. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 1-sinfi uchun darslik. “Sharq” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent – 2017.
  3. Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi, 2021.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010647
Nashr sanasi
2023-07-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
6
DOI
10.66073/researchfocus.v2i6.305
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
154–156
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06