Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

BUXORO SAN‘AT MUZEY-QO‘RIQXONASI XAZINASIDA SAQLANAYOTGAN BIR TOSHBOSMA BAYOZ HAQIDA

Jo‘rayeva Nargiza Rafiq qiziBuxoro davlat universiteti birinchi kurs magistranti2023

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 6Sahifa 127–131

Annotatsiya

matn bu qimmatli tarixiy asosdir. Har bir tarixchi, adabiyotchi, manbashunos va umuman barcha tarix va filologiya sohasi izlanuvchilari buni inkor qilmaydilar. Buxoro shahridagi san‘at muzey-qo‘riqxonasi xazinasida juda ko‘plab nodir qo‘lyozma va toshbosma manbalar necha yillardan buyon saqlanib kelinmoqda va ushbu xazinadagi bir toshbosma kitob diqqatimizni tortdi. E‘tiborli jihati shundan iboratki, deyarli yuz yil oldin yozilgan ushbu toshbosma manba mundarijasidan o‘rin olgan bizgacha yetib kelgan g‘azallar, murabba, muxammas, musaddaslar mazmuni bugungi kundagi dolzarb muammolariga teng kelib unga yechimlar izlaydi

Boshqa tillarda

ruschaОБ ОДНОМ ГРАФТЕ БАЙОЗА, ХРАНЯЩЕМСЯ В СОКРОВИЩЕ БУХАРСКОГО ХУДОЖЕСТВЕННОГО МУЗЕЯ-ЗАПОВЕДНИКА

текст представляет собой ценный исторический фон. Этого не отрицает каждый историк, писатель, источниковед и вообще все исследователи истории и филологии. Многие редкие рукописи и литографические источники долгие годы хранятся в сокровищнице художественного музея-заповедника в Бухаре, и одна литографическая книга в этой сокровищнице привлекла наше внимание. Примечательно то, что содержание газелей, мурабб, мухамм, мусадд, дошедших до нас из содержания этого литографического источника, написанного почти сто лет назад, равнозначно актуальным проблемам современности и ищет пути их решения.

inglizchaON A LITHOGRAPHIC BAYOZ PRESERVED IN THE TREASURY OF THE BUKHARA ART MUSEUM-RESERVE

A text is a valuable historical foundation. Every historian, literary scholar, source specialist and, in general, every researcher in the fields of history and philology does not deny this. Many rare manuscript and lithographic sources have been preserved for many years in the treasury of the Art Museum-Reserve in the city of Bukhara, and one lithographic book in this treasury attracted our attention. It is noteworthy that the content of the ghazals, murabbas, mukhammases and musaddases that have reached us and are included in the table of contents of this lithographic source, written almost a hundred years ago, corresponds to the topical problems of today and seeks solutions to them.

Kalit so‘zlar

  • toshbosma
  • qo‘lyozma
  • matn
  • bayoz
  • inventor raqam
  • xattot
  • Mulla Hasan Orifjonov
  • Haziniy
  • Hoji Sobir
  • g‘zal
  • muxammas
  • transliteratsiya
  • tadbil

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

BUXORO SAN’AT MUZEY-QO’RIQXONASI XAZINASIDA SAQLANAYOTGAN BIR TOSHBOSMA BAYOZ HAQIDA Jo’rayeva Nargiza Rafiq qizi Buxoro davlat universiteti birinchi kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8125975 Annotatsiya: matn bu qimmatli tarixiy asosdir. Har bir tarixchi, adabiyotchi, manbashunos va umuman barcha tarix va filologiya sohasi izlanuvchilari buni inkor qilmaydilar. Buxoro shahridagi san’at muzey-qo’riqxonasi xazinasida juda ko’plab nodir qo’lyozma va toshbosma manbalar necha yillardan buyon saqlanib kelinmoqda va ushbu xazinadagi bir toshbosma kitob diqqatimizni tortdi. E’tiborli jihati shundan iboratki, deyarli yuz yil oldin yozilgan ushbu toshbosma manba mundarijasidan o’rin olgan bizgacha yetib kelgan g’azallar, murabba, muxammas, musaddaslar mazmuni bugungi kundagi dolzarb muammolariga teng kelib unga yechimlar izlaydi Kalit so’zlar: toshbosma, qo’lyozma, matn, bayoz, inventor raqam, xattot, Mulla Hasan Orifjonov, Haziniy, Hoji Sobir, g’zal, muxammas, transliteratsiya, tadbil. ОБ ОДНОМ ГРАФТЕ БАЙОЗА, ХРАНЯЩЕМСЯ В СОКРОВИЩЕ БУХАРСКОГО ХУДОЖЕСТВЕННОГО МУЗЕЯ-ЗАПОВЕДНИКА Аннотация: текст представляет собой ценный исторический фон. Этого не отрицает каждый историк, писатель, источниковед и вообще все исследователи истории и филологии. Многие редкие рукописи и литографические источники долгие годы хранятся в сокровищнице художественного музея-заповедника в Бухаре, и одна литографическая книга в этой сокровищнице привлекла наше внимание. Примечательно то, что содержание газелей, мурабб, мухамм, мусадд, дошедших до нас из содержания этого литографического источника, написанного почти сто лет назад, равнозначно актуальным проблемам современности и ищет пути их решения. Ключевые слова: каменная печать, рукопись, текст, баяз, изобретательский номер, каллиграф, мулла Гасан Арифжанов, Хазини, Гаджи Сабир, красивый, мухаммас, транслитерация, головастик. ABOUT ONE PRINT BAYOZ KEPT IN THE TREASURY OF THE BUKHARA ART MUSEUM-RESERVE Abstract: the text is a valuable historical background. Every historian, writer, source scholar, and in general all researchers of history and philology do not deny this. Many rare manuscripts and lithographic sources have been kept in the treasury of the art museum-reserve in Bukhara for many years, and one lithographic book in this treasury attracted our attention. The remarkable aspect is that the contents of the ghazals, murabba, mukhammas, musaddas that have reached us from the content of this lithographic source written almost a hundred years ago are equal to the current problems of today and seek solutions to them. Key words: petroglyph, manuscript, text, bayaz, inventor number, calligrapher, Mulla Hasan Orifjanov, Hazini, Haji Sabir, beautiful, mukhammas, transliteration, tadbil. KIRISH XIX-XX boshlari asrlarning adabiy –tarixiy evrilishlar mobaynida ayrim qimmatli asarlar qo’lyozma va toshbosma holida bizning zamonamizgacha yetib kelishga muvaffaq bo’ldi va shubhasiz ushbu jarayondagi ijtimoiy-siyosiy , madaniy oʻzgarishlar oʻzbek adabiyotiga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Oʻzbek adabiy harakatiga yangi yoʻnalishlar, yangi rux, yangi mavzular kirib keldi. Bu davrda oʻzbek adabiyotida yangi nomlar paydo boʻldi va ularning ijodi vaqtli matbuotda

yoritilib borildi. Ularning koʻplari bayozlar, toʻplamlar, devonlar holida chop etildi. Ana shu davr mahsuli boʻlgan “Armugʻoni Xislat”, “Turkiy Guliston yoxud axloq”, “Bayozi Haziniy”, “Tuhfai Shavkat”, “Majmuai shoiron”, “Bayozi Miriy”, “Bayozi Nodim”, “Bayozi Kamiy”, “Haft shuaro”, “Bayozi Tabibiy”, “Tazkirai shuaro” kabi koʻpgina bayozlar va toʻplamlar qatorida hali nashr etilmagan va oʻrganilmagan “Tuhfat-ul obidin va anis ul-oshiqin” (“Obidlar tuhfasi va oshiqlar ulfati”) bayozi ham alohida ahamiyatga ega. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Bayoz atamasiga dastavval to’xtalib o’tadigan bo’lsak, uning lug’aviy ma’nosi “Bayoz” so‘zining lug‘aviy ma’nosi “oqlik” bo‘lib, atama sifatida “she’rlar to‘plami”ni anglatadi. Bayozlar odatda ikki yoki undan ortiq shoirlar she’rlaridan tashkil topadi. Bayozlar asosan mashhur shoirlarning lirik asarlaridan tuzilgan. Bayozlar ma’lum bir g‘oya yoki muayyan dunyoqarashni tashviq va targ‘ib qilmaydi, umuman saylab olingan asarlarda davriylik ham bo‘lmaydi. Kimning she’ridan qanchalik kiritish bayoz tuzuvchining xohishiga bog‘liq bo‘lgan. Bayozlar sarbayoz (so‘z boshi), lirik she’rlar (asosiy qism), xotima va ilovadan tashkil topadi. Ayrim bayozlarda asarlari kiritilgan shoirlar nomi mundarija sifatida beriladi. Bu xil to‘plamlar mualliflarning o‘zi yoki adabiyot ixlosmandlari va xattotlar tomonidan tuzilib, adabiyot targ‘ibida muhim vazifa bajargan. So’zimizni bizga tanish bayoz haqida davom ettirar ekanmiz, shuni ta’kidlashimiz joizki, ushbu toshbosma kitob nusxalari bizga ma’lum ikki nusxa: biri Samarqanddagi Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida (to’liq variantda) va ikkinchi nusxasi Buxoro shahridagi muzey-qo’riqxonada 12443 inventar raqam ostida (ayrim betlari chala holda) saqlanib kelinmoqda. Dastlabki izlanishlar chog’ida ushbu bayozning shartli ravishda “Bayoz: Muqimiy, Shavqiy, Hoji Sobir,Haziniy, Muxlis,Huvaydo” deb nomlanganganiga guvoh bo’ldik. Yana ushbu asarning dastlabki olti beti va oralaridan ayrim betlari yo’qolganligi ushbu toshbosma bayozning transliteratsiyasida bizga ancha qiyinchiliklar keltirib chiqardi. Chunonchi, yuqorida aytganimiz dastlabki besh bet, yigirma bir, yigirma ikki, yigirma uch va yigirma to’rtinchi , sakson uch va sakson to’rtinchi , bir yuz yigirma bir va bir yuz yigirma ikkinchi betlari bizgacha yetib kelmagan. Biz ta’kidlayotgan bayoz tarkibida mavjud qolgan betlarda esa biz uchun yetarlicha foydali davr bilan bog’liq kuchli diniy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, kundalik hayotga oid g’oya va dunyoqarashlar she’riy shaklga solingan holda anchagina salmoqdor badiiy boylik yig’ilgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu toshbosma bayoz “Tuhfat-ul obidin va anis ul-oshiqin” (quyida qisqartirib: “Tuhfat ul-obidin” deb ataymiz) bayozi 1326 hijriy – 1908 melodiy yilda Toshkentda Mulla Hasan Orifjonov litografiyasida (toshbosmasida) chop etilgan. TADQIQOT MUNDARIJASI VA MUHOKAMA Dastavval, bayoz mundarijasida yig’ilgan she’rlarning mualliflari to’g’risida ,xususan, ularning hayot- va ijodi to’g’risidagi asosiy ma’lumotlarni Po’latjon Domulla Qayyumiyning tazkiralaridan oldik , biroq shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, ma’lumotlar bilan bir qator berilgan ijod namunalarini qiyoslash mobaynida fikrlarimiz va xulosalarimizda shubhalar tug’ilgan o’rinlar ham bo’ldi. Chunonchi , Xoji Sobir bayozda xuddi shu tarzda berilgan ism bilan ijod qilgan shoirning bir nechta she’rlari bilan tazkiradagi namunalar bir-biriga uslub jihatdan o’xshamasligini payqadik. Bundan tashqari, tazkirada faqat Sobir deya berilgan. Shundan xulosa qilsak, ijodkor Sobir va Hoji Sobir bioshqa-boshqa ijodkorlardir desak xato bo’lmaydi. “Tuhfat ul-obidin” da berilgan ushbu ijodkor she’rlarining mazmunida zamona ahlining borgan sari nodonlashib din yo’lidan chiqib ketayotgani, xalq orasida turli salbiy illatlar ko’payib borayotgani va buning

natijasida omma qashshoqlashib ketayotgani haqida tanqidiy qarshlar o’z ifodasini topgan. Bayozning yettinchi betide quyidagicha she’r berilgan: Qaysi tarafg’a borsang bir necha xalq bekor Bir xil kishini ko’rsang turmush joyi samvor Bul to’g’ridin nechani ota-onasi be’zor Kosibni aksaridur ustozidin bundor Bayozning asosiy qismida shoir Haziniyning she’rlari: g’azal, murabba,muxammas, musaddaslari o’rin olgan va ularni 1999-yilda A. Madaminov va O. Jo’raboyevlar tomonidan tayyorlangan devoni tarkibida uchratish mumkin. Bu yerda bir muxammas va bir g’azal devonda uchramaydi. Bayozning oxirida oʻsha davrning xarakteristikasini ifodalovchi Obid Namangoniyning “Muxammas ul-Obid ʻala-l-Majrux fiy ahvoli ahli zamon (Zamon ahlining ahvoli haqidagi Majruhning gʻazaliga Obidning muxammasi)” deb nomlanuvchi muxammasi alohida eʼtiborga molikdir. Muxammasning nomlanishi ham “Zamon ahlining ahvoli” deb yuritiladi. Ushbu muxammasda Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy ahvol mahorat bilan bayon etilgan va sharhlab berilgan boʻlib, Jumladan, Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy ahvol, turlicha tartib va nizomlarning gʻayrimilliy va gʻayridiniy koʻrinishdaligi hamda ularning oqibatlari haqida gap boradi. Boʻldilar bizlarga nosih befarosatlar chiqib, Amri maʼruf aylashurlar betahoratlar chiqib, Maslahatdon boʻldi necha bezakovatlar chiqib, Boʻldi Fargʻona elikim gʻayri sunʼatlar chiqib, Turfa tartibu nizomu oʻzga bidʼatlar chiqib Turfa tartib va qoidalar hamda shariatdan tashqari bidʼatlar joriy etilib, oʻzlari befarosat boʻlgani holda, bizga nasihat beruvchilar koʻpaydi, deb noliydi shoir. Betahoratlar (bu yerda gʻayrimusulmonlar nazarda tutilyapti) kelib bizga amru maʼruf qiluvchilar, “adab oʻrgatuvchilar” koʻpayganini, aqlsiz nodonlar kelib aql oʻrgatishini va Fargʻona eli shunday kishilar qoʻli ostida qolganini afsus bilan bayon etadi. Oʻsha davrda mahalliy millatlarni boʻysundirish uchun ularni diniy eʼtiqodidan va milliy maʼnaviyatidan mahrum qilish kerakligi chor Rossiyasi siyosatining Markaziy Osiyoga nisbatan bunday yoʻli amalda joriy etilganligini muxammasdagi fikrlar tizimi orqali bilib olamiz. Muxammasni oʻqiganimiz sari islom dinining qadriga putur yeta boshlagani, odamlarda hamiyat, yaʼni din uchun or-nomusni saqlash, uning rivoji uchun mashaqqat chekish qolmagani, kishilarda bir-birovga birodarlik nishonalari kamayib borayotganligi haqidagi manzaralar tasavvurimizda gavdalanadi: Baʼzilar masjid aro ermas xudo uchun muqim, Madrasa ichra mudarris vaqfi uchun mustaqim, Gar oʻzi lutf aylamas boʻlsa xudovandi Karim, Mavja kelturdi zinovu fisqni bahrigakim, Zohiri zohidsifat ahli sharoratlar chiqib Bu misralarda Obid Namangoniy tashqi koʻrinishdangina taqvodor odamlar, yaʼni munofiqlar chiqib, masjidga qatnash ham shunchaki, koʻz-koʻz uchun, madrasalarda mudarrislar tolibi ilmlarga saboq berish uchun emas, balki madrasaning yeri va undan keladigan daromad uchun domlalik qilib yurganliklarini achinish bilan qalamga olgan. Shu tufayli, zinokorlik va

fisqu-fasod dengizi mavj urib boshladi. Bu esa millat taqdirining inqirozga yuz tutishiga olib keladi. Muxammasda milliy musulmon maktabida tahsil olmagan savodsiz, maʼrifatsiz johillar paydo boʻlib, ular dinu diyonat, shariat, maʼrifat kabi qadriyatlarimiz tanazzuliga sabab boʻlganligini, yaʼni kishilar dilida gunoh ishlarga moyillik paydo qilgani, odamlarda ichi qoralik, hasad, fisqu-fasod kabi yaramas illatlar muxammasda kuchli tanqid ostiga olingan. Oʻzi munofiq, mazhabining tayini yoʻq, kishining haqidan qoʻrqmaydigan, tashqi koʻrinishi imomu aslida ichki dunyosi gʻarib, bediyonat, oʻgʻri odamlar shariatga peshvo boʻlganligidan afsuslanadi Obid Namangoniy. Oʻsha zamonda shunday bir toifa odamlar paydo boʻladiki, oʻzlarini goʻyoki Iskandar Zulqarnayn deb biladilar. Aslida bularning qilmishlari xayru saxovat qilish oʻrniga sudxoʻrlik orqasidan boylik orttirish, amallari faqat yulgʻunchilikdan iborat ekanligining real manzarasi beriladi muxammasda: Aylagung ixlos toʻxtovsiz koʻrib diydorini, Qaysi mazhabdin xalifa deb munofiq oʻgʻrini, Haqi mardumdin hazar qilmas, nadur bilmam dinini, Xonaqohda raqs urub oldi nechani kafshini, Botini kizbu xiyonat ahli suhbatlar chiqib Oʻsha davrda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahvoli shu darajaga yetdiki, pulparastlik barcha muqaddas narsalardan, hattoki, ota-onadan, ilmdan, el ichra eʼzozda boʻlgan paygʻambar avlodlarini hurmatlashdan yuqori turar edi. Balki pul uchun ilmli, fozil kishilarni haqoratlash, ota-onalarni behurmat qilish, gʻayridinlarni eʼzozlash ustun boʻlib qolganligini muxammas ruhiyatidan bilib olamiz. Obid Namangoniy imon-eʼtiqod, axloq, diyonat va maʼrifat bilan uygʻunligini, din asrlar osha kishilarni halollikka, rostgoʻylikka, kamtarlikka, mehr-muruvvatga, saxovatga chorlab kelganligini aytib oʻtadi: Xoja, mulloni haqorat aylagaylar pul uchun, Ilm odobini gʻorat aylagaylar pul uchun, Volidaynni tarki izzat aylagaylar pul uchun, Kesmagan hinduni izzat aylagaylar pul uchun, El arosida otangan ahli izzatlar chiqib Diniy qadriyatlarning tanazzulini koʻrgan Obid Namangoniy musulmonlarni undan saqlanishga daʼvat etadi, hamisha xudo yoʻlida boʻlishga, qalbni xudoning maʼrifati bilan bezashga chaqiradi, gunoh ishlardan parhez qilishga daʼvat etadi. Maʼlumki, XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida butun Turkiston oʻlkasida xudosizlik (ateizm – M.S.) dunyoqarashining kishilar ongida jadal ildiz ota boshlagan davrdir. Bu davrda hokimiyat tepasiga Xudodan qoʻrqmaydigan “ahli donishlar” kelib, koʻngliga kelgan nomaʼqul ishlarni islom dini nomidan targʻib qilar, yangi tartib-qoidalar oʻylab topar va xalqqa zulm qilar edi. Muxammasda ushbu jarayonning tadrijiy rivojlanish bosqichlarini koʻrishimiz mumkin: Bu Ali Sino erur hayron zamon tazvirigʻa, Kor eturlarkim, yetib boʻlmas ani taʼbirigʻa, Aldabon shayton elin band aylagay zanjirigʻa, Hech nayrang oʻxshamas bu xalqning tazvirigʻa, Ushlatur shayton yaqosin ahli sanʼatlar chiqib.

Yaxshiliq qilsang kima qayda sanga sud aylagay, Qaydagi ulfatlaring dilshodu xushnud aylagay,

San vafo qilsang, jafolar birla nobud aylagay, Yetmagan aqli shayotin ishni mavjud aylagay, Qoʻrqmagan qahri Xudodan ahli hikmatlar chiqib Nihoyat, muxammas oxirida muallif ajalga hiyla va boshqa tadbirlar (pora berib, mansab berib uzr soʻrash va b. – M.S.) kor qilmasligini, har kim oʻz aʼmoliga yarasha ajrim olishi, gunohkorlar ham, moʻmin bandalar ham xudoning nazaridan chetda emasligi va oxir-oqibat barchaning bu foniy dunyodan bir-bir ketishi muqarrarligini uqtiradi. Oʻlim – haq, demak bu foniy dunyoda kishilar ezgulikni koʻpaytirishi kerak, degan xulosaga keladi Obid Namangoniy. XULOSA Ushbu muxammasda mustamlakachilikning ilk paytlarida musulmonlar yurtini oʻzgalar oyoq osti qilganlari va xalqni dinu diyonatdan, milliy qadriyatidan, maʼnaviyatidan mahrum qilinganining badiiy ifodasi oʻz aksini topgan. Shoir diniy qadriyatlarni saqlab qoluvchi vatanparvar inson sifatida gavdalanadi. So’zimiz yakunida aytib o’tish kerakki, bayozdagi boshqa ijodkorlarning berilgan g’zal, muxammas, murabba shaklida yozilgan namunalarda ham xuddi ana shunday ma’no mazmun ya’ni zamona ahlidan norozilik, din ulamolarining munofiqligi-yu dunyo boyliklariga berilgan xalqning diyonatidan mahrum bo’lib borayotganligi nomoyon bo’lib e turadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. 1.Tuhfat ul-obidin va anis ul-oshiqin. – Toshkent: Orifjonov toshbosmasi, 1908. – 192 sahifa.
  2. 2 M.Hamidova.“Qo`lyozma bayozlar adabiy manba sifatida’’(“Adabiy meros’’ II kitob. Toshkent, 1971.
  3. Hakimov M. - Alisher Navoiy asarlarini ko'chirgan xattotlar // Adabiy meros, 1991.1 - son, - B. 3-5.
  4. Hakimov M. - Alisher Navoiy nomli Davlat Adabiyot muzeyi zallari boylab.// Adabiy meros, 1977.7- son, - B. 116-124.
  5. 5.Hamidova M. - "Mahbub ul-qulub" va uning ilmiy-tanqidiy matnini tuzish prinsiplari // Adabiy meros, 1986,3- son, - B. 25-27.
  6. 6.Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. 1-том. – Тошкент: Фан, 1983. – 656 б.
  7. Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. 2-том. – Тошкент: Фан, 1983. – 644 б.
  8. Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. 3-том. – Тошкент: Фан, 1984. – 624 б.
  9. Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. 4-том. – Тошкент: Фан, 1985. – 636 б.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010641
Nashr sanasi
2023-07-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
6
DOI
10.66073/researchfocus.v2i6.287
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
127–131
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
52026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06