Ochiq kirishMaqola
V. Avtonomov, Z. Alimova, A. Ravshanov, D. Rashidova, U. Kayumov, M. Yakubov, N. Mamedov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada biokimyoviy va dala baholash usullaridan foydalangan holda Verticillium dahliae Kleb. patogeniga chidamli g‘o‘za navlari va duragaylarini aniqlashga qaratilgan laboratoriya hamda dala tadqiqotlari tahlili keltirilgan. Tadqiqotda duragaylash uchun boshlang‘ich material sifatida G. hirsutum turining turli genetik kelib chiqishga ega SB-6, S-6541, Namangan-34, S-6545 va Namangan-77 navlari ishlatilgan. Ushbu navlar va ularning F1 duragaylari laboratoriya hamda dala sharoitida V. dahliae ga chidamliligi bo‘yicha baholandi. Qiyosiy tahlil natijalari ikkala usul — biokimyoviy va dala baholash — amalda bir xil ma‘lumot berishini ko‘rsatdi, bu esa ularning ishonchliligini tasdiqlaydi va dala baholash natijalarini qayta tekshirishga zarurat yo‘qligini bildiradi. Baholash natijalariga ko‘ra, V. dahliae ga eng chidamli navlar sifatida Namangan-34, Namangan-77 va S-6541 aniqlandi. Shuningdek, o‘rganilgan F1 duragaylari orasida quyidagi chatishtirish kombinatsiyalari istiqbolli chidamlilik namoyon etdi: Namangan-77 × S-6541, Namangan-34 × SB-6, S-6541 × SB-6, S-6541 × S-6545, S-6545 × S6541 va SB-6 × S-6541. Olingan natijalar biokimyoviy va dala tadqiqotlarini birgalikda qo‘llash chidamli genotiplarni aniqlashning ishonchli yondashuvi ekanligini, aniqlangan chidamli nav va duragaylar esa V. dahliae ga chidamliligi yuqori g‘o‘za yaratishda qimmatli seleksiya materiali bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatadi.