ULTRATEZPISHAR KUZGI BUG‘DOY NAVLARINING MAQBUL SUG‘ORISH TARTIBLARI
Durdiyev N.H., G‘opporova Z.I.“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”; milliy tadqiqot universiteti, q.x.f.d., dotsent, Toshkent; ToshDAU tayanch doktoranti, Toshkent2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 4Sahifa 48–53
Annotatsiya
Ushbu maqolada ultratezpishar kuzgi bug‘doy navlari sug‘orish oldi tuproq namligini CHDNSga nisbatan 70–70–65%, 75–75–70% va 80–80–75% da olib borilgan tadqiqot natijalari haqidagi ma‘lumotlar keltirilgan.
Boshqa tillarda
ruschaОПТИМАЛЬНЫЕ РЕЖИМЫ ОРОШЕНИЯ УЛЬТРАСКОРОСПЕЛЫХ СОРТОВ ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ
В данной статье представлены результаты исследований ультраскороспелых сортов озимой пшеницы, при которых предполивная влажность почвы поддерживалась на уровне 70–70–65%, 75–75–70% и 80–80–75% от полной полевой влагоёмкости (ППВ).
inglizchaOPTIMAL IRRIGATION REGIMES FOR ULTRA-EARLY MATURING WINTER WHEAT VARIETIES
This article presents the results of research conducted on ultra-early maturing winter wheat varieties, where pre-irrigation soil moisture was maintained at 70–70–65%, 75–75– 70%, and 80–80–75% relative to field capacity (FC).
Kalit so‘zlar
- Kuzgi bug‘doy
- sug‘orish muddatlari
- sug‘orish soni va davomiyligi
- amal davridagi va mavsumiy sug‘orish me‘yorlari
- Chillaki
- Ultra
- Flesh
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UOʻT: 633.11-152:631.67 ULTRATEZPISHAR KUZGI BUGʻDOY NAVLARINING MAQBUL SUGʻORISH TARTIBLARI N.H. Durdiyev “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, q.x.f.d., dotsent, Toshkent Z.I. Gʻopporova ToshDAU tayanch doktoranti, Toshkent https://doi.org/10.5281/zenodo.20095550 Annotatsiya: Ushbu maqolada ultratezpishar kuzgi bugʻdoy navlari sugʻorish oldi tuproq namligini CHDNSga nisbatan 70–70–65%, 75–75–70% va 80–80–75% da olib borilgan tadqiqot natijalari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Kalit soʻzlar: Kuzgi bugʻdoy, sugʻorish muddatlari, sugʻorish soni va davomiyligi, amal davridagi va mavsumiy sugʻorish me’yorlari, Chillaki, Ultra, Flesh.
ОПТИМАЛЬНЫЕ РЕЖИМЫ ОРОШЕНИЯ УЛЬТРАСКОРОСПЕЛЫХ СОРТОВ ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ Н.Х. Дурдиев, Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства», д.с.-х.н., доцент, Ташкент З.И. Гоппорова Базовый докторант Ташкентского государственного аграрного университета, Ташкент Аннотация: В данной статье представлены результаты исследований ультраскороспелых сортов озимой пшеницы, при которых предполивная влажность почвы поддерживалась на уровне 70–70–65%, 75–75–70% и 80–80–75% от полной полевой влагоёмкости (ППВ). Ключевые слова: Озимая пшеница, сроки орошения, количество и продолжительность поливов, поливные нормы в период вегетации и сезонные поливные нормы, Чиллаки, Ультра, Флеш.
OPTIMAL IRRIGATION REGIMES FOR ULTRA-EARLY MATURING WINTER WHEAT VARIETIES N.H. Durdiyev National Research University “Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers”, Doctor of Agricultural Sciences, Associate Professor, Tashkent Z.I. G‘opporova Doctoral student of Tashkent State Agrarian University, Tashkent Abstract: This article presents the results of research conducted on ultra-early maturing winter wheat varieties, where pre-irrigation soil moisture was maintained at 70–70–65%, 75–75– 70%, and 80–80–75% relative to field capacity (FC). Keywords: Winter wheat, irrigation timing, number and duration of irrigations, irrigation norms during the growing period and seasonal irrigation requirements, Chillaki, Ultra, Flesh.
KIRISH Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son farmonida yaqin kelajakda qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlar samarasini oshirish va ushbu jabhani rivojlantirish yuzasidan agrar sohani rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini klaster asosida qayta ishlash va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, fermer va dehqonlar daromadini 2 barobarga koʻpaytirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, qishloq xoʻjaligining yillik oʻsish surʼatini 5 foizga yetkazish kabi muhim ustuvor vazifalar belgilangan [5]. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 10 yillik 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyani amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari sifatida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, boshoqli don bozorida intervension mexanizmlar joriy etish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hosildorligi va raqobatbardoshligi istiqbolda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan eng muhim vazifalardan sanaladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib kuzgi bugʻdoydan yuqori va sifatli hosil yetishtirish uchun turli agrotexnologiyalarning kuzgi bugʻdoyning dala va laboratoriya unuvchanligini oʻrganish borasida dala tajribalari oʻtkazildi [4]. Maʼlumki, tipik boʻz tuproqlar shoʻrlanmagan hisoblanadi. Shunday bo‘lsa-da, ushbu tuproqlarning haqiqatda ham shoʻrlanmaganligini bilish uchun va boshqa koʻplab tuproq xususiyatlarini aniqlash maqsadida suvli soʻrim tahlillari genetik qatlamlar boʻyicha oʻtkazilib, tajriba dalasi tuprogʻi tarkibidagi anion, kation, quruq qoldiq, jami tuz miqdorlari aniqlandi. Olib borilgan tajriba dalasi tuprogʻi turli darajada yuvilgan oʻrtacha, ogʻir qumoq tuproqlardir. Yuvilish darajasiga qarab bu tuproqlarda chirindining va oziqa unsurlarining miqdori turlichadir. A.Shoymuradovning olib borgan tadqiqotida kuzgi bugʻdoyning “Krupnika”, “Zilol”, “Nasaf” navlarini boshoq uzunligi nam toʻplash (fon) variantda 6,9-7,0 sm, CHDNS 65-70-60% variantda 9,1-10,4 sm, CHDNS 70-75-65% variantda 9,6-10,4 sm va CHDNS 75-80-70% boʻlganda 10,0-10,9 sm.ni tashkil etib, tuproqda yuqori namlik saqlangan holda qattiq bugʻdoy yetishtirishda boshoq uzunligining yuqori boʻlishi taʼminlanishi aniqlangan [2]. Sh. Xazratqulova va A.Shoymurodov tajribalarida sugʻorish qattiq bugʻdoyning tuplanishnaychalash, boshoqlash-gullash va sut pishish fazalarida oʻtkazilganda tuproqning 0-100 sm qatlamidagi namlikni 65-70-65% CHDNS da ushlandi. Sugʻorish tartibi sugʻorish oldi tuproq namligi CHDNS ning 70-80-75% ushlab turilganda toʻrt marta sugʻorildi. Buning uchun mavsumiy sugʻorish me’yori Fon+70-75-50% CHDNS variantda ob-xavo sharoitlari va tuproqdagi namlik zaxirasiga qarab 2070-2080 m3/ga.ni, 65-70-65% CHDNS da 3000-3115 m3/ga.ni, 70-80-75% CHDNS da 3380-3575 m3/ga.ni tashkil etgan [3]. MATERIALLAR VA METODLAR Ultratezpishar kuzgi bugʻdoyning maqbul sugʻorish tartibi va mineral oʻgʻit me’yorlarini ishlab chiqish boʻyicha tadqiqotlarimiz mexanik tarkibi oʻrta va ogʻir qumoq, yer osti suvlari sathi 18-20 m chuqurda joylashgan, avtomorf tipik boʻz tuproqlari sharoitida olib borildi. Tajribada kuzgi bugʻdoyning tezpishar “Ultra” va “Flesh” navlari ekilgan. Tajribalarimiz 13 ta variantdan iborat boʻlib, 3 tadan takrorlanishda, bitta yarusda joylashtirildi. Har bir delyanka 8 qatordan, egat uzunligi 50 m, qator orasi 60 sm, bitta delyanka umumiy maydoni 240 m2, shundan hisob maydoni 120 m2 ni tashkil etadi. Birinchi variantda nazorat sifatida “Chillaki” navi olingan boʻlib, “Ultra” va “Flesh” navlari 3 xil sugʻorish oldi tuproq namligida yaʼni CHDNSga nisbatan 70-70-65%; 75-
75-70%; 80-80-75% sugʻorish tartibi, mineral oʻgʻitlarning 2 xil me’yori N-150, P-105, K-75 kg/ga va N-200, P-140, K-100 kg/ga olingan [1]. Bugʻdoyning suvga boʻlgan talabiga qarab, oʻsish-rivojlanish fazalari 3 davrga boʻlinadi: donlar unib chiqishidan naychalashgacha; naychalash – gullash davri va hosil pishish davri. Bugʻdoyning oʻsishi va rivojlanishi, hosil toʻplashi, donlarning pishishi muddati va bugʻdoy donining sifati asosan sugʻorish muddatlari, soni, sugʻorish tizimi, davomiyligi, amal davrlaridagi bir martalik va mavsumiy sugʻorish me’yorlari bilan belgilanadi. Sugʻorish natijasida oʻsimlik tuproqdan oʻziga zarur boʻlgan moddalarni (kaliy, azot, fosfor, va h.k) oladi, oʻsimlik va tuproqdagi issiqlik sharoitiga taʼsir etadi. Bugʻdoyning rivojlanish fazalariga koʻra, sugʻorish muddatlarini toʻgʻri belgilash va oʻz vaqtida sugʻorish, undan yuqori hosil olish garovidir. Bugʻdoyning naychalash davrigacha toʻgʻri sugʻorilishi uning maromida oʻsishi va gullashi, don toʻlishi yaxshi rivojlanib, yuqori hosil toʻplashiga olib keladi. Bugʻdoyni sugʻorish dasturda belgilangan tartiblarda sugʻorish oldi tuproq namligi asosida olib borildi.
1-rasm. Bugʻdoyni sugʻorish jarayoni 2-rasm. Bugʻdoyni sugʻorish jarayoni NATIJALAR 2025-yildagi ultratezpishar kuzgi bug‘doy parvarishida sug‘orish oldi tuproq namligi CHDNSga nisbatan 70–70–65 % etib belgilangan variantlarda sug‘orish davomiyligi boshoqlashgacha 11 soatni, sut-mum pishishgacha 9 tashkil etib, 0-1-1 tizimda 2 marotaba ssug‘orishlar o‘tkazilib ssug‘orishlar orasi 20 kunni tashkil qildi. Mavsumiy sug‘orish me’yori esa 1180 m³/ga ni tashkil qildi. Sug‘orish me’yori boshoqlashgacha 670 m³/ga, pishishgacha 510 m³/ga ni tashkil qildi. Sug‘orish oldi tuproq namligi CHDNSga nisbatan 75–75–70 % etib belgilangan variantlarda sug‘orish davomiyligi boshoqlashgacha 10,5-11 soatni, sut-mum pishish davrida 8 soatni, ssug‘orishlar orasi 14 va 17 kunlarni tashkil etib, 0-2-1 tizimda 3 marotaba ssug‘orishlar o‘tkazildi. Mavsumiy sug‘orish me’yori esa 1780 m³/ga ni tashkil qildi. Sug‘orish me’yori boshoqlashgacha 2 marta sug‘orilib, 1- chi sug‘orish 640 m³/ga va 2-sug‘orish esa 660 m³/ga, pishishgacha 480 m³/ga ni tashkil qildi. Sug‘orish oldi tuproq namligi CHDNSga nisbatan 80–80–75 % etib belgilangan variantlarda sug‘orish davomiyligi naychalashgacha 9 soatni, boshoqlashgacha 10 va 10,5 soatni, sut-mum pishish davrida 7 soatni, ssug‘orishlar orasi 11-12-15 kunlarni tashkil etib, 1-2-1 tizimda 4 marotaba sug‘orishlar o‘tkazildi. Mavsumiy sug‘orish me’yori esa 2180 m³/ga ni tashkil qildi. Sug‘orish me’yori naychalashgacha 510 m³/ga, boshoqlashgacha 2 marotaba sug‘orilib, 1- sug‘orishda 610 m³/ga, 2-sug‘orishda 620 m³/ga, pishishgacha 430 m³/ga ni tashkil qildi.
1-jadval. O‘rganilgan kuzgi bug‘doy navlarini sug‘orish muddatlari, soni, tizimi, davomiyligi, amal davridagi va mavsumiy sug‘orish me’yorlari, 2024-yil Sug‘orish Sug‘orish Sug‘orish Sug‘orish soni va soni va soni va Mavsumiy oldi tuproq me’yori, me’yori, me’yori, Sug‘orish sug‘orish namligi, Ko‘rsatkichlar m3/ga 2023- m3/ga 2023- m3/ga 2023- tizimi me’yori, CHDNSga 2024-yil 2024-yil 2024-yil m3/ga nisbatan, % 1 2 3 70-70-65 Sug‘orish sanasi 29.04.2024 0-1-0 680 Sug‘orish 70-70-65 680 0-1-0 680 me’yori, m3/ga Sug‘orish vaqti, 70-70-65 1200-0000 0-1-0 680 soat-min. Sug‘orish 70-70-65 12 0-1-0 680 davomiyligi, soat Ssug‘orishlar 70-70-65 0-1-0 680 orasi, kun 75-75-70 Sug‘orish sanasi 24.04.2024 10.05.2024 0-1-1 1130 Sug‘orish 75-75-70 640 490 0-1-1 1130 me’yori, m3/ga Sug‘orish vaqti, 75-75-70 1300-0000 1000-1900 0-1-1 1130 soat-min. Sug‘orish 75-75-70 11 9 0-1-1 1130 davomiyligi, soat Ssug‘orishlar 75-75-70 16 0-1-1 1130 orasi, kun 80-80-75 Sug‘orish sanasi 19.04.2024 30.04.2024 09.05.2024 0-2-1 1670 Sug‘orish 80-80-75 600 610 460 0-2-1 1670 me’yori, m3/ga Sug‘orish vaqti, 80-80-75 0800-1800 09001930 1400-2200 0-2-1 1670 soat-min. Sug‘orish 80-80-75 10 10,5 8 0-2-1 1670 davomiyligi, soat Ssug‘orishlar 80-80-75 11 9 0-2-1 1670 orasi, kun
2-jadval. Oʻrganilgan kuzgi bugʻdoy navlarini sugʻorish muddatlari, soni, tizimi, davomiyligi, amal davridagi va mavsumiy sugʻorish me’yorlari, 2025-yil
Sugʻorish Sug‘oris oldi Sugʻorish Sugʻorish Sugʻorish h soni va Mavsumi tuproq soni va soni va soni va me’yori, y namligi, Koʻrsatkichla me’yori, me’yori, me’yori, m3/ga Sugʻoris sugʻorish CHDNSg r m3/ga m3/ga m3/ga 2023- h tizimi me’yori, a 2024-yil m3/ga nisbatan, % 1 2 3 4
Sugʻorish 14.04.202 70-70-65 4.05.2025 0-1-1 1180 sanasi 5 Sugʻorish 70-70-65 670 510 0-1-1 1180 me’yori, m3/ga Sugʻorish 70-70-65 1000-2100 900-1800 0-1-1 1180 vaqti, soat-min. Sugʻorish 70-70-65 davomiyligi, 11 9 0-1-1 1180 soat Sugʻorishlar 70-70-65 20 0-1-1 1180 orasi, kun Sugʻorish 04.04.202 18.04.202 05.05.202 75-75-70 0-2-1 1780 sanasi 5 5 5 Sugʻorish 75-75-70 640 660 480 0-2-1 1780 me’yori, m3/ga Sugʻorish 75-75-70 1400-0030 1500-200 1100-1900 0-2-1 1780 vaqti, soat-min. Sugʻorish 75-75-70 davomiyligi, 10,5 11 8 0-2-1 1780 soat Sugʻorishlar 75-75-70 14 17 0-2-1 1780 orasi, kun Sugʻorish 29.03.202 09.04.202 21.04.202 80-80-75 6.05.2025 1-2-1 2180 sanasi 5 5 5 Sugʻorish 80-80-75 510 610 620 430 1-2-1 2180 me’yori, m3/ga Sugʻorish 1000- 80-80-75 0700-1600 1900-0500 0700-1730 1-2-1 2180 vaqti, soat-min. 1700 Sugʻorish 80-80-75 davomiyligi, 9 10 10,5 7 1-2-1 2180 soat 80-80-75 Sugʻorishlar 11 12 15 1-2-1 2180
Sugʻorish Sug‘oris oldi Sugʻorish Sugʻorish Sugʻorish h soni va Mavsumi tuproq soni va soni va soni va me’yori, y namligi, Koʻrsatkichla me’yori, me’yori, me’yori, m3/ga Sugʻoris sugʻorish CHDNSg r m3/ga m3/ga m3/ga 2023- h tizimi me’yori, a 2024-yil m3/ga nisbatan, 1 2 3 4 % orasi, kun
MUHOKAMA O‘rganilgan ultratezpishar kuzgi bug‘doy navlarida sug‘orish rejimlari bo‘yicha 2024– 2025-yilillar davomida olib borilgan tajribalar natijasida sug‘orish soni, davomiyligi hamda mavsumiy sug‘orish me’yorlari tuproq namligi (CHDNSga nisbatan 70–70–65 %, 75–75–70 % va 80–80–75 %) darajalariga bog‘liq holda sezilarli farqlanishi aniqlandi. 2024-yil vegetatsiya davrida yog‘ingarchilik miqdorining nisbatan ko‘pligi sababli ssug‘orishlarga bo‘lgan ehtiyoj kamaygan bo‘lib, barcha sug‘orish rejimlarida ssug‘orishlar soni 2025-yilga nisbatan bir pog‘ona kam bo‘lganligi qayd etildi. Xususan, 70–70–65 % rejimda 0-1-0 tizim, 75–75–70 % rejimda 0-1-1 tizim, 80–80–75 % rejimda esa 0-2-1 tizim kuzatilgan. 2025-yilda esa vegetatsiya davrida yog‘ingarchilik miqdorining kamayishi natijasida tuproq namligini ta’minlash maqsadida barcha sug‘orish rejimlarida ssug‘orishlar soni o‘rtacha 1 taga ortgan. Bu holat sug‘orish tizimlarining 70–70–65 % rejimda 0-1-1, 75–75–70 % rejimda 0-2- 1, 80–80–75 % rejimda esa 1-2-1 tizimga o‘tishiga olib kelgan. Mavsumiy sug‘orish me’yorlari bo‘yicha ham yillar kesimida farq kuzatildi. 2024-yilda ushbu ko‘rsatkichlar 680–1670 m³/ga oralig‘ida bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilda 1180–2180 m³/ga gacha oshganligi aniqlanib, bu holat suvga bo‘lgan ehtiyojning iqlim sharoitlariga bevosita bog‘liqligini tasdiqlaydi. XULOSA Olingan natijalar kuzgi bug‘doy yetishtirishda sug‘orish rejimlarini iqlim sharoiti va yog‘ingarchilik miqdoriga mos ravishda optimallashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Bu esa suv resurslaridan samarali foydalanish va hosildorlikni barqaror ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Dala tajribalarini oʻtkazish uslublari. Oʻz PITI, Toshkent, 2007-y., - b.1-146.
- Shoymuradov A. Kuzgi qattiq bugʻdoyning qimmatli belgilariga sugʻorish tartiblarining bogʻliqligi. //Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi jurnalining Agroilm ilmiy ilovasi. Toshkent, - 2022-y. № 2. (80) B. 57-59
- Xazratqulova Sh., Shoymurodov A. Qattiq bugʻdoy don hosiliga sugʻorish rejimlarining taʼsiri. //Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi jurnalining Agroilm ilmiy ilovasi. Toshkent, 2019-y. № 4. (60) B. 29-30.
- www.agriculture.uz (ToshDAU axborot resurs markazi)
- http://www.gov.uz/uz/news/view/1442 (Hukumat portali)
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013429
- Nashr sanasi
- 2026-05-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i4.2302
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 48–53
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06