Turg‘unboyeva Madina Adxamboy qizi, Axmedov Islombek · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada qurilish qorishmasiga oid masalalar, bog‘lovchi moddalar, to‘ldiruvchilar, qurilish qorishmalari, beton va temir-beton texnologiyasi haqidagi ilmning rivojlanishi, qurilish qorishmalarining O‘zbekiston va chet ellarda turli sohada qo‘llash, qurilish industriyasining rivojlanishi bugungi kunda qurilishda qurilish qorishmalarining yangi tarkiblarini yaratishni, hozirgi kundagi holatini o‘zlashtirish, qurilish qorishma xususiyatlariga ta‘sir etuvchi omillar, qurilish qorishmalarni va beton va temirbeton ishlab chiqarish texnologiyasi haqida ma‘lumot va qo‘yiladigan talablari jarayonning o‘ziga xos tomonlari va mohiyati keltirib o‘tilgan
Axmadjonova Gulshoda Adixamjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Immunoferment tahlili tibbiy va biologik tadqiqotlar uchun qulay, tejamkor va iqtisodiy samarali usul hisoblanadi. Ayni vaqtda jahon aholisining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan ayrim kasalliklarni tez va aniq tashxislashda bir qator muammolarga duch kelmoqdamiz. IFT ni tashkil etishda arzon va samarali konyugatlarni yaratish dolzarb hisoblanadi. Shu jumladan konyugatlarni olish uchun zamburug‘ S. cerevisiae fermetlarining tahlili keltirilgan.
Hamrayev Akbar Xayrulloyevich, Boboyev Asqar Ibodullayevich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ички аъзоларнинг маҳаллий бошқарувчи тузилмалари (интрамураль нерв аппарати, диффуз эндокрин аппарати ва лимфоид аппарати) улар фаолиятининг бошқарилишида, ҳазм найи қисмларининг функцианал мутаносиблигини ва ўзаро алоқаларини ва уларнинг қўшни аъзолари билан алоқасини (висцеро-висцерал муносабатлар) таъминлашда, шунингдек улар учун хос бўлган махсус вазифаларини амалга оширишда мухим роль ўйнайди. Бу нуқтаи назардан олиб қаралганда бу функцианал муносабатларнинг морфологик асосини ўрганиш мухим аҳамиятга эга. Шу сабабли ички аъзолар интрамураль нерв ва эндокрин аппаратининг морфологияси (айниқса ҳазм системаси аъзоларининг) жуда яхши ўрганилган (Ҳ. Х. Бойкузиев 1998, Т. Д. Дехконов 2002, Э. У. Хусанов 2002 Ф. С.Орипов 2012, ва бошқалар). Шунингдек ички аъзоларнинг диффуз эндокрин аппаратининг морфологиясига бағишланган илмий тадқиқотлар ҳам анчагина.
Эшкобилова Сурайё Тураевна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Virusli diareyalar - intoksikatsiya alomatlari bilan namoyon bo‘ladigan, asosan oshqozon-ichak traktining yuqori bo‘limlari zararlanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasalliklar guruhi. Statistikaga ko‘ra, yuqumli diareya tarqalganligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab, faqat nafas yo‘llarining o‘tkir yallig‘lanishlaridan keyin turadi. O‘tkir ichak infeksiyasining qo‘zg‘atuvchilari bakteriyalar, viruslar, parazitlar va sodda jonivorlar bo‘lishi mumkin. Ammo o‘tkir diareya holatlarining yarmidan ko‘pi virusli infeksiya bilan, kamroq (20-25% da) bakterial infeksiya bilan bog‘liq. Virusli diareya - oshqozon-ichak trakti epiteliysiga tropik viruslar keltirib chiqaradigan o‘tkir xarakterdagi kasallik bo‘lib, organizm intoksikatsiyasining o‘rtacha darajasi hamda hazm qilish va nafas olish traktlarining zararlanishi bilan ajralib turadi.
Shodikulova G.Z., Mirzayev O.V., Gulomov J.I., Xasanov O.G. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Гастроэнтерологиянинг асосий муаммолардан бири бу ошқозон-ичак трактининг юқори қисми сурункали касалликлари бўлиб, улар узоқ муддат кечадиган ва такрорланадиган умумпатологик жараёнлардан бири ҳисобланади. Бириктирувчи тўқима дисплазияси (БТД) - орган ёки тизим кучининг сустлашиши ёки пасайишига қараб вужудга келади. Ушбу синдром кўплаб омилларга асосланиб, турли сурункали касалликлар туфайли шаклланади ва уларнинг кечишига таъсир кўрсатади. Атроф-муҳит деградацияси, метаболик касалликлар ва асаб касаликклари (стресслар) асосий омиллардан бири ҳисобланади [3,4,8]. Барча органлар ва тизимлар асосан бириктирувчи тўқимадан ташкил топган ва организмда бир қатор муҳим вазифаларни бажаради. Беморларда бириктирувчи тўқима патологияси клиник белгилари турлича булиб, тизимли зарарланиши ҳар хил йўллар билан намоён бўлади [2,6]
Хасанжанова Фарида Одыловна, Таджиев Турсунпулат Исмоилжон угли · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu ishda chap qorincha sistolik funksiyasi sezilarli pasaymagan holda o‘tkir miokard infarkti (O‘MI) fonida bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi (BF) bo‘lgan bemorlarda uning rivojlanish mexanizmlari aniqlashtirilgan va sinus ritmi tiklangandan keyin chap bo‘lmacha funksiyasi baholangan. Tez tibbiy yordam brigadasi tomonidan shoshilinch tartibda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyat filialidagi OKS va kardioreanimatsiya bo‘limiga yetkazilgan O‘MI bilan og‘rigan 52 nafar bemor tekshirildi. Infarkt zonasining joylashuviga qarab barcha bemorlar 2 guruhga bo‘lindi. 1-guruhga pastki joylashuvli O‘MI bilan 29 nafar bemor, 2-guruhga oldingi joylashuvli O‘MI bilan 23 nafar bemor kiritildi. BF oldingi joylashuvli O‘MI da kamroq qulay kechadi. Bemorlarning ushbu toifasida xurujlar gemodinamika buzilishlari bilan kechadi, sinus ritmi tiklangandan keyin esa ko‘pchiligida chap bo‘lmachaning mexanik funksiyasi barqaror ravishda buziladi, bu tromboembolik asoratlar xavfining ortishi bilan bog‘liq.
Хасанжанова Фарида Одыловна, Абдуллоева Мафтуна Дилшодовна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu ishda trombolitik terapiya (TLT) fonida yosh bemorlarda ST segmenti ko‘tarilgan o‘tkir koronar sindromda (ST ko‘tarilgan OKS) xavf omillarining yurak-qon tomir asoratlari rivojlanish xavfiga ta‘siri o‘rganilgan. Tez tibbiy yordam brigadasi tomonidan shoshilinch tartibda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyat filialidagi OKS va kardioreanimatsiya bo‘limiga yetkazilgan ST ko‘tarilgan OKS bilan og‘rigan 114 nafar bemor tekshirildi. Bemorlar 2 guruhga bo‘lindi: 1-guruh - streptokinaza 1,5 mln. XB bilan TLT olgan 66 nafar bemor, 2-guruh - an‘anaviy terapiya olgan 48 nafar bemor. Giperxolesterinemiya, yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha og‘irlashgan irsiyat, turli aritmiyalar va yurak nuqsonlari, arterial gipertenziya qo‘llanilgan trombolitik preparatdan qat‘i nazar bashoratni yomonlashtiruvchi prediktorlar hisoblanadi. Qandli diabet va gipertoniya kasalligi bilan birga kechuvchi ST ko‘tarilgan OKS bilan og‘rigan yosh bemorlarda holat o‘tkazilayotgan trombolitik terapiyadan qat‘i nazar og‘irlashadi, bu esa yana bir bor ushbu guruh shaxslarida yurak-qon tomir asoratlari rivojlanish xavfi yuqoriligidan dalolat beradi.
Хасанжанова Ф.О., Саидов М.А., Низамов Х.Ш, Рахматуллаев А.А., Мухтаров С.Н. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu ishda yosh bemorlarda yurakning ishemik kasalligi (YIK) klinik kechishi va miokardning ishemik zararlanishi xususiyatlari o‘rganilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyat filiali bazasida YIK bilan og‘rigan 130 nafar bemor tekshirildi. Barcha bemorlar yoshiga qarab 2 guruhga bo‘lindi: birinchi asosiy guruhni 66 nafar yosh bemor tashkil etdi. Ikkinchi qiyosiy guruhni 64 nafar keksa yoshdagi bemor tashkil etdi. Sutka davomida 6 martadan 8 martagacha anginoz xurujlarining eng ko‘p yuzaga kelishi 1-guruhning 45 (67,5%) nafar bemorida, 2-guruhning 42 (78,8%) nafar bemorida kuzatildi, bu esa mazkur kasallik kechishining og‘irligidan dalolat berdi. EKG ma‘lumotlariga ko‘ra ikkitadan ortiq devorning ishemik zararlanishi ko‘proq yosh shaxslarda kuzatildi, keksa yoshdagi erkaklarda esa ko‘pincha chandiqli o‘zgarishlar qayd etildi, bu anamnezda ilgari o‘tkazilgan o‘tkir miokard infarkti bilan bog‘liq edi.
Умедов Хушвакт Алишерович, Раджабов Фируз Гиёсиддинович · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Jigarning yopiq jarohati bo‘lgan 13 nafar jabrlanuvchini laparoskopik davolash tajribasi keltirilgan: 2015-yildan 2020-yilgacha bo‘lgan davrda 11 nafar erkak va 2 nafar ayol. Laparoskopiya gemodinamikasi barqaror bo‘lgan va UTT ma‘lumotlariga ko‘ra gemoperitoneum hajmi 500 ml dan oshmagan bemorlarda yoki jarohat muddati 12 soatdan oshganda har qanday hajmda qo‘llanildi. 10 holatda shikastlanishlar laparoskopik yo‘l bilan tuzatildi: jigar yorilishlarini koagulyatsiya qilish - 7 tada, qorin bo‘shlig‘ini sanatsiya qilish va drenajlash - 3 tada. 13 holatdan 3 tasida kirish yo‘li konversiyasi bajarildi. Operatsiyadan keyingi davrda 2 (15,4%) ta asorat qayd etildi. Bironta ham e‘tibordan chetda qolgan shikastlanish bo‘lmadi. O‘lim 1 (7,7%) kuzatuvda ro‘y berdi. Bemorlarning statsionarda bo‘lish davomiyligi 24,4 (5—105) sutkani tashkil etdi.
Умедов Хушвакт Алишерович, Муродова Раиля Рустамовна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Kuyish jarohati jiddiy tibbiy va iqtisodiy muammo bo‘lib qolmoqda. Kuyish kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda asoratlar chastotasi va o‘lim ko‘rsatkichi yuqori. Maqolada termik jarohat olgan jabrlanuvchilarda kuyish shoki va ko‘p a‘zoli yetishmovchilik bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash hamda davolash masalalari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, patogenezning ayrim jihatlari yoritilgan, yuqori texnologiyali usullar ko‘rib chiqilgan.
Тухтаев Джамшид Кодиркулович, Туракулов Джамшид Талантович, Кушаров Шодибек Абдурасулович, Хамидуллаев Сардор · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Tadqiqot asosiga zobning toksik shakllari bilan og‘rigan 112 nafar bemorni tekshirish natijalari kiritilgan. Zobning toksik shakllarini kompleks operatsiya oldi tashxislash usullari qalqonsimon bezning o‘lchamlari, topografiyasi, exotuzilishi va unda aniqlanadigan patologik hosilalar to‘g‘risida noinvaziv tarzda ma‘lumot olish, shuningdek regionar limfa oqimi zonalari holatini o‘rganish imkonini beruvchi UTT va KT ni o‘z ichiga olishi lozim. Radionuklid skanerlash qalqonsimon bezning avtonom tugunlarida, toksik zobning qaytalanishida, qalqonsimon bezning atipik joylashuvida ko‘rsatilgan. Qalqonsimon bez funksiyasini gormonal tekshirish TTG, T3, T4, tireoid bog‘lovchi globulin konsentratsiyasi va tireoglobulinga qarshi antitanalar titrini aniqlashni o‘z ichiga oladi.
Oripov Firdavs Sur‘atovich, Boboyev Asqar Ibodullayevich, Hamrayev Akbar Xayrulloyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Илмий адабиётларда жигар циррози ва портал гипертензия шароитида қизилўнгач дистал кисмининг варикоз кенгайган веналаридан қон кетишига бағишланган клиник, экспериментал ва патологик маьлумотлар арсенали жуда катта. Бу мақолада кизилўнгач дистал қисми кон ва лимфа томирларининг морфолгияси, ахитектоникаси ва унинг веналарининг жигар циррози ва портал гипериензия шароитидаги варикоз ўзгаришлари хақидаги замонавий адабиётларнинг шархи ва таҳлили келтирилган. Шунингдек бу шархда қизилўнгач қон томирларининг иннервациясига оид адабиётлар таҳлили хам ўрин олган.
Мирзаева Сарвиноз Содиковна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Hozirgi vaqtda nazariy va klinik immunologiya sohasidagi tadqiqotlar sezilarli taraqqiyotga erishdi. Ushbu ilmiy yo‘nalishlarning jadal rivojlanishi va ularning amaliy tibbiyotda joriy etilishi munosabati bilan turli a‘zolar va tizimlarning umuman tuzilish-funksional xususiyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tushunarlidir [13]. So‘nggi yillarda paydo bo‘lgan ko‘plab nashrlar immun tizimining markaziy va periferik a‘zolari morfofiziologiyasining turli jihatlarini aks ettiradi. Ilmiy yutuqlarning sezilarli qismi amaliyot tomonidan talab etilmoqda va limfoid a‘zolarning immunomorfologiyasi hamda ultratuzilishini me‘yorda, tajribada va patologiyada o‘rganish ishlarida amalga oshirilgan [12]. Erishilgan yutuqlar immun tizimining me‘yorda, patologiyada, shuningdek hozirgi kunda keng tarqalgan birlamchi va ikkilamchi immunotanqislik holatlaridagi individual xususiyatlarini yaxshiroq tushunishga imkon beradi. So‘nggi yillarda olingan ilmiy ma‘lumotlar immunitetning hujayraviy asoslarini, immunologik tanib olish mexanizmlarini va immun javob shakllanishida hujayralararo o‘zaro ta‘sirlar xarakterini yaxshiroq tushunishga xizmat qiladi.
Курбонов Хуршед Рахматуллоевич, Дехканова Нилуфар Ташпулатовна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu ilmiy maqola APUD tizimining turli jihatlari, jumladan uning faoliyati molekulyar mexanizmlari va turli kasalliklar patogenezidagi o‘zaro bog‘liqligi sharhi hamda tahlilidan iborat. Shuningdek, unda keyingi tadqiqotlar istiqbollari va biologik faol moddalarning potensial klinik qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi.
Джуракулов Бунёд Искандарович, Бойкузиев Хайитбой Худойбердиев · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada implantatsiya jarayonining neyroimmunoendokrin boshqarilishiga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlil qilinadi va muammoning o‘rganilmagan jihatlari muhokama etiladi. Implantatsiya jarayonida organizmdagi uchta muhim omil katta ahamiyatga ega: endometriyning qabul qiluvchanligi, blastotsistaning hayotchanligi hamda ona to‘qimasi va homilaning mosligi. Ayol organizmi reproduktiv faoliyatining neyroimmunoendokrin boshqarilishi molekulyar mexanizmlarini tahlil qilish shifokorlarga embrionlarning normal rivojlanishi, homiladorlik va tug‘ruqni, shuningdek turli patologik jarayonlarni tashxislash, davolash va ularning oldini olishni tushunishga yordam beradi.
Даминов Ф.А., Набиева Ф.С., Умаров В.А. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Sil eng qadimiy yuqumli kasalliklardan biri bo‘lib, global miqyosda aholi salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishda davom etmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma‘lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda taxminan 10 million kishi sil bilan kasallangan, taxminan 1,5 million kishi esa vafot etgan. Shu munosabat bilan silni tashxislashning zamonaviy usullari dolzarbligi shubhasizdir. Ushbu maqolada silning laboratoriya tashxisiga oid asosiy yondashuvlar va ularning zamonaviy tibbiy amaliyotda qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi.
Блинова Софья Анатольевна, Юлдашева Нилуфар Бахтияровна, , Хотамова Гулзода Баходировна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Tadqiqotning maqsadi postnatal ontogenezda o‘pkaning respirator bo‘limi morfofunksional holatidagi o‘zgarishlarni aniqlashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqot uchun material sifatida tug‘ilgandan keyin 1 kundan 180 kungacha bo‘lgan 23 ta quyonning o‘pkasi xizmat qildi. Respirator bo‘lim eng sezilarli morfofunksional o‘zgarishlarni erta postnatal rivojlanish davrida boshdan kechiradi. Bir va o‘n kunlik hayvonlarda o‘pka atsinuslari ibtidoiy tuzilishga ega. O‘n beshinchi kundan boshlab ular kengayadi, alveolyar yo‘llar va alveolalar shakllanadi; bir oylik quyonlarda atsinus tuzilishi deyarli kattalarnikidek bo‘lib qoladi. Argirofil va ayniqsa elastik tolalar asta-sekin yo‘g‘onlashadi. Ishqoriy fosfataza faolligi tadqiqotning aksariyat muddatlarida o‘rtacha darajada aniqlanib, tug‘ilgandan keyingi 7, 15 va 30-sutkalarda ortadi.
Агабабян Ирина Рубеновна, Юсупова Зумрад Кадамбоевна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Arterial gipertoniyani davolashdagi ko‘plab tadqiqotlar va erishilgan yutuqlarga qaramay, u hanuzgacha dunyoda birinchi raqamli qotil bo‘lib qolmoqda, uning asoratlari esa nogironlikning ortishiga, mehnat qobiliyatining pasayishiga va bu bemorlar o‘limining yuqori bo‘lishiga olib kelgani uchun tibbiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziyani nazoratda ushlab turish va uning asoratlari, xususan surunkali yurak yetishmovchiligi rivojlanishining oldini olish bugungi kunda kardiologlar va birlamchi bo‘g‘in shifokorlarining dolzarb muammolaridan biridir
Shodikulova Gulandom Zikriyayevna, Gulomov Jaxongir Ibroximjon o‘g‘li, Voxidov Jaxongir Jamshedovich, Xasanov Oybek Gofir o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Klinik ko‘rinishlarning yoshi va og‘irligiga qarab yurak ritmining variabilligi (YRV) spektral parametrlarining holatini o‘rganish uchun 25-45 yoshdagi 100 nafar biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziya(BTDD) bilan tekshirildi. Patologik jarayonning og‘irligi bal tizimiga ko‘ra fenotipik belgilarning zo‘ravganligi bilan baholandi. Displastik ko‘rinishlarning og‘irligi bo‘yicha bemorlar uchta kichik guruhga (engil, o‘rta, og‘ir) taqsimlandi. YRV spektral parametrlari maxsus dastur yordamida matematik kompyuter tahlili usuli bilan aniqlandi. TP, HF, LF, VLF indekslari LF/HF va iC tahlil qilindi. Taqqoslash shuni ko‘rsatdiki, barcha kichik guruhlardagi bemorlarda TP, LF, VLF va LF/HF parametrlarining o‘rtacha qiymatlari oshgan va 35-45 yoshdagi bemorlarda HF va iC ko‘proq pasaygan. YRV spektral parametrlarining olingan ma‘lumotlari shuni ko‘rsatadiki, bemorlarda BTDDning fenotipik namoyon bo‘lishining yoshi va og‘irligiga qarab, yurak ritmini tartibga solish geterogen bo‘lib, bemorlarda giper - va gipoaktiv adrenergik avtonom disfunktsiya kuzatiladi.
Rakhmonova Khabiba Nurullaevna, Rakhmonov Zafarzhon Mamadievich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Tseliakal (quyosh) chigali ganglilari eng muhim periferik vegetativ markazlar sifatida qorin bo‘shlig‘i a‘zolari innervatsiyasida sezilarli rol o‘ynaydi. Ekstramural vegetativ ganglilar orasida ular eng kam o‘rganilgani bo‘lib chiqdi. Morfologik adabiyotda tseliakal chigal ganglilarining mikrotuzilishi va bog‘lanishlariga bag‘ishlangan yakka-yolg‘iz ishlar mavjud. Shu sababli tseliakal ganglilarning efferent va afferent innervatsiyasi, ularning markaziy asab tizimi hamda oshqozon-ichak trakti a‘zolari bilan bog‘lanishiga oid eng muhim savollarning ko‘pchiligi hanuzgacha hal etilishdan yiroq. Demak, o‘t pufagining intramural asab apparati asab tolalari dastalari kesishgan joyda joylashgan turli kattalikdagi asab tugunlari bilan ifodalanadi. Tugunlar tarkibida Dogel asab hujayralarining barcha uch turi aniqlangan. Eng yirik tugunlar o‘t pufagi bo‘yni sohasida joylashgan. O‘t pufagi neyronlari nisbatan avtonom bo‘lib, o‘t sekretsiyasi adashgan nervlar tomonidan nazorat qilinadi va peptid gormonlar bilan modullanadi.