Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

SAYYOHLIK SOHASIGA OID TERMINLARNI TARJIMA QILISHNING NAZARIY MUAMMOLARI

Xashimova Zarinabonu Ixtiyorbek qiziAndijon davlat chet tillar instituti 2-bosqich magistranti2023

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 5Sahifa 66–69

Annotatsiya

Mazkur maqola so‘nggi paytlarda terminlar bo‘yicha tadqiqotlar va nazariyalarning muhim masalalarini taqdim etadi. Jumladan, ingliz va o‘zbek tillarida terminlarining lug‘aviy tadqiqi, atamalarining lingvokulturologik xususiyatlari, terminlarni tarjima qilishning nazariy muammolari, ingliz va o‘zbek tillarida terminlarining ishlatish metodikasi kabi masalalar yoritilgan.

Boshqa tillarda

ruschaТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ ПЕРЕВОДА ТЕРМИНОВ, ОТНОСЯЩИХСЯ К СФЕРЕ ТУРИЗМА

В этой статье представлены важные вопросы последних исследований и теории термина. В частности, освещаются такие вопросы, как лексическое изучение терминов в английском и узбекском языках, лингвокультурологическая характеристика терминов, теоретические проблемы перевода терминов, приемы употребления терминов в английском и узбекском языках.

inglizchaTHEORETICAL PROBLEMS OF TRANSLATING TERMS RELATED TO THE FIELD OF TOURISM

This article presents the important questions of recent research and theories on terms. In particular, it covers such issues as the lexical study of terms in the English and Uzbek languages, the linguocultural features of terms, the theoretical problems of translating terms, and the methodology of using terms in the English and Uzbek languages.

Kalit so‘zlar

  • lug‘at
  • terminologiya
  • terminlar
  • atamalar
  • turizm
  • semantika
  • foydalanish
  • hosil qilish
  • lingvokulturologiya
  • til
  • madaniyat
  • o‘zlashtirilgan so‘zlar
  • sohaga oid terminlar
  • terminologik sistema
  • leksika
  • kalkalash

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

SAYYOHLIK SOHASIGA OID TERMINLARNI TARJIMA QILISHNING NAZARIY MUAMMOLARI Xashimova Zarinabonu Ixtiyorbek qizi Andijon davlat chet tillar instituti 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7949299 Annotatsiya: Mazkur maqola so'nggi paytlarda terminlar bo'yicha tadqiqotlar va nazariyalarning muhim masalalarini taqdim etadi. Jumladan, ingliz va o`zbek tillarida terminlarining lug`aviy tadqiqi, atamalarining lingvokulturologik xususiyatlari, terminlarni tarjima qilishning nazariy muammolari, ingliz va o`zbek tillarida terminlarining ishlatish metodikasi kabi masalalar yoritilgan. Kalit so‘zlar: lug'at, terminologiya, terminlar, atamalar, turizm, semantika, foydalanish, hosil qilish, lingvokulturologiya, til, madaniyat, o‘zlashtirilgan so‘zlar, sohaga oid terminlar, terminologik sistema, leksika, kalkalash. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ ПЕРЕВОДА ТЕРМИНОВ, ОТНОСЯЩИХСЯ К СФЕРЕ ТУРИЗМА Аннотация: В этой статье представлены важные вопросы последних исследований и теории термина. В частности, освещаются такие вопросы, как лексическое изучение терминов в английском и узбекском языках, лингвокультурологическая характеристика терминов, теоретические проблемы перевода терминов, приемы употребления терминов в английском и узбекском языках. Ключевые слова: лексика, терминология, термины, термины, туризм, семантика, употребление, производство, лингвокультурализм, язык, культура, приобретенные слова, термины, относящиеся к сфере, терминосистема, лексика, калькирование. THEORETICAL PROBLEMS OF TRANSLATION OF TERMS RELATED TO THE FIELD OF TOURISM Abstract: This article presents important issues of recent research and theory on the term. In particular, issues such as the lexical study of terms in English and Uzbek languages, linguistic and cultural characteristics of terms, theoretical problems of translating terms, methods of using terms in English and Uzbek languages are covered. Keywords: vocabulary, terminology, terms, terms, tourism, semantics, use, production, linguo-culturalism, language, culture, acquired words, terms related to the field, terminological system, lexicon, calking.

KIRISH Dunyoda turizm yoʻnalishida roʻy berayotgan jarayonlarning globallashuvi va integratsiyasi mamlakatimizning turizm sohasini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarishga turtki boʻldi. O‘zbekiston turizim sohasida ulkan salohiyatgan ega bo`lgan davlatlar qatoridan o`rin egallamoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz betakror tabiati, go`zal dam olish zonalari imkonlaridan foydalanib, yangi sayyohlik yo‘nalishlari ziyorat turizimi, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastranomik turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga va kadrlar masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Turizim sohasi – milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltirayotgan eng istiqbolli tarmoqlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizning chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash va xorijda respublikamizning iqtisodiy imkoniyatlarini keng targ`ib qilish orqali uning xalqaro nufuzini yanada oshirish, investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish, turizm sohasini yanada rivojlantirish iqtisodiy sohadagi ustuvor

vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Bu oʻz navbatida, sayyohlik sohasining taraqqiy etishi, mazkur sohada faol qoʻllaniladigan turizm sohasiga oid terminlar tizimini ilmiy ham amaliy jihatdan yanada atroflicha tadqiq qilish zaruratini yuzaga chiqardi. Bugungi kunda mamlakatimizda sayyohlik sohasiga oid terminologiya rivojlanish bosqichida boʻlib, bu jarayonda xalqaro muloqotning butun dunyoda tan olingan vositasi sanalgan ingliz tili sayyohlik terminologiyasi muhim rol oʻynamoqda. Turizm sanoatining taraqqiyoti tarjima va madaniyatlararo muloqot bilan uzviy bogʻliq. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Turizmning oʻziga хos хususiyati – bir qator sanoat yoʻnalishlariningning birlashishi: mehmonхona sanoati, restoran biznesi, kredit va moliya tashkilotlari hamda koʻngilochar sohalar shular jumlasidandir. Turizm nafaqat hududlarni oʻrganish balki, uning yaralish va oʻzgarish jarayonini aks ettiruvchi madaniy tizimdir. Bugungi kunda sayyohlik terminologiya tizimi turizm sohasiga oid tizimlar lingvistikasi yoʻnalishini vujudga keltiradi. Mazkur tushunchalarning barcha sohalarga kirib kelishi terminologiya oldiga insoniyat ehtiyojlari uchun izohli va tarjima lugʻatlarini yaratishni taqozo qiladi. Bunday lugʻatlarda tarjima orqali soʻz yasalishi va qiyosiy tarjima orqali turizm sohasiga oid terminologik birliklarinig turli tizimli tillardagi oʻziga xos lingvistik xususiyatlari aks ettiriladi. Terminlarning yildan yilga oʻzgarishi va yangi terminlarning paydo boʻlishi fan, ta’lim, ishlab chiqarish va innovatsiya sohalarining taraqqiyoti bilan uzviy bogʻliqdir. Tabiiy holda sohalarning taraqqiyoti turli soha mutaxasislarining shu soha yutuqlaridan keng foydalanishi sababli terminlarga boʻlgan e‘tibor ortmoqda va yangi terminlar paydo boʻlmoqda. Boshqa xorijiy tillardagi sayyohlik sohalarga doir terminlari mavjud boʻlgan ilmiy matnlarni oʻzbek tiliga tarjima qilish jarayonida yoki aksincha boʻlganda turli xil muommolar paydo boʻladi. Bugungi kunda ilk muammolardan biri qaysi tildan tarjima qilinayotgan boʻlsa shu matndagi terminning ma’nosiga mos terminni boshqa tildan tarjima qilishda topib boʻlmay qolishidir va bu o`z navbatida katta qiyinchilik tugʻdiradi. Bundan avval kichik bir masalaga toʻxtalib oʻtish mumkin, oʻzbek tiliga boshqa ingliz tilidan ilmiy ishlarda uchraydigan terminlarni tarjima qilish uchun oʻzbek tilida yaratilgan sayyohlik terminlariga oid qoʻllanmalar mavjud emas, boʻlsa ham toʻliq emas, bu esa tarjimon va til oʻrganuvchilar uchun terminlarni tarjima qilishda katta muammolarga sabab boʻladi. Fikrimizcha, yuqoridagi masalalar orqali uchinchi muammo paydo boʻlmoqda, bu muammo shuki, boshqa tildan tarjima qilinayotgan termin ona tilimizda shu soʻzga mos so`z topilmaganidan soʻng boshqa xorijiy soʻzni oʻz holicha (kalka) qabul qilinmoqda va oʻsha soʻzni tarjimasini ona tilida koʻrib chiqadigan boʻlsak notoʻgʻri ma‘no bermoqda. Bugungi kunda sohaga terminlarni tarjima qilishdagi muhim muammo deb hisoblash mumkin. Soʻzlarning bir tildan boshqa tilga kirishi va singishi, shunchaki oddiy jarayon emas, balki murakkab lingvistik va ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan bogʻliq qonuniyatdir.1 Tildan tilga soʻz oʻzlashishi uchun avvalo, real sharoit lozim. Bunday sharoit tillarning oʻzaro hamkorligi, ya’ni tillar orasidagi aloqalardir. Turizm sohasiga oid terminlar yoki matnlarni oʻzbek tilida ifodalashda quyidagi tarjima usullaridan foydalanilgan:2 – kalkalash: toʻliq kalka va yarim kalka; – ekvivalent tarjima; – transliteratsiya;

https://inlibrary.uz/index.php/translation_studies/article/view/6199 Musayev K. Tarjima nazariyasi. Toshkent.2003.-B. 48-55

– izohli tarjima. Kalkalash oʻziga xos murakkab jarayon boʻlib, unda asosan 3 ta hodisa kuzatiladi: A) oʻzga til ishtiroki; B) oʻz element ishtiroki; D) oʻzga til elementi ishtiroki. TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA Birinchi hodisaning mohiyati kalkalanuvchi materialning oʻz til emas, oʻzga tilniki ekanligidir. Ikkinchi hodisa oʻzga materialning oʻz qatlami imkoniyati asosida kalkalashdir. Uchinchi hodisa oʻzga materialning oʻzga til soʻzlari bilan berilishidir. Kalkalash orqali qilingan misollarni ko`rib chiqamiz. Kalkalash usulida turizm sohasiga oid terminlarning tarjimasi (2 jadval) 2 jadval Toʻliq kalkalash Yarim kalkalash

oʻzlashma terminning ma’nosigina saqlanib terminlar tarkibi oʻzlashma va oʻz qoladi, inglizcha tovush jihati butunlay materialdan iborat boʻladi yoʻqoladi

Housekeeper – mexmonxona menejeri programme of excursions – ekskursiya dasturi

Transliteratsiya yoʻli bilan tarjima qilish – tarjima jarayonida terminning semantikasi, strukturasi va shakli ham oʻzlashtiriladi. Misollarga murojaaat qilamiz: camping – kemping, гаtel – ротел.

Ingliz tilida “area” soʻzi quydagi ma’nolarga ega:1) a part of а country, town (qishloqning bir qismi ya`ni shaxarcha); 2) a part of a house office, garden (hovlining bir qismi ya`ni bog`cha); 3) a particular subject, range of activities(muayyan mavzu, faoliyat doirasi) - “catchment area” iborasida esa bu so`z boshqa ma`noda ishlatiladi. Bu iborani “an area from which the majority of users of an attraction, facility or service are drawn - attraksion, ob'ekt yoki xizmatdan foydalanuvchilarning ko'pchiligi jalb qilingan hudud” tarzida tarjima qilinadi. Bu iborani gapda ishlatilishini ko`rib chiqamiz. “If your airport is a destination for VFR, include data on the numbers of people, catchment area, where they are coming from or going to. - Agar sizning aeroportingiz VFR uchun moʻljallangan manzil boʻlsa, odamlar soni, insonlarning to`planish hududi, ular qayerdan kelayotgani yoki ketayotgani haqidagi maʼlumotlarni kiriting”. Ekvivalentli tarjimada tarjimaning muvofiq yoki mos ma’nolarini oʻgiriladi. Masalan: cancellation fee- bekor qilish to'lovi, affinity group- yaqinlik yoki aloqadorlik guruhi. XULOSA Turizm sohasiga oid tizimni mos kelmasligi natijasida muqobilsiz terminlar, ya’ni muqobilsiz termin birligiga oʻzga davlat turizm sohasiga oid diskursida mavjud boʻlmagan realiyalarni kiritish mumkin. Izohli tarjima asliyatdagi biror soʻz yoki soʻz birikmaning tarjima qilinayotgan til leksikasida varianti yoki ekvivalenti mavjud boʻlmagan holatda, tarjima jarayonida uning izohi, ya’ni ushbu birlik ifoda etayotgan tushunchaning tasviri qoʻllanilganda foydalaniladi.3 Sayyohlik terminologiyasini turli tillarga tarjima qilish masalalariga qiziqish turizm sohasiga oid

Isakova Ye.M. Diskurs turizma i yego sostavlyayushie // Inostrannie yaziki: lingvisticheskie i metodicheskie aspekti. 2016. -B. 278–284.

terminlarining doimiy ravishda takomillashib borishiga xizmat qilmoqda. Terminlarning yildan yilga oʻzgarishi va yangi terminlarning paydo boʻlishi fan, ta’lim, ishlab chiqarish va innovatsiya sohalarining taraqqiyoti bilan uzviy bogʻliqdir. Turizm sohasiga oid terminlarini tarjima qilish muammolarini oʻrganishning dolzarbligi, asosan, хalqaro aloqalarning rivojlanishi, mahalliy va хorijiy kompaniyalar oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ushbu sohada professional kadrlarni tayyorlash bilan bogʻliq.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Mirzayev M., Aliyeva M. Turizm asoslari. – Toshkent, 2011.-B. 129
  2. Isakova Ye.M. Diskurs turizma i yego sostavlyayushie // Inostrannie yaziki: lingvisticheskie i metodicheskie aspekti. 2016. -B. 310
  3. Ashurov.N.O. Abdullayeva.F.S. Ingliz va o`zbek tillarida biznes va turizm terminlarini ishlatish metodikasi. Science and Education. Scientific Journal. 2022. P.605-610
  4. https://inlibrary.uz/index.php/translation_studies/article/view/6199

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010584
Nashr sanasi
2023-06-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
5
DOI
10.66073/researchfocus.v2i5.198
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
66–69
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06