Y. Qipchaqova · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Bolalarga tarbiya berish uchun avvalo, tarbiyalanadigan bolalarning psixikasini bilish kerak bo‘ladi. Bolani har jihatdan, psixik xususiyatlari jihatidan ham yaxshi bilmasdan turib, ta‘lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilib bulmaydi. Shu sababli, tarbiyachilar va ota-onalar uchun psixologiya fanining, ayniqsa, bolalar psixologiyasining axamiyati g‘oyat katta
Н. Ташланова · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ushbu maqolada o‘qitishning yuqori samaradorligini ta‘minlaydigan zamonaviy texnologiyaning asosiy maqsadi ko‘rib chiqilgan hamda zamonaviy onlayn o‘quv jarayoniga xos xususiyat ochib berilgan. Bu xususiyat dars materialini masofaviy o‘qitish texnologiyalari va boshqa yangi zamonaviy texnik vositalar yordamida alohida emas, balki boshqa o‘qitish usullari bilan bog‘liqligining rang-barangligida — zamonaviy ta‘lim jarayonining yangi texnologiyasi va tashkil etilishi sifatida o‘rganish intilishida namoyon bo‘ladi.
М. Юнусалиев, Н. Мадаминов, А. Мамуров · Research Focus International Scientific Journal · 2022
maqolada oliy ta‘lim tizimidagi innovatsion faoliyatni axborot texnologiyalari bilan boshqarishga e‘tibor qaratilgan. Ta‘kidlanishicha, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari menejment samaradorligini oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi va ularni o‘quv jarayoniga jadal tatbiq etish ta‘lim tizimida ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi
Б. Курбанова, М. Юнусалиев, Н. Арзиева · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Мазкур мақолада тасвирий санъатда акварель, гуаш ва мойбўёқда ишлаш техникалари, уларнинг ўзига хос хусусиятлари, фарқли жихатлари ўрганиб чиқилдию рассом-педагогларнинг амалий фаолиятини ривожлантириш масалалари илгари сурилган
G. Obidova · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Aholi va jamiyatning ekologik madaniyatini yuksaltirish mamlakatimizda uzluksiz ekologik ta‘lim tizimini samarali joriy etish hisobiga mumkin bo‘ladi. Gap shundaki, aholi, avvalo uzluksiz ta‘lim tizimida o‘qiyotgan o‘quvchi va talabalar orasida ekologik ong va madaniyat shakllantirilmasa, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga sarflanadigan hech qanday mablag‘ bilan muammolarni hal etib bo‘lmaydi. Ekologik ta‘limning dolzarbligi mamlakatimiz tabiati va uning ekotizimlari, atrof-muhitni beqarorlik va buzilishdan asrash zarurati, aholining ekologik madaniyatini oshirish hamda aholining barcha qatlamlarini ushbu o‘ta jiddiy, hayotiy masalalarga jalb etish bilan belgilanadi.
N. Akhmedova, A. Mamurov · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ushbu maqolada Buxoro xalq hunarmandchiligining qadimiyligi u uning o‘ziga xos xususiyatlaridan bo‘lmish nozikligi va naqshinkorligi hamda bu makonda yaratilgan gilamlar, to‘qimachilik namunalari, so‘zanalar, o‘ymakorlik namunalari, kulolchilik buyumlarining yaralish tarixi haqida ma‘lumotlar berilgan
Z. A‘zamova, K. Sharipova, E. Tursunaliyeva · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyada e‘tirof etilgan ta‘lim barcha bolalar uchun asosiy inson huquqidir[1]. Barcha bolalar yoki o‘quvchilar maqomidan qat‘iy nazar, sifatli ta‘limga ega bo‘lishlari kerak, bu ularni shaxsiy daromadlarini oshirish va iqtisodiy samaradorlikka hissa qo‘shish uchun bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi kerak. Shuning uchun maktablar bolaga foydali bo‘lishidan tashqari jamiyatning kengroq ehtiyojlarini qondirish uchun muhim manba markazlari bo‘lib ham xizmat qiladi[2]. Shu munosabat bilan maktablar bolalarga xavfsiz tuzilgan muhit, kattalarning hissiy yordami va nazorati, boshqa bolalar bilan qanday munosabatda bo‘lishni va ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishni o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi
Z. Boboyeva, R. Soxibov · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ushbu maqolada san‘at tarixida xalqchillik muammasi va uning ko‘p qirraliligi va murakkabligi muhim omil sifatida qaralishi haqida ma‘lumotlar berilgan
D. Normatova · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ushbu maqolada din falsafasi nuqtai nazaridan insonning jamiyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, jahon dinlari ta‘limotlarida va falsafiy qarashlarda jamiyat va shaxs munosabatlari ochib berilgan.
R. Soxibov, Z. Boboyeva, N. Madaminov · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Maqolada oliy ta‘lim tizimida tasviriy san‘atni o‘qitishda kompozitsiya asoslari, qonunlari va vositalaridan foydalangan holda, yaratilajak badiiy asarlarning shaklini va mazmunini topa bilish haqida fikr yuritilgan
I. Arzimatova · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Maqolada bugungi yangi taraqqiyot bosqichida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi davlat boshqaruvi sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish, rahbar kadrlarda axloqiy va estetik madaniyatni rivojlantirish bilan uzviy bog‘liq ekani ta‘kidlanadi. Shu orqali ular o‘z ishini samarali bajarish, ijtimoiy o‘zgarishlarga munosabat bildirish va mas‘uliyatni yuqori darajada his etish imkoniyati shakllanishi, axloqiy-estetik madaniyatni rivojlantirish orqali ularning halolligi va adolatli faoliyat yuritish ko‘nikmalarini oshirish masalalari yoritilgan.
S. Sulaymanova, D. Omonov · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Maqolada tasviriy san‘at va muhandislik grafikasini o‘qitish jarayonida Alisher Navoiy asarlaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan, ranglar uyg‘unligining texnik tadqiqotlariga oid misollar keltirilgan.
I. Toshpulatov · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Maqolada inson omili, innovatsiya va ta‘lim tushunchalari batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, oliy ta‘lim tizimida inson kapitalining o‘rni tadqiq etilgan.
U. Sobirova · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Maqolada huquq va huquqni o‘qitish metodikasi haqida tasavvur berilgan. Shuningdek, ta‘lim tizimida huquqni o‘qitishning ilmiy-nazariy muammolari yoritilgan.
O. Soliyev, M. O‘rinov, S. Sulaymanova · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Maqolada Markaziy Osiyoning mahalliy xalqlari orasida qadimgi Xorazm, Davon, Qang‘ davlatlari, ellinlar san‘ati, Kushonlar davri namunalarining serqirraligi, memorchilik, amaliy san‘atning turlari bilan bir-biri bilan bog‘liq holda taraqqiy etganligi haqida ma‘lumotlar yoritilgan
Х. Амонов, С. Рузибаев · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Maqolada o‘n ikki barmoqli ichakning yopiq shikastlanishlari (91,5%) va yaralanishlari (8,5%) bo‘lgan 41 nafar bemorni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalari tahlili ko‘rib chiqilgan.
B. Qurbonova, I. Yuldashev · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Maqolada tasviriy san‘at sohasi bilan bog‘liq kitob san‘ati va uni bezash tarixi haqida ma‘lumot berilgan. U miniatyura va kitob san‘atining o‘zaro uyg‘unligi masalalariga bag‘ishlangan. Ta‘lim jarayonini mukammal qilishda kitobni bezashning ahamiyati yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar keltirilgan.
Ш. Саттаров, С. Рузибаев, Ё. Хурсанов · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Maqolada qorin ichi gipertenziyasi sindromi rivojlangan tarqalgan yiringli peritonit bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalari keltirilgan.
B. Qurbonova, N. Akhmedova, I. Yuldashev · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ushbu maqolada yoshlarni tasviriy san‘at va badiiy ijod orqali tarbiyalash, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, ularning estetik tarbiyasini rivojlantirish va yetuk shaxsni shakllantirish kabi masalalar ilgari suriladi.